O‘ZBEK MATNSHUNOSLIGI: SHAKLLANISHI VA TARIXIY TAKOMILI. O‘ZBEK KITOBAT TARIXI. ILK KITOBLAR.
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
130,0 KB
O‘ZBEK MATNSHUNOSLIGI: SHAKLLANISHI VA TARIXIY
TAKOMILI.
O‘ZBEK KITOBAT TARIXI. ILK KITOBLAR.
REJA:
1. Matnshunoslik va manbashunoslik fanlarining ahamiyati.
2. Matnshunoslik matn tarixi va ijod jarayonini o‘rganuvchi fan sifatida.
Ma’lumki, har qanday asardagi ijodkor ifodalagan fikr, niyat va
adib mahorati masalalari bilan adabiyotshunoslik shug‘ullanadi. Badiiy
asar esa, bevosita matnda o‘z aksini topadi, muhrlanadi. Asarning matnda
ifodalanishi, ushbu asarning vujudga kelishi jarayonidagi matn bilan
bog‘liq jarayonlar adabiyotshunoslikning uzviy bir qismi bo‘lgan
matnshunoslik fanida o‘rganiladi.
O‘tmishda asarlar qo‘lda ko‘chirilgan va ijodkor merosining
nusxalari – dastxatlar bizgacha kamdan-kam hollarda yetib kelgan.
Ko‘pincha, asarlar davrlar o‘tishi bilan turli kotiblar tomonidan qayta-
qayta ko‘chirilib, asliyatdan uzoqlasha borgan. Asarni tahlil etish,
yozuvchi ijodiga ob’ektiv baho berish uchun esa uning asl matni, hech
bo‘lmaganda, asl matniga yaqin turgan nusxa mavjud bo‘lish kerak. Shu
o‘rinda asliyat matniga yaqin matnni yaratish va mazkur jarayondagi
ilmiy faoliyat uchun matnshunoslik sohasi
yordamga keladi. Yozuvchi va shoir yaratgan asl matnga imkon qadar
yaqin matnni tiklash ishini amalga oshiradi.
Matnshunoslik asar matni tarixini o‘rganadi yoki bu matn ustida
tadqiqot olib boradi. Bu asar yo aniq fanlarga, yo tarixga oid yoki badiiy
asar bo‘lishi mumkin. Matn tarixini o‘rganish asarning g‘oyaviy-badiiy
talqin va tahlili xolisona olib borilishini ta’minlaydi. Faqat mustahkam
asos – ilmiy-tanqidiy matn yaratilgan taqdirdagina asarning har
tomonlama mukammal tahlilini amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
O‘tmish va hozirgi davr adabiyoti uchun matnshunoslikning
maqsadlari farqlanadi. Yangi davr – XX asr adabiyotida asar matnining
dastlabki qoralama nusxalaridan tortib, to ijodkor hayotligida yaratilgan
eng so‘nggi nusxasi yuzaga kelgungacha bo‘lgan davrdagi o‘zgarishlarni
o‘rganish mumkin. O‘tmish adabiyoti bilan bog‘liq matnshunoslik uchun
matn yaratilgan davrdan to bugungi kungacha bo‘lgan oraliqdagi
o‘zgarish va asar nusxalari orasidagi
tafovutlar ahamiyatlidir. Chunki o‘tmishda yaratilgan asarlar ijodkoriga
tegishli dastxat nusxalari kamdan-kam holdagina saqlanib qolgan bo‘ladi.
Shundan kelib chiqqan holda, aytish mumkinki, matnshunoslik fani
o‘tmish adabiyoti bilan shug‘ullanganda adib yaratgan matnga iloji
boricha yaqinroq matnni tiklashga urinadi. Bundagi maqsad asar ilmiy-
tanqidiy matnini nashrga tayyorlash bo‘lib qoladi. Bundan tashqari,
o‘tmish matnshunosligi uchun matn tarixini o‘rganish katta ahamiyatga
ega. Chunki matn tarixi vositasida asarga bo‘lgan munosabat, kitobxonlar
tomonidan uning qabul qilinishi va badiiy didlar tarixini o‘rganish
imkoniyati paydo bo‘ladi.
Yangi davr adabiyoti matnshunoslik ob’ektiga aylanganida, mavjud
material va nusxalar ko‘pligi – bir asarning dastxat, bir necha variant va
nashrlarining mavjud bo‘lishi tadqiqot imkoniyatlarini kengaytiradi.
Bunda matnshunoslik asarning ijodkor hayotligidagi oxirgi nusxasini
tayanch matn sifatida nashrga tayyorlashidan tashqari, bu matn vujudga
kelgungacha bo‘lgan ijodiy jarayon, muallif kechinmalarini ham, qaysidir
darajada, o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘la oladi. Yozuvchi va shoir –
ijodkor
shaxs. U bir yaratgan asarini vaqt o‘tgan sari, o‘z xohishi, davr talabiga
ko‘ra o‘zgartirishi, tahrir qilishi mumkin. Hatto, uni nashr ettirgandan
so‘ng ham mukammallashtirishi, keyinchalik butunlay o‘zgartirib, boshqa
bir ko‘rinishda nashr qila oladi.
