“O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANILISHI ” FANINI O`QUV FANI SIFATIDA O`QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Yuklangan vaqt
2024-04-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
23,1 KB
“O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANILISHI ” FANINI O`QUV
FANI SIFATIDA O`QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
REJA:
1.Tilning boshqa fanlar bilan aloqasi.
2.Til va tafakkur.
3.Til va ma‟naviyat.
4.Davlat tili tushunchasi. O`zbek tili va davlat qonunlari.
Tayanch so‘zlar: ta’rifi, atama va termin, tarixiylik, atamalar
shakllanishining xalq tarixi bilan bog’liqligi, “Devonu lug’otit-turk”, sohaviylik,
tor doira, jamiyat taraqqiyoti, atamalar va dunyo tillari, boyish yo’llari,
o’zlashtirish, milliylashtirish, jadidlar, “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul
qilinadigan keyingi o’zgarishlar, dubletlar, paralellar, o’rin egallash, xalqaro
atamalar, vaqt sinovi, vaziyat, so’z valentligi va atama yasalishi, me’yor. Kasb-
hunar atamalari,gilamchilik, kashtachilik, to’qimachilik, me’morchilik leksikasi,
sohaviy me’yorlashgan atamalar, determinatsiya.
Mavzuning qisqacha bayoni
Ushbu fan talabalarni mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida
davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga oid masalalar,
Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun mohiyati; o‘zbek adabiy tili
me’yorlari, oʻzbek-lotin alifbosining imlo qoidalari, sohaviy leksika va uning
xususiyatlari, o‘zbek tilida soha terminlarining qo‘llanilishi, nutq uslublari,
sohalarda rasmiy-idoraviy ish hujjatlarining yuritilishi, ularning turlari; mutaxassis
nutqining kommunikativ sifatlari hamda ilmiy tadqiqot olib borish masalalari
bo‘yicha zaruriy bilimlar bilan qurollantiradi.
Ushbu fan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-
oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmoni hamda “O‘zbek
tilini 2020-2030-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan
vazifalarini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarning o‘zbek tilida sohalar bo‘yicha
nutqiy kompetentligini oshirish; og‘zaki va yozma nutqida mutaxassislikka
oid sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish,
talabalarda o‘zbek tilida yozma va og‘zaki ravishda aniq, toʻgʻri va ravon nutq
tuzish malakasini takomillashtirish; ularning o‘zbek tili bo‘yicha savodxonlik
darajasini oshirish, sohada nutq uslublari imkoniyatlaridan samarali
foydalanish, xususan, soha doirasida qo‘llaniladigan rasmiy-idoraviy ish
hujjatlarini toʻgʻri rasmiylashtirishga o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi talabalarni fanga doir nazariy bilimlar bilan
qurollantirish, ularda o‘zbek adabiy tili me’yorlarga mos tarzda nutq yaratish
amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish; talabalarni mamlakat ijtimoiy hayotining
barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri
foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Mustaqillik tufayli xalqimiz dunyoga yuz tutdi va jahon bizni tanidi. Biz
tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik hamda o’z
echimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga kirishdik.
Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog’liq muammolar ham
asta-sekin echimini topmoqda.“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ”ga doir
masalalarni hal qilishda tilshunos olimlarimizning mehnatlari, izlanishlari
tahsinga loyiqdir.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ” jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat
ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy
islohotlar davlat siyosatining ustivor yo’nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ” masalalari har qachongidan ham dolzarblik
kasb etmoqda.
O’zbek adabiy tili va uning normalarini ilmiy o’rganish ham “O‘zbek tilining
sohada qo‘llanilishi ” sohasi uchun nixoyatda muhimdir. “O‘zbek tilining sohada
qo‘llanilishi ” hozirgi davr tilshunoslik fanining dolzarb muammolaridan biridir.
Shuni qayd qilish kerakki, bugungi kunda “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ”
kursinining barcha o’quv yurtlarida o’rgatilishi quvonarlidir.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ” kursi lingvistik sohalarning barchasi
bilan chambarchas aloqador,u tilning turli sathlarini o‘rganuvchi fanning barcha
tarmoqlari bilan uzviy aloqadordir. Umumiy tarzda aytiladigan bo‘lsa, “O‘zbek
tilining sohada qo‘llanilishi ” soxasi adabiy til doirasida fonetikadan tortib to
uslubiyatgacha bo‘lgan barcha lingvistik sohalarni qamrab oladi. Ilmiy jihatdan
asoslangan nutqning o‘ziga xos jihatlari mavjudligi va u qaysi fan sohasida
bo‘lishidan qat’i nazar ma’lum me’yorlarga bo‘ysunishi kerakligi, boshqa
nolingvistik sohalar bilan aloqadorligini ko‘rsatuvchi omillardan sanaladi.
Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘Igan ijtimoiy
hodisalardir. Inson nutqi bo‘lmasa, til vositalari boimasa, fikrlash ham bo‘lmaydi.
Tafakkur bo‘lmasa, til, nutqning ham bo‘lishi mumkin emas. Tafakkur va til bir-
birisiz mavjud bo‘lmasa ham, ular aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur botiniy
olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosidir. Til esa
fikrni ifodalash usuli, uni qayd etisb va boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish
vositasidir. Boshqacha aytganda, til tafakkuming borliq shakli bo‘lsa, tafak kur
tilning mazmunidir. Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkuming hara-
kati, uning faoliyati natijasida yaratilgan ma’naviy boyliklarni zamon va makonda
abadiylashtiradi: ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashiga va
rivojlanishiga yordam beradi. 4- topshiriq. Tilning bilish jarayonidagi o ‘mi haqida
ijodiy bayon yozing. Yozma ishingizda quyidagi fikrlardan foydalaning:
— insonning borliqni anglash, yashash va ishlash jarayonida paydo bo‘luvchi
narsa, voqea-hodisalarni aks ettiruvchi barcha tushuncha va tasawurlari tilda o‘z
ifodasini topadi.So‘z bilan tushuncha o‘rtasidagi birlik tafakkur jarayonining
o‘ziga xos va ijtimoiy-tarixiy ong mahsulidir. Tushuncha borliqni anglash, aks
ettirishning shunday shakliki, u narsa va uning xossalari haqida ma’lumot berib,
hamma vaqt so‘zda ifodalanadi. Inson tafakkuri uning tili bilan birga takomillashib
boradi. Tafakkur faqat insonlarga xos bo‘lgan mehnat va nutq faoliyati bilan
bog‘liq holda mavjuddir. Inson tafakkuri nutq bilan bevosita bog‘langan holda
yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd qilinadi. Demak, tafakkur
jarayonining natijasi hamisha biron-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha,
hukm, xulosa tarzida faqat til vositasida namoyon bo‘ladi. Til tafakkur bilan
chambar chas bog‘liq bo‘lib, fikrni reallashtiradigan, kishilarning fikr
almashishlarini ta’minlab beruvchi quroldir.
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishi- shi uchun juda ko‘p
narsalarni bilishi kerak. U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganadi.
Eshitib, o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati
cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga
asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday
yashagan va bu- gungi moddiy-ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi.
Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining
har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko'pchilik tomonidan
rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi. Undan tashqari, til tufayli bilim avloddan-
avlodga og'zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning
ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. Til ilm olishda zamon va makon
g'ovini o'rtadan ko'taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo'lamiz va
hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib
bo‘lmaydigan narsalarni ham o'rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi
ongimizga o‘rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida
o'zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlariniham
so‘z shaklida o'zlashtiramiz va til vositasi bilan o'zgalarga tushuntiramiz. Tilni
o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u
umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib,
umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy
xossalarini o'rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat
tugldiradi. Alibek Rustamov, «So‘z xususida so‘z» kitobidan.
Oʻzbek tili tarixiga nazar
O’zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg’ur
tili bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi.O’zbek tili asosan,
O’zbekistonda
shuningdek,
Afg’oniston,
Tojikiston,
Qirg’iziston,Qozog’iston,Turkmaniston,Rossiya,
Turkiya,Saudiya
Arabistoni,
Xitoy,AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.
O’zbek tili qipchoq, o’g’uz, qarluq-chigil-uyg’ur kabi 3 ta til birligi sifatida
shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi.
Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular:
1) qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi;
2) qipchoq lahjasi;
3) o’g’uz lahjasi.
Bu lahjalar tarkibidagi ko’plab shevalar fonetik,leksik va qisman morfologik
jihatdan o’zaro farqlansa-da, ularning barchasi ham milliy O’zbek tilining, adabiy
o’zbek tilining shakllanishida muayyan darajada ishtirok etgan. O’zbek tilining
lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil lahjasi hamda uning tarkibiga kirivchi
shevalar (Toshkent, Andijon, Farg’ona,Namangan, Qo’qon, Jizzax,Samarqand,
Kattaqo’rg’on, Buxoro, Qarshi, O’sh, Marg’ilon, Jalolobod va boshqa
shaharlarning shevalari) o’zbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi.