O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI
Reja:
1. XI – XIX asrlar bolalar adabiyoti.
2. XX asrning 20-30 yillapri bolalar adbiyoti.
3. Urush davri va urushdan keyingi davr bolalar adabiyoti.
4. Hozirgi davr bolalar adabiyoti.
Tayanch tushunchalar: Qadimgi davr bolalar adabiyoti, 20-30 yilar bolalar
adabiyoti, urush davri bolalar adabiyoti, urushdan keyingi davr bolalar adabiyoti,
hozirgi davr bolalar adabiyoti. Bolalar she’riyati, nasri, dramaturgiyasi, bolalar
kitobxonligi.
Darsning maqsadi: Qadimgi davr bolalar adabiyoti, 20-30 yilar bolalar
adabiyoti, urush davri bolalar adabiyoti, urushdan keyingi davr bolalar adabiyoti,
hozirgi davr bolalar adabiyoti o‘zbek bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari
to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berish.
Darsning metodik ta’minoti. DTM, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,
slaydlar.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.:
“O‘zbekiston”, 1997.
2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017.
3. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. –T.: 1994.
4. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti va folklor. –T.: 2006.
5. http: www.ziyo.net.uz.
6. http: www.pedagog.uz
Darsning mazmuni
1. Oldingi ma’ruzalarda ko‘rib o‘tganimiz xalq og‘zaki ijodi tajribalari yozma
adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlab o‘tish kerakki, badiiy adabiyotning taraqqiyoti
jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bu jihatdan Mahmud
Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk” asarini eslab o‘tish o‘rinlidir. XI asrning
buyuk tilshunos olimi o‘zining bu kitobida bizga ko‘p ma’lumotlar beradi. Unda
avvalgi zamonlarda paydo bo‘lib, og‘izdan-og‘izga, avloddan-avlodga ko‘chib
yurgan qo‘shiq va lirik she’rlardan namunalar ham keltirilgan. Kitobda, ayniqsa,
mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo‘shiqlari haqida batafsil ma’lumot
beriladi. Shuningdek, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi
bilim”), Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar arg‘umoni”)
dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniylarning asarlarida til,
axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek, Sakkokiy,
Lutfiy singari shoirlarning adolatsizlik va zulmni qoralash, oddiy insonning og‘ir
ahvoliga achinish, orzu-armonlarini qisman bo‘lsa-da yoritishga qaratilgan asarlari
tarixda muhim rol o‘ynaydi. Atoiy, Sakkokiy va Lutfiy g‘azallari timsolida XV asr
o‘zbek she’riyati hayotiy voqeylikni aks ettirish sohasida katta badiiy tajriba
to‘pladi. Bu tajriba Alisher Navoiydek buyuk san’atkorning voyaga etishi uchun
zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni tayyorladi.
Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxt-saodati uchun
kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o‘zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik
ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot ahllariga homiylik ko‘rsatdi, ko‘plab shogirdlar
etishtirdi.
XV-XVI asrlarda yashab ijod etgan Zahiriddin Muhammad Boburning
“Boburnoma” memuarida o‘sha davr hayotiga doir tarixiy voqealar bilan birga, ilm-
fanga doir qimmatli ma’lumotlar berilgan, turli xalqlarning urf-odatlari, tili, san’ati
va adabiyoti yoritilgan.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan ikki buyuk shoir
– Muhammadniyoz Nishotiy va Muhammad Sharif Gulxaniylar ijodi mumtoz
adabiyotimiz tarixida alohida ajralib turadi. Nishotiyning xalq og‘zaki ijodi asosida
yaratgan,
“Husnudil”dostoni
ishq-muhabbat,
aql-farosat,
axloq-odobga
bag‘ishlangandir. Shu narsa diqqatga loyiqki, dostonda har biri mustaqil asar bo‘la
oladigan “Shohboz va bulbul”, “Gul va Daf”, “Nay va Shamshod”, “Kosai Chin va
Nargis”, “Binafsha va Chang” kabi masallar ham berilgan. Bu masallarning
barchasida el-yurtga foyda keltirish, maqtanchoq bo‘lmaslik, ortiqcha kibr-havoning
zarari yoritilishi bolalar uchun har jihatdan ibratlidir.
Gulxaniy ham “Zarbulmasal” asarida o‘zining muhim ijtimoiy qarashlarini,
el-ulus taqdiriga munosabatini qiziqarli masallar orqali ifodaladi.
Munis mehnatkash xalqning og‘ir ahvoliga qattiq achindi, ilm-fan va adabiyot
ahlining xor-zorligidan qayg‘urdi. Shoir kishilarni bilim olishga, kitob o‘qishga,
johil va yomonlardan uzoq bo‘lishga chaqirdi. Munis “Savodi ta’lim” risolasi orqali
bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishiga katta hissa qo‘shdi. Uning ma’rifatparvarlik
g‘oyalari o‘zidan keyin yashagan Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar kabi shoirlar
ijodiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avloniy, Hamza,
Sadriddin Ayniy, Fitrat, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va
qo‘llanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi.
Abdulla Avloniy (“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab
gulistoni”, “Tukiy guliston yohud axloq”), Hamza Hakimzoda Niyoziy (“Engil
adabiyot”, “Axloq hikoyalari”, “Qiroat kitobi”), Sadriddin Ayniy (“Tahzib-us-
sibyon”, “Qiz bola yoki Holida”) asarlarida yangi davr nafasi ufura boshladi.
2. 20-yillarda Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosir, G‘ofur G‘ulom, G‘ayratiy,
Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan
asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng o‘rin oladi. Keyinchalik bu safga Z.Diyor,
D.Oppoqova, M.Fayziev, I.Muslim, A.Rahmat, Sh.Sa’dulla, S.Jo‘ra, M.Oqilova,
Q.Muhammadiy, H.Nazirlar kelib qo‘shildi. Ular bolalarni yaxshi o‘qishga, ilm-fan
nurlaridan bahraman bo‘lishga, davrning haqiqiy o‘g‘il-qizlari bo‘lib kamol
topishga targ‘ib etdilar.
30-yillarda o‘zbek bolalar adabiyoti har tomonlama yuksaldi. Bu davrda Zafar
Diyorning “Qo‘shiqlar” (1933), “Tantana” (1936), “She’rlar” (1939), “Muborak”
(1940), “She’r va hikoyalar” (1940), Adham Rahmatning “Dum” (1938), “Baxtli
yoshlik” (1939), “Zavqli allalar” (1940), “She’rlar” (1940), “Hiylagar tulki” (1940),
Sulton Jo‘raning “Fidokor” (1940), Ilyos Muslimning “Usuv” (1932),
“Zaharhandalar” (1932), Shukur Sa’dullaning “Hayqiriq” (1933) to‘plamlari bosilib
chiqdi.
Bu davrda qardosh halqlar adabiyotidan juda ko‘plab asarlar o‘zbek tiliga
tarjima qilindi. Buning natijasida o‘zbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib
bordi. Ayniqsa, “Yosh turkistonliklar”, “Bolalar yo‘ldoshi”, “Bolalar dunyosi”,
“O‘zgarishchi yoshlar”, “Yosh kuch” kabi oynomalar nashrini yo‘lga qo‘yilishi
bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Xullas, bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab
hayoti, ona-yurt tabiati, xalqlar do‘stligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat
mavzulari bolalar adabiyotidan keng o‘rin oldi.
3. Xalqimizda: “Ona yurting omon bo‘lsa, rang-ruying somon bo‘lmas”,
degan naql bor. Mamlakatimizga nemis-fashist bosqinchilarining hiyonatkorona
bostirib kirishi o‘z baxtini, kelajagini halol mehnati bilan bunyod etayotgan xalqning
oromini buzdi.
Urushning birinchi kunlaridanoq, Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom,
Sobir Abdulla, Uyg‘un, Maqsud Shayxzoda, Zafar Diyor, Amin Umariy, Sulton
Jo‘ra, G‘ayratiy, Mirtemir, Ilyos Muslim va boshqalar g‘alabaga komil ishonch
g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan asarlar yaratdilar. Urushning birinchi kunlaridanoq
yaratilgan Uyg‘unning “Hayrlashuv”, Zafar Diyorning “Kichkina jangchi”, Ilyos
Muslimning “Yovni tutday to‘kamiz”, Sulton Jo‘raning “Tekstil kombinanti
to‘quvchilari”, Ra’no Uzoqovaning “Talpin, yurak” she’rlari bolalar adabiyotida
urushni la’natlovchi dastlabki asarlardan bo‘ldi.
Bu
davr
adabiyotining
asosiy
mavzusini
urush
davridagi
xalq
qahramonlarining fashist bosqinchilariga qarshi jasoratlarga to‘la kurashi tashkil
etdi.
“Moskvani men bilaman”, “Xat” (Hamid Olimjon), “Men yaxudiyman”, “Sen
etim emassan” (G‘ofur G‘ulom), “Vatan haqida”, “Yigitlarga” (Oybek), “Kurash
nechun”, “Kapitan Gastello” (Maqsud Shayxzoda), “Vatan haqida qo‘shiq”
(Uyg‘un), “Vatan”, “Chavandoz” (Temur Fattoh), “Bugun bayram” (Zafar Diyor),
“To‘pchi Muhammad” (Sulton Jo‘ra), “Onamning aytganlari” (Adham Rahmat),
“Biz engamiz” (Hasan Said) kabi asarlar shu davr mahsulidir.
1941-yilning iyul oyidayoq “O‘lim yovga” adabiy to‘plami bosilib chiqdi.
To‘plamdagi she’rlarda g‘alabaga bo‘lgan komil ishonch jo‘shib kuylandi.
“Vatan uchun” to‘plami ham shu yilda yuzaga keldi. Undagi she’rlar ona
vatanga sadaqat g‘oyasi bo‘rttirilganligi bilan harakterlidir.
