O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XORIJIY FILOLOGIYA
FAKULTETI RUS TILI O`ZGA TILLI GURUHLARDA YO`NALISHI
MUSTAQIL ISH
FAN NOMI:O`ZBEK TILINING SOHADA
QO`LLANILISHI
Ташкент – 2023
Tilshunoslikning zamonaviy sohalari
Reaja:
1. Tilshunoslik yoki Lingvistika o`zi nima
2. Tilshunoslikning turlari
3. Logistikani ohada qo`llanilishi
Tilshunoslik o`zi nima?
Tilshunoslik yoki Lingvistika tillarni oʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning
amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi
(grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi. Grammatika —
morfologiya (soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis (soʻzlarning iboralarga va
gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida
oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda
oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy
tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish kiradi. Tilshunoslik,
„Lingvistika“ — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi,
muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi
fandir. Maqsadi va vazifasiga koʻra, tilshunoslikning bir nechta yoʻnalishlari
(sohalari) bor: umumiy tilshunoslik — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida
oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgi-xususiyatlarni
aniqlash va yoritish boʻlgan soha; xususiy tilshunoslik— ayrim bir til belgi-
xususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy tilshunoslik — tildan foydalanish bilan
aloqador
amaliy
masalalarni
(eksperimental
fonetika,
leksikografiya,
lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini
ishlab chiquvchi yoʻnalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, qiyosiy-
tarixiy tilshunoslik va boshqa paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika,
sotsiolingvistika kabi sohalar soʻzlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan
aloqador til xususiyatlarini oʻrganadi.
Mazkur yoʻnalishlardan tashqari tilshunoslikning har bir tildagi muayyan
sathlar va birliklarni oʻrganuvchi koʻplab tarmoq va boʻlimlari bor: semasiologiya
til birliklari maʼnolarini oʻrganadi; fonetika va fonologiya tilning tovush qurilishini
tekshiradi; leksikologiya va frazeologiya tilning lugʻaviy materialini tadqiq etadi.
Soʻz yasalishining tadqiqot obyekti soʻzlarning yasalish usullari va ushbu
usullarning mahsuldorligi boʻlsa, grammatika (morfologiya va sintaksis) soʻz
oʻzgarishlarini va soʻzlarning gaplar va soʻz birikmalari sifatida birikishi
qonuniyatlarini oʻrganadi. Tilshunoslikning har bir boʻlimida yanada kichikroq
(maydaroq) maxsus boʻlimchalar boʻlishi mumkin. Masalan, leksikologiya
doirasida onomastika boʻlimchasi boʻlib, u oʻz navbatida antroponimika,
toponimika va boshqalarga boʻlinadi. Muayyan tilning hududiy farqlanishi
(differensiatsiyasi)ni dialektologiya oʻrganadi. Mazkur boʻlimlarning har birida
tilning hozirgi ahvoli va uning tarixiy taraqqiyoti tadqiq etiladi (qarang Diaxroniya,
Sinxroniya). Jahon tillari, ularning oilalari va guruhlarini oʻrganuvchi tilshunoslik
tarmoqlari:
arabistika
(arabshunoslik),
germanshunoslik,
turkiyshunoslik,
slavyanshunoslik, finugorshunoslik va boshqa Tillarning oʻzaro taʼsirlashuvi,
yordamchi xalqaro tillarni yaratish nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, bir tildan
ikkinchi tilga tarjima qilish muammolarini interlingvistika va tarjima nazariyasi
oʻrganadi.
Tilshunoslik fan sifatida ona tili va xorijiy tillarni oʻrganishda,
terminologiyani ishlab chiqish va takomillashtirishda, lisoniy matnlarni ilmiy
sharhlashda, mashina tarjimasida muhim ahamiyatga ega; mavjud va xayoliy
narsalar (moddiylik va gʻoyaviylik)ning oʻzaro aloqadorligi muammolarini hal
qilish, ijtimoiy ongni va ijtimoiy mavjudot boʻlmish insonning oʻzini toʻgʻri
tushunish uchun nazariy xulosalar chiqarishga imkon berdi. Til va tafakkurning,
lisoniy va mantiqiy birlik (kattalik)larning oʻzaro aloqasi muammosi Tilshunoslik
va falsafa tomonidan baravar, bir vaqtning oʻzida oʻrganiladi. Asosiy lingvistik
metodlar sifatida tavsifiy (qiyosiy, konfrontativ, kontrastiv, tipologik), tarixiy
(qiyosiy-tarixiy, komparativ) va normativstilistik (meʼyoriyuslubiy) metodlarni
koʻrsatish mumkin. Tilshunoshlikda yana maxsus tadqiqot usullari — lisoniy
hodisalarni kuzatish, lisoniy eksperiment, lingvistik modellashtirish, lingvistik
talqin usullari ham mavjud. Tilshunoslik falsafa va filologiya fanlari tutashgan
chegarada paydo boʻlgan.
Tilshunoslik muammolarini oʻrganish dastlab Qadimgi Hindistondan
boshlangan. Qadimgi Hind tilshunosligi mil. avv. 6-asrdan oldin yaratilgan
vedalarni til nuqtai nazaridan sharxlash natijasida vujudga keladi va mil. avv. 5 —
4-asrlarda yashagan Paninining grammatikasi tufayli yuksaklikka koʻtarildi. Bu asar
nazmda yozilgan 3996 ta qoidadan iborat boʻlib, unda sanskrit fonetikasi va
grammatikasi tavsif etilgan. Yunonistonda til mantiqqa bogʻliq holda, shuningdek,
uning grammatik qurilishi nuqtai nazaridan oʻrganilgan (Geraklit va Demokritning
qarashlari, Platon va Aristotelning asarlari, Frakiyalik Dionisiyning „Grammatika“si
va boshqalar). Soʻzlarni turkumlarga ajratish Aristoteldan boshlangan (mil. av. 4-
asr). Qadimgi Yunon tilshunosligining kamoloti Iskandariyadagi, qisman Pergan
(Kichik Osiyo)dagi yunon tilshunoslarining faoliyati bilan bogʻliq. Iskandariya
grammatika maktabi (mil. av. 3—2-asrlar) vakillari tomonidan yunon tili
grammatikasi yozildi. Yunon tilshunosligi asosida Lotin tilshunosligi vujudga keldi
(M. T. Varron, E. Donat, Prissian va boshqalarning asarlari).
Tilshunoslikning turlari
Lingvistika termini qator Yevropa mamlakatlari: ingliz, fransuz, nemis, ispan,
rus va boshqa tillarda faol qo'llanilib, til haqidagi fanni anglatadi. Ushbu so'zning
o'zagi lingua bo'lib, til degan ma'noni beradi. Binobarin, lingvistika terminining
o'zbek tilidagi muqobili, ma'nodoshi tilshunoslik boʻlib, ular o'zaro sinonimik
munosabatga kirishadi.
Lingvistika yoki tilshunoslik fani o'ziga xos murakkab ijtimoiy hodisa boʻlgan
aloqa qurolini - tilni sistema sifatida - bir butun obyekt sifatida tadqiq va tahlil qiladi.
Ayni jarayonda u turli ko'rinishlarda, shakllarda kuzatiladi. Bu ijtimoiy xarakterga
ega bo'lgan tilning mohiyatidan, uni turli tomondan o'rganish, tekshirish
lozimligidan va bu ilmiylik nuqtayi nazaridan mutlaqo to'g'ri ekanligidan kelib
chiqadi.
Lingvistika nihoyatda qudratli ma'naviyat belgisi, millat boyligi boʻlgan tilni
o'rganish jarayonida quyidagi koʻrinishlarda namoyon bo'ladi:
1. Dinamik lingvistika.
2. Statik lingvistika.
3. Sinxron lingvistika.
4. Diaxron lingvistika.
5. Intralingvistika.
6. Ekstralingvistika.
7. Paralingvistika.
8. Psixolingvistika.
9. Sotsiolingvistika.
10. Matematik lingvistika.
11. Kompyuter lingvistikasi.
12. Kognitiv lingvistika.
13. Pragmalingvistika.
1. Dinamik lingvistika. Dinamik lingvistika, asosan, tilni real mavjudligida,
kommunikativ jarayonda turlicha vazifalarni faol bajarishda, <<taraqqiyotda>>,
o'zgarishda tadqiq qiladi.
