O’YINNING BOLA FAOLIYATIDAGI SIFATI VA O’ZIGA XOSLIGI
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
46
Faytl hajmi
184,2 KB
O’YINNING BOLA FAOLIYATIDAGI SIFATI VA O’ZIGA XOSLIGI
Mavzu rejasi:
1.O’yin bola faoliyatining asosiy turi sifatida.
2.O’yinning kelib chiqiqsh tarixi.
O'yin inson o'zligining namoyon bo'lishi, uning takomilla- shuv usulidir. O'yin
kattalar hayotida muayyan o'rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga
egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan, U maktabgacha
yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va taiim bilan
uzviy aloqada boigan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo'ladi. Bola
shug'ullanadigan ko'pchilik jiddiy ishlar o'yin shaklida boiadi. O'yinda shaxsdagi
barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi,
o'ylaydi. O'yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon boiadi. O'yin qadim
zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar
diqqatini o'ziga tortib kelgan boiib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va
uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o'z o'yinlarida ovchilik,
urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o'sha davrdagi ba’zi
qabilalarning sholi sepish jarayoni o'yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga
oshirilar edi.
YAKomenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaf- larning g'oyalari
hozirgi zamon bolalar o'yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o'yini
ko'p asrlik tarixga ega,
- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - U insonning o'zi tomonidan ishlab chiqilgan
qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy
ehtiyoji ifodalangan».
Yan Amos Komenskiy o'yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga
to'g'ri keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o'yin - bolaning barcha
qobiliyat ko'rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o'yinda borliq, dunyo
haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o'yin
davomida tengqurlari bilan do'stlashadi. Y.A.Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik va
bolani uyg'un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o'yinlariga
e’tiborli munosabatda bo'lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan
edi.
P.F.Lestgaft bolalar o'z o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks
ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
Shunday qilib o'yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o'yinda tevarak-atrofdagi
borliq aks ettirilishini ilg'or olim va pedagoglar o'zlarining kuzatish va ilmiy
tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.
Tarbiyachilar bolalar o'yiniga rahbarlik qilishda quyida- gilarga rioya qilishi
lozim.
1. o'yin bilan mehnat o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatish
2. o'yinda bolalarning bo'lajak mehnat ahliga xos bo'lgan jismoniy va ruhiy
sifatlarini tarbiyalash.
Shu tariqa o'yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo
bo'lgan ijtimoiy faoliyatdir; o'yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak,
ijtimoiy hayot o'zgarishi bilan uning mazmuni ham o'zgaradi; o'yin ma’lum
maqsadga yo'naltirilgan ongli faoliyat bo'lib, uning mehnat bilan ko'p umumiyligi
bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O'yin faoliyati asosida
boladagi o'quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o'ynasa, u maktabda
shunchalik yaxshi o'qiydi.Ilk yoshli bolalar o'yin faoliyatining birinchi bosqichi
tanishtiruvchi o'yin bo'lib, u narsa-buyum-o'yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo'l
ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o'yini
hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o'yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng
yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta’lim-tarbiyaviy ishlarini ma’lum izchillik bilan
olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini
bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o'z o'yinlarida qo'llay boshlaydilar.Bu yoshdagi
bolalar o'yini mazmun jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi.Birinchi yoshning
oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o'yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola
qo'lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi.
Navbatdagi bosqich rolli o'yin boiib, unda bolalar o'zlariga tanish bo'lgan kattalar
mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar.
Bolalar o'yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy
tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o'yin faoliyatiga rahbarlikning aniq
sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
Shunday qilib MTTning pedagogik jarayonda o'yinning tutgan o'rni juda katta
bo'lib, o'yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga taiim
berishda keng foydalaniladi. Zero:
-o'yin bolalarning mustaqil faoliyati boiib, unda bolaning ruhiyati namoyon
boiadi;
- o'yin Maktabgacha taiim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir;
-o'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;
-o'yin bolalarga taiim va tarbiya berishning metod va usulidir;
- o'yin bolalarni o'quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir.
Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari
o'yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o'yinning mazmuni, tashkil
etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o'yinining rivojlanish
darajasiga ta’sir etish mumkinligini ko'rsatdi.
Bolalar o'yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko'ra xilma-xildir.
Ijodiy o'yinlarni bolalar o'zlari o'ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan
qoidalar bo'lmaydi. O'yin qoidasini bolalar o'zlari o'yin jarayonida belgilashadi.
Qoidali o'yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali
o'yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o'yinlar, harakatli o'yinlar, musiqaviy o'yinlar,
ermak o'yinlar.
Bolalarga ta'lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o'yinni tanlay bilishi, unga
to'g'ri rahbarlik qilish "MTTta’lim va tarbiya dasturfda belgilangan vazifalarni
muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydi.
O'yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o'yinni
maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O'yin tufayli
bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o'tishini ta'minlovchi sifatlar shakllanadi,
ruhiyatida sezilarli o'zgarishlar yuz beradi.
O'yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o'zaro ta’sir etgan holda
shakllanadi. O'ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof
to'g'risidagi tasavvurini, kattalarga va o'rtoqlariga bo'lgan munosabatini bilib olish
mumkin.
Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham
rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o'yiniga qiziqishini, tashkilotchilik
qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o'yinlar yaratilishi kerak.
Bolalarning ijodiy o'yinlarini rivojlantirish uchun esa o'z navbatida yaxshi tashkil
etilgan bolalar jamoasi zarur bo'ladi.O'yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash
sistemasida, MTTning ta’lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama
tarbiyalashda katta o'rin tutadi. O'yinda bola organizmiga xos bo'lgan talab va
ehtiyojlar
qoniqtiriladi,
hayotiy
faollik
ortadi,
bardamlik,
tetiklik,
quvnoqliktarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash
sistemasida o'yin munosib o'rin egallaydi.
O'yin ta’lim va mashg'ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy
bog'liq bo'lib juda katta ta’lim- tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o'yinlarda muhim
bilim egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi,
tafakkurini, xayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola masalalarni
mustaqil hal qilishga o'rganadi, o'ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq
va osonroq usul o'ylab topadi, o'z bilimlaridan foydalanish va uni so'z bilan
ifodalashga o'rganadi.
O'yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish uyg'onadi. Ko'pincha
o'yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish
uchun xizmat qiladi. Ijodiy o'yinni tor didaktik maqsadlarga bo'ysundirib bo'lmaydi,
bu o'yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
Qoidali o'yin bolaning sensor rivojlanishini, tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqati
va xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish
imkonini beradi. Har bir qoidali o'yin ma’lum didaktik maqsadga ega bo'lib, bolani
umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. Ta’limning o'yin shaklida bo'lishi
muhim ahamiyatga ega bo'lib bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi.
Ta’limning o'yin shaklida bo'lishi muhim ahamiyatga ega bo'lib, bolaning yosh
xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o'yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o'yinda
bola mashg'ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu
ta’lim butunlay o'yin shaklida bo'lishi kerak degan gap emas. Ta’lim turli usullar va
metodlarni qo'llashni talab etadi. O'yin ta'lim shakllaridan biri bo'lib, boshqa bir
metod bilan qo'shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat,
so'zlab berish va hokazolar.
Bola o'ynayotib o'z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata bilishni
o'rganadi. Ijodiy o'yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga
keng yo'l ochiladi.
O'yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O'yin
jarayonida yuz bergan kechinmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun
o'yin bolada yaxshi hislarni, ulug'vor orzular va intilishlarni, sog'lom qiziqishlarni
tarbiyalashga yordam beradi.
O'yin mustaqil faoliyat bo'lib, bu jarayonda bolalar o'z tengdoshlari bilan aloqa
qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy
kechinmalar birlashtiradi. Shuning uchun o'yin do'stona munosabatlarni
tarbiyalashda,
jamoa
hayoti
malakalarini,
tashkilotchilik
qobiliyatlarini
shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o'yin bilan birlashgan kichik bolalar
jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir
bolani faol o'yinga jalb qilish, bolalar o'rtasida do'stlikka, haqqoniylikka, o'rtoqlarini
javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o'rnatishdan iborat.
O'yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o'z
o'yinlarida har xil kasbdagi kishilarni aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning
harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga, mehnatiga
bo'lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O'yin bolada ko'pincha mehnat qilish
xohishini uyg'otadi, o'yin uchun kerakli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur
qiladi. O'yinda hozirgi zamon bolalariga xos bo'lgan texnikaga qiziqish paydo
bo'ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o'yinchoqlar
bilan o'ynaydilar.
O'yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O'yinda ijodiy xayol, fikrlash
qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. Yaxshi tanlangan o'yinchoq badiiy didni
tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o'yinlarda harakatning go'zalligi va maromi
bolalarni o'ziga maftun qiladi.
O'yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o'z-o'zidan amalga oshmaydi. O'yin
befoyda, hatto zararli bo'lishi, ba'zan yomon hislarni qo'zg'atishi mumkin.
Tarbiyachi o'yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini amalga
oshirish uchun unga muntazam ravishda ta'sir etib borishi zarur.
Bu vazifani hal etishda o'yin bolalar bog'chasidagi ta’lim- tarbiyaviy ishning
hamma tomonlari bilan bog'Iangan bo'Iishi kerak. O'yinda bolalarning
mashg'ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali
esa bola hayotga o'rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o'yinda tarbiyalangan sifatlar
faoliyatning boshqa turlariga ko'chiriladi.
O'yinning maktabgacha ta'lim muassasasi pedagogik jarayonidagi o'rni
O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi hayotini u bilan
boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga
doimiy qilib kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin,
mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt
ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit
yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol ustida
o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma’qul.
Sayr davomida harakatli o'yinlarni, qurish-yasash o'yinlarini tashkil etish
foydalidir. Kun tartibida o'yin uchun maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil
faoliyat sifatida mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli
sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'Uanilishining eng muhim pedagogik shartidir.
Bolalar o'yinning o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni,
kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o'zaro
munosabatlarini aks ettiradi. O'yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon,
metro, temir yo'l vagoni bo'Iishi mumkin.
Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham u o'yinchoq bilan
gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o'rnatadi, onasi, bemor,
shifokor
xullas
hamma-
hammaningo'rniga
o'zi
gapiraveradi.
So'z
obrazningyaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr
almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida
do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda
munosabatda bo'lishga yordam beradi.
Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif
etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning
tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
O'yin g'oyasi - bu nima o'ynashni belgilab olish: "do'kon, "shifoxona”,
"uchuvchilar”, "bolalar muassasasi” va shunga o'xshashlar. O'yin mazmuniga,
g'oyasiga qarab bolalarning bunday o'yinlarini bir necha o'ziga xos guruhlarga
bo'linadi. Ular:
O'yinlarning bunday bo'lishi albatta shartli bo'lib, bir o'yinda har xil hayotiy
voqealar aks etishi ham mumkin.
G'oya o'yinning mazmuni, jonli to'qimasi, uning rivojla- nishini, o'yin
harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o'zaro bog'lanishini belgilab
beradi. O'yinning qiziqarli bo'lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari
o'yinning mazmuniga bog'liq. O'yinda bola ijro etadigan rol o'yinning asosiy o'zagi
va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu o'yinlar rolli yoki syujetli-rolli o'yinlar
nomini olgan. Bolalar o'yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O'yin bolalarning
qiziqarli ermagigina bo'lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va
tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o'yin kattalar tomonidan tashkil
etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e’tibor berishi
zarur: o'yin mazmunining taiim- tarbiya beruvchi ahamiyatga ega boiishi, aks
ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va toia boiishi, o'yin harakatlariga
faol, maium maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega boiishi kerak. Hamma va
ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o'yinga rahbarlik qilish,
o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish,
bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand boiishlarini ta'minlash lozim.
Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma
tomonlariga: ongiga, his-tuyg'ulariga, irodasiga, xulqiga ta'sir etishi va bundan
bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi
lozim. O'yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib
boradi. O'yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini o'yinga
qaratishi lozim. Bola o'ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari,
munosabatlari to'g'risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning
natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday
savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi.
Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-vatanga, o'z xalqiga boshqa millat
kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O'yin orqali
tarbiyachi bolalarda jasurlik, to'g'rilik, o'zini tuta bilishlik kabi sifatlarni
tarbiyalaydi.
O'yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga boigan
munosabatini shakllantiruvchi o'ziga xos maktabdir.
O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib
oladi.
Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab
boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib
olishga, o'yinda o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.
Ammo o'yinga to'g'ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi
mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o'yindan keng
foydalanadi. Juda ko'pchilik o'yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu
esa o'z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini
tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to'g'ri o'sishini,
harakatlari chiroyli bo'lishini ham ta'minlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda
quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy,
jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
O'yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo'llaniladi.
Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks
ettiradilar. O'yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari -
xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko'p o'yinlarda avval o'rgangan
ashula, she'r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi
bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.
O'yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan
mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar
ko'pincha avval boshlagan o'yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning
o'ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki
nonushtadan keyin ham bolalar o'yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'proq
syujetli-rolli o'yinlarni, qurilish materiallari, qo'g'irchoqlar bilan, stol usti
o'yinchoqlari o'ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o'yinlardan ham
foydalaniladi.
Ammo o'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bog'liqlikbola ulg'aygan sari o'zgarib boradi.
Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga
borganda esa mashg'ulotlarda ta'limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda
bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq uyg'onib qoladi.
Ammo bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi, balki mazmuni o'zgaradi. Endi
bolalarni ko’proq fikriy faollikni talab etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi o'yinlar
qiziqtira boshlaydi.
Shunday qilib, pedagogika fani o'yinga bola shaxsini har tomonlama
shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli, bolalar jamoasini
shakllantirish vositasi deb qaraydi.
Ijodiy o'yinlar turlari
Ijodiy o'yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan taasurotlari aks ettiriladi.
Ijodiy o'yin bolalarning mustaqil o'yini bo'lib, o'yinning mazmunini ular o'zlari
o'ylab topadilar. Bu o'yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchilik va
ijodkorlik qobiliyatlari to'laligicha namoyon bo'ladi. Ammo o'yinda hayotiy
taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu
bolalarning o'yin g'oyasini yaratishlarida, uning mazmunini tuzib, tasvirlovchi
vositalarni tanlashlarida va shunga o'xshashlarda namoyon bo'ladi.
Syujetli-rolli o'yin - maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o'yin turlaridir.
Syujetli-rolli o'yin o'z xususiyatiga ko'ra aks ettiruvchi . faoliyatdir. Tevarak-
atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o'yin mazmuniga
manba bo'lib xizmat qiladi.
Bolalarning tevarak-atrofdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan
olgan taassurotlari ijodiy o'yinda qayta ishlanadi, to'ldiriladi, sifat jihatidan
o'zgartiriladi. Bolalarning bunday o'yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning
amaliy shaklidir.
Bolalar o'yinining o'ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning
mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o’yin jarayonida yuklangan rol va
o'yin syujetidan tashkil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o'z
ichiga oladi.
O'yinning syujeti - bir-biriga hayotiy aloqador boigan qator voqea- hodisalar
yig'indisidir.
Rol syujetli-rolli o'yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. O'yin bolada
qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib,
unda yaxshi kayfiyat uyg'otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni
yaxshilaydi.
Bola o'ynayotganda har xil harakatlar qiladi: yuguradi, sakrajfdi, tor joydan,
ingichka taxta ustidan o'tadi, engashadi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hokazo.
Bu harakatlarning hammasini bola bemalol, o'z xohishi bilan bajaradi, natijada
bolaning muskullari pishiydi, u harakatni yengilroq, chaqqonroq bajaradigan
boiib qoladi.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o'yin katta ahamiyatga ega.
O'yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Roili o'yinlar bola
kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini, bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.
O'yinda bola o'z oldiga maqsad qo'yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab
qiladi, topag'onlikka o'rgatadi. O'yin jarayonida juda ko'p gaplashishga,
tortishishga, bahslashishga,
aytib berishga to'g'ri keladi. Bolalar o'zi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash,
qurish uchun juda ko'p o'ylab, fikrlashishlariga to'g'ri keladi. Bular hammasi bola
tafakkuri va xayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Bola o'z o'yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog'liq bo'lgan
u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-bola o'yinida ona
rolini o'ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi
munosabatda bo'lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o'qib beradi. Bu o'yin
bolada muloyimlilik, g'amxo'rlik, e’tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg'otadi.Rolli-
syujetli o'yinlarning o'ziga xos xususiyati. Rolli o'yinlarning boshqa o'yinlarga
nisbatan o'ziga xos xususiyatga egaligi ularda syujet, rol va xayol qilingan
vaziyatning mavjud bo'lishidir.
Bolalar biror narsa yoki voqea to'g'risida yetarlicha tasavvurga ega bo'lgandagina
syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan, bolalar "paroxod” o'yinini o'ynamoqchi
bo'lishdi. Bunga o'yinning qanday borishi to'g'risida syujet kerak. Syujet bolalarning
bilimiga bog'liq bo'ladi. Bolalarda avval g'oya paydo bo'ladi, keyin mazmun
rivojlanadi. Ba'zan bolalar o'yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar.
Masalan, Afrikaga "bormoqchi" bo'lsalar, sayohat vaqtida qilinadigan ishlarni
oldindan belgilab oladilar.
Bundan ko'rinib turibdiki, rolli o'yin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki bolalar
bir-birlari bilan o'zaro munosabatda bo'ladilar.
Rolli o'yinda har bir bola o'ziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, haydovchi,
tarbiyachi, enaga, san'atkor va hokazo.
Rolli o'yinlarda didaktik, qoidali - harakatli o'yinlardagi singari qat'iy o'rnatilgan
qoida bo'lmaydi. Bunda ko'pincha bolalar o'z xayol qilgan narsalari bo'yicha harakat
qiladilar. Masalan, "raketa tushib oyga uchadilar”, "paroxodda suzadilar”, "kasalni
davolaydilar”...
Ammo bolalarning xayollari bilan o'ynashlari ularni real voqealikdan
uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug'iladi, yo'q, bolalar o'zlari buning
o'yinligini yaxshi biladilar.
Shu bilan birga bolalarning kechinmalari, hayajonlari, qilgan harakatlari hammasi
rostakam, sidqidildan bo'ladi. Masalan, "doktor" rolidaga bola kasal to'g'risida
qayg'uradi.
O'yin mavzui bolalar olgan taassurotning kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan
belgilanadi. O'yinda bolalar aks ettiradigan ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning
bilim doirasi va hayotiy tajribasining kengayib borishiga bog'liq bo'ladi.
Rolli o'yinlarining mazmuni va mavzusi o'zgarishi bilan bir qatorda uning
tuzilishi va o'yin shartlari o'zgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbuskorligi
ham o'sib boradi.Avvalgi bolalar o'z-o'zicha alohida-alohida o'ynaydilar. Sekin-asta
rolli o'yinlarning paydo bo'Iishi, o'yinda kishilar o'rtasidagi munosabatni aks ettirish
birgalikda bajariladigan o'yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga katta bo'lmagan
guruhchalar 2-3 kishidan iborat bo'lib o'ynashadi, katta va tayyorlov guruhlariga
kelib kattaroq jamoaga birlashadilar.
O'yinda har xil rollar orqali o'zaro munosabatda bo'lish bolalarda o’rtoqlik
munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.
O'yinning tuzilishi va mazmuni o'zgarishi bilan o'yinchoqning roli va bolalarning
unga nisbatan talabi ham o'zgarib boradi va h.k.
Bog'cha yoshidagi bolalarda ijodiy o'yinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi
bolalarning o'yinlari yangi tus oladi: bola qo'g'irchoqni va o'zini kishilarning nomi
bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar
undan sen kimsan, deb so'rasa, “Haydovchiman" deb javob beradi. Yoki qizcha
qo'g'irchog'iga ovqat pishirayapti. "Sen kimsan?”- degan savolga "Men oshpazman"
deb javob beradi.
Bolalar o'z o'yinlarida sekin-asta murakkab bo'lmagan syujetli o'yinlarni o'ynay
boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks
etadi. Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi.
Yana ovqat berishadi va uxlatishadi. Yoki qo'g'irchoq kasal bo'lib qolsa, darrov
uning qo'li, oyog'i bog'lanadi, yolg'ondakam dori beriladi.
Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. “Men oyisiman”, "Men
- vrachman” deb bular birdaniga enaga, tarbiyachi, doktor bo'lib qolishi mumkin.
Bola to'rt yoshga o'tganda syujetli-rolli o'yinlar ancha rivojlana boshlaydi.
O'yinlar mavzui har xil boiib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o'z o'yinlarida oila,
MTTni, avtobusda, tramvayda kelayotgan kishini aks ettiradilar.
Tevarak-atrofni kuzatish natijasida tasavvurlari kengayadi, bu ularning o'yin
mazmuniga ta'sir etadi: bayramlar, magazin, transportning har xil turlarini aks ettira
boshlaydilar. Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar o'rtasidagi bogiiqliklarni
hali tushunib yetolmaydilar.Bola besh yoshga qadam qo'yganda undagi
kuzatuvchanlik tafakkuri rivojlanganligi, bilim doirasi kengayganligi sababli o'yin
mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolning rivojlanib borishi orqasida ertak
va hikoyalar mazmuni bo'yicha murakkab bo'lmagan o'yinlarni o'ynashadi.
O'yin mazmuni bilan bir qatorda bolalarda hislar ham rivojlanib boradi. Kundalik
hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori boiadi. O'yin birinchidan, xursandchilik
bilan hamohang kechadi. Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini o'z o'yinlarida
aks ettiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o'yin juda ham yaxshi rivojlanadi.
Bu o'yinlarda bolalar o'zlari eshitgan, ko'rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqa
manbalardan olgan bilim, malakalarini, his-hayajonlarini to'la qoilay boshlaydilar.
Bu yoshdagi bolalar o'yinlarida berilgan ta'lim- tarbiyaning natijasi yaqqol ko'rinib,
sezilib turadi.
Bolalar kim bilan o'ynashi to'g'risida va o'yinning qanday borishi to'g'risida o'zaro
kelishib oladilar. O'yinlar uzoqroq davom etadigan boiib boradi. Bitta o'yinni uzoq
vaqt, hatto bir necha kun o'ynash mumkin, bunda har gal o'yinga yangilik kiritib
boriladi.
Uzoq davom etadigan o'yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlarining yuqori
bosqichi hisoblanadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlariga to'g'ri rahbarlik qilib borilsa,
ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u o'z an’anasiga, o'z qoidasiga ega
bo'ladi. Bolalarda birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular o'rtoqlarining
fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo'lib boradi.
Bolalar jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish.
Bolalar o'rtasida murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi.
Har bir bolaning o'ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo'lib boradi. Bunda
bolalar faol tashkilotchi, o'ziga ishonadigan va aksincha, tortinchoq, indamaslarga
bo'linadi.
Faol bolalar har doim o'yinni o'z xohishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab
etadi. Ular ba’zan o'yinni buzishadi, o'rtoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining
ta’siriga tez berilishadi. Ularning ijobiy xususiyatlari, sog'lom qiziqishlari bo'ladi,
tarbiyachi mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta'sir etadi.O'yin mavzusi
o'zgarishi bilan o'yinda qatnashuvchilarning ham o'zaro munosabatlari o'zgarib
boradi. Kichkina bolalarning har biri o'z holicha o'ynasa, keyinchalik 2-3 kishi bo'lib
o'ynay boshlaydi, o'rta maktabgacha yoshga kelganda o'ynovchilar soni ko'payib,
o'rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar o'yinga mavzu
tanlashda, rollar va o'yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi. O'yinning tuzilishi
va mazmuni rivojlanib borishi bilan o'yinchoqning roli va unga talab ham o'zgarib
boradi. Kichkina bolalar o'yinini ko'pincha o'yinchoq belgilaydi. Bitta o'yinchoq bir
nechta vazifani bajarishi mumkin. O'rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda
o'yin to'g'risidagi fikr avval tug'iladi. Keyin o'ynay boshlaydi. O'yinchoq o'yin
mazmuniga qarab tanlanadi. Bolalar o'yinlarida tasvirlash vositasi bolalarning
o'ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak. Rolli o'yinlarda bolalar har xil
vositalardan foydalanadilar, ulardan asosiylari quyidagilar; bolalarning o'z
harakatlari; o'yinchoq va boshqa materiallar; so'z.
Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o'zlarining harakatidir. Masalan, bola
ikki oyog'ida sakrab quyonchaga taqlid qiladi. Ikki qo'lini qimirlatib, pishillab
parovoz bo'ladi va h.k.
Bolalarning ko'p harakatlari qurish, yasash bilan bog'liq bo'ladi, ular soatlab
parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni o'ziga o'xshatishga urinadilar.
Ko'pincha qurish o'yinning boshlanishi bo'lib xizmat qiladi.
Taqlid vositasiga o'yinchoq ham kiradi. O'yinchoq bola harakatini to'ldiradi,
o'ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi.
Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning olgan rolini yaxshiroq bajarishga va
uni yanada aniqroq ijro etishga imkon tug'diradi. Bolalar o'yin jarayonida ba'zi bir
narsalarni xohlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o'sha xohlagan narsalarini
faraz qilib juda yaxshi o'ynaydilar, masalan, taomni “konfet”, qurani "shakar", stulni
"mashina” deb atashlari mumkin.
So'z yordamida bolalar qanday o'yin o'ynashlarini kelishib oladilar. So'z
yordamida bir-biri bilan muomalada bo'lib, o'z fikrlarini izhor etishadi. So'z har xil
taassurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar hamma vositalardan ko'pincha bir
vaqtda foydalanadilar.
Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko'p bo'lsa, o'yin mazmuni shunchalik boyroq
bo'ladi hamda tevarak-atrofdagi voqea- lardan taassurot shunchalik to'laroq aks
ettiriladi.O'yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab jarayon bo'lgan
bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O'yin bolalarning mustaqil faoliyati
bo'lgani uchun uning syujetini bolalar o'zlari o'ylab topishadi va o'zlari tashkil
etishadi.
O'yinda bolalar o'zlarining kichkina jamiyatning a'zosi deb hisoblashadi, o'zaro
kelishib harakat qilishga o'rganishadi.
Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o'ynayotgan bolalar jamoasiga
kira olishi, u yerda o'z o'rnini topa olishi va shu jamoada o'rnashib olishi lozim.
Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan o'ynay olishi, diqqatini
shunga to'play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon
tinch o'ynay olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Bolalar birgalikda
o'ynashga o'tganlarida bir-birlari bilan maium munosabat o'rnatishlari lozim boiadi.
Xudda mana shu munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi
bolalarni kelishib o'ynashga o'rgatish orqali erishadi.Sahnalashtirilgan o'yinlar
sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o'yinning
quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan
vaziyatning va boshqa elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va o'z-
o'zini uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar asosida
quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti- harakatlari, ularning nutqi asar
matniga ko'ra belgilanadi. Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki
ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini
beradi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning
harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita
hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga o'rgatish usullaridan biridir.
Ba’zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so'zlab berishga xohish
ham, qiziqish ham bo'lmaydi, ammo unga o'yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi
rolga kirib, o'sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.
Bunday o'yinda bola o'zini o'sha asardagi qahramon o'rnida his etib, uning sezgi,
kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida
so'zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida
mavjud bo'lgan ijodiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o'yinda badiiy
asarning g'oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi.Ertak yoki
hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli
bo'lib, bola unga kirishib ketgan taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to'g'ri aks
ettiriladi. Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo'yicha sahnalashtirilgan o'yin
o'tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks ettirishga yordam beradigan
tayyorgarlik ishini o'tkazishi kerak.
Bu ish oldindan bir qator mashg'ulot va o'yinlar o'tkazish orqali amalga oshiriladi.
Sahnalashtirilgan o'yinga tayyorlanish uchun ma'lum bir vaqt ajratiladi va har bir
mashg'ulotda aniq masalalar hal etib boriladi. Masalan, tarbiyachi hazil she’r
o'qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so'zlarni, tovushlarni qanday talaffuz
etish kerakligini tushuntiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan so'zlarni aniq,
balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni talab etadi. Bu mashqlarda
matnni eslab qolish uchun o'tkaziladigan har bir mashg'ulotda 5-6 daqiqadan vaqt
ajratiladi. Bolalar «Sholg'om», «Bo'g'irsoq», «Tulki, xo'roz va quyon» kabi ertakni
sahnalashtirishni juda sevadilar.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o'zlarining ijodiy rolli o'yinlarida
sahnalashtiradilar, bu o'yinlarda tulki, sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni
o'yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib
sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak
qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she'r,
ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlari mana shunday o'rganiladi.
Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar bo'yicha o'tkazish mumkin:
1-
bosqich.
Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot
tanlaganda quyidagi talabga rioya qilish kerak:
1. Ertak, hikoya yoki she’rda qatnashuvchilar ko'p bo'Iishi kerak.
2. Asarda mazmun yaxshi bo'lib qolmasdan, harakatlarning xili ham ko'p bo'Iishi
kerak.
3. Asar ifodali o'qishga mos kelishi shart.
4. Mazmuni qiziqarli bo'Iishi kerak.
5. Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
2-
bosqich.
Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she’r yoki
ertakning mazmunini o'qib berish yoki qo'g'irchoq, soya teatrida ko'rsatish orqali
tanishtiriladi.
3-
bosqich.
Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni
qayta o'qib berish, postanovka ko'rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik
o'yinlardan foydalaniladi.
4-
bosqich.
O'yin qiziqarli o'tishi va uzoq davom etishi uchun o'yinga
kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu bilan birga to'g'ri rahbarlik
qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u
bilan birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar
ko'rsatadi.Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo'lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish
bo'lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg'om», «Bo'g'irsoq»
kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi.
Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham
olinadi. Sahnalashtirish o'yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi.
Masalan, tarbiyachi o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar
tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab
munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar
yoqqanini, ular ko'proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola
topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday
qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo'lg'usi
sahnalashtiriladigan o'yinlar jonlantiriladi.
Qurilish o'yinlari
Qurilish o'yinlari ham ijodiy o'yinlar sirasiga kiradi. Ularda bolalar atrof-
muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda
turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar.
Qurish-yasash o'yinlarida bir xil buyumlarning boshqalari bilan almashinishi yuz
beradi. Kichik va o'rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o'yinlari rolli o'yinlar bilan
bogianib ketadi.
Qurilish o'yinlari samarali faoliyat hisoblanib, bolalarda bunyod etilgan inshootni
mavjud buyum va narsalar, inshootning qurilishiga asos boiib xizmat qilgan
tasavvur bilan qiyoslash, taqqoslash ko'nikmalarini shakllantirishga imkon beradi.
U bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Qurilish materiallari turli xildagi geometrik shakllardan iborat. Bolalar har bir
shaklning o'ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari lozim, aks holda hech
qanday qurilishni amalga oshirib bo'lmaydi.
Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli boiishi va ulardan o'yinda
foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega bo'lish kerak. Bundan bolalarga
qurishning asosiy usullarini o'rgatish zarurligi kelib chiqadi.
Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi
ortadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy
xususiyatlari bilan tanishadilar.
Qurilish o'yinlari bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin boiib, ularni mehnatga
tayyorlaydi. Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalar tafakkurini
rivojlantiradi: kuzatilayotgan inshootlarning o'ziga xos xususiyatlarini aj ratib
ko'rsatish, tahlil va sintez qilishga, solishtirishga, o'xshash va farq qiladigan
tomonlarini aniqlashga majbur etadi, vazifalarni to'g'ri hal qilishga o'rgatadi.
Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar geometrik jismlarning
xususiyatlarini, ular bilan ishlashni, fazoviy nisbatlarni (uzoq-yaqin, baland-past,
o'ng-chap, uzun-qisqa, keng-tor) amalda olib borishga yordam beradi. Bunday o'yin
orqali bolalarni maktabdagi politexnika ta'limiga tayyorlash vazifasi ham amalga
oshiriladi.
Bolalar qurish-yasash jarayonida bir jamoaga birlashadilar, natijada ularning
nutqlari rivojlanadi. Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarning ma’naviy
dunyosiga ham ta'sir etadi: bolalar bilan biron inshootni kuzata turib, davlatimizning
xalq farovonligi to'g'risida g'amxo'rlik ko'rsatayotganligini tushuntiradi. Qurilish
materiallari bilan o'ynash bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik,
ishga javob- garlikni his etgan holda munosabatda bo'lishi hamda irodaviy sifatlarni
tarbiyalaydi. O'yinning qizig'i shundaki, u bolalarga zo‘r zavq-shavq bag'ishlaydi.
Bolalarni ba’zi bir qurilish inshootlari bilan tanishtirish orqali estetik tarbiya
vazifalari ham amalga oshiriladi. Bolalarda estetik hissiyotni tarbiyalash uchun faqat
bitgan qurilish inshootini kuzatish yetarli emas, balki qurilishning borishi, ishning
tashkil etilishini kuzatish, bunda bolalarning o'zlarini qatnashtirish muhim
ahamiyatga ega.
0‘yin uchun sharoit yaratish. Qurilish materiallari bilan o'ynashni rivojlantirish
uchun unga muvofiq shart-sharoit yaratish zarur.
1. Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir vaqtda o'ynashi uchun yetarli
bo'lishi kerak.
2. Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydilar, uni quradigan va bir necha
kungacha saqlab qolishning iloji bo'lgan joy bo'lishi kerak.
3. Qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo'lgan
g'ildirakli shkaf bo'lgani yaxshi. Uni bolalar xohlagan tomonlariga surib olib
boradilar. Shkaf ichini tartibli saqlash zarur.
4. Qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o'yinchoqlar, o'yinchoqli
odamlar, qushchalar, hayvonlar, transport bo'Iishi mumkin,
5. Bolalarning o'zlari o'yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli material
bo'Iishi zarur.
6. Ona o'lkamizni, uning poytaxti Toshkentni, transporting har xil turlarini
tasvirlovchi albomlar, fotosuratlar bo'Iishi kerak.
7. Qurilish materiallaridan barpo etilgan inshootlar namu- nalari tasvirlangan
albom.
8. Qurilish jarayonini, binolarning bezatilishini bolalar bilan kuzatish kerak.
9. Qurilish usullarini o'rgatish lozim.
10. Qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha hatto
undan ko'proq muddat saqlash kerak.
Qurish-yasashga o'rgatishning asosiy usullari. Bolalarni qurish-yasashga o'rgatish
uchun tarbiyachi turli xil usullarni qo'llaydi:
1. Tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda qurib ko'rsatadi.
2. Tarbiyachi biron narsani o'zi qurib ko'rsatadi va bunga kirgan har bir qismni
tahlil qilib beradi.
3. Tayyor qurilish namuna sifatida ko'rsatiladi.
4. Qurish-yasashning ayrim qismlarini ko'rsatadi (tomini yasashni, qanday
yopish kerakligini, biror detalni qaysinisi bilan almashtirish mumkinligini
tushuntiradij.
5. Tarbiyachi ataylab chala qurib qo'yilgan qurilishni bolalarga qurib bitkazishni
taklif qiladi.
6. Nima uchun qurish lozimligini, lining mavzusini aytadi.
7. Har kim xohlagan mavzuda qurishni taklif qiladi.
8. Tayyor qurilishni: u qanday qismlardan iborat ekanligini, nimalar, qanday
detallar ishlatilganini tahlil qilib beradi.
Qurish-yasash usullari bolalarga mashg'ulotlarda o'rgatiladi.
Qurish o'yinlariga rahbarlik. Bolalarning qurish materiallari bilan o'ynaydigan
o'yinlariga rahbarlik usullari ularning yoshiga bogiiq. Kichik guruhda bolalar uncha
murakkab bo'lmagan qurilishlarni bajaradilar.
Ular uchun stol ustiga qo'yib o'ynaladigan mayda qurilish materiallari zarur. Bitta
stol atrofida birdaniga 6-8 bola ishlashi mumkin. Stol ustini qurilish materiallari
egallab olmasliklari uchun stolning u boshi bilan bu boshiga pastgina skameyka yoki
taburetka qo'yiladi. Bolalar o'zlarining qurilish materiallarini yashigi bilan qo'yib
qo'yadilar. Bu birinchidan, stol ustida bolalarning bemalol ishlashlari uchun yaxshi,
ikkinchidan, bolalarga yashiklardan kerakli qurilish materiallarini olish qulay.
Bog'cha maydonchasida o'ynash uchun kub, gula, silindrga o'xshash alohida qurilish
materiallaridan foydalanish zarur.
Xuddi shunday materiallar guruh xonasida ham boiishi kerak. Yilning ikkinchi
yarmida bu materiallarni mashinalar qurish uchun kvadrat, to'g'ri burchak, har xil
o'rtasi teshik dumaloq shakldagi faner parchalari bilan toidirish lozim. Bolalarning
qurilish materiallari bilan o'ynashlari uchun tik turdagi daraxtlar, hayvonlar,
mashinalar, qo'g'irchoqlar ham kerak boiadi. Tarbiyachi bu materiallardan nima
qurish mumkinligini bolalarga ko'rsatadi: qo'g'irchoqqa stol, stul, karovat yasash,
ular uchun bog' va bog'ning ichiga skameykalar qo’yish, mashinaga garaj yasash va
hokazo.
Bolalarni qurilish materiallari bilan o'ynashga qiziqtirish uchun tarbiyachi ular
bilan birgalikda o'ynaydi va bu materiallardan hamma bolalar foydalanishlarini
kuzatib turadi. Yirik qurilish materiallari bilan guruh xonasidagi gilam ustida, yozda
esa bog'cha hovlisida qurish mumkin.
MTT maydonchasida yozda qum va suv bilan, qishda qor bilan o'ynash katta o'rin
egallaydi.
Qum bilan o'ynash. Qum bolalarning yozda o'ynashlari uchun yaxshi material.
Har bir guruh uchun ikkitadan qum yashigi bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda
hamma bolalar o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Qumda o'ynash uchun turli xil
o'yinchoqlar kerak bo'ladi: qumdan har xil shakl yasaydigan mayda tunuka
mashinalar, rezina yoki sellyuloiddan yasalgan odamchalar, hayvonlar shakli,
plastilindanyasalgan qo'g'irchoq mebeli, qurish-yasash materiallari, uni bezaydigan
narsalar: har xil faner taxtachalar (8\8, 10\10, 5\10, 4\10 sm) va yog'och kaltakchalar
(10,15, 20 sm) hammasi har xil rangdagi moyli bo'yoqqa bo'yalgan bo'lishi kerak.
Shu materiallarni bolalar qumga o'rnatib yo'llar, hayvonlar uchun saroy va devorlar
qurishadi. Qurgan narsalarini bezash uchun kichkina bayroqchalar kerak bo'ladi.
Qumni kovlash uchun bolalarga kichkina yog'och kurakcha beriladi.
Bahorda va kuzda (yer namligida) bolalarning qum o'yinlari maxsus qirg'og'i
ko'tarilgan stollarda tashkil etiladi. Qum bilan o'ynashda gigiyenik qoidaga rioya
qilish kerak. Qum har doim toza va nam bo'lishi, bolalar jazirama quyosh tagida
o'ynamasliklari lozim.
Kichik bolalar qum bilan o'ynaganda oldiga ma'lum maqsad qo'ymaydi.
Tarbiyachi bolalarni qiziqtirish uchun o'zi «quradi» va bolalarga qurishni taklif
qiladi. Masalan, qumni to'plab atrofni tekislashadi, bir yonini teshib eshik ochishadi.
Keyin bu uychani har xil rangdagi mayda bayroqchalar bilan bezashadi, keyin shu
uy oldiga devorlar, bog'lar qurishadi, uyga qo'g'irchoqlar ko'chib keladi. O'yinni
o'zgartirish uchun o'yinchoqlarni vaqti-vaqti bilan o'zgartirib turish kerak:
mashinalar uchun garaj, hayvonlar uchun hayvonot bog'i va boshqalar. Tarbiyachi
o'yinga kichik bolalarning hammasini jalb etishi kerak.
O'rta guruhda qum kichik guruhga nisbatan ko'p to'kiladi. Yashik oldiga buferda
ham o'yinchoqlar uchun javoncha bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar o'yinning mazmuni
murakkablashib borishi uchun tarbiyachi yordam beradi: qumdan nimalar qurish
mumkinligini ko'rsatib, bolalarga ko'maklashadi, ularning o'yinlarida qatnashadi.
Katta guruh bolalari qumdan katta inshootlar quradilar. Shuning uchun bu guruh
bolalarining qumi yashikda emas, balki bog'cha maydonchasining biron joyiga
ancha ko'p miqdorda to'kiladi. Bu bolalar uchun qumdan tashqari loy ham bo'Iishi
kerak. O'yinga qo'shimcha materiallar: tabiat materiallari, ip, yog'och, faner va
boshqalar ham zarur. O'ynab bo'lgandan keyin bularning hammasini maxsus
ajratilgan joyga olib borib qo'yish kerak. Bolalar shahar ko'chalarini, xo'jalik dalasi,
hayvonot bog'i, baland binolarni quradilar. Buning uchun qumdan, loydan va tabiat
materiallaridan foydalanadilar.
Tarbiyachi bu materiallardan qanday qurishni ko'rsatib beradi.
Suv bilan o'ynash. Bolalar suvni juda yaxshi ko'rishadi. Ularning suv bilan
o'ynashlari uchun bog'cha hovlisida maxsus suvhavzasi tashkil qilinadi, guruh
xonasida esa oyoqli qurilma ustiga vanna o'rnatiladi. Suv bilan o'ynash uchun
sellyuloiddan, rezinadan yasalgan o'yinchoqlar: baliqchalar, o'rdakcha, g'ozcha,
vannasi bor qo'g'irchoqcha, qayiqchalar (yasalgan va sotib olingan), suvda suzib
yuradigan narsalar kerak.
Kichik bolalarning suv bilan o'ynaydigan o'yinchoqlari oddiy bo'lib, unda
o'yinchoqlarning suzishini tomosha qiladilar. Bolalar suv bilan o'ynab kichkina-
kichkina syujetni aks ettiradilar: baliq va o'rdakchalarni ovqatlantirib, qo'g'irchoqni
vannada cho'miltirishadi, qayiqda yo'lovchilarni uchirishadi.
O'rta va katta guruh bolalarining suv bilan o'yini ancha murakkablashadi. Ular
daryoda paroxodlarni yurgizishadi, poraxod to'xtaydigan bandargohlar qurishadi.
Suzadigan o'yinchoqlarni harakatga keltirishadi. Suv bilan o'ynash natijasida bolalar
suvning xususiyatini, nimalar cho'kib, nimalar suzishini bilib olishadi. Suv bilan
o'ynash juda foydali, shuning uchun bolalarning guruh-guruh bo'lib suv bilan
o'ynashlari uchun imkoniyat yaratib berish kerak.
Qor o'yinlari. Qishda bog'cha maydonchasida qor bilan o'ynash bolalar uchun eng
qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi. Har bir bolada yog'och belkurakcha va qorni
tashish uchun yashikcha bilan chana boiishi kerak. Kichkina bolalar kattalar yig'ib
qo'ygan qor uyumini yog'och belkurakchalari bilan kovlashadi. Qorni tepaga sochib,
uning to'kilishini kuzatishadi, yashiklarga qor solib, boshqa joyga tashishadi va
hokazo.
Qoidali o'yinlar. Didaktik o'yin turlari
Har bir xalqda asrlar davomida kattalarning bolalar uchun yaratgan o'yinlari va
bolalarning o'zlari yaratgan ba'zi o'yinlari mavjud. Har qaysisi ham avloddan
avlodga o'tib kelgan va xalq og'zaki ijodining o'ziga xos shakliga aylangan. Qoidali
o'yinlar MTMda taiim-tarbiya vositasi sifatida keng qoilaniladi. Qoidali o’yin ta’lim
bilan bevosita bog'liqdir.
Ularning har biri bola shaxsiga ta'sir ko'rsatadi, biroq o'yinning u yoki bu turiga
mansub deyish uning asosiy tarbiyaviy ta’siriga ko'ra aniqlanadi. Masalan: «Oq
terakmi ko'k terak, bizdan sizga kim kerak» harakatli o'yinida bolalardagi
chaqqonlik, zehnlilik, chidamlilik malakalari rivojlanadi.
Didaktik o'yinlar. Didaktik o'yinlarning muhim elementi qoidalar hisoblanadi.
Qoidalarni bajarish o'yin mazmunini amalga oshirishni ta’minlaydi. Didaktik o'yin
taiim bilan bevosita bogiiq bo'lib, unga yordam beradi.
Didaktik o'yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga
mos keladigan taiim berish metodidir.
Tajribali tarbiyachi bu o'yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil
rejalar, vazifalarni qo'rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi.
Didaktik o'yinni amalga oshirishda har doim g'oyaviylik prinsipiga asoslanish
kerak. Didaktik o'yin tarbiyachining vazifa hamda maqsadlariga muvofiq kelishi
lozim.
Didaktik o'yinlar bolalarning birgalikda o'ynab, o'z manfaatlarini jamoa
manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishi, bir-biriga ko'maklashish va o'rtog'ining
muvaffaqiyatidan xursand bo'lishi kabi yaxshi munosabatlarning tarkib topishiga
yordam beradi. O'yinlar shaxsning sofdillik, rostgo'ylik kabi ijobiy xislatlari
shakllanishiga imkon beradi.
Didaktik o'yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar
mashg'ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Shu nuqtayi nazardan qaraganda,
olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib
beradi.
Bunday o'yinlarga kichik bolalar uchun «Rangiga qarab top», «Shakliga qarab
top» kabi o'yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Katta guruh bolalari uchun «Ishchilar nimalar va qanday ishlarni bilishadi?»,
«Dehqonlar nimalarni yetishtiradi?», «Kim ko'proq narsalarning nomini ayta
oladi?» va boshqa o'yinlarni ko'rsatish mumkin.
Didaktik o'yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini mustahkamlashga
yordam beradi, o'z shaxsiy tajribalari va mashg'ulotlarda olgan bilimlarni amalda
qo'llay olishga o'rganadi, ulardagi fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarni, sensor
jarayonni rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi.
Didaktik o'yinlar ta'lim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq qiladi. Bolalar
yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o'yinda amalga oshiriladigan aqliy tarbiya
vazifasini juda oson va yaxshi o'zlashtiradilar.
Didaktik o'yin kattalar tomonidan bolalarni aqliy rivojlantirish maqsadida
yaratiladi. Unda o'yin elementlari qancha ko'p bo'lsa, bolalarga u shuncha quvonch
bag'ishlaydi.
Didaktik o'yinning muhim tomoni - uni o'tkazishdan ko'zda tutiladigan g'oyadir.
O'yin g'oyasi bolalarda o'yinga qiziqish uyg'otadi, ko'pincha bu g'oya didaktik
o'yinni boshlashga sababchi bo'ladi. Masalan, «Xaltachada nima bor?», yoki «Kim
qanday qichqiradi» va shunga o'xshashlar.
Har bir didaktik o'yinda o'yin mazmuni, g'oyasidan kelib chiqqan qoidalar bo'ladi.
Unda qoidaning mavjudligi harakat o'ynalishini yoki o'yinning borishini belgilab
beradi, bolalarning xulqini, o'zaro bir-biriga bo'lgan munosabatini boshqarib, kerak
tomonga o'ylantirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi o'lchovdir.
Didaktik o'yinda amal qilinadigan qoidalar o'yin hara- katlarining to'g'ri-
noto'g'riligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon hisoblanadi. Bolalarning
biror bolaga nisbatan "U o'yin qoidasini buzib o'ynayapti" deyishlarining o'zi
ularning o'yin qoidalariga qandaydir o'zgartirib bo'Imaydigan qonundek
munosabatda bo lishlarini ko'rsatadi.
Bolalarning o'yin qoidalarini o'rganib olishlari va ularga rioya qilishlari, ularda
mustaqillikni, o'yin jarayonida o'zini-o'zi, o'zaro bir-birini nazorat qila bilish
qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi.
O'yinning natijasini ikki nuqtayi nazardan: bolalar va tarbiyachi nuqtayi nazaridan
baholash lozim.
Agar o'yin natijasini bolalar nuqtayi nazaridan baholaganda, unda bu o'yindan
bolalar qanday ma'naviy va axloqiy ozuqa olganlarini hisobga olish lozim. Didaktik
vazifalarni bajarish bolalardan ma’lum darajada zo'r berishni, ya’ni ularning aqliy
faoliyatiga talabni kuchaytiradi.
Bolalar fahm-farosatlari, topag'onliklari, diqqat va xotiralarininamoyish qiladilar.
Bularning hammasi bolalarning o'z kuchiga ishonchini oshiradi. Qalbini
xursandchilik hissi bilan to'ldiradi, ular bundan ma’naviy qoniqish hosil qiladilar.
Didaktik o'yinning natijasini muhokama qiladigan tarbiyachi quyidagilarga
e’tibor berishi lozim: qo'yilgan maqsadga erishildimi, belgilangan harakat
bajarildimi, shu ko'zlangan nuqtayi nazardan ma'lum natijalarga erishildimi yoki
yo'qmi.
Yuqorida keltirilgan ikki vazifa ham yaxshi bajarilsa, ya'ni bir tomondan,
bolalarda qiziqish uyg'ota olsa va ular faoliyatini amalga oshirishga intilsalar,
ikkinchi tomondan, qo'yilgan hamma maqsad, vazifaga erishilsa, bunday o'yin
yaxshi natija beradi, deb hisoblash mumkin.
O'yin qatnashchilarini rag'batlantirish, maqtash, yaxshi qatnashganlari uchun
yetakchi rolni berish, ba'zan esa shu o'yinda foydalanilgan o'yinchoqni o'ynashga
berish yoki mevalarni yeyishga berish mumkin, ammo bolalar bunday mukofotlarni
olaman deb har qanday yoi bilan bu ishga intilishlariga yoi qo'ymaslik kerak.
O'yin harakatli bolalar tomonidan bajariladi. O'yin harakatlari xilma-xil ishlarda:
narsalarning joyini almashtirish, yig'ishtirish, ularning rangiga, katta-kichikligiga,
shakliga qarab bir-biridan ajratish, tanqidiy harakatlar va hokazolarda namoyon
bo'ladi. Katta bolalarning o'yin harakatlari esa murakkabroqdir: bu o'yin harakatlari
bir guruh bolalar harakati bilan boshqa guruh bolalari harakati o'rtasida o'zaro
bogianish bo'lishini, harakatlarning izchillik va navbati bilan amalga oshirilishini
talab etadi.
O'yin natijasi didaktik o'yinning muayyan natijasi boiadi, natija esa o'yinning
finali hisoblanadi. Masalan: topishmoqlarni topish, berilgan o'yin topshiriqlarini
bajarish, fahm-farosatni namoyon qilish kabilar o'yin natijasi boiib, ularni bolalar
erishilgan muvaffaqiyat deb tushunadilar.
O'yin mazmuni, g'oyasi, harakatlari va qoidalari o'zaro bir- biri bilan bogiangan
bo'lib, hatto ulardan birortasi boimasa ham o'yinni o'tkazib bo'lmaydi.
Didaktik o'yinning o'yin faoliyati sifatidagi o'ziga xos xususiyati shundan
iboratki, tarbiyachining bolalar bilan o'zaro munosabatlari o'yin tarzida boiadi.
Tarbiyachi o'yin qatnashchisi yoki uning tashkilotchisi bo'ladi. Bolalar ko'pincha
o'yin mazmuni bilan belgilanadigan va o'yin harakatlari talab etadigan biron-bir
rolni bajaradilar. Masalan, “Magazin" o'yinida bilish mazmuni shundan iboratki,
xaridor bolalar o'z- lari sotib oladigan narsalarning belgilarini aytishlari, sotuvchi
bolalar esa talab qilingan narsaning nimaligini xaridor aytgan belgilar bo'yicha bilib
olishlari kerak. O'yin kuzatuvchanlikni mashq qilish, nutqni ravon qilish uchun
xizmat qiladi. O'yin harakatlari kuzatishdan, buyumni har tomonlama ko'rib chiqish,
uni tasvirlash va boshqa buyumlar bilan taqqoslashdan iborat. O'yin qoidalari
xaridorning oladigan narsasini tanlab olish, sotuvchiga xushmuomala bo'lishi,
oladigan buyumni tasvirlab berishi, uni har tomonlama ko'rib chiqish va boshqa
buyumlar bilan taqqoslashi, belgisini aytish va pul to'Iashidan: sotuvchilarning
vazifasi esa xaridor gapirganda ularni zo'r e'tibor bilan tinglash, so'zlarini bo'lmaslik,
so'ragan buyumlarni olib, qog'ozga o'rab berishdan iborat bo'ladi.
Ko'pincha didaktik o'yinlar bolalarning bilimiga biron-bir yangilik kiritmaydi,
ammo ularni o'z bilimlarini yangi sharoitda ishlata bilishga o'rgatadi yoki ular
kichkintoylardan aqliy faoliyatning turli-tuman shakllarini namoyon qilishga talab
etadi. Masalan, "Ajoyib xaltacha" o'yinida bolalarga o'zlariga tanish bo'lgan
o'yinchoqni tasvirlab berish vazifasi yuklatiladi, buning uchun esa bola o'yinchoqni
boshdan - oyoq yaxshilab ko'zdan kechirishi va uning o'ziga xos begilarini eslab
qolishi kerak bo'ladi.
Didaktik o'yinning mazmuni va turlari. Didaktik o'yinning mazmuni "MTM
ta'lim-tarbiya dasturi’’ da bayon qilingan va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
A) buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, hajmi, sifati va ishlatilishi to'g'risida
bilimlar berish;
B) mehnatning har xil turi va uning kishilar hayotidagi roli to'g'risidagi bilimlar;
V) tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasllari to'g'risidagi bilimlar;
G) dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik, shakl vaqt va fazoviy
tushunchalar berish.
Didaktik o'yinlar ularning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turli bolalar
bog'chasining ta’lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhlar ajratib berilgan.
Dasturda har bir yosh guruhning o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga
olgan holda didaktik o'yinning tutgan o'rni va vazifasi, mazmuni, o'tkazish uslublari
belgilab berilgan. Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan
o'tkaziladigan didaktik o'yinlardan asosiy maqsad - bolalarni ranglarni bir- biridan
farqlash va nomini aytishga o'rgatish, har xil o'lchamlar (katta, kichik}, shakllarni
(sharcha, kubcha], bilishga, ko'rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda
harakatlarni o'stirishga yordam beradi. Masalan, "Juft kartochkalar”, ''Kattalar va
kichkinalar", ''Qo'g'irchoqni sayrga olib chiqish uchun kiyintiramiz”, "Qo'g'irchoqni
cho'miltiramiz", "Bu nimaning ovozi?", "Xaltachada nima bor?” va shunga o'xshash
o'yinlar.
Bundan tashqari, shu guruhda bolalarni musiqa tovushlarini farq qilishga o'rgatish
uchun musiqaviy didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi.
Ikkinchi kichik guruhda esa didaktik o'yinlar quyidagi maqsadlarda o'tkaziladi:
bolalarda didaktik o'yinchoqlar bilan yakkama-yakka o'ynash ko'nikmasini
rivojlantirish, jamoa o'yinlari tashkil etish; narsalarni faqat bir rangga qarab ajrata
olish, katta-kichikligiga qarab farqlash; xalqachalarni va kubchalarni muntazam
shaklda terib, ulardan minorachalar yasash; tanish buyumlar tasvirlangan ikki, to'rt
burchakli, olti burchakli kesma rasmlardan "Idish tovoqlarimiz”, "O'yinchoqlar"
kabilarning tasvirini yig'ish; narsalarni farqlash va nomini to'g'ri aytishga o'rgatish
va hokazo. Musiqaviy - didaktik o'yinlarda esa musiqa ovozlarining ba’zi bir
xususiyatlarini farq qilishga o'rgatish, qadam va yugurish ritmi ("Kim kelayotir",
"Sichqonlar yugurishayotir") ovoz va cholg'u asboblari tembrlarini (“Musiqaviy
o'yinchoqni o'ylab top”, "Ovozidan bilib ol” ajrata bilishga o'rgatish vazifalari ham
hal etiladi.
O'rta guruhda didaktik o'yinlar orqali bolalar eshitish, ko'rish, sezish a'zolari
yordami bilan turli narsalar va ularni yasash uchun ishlatiladigan materialning
xossalarini bilib olish, narsalarni tashqi ko'rinishiga qarab bir-bir iga taqqoslash,
guruhlarga ajratishni o'rgatish vazifalari amalga oshiriladi.
Yana didaktik o'yin davomida bolalar o'rtaga qo'yilgan masalanihaletishdasabr-
matonatlibo’lishga.qiziquvchanlikka, diqqat-e'tiborlilikka odatlantirib boriladi.
Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali tovushlarni diqqat bilan tinglab, baland-
pastligiga, ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir-biridan farq qila olishga
o'rgatib boriladi.
Katta guruhda didaktik o'yinlar quyidagi vazifalarni hal etishni maqsad qilib
qo'yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir biriga taqqoslay olish,
ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi, shakli, katta-kichikligi, materiallarni
seza bilish, narsalarning joylanishidagi o'zgarishlarni] aytib bera olish kabi sensor
qobiliyatlarni tarbiyalash; biron hayvon, o'simlik, transport ta'rif-tavsif qilib
berilganda, ularning nomini topa bilish malakasini o'stirish, bolalarning umumiy
tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo'lish qobiliyatini
rivojlantirish, so'z faolligini faollashtirish va toidirish; qismlardan yaxlit narsalar
(kubiklar, mozaika va boshqalar)yasash malakasini o'stirish.
Musiqaviy didaktik o'yinlar orqali tovushlarni bir-biridan farq qilishni o'rgatish,
ritmik usulni ajrata olish, ashulalar va cholg'u asboblari ovozining tembrini farq
qilish ("Kim kuylayapti?”, "Shiqildoqli childirma”), ovozning dinamikasini ajrata
olish ("tez, sekin kuylaymiz”] uchun foydalanish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhida didaktik o'yinlar hamma yosh guruhlaridagi kabi
alohida o'rin tutadi va bu guruhda didaktik o'yinlar orqali quyidagi ta’lim - tarbiyaviy
vazifalar amalga oshiriladi: bolalarda didaktik o'yinlarga qiziqish uyg'otish, har bir
narsani bilishga havas, kuzatuvchanlik, diqqat-e'tibor, ziyraklik, aqliy vazifalarni
mustaqil hal qilish malakasini tarbiyalash. Ularga narsalarni turkumlarga bo'lishda
yordamlashuvchi o'yinlarni, domino, mozaikaning har xil turlarini, shashka,
sakrovchi biryo'lkalarni jumboq o'yinlar, og'zaki o'yinlar ("Dengiz to'lqillanmoqda",
"Qora va oq"), ranglarni va ulardagi nozik ayirmalarni bir-biridan farqlashni
o'rgatadigan o'yinlar o'tkaziladi.
Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali esa bolalarni tovushlarga diqqat bilan quloq
solishga ("Tovushlarni takrorla”, "Ikki metalafonni galma-gal chalish” va h.k) ritmik
shaklni gavdalantirib berishga ("O'z ritmingni o'ylab ol", "Bolalar va filchalar”),
dinamik farqlarni bir-biridan ajratishga ("Ovchilar va quyonlar") o'rgatiladi.
Didaktik o'yinda bolalar har doim o'zlarini o'ynayotgandek his etishlari kerak.
Narsalar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlardan tarbiyachi bolalarni narsalar,
ularning xususiyatlari va bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari bilan, ularni
ishlatish usullari bilan tanishtirish vositasi sifatida foydalanadi.
Bolalarning narsalar, ularning sifati to'g'risidagi bilimlarni mustahkamlash uchun
har xil o'yinchoqlar, suratlar, uy-ro'zg'or buyumlaridan foydalaniladi.
O'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar. "Xaltachada nima bor?" o'yinning
maqsadi, o'yinchoqlarning nomlari bilan tanishtirish va bu o'yinchoqlar to'g'risida
bilimlarni mustahkamlash, tovushlar talaffuzini mashq qildirishdir. "Bu nima?”
o'yinida bolalar qo'g'irchoqqa har xil narsalar va ularning ishlatilishi to'g'risida
gapirib beradilar. Bunday o'yin guruhda, bog'cha maydonchasida, uxlash xonasida
o'tkazilishi mumkin.
Didaktik o'yinlarda tarbiyachi bolalarni faqat narsalarning nomi va ular nimaga
kerakligi bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu narsalarning shakli, rangi, katta-
kichikligi, fazoda tutgan o'rni haqida ham tanishtiradi.
Har bir buyum va o'yinchoq o'zining aniq tashqi ko'rinishiga ega bo'Iishi kerak,
o'yinda esa qo'yilgan maqsad narsaning asosiy belgisini ajrata bilishga imkon
tug'dirishi lozim.
Bunday talabga xalq o'yinlari o'z shaklining aniqligi, rangining tiniqligi bilan
ko'proq javob bera oladi.
Bolalarni o'ylashga, aqliy vazifalarni bajarishga undaydigan o'yinlar ham katta
ahamiyatga ega.
Bolalarning rang haqidagi tushunchalarini mustahkamlash va aniqlash uchun
quyidagi o'yinlar o'tkaziladi: sharlarni rangiga qarab to'plash, "Dumaloqni
dumalatish”, xalqachalarni ipga o'tkazish, "Shu rangdagi dumaloqni dumalatish”,
"Kimda mana bu rangdagi xalqacha bor”, "Kim mana bu rangdagi haltachani topa
oladi" va h.k.
Shakl, rang predmetlarning asosiy belgisidir. Shakl to'g'risida tushunchalarni
"Xaltachada nima bor”, "Nima o'zgardi?", "O'yinchoqlar do'koni’', "Qo'g'irchoqni
kiyintiramiz", "Bu nima?" va boshqa o'yinlar orqali aniqlash va mustahkamlash
mumkin.
Qo'g'irchoq bolalarning eng sevimli o'yinchoqlaridan biri. Har bir bolalar
bog'chasida didaktik jihozlangan o'yinchoq bo'Iishi kerak. Qo'g'irchoq jihozlariga
kiyim, ichki kiyim, poyabzal, idish-tovoq, mebel o'yinchoqlar kiradi.
Qo'g'irchoq bilan quyidagi o'yinlarni o'tkazish mumkin: "Qo'g'irchoqni
kiyintiramiz”, “Qo'g'irchoqni sayrga otlantira- miz”, “Qo'g'irchoqni mehmon
qilamiz”,
''Qo'g'irchoqlar
bayra-
mi”
"Qo'g'irchoqningtug'ilgan
kuni",
"Qo'g'irchoqni uxlatamiz".
O'yinlar topishmoqlar bilan qo'shib olib borilganda qiziqarli o'tadi. Masalan,
"Qo'g'irchoqni uxlatamiz" o'yinida qo'g'irchoqqa karovat tayyorlayotganda
tarbiyachi "Uzun,
yumshoq, yo'l-yo'l " (matras), "Oq, toza, to'rt burchak..."
(yostiq), "Paxtali issiq..." yoki "junli issiq"(adyol) va boshqa topishmoqlarni aytishi
mumkin. Qo'g'irchoqning karovati tayyor bo lgandan keyin qo'g'irchoqni yotqizib,
"alia” aytadi.
Mebellarning nimaga ishlatilishi, o'yinchoqlarning nomini mustahkamlash uchun
"Qo'g'irchoqqa xona yasatamiz”, "Qo'g'irchoqqa o'yinchoq sovg'a qilamiz" kabi
o'yinlarni o'tkazish mumkin.
Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi sifatlari, nimaga ishlatilishi
bilan tanishtiribgina qolmay, muayyan predmetlar orqali ularni oddiy turlarga
ajratishni o'rgatib boradi; ayiq, qo'g'irchoq, quyon-o'yinchoqlar; kastryulka, tarelka,
choynak-idish-tovoq.
O'yinlarni narsa va buyumlarning tasvirli rasmlari orqali ham o'tkazish mumkin.
Bularga "Bu narsa o'zi to'g'risida nima deydi?” "Kim birinchi bo'lib aytib beradi?”
(bolalar diqqatini rivojlantirishga qaratilgan qo'g'irchoq, narsa va ularning shakli,
rangi to'g'risida), "Kim bo'ladi?", "Qaysinisi bir xil qaysinisi har xil?” kabi o'yinlarni
ko'rsatsa bo'ladi.
Bolalarning tabiat to'g'risidagi bilimlarini mustahkamlash uchun "Hidiga qarab
top”, "Mazasiga qarab top", "Ushlab ko'rib top”, "Kim nimani eshityapti" kabi
o'yinlarni o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Kichik yoshdagi bolalar bilan so'zli o'yinlar o'tkazilmaydi.
Katta va tayyorlov guruhlarida didaktik o'yinlar o'zining mazmun va g'oyasi
jihatidan ancha murakkabdir. Bu yoshdagi bolalar bilan buyum va rasmlar bilangina
didaktik o'yinlar o'tkaza qolmay, so'zli didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi. Buyumlar
va rasmlar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlarda bolalarning narsalar sifati,
xususiyati, nimadan yasalgani, qayerda qilingani, nima uchun kerakligi va hokazolar
to'g'risidagi bilimi aniqlanadi hamda mustahkamlanadi. Bunday o'yinlarga
quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: "Nima nimadan yasalgan?", "Guruh
xonasiga sayohat”, "Ovoziga qarab top" va boshqalar.
Umumlashtirishga o'rgatish bo'yicha turlarga ajratishni o'rgatuvchi o'yinlar katta
o'rin egallaydi. "Qaysi fabrikada nima ishlar bajariladi?", "Fabrikada nima ish
qilinadi, dalada nima yetishtiriladi?” "Kimga nima kerak?" “Kim nima bilan
ishlaydi?" “Qayerda o'sadi?”, “Sayohat” (shahar bo'ylab, dalaga maktabga va
hokazo), "Pochta" va boshqalar.
Bolalarda dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi didaktik o'yinlar
ham o'tkaziladi. Masalan, "Kim sanashni biladi?", "Yuramiz, yuramiz-to'xtaymiz",
"Bizning kun”, "Yil fasllari" va boshqalar.
Bolalar nutqini rivojlantirish uchun quyidagi o'yinlarni o'tkazish mumkin: "So'z
qo'sh", "Orkestr", "Mana bu tovushga so'z top", "So'zlardan hikoya tuz" va h.k.
Yuqorida sanab o'tilganlar jamoa o'yinlaridir. Bular asosida yana bir qancha
o'yinlar topish mumkin.
Didaktik o'yinlarga rahbarlik. Boshqa o'yinlar singari, didaktik o'yinlarga ham
tarbiyachi rahbarlik qilishi lozim. Birinchi navbatda didaktik o'yinni va unga kerakli
materialni tanlash kerak. Hamma guruhlar didaktik jihozlarga, bo'yi 4050 sm
keladigan qo'g'irchoqqa ega boiishi lozim. Uning jihoziga quyidagilar kiradi:
- ichki kiyim, ko'ylak, ishton, rezinka, uzun paypoq;
- pahmoq, satin, shoyi ko'ylak, fartuk, soiakcha;
- qishlik palto, kuzlik palto;
- bosh kiyimlar: shapkacha, panasma, qalqopcha, shlyapacha;
- poyabzal: tufli sandal, yumshoq shippak;
- yotadigan va oshxonada ishlatiladigan narsalar - ko'rpa- yostiq, matras, adyol,
choyshab, ko'rpa jildi, yostiq jildi, sochiq, dasturxon, salfetka.
Bu hamma narsalar o'ziga mos rangda (qizil, pushti, to'q qizil va h.k.] har xil sifatli
gazmoldan tikilgan va nomi har xil bo'Iishi kerak.
Qo'g'irchoqdan tashqari har xil hayvonlar, qushlar, idish- tovoqlar, va transportni
aks ettiruvchi o'yinchoqlar ham bo'Iishi kerak.
MTTda tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturiga muvofiq bir qancha rasmlar
turkumi bo'Iishi kerak:
A) kishilarning polizdagi, uy sharoitidagi mehnatini aks ettiruvchi, ularning
mehnatini yengillatuvchi mashinalar rasmlari;
B) kishilarning turar joylarini aks etiruvchi rasmlar;
V) kishilarni suvda, quruqlikda, havoda olib yuruvchi vositalarning rasmlari;
G) uy jihozlari: idish-tovoq, mebel, madaniyat buyumlari, bezakli buyumlar,
o'yinchoqlar;
D) dasturxon, choyshab, sochiq, yostiq jildi, qishki, yozgi, bahorgi, kuzgi
ko'ylaklar, bosh kiyim, yil fasllariga qarab kiyiladigan oyoq kiyimlar;
E) iste'mol mollari: sabzavotlar, mevalar, uy mahsulotlari, shirinliklar;
]} uy va yovvoyi hayvonlar;
Z) daraxtlar, butalar, gullar va boshqa o'simliklar;
I) qushlar.
Bu rasmlar asta-sekin to'planib boriladi. Ular yirik (15- 20sm] va karton
qog'ozlarga yopishtirilgan bo'Iishi kerak.
Didaktik o'yinlarda tabiat materiallari va oddiy narsalar ham ishlatiladi.
Didaktik o'yinlarga maxsus o'rin ajratilishi va bolalar kun tartibidan ma'lum joy
olishi kerak. Didaktik o'yinlarni mashg'ulot bilan bog'lab olib borishni yaxshilab
o'ylab amalga oshirish lozim.
Bu o'yinlar mashg'ulot va o'yin soatlarida o'tkaziladi. Ularni butun guruh bolalari
bilan ham o'tkazish mumkin.
O'yinning mazmuni va undan kelib chiqadigan natija oldindan yaxshilab, aniq
o'ylab olinadi. O'yinning g'oyasi o'yin harakatlari, qoidasi va o'yinning borishi
shunga bog'liqdir. Masalan, "Kim qanday qichqiradi?” o'yinida har xil vazifa
qo'yilishi mumkin:
1) bolalarning hayvonlar tovushini bilish-bilmasliklarini aniqlab olish;
2) hayvonlar haqida tushuncha berish;
3) bolalar hayvonlarni tovushidan tanib oladimi-yo'qligini bilish.
Bu o'yindan bolalarga tovushlarni talaffuz qilishni mashq qildirish maqsadida
ham foydalanish mumkin.
Didaktik o'yinlarda majburiy qoidalar juda ko'p uchraydi: navbat bilan harakat
qilish, faqat so'raganda javob berish, o'rtog'iga quloq solish, o'ynaganda boshqalarga
xalaqit bermaslik, qoidani bajarish, o'z aybiga iqror bo'lish va hokazo.