Ayniqsa, Zafar Diyor yaratgan qahramonlar yosh bo‘lishiga qaramay juda
qasoskor. Ular tinchlik, osoyishtalik shaydolari, nemis-fashist bosqinchilarini qattiq
qahr-g‘azab bilan la’natlaydilar. Binobarin, ona vatanni sevish, ardoqlashning o‘zi
etmaydi, uni munosib o‘g‘lon bo‘lib himoya qilish zarur degan muqaddas g‘oya
bilan nafas oladilar. Shuning uchun ham shoir qahramonlari nemis-fashist
bosqinchilari ustiga qo‘lda qurol bilan sherday hamla qilishga tayyor. Z. Diyor
“Qurol bering menga ham!” she’rida lirik qahramon tilidan shunday misralarni
bitadi:
Meni kichikdemangiz,
Kamsitmangiz kuchimni,
Bosqinchidan olgumdir
Xalq qasosi – o‘chimni!
O‘sha bahor,gulim deb,
Bulbulim deb,uyim deb,
Jang qilamanmardona,
Bosqinchiga – o‘lim deb.
Nemis-fashist bosqinchilari barcha qatori yosh bolalarning ham osuda
hayotini buzadi, ularni daryo, ko‘llar bo‘yida baliq tutib hordiq chiqarishdan, bilim
olib, quvnoq o‘yin-kulgi bilan yashashdan mahrum etdi. Shuning uchun ham yosh
vatanparvar butun xalq bilan bir tan, bir jon bo‘lib, qo‘lida qurol bilan dushmandan
o‘ch olishga shaylanadi:
Qurol bering menga ham,
Qurol bering menga ham.
Razil nemis boshiga
Men ham solay katta g‘am, -
deya shijoat ko‘rsatishi bilan diqqatni tortadi.
Vatan urushi davri bolalar adabiyotida front orqasini mustahkamlish ishi ham
alohida mavzu bo‘lib qolgan edi. Zafar Diyorning “Maktab – sening fronting”,
“Poezd ketar frontga”, “Temurchilar minbari”, Shukur Sa’dullaning “Yoshlik”, “Sen
nima qilding?” kabi asarlarida bolalarning front orqasini mustahkamlashdagi
jangovor mehnatlari namoyon bo‘ladi.
“Sen nima qilding?” she’rining qahramonlari o‘zlariga ham, o‘zgalarga ham
talabchan bolalar. Har bir kun, har bir daqiqani mehnat muvaffaqiyati bilan
o‘tkazishni o‘z oldilariga qat’iy maqsad qilib qo‘yganlar. Shuning uchun ham ular
bir-birlariga jiddiy savol beradilar:
- Front uchun ne qilding?
Navbat senga! So‘yla, qani,
Nimalarni ep bilding?!
Javob ham aniq:
... O‘ylab topdim: uyga kirdim,
Kezdim har yonni bir-bir.
Bog‘lar oshdim, ko‘p yo‘l yurdim,
Yig‘dim tersagu temir.
“Bular front uchun!”-deya
Eltdim maktabim sari.
Har bir bolaning qo‘shgan ulushi besh o‘rtoq o‘rtasida muhokama qilinadi.
Va nihoyat ular: “Bundan o‘qu tank bo‘ladi!” deya o‘z ishlaridan qanoat hosil
qiladilar.
She’rda har bir bolaning fikri-o‘yi, orzu-umidi ishonarli tarzda ifoda etiladi.
O‘zbek halqi avvaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga ota-bobolarimizdan
meros bo‘lib qolgan. Q. Muhammadiyning “Etik”, “Buvimning hikoyasi”, H.
Yoqubovning “Sirdaryo oftobi”, Shukur Sa’dullaning “Hovlimizning bolalari”,
“Dastyor qiz”, “Bog‘bon qiz”, Ilyos Muslimning “Oyxon va rayhon”, “Ishchan
asalarilar”, “Sening sovg‘ang”, Po‘lat Mo‘minning “Dalalarga qarasam”, “Oftob
chiqdi olamga”, Qudrat Hikmatning “Bobo va nabira”, “Jo‘jam, yurma laqillab”,
Tolib Yo‘ldoshning “Vaqt qadri”, Yusuf Shomansurning “Baraka”, “Tikuvchi”,
Tursunboy Adashboevning “Shanbalik”, Rauf Tolibning “Bobo xursand, Nodir
xafa”, Qambar Otaning “Mehnatdan zavq olaman” she’rlari bevosita mehnatga
bag‘ishlangan.
Iste’dodli shoir Qambar Ota uzoq yillardan beri bolalarni mehnatsevarlikka
chorlab she’rlar yozibkeladi. Uning “Mehnatdan zavq olaman” asari shulardan biri.
Asarning lirik qahramoni sog‘lom va tetik bola. Buning asosiy sababi uning
mehnatkashligida. Bola ishlashni, ayniqsa, kattalarning yumushlariga yordam
berishni yaxshi ko‘radi. Lirik qahramonning mehnati, orzu-hayoli yosh
kitobxonning ezgu-niyatiga mos tushadi:
Sog‘lom, quvnoq, bolaman,
Mehnatdan zavq olaman.
Agarda ish qilmasam,
Tez zerikib qolaman.
Kattalarga dastyorman,
Xizmatiga tayyorman.
Foydam tegsa birovga
Men tengsiz baxtiyorman.
Hozir maktab bolaman.
Mehnatdan zavq olaman.
Katta bo‘lsam, ko‘rasiz,
Halol odam bo‘laman.
Mehnat – baxt. O‘sha baxtni qo‘lga kiritish, mehnat unumdorligini oshirish
uchun esa eng avvalo ilm-fanni puxta o‘zlashtirib olish kerak. Q. Muhammadiy
“Kichkina michurinchilar” she’rida mehnatning zoe ketmasligini alohida
ta’kidlaydi:
Ilmini bilib olsang,
Mo‘ljaling xato ketmas.
Mehnat dunyoda buyuk ish. Kimki bu buyuk ishning etagini tutsa, u hech
qachon kam bo‘lmaydi. Shoirlarimiz o‘z asarlarida bolalarni mehnatkash bo‘lishga,
mehnat ahlini hurmat qilishga, ularning peshona terlari evaziga bunyod etilgan
narsalarni e’zozlashga, asrab-avaylashga da’vatkor she’rlari bilan kitobxon mehrini
qozonmoqdalar.
Bolalarni bog‘cha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash
muhim ishlardan biri. Bolalar ijodkorlari bu masalaga alohida e’tibor beradi.
“Kichkina bog‘bon haqida doston”, “Suv bilan suhbat”, “Yuksak tog‘, keng o‘tloq
va mard o‘g‘lon haqida qissa” (Zafar Diyor), “To‘rt fasl” (Sh. Sa’dulla), “Bizning
boqqa kelinglar”, “Ola buzoq” (G‘ofur G‘ulom), “Boychechak”, “G‘uncha”
(Uyg‘un), “O‘rik gullaganda”, “Lola” (Hamid Olimjon), “Yurtimiz tabiati”, “Tilla
qo‘ng‘iz” (I. Muslim), “Tabiat alifbesi”, “Qanotli do‘stlar” (Q.Muhammadiy),
“Bahor”, “Tog‘ manzarasi”, “Suv” (Q.Hikmat), “Toshbaqa” (Yu. Shomansur), “Bir
cho‘ntak yong‘oq” (M. A’zam), “Baholar”, “Maqtanchoq chumoli” (T. Adashboev),
“Bahor va men”, “Qushcha so‘zi” (R. Tolib), “Kamalak afsonasi” (O. Matjon) va
boshqalar shular jumlasidandir. Bular orasida Shukur Sa’dullaning “Kichkina
qushcha” asari alohida ajralib turadi. Unda bolalarning qushlarga bo‘lgan mehri,
g‘amxo‘rligi misralar qatiga chuqur singdirilgan:
Hay, hay chumchuq - jajji qush, Chirqillaysan izlab
don,
Shoxda turma, pastga tush! Mana chumchuq, senga non!
Erta-yu
kech
tinmaysan,
Qorning
to‘ysa
aytasan,
Charchamoqni bilmaysan. So‘ng uyingga qaytasan!
G‘afur G‘ulom (“Kaptar uchar, g‘oz uchar”, “Tinchlik archasi”), Quddus
Muhammadiy (“Urushga yo‘l bermaymiz”), Shukur Sa’dulla (“Tinchlik qushi
haqida men o‘qigan she’r”), Ilyos Muslim (“Do‘stlik”), Qudrat Hikmat (“Tinchlik
haqida qo‘shiq”), Shuhrat (“Tinchlik allasi”, “Do‘stlik guli”), Mardonqul
Muhammadqulov (“Uch kaptarim, uch!”), YUsuf SHomansur (“Orzular bir”), Safar
Barnoev (“Biz bolalar...”), Tursunboy Adashboev (“Do‘stlik”) kabi shoirlar tinchlik
va do‘stlik mavzusidagi asarlari bilan bolalar va yoshlarni tinchlik va do‘stlik ruhida
tarbiyalashga xissa qo‘shdilar.
Quddus Muhammadiyning “Urushga yo‘l bermaymiz” she’ri bolalarning
sevimli asarlaridandir. Shoir unda tinchliksevar insonlarning asosiy maqsadi tinchlik
va osoyishtalik ekanligini bolalarga tushuntirgach, ularni tinchlik uchun kurashga
chaqiradi.
Deysan, tanda jonim bor,
Tinchlik uchun kurashay,
Urushga hech yo‘l bermay,
Vatan, xalqim yashnatay.
Quddus Muhammadiy bu bilan chegaralanib qolmay, tinchlik tarafdorlarining
engilmas kuch-qudratini, astoydil harakat qilinsa, tinchlik urushni engishi muqarrar
ekanligini shunday ifodalaydi:
Tinchlik bo‘lsin hamma yoq,
Buning uchun hamma vaqt,
Kurashar jam bo‘lib xalq.
Urushga yo‘l bermaymiz,
Tinchlik engar, tinchlik haq.
Bolalarning uyukli shoirlaridan biri bo‘lgan Qudrat Hikmat “Do‘stlar, bering
qo‘lga qo‘l” she’rida Quddus Muhammadiyning fikrini davom ettirib, shunday
yozadi:
Tinchlik doim saqlanar,
Qasd qilgan majaqlanar.