Mana shu jarayonlarning barchasini tadqiq etishda matnshunoslik
va adabiy manbashunoslik fanlari yordamga keladi. Adabiyotshunoslik
fani
e’tibordan
chetga
qoldirishi
mumkin
bo‘lgan
o‘rinlarni
manbashunoslik va matnshunoslik sohalari bevosita matn ustidagi
tahlillar bilan amalga oshiradi. Adabiyotshunoslik sohasi o‘zi tadqiq
etayotgan
matnning
manbashunoslik
tahlilisiz,
matnshunoslikka
suyanmasdan tadqiqot olib bora olmaydi. Shu sababdan har bir
adabiyotshunos olim manbashunoslik va matnshunoslik bo‘yicha
tayyorgarlik bosqichidan o‘tishi shart. Adabiyotshunos olim tahlil
etayotgan matn ishonchli bo‘lmas ekan, u chiqargan xulosalar ham bir
yoqlama bo‘lishi mumkin. Shuning uchun avvalo tahlilga tortilayotgan
matn ilmiy jihatdan asosli shaklini yaratib olish kerak bo‘ladi. Buning
uchun esa aynan matnshunoslik va manbashunoslik fanlari yordamga
keladi.
Tayanch tushunchalar
matn tarixi, matnni tiklash, ijodkor va matn
Savol va topshiriqlar:
1. Matnshunoslik fanining ahamiyati nimada?
2. Matnshunoslik va manbashunoslik fanlari munosabatlarini aniqlang?
3. Matnning ijod jarayonini ko‘rsatuvchi vosita ekanligiga misollar
izlang.
Mustaqil ish mavzulari:
1. Matn – yozuvchi ijod jarayonini ko‘rsatuvchi ko‘zgu.9
2. Matnshunoslik – o‘tmishda yaratilgan matnni tiklash sohasi.
ADABIYoTLAR:
1. Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. Ikki jildlik. – T.: Sharq, 2016.
2. Lixachev D.S. Tekstologiya. – L., 1983. – 640 s.
3. Lixachev D.S. Tekstologiya. – M.–L.: 1964. – 101 s.
4. Madraimov A.A, G.S.Fuzailova. Tarixiy manbashunoslik. O‘quv
qo‘llanma. – T.: Fan, 2006. – 213 b.
5. Madraimov A.M. Manbashunoslik. – T.: Fan, 2007. – 187 b.
6. Mahmudov Q. Manbalarni qaytadan ko‘rmoq kerak // O‘zAS. –T.,
1995. 28 avgust. – 6 b.
7. Osnovы tekstologii. // Pod redaksiey V.S.Nechaevoy. – M.: 1962. –
500 s.
8. Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. – T., 2017.
9. Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. Qisqacha
kurs. – T., 2000.
10. Hakimov M. Sharq manbashunosligi lug‘ati. – T.: Davr press, 2013. –
496 b.
11. Hamidova M. Qo‘lyozma bayozlar – adabiy manba. – T., 1981.
12. Hasaniy M., Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va
matnshunoslikning nazariy masalalari. O‘quv qo‘llanma. – T., 2012.
13. Chudakova M. Yu. Rukopis i kniga. Moskva, 1986.
14. Shamsiev P. O‘zbek matnshunosligiga oid tadqiqotlar. – T., 1986.
15. Rafey N. A history of literary criticism: from Plato to the present.
Cambridge, MA: Blackwell Pub, 2005.
2 -mavzu
FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI
REJA:
1. Matnshunoslik va barcha ilm sohalaridagi matnlar.
2. Matnshunoslikning maqsad va vazifalari nimalardan iborat.
Biz uchun badiiy asar yozuvchi tomonidan go‘yo bir marotabada
yozib tugatilganday ko‘rinadi. Vaholanki, shu darajaga yetguncha ijodkor
badiiy asarni bir necha nusxa, qoralamalarda, o‘zgartirish va tuzatishlar
bilan o‘z nigohidan o‘tkazgan bo‘ladi. Muallif o‘z asarini eng so‘nggi,
kitobxonlarga havola qilayotgan nusxadan o‘qishlarini istaydi. Lekin
matnshunoslik asar ayni ko‘rinishga kelguncha qanday yo‘lni bosib
o‘tganligi,
ya’ni
matn
tarixini
o‘rganadi,
shu
tariqa
ijodkor
laboratoriyasini, g‘oyalari va
badiiyati olamini tekshiradi. Ammo o‘tmishda yashagan shoirlar ijodiy
laboratoriyasini o‘rganish uchun imkoniyat ancha cheklangan. Chunki bu
asarlar yaratilgandan to bugungi kungacha o‘tgan oradagi davr ko‘plab
ijodkorlar asarlari bir qismining yo‘q bo‘lishi yoki butunlay yo‘qolib
ketishiga olib kelgan.
Biroq, ba’zida, mustasno holatlar ham uchrab turadi. Masalan,
Alisher Navoiyning 1491-1498 yillarda o‘zi tuzgan, to‘rt kitobdan iborat
«Xazoyin ul-maoniy» asari bizga yaxshi ma’lum. Lekin bu to‘plamga
kirgan she’rlarning ichida dastlab Navoiy ixlosmandlari tomonidan 1464-
65 yillarda tuzilgan «Ilk devon» va 1471 yilda ko‘chirilgan «Oqqo‘yunli
muxlislar devoni»larida mavjud bo‘lgan. So‘ng Navoiyning o‘zi tuzgan
«Badoe’ ul-bidoya» (1470–1480 yillari tuzilgan) devonidan o‘rin
olganlari ham bor. Yoki bo‘lmasa, Navoiy o‘zi tartib bergan «Navodir
un-nihoya» (1480- 1487) devonidagi she’riy merosini ham keyinchalik
«Xazoyin ul-maoniy» tarkibiga kiritadi. Demak, Navoiyning ayrim
she’rlari, ko‘pi bilan, taxminan, o‘ttiz yildan keyin yangi to‘plamga
kiritilmoqda. Bu she’rlar so‘nggi devonga kiritilayotganda Navoiyning
tahriridan o‘tib sayqal topgan. Bunday o‘zgarishlarning bir qismi Navoiy
asarlari yigirma tomlik nashrining 20-tomida ko‘rsatildi1 . She’rlarning
devondan devonga o‘tib borishidagi o‘zgarishlar ham adabiyot tarixi,
ham
matnshunoslik
uchun
ahamiyatli
bo‘lib,
shoirning
ijodiy
laboratoriyasi haqida ma’lumot beradi.
Hozirgi matnshunoslikning bosh metodik prinsipi asarning biror
alohida qismini emas, balki hammasini yaxlit va to‘g‘ri o‘qishdan iborat.
Matnshunoslikning vazifalari, asosan, quyidagilardan iborat:
I. Asarning aniq matnini yaratish. Matnshunoslik fanining asosiy
maqsadlaridan biri asarning aniq matnini yaratishdan iborat. Aniqroq
qilib aytganda, tiklashdan iborat. Lekin bundagi aniqlik o‘tmish
adabiyotiga tatbiqan olganda nisbiydir. Chunki ko‘plab qo‘lyozmalar
asosida yaratilgan har qanday ilmiy-tanqidiy matn ham adibning asl
matni bo‘la olmaydi. Shunga qaramay, matnshunoslik fani iloji boricha
asar aniq matnini yaratishga qarab intiladi. Buning uchun asar matniga
ega yangidan- yangi qo‘lyozma manbalarni izlash, topish va ularni nashr
qilib borish kerak.
2. Matnni uyushtirish. Matnni uyushtirish turli maqsadlarga qarab
amalga oshiriladi. Masalan, bir asar matni bolalarga, maktab o‘quvchilari,
talaba yoki olimlarga mo‘ljallanganligiga qarab turlicha ko‘rinishda nashr
etilishi mumikn. Bu vazifani matnshunoslar bajaradilar. Deylik, G‘afur
G‘ulom mukammal asarlarining 10 tomlik nashri akademik, ya’ni ilmiy
bo‘lib, asosan, olimlarga mo‘ljallangan. Bu nashrning 5-tomida «Shum
bola» povesti berilgan. Ayni vaqtda, bu asarning ommabop, alohida
1 Улар Нодир Рамазонов томонидан амалга оширилган.
nashrlari ham mavjud. «Shum bola»ning mana shu ommabop nashri bilan
5- tomdagi nashri bir-biridan farq qiladi. Ilmiy nashrda asar matnining
variantlari: asar yozuvchi qulyozmasida qanday bo‘lgan, turli yillardagi
nashrlarda qanday farqlar borligi; turli atama, arxaik so‘zlar va nomlarga
izohlar beriladi. «Shum bola»ning ommabop, masalan, bolalarga
mo‘ljallangan nashrida bunday tushuntirishlar va variantlar keltirilmaydi.
3. Matnni o‘quvchiga yetkazish. Matnni tushuntirish uchun kitobda
unga so‘zboshi, izohlar yoziladi. Yozuvchi hayoti va ijodiga oid
ma’lumotlar, asar mazmuni va yozilishiga oid qaydlar keltirilishi mumkin.
Tushunilishi qiyin bo‘lgan ba’zi bir so‘zlar lug‘ati tuzilishi ham uchraydi.
Bulardan maqsad matnni iloji boricha kitobxonga tushunarliroq qilish,
asarni qabul qilinishini osonlashtirishdir.
Adabiyot tarixi fani o‘rgangan narsalarning deyarli hammasini
matnshunoslik ham o‘rganadi. Faqat matnshunoslikda bu jarayon
matndagi o‘zgarishlar, matn tarixini bilish nuqtai nazaridan bo‘ladi, xolos.
Matnshunoslik – adabiyotshunoslikning yordamchi qismi. Ayni vaqtda u
o‘z xususiyatlariga ega alohida yo‘nalish hamdir. U aniq fanlarga oid
yoki tarixiy asar matnini o‘rganganda ham filologik fan bo‘lib qolaveradi.
Har qanday adabiy tahlildan oldin adabiyotshunoslar, qaysidir darajada,
manbashunoslik va matnshunoslik faoliyatini olib boradilar. Shu bois har
bir adabiyotshunosda matnshunos ham yashashi shart. Ilmiy ish
jarayonida manbashunoslik va matnshunoslik bosqichini amalga oshirish
va bu sohalarni egallash adabiyotshunoslik tahlilini chuqurlashtiradi.
Tayanch tushunchalar
asar, asarning aniq matni, matnni uyushtirish, matnni o‘quvchiga
yetkazish
Savol va topshiriqlar:
1. Asar va matn deganda nimani tushunasiz?
2. Asarning aniq matni va matnshunoslik sohasi o‘rtasidagi
aloqadorlik nimada?
3. Navoiy she’riyati matnlari tarkibining o‘zgarishiga oid qanday
ma’lumotlarni bilasiz?
4. Bir asarning turli qo‘lyozmalarda keltirilishi bo‘yicha misollar
izlang.
5. Asar matnini o‘quvchiga yetakzishda nimalarga ahamiyat
berilishiga diqqat qarating.