Didaktik o'yinlarda bolalarning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Bir xil
bolalarga qiyin topishmoq aytilsa, boshqasiga yengilrog'i, osonrog'i aytiladi; yomon
gapiradigan bolalar ko'proq gapirishga jalb qilinadi. Buning uchun o'yinni
o'tkazishdan avval hamma bolalarni yaxshilab eslab, o'yinning imkoniyatlari,
harakatlariga qarab topishmoq beriladi, ba’zi bir faolroq bolalarga boshqalarni
qiziqishini bo'g'maydigan rol biriktiriladi.
Didaktik o'yinga rahbarlik qilishda o'yinning maqsad va mazmunini belgilash,
o'yin g'oyasini o'ylab topish, o'yin qoidasi va asosiy harakatlarni tushuntirish, bolalar
o'rtasidagi munosabatni yaxshilash, tarbiyaviy ta'sir orqali o'yinning borishga
rahbarlik qilib borish va boshqalarni o'z ichiga oladi.
Didaktik o'yinni bolalarning bergan savollari, takliflari va tashabbuslariga qarab,
o'yin jarayonida kutilmaganda kengaytirish, uning mazmunini boyitish mumkin.
O'yinni belgilangan vaqtda boshlash va tugatish katta mahoratdir. Tarbiyachi o'yin
vaqtini o'zining tushuntirishini kamaytirish hisobiga siqishtiradi.
0‘yinni tarbiyachi bolalarda o'yinga qiziqish uyg'otgan holda tugatishi kerak, ya'ni
bolalar shu o'yinni yana davorri ettirishni xohlab qolsinlar. Tarbiyachi shunday
deydi: "Kelgusi gal bundan ham yaxshiroq o'ynaymiz”, yoki "Yangi o'yin bundan
ham qiziqroq bo'ladi”. Tarbiyachi o'yinning yangi variantlarini ishlab chiqadi.
Didaktik o'yinlar guruh xonasida, zalda, maydonchada, o'rmonda, dalada va
boshqa joylarda o'tkazilishi mumkin. Bu o'yinning ta'sirehanligini, taassurotlarning
har xilligini, bolalarning faolligini oshiradi. Shunday qilib, didaktik o'yin
maktabgacha yoshdagi bolalarga taiim berish vositasi bo'lib, uni muvaffaqiyatli
amalga oshirishga yordam beradi.
Bola tarbiyasida o'yinchoqning ahamiyati
Ko'pchilik bolalar o'yinlari xilma-xil o'yinchoqlardan foydalanish bilan bogiiq.
O'yinchoq bola hayotining yoidoshi, uning quvonchi manbayidir. U nafaqat o'yin
quroli, balki bolalar o'yinida sherik, o'rtoq, kattalar qoiida esa tarbiyaning muhim
qurollaridan biridir. O'yinchoq o'yin yaratishda ishtirok etadi, bolaning o'ziga xos
sherigi sifatida namoyon boiadi, uning shaxsiga katta ta'sir o'tkazadi. U bolaga
shunchalik yaqinki, bola o'z o'yinchoqlarini sevadi, ularga bogianib qoladi, shu
tufayli u o'zini atrofdagi hayotning toiaqonli a’zosi deb hisoblaydi.
To'g'ri tanlangan o'yinchoqlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Xalq
pedagogikasida o'yinchoqlarning butun bir sistemasi ishlab chiqilgan. Ular bilan
amalga oshiriladigan o'yinlar bolaning sensor qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan.
’’Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g'oyalar asosida
shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borganda, muhim bir masala haqida
to'xtalib o'tish o'rinli deb o'ylayman. U ham bo'lsa, dunyoga hayrat ko'zi bilan boqib,
undan o'zgacha ma'no topishga intilayotgan murg'ak farzandlarimizning qiziqishi va
hissiyotlariga mos qo'g'irchoq va o'yinchoqlarni ishlab chiqarish masalasidir.
Bir qaraganda bu muammo arzimas narsa bo'lib tuyulishi mumkin. Lekin har
qaysi go'dak ilk bor olamni o'z atrofidagi o'yinchoqlar orqali anglashini inobatga
oladigan bo'lsak, ularning inson tarbiyasidagi o'rni beqiyos ekanligi ayon bo'ladi.
Farzandlarimiz milliyt hunarmandchiligimiz asosida yaratilgan o'yinchoqlarni
o'ynashsa, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir etgan bo'lar edik” degan fikrni
mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengil-
mas kuch” asarida ta’kidlaydi (156 bet]. Darhaqiqat, go'dakning ulg'ayib kelajakda
qanday yo'ldan borishi o'zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma'naviy asoslarga
qurishi ham uning bolalikda qanday o'yinchoqlar o'ynagani bilan belgilanadi.Har bir
xalqning o'yinchog'i o'zining pedagogik badiiy va amaliy an’anasiga egadir.
O'yinchoq hamma millat xalqlariga hurmat hissini tarbiyalashi lozim. O'yinchoqqa
quyidagi talablar qo'yiladi:
Pedagogik talab. O'yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi,
jamiyatimiz g'oyasi nuqtayi nazariga mos kelishi, g'oyaviy jihatdan qimmatli
bo'Iishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. O'yinchoq bolada olijanob
tuyg'ularni uyg'otishi, boshqa millat bolalari bilan do'stona munosabatlarni
tarbiyalash, voqelikka nisbatan olijanob tuyg'ular uyg'otishi, ijobiy axloqiy tajriba
to'plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo'lgan intilishini qoniqtirishi
va uni uyg'otishi kerak. Obrazli o'yinchoq real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning
xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.
Gigiyenik talablar. O'yinchoq qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi,
bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi
asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar. Shakl, bo'yoq va bezaklarning har tomonlama uyg'unlashuvi, bir-
birini rang va shakl jihatdan to'ldirib, ta’kidlab, o'yinchoqning badiiy ifodaliligini
oshiradi. O'yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida
idrok etish xususiyatlariga to'la mos kelmog'i lozim.
To'g'ri tanlangan o'yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy aqliy vabadiiy-estetik
tarbiyasi rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik
o'yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga
ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning
xususiyatlariga, qurilishiga bo'lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib
boradi.
O'yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil
qiladi, birgalikda o'ynash tuyg'usini uyg'otadi va ijobiy his-tuyg'ularni tarkib
toptiradi. Axloqiy his- tuyg'ularni shakllantirishda qo'g'irchoq muhim ahamiyatga
ega. Milliy qo'g'irchoq bolalarni boshqa millatga mansub bo'lgan tengdoshlariga
bo'lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San'atning
birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo'lgan o'yinchoq estetik hislar va
kechinmalarni uyg'otadi, estetik tarbiyani to'plashga yordam beradi va badiiy didni
shakllantiradi. Shu o'rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo'lgan xalq
o'yinchoqlarining ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim.
O'yinchoq bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol
harakatga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning
aniqligi va muvofiqlashtir ishini rivojlantiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga moijallangan ko‘p o'yinchoqlar (shaqqildoqlar, rezina
koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada ko'rish va eshitish diqqatini
rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o'stirishga yordam beradi.
Syujetli-obrazli o'yinchoqlar syujetli-rolli o'yin uchun foydalaniladi. U bolalarda
ijobiy xarakter qirralarini, mulo- yimlik, g'amxo'rlik, yordam berishga ehtiyoj,
shuningdek kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o'ynay olish
malakalarini tarbiyalaydi.
Texnika o'yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga boigan
qiziqishni uyg'otib, ularni o'z o'yinlarida qo'llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga
texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport
turlari, aloqa vositalari) tashqi ko'rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini
tanishtiruvchi texnik o'yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash
o'yinchoqlari
bolalardagi
qurish-yasash
qobiliyatlarini
rivojlantiradi hamda ijodkorlikka intilish uyg'otadi. Bu o'yinchoqlarni o'ynash
buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim (avtomobilda
g'ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi], Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan
o'yinchoqlarning asosiy 2 turi mavjud:
a) kublar, prizmalar, konuslar, piramida, slindrlar, plastinkalar, geometrik
shakllar to'plami.
b) turli blok - devor, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura va qurilish
materiallari. Mayda [stol o'yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada)
o'ynashga mo'ljallangan bu qurilish materiallarining rangi har xil bo'Iishi mumkin.
Didaktik o'yinchoqlarning asosini xalq o'yinchoqlari tashkil qiladi. Ularni
o'ynashda bola o'z-o'zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini
rivojlantiradi. Ulardagi o'yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan
iborat.
Harakatli o'yinlarga mo'ljallangan o'yinchoqlar: suv, qum bilan o'ynaladigan
o'yinchoqlar, koptoklar, arg'amchilar, chambaraklar va boshqalar. Ularning asosiy
vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan o'yinchoqlar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni
eshita olish qobiliyatini o'stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarni
sahnalashtiradilar.
Qum bilan o'ynash. Qum bolalarning o'ynashlari uchun eng qulay o'yin vositasi
hisoblanadi. Qum maxsus yashildarda nam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga
gigiyeniktalablar qo'yiladi:
a) qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo'Iishi; b) qum faqat namroq holda
saqlanishi; d) bolalarning salomatligiga xavf solmasligi kerak.
Kichik yoshdagi bolalar qum bilan o'ynashlari uchun bayroq- chalar, o'yinchoqlar
tayyorlab qo'yilishi kerak.
Suv bilan o'ynaladigan o'yinlar. Bu o'yinlar bilan kichik yoshdan boshlab
shug'ullanish mumkin. Suvda qo'g'irchoqni cho'miltirish, o'yinchoqlar bilan o'ynash,
katta yoshdagi bolalar esa suvda cho'milishlari mumkin.
Qor bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalarda quvnoq kayfiyat- ni uyg'otadi. Buning
uchun yog'och belkurakcha, qorni tashish uchun quticha ortilgan chana bo'lishi shart.
Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning
qiyofasini yasaydilar.
Milliy xalq o'yiniari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda milliy
xalq o'yinlarining ahamiyati kattadir. Bu o'yinlar ikki guruhga bo'linadi:
1. Milliy harakatli o'yinlar. 2. Milliy xalq o'yiniari.
Milliy harakatli o'yinlar sport turlari hamda xalqimiz qad- riyatlari bilan aloqador
bo'lib, ular asrlar davomida davrlar- ga mos ravishda rivojlanib, takomillashib,
e'zozlanib kelin- gan. U bolalarning jismonan baquwat, sog'lom, jasur, qat’iyatli,
chaqqon, uddaburon bo'lib o'sishlarida muhim omil hisoblanadi. Xalq milliy
o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishining xarakter
- xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari jamlangandir.
Xalq milliy o'yiniari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy estetik jihatdan
tarbiyalab borish jarayonida ularda o'z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga
yetish, buyuk ajdod- larimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan
zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek, o'sib kelayotgan yosh avlod- da chidamlilik, sabr-
toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etishda
quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
- xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo'llari, usullari hamda
uslublarini ishlab chiqish;
- milliy o'yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urf-odatlarimizni
kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy
o'yinlaridan maqsadli foydalanish;
- xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
- bolalarning o'ynashlari uchun shart-sharoit (o'yin uchun jihozlar, atributlar)
yaratish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o'rtasida milliy o'yinlar
bo'yicha ko'rik tanlovlar va musobaqa- lar o'tkazish.
- Milliy harakatli o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga o'yindagi harakatlar
rivojiga qarab takomillashib boradi.
l-2yoshli bolalar bilan o'ynaladigan о 'yin turlari. «Barmoq- qa-barmoq», «G'oz-
g'oz», «G'oz tursin», «Bo'p-bo'p», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom» o'yinlari
go'dak endi bir-ikki qadam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga
yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.
3- 4
yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: ”0't o'yin", "Kesak
qo'ydi”, "Ko'z boylag’ich”, "Choriy chambar”, "Awal- akam”, "Tayoq irg'itish”,
"Quloq cho'zish”, "Chitti gul”, "Xolam mehmonga keldi", "Uchdi-uchdi".
