“O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Yuklangan vaqt

2024-11-08

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

786,1 KB


 
 
 
 
 
 
“O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING 
MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
 
 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Davlat tili tushunchasi, til 
va tafakkur, til va ma’naviyat. 
 
1-savolning bayoni: 
Fanning o‘qitish maqsadi va vazifalari: Rеspublikamizda ta'limni 
takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar asosida mazmun jihatidan 
yangi o‘quv dasturlari va darsliklar yaratishga qaratilmoqda. Davlat tili 
maqomiga ega bo‘lgan o‘zbеk tilini o‘qitishni ham bugungi davr talablariga javob 
bеradigan darajaga o‘tkazish ana shunday muhim vazifadir. 
Mustaqil davlatimizda o‘zbеk tilining ijtimoiy mavqеyi tobora ortib 
borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbеk alifbosi va imlo 
qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilayotganligi 
barcha mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar, o‘zbеk tilini puxta 
egallashlarini taqozo etmoqda. Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash 
maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha 
nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni 
REJA: 
1.Tilning boshqa fanlar bilan aloqasi. 
2.Til va tafakkur. 
3.Til va ma’naviyat. 
4.Davlat tili tushunchasi. 
5.O‘zbek tili va davlat qonunlari. 
Amaliy 
mashg‘ulot 
№1 
“O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Davlat tili tushunchasi, til va tafakkur, til va ma’naviyat. 1-savolning bayoni: Fanning o‘qitish maqsadi va vazifalari: Rеspublikamizda ta'limni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar asosida mazmun jihatidan yangi o‘quv dasturlari va darsliklar yaratishga qaratilmoqda. Davlat tili maqomiga ega bo‘lgan o‘zbеk tilini o‘qitishni ham bugungi davr talablariga javob bеradigan darajaga o‘tkazish ana shunday muhim vazifadir. Mustaqil davlatimizda o‘zbеk tilining ijtimoiy mavqеyi tobora ortib borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbеk alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilayotganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar, o‘zbеk tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda. Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni REJA: 1.Tilning boshqa fanlar bilan aloqasi. 2.Til va tafakkur. 3.Til va ma’naviyat. 4.Davlat tili tushunchasi. 5.O‘zbek tili va davlat qonunlari. Amaliy mashg‘ulot №1  
 
tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Masalan, fan sohalari 
muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. 
Shuningdеk, uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida, jumladan, oliy 
o‘quv yurtlarining o‘qish boshqa tilda olib borilayotgan guruhlarda ham, milliy 
guruhlarda o‘zbеk tilining sohada qo‘llnishi borsida bilimlarni o‘rgatish yo‘lga 
qo‘yildi. 
Fanning asosiy maqsadi talabalarning o‘zbеk tilidan egallagan bilim va 
ko‘nikmalarini soha doirasida mustahkamlash va yanada kеngaytirish, tanlagan 
ixtisosliklari bo‘yicha davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqlarini 
kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbеk tilidan yuqori darajada nutqiy 
savodxonlikni ta’minlashga erishishdir. 
  Ushbu nuqtayi nazardan fan o‘qituvchi va talaba oldiga qator vazifalarni 
qo‘yadiki, bular mutaxassisning kundalik mеhnat faoliyati hamda turmushida 
zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbеk tilida mustaqil so‘zlay olishlari va 
yozishlari, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira 
bilish malakalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Fan doirasida ana shunga 
e’tibor bеrgan holda muayyan nutqiy mavzular yuzasidan zaruriy grammatik 
bilimlarni bеrish, ixtisoslik qamrovida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turlicha 
tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini o‘stirish vazifasi qo‘yilgan. 
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” kursi doirasida talabalarga o‘z 
sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib 
kelish xususiyatlarini, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – 
kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy 
ishlarini yozishga о‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ 
xususiyatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullari 
o‘rgatiladi. 
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanini o'qitishdan maqsad: 
- turli uslublarda qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarni tahlil qilish; 
-mutaxassislikka oid matn, maqola va kurs ishlarini mazmunli va xatosiz 
yozish; 
tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Shuningdеk, uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida, jumladan, oliy o‘quv yurtlarining o‘qish boshqa tilda olib borilayotgan guruhlarda ham, milliy guruhlarda o‘zbеk tilining sohada qo‘llnishi borsida bilimlarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi. Fanning asosiy maqsadi talabalarning o‘zbеk tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini soha doirasida mustahkamlash va yanada kеngaytirish, tanlagan ixtisosliklari bo‘yicha davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqlarini kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbеk tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlashga erishishdir. Ushbu nuqtayi nazardan fan o‘qituvchi va talaba oldiga qator vazifalarni qo‘yadiki, bular mutaxassisning kundalik mеhnat faoliyati hamda turmushida zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbеk tilida mustaqil so‘zlay olishlari va yozishlari, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira bilish malakalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Fan doirasida ana shunga e’tibor bеrgan holda muayyan nutqiy mavzular yuzasidan zaruriy grammatik bilimlarni bеrish, ixtisoslik qamrovida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini o‘stirish vazifasi qo‘yilgan. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” kursi doirasida talabalarga o‘z sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarini yozishga о‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ xususiyatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullari o‘rgatiladi. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanini o'qitishdan maqsad: - turli uslublarda qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarni tahlil qilish; -mutaxassislikka oid matn, maqola va kurs ishlarini mazmunli va xatosiz yozish;  
 
- matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilish; 
- mavzular bо‘yicha dastlabki ilmiy ishlar va hujjatlarni savodli 
yozish haqida malakaga ega bо‘lish; 
- ilmiy, rasmiy, sо‘zlashuv uslublariga xos nutqiy faoliyat va etiketni 
amalga oshirish; 
- nutqning tarkibiy qismlari va nutq tuzish usullaridan xabardor bо‘lish; 
-aniq va tо‘g`ri, mantiqiy va ta’sirli nutq tuza bilish; 
-nutqning kommunikativ sifatlarini tо‘g`ri qо‘llay olish; 
- taqdimot tayyorlashda nutq vositalari bо‘yicha kо‘nikmalarga ega 
bо‘lishi; 
- mutaxassisligiga oid mavzularda bog‘lanishli matn tuza olish va 
bunday matnlarni tarjima qilish; 
- ixtisoslikka oid ilmiy atamalarni to‘g‘ri o‘qish, ma’nosini izohlay bilish, 
ular ishtirokidagi gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzishni bilishi va 
amalda qo‘llay olishi; 
- o‘z ixtisosligi bo‘yicha lug‘atlardan foydalangan holda maqola, turli 
rasmiy ish hujjatlarini tayyorlay bilish; 
-Mustaqil ta‘lim mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash. 
Fan mazmuniga qo‘yiladigan malakaviy talablar: Bakalavr 
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fani bo‘yicha - bilim va malakalarini 
puxta egallash uchun har bir talaba o‘zbek tilining yozma ilmiy nutq 
shakllarini to‘liq o‘zlashtirishi, ilmiy uslubning terminlaridan to‘g‘ri 
foydalana bilishi zarur. Shunga ko‘ra, talabalar “O‘zbek tilining sohada 
qo‘llanishi” fanidan: 
- o‘zbek tili ilmiy uslubining qonuniyatlarini; 
- o‘zbek tilining gap stilistikasini; 
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; 
- annotatsiya matnining tuzilishini; 
- referatning zaruriy qismlarini; 
- matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilish; - mavzular bо‘yicha dastlabki ilmiy ishlar va hujjatlarni savodli yozish haqida malakaga ega bо‘lish; - ilmiy, rasmiy, sо‘zlashuv uslublariga xos nutqiy faoliyat va etiketni amalga oshirish; - nutqning tarkibiy qismlari va nutq tuzish usullaridan xabardor bо‘lish; -aniq va tо‘g`ri, mantiqiy va ta’sirli nutq tuza bilish; -nutqning kommunikativ sifatlarini tо‘g`ri qо‘llay olish; - taqdimot tayyorlashda nutq vositalari bо‘yicha kо‘nikmalarga ega bо‘lishi; - mutaxassisligiga oid mavzularda bog‘lanishli matn tuza olish va bunday matnlarni tarjima qilish; - ixtisoslikka oid ilmiy atamalarni to‘g‘ri o‘qish, ma’nosini izohlay bilish, ular ishtirokidagi gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzishni bilishi va amalda qo‘llay olishi; - o‘z ixtisosligi bo‘yicha lug‘atlardan foydalangan holda maqola, turli rasmiy ish hujjatlarini tayyorlay bilish; -Mustaqil ta‘lim mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash. Fan mazmuniga qo‘yiladigan malakaviy talablar: Bakalavr “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fani bo‘yicha - bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o‘zbek tilining yozma ilmiy nutq shakllarini to‘liq o‘zlashtirishi, ilmiy uslubning terminlaridan to‘g‘ri foydalana bilishi zarur. Shunga ko‘ra, talabalar “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan: - o‘zbek tili ilmiy uslubining qonuniyatlarini; - o‘zbek tilining gap stilistikasini; - ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; - annotatsiya matnining tuzilishini; - referatning zaruriy qismlarini;  
 
