O‘ZBEK KOMPOZITORLARI IJODIDA CHOLG‘U MUSIQA JANRI
Yuklangan vaqt
2024-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
16,5 KB
O‘ZBEK KOMPOZITORLARI IJODIDA CHOLG‘U MUSIQA JANRI
Reja:
1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi
2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari
3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar.
1. XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi.
Agar o’zbek kuylarini simfonik moslashning ilk tajribalari 20-yillarning
boshlariga to’g’ri kelsa, 30-yillarning birinchi yarmida xilma-xil janrlar doirasini
o’ziga olgan qator asarlar yaratildi. Ularni yozgan mualliflarning aksariyati,
o’zbek xalq musiqasi kuylari materiallarida asarlar ijod qilgan, Moskva xamda
Leningrad kompozitorlaridir. Bular V. Deshevovning “Samarqand syuitasi”, M.
Ippolitov-Ivanovning “O’zbekistonning musiqali manzaralari”, S. Vasilenkoning
“ Sovet sharqi” (bu asarlarning qismlaridan biri O’zbekistonga bag’ishlangan),
V. Zolotarevning “O’zbek rapsodiyasi” va boshqalardir. M. Ippolitov-
Ivanovning syuitasidan tashqari, eslatilgan asarlar respublika musiqali hayotida
ahamiyatli o’rin egallamadi (ular deyarli ijro etilmadi ham). Bu ilk tajribalarning
ahamiyati shundaki, ular o’zbek kuylarining simfonik qayta ishlanishini boshlab
berdi, o’zbek xalq kuylarini keng madaniy aloqalar maydoniga olib chiqdi.
2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari. O’sha paytlarda Toshkent va
Moskva musiqa o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yosh o’zbek kompozitorlari
ham, o’z kuchlarini simfonik janrda sinab ko’rdilar. Muxtor Ashrafiy “Qurilish”
marshi, Mutal Burxonov “ O’zbekiston qizi” syuitasi, Manas Leviev “Nurxon”
poemasini yaratdi. (Bu asarlar partiturasi saqlanib qolmagan).
30-yillarning ikkinchi yarmi, simfonik musiqa sohasida yangi voqealar bilan
nishonlandi. Bu yillarda respublikada o’z hayotini O’zbekiston san’ati bilan
mustahkam bog’lagan A.F. Kozlovskiy va Georgiy Mushel ish boshladi.
1937-yilda Kozlovskiyning dasturli, farg’onacha syuitasi –“Lola” maydonga
keldi. Asarning har bir qismi hayotning an’anaviy tiklanish bayramiga
bag’ishlangan, muayyan tasviriy fikrni aks ettirdi: birinchi qism-- “Lolachilarni
yig’ish va bozor maydonida kuzatish”, ikkinchi qism-- “ Farg’ona bog’larida
tun”, uchinchi qism-- “ Lolachilarning qaytishi. Lola sayli”.
Fikrning barcha “manzaraliligiga” qaramay, “Lola” musiqasi dinamikali
bo’lib, aniq shaklga ega. Nur singdirilgan, quvnoq bayram kunining to’la
jarayoni bilan to’lgan birinchi qismdan - “sonata shaklida yozilgan” janub
kechasi timsolini yaratuvchi, o’ziga xos noktyurn, xushbo’y hid tarqatuvchi
bog’lar, to’la noaniq shitirlagan ovoz, o’tkinchi soyalar tasvirlanadi. Syuita
xotimasi birinchi qism yo’nalishini davom ettiradi: unda yana yangidan bayram
sadolari paydo bo’ladi, uning musiqasi to’la dabdabali va harakatchandir.
Final mavzusi Farg’ona vodiysida tarqalgan tojik xalq qo’shig’idan olingan.
Uning harakatli sur’ati, jonli xarakteri syuitaning bu qismi mazmuniga juda mos
tushgan.
Final rivojining dinamik chizig’i, kulminatsiya eng yuqori nuqtaga
chiqadigan joy -- kodaga olib keladi. “ Umumiy shodiyona o’zining apogeyiga
etadi”—final kodasidagi niyatini kompozitorning o’zi ana shunday ta’riflagan
edi.
“Lola” da Rimskiy-Korsakov simfonizmi an’analari, tabiat va xalq
turmushi hodisalarini gavdalantirishda, uning uchun xarakterli bo’lgan
manzaralar bayoni konkretligi, original tarzda singdiriladi. Kozlovskiy
syuitasidagi juda ko’p narsalar “Ispan kaprichchiosi” ning bayram shukuhliligi
va shod-xurramligini yoki “Shahrizoda” ning yanada go’zalroq jilvalarini esga
soladi. “Shahrizoda” bilan “Lola” ni dasturli simfoniya belgilarini beradigan
keng musiqali mavzular ham yaqinlashtiradi.
Shuningdek “Lola” ning partiturasi frantsuz ipressionistlari ko’proq Ravel,
qisman
Debyussi
(
syuitasining
ikkinchi
qismi)
merosidan
ijodiy
foydalanilganligi to’g’risida guvohlik beradi.
Lola uslubida o’zbek musiqasining (ohang va kuylari xarakterli ritm
intonatsiyalaridan foydalanishda) ta’siri sezilarlidir. O’zbek musiqasining o’ziga
xos lad tabiati, ko’p hollarda “Lola”ning tabiiy ladlarning odatiy tuzilmalari bilan
sug’orilgan lad garmonik tilini belgilaydi. Xalq ijrochilik usullari syuita
fakturasida (oy cho’ziq tovushlar, xar-xil ritmik figuratsiyalar) tembr “bo’yoqlar”
xususiyatlarida aksini topgan .
Garchi xar-xil uslubiy manbalarning chatishuvi hamma vaqt ham uzviy
“quyilishlar” (ilk bochqichlarida to’la tabiiylikka) olib kelmasa ham,
Kozlovskiyning asarlari bir butun holda, bu murakkab ijodiy muammoni hal
qilishning ishonchli namunasidir.
Georgiy Mushelning birinchi simfoniyasi va Reyngold Glierning ikki asari –
“Tantanali uvertyura” hamda “Farg’ona bayrami” uvertyurasining maydonga
kelishi, 30-yillar oxirining mahsuli bo’ldi. Keyingi asar mamlakatimizning ko’p
shaharlari, hamda chet ellarda ijro etildi.
3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar.
Turli-hil janr belgilari – rapsodiya, poema, sonatani biriktirgan uvertyura erkin
shaklda yozilgan. Talqin qilingan rus maktabi an’analari variatsion printsipdagi
rivojning katta roli bor. Etakchi mavzu sifatida o’zbek va tojik qo’shiqlaridan
foydalanilgan. Ohanglar uslubini buzishdan cho’chigan R.Glier garmoniyani
tejashni xilma-xil, fakturali usullar – bas va o’rta tovushlarni kontrast va
imitatsion polifoniya elementlari bilan kuylashtirish vositalaridan ehtiyotkorlik
bilan foydalanadi. Nurli va quvnoq his-tuyg’u yig’ish chizig’i bo’ylab
rivojlanayotgan yorqin ifodali xalq mavzusi, kuch va quvvati mavj urgan
obrazlarni qiyoslashga asoslangan R.Glierning “Farg’ona bayrami” uvertyurasi
o’sha yillar ijtimoiy hayotining odatiy belgilarini aks ettirdi.
Xalq kuylaridan foydalanish evaziga vujudga keladigan milliy kolorit
izlari va xalq cholg’u musiqasining xarakterli elementlarini tatbiq etish, trombon
va tubaning karnaylarga taqlididagi sadosi: doira va nog’oraning urma sozlardagi
usullari R.Glier partiturasiga alohida yangilik hamda o’ziga xos bo’yoqdorlik
baxsh etdi.
Ko’rilayotgan davrning oxiriga kelib, “ 1933-41” O’zbekiston san’ati teatr
va simfonik musiqa janrlaridagi katta ijodiy yutuqlar bilan boyidi. S. Vasilenko
va M.Ashrafiy, R.Glier, T.Sodiqov operalari, V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy,
G.Mushelning simfonik asarlari zamonaviy professional san’atning yirik
shakllarini yaratishda, o’zbek xalq musiqa san’ati xazinasiga murojaat qilishning
istiqbolidan darak berardi.
Nazorat savollari:
1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi .
2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari.
3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar.