O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI (O‘zbek tili imlo qoidalari)

Yuklangan vaqt

2024-05-25

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

87,6 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI 
 
Leksik mavzu: “O‘zbek tili” matni 
Grammatik mavzu: O‘zbek tili imlo qoidalari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI Leksik mavzu: “O‘zbek tili” matni Grammatik mavzu: O‘zbek tili imlo qoidalari
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi: O‘zbеkiston 
Rеspublikasining davlat tili o‘zbеk tilidir. 
Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual 
salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va 
qadimiy tillardan biridir. Oʻzbekistonda 1989-yil 21-oktyabrda el-yurtimiz asrlar 
davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul 
qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil qadam 
edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili mustahkam huquqiy asos va 
yuksak maqomga ega boʻldi. Istiqlol yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga 
aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk 
marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi. 
Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh 
tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat 
tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda. Oʻzbek tili siyosiy-
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanib, xalqaro 
minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni 
oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda. Ayniqsa Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 
“O‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-sonli farmoni o‘zbek 
tilining nufuzini oshirishda muhim qadamdir.  
 “O‘zbek tili” matni 
 
  Eski o‘zbek adabiy tili XIV asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha mavjud 
bo‘lgan. “O‘zbek” atamasi ilk bor (XII asrda) Rashididdinning “Mo‘g‘ullar tarixi” 
kitobida uchraydi. Bu atama “o‘ziga bek”, “otliq qo‘shin”, “suyukli”, “sodda”, 
Ilmiybaza.uz O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi: O‘zbеkiston Rеspublikasining davlat tili o‘zbеk tilidir. Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. Oʻzbekistonda 1989-yil 21-oktyabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi. Istiqlol yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi. Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda. Oʻzbek tili siyosiy- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda. Ayniqsa Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “O‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-sonli farmoni o‘zbek tilining nufuzini oshirishda muhim qadamdir. “O‘zbek tili” matni Eski o‘zbek adabiy tili XIV asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha mavjud bo‘lgan. “O‘zbek” atamasi ilk bor (XII asrda) Rashididdinning “Mo‘g‘ullar tarixi” kitobida uchraydi. Bu atama “o‘ziga bek”, “otliq qo‘shin”, “suyukli”, “sodda”,
Ilmiybaza.uz 
 