- ilmiy maqolaga; 
- ilmiy uslubda sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni; 
- ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; 
- kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish ko‘nikmalarini o‘quv 
faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi; 
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z 
bilim va ko‘nikmalarini qo‘llashi, u yoki bu munosabat bilan o‘z 
fikrini asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. 
- o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy 
uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi; 
- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni 
mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi; 
- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli 
foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon 
etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur. 
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining boshqa fanlar 
bilan aloqasi: O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani ijtimoiy-
gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu 
blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada. 
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani, avvalo, til fani bilan bog'liq 
bo'lib, ilmiy nutq ilmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli 
va ishonarli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ilmiy uslub tili umumiste’moldagi 
adabiy tildan ajralmagan holda ishlatiladi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonun-
qoidalariga rioya qiladi. 
Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega 
bo‘lishi mumkin. Ularning mohiyati, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy 
me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi. 
Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada 
umum bo'lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida 
ishlatilmaydigan terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning 
- ilmiy maqolaga; - ilmiy uslubda sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni; - ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish ko‘nikmalarini o‘quv faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi; - nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llashi, u yoki bu munosabat bilan o‘z fikrini asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. - o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi; - sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi; - o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi: O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani ijtimoiy- gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani, avvalo, til fani bilan bog'liq bo'lib, ilmiy nutq ilmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli va ishonarli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ilmiy uslub tili umumiste’moldagi adabiy tildan ajralmagan holda ishlatiladi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonun- qoidalariga rioya qiladi. Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Ularning mohiyati, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo'lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning  
 
maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi 
fani ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi. 
O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar: Fan bo‘yicha 
talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi, bu 
o‘rinda talaba: 
- o‘zbek tilida ilmiy uslubning qonuniyatlarini; 
- o‘zbek tilining gap stilistikasini; 
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; 
- ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; 
- o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy – 
ommabop uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana 
bilishi; 
- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni 
mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi; 
- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli 
foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon 
etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur. 
Topshiriq: 
a) Berilgan matnni o`qing va zarur qismlarini daftaringizga 
ma’lumot sifatida yozib oling. 
b) 
Fan doirasida bilim va malakalarini puxta egallash uchun har 
bir talaba qanday tajribaga ega bo‘lishi zarur? O`z mulohazangizni yozma 
bayon eting. 
 
2-savolning bayoni: 
 1. Til va tafakkur. Til va ma’naviyat: Tabiat va jamiyat mahsuli bo‘lgan inson, 
ayni paytda, ularning oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet 
shaklida, voqea va hodisa tarzida ongida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu 
jarayonda muhim vosita hisoblangan tilning ahamiyati g‘oyatda muhimdir. 
Shuning uchun ham til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib 
maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi. O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar: Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi, bu o‘rinda talaba: - o‘zbek tilida ilmiy uslubning qonuniyatlarini; - o‘zbek tilining gap stilistikasini; - ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; - ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy – ommabop uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi; - sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi; - o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur. Topshiriq: a) Berilgan matnni o`qing va zarur qismlarini daftaringizga ma’lumot sifatida yozib oling. b) Fan doirasida bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba qanday tajribaga ega bo‘lishi zarur? O`z mulohazangizni yozma bayon eting. 2-savolning bayoni: 1. Til va tafakkur. Til va ma’naviyat: Tabiat va jamiyat mahsuli bo‘lgan inson, ayni paytda, ularning oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet shaklida, voqea va hodisa tarzida ongida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda muhim vosita hisoblangan tilning ahamiyati g‘oyatda muhimdir. Shuning uchun ham til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib  
 
bo‘lmaydi. “Til bilan tafakkur bir- birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. 
Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, til ham tafakkursiz bo‘lmaydi” 
Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo‘lishi, moddiy asos sifatida xizmat 
qilishi uning amalda bo‘lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda 
fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday 
qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ - aloqa vazifasini bajarishga kirishadi. 
Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va 
hodisalar to‘g‘risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga 
ma’lum ta’sir o‘tkazish, hissiyotini qo‘zg‘atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni 
shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo‘lsak, ta’kidlaganimizdek, 
tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham 
asta- sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz. 
Mana shu o‘rinda tilning hyech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz 
amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga ham amin bo‘lamiz. “Til va tafakkurning 
birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, 
unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu 
tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi”. 
Ma’lum bo‘ladiki, til nutqning o‘ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir 
etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi 
o‘laroq kishilik jamiyati to‘plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga 
yetkazishdek ulug‘vor ijtimoiy vazifani bajaradi. 
   O‘z shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yo‘lni bosib 
o‘tadigan til asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni 
uning ichki qurilishida, amalda bo‘lish qoidalarining ma’lum bir tizimga kela 
borishida kuzatamiz. «Ichki qurilish nuqtai nazardan til ma’lum miqdordagi bir-
biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan til birliklarining yig‘indisi va ana shu 
birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir» 
Nutq tilning namoyon bo‘lishi, ro‘yobga chiqish, voqyelanish shakli bo‘lib, u 
bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir. 
2-savolning bayoni: 
bo‘lmaydi. “Til bilan tafakkur bir- birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, til ham tafakkursiz bo‘lmaydi” Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo‘lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bo‘lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ - aloqa vazifasini bajarishga kirishadi. Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o‘tkazish, hissiyotini qo‘zg‘atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo‘lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta- sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz. Mana shu o‘rinda tilning hyech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga ham amin bo‘lamiz. “Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi”. Ma’lum bo‘ladiki, til nutqning o‘ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o‘laroq kishilik jamiyati to‘plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug‘vor ijtimoiy vazifani bajaradi. O‘z shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tadigan til asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni uning ichki qurilishida, amalda bo‘lish qoidalarining ma’lum bir tizimga kela borishida kuzatamiz. «Ichki qurilish nuqtai nazardan til ma’lum miqdordagi bir- biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan til birliklarining yig‘indisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir» Nutq tilning namoyon bo‘lishi, ro‘yobga chiqish, voqyelanish shakli bo‘lib, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir. 2-savolning bayoni:  
 
1. 
Davlat tili tushunchasi. O‘zbek tili va davlat qonunlari: Til - 
millatning ma’naviy boyligidir. Til - davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, 
rivojlantirish - millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab 
qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, 
Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas 
davlat ramziga aylandi. 
Bundan 31 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 
Bu  
o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan edi. Chunki, Al Xorazmiy, 
Al Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, 
Bobur Mirzo singari buyuk siymolarni etishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib 
qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq prezidentimiz 
tomonidan o‘zbek tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilib, bu 
ish amalga oshirilgan edi. Ona tilimiz - o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktyabrda davlat 
tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, 
tarixiy voqeaga aylandi. Agar o‘shanda til to‘g‘risida qonun qabul qilinmaganda 
edi, o‘zbek tili ham tarix saxifalaridan joy olgan bo‘larmidi?!. 
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi 
xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri 
bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi 
tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro 
miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor 
go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda 
rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. 
Yaqinda butun mamlakat bo‘ylab Prezidentimiz “O‘zbek tili bayrami 
kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzolagani 
haqida xabar tarqaldi. Bu xabarni nafaqat yurtimiz, balki butun dunyodagi 50 
milliondan oshiq o‘zbeklar va ona tilimiz ixlosmandlari quvonib qarshi oldilar. 
O‘tgan yilning 21-oktyabr kuni poytaxtdagi muhtasham majlislar saroyida 
1. Davlat tili tushunchasi. O‘zbek tili va davlat qonunlari: Til - millatning ma’naviy boyligidir. Til - davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish - millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Bundan 31 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan edi. Chunki, Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo singari buyuk siymolarni etishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq prezidentimiz tomonidan o‘zbek tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilib, bu ish amalga oshirilgan edi. Ona tilimiz - o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktyabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Agar o‘shanda til to‘g‘risida qonun qabul qilinmaganda edi, o‘zbek tili ham tarix saxifalaridan joy olgan bo‘larmidi?!. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Yaqinda butun mamlakat bo‘ylab Prezidentimiz “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzolagani haqida xabar tarqaldi. Bu xabarni nafaqat yurtimiz, balki butun dunyodagi 50 milliondan oshiq o‘zbeklar va ona tilimiz ixlosmandlari quvonib qarshi oldilar. O‘tgan yilning 21-oktyabr kuni poytaxtdagi muhtasham majlislar saroyida  
 
Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich o‘zbek tili haqida yoniq 
so‘zlarini aytganida barcha tik oyoqqa turib, davomli qarsaklar bilan olqishlagan 
edi. Chunki, yangilanayotgan O‘zbekistonning rivojlanish tamoyillari belgilab 
qo‘yilgan har bir sohasi o‘z taraqqiyotida shiddat bilan davom etar ekan, ayni til 
sohasi e’tiborga muhtoj bo‘lib turgan, vaqt-soati kelib bu borada ham tub 
islohotlar amalga oshiriladi degan umid bo‘lsa ham, ayni o‘sha kuni Prezident o‘z 
xalqiga bunday xushxabarni aytishini ko‘pchilik kutmagan edi. Mamlakat rahbari 
o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini yanada oshirish, “Davlat tili 
haqida“gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish 
zarurligini ta’kidlab, bu boradagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatdi va “O‘zbek tilining 
davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” 
farmon 
qabul 
qilganini, 
unga binoan, 
21-oktyabr 
sanasi 
O‘zbekistonda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilanganini ta’kidlab o‘tdi. 
Shundan so‘ng bu boradagi ishlarning ijrosi tizimli ravishda davom etdi: 
Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi va 
uning tashabbusi bilan Atamalar komissiyasi tuzildi. Vazirlar Mahkamasining 
2020-yil 20- yanvardagi qarori bilan barcha davlat organlari, vazirliklar va ularga 
tenglashtirilgan tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, 
davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari 
bo‘yicha maslahatchi lavozimi tashkil qilindi. Shu yilning 9-mart kuni “Geografik 
ob’yektlarning nomlarini, shuningdek, jamoat joylari, ko‘chalar, binolar 
peshtoqidagi turli lavha va reklamalarning qonun hujjatlari talablariga 
muvofiqlashtirish masalalari hamda joylarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 
20-yanvardagi 34-son qarorining ijrosi haqida” bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aynan 
shu masalaga e’tibor qaratildi va davlat tilini rivojlantirish chora-tadbirlarining 
ijrosiga oid qat’iy talablar belgilandi. 
Shuncha ishlar ortidan mana, millat fidoyisi Abdulla Qodiriy 
bobomizning tavallud kunlarida “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi. Unga ko‘ra, har 
yilning 21-oktyabr kuni O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Endilikda u 
Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich o‘zbek tili haqida yoniq so‘zlarini aytganida barcha tik oyoqqa turib, davomli qarsaklar bilan olqishlagan edi. Chunki, yangilanayotgan O‘zbekistonning rivojlanish tamoyillari belgilab qo‘yilgan har bir sohasi o‘z taraqqiyotida shiddat bilan davom etar ekan, ayni til sohasi e’tiborga muhtoj bo‘lib turgan, vaqt-soati kelib bu borada ham tub islohotlar amalga oshiriladi degan umid bo‘lsa ham, ayni o‘sha kuni Prezident o‘z xalqiga bunday xushxabarni aytishini ko‘pchilik kutmagan edi. Mamlakat rahbari o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini yanada oshirish, “Davlat tili haqida“gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta’kidlab, bu boradagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatdi va “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon qabul qilganini, unga binoan, 21-oktyabr sanasi O‘zbekistonda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilanganini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng bu boradagi ishlarning ijrosi tizimli ravishda davom etdi: Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi va uning tashabbusi bilan Atamalar komissiyasi tuzildi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20- yanvardagi qarori bilan barcha davlat organlari, vazirliklar va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi tashkil qilindi. Shu yilning 9-mart kuni “Geografik ob’yektlarning nomlarini, shuningdek, jamoat joylari, ko‘chalar, binolar peshtoqidagi turli lavha va reklamalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish masalalari hamda joylarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi 34-son qarorining ijrosi haqida” bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aynan shu masalaga e’tibor qaratildi va davlat tilini rivojlantirish chora-tadbirlarining ijrosiga oid qat’iy talablar belgilandi. Shuncha ishlar ortidan mana, millat fidoyisi Abdulla Qodiriy bobomizning tavallud kunlarida “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi. Unga ko‘ra, har yilning 21-oktyabr kuni O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Endilikda u  
 
Mustaqillik bayrami kabi zalvorli, nodir va jonbaxsh, xalqning va davlatning 
qonuniy bayramiga aylandi. O‘zbekistonning barcha hududlarida uning keng 
ko‘lamda, tantanali nishonlanishi qat’iy belgilab qo‘yildi. 
Buni ona tilimizning haqqoniy tantanasi, davlatchilik an’analarimizning 
yuksak tarannumi desak arziydi. 
 
 
Yеrning 
hаr 
burchаgidа 
оdаmlаr 
gоhо 
Mеngа 
o’z 
tilimdа so’ylаr, 
gumоn 
yo’q 
O’zbеk 
ko’p 
butun 
Yer 
yuzidа, 
аmmо 
Оlаmdа boshqa 
hеch 
O’zbеkistоn 
yo’q! 
 
Mirzо Kеnjаbеk 
 
Оnа-Vаtаn shundаy tushunchаki, u 
kishi qalbidа hеch qаchоn o’zgаrmаydi. 
Vаtаngа muhаbbаt tuyg’usi оnа suti 
bilаn qоngа kirаdi. 
Insоn o’z Vаtаnidа kаmоl tоpаdi, 
Оnа – yurt tushunchаsini kеng qаmrоvli 
tаrzdа tаvsif etish 
Mustaqillik bayrami kabi zalvorli, nodir va jonbaxsh, xalqning va davlatning qonuniy bayramiga aylandi. O‘zbekistonning barcha hududlarida uning keng ko‘lamda, tantanali nishonlanishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Buni ona tilimizning haqqoniy tantanasi, davlatchilik an’analarimizning yuksak tarannumi desak arziydi. Yеrning hаr burchаgidа оdаmlаr gоhо Mеngа o’z tilimdа so’ylаr, gumоn yo’q O’zbеk ko’p butun Yer yuzidа, аmmо Оlаmdа boshqa hеch O’zbеkistоn yo’q! Mirzо Kеnjаbеk Оnа-Vаtаn shundаy tushunchаki, u kishi qalbidа hеch qаchоn o’zgаrmаydi. Vаtаngа muhаbbаt tuyg’usi оnа suti bilаn qоngа kirаdi. Insоn o’z Vаtаnidа kаmоl tоpаdi, Оnа – yurt tushunchаsini kеng qаmrоvli tаrzdа tаvsif etish  
 