2. Statik lingvistika. Statik lingvistika til faoliyatidagi to'liq sinxronlashgan
muayyan bir davrni (bo'lakni) ajratadi va uni tasvirlaydi. Tilshunoslikning ushbu
sohasi, dinamik lingvistikadan farqli, tildagi rivojlanish va oʻzgarish jarayonidan
mutlaqo chetlashgan, unga yaqinlashmagan holda tilning hozirgi zamonaviy davri
bilan bogʻliq ma'lum bir «qotgan qismini - holatini tekshiradi.
3. Sinxron lingvistika. Sinxron lingvistika statik va struktural lingvistika bilan
uzviy bog'liq boʻlib, tilning ma'lum bir davrdagi «qotgan»>, <<<turg'un>> holatini
tasvirlashga xizmat qiladi. 4. Diaxron lingvistika. Diaxron lingvistika dinamik va
atomistik lingvistika bilan uzviy bog'liq boʻlib, tilning taraqqiyot, til birliklarining
esa rivojlanish qonuniyatlari hamda natijalarini o'rganadi.
5. Intralingvistika (ichki lingvistika). Ichki lingvistika til birlik-larining sistem
aloqasini, munosabatini ekstralingvistik faktorlarga bog'liq bo'lmagan holda
o'rganadi. Ichki lingvistikaning tadqiqot manbai boʻlib fonologiya, leksikologiya va
grammatika hisoblanadi.
6. Ekstralingvistika (tashqi lingvistika). Tashqi lingvistika tilning taraqqiyoti
va vazifasini ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-tarixiy, etnik, jo'g'rofiy kabi faktorlar bilan
bogʻliq holda oʻrganadi. Shunga ko'ra, ushbu lingvistika tilni ijtimoiy hodisa sifatida
tekshiradi.
7. Paralingvistika. Paralingvistika bevosita nutq faoliyati bilan bog'liq boʻlib,
nutq jarayonida fikr ifodalash bilan bir vaqtda yuzaga keluvchi, so'zlashuv nutqining
doimiy hamrohi bo'lgan qo'l va yuz harakatlarini (imo-ishora, mimika), nutqning
balandligi, ekspressiv-emotsional bo'yoq kabi qator jihatlarni o'rganuvchi sohadir.
8. Psixolingvistika. Psixolingvistika psixologiya va lingvistika fanlarining
umumlashmasi (sintezi) sifatida nutq jarayonini mazmun nuqtayi nazaridan,
kommunikativ ahamiyati, nutq aktining muayyan ijtimoiy-amaliy maqsadga
yo'naltirilganligi, shunga muvofiqligi jihatidan o'rganadi. U nutqdagi fikr
ifodalashdagi shakl va mazmun birligiga alohida e'tibor beradi.
Psixolingvistika lisoniy imkoniyatlar asosida nutqiy birliklarni hosil qilish va
qabul
qilish, nutq jarayoni (fikr almashtirish-ifodalash va anglash)da ruhiy
holatlarga, bunda
sharoit (situatsiya), o'xshashlik (analogiya), farqlash (differensiatsiya),
ta'sirchanlik, so'zlovchi va tinglovchi ruhiy holati masalalariga alohida e'tibor
beradi.
9. Sotsiolingvistika. Sotsiolingvistika sotsiologiya va lingvistika fanlarining
zaruriy va mantiqiy bog'liqligidan hosil bo'lib, jamiyat va til (til va jamiyat)
munosabati masalasi bilan shug'ullanadi. U tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin qiladi.
Shu jihatdan sotsiolingvistikaning eng muhim, asosiy muammosi tilni- til tabiatini
ijtimoiy hodisa sifatida tekshirish, uning jamiyatdagi, tilshunoslik fanidagi o'rni va
ahamiyatini belgilashdir.
Sotsiolingvistika, asosan, til va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy hayot,
taraqqiyot hodisalari, faktlari o'rtasidagi bog'liqlikni, ushbu bog'liqlikning
sabablarini oʻrganadi. Anigʻi, mazkur soha jamiyatning yashash va rivojlanishida
tildagi ijtimoiy hayot, ya'ni, tashqi-ekstralingvistik faktorlarning (omillarning) ta'siri
natijasida hosil boʻlgan hodisalarni, jarayonlari, oʻzgarishlarni tahlil qilib boradi.
Demak, sotsiolingvistika ijtimoiy faktorlarning tilga qanday ta'sir qilishi, til
sistemasida (strukturasida) qanday namoyon boʻlishi, qanday shaklda aks etishi
kabilarni tadqiq qiladi.
Eslatamiz, sotsiolingvistika statistik ma'lumotlar, aholi ro'yxati va anketa
ma'lumotlari metodikasi bilan o'z faoliyatini kengaytirib boradi. 10. Matematik
lingvistika. Matematik lingvistika tilni o'rganish va tasvirlash jarayonida matematik
usullaring (masalan, statistik usul, informatsiya nazariyasi kabilaming) qo'llanish
imkoniyatlarini tekshiradi.
10. Matematik lingvistika. Matematik lingvistika tilni o'rganish va tasvirlash
jarayonida matematik usullarning (masalan, statistik usul, informatsiya nazariyasi
kabilarning) qoʻllanish imkoniyatlarini tekshiradi.
11. Kompyuter lingvistikasi. Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning bir
bo'limi bo'lib, uning asosiy maqsadi tilshunoslikka oid muammolarni kompyuter
vositasida, bevosita uning "rahbarligida" hal qilishdir. Aniqrog'i, kompyuter
lingvistikasi tillarni o'qitish (o'rganish), muayyan fanga oid bilimlarni baholash,
matnlarni tahrirlash, bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilish, statistik tadqiqotlar
olib borish kabi qator jarayonlarda faol xizmat qilmoqda.
12. Kognitiv lingvistika. Kognitiv lingvistika tilshunoslikdagi eng yangi
yo'nalishlardan biridir. Ushbu tilshunoslik kognitologiya (inson bilimini o'rganuvchi
fan) va lingvistika fanlarining o'zaro zaruriy bog'lanishidan, hamkorlikda ish olib
borish maqsadida yuzaga kelgan.
13. Pragmalingvistika. Pragmatik lingvistika struktur tilshunoslik yutuqlari,
natijalari asosida shakllangan yangi bosqichdagi fahmiy (emprik) tadqiqotlar,
izlanishlar natijasidir. U lisoniy birlikning qo'llanilish vaziyatini, nutqiy faoliyatini
sistema sifatida oladi. Shunga ko'ra muayyan birlikni nutqiy faollikda, voqelanishda,
nutqda namoyon boʻlishda turli nolisoniy omillar va turli sathlar bilan hamkorlikda,
ular bilan oʻzaro bog'liqlikda o'rganadi, tekshiradi.
Logistikani sohalarda qo`llanilishi
Keyingi yillarda dunyo tilshunosligida tilni undan foydalanuvchi shaxsning
nutqiy faoliyati, ruhiyati, ijtimoiy holati, yoshi, jinsi kabilar bilan bog`liq holda
o`rganishga, tilning inson nutqiy faoliyati jarayonida kuzatiluvchi funksional
imkoniyatlari tadqiqiga jiddiy e`tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o`tgan asrning
oxirida tilni shaxs omili bilan bog`liq holda o`rganish metodologiyasiga asoslangan
va o`ziga xos tahlil usullariga ega antroposentrik tilshunoslikning turli yo`nalishlari
ajralib
chiqdi.