Mustaqil ish mavzulari:
1. Ijodkor yaratgan matnni tiklashga oid qarashlar.
2. Matnni o‘quvchiga yetkazish usullari.
ADABIYoTLAR:
1. Buxmeyer K.K. Izdanie klassicheskoy literaturы. Moskva, 1963.
2. Mahmudov Q. Manbalarni qaytadan ko‘rmoq kerak // O‘zAS. –T.,
1995. 28 avgust. – 6 b.
3. Madraimov A.A, G.S.Fuzailova. Tarixiy manbashunoslik. O‘quv
qo‘llanma. – T.: Fan, 2006. – 213 b.
4. Madraimov A.M. Manbashunoslik. – T.: Fan, 2007. – 187 b.
5. Osnovы tekstologii. // Pod redaksiey V.S.Nechaevoy. – M.: 1962. –
500 s.
6. Tekst kak yavlenie kulturы. Novosibirsk, 1989.
7. Shamsiev P. O‘zbek matnshunosligiga oid tadqiqotlar. – T., 1986.
8. Chudakova M. Yu. Rukopis i kniga. Moskva, 1986.
9. Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. Qisqacha
kurs. – T., 2000.
10. Hasaniy M., Habibullaev A. Adabiy manbashunoslik va
matnshunoslikning nazariy masalalari. O‘quv qo‘llanma. – T., 2012.
11. Hakimov M. Sharq manbashunosligi lug‘ati. – T.: Davr press, 2013. –
496 b.
12. Hamidova M. Qo‘lyozma bayozlar – adabiy manba. – T., 1981.
3 -mavzu
O‘ZBEK MATNShUNOSLIGI:
ShAKLLANIShI VA TARIXIY TAKOMILI
REJA:
1. Matnshunoslikning asar matni uchun ahamiyati.
2. Adabiy matnshunoslik va badiiy asar.
3. Matnshunoslik – tarixiy davr va muhitni rekonstruksiya qilish.
Insoniyat XXI asrga qadam qo‘ydi. Koinotni zabt etganiga salkam
yarim asr bo‘ldi. Hatto, Mars sayyorasiga sun’iy yo‘ldosh qo‘ndirildi...
Shunday bir vaqtda, insoniyatning XX asrdan avvalgi hayoti va u bilan
bog‘liq narsalar, qaysidir darajada, almisoqdan qolgan eski narsadek
tuyulishi mumkin. Lekin bugungi taraqqiyot kechagi yutuqlar zamiriga
quriladi. Ayni jarayonda matnshunoslik sohasining ham o‘z o‘rni bor.
Davr o‘zgarishi bilan qo‘lyozmalar bo‘yicha tadqiqotlar, matn
nashri masalalari takomil topa bordi. XX asrning avvallariga kelib
matbachilik va nashr qilish ishlarining yuzaga kelishi bilan ijodkor
asarlarining qoralamasidan tortib, to turli nashrlarigacha kitobxonlarning
tanqidiy nazariga tusha boshladi. Matnshunoslikning ham tadqiqot
manbai kengaydi. Ilmiy-tanqidiy va ilmiy-ommabop nashrlarni yaratish
shu manbalarni tayyorlash prinsiplarini ishlab chiqishdan iborat tadqiqot
ishlari bilan qo‘shib olib borila boshladi. Bu ishga, ayniqsa, Alisher
Navoiy tug‘ilgan kunining 500 yilligi arafasida jiddiy kirishildi.
Keyinchalik esa, yillar mobaynida Navoiy asarlarining ilmiy-tanqidiy,
yig‘ma hamda faksimile matnlari va ularning nashrlari yuzaga kela
boshladi. Jumladan, “Xamsa” dostonlari (Porso Shamsiev tayyorlagan),
“Mahbub ul-qulub”
(A.N. Kononov), Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” va terma devonlari
(Hamid Sulaymonov, L.V. Dmitrieva, Olim Davlatov): “Ilk devon” (H.
Sulaymonov), “Badoe’ ul-bidoya” (Sharofiddin Sharipov), “Navodir un-
nihoya” (Maryam Rahmatullaeva), “Mezon ul-avzon” (Izzat Sulton),
“Layli va Majnun” (G‘ulom Karimov), “Majolis un-nafois” (Suyma
G‘anieva),
“Lison
ut-tayr”
(Sharafddin
Eshonxo‘jaev),
“Saddi
Iskandariy” (Mavjuda
Hamidova),
“Mufradot
(Risolai
muammo)”
(Lutfulla
Zohidov),
“Oqqo‘yunli muxlislar devoni” (Aftondil Erkinov), va boshqa asarlarning
ilmiy- tanqidiy, yig‘ma matnlari hamda ularning turli (jumladan, faksimil)
nashrlari yaratildi. XX asr ikkinchi yarmida quyidagi ijodkorlar merosi
ishonchli qo‘lyozmalar asosida ilmiy jihatdan turli matnlar ko‘rinishida
chop etildi: Hofiz Xorazmiy (H.Sulaymonov, Fozila Sulaymonovalar
tayyorlagan), Sakkokiy (Qavomiddin Munirov, Mashhura Hasanova),
Atoiy (Ergash Rustamov, Sayfiddin Rafiddinov), Gadoiy (Erkin
Ahmadxo‘jaev,
Qodirjon Ergashev, Hafiza Aslanova), Lutfiy (Sodir Erkinov, Erkin
Ahmadxo‘jaev),
Husayn
Boyqaro
(S.G‘anieva,
Vohid
Juzjoniy,
A.Erkinov, Husnigul Jo‘raeva), Sayyid Qosimiy (Boboxon Qosimxonov),
Bobur (Sabohat Azimjonova, Iya Vasilevna Stebleva), Nodira va Amiriy
(Mahbuba Qodirova, O.Davlatov, Zebo Qobilova), Maxmur (Aziz
Qayumov), Muhammad Rizo Ogahiy (Subutoy Dolimov, G‘ulom
Karimov, Nurboy Jabborov, Nuryog‘di Toshev, Hilola Nazirova), Furqat
(Holid Rasulev, Abdullatif Turdialiev), Muqimiy (G‘ulom Karimov,
Abdullatif Turdialiev), Zavqiy (Amadjon Madaminov, Abdullatif
Turdialiev),
Dastagul
(Muhammadali
Qo‘shmoqov,
Abdullatif
Turdialiev), Haziniy
(Ahmadjon Madaminov, Otabek Jo‘raboev) va boshqalar. Mazkur
ro‘yxatni davom ettirish mumkin.
“O‘zbek adabiyoti bo‘stoni” seriyasida o‘zbek klassik adabiyoti
namunalarini o‘z ichiga olgan o‘n besh jilddan ortiq kitob nashr etildi.
XX asr adabiyoti namoyandalaridan Hamza Hakimzoda Niyoziy, Oybek,
Hamid Olimjon va G‘afur G‘ulom merosining mukammal akademik
nashrlari chop etildi. Bunday ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston
fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy jamoasi, 1976–1985
yillarda faoliyat ko‘rsatgan matnshunoslik sektori (rahbar filologiya
fanlari doktori Sodir Erkinov), sobiq Qo‘lyozmalar institutining (1978–
1998) o‘rni katta bo‘ldi.Bunday nashrlarga yana misollar keltirish
mumkin. Ularning amalga
oshirilgani o‘zbek matnshunosligi uchun tahsinga loyiq bir holdir.
Sharqda matn va matnshunoslikka qadimgi davrlarda ham adabiy
hayotning muhim bir hodisasi sifatida qaraganlar. Alisher Navoiyning
badiiy asarlar matni xususida Abdurahmon Jomiy bilan suhbatu
yozishmalari, bir nuqtani bejo qo‘yish bilan ko‘zni - مُز ko‘rga - مُر
aylantirib qo‘yuvchi savodsiz kotiblar haqidagi tanqidiy fikrlari buning
misoli bo‘la oladi. Shoirlarning bu sohadagi pandu o‘gitlari biz uchun
ham dasturilamal bo‘ldi. Yevgeniy Eduardovich Bertels (1890–1956),
Abdurauf
Fitrat
(1886–1938),
Sadriddin
Ayniy
(1878–1954),
Mirzaabdulla Bokiy (Nasriddinov) (1882–1967), Porso Shamsiev (1897–
1972), Solih Mutallibov (1900–1979), Subutoy Dolimov (1907–1991),
G‘ulom Karimov (1909–1992), Hamid Sulaymonov (1911–1979), Aziz
Qayumov (1926–2018), Sodir Erkinov (1930–2009), Ergash Fozilov
(1933–2014), Abduqodir Hayitmetov (1926– 2005), Qayum Karimov
(1932 y.t.), Sodir Erkinov (1930–2009), Suyma G‘anieva (1932–2018),
Fatxulla G‘anixo‘jaev, Vohob Rahmonov, Maryam Rahmatullaeva,
Qosimjon Sodiqov, Zohidjon Islomov va boshqa olimlarimiz ilmiy-
tanqidiy va ommabop nashrlarga matnshunoslikning yuqori talablari
asosida yondashdilar. Natijada, keyingi yillarda, o‘z vaqtida bir marotaba
ilmiy-tanqidiy matni tuzilgan asarlarni nodir manbalar asosida yangidan
qo‘lga olish hollari ro‘y bera boshladi.
Matnshunoslikning ilm uchun ahamiyati katta. Chunki har qanday
fan shu kungacha yaratilgan ilmiy matnga suyanadi. Bunday matnni esa
muayyan soha vakillari (tarix, ximiya, matematika...) kuchining o‘zi
bilanoq tayyorlab bo‘lmaydi. Bunda, albatta, matnshunos-filolog
mutaxassisning matn ustida ishlashi talab qilinadi. Lekin, ba’zida,
adabiyotshunos
olimlar
ichida
ham
matnshunoslik
ahamiyatini
tushunmaslik holatlari uchrab turadi. Masalan, bir adabiyotshunos olim
og‘zaki suhbatda qo‘lyozmaning «a» varag‘i yoki «b» varag‘ini aniqlash
ilm emas, deb matnshunoslik faniga baho bergan. To‘g‘ri, matnshunos
olim qo‘lyozma varag‘i haqida ham ma’lumot berar. Aytaylik,
kodikologiya nomli matnshunoslik uchun yordamchi soha bor.
Kodikologiya – qo‘lyozmaning tashqi tomonlari – muqovasi, qog‘ozi,
yozuvi va yozuv uchun siyohi kabilar bilan shug‘ullanadi. Ammo asar
matni qo‘lyozma kitob orqali bizgacha o‘sha «a» va «b» varag‘i orqali,
qog‘oz va siyoh yordamida bugungi kungacha yetib kelganligini
unutmaslik kerak.
Matnshunoslikning asosiy vazifalaridan biri – asar matnini
tadqiqotchi va o‘quvchilarga yetkazish. Darhaqiqat, hozirgi kunda nashr
etilgan asar matniga suyanib tadqiqot olib borish ko‘paygan. Ammo nashr
yuqori darajada bo‘lsa ham ayni asar yangi qo‘lyozmalari nusxalarini
topish va ular asosida yangi, yanada ishonchliroq matn yaratish ustida
ishlashni davom ettirish lozim.
Bundan tashqari bir xato qarash mavjud. Unga ko‘ra biror bir asar
matni nashr etilganidan sung uning qulyozmalarini o‘rganishni to‘xtatish
mumkin. Vaholanki, bir asar matnining ko‘plab qo‘lyozma nusxalardagi
variantlarini o‘rganish asosida matn tarixini, turli davrlardagi matnga
munosabatni aniqlash mumkin. Matn tarixini aniqlashga xizmat qiluvchi
har bir qo‘lyozma muayyan davrdagi kitobxonlar didi va dunyoqarashi
haqida bizga ma’lumot bera oladi. Asarni tadqiq va tahlil qilish uchun shu
asar matniga ega har bir qo‘lyozma ahamiyatli. Masalan, Alisher Navoiy
«Xamsa» asari XV asrdan to XX asr boshlarigacha 80 dan ortiq
nusxalarda ko‘chirilgan. Mana shu 80 qo‘lyozmani o‘rganish orqali
Navoiy «Xamsa»si kimlar va qaysi davrlarda o‘qiganligini, asar
kitobxonlar tomonidan qanday qabul qilinganligini muayyan darajada
aniqlash mumkin.
Umuman, matnshunoslik fanining ahamiyati katta. Sababi, asarning
ishonchli matni tayyor bo‘lmaguncha bu asar tahliliga kirishish, mazkur
asarga suyanishning o‘zi mumkin emas. Matnshunoslik asarining ilm
uchun ahamiyati qanchalik katta ekanligini yana bir misolda ko‘rish
mumkin. O‘z vaqtida taniqli sharqshunos Ye.E.Bertels (1890–1957)
Nizmoiy Ganjaviyning
«Iskandarnoma» dostoni ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlagani uchun
davlat mukofotiga sazovor bo‘lgandi. Demak, matnshunoslik faniga katta
ahamiyat berish barcha davrlarda mavjud bo‘lib kelgan.
Tayanch tushunchalar
matnshunoslik, badiiy matn, matn tarixi, matn evolyusiyasi, qo‘lyozma
nusxalar
Savol va topshiriqlar:
1. Matnshunoslik fanining ma’anviy taraqqiyotdagi o‘rni deganda
nimani tushunasiz?
2. Matn tarixi va matn evolyusiyasiga doir misollar izlang.
3. Asarning qo‘lyozma nusxasi deganda nimani anglash kerak bo‘ladi.
4. Asar matnining turli qo‘lyozmalarda keltirilishiga diqqat qarating.
5. Asar matnining davrlar o‘tishi bilan o‘zgarishiga misol toping.
Mustaqil ish mavzulari:
1. Matnning qo‘lyozmadagi hayoti va uning madaniyat tarixi uchun
ahamiyati.
2. Matn evolyusiyasining jamiyat bilan aloqadorligi.
ADABIYoTLAR:
1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. – T., 1987-
2003.
2. Alisher Navoiy. Xazoyinul maoniy. Nashrga tayyorlovchi
X.Sulaymonov. IV tomlik. – T., 1960.
3. Alisher Navoiy. Xamsa. Nashrga tayyorlovchi P.Shamsiev. – T., 1960.
4. Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. Ikki jildlik. – T.: Sharq, 2016.
5. Lutfiy. Devon. Nashrga tayyorlovchi S.Erkinov. – T., 2012.
6. Ogahiy M.R. Asarlar. Nashrga tayyorlovchi S.Dolimov, G‘.Karimov.
VI jildlik. – T., 1975-1980.19
7. Sulaymonov H. «Xazoyinul maoniy» tekstlarini o‘rganish va nashrga
tayyorlashning asosiy masalalari // Alisher Navoiy. Xazoyinul maoniy. I-
tom, Toshkent, 1959. V-XXVIII-betlar.
8. Shamsiev P. O‘zbek matnshunosligiga oid tadqiqotlar. – T., 1986.
9. Erkinov A. Alisher Navoiy “Xamsa”si talqini manbalari (XV – XX asr
boshi). – T.: “Tamaddun”, 2018.
10. Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. – T.,
2017.
4-mavzu
O‘ZBEK KITOBAT TARIXI. ILK KITOBLAR.
REJA:
1. Kitobat tarixi va matn.
2. Adabiy matnshunoslik va badiiy asar.
3. Kitobat ilmi masalalari.
Matn yaratilgandan keyin u qandaydir moddiy asos ustida yashab
qoladi. Buning uchun u moddiy vosita – pergament (hayvon terisi), turli
hil mato yoki qog‘oz, qo‘lyozma va kezi kelganda qog‘ozdan boshqa
vositalarga ham yozilishi mumkin. Bularning ichida matn yoziluvchi
asosiy moddiy vosita – qog‘oz. Agar matn qog‘ozdan boshqa narsalar –
qattiq moddalar (devor, tosh, sopol, metall,
boshqa buyumlar..) yozilgan bo‘lsa u bilan epigrafika fani shug‘ullanadi.
Matnshunoslik asosiy e’tiborni qog‘ozdagi matnga qaratadi. Shu ma’noda
matnshunoslik fani uchun qo‘lyozma va umuman kitobning o‘rni katta
bo‘ladi.
Ilk kitoblar pergamentga yozilgan bo‘lgan. Mana shunday ilk
kitoblarga “Katta Langar Qur’oni” deb ataluvchi, kiyik terisiga yozilgan
Qur’onni misol sifatida keltirish mumkin. Taxminlarga ko‘ra u VIII asrda
ko‘chirilgan bo‘lib, hozirda Toshkentda, O‘zbekiston musulmonlari
idorasi kutubxonasida saqlanadi.
Manbashunoslik fani ham adabiyotshunoslikning yordamchi
qismlaridan bo‘lib, matnshunoslik bilan uzviy aloqadadir. Chunki har
qanday asar matni manbada – pergament, qo‘lyozma, toshbosma,
qoralama va hokazolarda o‘z o‘rnini topadi. Bir matni ba’zi o‘zgarishlar
bilan bir necha manbalarda aks etishi mumkin. Ayni bir matnning bir
necha manbalardagi xususiyatlarini manbashunoslik o‘rganadi. Ya’ni,
manbashunoslik mohiyat e’tibori bilan matnshunoslikka xizmat qiladi.
Shunga ko‘ra ham manbashunoslik matnshunoslikning dastlabki bosqichi
bo‘lib, bu bosqichda asar qo‘lyozmalari atroflicha tavsiflab o‘rganiladi,
baholanadi.
Asar matni tarixini o‘rganish yoki ilmiy-tanqidiy matnni yaratish
jarayonida matnshunos shu asarning hamma qo‘lyozmalari bilan tanishib
chiqadi. Manbalar ko‘chirilish davri, sifati va boshqa jihatlariga qarab
tavsiflanadi.
Matnning
qo‘lyozmadan
qo‘lyozmaga
o‘tib,
nusxa
ko‘chirish jarayonida qanday o‘zgarib borishini manbashunoslikka doir
kuzatishlar
olib
borish
bilangina
aniqlash
mumkin.
Qisqasi,
matnshunoslik faoliyati,
avvalo manbashunoslikka tayanar ekan.
Arxivshunoslik ham matnshunoslikka xizmat qiluvchi sohalardan
bo‘lib, ijodkorlar arxivi bilan shug‘ullanadi. Arxiv – ijodkorning yozuv
va boshqa vositalarda qayd etilgan butun merosidir. Bular – yozuvchining
yozuv daftarlaridagi har qanday qayd, istalgan turdagi xatlaridan tortib,
asarining nusxalarigacha bo‘lgan turli hujjatlardir. Arxiv materiallari
o‘tmish qo‘lyozma manbalariga nisbatan kengroq va aniqroq bo‘ladi.
Arxivga ijodkorning badiiy asaridan tashqaridagi, unga aloqasi
bo‘lmagan har qanday yozuvlar ham kiraveradi. Shu bois ham arxiv
tushunchasi XX asr adiblarigagina tegishlidir. Chunki adiblar qo‘lidagi
istalgan turdagi hujjat, ashyo, asar qoralamalari va nashrlarini yig‘ish
keyingi yuz yillikda rasm bo‘lgan. O‘tmishda bunday an’ana
bo‘lmaganligidan tashqari, davrlar o‘tishi bilan har qanday arxiv ham
yo‘qolib ketishi tayindir. Arxivshunoslik ham matnshunoslikka xizmat
etadi va uning matn tarixiga oid ma’lumotlari ancha keng va ko‘proq
bo‘lishi bilan ajralib turadi.
O‘tmish adabiyoti manbashunosligi, asosan, asarning tayyor matni bilan
ish yuritadi. Arxivshunoslik esa badiiy asar eng so‘nggi nashr holiga
kelguncha ijodkor tomonidan qay tarzda yozilishga boshlanib, ijodiy
jarayon qanday kechganligini tekshirish uchun boy material bera oladi.
Arxiv vositasida matn tarixini o‘rganish ancha oson va qiziqarlidir.
Bulardan tashqari manbashunoslikning tarix fanining yordamchi
sohalari – epigrafika (tosh, yog‘och va boshqa tur materiallarga o‘yib
yozilgan matnlarni o‘rganish), sfragistika (muhrlar va ulardagi matnlarni
o‘rganish), xronologiya (sanalar va ular bilan bog‘liq jihatlar),
metrologiya (o‘lchov birliklarini o‘rganuvchi yo‘nalish) kabilar bilan ham
aloqasi mavjud.
O‘tmishda
qo‘lyozma
holida
ko‘chirilgan
asarlar
matnshunosligidan
xalq
og‘zaki
ijodi
namunalari
–
folklor
matnshunosligi
hamda
XX
asrdagi
zamonaviy
badiiy
asarlar
matnshunosligi ancha farq qiladi. Folklor – xalq og‘zaki ijodi
matnshunosligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Sababi folklor asarlari
og‘zaki tarzda avloddan avlodga uzatilganligi uchun ham ularning matni
turg‘un – stabil emas. Har bir davr va aytuvchi-ijrochi bu matnga o‘zidan
nimadir qo‘shadi. Bundan tashqari folklor asarlari yozma matnga deyarli
ega bo‘lmagan. Shu bois folklor asarlari matnini tayyorlashda
matnshunos mutaxassis iloji boricha mattning ayni aytilgan variantini
saqlab qolib nashrga tayyorlashi lozim. Mana shunday prinsiplar asosida
O‘zbekistonda XX asrda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘z
ichiga olgan «O‘zbek xalq ijodi» ko‘ptomligi nashr etildi. Hozirda u yana
to‘ldirilib, yangidan chop etilmoqda.
XX asr asarlari matnshunosligi ham o‘ziga xos bir yo‘nalishdir. Bu
sohada, ayniqsa, XX asr shoirlari mukammal asarlar to‘plamlarini
tayyorlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. 1970-yillardan boshlab
esa O‘zbekiston fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va
adabiyot
institutida
o‘zbek
yozuvchilarining
akademik
tipdagi
«Mukammal asarlar to‘plamlarini» tayyorlash va nashr etish boshlandi.
Zotan, bu yo‘nalishdagi nashrlarga extiyoj katta edi. Masalan, Oybek,
Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom kabi XX asr o‘zbek adabiyoti
namoyondalari asarlari bir o‘ringa to‘planib ularning bir yoki uch tomlik,
hatto o‘n tomlik asarlari nashr etilgan bo‘lsa-da, shoirlarning shaxsiy va
davlat arxivlaridagi qo‘lyozmalari – asarlarining qoralamalari, planlari,
qaydlari va tezislari hali to‘liq holda o‘rganilmagan, ilmiy asosdagi
qiyosiy ishlar olib borilmaganligi, ba’zan, ko‘zga yaqqol tashlanib qolar
edi. Demak, bu nus’halarning barchasidan foydalanish asosiga qurilgan
nashrga ehtiyoj mavjud edi. Buning uchun yozuvchilar asarlari
qo‘lyozmalari, mashinka nusxalari, barcha nashrlarini ilmiy, matniy,
qiyosiy tahrirdan o‘tkazib, eng so‘nggi, muallif nazaridan o‘tgan nashrini
asos qilib olingani holda, ijod
evolyusiyasini variantlar bo‘limida qayd etib borish asosiy prinsip qilib
olindi va shoir yoki yozuvchining ijodiy labaratoriyasini to‘liq aks
ettiruvchi nashr maydonga keldi.
Bu sohada O‘zbekiston fanlar akademiyasi til va adabiyot
institutining XX asr adabiyoti bo‘limida amalga oshirilgan Oybek
“Mukammal asarlar to‘plami”ning yigirma tomligi muhim voqea bo‘ldi.
Shuning bilan birga Oybek merosining to‘liq nashri akademik tipdagi
nashrlarning ilmiy- tadqiqotlar olib borishdagi mukammal tekshirilgan
matniy ahamiyatini ham
ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan institutda maxsus tekstologiya bo‘limi
(1976) tashkil qilindi va uning ilmiy-tematik planiga, birinchi navbatda,
Hamza, Hamid Olimjon va G‘afur G‘ulom meroslarining ilmiy nashrini
tayyorlash vazifa qilib qo‘yildi.
Vazifa sharafli va nihoyatda murakkab edi. Ish Navoiy nomidagi
Adabiyot muzeyida saqlanayotgan Hamid Olimjonning shaxsiy arxivini
o‘rganishdan boshlandi. So‘ng Samarqand arxivlari, “Zarafshon”
gazetasining
1920-yillar
sonlarini
axtarib
Moskva
davlat
kutubxonlarigacha tashrif buyurildi. Shoirning rafiqasi shoira Zulfiya
nashr ishlarida katta maslahatchi bo‘ldi. Hamid Olimjon “Mukammal
asarlar to‘plami” o‘n tomni qamrab oldi.
Tekstologiya bo‘limida o‘sha yillarda Hamza “Mukammal asarlar
to‘plami” 4 tomligi tayyorlandi va nashr etildi. Keyinchalik esa XX asr
adabiyoti bo‘limi Hamza “To‘la asarlar to‘plamining” 5 tomligini nashr
etdi. Tekstologiya bo‘limining muhim ahamiyatga molik tekstologik
ishlaridan biri 1983–1990 yillar davomida tayyorlanib chop etilgan
G‘afur G‘ulom “Mukammal asarlar to‘plami”ning 12 tomligi bo‘ldi. Bu
katta ishni amalga
oshirishda G‘afur G‘ulom asarlari bilimdoni Vahob Ro‘zimatov va
G‘afur G‘ulomning qizi Olmos G‘ulomova yaqindan yordam berdilar.
Mukammal asarlar to‘plamlarini tayyorlash katta vazifadir. Tilga olingan
ayni nashrlar ham o‘zbek kitobat tarixi tarkibiy qismini ta’minlay oladi.
Tayanch tushunchalar
badiiy matn, matn va muhit, xalq og‘zaki ijodida matn, arxiv,
akademik nashr
Savol va topshiriqlar:
1. Muhitning asar matniga ta’sirini nimalarda ko‘rish mumkin?
2. Matnshunoslik va folklordagri matn, arxivlar orasida qanday
bog‘liqlik mavjud.
Mustaqil ish mavzulari:
1. Yoshligingizdan sizga tanish bo‘lgan ertaklarning bir necha kitob
nashrlarida keltirilishini kuzatish.
2. Arxivlar va folklor matntlarining manbaviy ahamiyati.
ADABIYoTLAR:
1. Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. Ikki jildlik.Toshkent: Sharq, 2016.
2. Zaripov H. «O‘zbek xalq ijodi» ko‘p tomligiga kiradigan asarlarni
tayyorlash prinsiplari // Islom shoir va uning xalq poeziyasida tutgan
o‘rni. – T., 1978, 128–142-betlar.
3. Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. – T., 1974–1983. 4.
Hamza. Mukammal asarlar to‘plami. 5 tomlik. – T., 1987–1990.
5. Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. – T., 2017.