“to‘g‘ri”, “insofli”, “saxiy”, “odamoxun”, “diltortar” kabi ma’nolarni bildiradi. 
Mazkur atama aslida V asrda xalq nomiga aylangan (O‘rxun-Enasoy bitiklarida bor), 
lekin sho‘ro davriga oid manbalarda XIV asrda xalq nomiga aylangan deb 
ko‘rsatilgan. Qul Alining “Qissasi Yusuf” (1239), Rabg‘uziyning “Qissasi 
Rabg‘uziy” (1309-1310), “Tafsir” (XIII asr), “O‘g‘uznoma”, Qutbning “Xusrav va 
Shirin”, Sayfi Saroiyning “Gulistoni bit turkiy”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” 
asarlari eski o‘zbek tilida yaratilgan dastlabki namunalar hisoblanadi. Mazkur 
tilning takomillashuvida Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy singari yuzlab so‘z ustalarining 
xizmatlari kattadir. XV asrga kelib Alisher Navoiy bu tilni yanada 
mukammallashtirdi, go‘zal nazmiy va nasriy asarlar yaratdi. Bobur, Xoja, Majlisiy 
kabi shoirlar ham mazkur tilning taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. XVII asrga 
kelib (ba’zi adabiyotlarda “yangi o‘zbek adabiy tili” deb nomlanadi) Turdi Farog‘iy, 
Mashrab, Furqat, Muqimiylar ham eski o‘zbek tilining rivojlanishida samarali 
mehnat qilishdi. 
 O‘zbek tili shu nom bilan ataluvchi xalqining milliy tilidir. Respublikamizda 
27 mln. o‘zbek bor. Afg‘onistonda (4 mln.ga yaqin), Xitoy Sharqiy Turkistonida 
(13,7 ming), Saudiya Arabistonida (550-600ming), Qirg‘izistonda (550-600 ming), 
Qozog‘istonda (320-330 ming), Turkmanistonda (320-330 ming), Rossiyada (123 
ming) o‘zbek yashaydi. Shuningdek Turkiya, AQSH, Germaniya, Avstraliya va 
boshqa joylarda ham o‘zbeklar istiqomat qilishadi. 
O‘zbek milliy tiliga uchta lahja (qarluq, qipchoq, o‘g‘uz) asos bo‘lgan. 1. Qarluq 
lahjasi, asosan shahar shevalarini o‘z ichiga oladi. Bu shevalarning muhim fonetik, 
morfologik, leksik belgilari quyidagilar: 1) bilay – bilak, teray – terak; 2) oka – aka, 
kotta – katta; 3) kevotti – kelutti, kelopti – kelyapti; 4) oshshi – oshni, bizzi – bizni; 
5) narvon, go‘sht, do‘st, baland. 2. Qipchoq lahjasida so‘zlashuvchilar 
O‘zbekistonning hamma viloyat, shahar va qishloqlarida bor. Bu shevalarning 
muhim fonetik, morfologik, leksik belgilari quyidagilar: 1) djo‘l – yo‘l, djo‘q – yo‘q, 
djur – yur; 2) tov – tog‘, sov – sog‘; 3) sari... – sariq, kichi... – kichik; 4) o‘qivotir – 
o‘qiyotir; 5) checha (kelinoyi), enmoq (sekin tushmoq), adaq (tugash), bo‘sag‘a 
(ostona), quvshirmoq (zichlamoq). 3. O‘g‘uz lahjasida so‘zlashuvchilar 
Ilmiybaza.uz “to‘g‘ri”, “insofli”, “saxiy”, “odamoxun”, “diltortar” kabi ma’nolarni bildiradi. Mazkur atama aslida V asrda xalq nomiga aylangan (O‘rxun-Enasoy bitiklarida bor), lekin sho‘ro davriga oid manbalarda XIV asrda xalq nomiga aylangan deb ko‘rsatilgan. Qul Alining “Qissasi Yusuf” (1239), Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” (1309-1310), “Tafsir” (XIII asr), “O‘g‘uznoma”, Qutbning “Xusrav va Shirin”, Sayfi Saroiyning “Gulistoni bit turkiy”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarlari eski o‘zbek tilida yaratilgan dastlabki namunalar hisoblanadi. Mazkur tilning takomillashuvida Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy singari yuzlab so‘z ustalarining xizmatlari kattadir. XV asrga kelib Alisher Navoiy bu tilni yanada mukammallashtirdi, go‘zal nazmiy va nasriy asarlar yaratdi. Bobur, Xoja, Majlisiy kabi shoirlar ham mazkur tilning taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. XVII asrga kelib (ba’zi adabiyotlarda “yangi o‘zbek adabiy tili” deb nomlanadi) Turdi Farog‘iy, Mashrab, Furqat, Muqimiylar ham eski o‘zbek tilining rivojlanishida samarali mehnat qilishdi. O‘zbek tili shu nom bilan ataluvchi xalqining milliy tilidir. Respublikamizda 27 mln. o‘zbek bor. Afg‘onistonda (4 mln.ga yaqin), Xitoy Sharqiy Turkistonida (13,7 ming), Saudiya Arabistonida (550-600ming), Qirg‘izistonda (550-600 ming), Qozog‘istonda (320-330 ming), Turkmanistonda (320-330 ming), Rossiyada (123 ming) o‘zbek yashaydi. Shuningdek Turkiya, AQSH, Germaniya, Avstraliya va boshqa joylarda ham o‘zbeklar istiqomat qilishadi. O‘zbek milliy tiliga uchta lahja (qarluq, qipchoq, o‘g‘uz) asos bo‘lgan. 1. Qarluq lahjasi, asosan shahar shevalarini o‘z ichiga oladi. Bu shevalarning muhim fonetik, morfologik, leksik belgilari quyidagilar: 1) bilay – bilak, teray – terak; 2) oka – aka, kotta – katta; 3) kevotti – kelutti, kelopti – kelyapti; 4) oshshi – oshni, bizzi – bizni; 5) narvon, go‘sht, do‘st, baland. 2. Qipchoq lahjasida so‘zlashuvchilar O‘zbekistonning hamma viloyat, shahar va qishloqlarida bor. Bu shevalarning muhim fonetik, morfologik, leksik belgilari quyidagilar: 1) djo‘l – yo‘l, djo‘q – yo‘q, djur – yur; 2) tov – tog‘, sov – sog‘; 3) sari... – sariq, kichi... – kichik; 4) o‘qivotir – o‘qiyotir; 5) checha (kelinoyi), enmoq (sekin tushmoq), adaq (tugash), bo‘sag‘a (ostona), quvshirmoq (zichlamoq). 3. O‘g‘uz lahjasida so‘zlashuvchilar
Ilmiybaza.uz 
 
