O‘ZBEK KOMPOZITORLARI IJODIDA CHOLG‘U MUSIQA JANRI

Yuklangan vaqt

2024-09-06

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

16,5 KB


 
 
 
 
 
 
O‘ZBEK KOMPOZITORLARI IJODIDA CHOLG‘U MUSIQA JANRI 
 
Reja: 
1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi 
2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari 
3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar. 
 
 
1. XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi. 
Agar o’zbek kuylarini simfonik moslashning ilk tajribalari 20-yillarning 
boshlariga to’g’ri kelsa, 30-yillarning birinchi yarmida xilma-xil janrlar doirasini 
o’ziga olgan qator asarlar yaratildi. Ularni yozgan mualliflarning aksariyati, 
o’zbek xalq musiqasi kuylari materiallarida asarlar ijod qilgan, Moskva xamda 
Leningrad kompozitorlaridir. Bular V. Deshevovning “Samarqand syuitasi”, M. 
Ippolitov-Ivanovning “O’zbekistonning musiqali manzaralari”, S. Vasilenkoning 
“ Sovet sharqi” (bu asarlarning qismlaridan biri O’zbekistonga bag’ishlangan), 
V. Zolotarevning “O’zbek rapsodiyasi” va boshqalardir. M. Ippolitov-
Ivanovning syuitasidan tashqari, eslatilgan asarlar respublika musiqali hayotida 
ahamiyatli o’rin egallamadi (ular deyarli ijro etilmadi ham). Bu ilk tajribalarning 
ahamiyati shundaki, ular o’zbek kuylarining simfonik qayta ishlanishini boshlab 
berdi, o’zbek xalq kuylarini keng madaniy aloqalar maydoniga olib chiqdi. 
 2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari. O’sha paytlarda Toshkent va 
Moskva musiqa o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yosh o’zbek kompozitorlari 
ham, o’z kuchlarini simfonik janrda sinab ko’rdilar. Muxtor Ashrafiy “Qurilish” 
marshi, Mutal Burxonov “ O’zbekiston qizi” syuitasi, Manas Leviev “Nurxon” 
poemasini yaratdi. (Bu asarlar partiturasi saqlanib qolmagan).  
O‘ZBEK KOMPOZITORLARI IJODIDA CHOLG‘U MUSIQA JANRI Reja: 1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi 2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari 3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar. 1. XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi. Agar o’zbek kuylarini simfonik moslashning ilk tajribalari 20-yillarning boshlariga to’g’ri kelsa, 30-yillarning birinchi yarmida xilma-xil janrlar doirasini o’ziga olgan qator asarlar yaratildi. Ularni yozgan mualliflarning aksariyati, o’zbek xalq musiqasi kuylari materiallarida asarlar ijod qilgan, Moskva xamda Leningrad kompozitorlaridir. Bular V. Deshevovning “Samarqand syuitasi”, M. Ippolitov-Ivanovning “O’zbekistonning musiqali manzaralari”, S. Vasilenkoning “ Sovet sharqi” (bu asarlarning qismlaridan biri O’zbekistonga bag’ishlangan), V. Zolotarevning “O’zbek rapsodiyasi” va boshqalardir. M. Ippolitov- Ivanovning syuitasidan tashqari, eslatilgan asarlar respublika musiqali hayotida ahamiyatli o’rin egallamadi (ular deyarli ijro etilmadi ham). Bu ilk tajribalarning ahamiyati shundaki, ular o’zbek kuylarining simfonik qayta ishlanishini boshlab berdi, o’zbek xalq kuylarini keng madaniy aloqalar maydoniga olib chiqdi. 2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari. O’sha paytlarda Toshkent va Moskva musiqa o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yosh o’zbek kompozitorlari ham, o’z kuchlarini simfonik janrda sinab ko’rdilar. Muxtor Ashrafiy “Qurilish” marshi, Mutal Burxonov “ O’zbekiston qizi” syuitasi, Manas Leviev “Nurxon” poemasini yaratdi. (Bu asarlar partiturasi saqlanib qolmagan).
 