Do‘stlar, bering qo‘lga qo‘l,
Urushga hech bermang yo‘l!
Hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida tinchlikning asosiy garovi bo‘lmish
do‘stlik mavzusi tobora kengayib bormoqda. Bu mavzuda ayniqsa, S. Jabbor, E.
Raimov, R. Tolib, A. Obidjon, H. Imonberdiev va boshqalar ta’sirchan asarlar
yaratmoqdalar.
Bugungi o‘zbek bolalar she’riyati haqida gap ketar ekan, maktab hayotini aks
ettiradigan asarlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Hamma narsa o‘qishga,
maktabga bog‘liq. Maktab mavzusida yozilgan she’rlarda ozoda maktablar, unda
qaynayotgan baxtli hayot, bolalarning ilm-fan nurlaridan bahramand bo‘lishga
intilishdek ijobiy fazilatlari ifodalanadi.
Ilyos Muslimning “Maktabim”, “Kitobcham” she’rlari kichik maktab
yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan. “Maktabim”ni o‘qigan bolada o‘qishga, ilm-fan
nurlaridan bahramand bo‘lishga intilish yanada o‘sadi:
Ona kabi mehribon –
Ilm-fanlarga makon,
Yayrab o‘qiyman har on,
Qadrdonim maktabim!
Senda darslar xilma-hil,
Ongim o‘sar yilma-yil.
Sevinchlarga to‘lar dil,
Qadrdonim maktabim!
A’lochi o‘quvchining maqsad va niyati ham a’lo darajada. Uning maqsadi
o‘sib, ulg‘ayib, xalq uchun, ona o‘lka uchun haqiqiy farzand bo‘lib voyaga etish:
A’lo o‘qishdir burchim,
Sarf etaman bor kuchim,
Ishlayman xalqim uchun,
Qadrdonim maktabim!
Po‘lat Mo‘minning “Xoh o‘qishda, xoh ishda”, “Yer chopildi – javob topildi”,
“Sinfimiz qo‘shig‘i”, “Ustozlar”, Rauf Tolibning “Katta tanaffusda”, “O‘rtog‘imiz
yo‘qoldi”, “Uy vazifasi”, Ergash Raimovning “Endi katta bo‘laman” kabi asarlarida
shu kunning nafasi sezilib turadi.
Bolalar
rostgo‘y,
halol,
poklikni
yaxshi
ko‘rishadi.
Aldamchilik,
yolg‘onchilik, xushomadgo‘ylik ularning xarakterlariga to‘g‘ri kelmaydi. Rauf
Tolib bolalardagi bunday xususiyatni “O‘rtog‘imiz yo‘qoldi” she’rida yaxshi
yoritgan. Valijon o‘zining engiltakligi, yolg‘onchi va xushomadgo‘yligi bilan, faqat
o‘z foydasini ko‘zlab ish ko‘rishi bilan sinfda obro‘sini yo‘qotgan:
O‘z foydasin o‘ylar u
Do‘st bo‘lsin qandoq?
Oramizdan yo‘qoldi,
Eh, bitta o‘rtoq ...
4. Bugungi kun bolalar she’riyatida harbiy-vatanparvarlik ishlari ham ancha
mukammal. Vatan urushi davri she’riyati tasvir markazida turgan jangovarlik,
fashist bosqinchilariga kuchli nafrat, ona-Vatan himoyasiga chaqiriq, baynalmilal
do‘stlik g‘oyalari so‘nggi davr she’riyatida ham asosiy mavzulardan biriga aylandi.
Ammo endi davr bilan bog‘liq ravishda tasvir uslubining birmuncha o‘zgarganini
ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, urush davri she’riyatida lirik qahramonning
bevosita jang maydonlaridagi kechinmalari ifodalansa, keyinchalik jang
qahramonlarining esdaliklari yoki u haqda boshqalarning taassurotlari, tinchlik
uchun kurash g‘oyasi, urushning faqat halokatli oqidatlarini ifoda etish birinchi
o‘ringa chiqarildi. Bu hol she’riyatda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usining,
tushunchasining tobora kengayib, yangi-yangi qirralari namoyon bo‘layotganligini,
davr talabi asosida ijldiy an’ananing davom etayotganini, boyitilayotganini
ko‘rsatadi.
Urushdan keyingi harbiy-vatanparvarlik she’riyati xarakterli xususiyatlar –
urush qahramonlari jasoratining ko‘proq ikkinchi shaxs tilidan hikoya qilinishida
ham ko‘zga tashlanadi. Urushga munosabatning bu shaklini Uyg‘un (“Mening
akam”), Asqad Muxtor (“Tinchlik soldati”) kabi keksa avlod vakillaridan tortib,
Tursunboy Adashboev (“O‘g‘limga”), Safar Barnoev (“Dadamning qo‘llari”)
singari keyingi avlod qalamkashlari ijodida ham uchratish mumkin.