Turkmaniston, Janubiy Qozog‘iston, Janubiy Xorazm va boshqa viloyatlarda bor. 
Bu shevalarning muhim fonetik, morfologik, leksik belgilari quyidagilar: 1) a:d – ot 
(ism), at – ot (hayvon); 2) dil – til, dog‘ – tog‘, dush – tush; 3) atima – otimga, 
Hazorasping – Hazoraspning; 4) galajak – kelajak, galayotir – kelayotir, getti – 
ketdi; 5) manglay – peshana, chikan – dugona, doyi – tog‘a. Hozirgi o‘zbek adabiy 
tiliga qarluq lahjasi asos qilib olingan. Dialektolog olimlar (V.V.Reshetov, 
Sh.Shoabdu- rahmonov) o‘zbek tilini hududiy jihatdan uchta guruh shevalarga 
ajratishadi: 1. Janubi-sharqiy guruh – bunga ko‘pchilik o‘zbek shahar shevalari 
kiradi. 2. Janubi-g‘arbiy guruh – bunga o‘g‘uz shevalari (masalan, Xorazm shevasi, 
Janubiy Qozog‘iston va Turkmanistonda yashovchi o‘zbek-o‘g‘uz lahjalari) kiradi. 
3. Shimoli-g‘arbiy guruh – bunga qipchoq shevalari kiradi (O‘zME, 10-jild, 432-
bet). 
Tayanch so‘z va iboralar: o‘zbek millati, qarluq lahjasi, qipchoq lahjasi, 
o‘g‘uz lahjasi, fonetik jihat, morfologik jihat, turkiy adabiy til, eski o‘zbek adabiy 
tili, hozirgi o‘zbek adabiy tili. 
Lug‘at 
Milliy–национальный, lahja, sheva–диалект; so‘zlashmoq–разговаривать, 
viloyat–область, shahar–город, qishloq–деревня, guruh–группа, belgi–
признак, hozirgi–современный, hudud–территория, janubi-sharqiy–юго-
восточный, janubi-g‘arbiy-юго-западный, shimoli-g‘arbiy–северо-западный.  
 Ona tilimga 
Ming yillarkim, bulbul kalomi 
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha. 
Ammo sho‘rlik to‘tining holi 
O‘zgalarga taqlid hamisha. 
Ona tilim, sen borsan, shaksiz 
Bulbul tilin she’rga solaman. 
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, 
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman. 
          (Abdulla Oripov) 
Ilmiybaza.uz Turkmaniston, Janubiy Qozog‘iston, Janubiy Xorazm va boshqa viloyatlarda bor. Bu shevalarning muhim fonetik, morfologik, leksik belgilari quyidagilar: 1) a:d – ot (ism), at – ot (hayvon); 2) dil – til, dog‘ – tog‘, dush – tush; 3) atima – otimga, Hazorasping – Hazoraspning; 4) galajak – kelajak, galayotir – kelayotir, getti – ketdi; 5) manglay – peshana, chikan – dugona, doyi – tog‘a. Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga qarluq lahjasi asos qilib olingan. Dialektolog olimlar (V.V.Reshetov, Sh.Shoabdu- rahmonov) o‘zbek tilini hududiy jihatdan uchta guruh shevalarga ajratishadi: 1. Janubi-sharqiy guruh – bunga ko‘pchilik o‘zbek shahar shevalari kiradi. 2. Janubi-g‘arbiy guruh – bunga o‘g‘uz shevalari (masalan, Xorazm shevasi, Janubiy Qozog‘iston va Turkmanistonda yashovchi o‘zbek-o‘g‘uz lahjalari) kiradi. 3. Shimoli-g‘arbiy guruh – bunga qipchoq shevalari kiradi (O‘zME, 10-jild, 432- bet). Tayanch so‘z va iboralar: o‘zbek millati, qarluq lahjasi, qipchoq lahjasi, o‘g‘uz lahjasi, fonetik jihat, morfologik jihat, turkiy adabiy til, eski o‘zbek adabiy tili, hozirgi o‘zbek adabiy tili. Lug‘at Milliy–национальный, lahja, sheva–диалект; so‘zlashmoq–разговаривать, viloyat–область, shahar–город, qishloq–деревня, guruh–группа, belgi– признак, hozirgi–современный, hudud–территория, janubi-sharqiy–юго- восточный, janubi-g‘arbiy-юго-западный, shimoli-g‘arbiy–северо-западный. Ona tilimga Ming yillarkim, bulbul kalomi O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho‘rlik to‘tining holi O‘zgalarga taqlid hamisha. Ona tilim, sen borsan, shaksiz Bulbul tilin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman. (Abdulla Oripov)
Ilmiybaza.uz 
 
 
Topshiriq variantlari: 
1. Matnni yozing va mazmunini so‘zlab bering. 
2. Matnni og‘zaki va yozma tarjima qiling. 
3. She’rni yod oling. 
4. Til haqidagi qonunni o‘rganing. 
 
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 
2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida 
yashovchi millat va ellatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy 
huquqlariga monelik qilmaydi. 
3-modda. O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili 
sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan 
belgilab beriladi.  
Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, 
shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonuni hujjatlari bilan belgilanadi. 
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va 
ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi. 
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga 
egadirlar. 
4-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘iganish uchun barcha 
fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va ellatlarning 
tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni 
rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. 
Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi. 
5-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, 
milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa ularning tillarida faoliyat 
ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini tashkil etish ta‘minlanadi. 
Ilmiybaza.uz Topshiriq variantlari: 1. Matnni yozing va mazmunini so‘zlab bering. 2. Matnni og‘zaki va yozma tarjima qiling. 3. She’rni yod oling. 4. Til haqidagi qonunni o‘rganing. 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va ellatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. 3-modda. O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi. Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonuni hujjatlari bilan belgilanadi. Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘iganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va ellatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini tashkil etish ta‘minlanadi.
Ilmiybaza.uz 
 
6-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini 
erkin tanlash huquqi beriladi. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida, shuningdek, 
boshqa tillarda ham umumiy, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi. 
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining 
amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. 
Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu 
jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy, texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy 
atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. 
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy 
Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tilidagi nutqqa joriy etiladi. 
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. 
Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi. 
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul 
qilinadi va e’lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda 
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida 
hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. 
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida 
yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi. 
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek, 
qatnashchilarning o‘zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi. 
10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish 
yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, 
ishlovchilarning ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir 
qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin. 
11-modda. Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik 
aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan 
shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida 
ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi. 
Ilmiybaza.uz 6-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda ham umumiy, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi. 7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy, texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tilidagi nutqqa joriy etiladi. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. 9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek, qatnashchilarning o‘zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi. 10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin. 11-modda. Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Ilmiybaza.uz 
 