qаdrlаnаdi, hаyоt mаktаbini o’tаydi, 
fаrоvоnlik vа vа bахt-sаоdаtgа erishаdi. 
Vаtаn qalbi bеg’ubоr оlаm, uni 
аsrаb 
аvаylаsh 
hаr 
birimizning 
muqaddas burchimizdir. Vаtаn! Nе-nе 
аziz insоnlаr vоyagа yеtgаn, uning 
pоrlоq istiqboli uchun jоn fidо etgаn 
zаmin. SHuning uchun qаdimdа elim 
dеb 
Vаtаnni 
e’zоzlаgаnlаr. 
Vаtаn 
tushunchаsi turli zаmоnlаrdа turlichа 
tаlqin etilgаn. Vаtаn so’zi bugungidеk 
mаg’rur jаrаnglаmаgаn. 
1991 
yil 
31 
аvgust 
kuni 
O’zbеkistоn Rеspublikаsi mustaqil dеb 
e’lоn qilindi vа biz hаr yili birinchi 
sеntabr kunini O’zbеkistоn Rеspublikаsi 
mustaqillik kuni dеb kаttа shоdiyоnа 
bilаn 
nishоnlаydigаn 
bo’ldik. 
Mustaqillik tufаyli Vаtаn dеb аtаlmish 
bu qo’hnа zаmin yanаdа chirоy оchdi, 
butun dunyоgа yuz o’girdi. Bugungi 
kundа jаhоn аhli hаm bizni tаn оlmоqdа. 
CHunki bugun O’zbеkistоn- mustaqil 
yurt! 
 
 
 
 
qаdrlаnаdi, hаyоt mаktаbini o’tаydi, fаrоvоnlik vа vа bахt-sаоdаtgа erishаdi. Vаtаn qalbi bеg’ubоr оlаm, uni аsrаb аvаylаsh hаr birimizning muqaddas burchimizdir. Vаtаn! Nе-nе аziz insоnlаr vоyagа yеtgаn, uning pоrlоq istiqboli uchun jоn fidо etgаn zаmin. SHuning uchun qаdimdа elim dеb Vаtаnni e’zоzlаgаnlаr. Vаtаn tushunchаsi turli zаmоnlаrdа turlichа tаlqin etilgаn. Vаtаn so’zi bugungidеk mаg’rur jаrаnglаmаgаn. 1991 yil 31 аvgust kuni O’zbеkistоn Rеspublikаsi mustaqil dеb e’lоn qilindi vа biz hаr yili birinchi sеntabr kunini O’zbеkistоn Rеspublikаsi mustaqillik kuni dеb kаttа shоdiyоnа bilаn nishоnlаydigаn bo’ldik. Mustaqillik tufаyli Vаtаn dеb аtаlmish bu qo’hnа zаmin yanаdа chirоy оchdi, butun dunyоgа yuz o’girdi. Bugungi kundа jаhоn аhli hаm bizni tаn оlmоqdа. CHunki bugun O’zbеkistоn- mustaqil yurt!  
 
TOPSHIRIQLAR 
 
 
 
 
1-Topshiriq: 
Berilgan “Til va tafakkur. Til va ma’naviyat. Davlat tili tushunchasi” 
mavzulari ostida o`z fikr-mulohazalaringizni og`zaki yoki yozma bayon 
eting. Yozma bayon etish davomida siz tomoningizdan yozilajak 
matnning uslubiy va imloviy jihatdan bexato bo`lishiga e’tibor qarating. 
2-Topshiriq: 
1. O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Lotin yozuviga 
asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonunlarini o`qing. 
2. “Davlat tili haqida”gi qonunning moddalari va ularning hayotga tatbiq etilishi 
bo`yicha fikrlaringizni yozma bayon eting. 
3. O`zingiz yashayotgan hudud, tahsil olayotgan o`quv yurtingizda ish yuritish 
qay holatda ekanligi to`g`risidagi fikrlaringizni yozma bayon eting. 
4. Topshiriq: Berilgan “Til va tafakkur. Til va ma’naviyat. Davlat tili 
tushunchasi” mavzulari ostida o`z fikr-mulohazalaringizni og`zaki yoki 
yozma bayon eting. Yozma bayon etish davomida siz tomoningizdan 
yozilajak matnning uslubiy va imloviy jihatdan bexato bo`lishiga e’tibor 
qarating. 
Uyga vazifa: mavzuni o‘qib-o‘rganib kelish “Davlat tili tushunchasi” 
mavzusida matn tuzib kelish. 
 
Test: 
1. Faqat bir ma'noda qo‘llanib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub 
mohiyatini ko‘rsatadi. Bu... 
A. Atamalar 
TOPSHIRIQLAR 1-Topshiriq: Berilgan “Til va tafakkur. Til va ma’naviyat. Davlat tili tushunchasi” mavzulari ostida o`z fikr-mulohazalaringizni og`zaki yoki yozma bayon eting. Yozma bayon etish davomida siz tomoningizdan yozilajak matnning uslubiy va imloviy jihatdan bexato bo`lishiga e’tibor qarating. 2-Topshiriq: 1. O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonunlarini o`qing. 2. “Davlat tili haqida”gi qonunning moddalari va ularning hayotga tatbiq etilishi bo`yicha fikrlaringizni yozma bayon eting. 3. O`zingiz yashayotgan hudud, tahsil olayotgan o`quv yurtingizda ish yuritish qay holatda ekanligi to`g`risidagi fikrlaringizni yozma bayon eting. 4. Topshiriq: Berilgan “Til va tafakkur. Til va ma’naviyat. Davlat tili tushunchasi” mavzulari ostida o`z fikr-mulohazalaringizni og`zaki yoki yozma bayon eting. Yozma bayon etish davomida siz tomoningizdan yozilajak matnning uslubiy va imloviy jihatdan bexato bo`lishiga e’tibor qarating. Uyga vazifa: mavzuni o‘qib-o‘rganib kelish “Davlat tili tushunchasi” mavzusida matn tuzib kelish. Test: 1. Faqat bir ma'noda qo‘llanib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko‘rsatadi. Bu... A. Atamalar  
 
B. Shakldoshlar 
C. Ko’p ma’noli so’zlar 
D. Bir ma’noli so’zlar 
2. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin 
va Oliy Majlis tegishli qo`mitasining roziligi bilan o`zbek tiliga joriy 
etiladi. 
A. 7-modda. 
B. 8-modda. 
C. 9-modda. 
D. 10-modda. 
3. Qaysi yilga kelib “Davlat idoralarini o`zbeklashtirish” hamda 
“O`zbekiston Respublikasida idora, korxona va tashkilotlari ishchi 
xodimlarini o`zbek tiliga majburiy o`rgatish to`g`risida” ikkita tarixiy 
qaror qabul qilinadi. 
 
A. 1928-yilga kelib 
B. 1927-yilga kelib 
C. 1924-yilga kelib 
D. 1922-yilga kelib  
4. Qaysi yilda istiqlol sari tashlangan dadil qadam sifatida O`zbekiston 
Respublikasining 30 moddadan iborat “Davlat tili haqida”gi tarixiy 
qonuni qabul qilindi? 
A. 1989-yil 21-oktabrda 
B. 1987-yil 21-oktabrda 
C. 1988-yil 1-oktabrda 
D. 1986-yil 1-oktabrda 
B. Shakldoshlar C. Ko’p ma’noli so’zlar D. Bir ma’noli so’zlar 2. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo`mitasining roziligi bilan o`zbek tiliga joriy etiladi. A. 7-modda. B. 8-modda. C. 9-modda. D. 10-modda. 3. Qaysi yilga kelib “Davlat idoralarini o`zbeklashtirish” hamda “O`zbekiston Respublikasida idora, korxona va tashkilotlari ishchi xodimlarini o`zbek tiliga majburiy o`rgatish to`g`risida” ikkita tarixiy qaror qabul qilinadi. A. 1928-yilga kelib B. 1927-yilga kelib C. 1924-yilga kelib D. 1922-yilga kelib 4. Qaysi yilda istiqlol sari tashlangan dadil qadam sifatida O`zbekiston Respublikasining 30 moddadan iborat “Davlat tili haqida”gi tarixiy qonuni qabul qilindi? A. 1989-yil 21-oktabrda B. 1987-yil 21-oktabrda C. 1988-yil 1-oktabrda D. 1986-yil 1-oktabrda  
 
5. 1989-yil 21-oktabrda O`zbekiston Respublikasining necha moddadan 
iborat “Davlat tili haqida”gi tarixiy qonuni qabul qilindi? 
A. 30 moddadan iborat 
B. 27 moddadan iborat 
C. 25 moddadan iborat 
D. 29 moddadan iborat 
6. Davlat tili haqidagi Qonunning nechanchi moddasida “O`zbekiston 
Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir” deyilgan? 
A. 1-moddasida 
B. 3-moddasida 
C. 5-moddasida 
D. 6-moddasida 
7. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nechanchi yilda 
qaysi sonli qarori bilan “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi 
Qonunining amalga oshirilishini ta’minlash Davlat dasturi o`zgartirish 
va qo`shimchalar kiritilgan yangi tahrirda tasdiqlandi. 
A. 1996-yil 10-sentabrdagi 311-sonli qarori bilan 
B. 1996-yil 8-sentabrdagi 309-sonli qarori bilan 
C. 1996-yil 9-sentabrdagi 310-sonli qarori bilan 
D. 1996-yil 3-sentabrdagi 3112-sonli qarori bilan 
8. O`quv yurtlarida xodimlar va talabalar uchun “Davlat tilida ish 
yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kurslarini nechanchi yildan 
e’tiboran doimiy ravishda tashkil etish qat’iy qilib qo`yildi? 
A. 1997-yildan 
B. 1996-yildan 
5. 1989-yil 21-oktabrda O`zbekiston Respublikasining necha moddadan iborat “Davlat tili haqida”gi tarixiy qonuni qabul qilindi? A. 30 moddadan iborat B. 27 moddadan iborat C. 25 moddadan iborat D. 29 moddadan iborat 6. Davlat tili haqidagi Qonunning nechanchi moddasida “O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir” deyilgan? A. 1-moddasida B. 3-moddasida C. 5-moddasida D. 6-moddasida 7. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nechanchi yilda qaysi sonli qarori bilan “Davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining amalga oshirilishini ta’minlash Davlat dasturi o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan yangi tahrirda tasdiqlandi. A. 1996-yil 10-sentabrdagi 311-sonli qarori bilan B. 1996-yil 8-sentabrdagi 309-sonli qarori bilan C. 1996-yil 9-sentabrdagi 310-sonli qarori bilan D. 1996-yil 3-sentabrdagi 3112-sonli qarori bilan 8. O`quv yurtlarida xodimlar va talabalar uchun “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kurslarini nechanchi yildan e’tiboran doimiy ravishda tashkil etish qat’iy qilib qo`yildi? A. 1997-yildan B. 1996-yildan  
 
C. 1995-yildan 
D. 1994-yildan 
9. Tarixda qaysi shohlarning (mil.av.2112-2094-yy.) qonunlar majmui 
eng qadimgi va nodir hujjatlar namunasi sifatida mashhur bo’lgan? 
A. Bobil shohi Hammurapining va shoh Ur-Nammuning. 
B. Turk hoqonlarining va Ro`zbexonning “Suluk al-muluk” kitobi 
C. A.Temur va Turk hoqonlarining 
D. To’g’ri javob berilmagan 
10. Davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalarining 
vazifalari, soliq solish va uni to`plash tartibi, harbiy yurishlar o`tkazish, 
qo`zg`olonlarni bostirish qoidalari bayon etilgan noyob manbalarni 
belgilang. 
A. Turk 
hoqonlarining 
“Qonunnoma”si, 
Xondamirning 
“Qonuni 
Humoyun”i, Ro`zbexonning “Suluk al-muluk” kitobi 
B. Xondamirning “Qonuni Humoyun”i, Ro`zbexonning “Suluk al-
muluk” kitobi 
C. Turk 
hoqonlarining 
“Qonunnoma”si, 
Xondamirning 
“Qonuni 
Humoyun”i, 
D. To’g’ri javob berilmagan. 
 
ADABIYOTLAR: 
1. Abdumajidov £. “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi 
qonuniga sharhlar. – Toshkent: Adolat, 1999. 
2. Aminov M., Madvaliev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. 
Amaliy qo‘llanma. – Toshkent: O‘zME, 2000. 
3. Ishoqov M.Unutilgan podsholikdan xatlar– Toshkent: FAN, 1992. 
 
C. 1995-yildan D. 1994-yildan 9. Tarixda qaysi shohlarning (mil.av.2112-2094-yy.) qonunlar majmui eng qadimgi va nodir hujjatlar namunasi sifatida mashhur bo’lgan? A. Bobil shohi Hammurapining va shoh Ur-Nammuning. B. Turk hoqonlarining va Ro`zbexonning “Suluk al-muluk” kitobi C. A.Temur va Turk hoqonlarining D. To’g’ri javob berilmagan 10. Davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalarining vazifalari, soliq solish va uni to`plash tartibi, harbiy yurishlar o`tkazish, qo`zg`olonlarni bostirish qoidalari bayon etilgan noyob manbalarni belgilang. A. Turk hoqonlarining “Qonunnoma”si, Xondamirning “Qonuni Humoyun”i, Ro`zbexonning “Suluk al-muluk” kitobi B. Xondamirning “Qonuni Humoyun”i, Ro`zbexonning “Suluk al- muluk” kitobi C. Turk hoqonlarining “Qonunnoma”si, Xondamirning “Qonuni Humoyun”i, D. To’g’ri javob berilmagan. ADABIYOTLAR: 1. Abdumajidov £. “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuniga sharhlar. – Toshkent: Adolat, 1999. 2. Aminov M., Madvaliev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. – Toshkent: O‘zME, 2000. 3. Ishoqov M.Unutilgan podsholikdan xatlar– Toshkent: FAN, 1992.