 
 30-yillarning ikkinchi yarmi, simfonik musiqa sohasida yangi voqealar bilan 
nishonlandi. Bu yillarda respublikada o’z hayotini O’zbekiston san’ati bilan 
mustahkam bog’lagan A.F. Kozlovskiy va Georgiy Mushel ish boshladi.  
 1937-yilda Kozlovskiyning dasturli, farg’onacha syuitasi –“Lola” maydonga 
keldi. Asarning har bir qismi hayotning an’anaviy tiklanish bayramiga 
bag’ishlangan, muayyan tasviriy fikrni aks ettirdi: birinchi qism-- “Lolachilarni 
yig’ish va bozor maydonida kuzatish”, ikkinchi qism-- “ Farg’ona bog’larida 
tun”, uchinchi qism-- “ Lolachilarning qaytishi. Lola sayli”.  
 Fikrning barcha “manzaraliligiga” qaramay, “Lola” musiqasi dinamikali 
bo’lib, aniq shaklga ega. Nur singdirilgan, quvnoq bayram kunining to’la 
jarayoni bilan to’lgan birinchi qismdan - “sonata shaklida yozilgan” janub 
kechasi timsolini yaratuvchi, o’ziga xos noktyurn, xushbo’y hid tarqatuvchi 
bog’lar, to’la noaniq shitirlagan ovoz, o’tkinchi soyalar tasvirlanadi. Syuita 
xotimasi birinchi qism yo’nalishini davom ettiradi: unda yana yangidan bayram 
sadolari paydo bo’ladi, uning musiqasi to’la dabdabali va harakatchandir.  
 Final mavzusi Farg’ona vodiysida tarqalgan tojik xalq qo’shig’idan olingan. 
Uning harakatli sur’ati, jonli xarakteri syuitaning bu qismi mazmuniga juda mos 
tushgan.  
 Final rivojining dinamik chizig’i, kulminatsiya eng yuqori nuqtaga 
chiqadigan joy -- kodaga olib keladi. “ Umumiy shodiyona o’zining apogeyiga 
etadi”—final kodasidagi niyatini kompozitorning o’zi ana shunday ta’riflagan 
edi. 
 “Lola” da Rimskiy-Korsakov simfonizmi an’analari, tabiat va xalq 
turmushi hodisalarini gavdalantirishda, uning uchun xarakterli bo’lgan 
manzaralar bayoni konkretligi, original tarzda singdiriladi. Kozlovskiy 
syuitasidagi juda ko’p narsalar “Ispan kaprichchiosi” ning bayram shukuhliligi 
va shod-xurramligini yoki “Shahrizoda” ning yanada go’zalroq jilvalarini esga 
soladi. “Shahrizoda” bilan “Lola” ni dasturli simfoniya belgilarini beradigan 
keng musiqali mavzular ham yaqinlashtiradi. 
30-yillarning ikkinchi yarmi, simfonik musiqa sohasida yangi voqealar bilan nishonlandi. Bu yillarda respublikada o’z hayotini O’zbekiston san’ati bilan mustahkam bog’lagan A.F. Kozlovskiy va Georgiy Mushel ish boshladi. 1937-yilda Kozlovskiyning dasturli, farg’onacha syuitasi –“Lola” maydonga keldi. Asarning har bir qismi hayotning an’anaviy tiklanish bayramiga bag’ishlangan, muayyan tasviriy fikrni aks ettirdi: birinchi qism-- “Lolachilarni yig’ish va bozor maydonida kuzatish”, ikkinchi qism-- “ Farg’ona bog’larida tun”, uchinchi qism-- “ Lolachilarning qaytishi. Lola sayli”. Fikrning barcha “manzaraliligiga” qaramay, “Lola” musiqasi dinamikali bo’lib, aniq shaklga ega. Nur singdirilgan, quvnoq bayram kunining to’la jarayoni bilan to’lgan birinchi qismdan - “sonata shaklida yozilgan” janub kechasi timsolini yaratuvchi, o’ziga xos noktyurn, xushbo’y hid tarqatuvchi bog’lar, to’la noaniq shitirlagan ovoz, o’tkinchi soyalar tasvirlanadi. Syuita xotimasi birinchi qism yo’nalishini davom ettiradi: unda yana yangidan bayram sadolari paydo bo’ladi, uning musiqasi to’la dabdabali va harakatchandir. Final mavzusi Farg’ona vodiysida tarqalgan tojik xalq qo’shig’idan olingan. Uning harakatli sur’ati, jonli xarakteri syuitaning bu qismi mazmuniga juda mos tushgan. Final rivojining dinamik chizig’i, kulminatsiya eng yuqori nuqtaga chiqadigan joy -- kodaga olib keladi. “ Umumiy shodiyona o’zining apogeyiga etadi”—final kodasidagi niyatini kompozitorning o’zi ana shunday ta’riflagan edi. “Lola” da Rimskiy-Korsakov simfonizmi an’analari, tabiat va xalq turmushi hodisalarini gavdalantirishda, uning uchun xarakterli bo’lgan manzaralar bayoni konkretligi, original tarzda singdiriladi. Kozlovskiy syuitasidagi juda ko’p narsalar “Ispan kaprichchiosi” ning bayram shukuhliligi va shod-xurramligini yoki “Shahrizoda” ning yanada go’zalroq jilvalarini esga soladi. “Shahrizoda” bilan “Lola” ni dasturli simfoniya belgilarini beradigan keng musiqali mavzular ham yaqinlashtiradi.