12-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga 
oshiriladi. Fuqarolarning talabiga ko‘ra rasmiylashtirilgan hujjat matni davlat 
notariusi yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki sharoit 
talab qilgan taqdirda, boshqa maqbul tilda beriladi. 
13-modda. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini 
va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, 
zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin. 
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat 
tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar 
bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta’minlanadi. 
15-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o‘z millatidan 
qat’iy nazar, o‘z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq 
yozish huquqiga egadirlar. 
16-modda. Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, 
boshqa tillarda olib boriladi. 
17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda 
esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi. 
18-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning 
xohishiga ko‘ra, boshqa tilda amalga oshiriladi. 
19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, 
tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar, qo‘shma 
korxonalarning, shuningdek, milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining 
muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari matnlarning tarjimasi davlat tilida takrorlanadi. 
20-modda. Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda 
og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda 
boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin. 
21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va 
boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi. 
Ilmiybaza.uz 12-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga ko‘ra rasmiylashtirilgan hujjat matni davlat notariusi yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki sharoit talab qilgan taqdirda, boshqa maqbul tilda beriladi. 13-modda. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin. 14-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta’minlanadi. 15-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o‘z millatidan qat’iy nazar, o‘z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar. 16-modda. Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi. 17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi. 18-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko‘ra, boshqa tilda amalga oshiriladi. 19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar, qo‘shma korxonalarning, shuningdek, milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari matnlarning tarjimasi davlat tilida takrorlanadi. 20-modda. Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin. 21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi.
Ilmiybaza.uz 
 
22-modda. 
Respublikaning 
ma’muriy-hududiy 
birliklari, 
maydonlari, 
ko‘chalari va jug‘rofiy ob’yektlarining nomlari davlat tilida aks ettiriladi. 
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar 
shartnomaning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tilida va 
ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi. 
24-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga 
mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi.  
Fuqarolarning o‘zaro muomola, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash 
huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq 
javobgar bo‘ladilar.  
Yuqoridagi qonun moddalarini ifodali o‘qitish. Ko‘zlangan maqsad: “Davlat 
tili haqida” gi qonun moddalarini o‘rgatish, davlat tilini o‘rganish zaruriyatini his 
qildirish.  
 
 1-topshiriq: Quyidagi savollarga javob bering: 
- «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan? 
- «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun nechta moddadan iborat? 
- Qonunning 9-moddasida nimalar haqida fikr yuritiladi? 
- Qonunning 10-moddasi nimalar haqida? 
- Davlat tili yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash 
taqiqlangani qaysi moddada o‘z ifodasini topgan?  
 
GRAMMATIKA: O‘ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 1995-yil 24 avgustda 
“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi. 
U 82 banddan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlardan iborat. 
 1. Harflar imlosi: 
a) unlilar imlosi; b) undoshlar imlosi 
2. Asos va qo‘shimchalar imlosi. 
Ilmiybaza.uz 22-modda. Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari va jug‘rofiy ob’yektlarining nomlari davlat tilida aks ettiriladi. 23-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi. 24-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zaro muomola, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Yuqoridagi qonun moddalarini ifodali o‘qitish. Ko‘zlangan maqsad: “Davlat tili haqida” gi qonun moddalarini o‘rgatish, davlat tilini o‘rganish zaruriyatini his qildirish. 1-topshiriq: Quyidagi savollarga javob bering: - «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan? - «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun nechta moddadan iborat? - Qonunning 9-moddasida nimalar haqida fikr yuritiladi? - Qonunning 10-moddasi nimalar haqida? - Davlat tili yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlangani qaysi moddada o‘z ifodasini topgan? GRAMMATIKA: O‘ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 1995-yil 24 avgustda “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlardan iborat. 1. Harflar imlosi: a) unlilar imlosi; b) undoshlar imlosi 2. Asos va qo‘shimchalar imlosi.
Ilmiybaza.uz 
 
3. Qo‘shib yozish. 
4. Ajratib yozish. 
5. Chiziqcha bilan yozish. 
6. Bosh harflar imlosi. 
7. Ko‘chirish qoidalari.  
 
Ayrim unlilar imlosi. 
a-i: mu-o-ma-la, mu-no-za-ra 
a-o: sa-vol, na-hor, sha-mol 
o-a: o-pe-rat-si-ya, o-mo-nim 
o-i: trak-tor, ge-ne-ra-tor, di-rek-tor. 
e-i: telefon, teatr, okean, material 
a,i,u, harflari so‘z o‘rtasida, a so‘z oxirida qo‘shaloq kelishi mumkin: manfaat, 
murojaat, taassurot, tabiiy, shuur, inshoot, mudofaa, mutolaa. 
   
Ayrim undoshlar imlosi. 
q-x: maqsad, taqsimot, oqsil, maqtov  
b-p: kitob, arbob, rubob, janob. 
d-t: doklad, sklad, daromad, dard. 
v-f: avtobus, avtomat. 
f-p: safar, harf, farq. 
z-s: izsiz, yuzko‘rmas, yozsin.  
n-m: manba, tanbur, shanba, gulchanbar, mushk-anbar. 
   
Qo‘shib yozish. Quyidagi so‘zlar qo‘shib yoziladi: 
1. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, umum, rang, mijoz, sifat, talab, kam, 
baxsh, obod kabi qismlar –(a)r, -mas qo‘shimchalari yordamida yasalgan so‘zlar, 
takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan so‘zlar(oshxona, 
Ilmiybaza.uz 3. Qo‘shib yozish. 4. Ajratib yozish. 5. Chiziqcha bilan yozish. 6. Bosh harflar imlosi. 7. Ko‘chirish qoidalari. Ayrim unlilar imlosi. a-i: mu-o-ma-la, mu-no-za-ra a-o: sa-vol, na-hor, sha-mol o-a: o-pe-rat-si-ya, o-mo-nim o-i: trak-tor, ge-ne-ra-tor, di-rek-tor. e-i: telefon, teatr, okean, material a,i,u, harflari so‘z o‘rtasida, a so‘z oxirida qo‘shaloq kelishi mumkin: manfaat, murojaat, taassurot, tabiiy, shuur, inshoot, mudofaa, mutolaa. Ayrim undoshlar imlosi. q-x: maqsad, taqsimot, oqsil, maqtov b-p: kitob, arbob, rubob, janob. d-t: doklad, sklad, daromad, dard. v-f: avtobus, avtomat. f-p: safar, harf, farq. z-s: izsiz, yuzko‘rmas, yozsin. n-m: manba, tanbur, shanba, gulchanbar, mushk-anbar. Qo‘shib yozish. Quyidagi so‘zlar qo‘shib yoziladi: 1. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, umum, rang, mijoz, sifat, talab, kam, baxsh, obod kabi qismlar –(a)r, -mas qo‘shimchalari yordamida yasalgan so‘zlar, takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan so‘zlar(oshxona,
Ilmiybaza.uz 
 
taklifnoma, bedapoya, senbop, hamsuhbat, umuminsoniy, jigarrang, sovuqmijoz, 
maymunsifat, haqtalab, huzurbaxsh, xushfe'l, Yunusobod, ertapishar, otboqar, 
ishyoqmas, pirpirak, hayhayla)  
2. Ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan so‘zlar: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, 
oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z, olaqarg‘a, qizilishton, 
achchiqtosh, tog‘olcha, mingoyoq, kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, 
molqo‘ra, nosqovoq, ko‘zoynak, cho‘lyapiz, suvilon, qashqargul, marosim nomlari 
(kiyuvdi, kelintushdi, qoryog‘di), Urto‘qmoq, Ochildasturxon, mingboshi, 
so‘zboshi, olmaqoqi, Yangiyo‘l, To‘rtko‘l. 
3. Rus tilidan aynan o‘zlashtirgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan 
hosil qilingan qo‘shma so‘zlar: fotoapparat, kinoteatr, radiostansiya, elektrotexnika, 
teleko‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti.  
4. Qisqartma so‘zarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar: 
SamDU, O‘zMUning  
5. yetakchi fe'l –a yoki –y bilan tugagan yoxud ko‘makchi fe'li –b bilan 
boshlagan ko‘makchi fe'lli so‘z qo‘shilmalari tarkibidagi yetakchi va ko‘makchi 
fe'llar qo‘shib yoziladi: ayta olmoq-aytolmoq, o‘qiy oldi – o‘qiyoldi, yoza beramiz-
yozaveramiz, keta ber-ketaver.  
Chiziqcha bilan yozish. 
1. Juft va takroriy so‘z qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi: el-yurt, mehr-
shafqat, uch-to‘rt, aldab-suldab, ikir-chikir, adi-badi, kiyim-kechak, o‘ylab-
netib. Juft yoki takror so‘zlar orasida yuklamalar bog‘lovchi vazifasini bajarib 
kelsa, yuklamadan oldin chiziqcha qo‘yib yoziladi: do‘st-u dushman, kecha-
yu kunduz  
2. Bir xil shaklda kelgan yetakchi va ko‘makchi fe'llar, belgini kuchaytiruvchi 
sifat shakllari, -ma, -ba bilan bog‘langan so‘z qismlari, rus tilidan o‘tgan yoki 
so‘zma-so‘z tarjima qilingan juft so‘zlar orasiga chiziqcha qo‘yib yoziladi: 
yozdi-oldi, borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman, dum-dumaloq, kuppa-
kunduzi, ko‘chama-ko‘cha, rang-barang, dam-badam, bab-baravar, uyma-uy, 
unter-ofitser, kilovatt-soat. 
Ilmiybaza.uz taklifnoma, bedapoya, senbop, hamsuhbat, umuminsoniy, jigarrang, sovuqmijoz, maymunsifat, haqtalab, huzurbaxsh, xushfe'l, Yunusobod, ertapishar, otboqar, ishyoqmas, pirpirak, hayhayla) 2. Ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan so‘zlar: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z, olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, tog‘olcha, mingoyoq, kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqo‘ra, nosqovoq, ko‘zoynak, cho‘lyapiz, suvilon, qashqargul, marosim nomlari (kiyuvdi, kelintushdi, qoryog‘di), Urto‘qmoq, Ochildasturxon, mingboshi, so‘zboshi, olmaqoqi, Yangiyo‘l, To‘rtko‘l. 3. Rus tilidan aynan o‘zlashtirgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan hosil qilingan qo‘shma so‘zlar: fotoapparat, kinoteatr, radiostansiya, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti. 4. Qisqartma so‘zarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar: SamDU, O‘zMUning 5. yetakchi fe'l –a yoki –y bilan tugagan yoxud ko‘makchi fe'li –b bilan boshlagan ko‘makchi fe'lli so‘z qo‘shilmalari tarkibidagi yetakchi va ko‘makchi fe'llar qo‘shib yoziladi: ayta olmoq-aytolmoq, o‘qiy oldi – o‘qiyoldi, yoza beramiz- yozaveramiz, keta ber-ketaver. Chiziqcha bilan yozish. 1. Juft va takroriy so‘z qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi: el-yurt, mehr- shafqat, uch-to‘rt, aldab-suldab, ikir-chikir, adi-badi, kiyim-kechak, o‘ylab- netib. Juft yoki takror so‘zlar orasida yuklamalar bog‘lovchi vazifasini bajarib kelsa, yuklamadan oldin chiziqcha qo‘yib yoziladi: do‘st-u dushman, kecha- yu kunduz 2. Bir xil shaklda kelgan yetakchi va ko‘makchi fe'llar, belgini kuchaytiruvchi sifat shakllari, -ma, -ba bilan bog‘langan so‘z qismlari, rus tilidan o‘tgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilingan juft so‘zlar orasiga chiziqcha qo‘yib yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman, dum-dumaloq, kuppa- kunduzi, ko‘chama-ko‘cha, rang-barang, dam-badam, bab-baravar, uyma-uy, unter-ofitser, kilovatt-soat.
Ilmiybaza.uz 
 
3. Qo‘shimcha ko‘rinishidagi –chi, -a(ya), -ku, -u(yu), -da, -e, -ey yuklamalari, 
bilan, uchun ko‘makchilarining qisqargan -la, -chun shakllari chiziqcha bilan 
ajratib yoziladi: sen-chi, men-a, keldi-ku, bola-ya, yashang-e, qo‘llarim-la, 
Vatan-chun. 
4. –nchi(-inchi) qo‘shimchasi o‘rnida chiziqcha qo‘yiladi: 7-sinf, 60-yillar, 
1991-yil, 1-sentabr. 
    
Ajratib yozish. 
1. Qo‘shma fe'l, ko‘makchi fe'lli, to‘liqsiz fe'lli qo‘shilmalar qismlari, 
ko‘makchilar ajratib yoziladi: sarf qil, aytib ber, ketgan edi. 
2. Hamma, har, hyech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari o‘zidan oldingi yoki 
keyingi so‘zlardan ajratib yoziladi: hamma vaqt, har kim, hyech qaysi, qay 
kuni, u yerda, shu yoqdan, o‘sha yoqqa. Lekin birpas, birato‘la, birmuncha, 
birvarakayiga, buyon kabi so‘zlar qo‘shib yoziladi. 
3. Sifatlardan oldin keladigan to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so‘zlar ajratib 
yoziladi: to‘q qizil, jiqqa ho‘l, g‘irt yolg‘onchi.  
4. Murakkab (qo‘shma) son qismlari ajratib yoziladi: besh, oltmish uch. 
5. Yildan yilga, tomdan tomga, ko‘pdan ko‘p, tekindan tekin, yangidan 
yangi, kundan kun kabi birinchi qismi jo‘nalish yoki chiqish kelishigi 
qo‘shimchalari bilan bog‘langan so‘zlar.  
6. Izofali birikmalar, ya'ni I bilan bog‘langan so‘zlar ajratib yoziladi: dardi 
bedavo, nuqtai nazar. Qismlari o‘zbek tilida mustaqil ma'no bildirmaydigan 
so‘zlar qo‘shib yoziladi: gulbeor(gulibeor), dardisar.  
    
Bosh harflar imlosi 
1. Kishining ismi-familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli otlar, joy nomlari, 
astronomik atoqli otlar, korxona, tashkilot, muassasa nomlari, davlatlarning, 
davlat tashkilotlarining nomlari, davlat oliy mukofotlari nomlari tarkibidagi 
Ilmiybaza.uz 3. Qo‘shimcha ko‘rinishidagi –chi, -a(ya), -ku, -u(yu), -da, -e, -ey yuklamalari, bilan, uchun ko‘makchilarining qisqargan -la, -chun shakllari chiziqcha bilan ajratib yoziladi: sen-chi, men-a, keldi-ku, bola-ya, yashang-e, qo‘llarim-la, Vatan-chun. 4. –nchi(-inchi) qo‘shimchasi o‘rnida chiziqcha qo‘yiladi: 7-sinf, 60-yillar, 1991-yil, 1-sentabr. Ajratib yozish. 1. Qo‘shma fe'l, ko‘makchi fe'lli, to‘liqsiz fe'lli qo‘shilmalar qismlari, ko‘makchilar ajratib yoziladi: sarf qil, aytib ber, ketgan edi. 2. Hamma, har, hyech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari o‘zidan oldingi yoki keyingi so‘zlardan ajratib yoziladi: hamma vaqt, har kim, hyech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, o‘sha yoqqa. Lekin birpas, birato‘la, birmuncha, birvarakayiga, buyon kabi so‘zlar qo‘shib yoziladi. 3. Sifatlardan oldin keladigan to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so‘zlar ajratib yoziladi: to‘q qizil, jiqqa ho‘l, g‘irt yolg‘onchi. 4. Murakkab (qo‘shma) son qismlari ajratib yoziladi: besh, oltmish uch. 5. Yildan yilga, tomdan tomga, ko‘pdan ko‘p, tekindan tekin, yangidan yangi, kundan kun kabi birinchi qismi jo‘nalish yoki chiqish kelishigi qo‘shimchalari bilan bog‘langan so‘zlar. 6. Izofali birikmalar, ya'ni I bilan bog‘langan so‘zlar ajratib yoziladi: dardi bedavo, nuqtai nazar. Qismlari o‘zbek tilida mustaqil ma'no bildirmaydigan so‘zlar qo‘shib yoziladi: gulbeor(gulibeor), dardisar. Bosh harflar imlosi 1. Kishining ismi-familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli otlar, joy nomlari, astronomik atoqli otlar, korxona, tashkilot, muassasa nomlari, davlatlarning, davlat tashkilotlarining nomlari, davlat oliy mukofotlari nomlari tarkibidagi