4- 5
yoshli bolalar bilan o'ynaladigon o'yin turlari: "Chir- Aylanma”,
“Chillak”, "Tortishmachoq”, "Lafta”, "Dor o'yin”, "Ko'pkari”, "Berkinmachoq”,
"Jami", "Chertan devor gir-gir aylan".
Katta yoshdagi bolalar uchun o'yinlar: "Chavandozlar", "Doiraga tort", "Do'ppi
yashirma”, "Sapalak”, "Besh tosh”, "Oq terakmi ko'k terak”. Bu o'yinlar orqali
bolalarda chaqqon- lik, o'z-o'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi,
qat’iyatlilik ko'nikmalari shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib boriladi, topqirlik
qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob boiishga tayyorlanib boradi.
Xalq harakatli o'yinlarni tashkil etish va bolalarga o'rgatishda quyidagi qoidalarga
rioya qilish zarur;
1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.
2. O'yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgaligi va yosh xususiyatlariga
e'tibor berish.
3. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qo- chirmaslik.
4. O'yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog'lagan holda hayotga tatbiq etish.
5. O'yin davomida o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash.
6. Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat va e'tiborli
bo'lish.
O'zbek xalqining ermak va ovutmachoq o'yinlari bilan, asosan, bolaning ilk yosh
davridan boshlab shug'ullanib boriladi. Bu o'yinlar asosan kattalarning bevosita
rahbarligida harakat va so'zlarning uyg’unlashuvi bilan o'ynatiladi. Masalan: "Bar-
moqlar", “Sichqon - sichqon” o'yinlari orqali bolalarda xush- chaqchaqlik
kayfiyatlari hosil qilinib tasawurlari o'sib boradi. Xalqimizda "Bolaning ilonni
changallaydigan davrida” ibora bor. Bu hikmat hali qo'rqish hissini bilmaydigon
davrida, ya'ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo'llaniladi. Xuddi shu
davrida “Sichqon- sichqon" o'yini qo'l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro'moldan yasalgan "Sichqon”ning harakatlanishidan
qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydi- lar. "Sichqon”ni harakatlantiruvchi katta odam
uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go'dakka sichqon
shakli va uning juda to'g’risida tasavvur hosil qilishga ko'maklashadi. Ermak
o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi»,
«Chapakka-xo- chapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu ja-
rayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari
faollashadi. Bolalarning nutq faolligi- ni o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan
keng foydalaniladi. Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mun-
di», «Bulbulim-bulbulim», «Ko'z boylog'ich», «Oq sholi, ko'k sholi», «Ada
hormang»lar kiradi. Yana xalqimizda azal-azaldan o'ynab kelinadigan so'z
o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-ha- nuzgacha bolalar orasida «tinchlik -
yarashuv» timsoli sifatida qo'llaniladi. Bu o'yinlar bolalar tilidan ana shunday
jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq,
U olavermadi har choq.
Toychog'imni kim olsa,
Men u bilan chin o'rtoq.
Yalinchoq-yalinmachoq,
Pista po'choq.
Qilichmi, to'qmoq, qirq yilgacha o'rtoq,
To'qmoq, to'qson yilgacha o'rtoq.
Bolalarning matematik tasavvurlarini o'stirishga yordam beradigan o'yin turiga
«Sanamalar» kiradi. Bu o'yin jarayonida bolalar she'riy satrlar orqali son-sanoqdan
topishmoq tar- zida foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalarning tasavvurlari,
fikrlash doiralari kengayib, she'riy ohangda to'g'ri javob qay- tarishga o'rgatilib
boriladi. Asosan, bu o'yinlar quyidagicha ja- ranglaydi:
Dadam-u oyim,
Bor ikkita singlim.
Bahodir, Dildor,
Bog'chaga ketar,
Sanab ko'r chaqqon,
Bizlar nechta jon?
O'zbek xalqi nihoyatda so'zga chechan, topqir bo'lib, o'zining alyor-u
qo'shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq orasida mashhur bo'lgan
«Qiqillamalar»ni misol sifatida kelti- rish mumkin. Bu so'z o'yinlarida sodir
bo'layotgan voqea-hodi- salar, kechinmalar she'riy ohangda ijro etiladi. Masalan:
Shov-shov etadi ariq,
Karim ekadi tariq.
Yoki:
Echki keladi ma'rab,
O'z egasiga qarab.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy
axloqiy pedagogik - psixologik jihatdan tar- biyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim tizimida o'yinlar texnologiyasi.
O'yin texnologiyasining nazariy asoslari. Bugungi kunda ta’lim tizimida,
jumladan, maktabgacha ta'lim tizimida ham yangi pedagogik texnologiyalar,
interfaol usullardan keng foy- dalanilmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun-
mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish
yo'llarini amaliyotchi-tarbiyachi va o'qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani
oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
«Texnologiya» yunoncha so'z bo'lib, «techne» - «mahorat», «san’at» va «logos»
- «tushuncha», «o'rganish» demakdir. Texnologiya so'zi zamirida jarayonlarni
amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig'indisi, shuningdek,
obyektda so- dir bo'ladigan sifat o'zgarishlari tushuniladi.
Ta'lim texnologiyasi tushunchasi ta'lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni oldindan
loyihalashtirilgan taiim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari
tizimini, taiim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish
orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta'minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning
tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, taiimning sama- radorligi,
qaytuvchan aloqaning mavjudligi, taiim maqsadining aniq shakllanganligi.
O'yin texnologiyasi ham o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish
kerak boigan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bogiiqligi, oldindan
belgilangan nati- jalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni
o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.
Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi:
- maftunkorlik;
- kommunikativlik;
- o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
- tashxis;
- o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muioqot;
- ijtimoiylashuvlik.
S.A. Shmakovning ta'kidlashicha, o'yinlar quyidagi to'rt asosiy xususiyatga ega:
- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o'yinni o'zi tanlay- di, unda faol
ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda, yakuniy natija emas, balki o'yin jarayoni
muhim ahamiyatga ega;
- ijodiy xarakter, ya’ni o'yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta
imkoniyatlar mavjud;
- emotsional ta’sir - bola o'yinda markaziy o'rin egallash- ni xohlaydi, g'olib
bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
- asosiy va qo'shimcha qoidalar o'yin mazmuni, uning man- tiqiy ketma-ketligini
belgilaydi.
O'yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil
qilish kabi komponentlar kiradi. O'yinning eng asosiy xususiyati uning
ijodiyligidadir. U o'zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon
bo'ladi.
Nazariy jihatdan o'yinga faoliyat, jarayon va o'qitish metodi sifatida qarash
mumkin.
O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish,
natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o'z
imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi.
O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish shartlari,
shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish
ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi (G.K, Selevko ta'biricha) qu- yidagilarni qamrab
oladi:
- o'ynash uchun olingan rollar;
- bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
- haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
- o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
- o'yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o'yin texnologiyalari- da ham, o'quv
maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologi- yaning asosiy negizidir. Maqsad
to'g'ri qo'yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o'rgatmoqchi bo'Iganligini bilishi
kerak. Bitta mashg'ulotda bitta maqsad qo'yilishi maqsadga muvofiq. Masalan,
bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.
O'yin texnologiyalari (ayniqsa, bog'cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi
maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafak- kurini rivojlantirish) amalga
oshirishi ham mumkin. Bunda o'yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo'ladi.
Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik o'yinlarning shakllari va amalga oshirish
metodlari.
Pedagogik ijrochilik o'yinlarini bola uch yoshdan boshlab o'zlashtira boshlaydi.
Shu yoshga kelib bola odamlar o'rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi,
hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o'zida ichki
kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi.
Maktabgacha yoshda bolalar o'yin faoliyatini o'zlashtira borib ijtimoiy qadrli va
ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyor- lana boshlaydilar. Maktabgacha ta'lim
tizimida qo'llaniladigan pedagogik o'yinlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Bolalar kayfiyatini ko'taruvchi.
2. Hamkorlikka chorlovchi.
3. Bolalarni o'zligini namoyon etishga chorlovchi.
4. Bolalarda o'ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual
muammolarni yo'qotishga qaratilgan.
5. Maktabgacha
bolalar
xatti-harakatidagi
cheklanishlarni
tavsiflovchi
(diagnostika).
6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
7. Millatlararo bag'rikenglikni shakllantiruvchi.
8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o'yinlar.
Pedagogik o'yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik
o'yinlar.
Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta'lim-tarbi- yaviy, rivojlantiruvchi,
ijodiy, psixotexnik o'yinlar.
O'yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, hodisalarni tasavvur
etuvchi va dramalashtiruvchi o'yinlar.
Predmetlar asosidagi o'yinlar: matematik, biologik, ekologik, musiqali,
texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkor- lik va ishbilarmonlik,
tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o'yinlar.
O'yin vositalari bo'yicha: o'yin vositalari (koptok, pirami- da, kub va boshq.) bilan
amalga oshiriladigan o'yinlar va o'yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o'yinlar
xontaxta ustida, xonada va dalada o'ynaladigan o'yinlar, kompyuter va televizor
o'yinlari kabi texnik vositalar.
Maktabgacha taiimda yoshi kattalarning to'plagan tajriba- sini kichik
yoshdagilarga singdirish jarayonida o'yinlar ta’lim rnetodi sifatida namoyon bo'ladi.
O'yin metodlariga qarab maktabgacha taiim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli,
sujetli- ishchan, dramalashtirilgan o'yinlardan keng foydalaniladi.
Maktabgacha taiimda rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlarni o'quv tarbiya
jarayonida qo'llash quyidagi o'ziga xos xarakter- ga ega bo'ladi. Birinchidan,
rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat boiadi.
Ikkinchi- dan, o'yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g'ishtchalar, kvadratlar,
plastilin, karton qog'ozlar, konstmktor-mexanik majmualarida turli ornament, rasm
va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar
mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida ulrni osondan qiyinga to- mon, aniq
vaqt oralig'ida sifatli bajarilishini ta'minlash darkor.
Maktabgacha taiim muassasalarida interfaol o'yinlardan foydalanish ijobiy
natijalarga olib keladi. Bu o'yinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol subyektga
aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o'yinni tashkil etish, bolalar ijodiga
sharoit yaratishdan iborat.
Interfaol o'yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to'g'ri ba- yon etishga,
boshqalarni tinglashga o'rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o'yinlar orqali
kelajakda har bir bola uchun zamin bo'lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol
o'yinlarni samarali o'tkazish uchun quyidagi qoidalarga e'tibor berish lozim:
1. Mashg'ulot oldidan bolalar o'yin qoidalari va mazmunini qay darajada
tushunganliklarini aniqlash.
2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini hisobga
olish.
3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e'tiborga ohsh.
4. O'yin jarayonida bolalarga qiziq bo'lgan materiallardan foydalanish.
5. Diqqat va e'tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.
6. Bolalarga rollarni to'g'ri taqsimlash.
7. O'yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish.
8. O'yinning asosiy bosqichlari haqida tasawurga ega bo'lish va natijalarini
prognoz qilish.
Pedagogik nuqtayi nazardan to'g'ri tashkil etilgan o'yin bolaning axloqiy irodaviy
xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini
ochishga qiziqish uyg'otadi. Shuning uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida
o'yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.
O'yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologi- yaning tarkibiy qismidir.
O'yin texnologiyasi an’anaviy tarz- dagi o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi,
amalga oshirish kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro
bog'liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.Xulosa
qilib shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asoslardan foydalanish
maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tayanch tushunchalar:
Ijodiy o'yinlar - bolalarning mustaqil o'yini bo'lib, o'yin mazmunini bolalarning
o'zlari o'ylab topadilar.
Didaktik o'yin - maktab yoshidagi bolalarning yoshi va imkoniyatlariga mos
keladigan ta'lim berish metodi.