Bugungi
kunda
kognitiv
tilshunoslik,
psixolingvistika,
lingvokulturologiya, etnolingvistika, neyrolingvistika kabi mazkur yo`nalishlar o`z
tadqiq obyekti, predmeti, aniq qo`yilgan maqsad, vazifalari, tahlil usullariga ega
Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli tilshunoslikda ham, psixologiya
fanida ham tekshirish obyekti hisoblanadi. Shunga asosan, bu ikki fanning sintezi
sifatida, kesishgan nuqtada psixolingvistika (lingvopsixologiya) yo‘nalishi yuzaga
keldi. U ichki nutqni tekshirish jarayoni, nutqni qabul etish, tilni egallash kabi
masalalarni o‘rganadi
Psixologik yo‘nalish bilan bog‘liq muammolar tilshunoslikka naturalistik va
logik ta’lim egalarining g‘oyalari bilan bog‘liq ravishda kirib kelgan
Tilshunoslik nafaqat individning psixologik xarakterini, balki uning nutqini
ham tadqiq etadi. Qariyb yuz yildirki, psixologiyaning turli xil aspektlarida nutq
o‘stirishning nutqiy ijodiy yondashuvdagi suhbat me’yorlari faoliyatiga aloqadorligi
alohida o‘rganilgan. Inson ma’lum miqdordagi tajriba, qoidalar yordamida
yangidan yangi jumlalarni yaratish qobiliyatiga ega
Psixolingvistika sohasidagi nazariy va amaliy xarakterdagi ayrim umumiy
hamda xususiy masalalar bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega. Birinchidan,
matnning semantik tuzilishini modellashtirish, qabul qiluvchi va matnning o'zaro
ta'sirida shakllanadigan matn tushunchasini yetarli darajada aks ettirish
muammosini hal qilish zarur. Ikkinchidan, matnning semantik tuzilishini shunday
o'rganish kerakki, ushbu tadqiqot natijalari aloqa jarayonini optimallashtirish,
semantik ma'lumotlarni mashinada qayta ishlash, chet tillarini o'qitish usullari
va tarjima faoliyatini optimallashtirish uchun pragmatik ahamiyatga
Sotsiolingvistika — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy
psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy
tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning
jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini
oʻrganuvchi ilmiy nazariy soha hisoblanadi. Ushbu muammolarning ayrimlari („til
va jamiyat“) umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning
fanlar aro maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuida namoyon boʻladi.
Oʻtgan asrning 70— 80 yillaridagi ayrim sotsiolingvistik izlanishlar bir tomonlama
— oʻsha vaqtdagi til siyosati nuqtai nazari va talablari asosida olib borilgan.
Sotsiolingvistikadagi meʼyoriylik mezoni deyilganda tilning muayyan meʼyorlar
asosida muvofiqlashtiriluvi tushuniladi. Til grammatikasiga oid qonun-qoidalarning
yaratilishi meʼyorlashtirishning muhim omillaridan hisoblanadi. Meʼyorlashtirilgan
til muayyan jamiyatning ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, muayyan qonun-qoidalar
asosida muvofiqlashtirilgan milliy-adabiy tildir. Hududiylik tilning maʼlum hudud
bilan bog‘liqligini ifoda etadi. Hududiylik millat, elatga xos urf-odat, anʼanalar,
tarixiy-etnik birlik va yagona davlat tizimining shakllanganligi bilan bog‘liq.
Millatning, hududning, tarixiy-etnik asos va taraqqiyotning boshqa-boshqaligi tillar
o‘rtasidagi farqlar uchun asos bo‘ladi. Millat va etnik asosning bir xil bo‘lishi
hududning farq qilishidan qatʼi nazar, aloqamunosabat vositasining bir xil bo‘lishini
taʼminlaydi. Masalan, o‘zbek va tojik tillarida har bir tilning o‘ziga xosligi ko‘zga
tashlanadi. Bir xil etnik asosga ega bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz tillari o‘rtasida fonetik,
leksik, grammatik farqlar bor. Adabiy til va shevalar o‘rtasida ham tilning ichki
tuzilishi bilan bog‘liq farqlar kuzatiladi. Ijtimoiy tabiati va o‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqib, tillarni quyidagicha guruhlash mumkin.
XULOSA
Lingvistika fani jamiyat taraqqiyotining, gullab-yashnashining eng muhim, eng
asosiy, tengi yo'q mezonlaridan biri til - aloqa quroli ekanligini tasdiqlash va
isbotlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u ta'lim oluvchiga ona tili
imkoniyatlarini-ayni bir fikmi, narsa-hodisani yuzlab usullar bilan ifodalash
yo'llarini yetkazish bilan unda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga, ona tilida fikrlash
va ona tili qurilishining o'ziga xosligi, boshqa tillardan tubdan farq qilishi, olamni
«o'zicha» aks ettirishni singdirish bilan milliy ong, milliy dunyoqarash, milliy
g'urur va mafkurani shakllantirishda mustahkam poydevor vazifasini o'taydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. R.Rasulov. Umumiy tilshunoslik (oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat
talabalari uchun darslik). Toshkent-2012.
2. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2022). AKADEMIK LITSEYLARNING
MUTAXASSISLIK
YO'NALISHLARIDA
ONA
TILI
DARSLARINI
O'QITISHDA
ZAMONAVIY
PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISHNING SAMARASI. Central Asian Academic Journal of Scientific
Research, 2(4), 296-300