O‘zbek bolalar she’riyatining urushdan so‘nggi davrda yaratilgan namunalari
ko‘zdan kechirilganda, harbiy-vatanparvarlik mavzusiga turlicha yondoshilganini
ko‘rish mumkin. Jumladan, Mavlon Ikrom “Yosh partizan” poemasida qrimlik yosh
partizan Viktor Korobkovning jasoratiga oid hujjatlardan foydalansa, Quddus
Muhammadiy, Tolib Yo‘ldoshlar urush sababchisi bo‘lgan fashistlarni folklordagi
ya’juj-ma’jujlar sifatida tasvirlash orqali urushni la’natlaydilar. Vatan urushi
qatnashchilari Ilyos Muslim va Shuhratlar fashistlarning kirdikorlarini o‘sha
voqealarning bevosita shohidlari sifatida hayotiy, ta’sirchan gavdalantirsalar,
Tursunboy Adashboev, Qambar Ota, Aziz Abdurazzoq, Shamsi Odil, Rauf Tolib,
Qutbi Nosirova va boshqalar ko‘proq otalar va bolalarning achchiq xotiralari tarzida
qalamga oladilar.
Tolib Yo‘ldoshning “Bobom ertak aytsalar” she’ri bevosita urush
qatnashchisining nevaralariga jang-jadallar haqidagi ertagi tarzida bitilgan.
Bolalarga ertak tuyulgan bu voqealar aslida ertak emas, oddiy jangchining ko‘rgan-
kechirganlaridir.
“Qilich botir”, “Alpomish”, “Aldar ko‘sa” dostonlarini jon qulog‘i bilan
tinglagan bolalarning fashist bosqinchilari to‘g‘risidagi hikoyadan vujudlari larzaga
keladi.
Bobo o‘z gapini Gitlerning ta’rifidan boshlaydi:
Qo‘ng‘izmo‘ylov, chalabosh
Gitler degan alvasti
Qilgan mudhish jinoyat,
Hech yoddan chiqmas asti.
Tag-tugi yo‘q bu mahluq,
Odamxo‘r ekan bilsak,
Nimalar qilmas edi,
Erkiga qo‘yib bersak!.
Bobo nutqidagi nozik o‘xshatishlar, ayniqsa, Gitlerning odamxo‘rligi, tashqi
ko‘rinishining beo‘xshovligi bolalar qulog‘ini ding qiladi. She’rda bolalarni
hayratga solgan narsa Gitlerning ko‘rinishigina emas, balki unga hikoyachining
nafratli munosabati hamdir. Boboning Gitler boshliq fashistlar haqida hikoya
qilayotib, g‘azabdan rang-yuzlarining oqrib, o‘zgarishi tinglovchilarida ham,
kitobxonda ham Gitlerga nisbatan naftar uyg‘otadi.
Yuqorida Vatan posbonlarining jasorati ko‘proq o‘zga shaxs, xususan, otalar,
ukalar va bolalar tilidan hikoya qilinishiga to‘xtalgan edik. Ota-onalarning
farzandlari yoxud farzandlarning ota-onalari, ukalarning akalari bilan faxrlanishi,
o‘zlarini ular jasorati uchun qay jihatdandir daxldor hisoblashlari tabiiy holdir.
Ammo bu an’ana so‘nggi yillar yoshlar she’riyatida negadir o‘zini
oqlamayapti. Anvar Hojining “Men akamni kuzatdim”, Habib Rahmatning “Askar
ukasi”, Fayzi Shohismoilning “Botir askar” she’rlarida akalarini harbiy xizmatga
kuzatgan bolalarning ularga havasi; Shamsi Odilning “Ota meros”, Rauf Tolibning
“Ota izidan” she’rlarida bolalarning sodiqligi to‘g‘risidagi ahdu paymonlari quruq
bayon qilinadi.
Harbiy xizmatni o‘tash har bir yigitning muqaddas burchi. Kichkintoylarning
buni orziqib kutishi hech kimga sir emas. Binobarin, kichik qahramonlarning akalari
bilan faxrlanishi, quyidagi parchalarda bayon etilgani kabi, tezroq katta bo‘lib,
harbiy kiyimni kiyishni orzu qilishlari kishiga g‘ayritabiiy tuyulmaydi.
Men ham ulg‘ayib bir kun,
Akamlarga etgayman.
Bo‘lib Vatan askari,
O‘z burchimni o‘tayman.
(“Men akamni kuzatdim”)
Vatanimni,
Xalqimni
Ko‘z qoramdek saqlayman.
Askar akamga o‘xshab
El ishonchin oqlayman.
(“Askar ukasi” )
Deyman tez-tez o‘tsaydi
Imillamay yil,
Kattakon bo‘lar edim
Sizlardek qoyil.
So‘ng Vatan xizmatiga
Otlanib men ham,
Bo‘lardim sizday botir –
Askar chinakkam.
(“Botir askar”)
Bu erda biz aytmoqchi bo‘lgan gap uchta she’rdan olingan parchalardagi
mazmunning o‘xshashligidagina emas, balki jajji qahramonlarning Vatan xizmatiga
otlanishni orzu etishlariga sabab bo‘layotgan vositalarning ham aynan
o‘hshashligidadir. Bizningcha, she’rlardagi kichkintoy qahramonlar akalarining
harbiy qism safiga chaqirilishi yoki askarlarni ko‘rishini aytib, orzu qilishning o‘zi
etarli emas. Qahramonlar qalbidagi sun’iy hissiyotning kitobxonga ko‘chmasligi
sirini shundan izlash kerak.
Vatan urushidan keyin o‘tgan davr ichida o‘nlab poemalar, ertak-dostonlar
maydonga keldi. Oybekning “Zafar va Zahro”, “Bobom”, Q. Muhammadiyning
“Dunyoda eng kuchli nima?”, “Solijon”, Shukur Sa’dullaning “Laqma it”, “Ikki
donishmand”, Po‘lat Mo‘minning “O‘rinbosarlar”, “Eh, rosa shirin ekan”, “Xolning
jiyron velosipedi”, “Oltin nay”, “Jalil eshitgan ertak”, Qudrat Hikmatning
“Toshbaqalar hujumi”, “Bobo dehqon hangomasi”, “Chovkar”, “Chirchiq farzandi”,
Ramz Bobojonning “Cho‘pon o‘g‘li”, Safar Barnoevning “Biz dehqon bolasimiz”,
“Oltin shahar haqida afsona”, “Oltin oshiqlar”, Miraziz A’zamning “Aqlli bolalar”
(“Asror”),
“Bedananing
buvisi”,
Tursunboy
Adashboevning
“Dovonlar”,
“Harflarning sarguzashti”, Qambar Otaning “G‘ildiraklar qo‘shig‘i”, Toshpo‘lat
Hamidning “Asrorqulning qo‘chqori”, Ergash Raimning “Bir dona yaproq”, Rauf
Tolibning “Sehrgar do‘stim bor”, “Maqtanchoq”, Azim Usmonning “G‘aroyib
Ajdarho”, Kavsar Turdievaning “Toshkesaklar mamlakatida” kabi poema va ertak-
dostonlari yaratildi.
Shoir Po‘lat Mo‘min “Ko‘ngil istar yaxshilik” asarida bolalar o‘rtasidagi
do‘stlik, birodarlik, o‘qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, baynalmilallik
masalalarini ilgari suradi. Bolalar hayotida sodir bo‘ladigan yutuq va kamchiliklar
badiiy bo‘yoqlarda, qiziqarli epizodlarda chizib beriladi. Bir so‘z bilan aytganda,
maktab o‘quvchilarining jozibali hayoti zavq-shavq bilan tasvirlanadi.
Shoir eng avvalo yangi “mahallaning chiroyi” bo‘lgan jonajon maktab binosi
haqiqatdan ham “bilim saroyi”ga aylanib ketganligini maroq bilan tasvirlaydi. Ana
shundan keyingina o‘quvchini bu erda ta’lim –tarbiya olayotgan o‘z qahramonlari
bilan tanishtiradi. Poemaning har bir sahifasida ezgulik, oliyjanob insoniy fazilatlar
qabartirilgan holda yoritiladi. Asarning asosiy g‘oyasi chizig‘ini tashkil etgan
O‘ktam obrazi yosh kitobxonni o‘ziga maftun etib oladi. U juda sho‘x, olov qalbli.
Tomda varrak uchirib yiqilib tushgan, shuning uchun “miyasi sal lat egan”. Natijada
asab kasaliga giriftor bo‘lgan. O‘ktam oqko‘ngil, rostgo‘y, haqiqatchi bola. U
hayotga haqiqat ko‘zi bilan qaraydi, boshqalarning ham shunday bo‘lishini istaydi.
Ammo o‘zi o‘qiydigan sinfda Tolibga o‘xshagan ba’zi o‘yinqaroq , tegajoq, shoir
so‘zi bilan aytganda “olifta” bolalar uning jig‘iga tegadi, asabini buzadi, kasalini
qo‘zg‘aydi, sinfdan-sinfga o‘tolmaganini yuziga soladi.
Yaxshi gapning shaydosi bo‘lib qolgan O‘ktamning kasali qo‘zg‘ab yiqilib
qolishi yosh kitobxonda O‘ktamga nisbatan chuqur achinish, Tolibga nisbatan esa
kuchli nafrat xissini uyg‘otadi.
Bir necha kundan so‘ng tuzalib kelgan O‘ktam o‘qishga sho‘ng‘ib ketadi.
Tolib Shokir akaning kasal bo‘lib qolganini eshitib, xursand bo‘ladi, darrov
o‘yin-kulgi, bekorchilik haqida og‘iz go‘pirtirib gap sotadi:
Shokir akamiz bu gal,
Yaxshiyam bo‘bdi kasal.
Darsga kelmasmush ancha,
O‘ynaymiz xohlagancha –
deb ustozga achinish o‘rniga xursandligini bildiradi. Bu gap O‘ktamga qattiq botadi.
Shunda u Tolibni yaxshilikka chaqiradi, o‘qituvchi-ustozga bunday munosabatda
bo‘lmaslik kerakligini uqtiradi. Ammo janjalkash Tolib bu gaplarga quloq solish
o‘rniga O‘ktamning jig‘iga tegadi, asabini buzadi, uni musht ko‘tarishga majbur
qiladi. Sinfdagi ayrim o‘quvchilar Tolibni urib qochib ketdi, degan gap tarqatishadi.
Faqat samimiy do‘st Qodirgina bu gapga ishonmaydi. O‘ktamning beozor, sofdil
ekanligini isbotlashga urinadi.
Tolib O‘ktam ustidan o‘qituvchi-ustozlarga arz qiladi. O‘ktamning uyiga
otasini boshlab boradi. Lekin voqea davomida kitobxon Tolibning chaqimchi,
o‘qishga xushi yo‘q, kekkayma bola ekanini bilib oladi.
Dostonda jamoa tarbiyasining ahamiyati g‘oyatda chuqur ifodalangan.
O‘ktam sog‘ayib o‘qishga qaytadi. O‘ktam va Tolib janjali muhokamasiga
bag‘ishlanib o‘tkazilgan sinf majlisi dostonning eng avj nuqtasi hisoblanadi. Bu erda
haqiqatgo‘ylik, a’lo o‘qish, do‘stlarni, kattalarni hurmat qilish, axloq-odobda
boshqalarga o‘rnak bo‘lish kabi masalalar targ‘ib etiladi. Yolg‘onchilik, beodoblik,
o‘zgalarni mensimay, xudbinlik qilish qoralanadi.
Qodirning yig‘ilishdagi so‘zi ayniqsa, xarakterlidir. U haq gapni aytadi.
O‘ktamning gunohsiz, Tolibning esa aybdor ekanligini, birma-bir isbotlaydi,
hammani o‘z fikriga ishontira biladi.
Natijada Tolib dakki eydi, o‘z qilmishini bo‘yniga olib, o‘rtog‘ini nojo‘ya
xafa qilib yurgani uchun ichi achiydi.
Asarning oxirida Tolib avvalgi gerdaygan, olifta, dimog‘dor bola emas,
aksincha, oddiy, shirinsuxan o‘quvchiga aylanadi:
Bir qarang-chi Tolibga
Emas uncha olifta
Gaplashsangiz agarda
Ancha tushgan egardan.
“Ko‘ngil istar yaxshilik” dostoni ba’zi nuqsonlardan qat’i nazar,
qahramonlarning hayotiyligi, jonliligi, ularning olg‘a intilishlari, haqiqiy inson
bo‘lib kamol topishga harakat qilishlari bilan qimmatlidir. Zotan, insonlarning
turmush sharoitlari, ijtimoiy turmushlari o‘zgarishi natijasida ularning tasavvurlari,
fikrlari, tushunchalari, qisqasi, onglari ham o‘zgarishi tabiiy ekanligi shu zaylda
ochib beriladi.
Hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida she’riyat rivojlangani kabi nasrda
ham salmoqli asarlar yuzaga keldi. Yozuvchilarning yangi-yangi avlollari kamol
topdi. Ayniqsa, hikoyachilik o‘sdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga
to‘la javob bera oladigan hikoyalar bunyod etildi. Hakim Nazir, Yoqubjon
Shukurov, Shukur Sa’dulla, Nosir Fozilov, Xudoyberdi To‘xtaboev, Turg‘unboy
G‘oipov, Rahmat Azizxo‘jaev, Latif Maxmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov,
Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov, Nodir Nazarov, Ergash Raimov, Safar
Barnoev, Abdusaid Ko‘chimov, Rauf Tolib, Anvar Obidjon va boshqalarning faqat
maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan o‘nlab hikoyalar to‘plami
bosilib chiqdi.
Bolalar she’riyatida ona-Vatan, go‘zal diyor, hur o‘lkamiz to‘g‘risida
yaratilgan asarlar ichida Abdulla Oripovning “Dehqonbobo va o‘n ikki bolakay
qissasi” she’ri bolalar adabiyotining keyingi yillarida qo‘lga kiritgan jiddiy
yutuqlaridan bo‘ldi. O‘zbek bolalar she’riyatida O‘zbekiston haqida ko‘plab asarlar
bor. A. Oripov ularni takrorlamasdan o‘ziga xos orginal asar yozgan. She’r
qahramonlari o‘n ikki viloyatdan chiqqan a’lochi, jamoatchi o‘quvchi bolalar. Ular
o‘z joylarining tarixini yaxshi biladilar. Poezdda o‘zlariga hamroh bo‘lgan boboning
savollariga lo‘nda-lo‘nda qilib javob berishadi. O‘zbekistondagi har bir viloyatning
o‘ziga xos boyligi, shaharlari, bag‘ri keng odamlari kitobxon ko‘z o‘ngida bir-bir
gavdalanadi.
O‘zaro suhbat asosiga qurilgan bu she’rda boboning yakuniy nutqi juda
salmoqli. To‘rt misra she’r bilan tobora gullab-yashnab borayotgan, o‘ziga mustaqil
bo‘lib, o‘z taqdirini bunyod etayotgan diyorimizning husn-jamoli, qudrati bir
butunligicha ifoda etilgan.