“O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI (Til va tafakkur, Davlat tili tushunchasi, O'zbek tili va davlat qonunlari)

Yuklangan vaqt

2024-05-25

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

83,5 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI 
O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
 
REJA: 
1.  Tilning boshqa fanlar bilan aloqasi.  
2.  Til va tafakkur.  
3.  Davlat tili tushunchasi.  
4.  O’zbek tili va davlat qonunlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI REJA: 1. Tilning boshqa fanlar bilan aloqasi. 2. Til va tafakkur. 3. Davlat tili tushunchasi. 4. O’zbek tili va davlat qonunlari.
Ilmiybaza.uz 
 
 
Og’zaki va yozma savodxonlik til me’yorlarini puxta o’zlashtirish bilan bog’liq. 
Har qaysi zamonda, har qaysi makonda savodxonlik insonning yaxshi fazilati 
sifatida ulug’lanib kelingan. Og’zaki va yozma savodxonlikka erishishni 
ta’minlovchi tilshunoslikning bo’limi orfoepiya, orfografiya sanaladi. Talaffuz imlo 
bir-biri bilan uzviy bog’liq. Adabiy til qonuniyati asosida to’g’ri yozish qanchalik 
muhim bo’lsa, to’g’ri talaffuz qilish ham shunchalik zarur. Ammo so’zning talaffuzi 
bilan yozilishi doim ham to’g’ri kelavermaydi. Masalan, iztirob, izquvar, bo’zchi, 
tuzsiz kabi so’zlarda jarangsiz undoshdan oldin “s” aytilsa ham, “z” yoziladi. Yoki 
baland, Samarqand, poyezd; do’st, g’isht kabi so’zlarda d,t tovushi ba’zan aytilmasa 
ham, yozuvda yoziladi.  
Tafakkur arabcha so’z bo’lib, fikr yuritish, o’ylash, fikrlash kabi ma’nolarni 
ifodalaydi. Tafakkur orqali obyektiv borliqni taniy boshlaymiz. Bu borada 
mutafakkir Alisher Navoiy shunday yozadi:  
Ki har ishni qildi odamizod, 
Tafakkur birla qildi oni bunyod. 
 Ko’rinadiki, inson tafakkuri, zakovati va ongi eng oliy ne’mat hisoblanadi. 
Tafakkur fikrning ko’pligi hisoblanar ekan, til mana shu fikrlarning voqe bo’lishidir, 
ya’ni fikr (tafakkur)ning ro’yobga chiqishida til asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. 
Til va tafakkur uzviy bog’liq. Tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud bo’lolmaydi 
(obrazli qilib aytadigan bo’lsak, tansiz jon, jonsiz tan bo’lolmaganidek). XX asrning 
buyuk yozuvchilaridan biri Oybek “Navoiy” asarida “Bir soatlik tafakkur bir yillik 
toatdan afzal” deydi. Buning ma’nosi shuki, kishi qanchalik ko’p o’ylasa, fikr 
yuritsa, uning qiladigan amali ham, aytadigan so’zi ham shunchalik go’zal bo’ladi, 
boshqalarga ibrat bo’ladi. Tafakkur, jamiyat, mehnat faoliyati davomida o’sib, 
rivojlanib boradi. Demakki, til va uning ko’rinishi bo’lgan nutq ham tafakkur bilan 
bog’liq holda takomillashib boradi. 
Dunyoda 3mingdan ortiq til bo’lsa-da, hammasi ham Davlat tili maqomiga ega 
emas (200 ga yaqin yozuv mavjud). Sobiq Sho‘rolar Konstitutsiyasida Ittifoqdagi 
barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta’kidlangan 
Ilmiybaza.uz Og’zaki va yozma savodxonlik til me’yorlarini puxta o’zlashtirish bilan bog’liq. Har qaysi zamonda, har qaysi makonda savodxonlik insonning yaxshi fazilati sifatida ulug’lanib kelingan. Og’zaki va yozma savodxonlikka erishishni ta’minlovchi tilshunoslikning bo’limi orfoepiya, orfografiya sanaladi. Talaffuz imlo bir-biri bilan uzviy bog’liq. Adabiy til qonuniyati asosida to’g’ri yozish qanchalik muhim bo’lsa, to’g’ri talaffuz qilish ham shunchalik zarur. Ammo so’zning talaffuzi bilan yozilishi doim ham to’g’ri kelavermaydi. Masalan, iztirob, izquvar, bo’zchi, tuzsiz kabi so’zlarda jarangsiz undoshdan oldin “s” aytilsa ham, “z” yoziladi. Yoki baland, Samarqand, poyezd; do’st, g’isht kabi so’zlarda d,t tovushi ba’zan aytilmasa ham, yozuvda yoziladi. Tafakkur arabcha so’z bo’lib, fikr yuritish, o’ylash, fikrlash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Tafakkur orqali obyektiv borliqni taniy boshlaymiz. Bu borada mutafakkir Alisher Navoiy shunday yozadi: Ki har ishni qildi odamizod, Tafakkur birla qildi oni bunyod. Ko’rinadiki, inson tafakkuri, zakovati va ongi eng oliy ne’mat hisoblanadi. Tafakkur fikrning ko’pligi hisoblanar ekan, til mana shu fikrlarning voqe bo’lishidir, ya’ni fikr (tafakkur)ning ro’yobga chiqishida til asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Til va tafakkur uzviy bog’liq. Tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud bo’lolmaydi (obrazli qilib aytadigan bo’lsak, tansiz jon, jonsiz tan bo’lolmaganidek). XX asrning buyuk yozuvchilaridan biri Oybek “Navoiy” asarida “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deydi. Buning ma’nosi shuki, kishi qanchalik ko’p o’ylasa, fikr yuritsa, uning qiladigan amali ham, aytadigan so’zi ham shunchalik go’zal bo’ladi, boshqalarga ibrat bo’ladi. Tafakkur, jamiyat, mehnat faoliyati davomida o’sib, rivojlanib boradi. Demakki, til va uning ko’rinishi bo’lgan nutq ham tafakkur bilan bog’liq holda takomillashib boradi. Dunyoda 3mingdan ortiq til bo’lsa-da, hammasi ham Davlat tili maqomiga ega emas (200 ga yaqin yozuv mavjud). Sobiq Sho‘rolar Konstitutsiyasida Ittifoqdagi barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta’kidlangan
Ilmiybaza.uz 
 
bo‘lsa ham, lekin amalda rus tili davlat tili edi. Barcha ish qog‘ozlari, pochta, 
telegraf ishlari, turli darajadagi yig‘ilishlar, qurultoylar, simpoziumlar rus tilida olib 
borilardi. Rus tilini bilmaydigan shaxslar uzoqdagi qarindosh-urug‘lariga, tanish-
bilishlariga oddiy bir telegramma ham jo‘nata olmas edilar. Bunday holat rus tilidan 
boshqa tillar qo‘llanish doirasining cheklanishiga olib keldi va bu til vakillarining 
haqli ravishda noroziligiga sababchi bo‘ldi. 
1988-yildan boshlab o‘zbek ziyolilari ham matbuotda o‘zlarining qator 
maqolalari bilan tilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat tiliga aylantirish 
muammosini ko‘tarib chiqdilar. Bu masalaga bag‘ishlangan bir qancha anjumanlar 
bo‘lib o‘tdi. Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o‘zbek tili O‘zbekistonning Davlat 
tili sifatida rasman e’lon qilindi. Buning natijasida o‘zbek tili respublikamizda 
o‘tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo‘llaniladigan, davlatning 
rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga 
aylandi. Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir. 
«Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan ikki yil vaqt o‘tgach, 
respublikamiz hayotida katta o‘zgarish ro‘y berdi. Ajdodlarimizning asriy orzusi 
ro‘yobga chiqdi. Mustaqillik qo‘lga kiritildi. Dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq 
davlati mustaqil respublikamizni rasman e’tirof etdi va u bilan diplomatik 
munosabatlar o‘rnatdi. Ana shunday sharoitda mustaqillik qo‘lga kiritilgunga qadar 
qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi Qonunning ko‘p moddalari o‘z kuchini 
yo‘qotdi yoki tahrirtalab bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham amaldagi Qonunni isloh 
qilish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Natijada 1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi 
tahririni qabul qildi. 
Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o‘zbek tilining bugungi 
jahon hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olindi. Bu Qonunda O‘zbekiston 
Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o‘zining aniq ifodasini topdi. 
O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu 
narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko‘rsatishi, rivojlanishi, 
Ilmiybaza.uz bo‘lsa ham, lekin amalda rus tili davlat tili edi. Barcha ish qog‘ozlari, pochta, telegraf ishlari, turli darajadagi yig‘ilishlar, qurultoylar, simpoziumlar rus tilida olib borilardi. Rus tilini bilmaydigan shaxslar uzoqdagi qarindosh-urug‘lariga, tanish- bilishlariga oddiy bir telegramma ham jo‘nata olmas edilar. Bunday holat rus tilidan boshqa tillar qo‘llanish doirasining cheklanishiga olib keldi va bu til vakillarining haqli ravishda noroziligiga sababchi bo‘ldi. 1988-yildan boshlab o‘zbek ziyolilari ham matbuotda o‘zlarining qator maqolalari bilan tilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat tiliga aylantirish muammosini ko‘tarib chiqdilar. Bu masalaga bag‘ishlangan bir qancha anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o‘zbek tili O‘zbekistonning Davlat tili sifatida rasman e’lon qilindi. Buning natijasida o‘zbek tili respublikamizda o‘tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo‘llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir. «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan ikki yil vaqt o‘tgach, respublikamiz hayotida katta o‘zgarish ro‘y berdi. Ajdodlarimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mustaqillik qo‘lga kiritildi. Dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq davlati mustaqil respublikamizni rasman e’tirof etdi va u bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Ana shunday sharoitda mustaqillik qo‘lga kiritilgunga qadar qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi Qonunning ko‘p moddalari o‘z kuchini yo‘qotdi yoki tahrirtalab bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham amaldagi Qonunni isloh qilish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Natijada 1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi. Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o‘zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olindi. Bu Qonunda O‘zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o‘zining aniq ifodasini topdi. O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko‘rsatishi, rivojlanishi,
Ilmiybaza.uz 
 
O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o‘z ona tillarida erkin aloqa 
qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida 
boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu esa yangi 
Qonunning naqadar xolis ekanligini ko‘rsatadi. 
O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to’g’risida bir qancha qarorlar qabul 
qilindi.  
1. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish 
to’g’risida” qonun qabul qilindi.  
2. 1995-yil 24-avgustda “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” (82 qoida) 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.  
3. Milliy munosabatlarni yaxshilash, davr taqozosi bilan 1995-yil 21-dekabrda 
“Davlat tili haqida”gi qonun (1989-yil 21-oktabrda tasdiqlangan qonun)ga ba’zi 
o’zgartirishlar kiritildi.  
4. “Davlat tili haqida”gi qonun 24 moddadan iborat bo’lib, 1-moddasida 
“O’zbekiston Respublikasi Davlat tili o’zbek tilidir”, deb yozilgan. 5. O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ham “O’zbekiston Respublikasining 
Davlat tili o’zbek tilidir”, deb ta’kidlangan. “Sohada o’zbek tilining qo’llanishi” fani 
“Davlat tili haqida”gi Qonunning quyidagi moddalariga tayanadi: 
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o’zbek adabiy tilining 
amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. 
Davlat o’zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu 
jumladan, unga hamma e’tirof qilingan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy 
atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar 
jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo’mitasining roziligi 
bilan o’zbek tiliga joriy etiladi. 
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida 
yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi talab qilinadi. 
10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida 
ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, 
Ilmiybaza.uz O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o‘z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu esa yangi Qonunning naqadar xolis ekanligini ko‘rsatadi. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to’g’risida bir qancha qarorlar qabul qilindi. 1. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” qonun qabul qilindi. 2. 1995-yil 24-avgustda “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” (82 qoida) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. 3. Milliy munosabatlarni yaxshilash, davr taqozosi bilan 1995-yil 21-dekabrda “Davlat tili haqida”gi qonun (1989-yil 21-oktabrda tasdiqlangan qonun)ga ba’zi o’zgartirishlar kiritildi. 4. “Davlat tili haqida”gi qonun 24 moddadan iborat bo’lib, 1-moddasida “O’zbekiston Respublikasi Davlat tili o’zbek tilidir”, deb yozilgan. 5. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ham “O’zbekiston Respublikasining Davlat tili o’zbek tilidir”, deb ta’kidlangan. “Sohada o’zbek tilining qo’llanishi” fani “Davlat tili haqida”gi Qonunning quyidagi moddalariga tayanadi: 7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o’zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o’zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilingan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo’mitasining roziligi bilan o’zbek tiliga joriy etiladi. 9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi talab qilinadi. 10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi,
Ilmiybaza.uz 
 
ishlovchilarning ko’pchiligi o’zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir 
qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.                                                         
Ma’lumki, boshlang’ich tashkilotlardan tortib davlatning oliy organlarigacha 
hujjatlarga tayanib ish yuritadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yaqin vaqtlargacha 
hujjatlarning aksariyati rus tilida rasmiylashtirilar edi. O’zbek tilida ayrim 
hujjatlargina yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslanar edi. 
Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda yuritiladigan hujjatlarni o’zbek 
tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilishiga erishishdek ulkan vazifa 
hammamizning oldimizda turibdi. 
Korxonalarda ish qog’ozlarini davlat tilida yuritishga o’tish qiyinchilik bilan 
kechmoqda. Buning sabablaridan biri davlat tilida ish yuritish bo’yicha tegishli 
qo’llanmalar, uslubiy ishlarning kamligi bo’lsa, ikkinchisi, bu sohada hali 
mutaxassislar 
tayyorlashga 
kirishilmaganligi, 
ishlab 
turgan 
mutaxassis 
xodimlarning hujjatchilik bo’yicha malakasini oshirish borasida yetarlicha ish 
qilinmayotganidir. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonida davlat 
tilining hayotimizdagi o’rni va nufuzi tobora oshib bormoqda. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrda imzolagan 
“O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-
tadbirlari to’g’risida” Farmonida “Bugun O’zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — 
milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada 
yuksak bosqichiga ko’tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng 
ko’lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o’rni va nufuzi tobora 
oshib bormoqda”deb ta’kidlanib, ilmiy asoslangan yangi so’z va atamalarni 
iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o’zbekona muqobillarini yaratish va bir 
xilda qo’llanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun 
hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va 
muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan Davlat tilini rivojlantirish departamenti 
tashkil etildi. 
 
Ilmiybaza.uz ishlovchilarning ko’pchiligi o’zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumki, boshlang’ich tashkilotlardan tortib davlatning oliy organlarigacha hujjatlarga tayanib ish yuritadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yaqin vaqtlargacha hujjatlarning aksariyati rus tilida rasmiylashtirilar edi. O’zbek tilida ayrim hujjatlargina yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslanar edi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda yuritiladigan hujjatlarni o’zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilishiga erishishdek ulkan vazifa hammamizning oldimizda turibdi. Korxonalarda ish qog’ozlarini davlat tilida yuritishga o’tish qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning sabablaridan biri davlat tilida ish yuritish bo’yicha tegishli qo’llanmalar, uslubiy ishlarning kamligi bo’lsa, ikkinchisi, bu sohada hali mutaxassislar tayyorlashga kirishilmaganligi, ishlab turgan mutaxassis xodimlarning hujjatchilik bo’yicha malakasini oshirish borasida yetarlicha ish qilinmayotganidir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o’rni va nufuzi tobora oshib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrda imzolagan “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora- tadbirlari to’g’risida” Farmonida “Bugun O’zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko’tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o’rni va nufuzi tobora oshib bormoqda”deb ta’kidlanib, ilmiy asoslangan yangi so’z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o’zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo’llanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.
Ilmiybaza.uz 
 
 
Davlat tilini rivojlantirish departamenti 
TUZILMASI 
 
 
AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI 
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnni so‘zlab bering.  
 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va 
fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari 
darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni 
kiritish orqali amalga oshiriladi. 
 
Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda mutaxassislikka oid nutq asoslarini 
shakllantirish, iqtisodiy til, iqtisodiy atamashunoslik, kasbiy matnlarni yaratishni 
Ilmiybaza.uz Davlat tilini rivojlantirish departamenti TUZILMASI AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI 1-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnni so‘zlab bering. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda mutaxassislikka oid nutq asoslarini shakllantirish, iqtisodiy til, iqtisodiy atamashunoslik, kasbiy matnlarni yaratishni
Ilmiybaza.uz 
 
o’rgatishdan iboratdir. Shunga ko‘ra talabalar uchun “O‘zbek tilining sohada 
qo‘llanishi”kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, 
terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal 
bilimga ega bo‘lmasdan turib, fikrini o’z sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va 
ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassis tilining o‘ziga xos 
xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib 
chiqqan holda, O‘zbekistonni yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga 
hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, 
kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar davlat tili – 
o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart.  
Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, 
bakalavr mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z 
sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda 
tutadi. 
 
 
 
 
Mazkur fan talabalarga  muloqot va uning turlari, ish 
faoliyatida samarali muloqot tashkil qilish yo’llari, matnlar, 
ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan 
ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy 
hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir 
terminlar,ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish 
uchun  mo‘ljallangan. 
Ilmiybaza.uz o’rgatishdan iboratdir. Shunga ko‘ra talabalar uchun “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi. “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, fikrini o’z sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassis tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonni yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi. Mazkur fan talabalarga muloqot va uning turlari, ish faoliyatida samarali muloqot tashkil qilish yo’llari, matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar,ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida muloqot so'ziga quyidagicha ta’rif 
berilgan:  
MULOQOT– tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning 
alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Muloqot deganda 
uning og’zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo’lishidagi jarayonlar, ya’ni 
so’zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan 
nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. 
Har bir kishining muloqoti individual, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi; 
vahohlangki, asosiy til unsurlari – lug’at tarkibi va grammatik qurilishi yakka 
shaxslargagina tegishli bo’lmay, umumnikidir, ya’ni muayyan til jamoasiga 
umuman taalluqli bo’ladi. Muloqot kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas 
bog’liqdir. Muloqotda kishining o’y – fikrlari shakllanadi va mavjud bo’ladi. 
Muloqot tufayli va Muloqot asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks 
ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan 
mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo’ladi. Muloqot kishi ruhiyatining boshqa 
Fanning maqsadi–  
bilimli, zukko, og‘zaki va yozma 
savodxonligi  yetuk mutaxassisni 
tayyorlash 
uchun 
talabalarda 
mutaxasslik oid bilimlarini – so‘z  
va terminlarni qo‘llash, gap va 
matnlarni to‘g‘ri va mantiqli 
tuzish, nutqiy etiket va notiqlik 
mahorati 
bo‘yicha 
bilim, 
ko‘nikma va malakani shakllan- 
tirishdir.  
 
Fanning vazifasi – 
talabalarga 
o’z 
sohasidagi 
so‘z 
va 
terminlarning shakllanish va qo‘llanish, 
yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, 
matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin 
tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va 
qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, 
dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o‘rgatish, 
nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqninig 
kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutqning 
tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullarini 
o‘rgatishdan iborat. 
Ilmiybaza.uz O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida muloqot so'ziga quyidagicha ta’rif berilgan: MULOQOT– tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Muloqot deganda uning og’zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo’lishidagi jarayonlar, ya’ni so’zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Har bir kishining muloqoti individual, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi; vahohlangki, asosiy til unsurlari – lug’at tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli bo’lmay, umumnikidir, ya’ni muayyan til jamoasiga umuman taalluqli bo’ladi. Muloqot kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bog’liqdir. Muloqotda kishining o’y – fikrlari shakllanadi va mavjud bo’ladi. Muloqot tufayli va Muloqot asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo’ladi. Muloqot kishi ruhiyatining boshqa Fanning maqsadi– bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda mutaxasslik oid bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllan- tirishdir. Fanning vazifasi – talabalarga o’z sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqninig kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullarini o‘rgatishdan iborat.
Ilmiybaza.uz 
 
jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o’y – hayollari, hissiyoti, irodasi va 
boshqaning namoyon bo’lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham 
katta ahamiyatga ega. 
MULOQOT MADANIYATI, muloqot odobi – 1) og’zaki va yozma adabiy 
til me’yorlari (talaffuz, urg’u, so’z qo’llash, grammatika, uslubshunoslik 
qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa – aralashuv sharoitlarida tilning 
tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish 
mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish 
maqsadida me’yorlashtirish (tartibga solish) muammolarini o’rganuvchi bo’limi. 
G’arb tilshunoslishida umumiy ma’noda “til madaniyati” termini ham qo’llanadi. 
  1 – ma’nodagi “muloqot madaniyati” tushunchasi adabiy tilni o’zlashtirishdagi ikki 
bosqichni qamrab oladi: a) nutqning to’g’riligi va b. nutqiy mahorat. Nutqning 
to’g’riligi muayyan tilda so’zlovchilar va yozuvchilar tomonidan “ideal” yoki umum 
tomonidan qabul qilingan va an’anaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va 
namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy me’yorlarga amal qilishdir. Nutqiy 
mahorat esa nafaqat adabiy me’yorlarga amal qilish, balki o’zaro mavjud bo’lgan 
variantlardan mazmunan eng to’g’ri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng 
maqbuli va ifodalanishini tanlab olish mahoratidir (mas., aka – oka – ako; kelyapti 
– kevotti – kelopti variantlaridan birining adabiy me’yor sifatida tanlanishi). Yuksak 
muloqot madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madaniyatini, 
tilga nisbatan ongli mehr – muhabbatini namoyon qiladi.  
Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til me’yoridir. 2 – ma’nodagi 
Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol ta’sir ko’rsatish 
maqsadida (tilning barcha sathlarida) ob’ektiv til me’yorlarini ularning 
barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va 
boshqalarda o’rganishdir. 
Zamonaviy muloqot madaniyati nazariy va amaliy fan bo’lib, u til amaliyotiga ta’sir 
etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa tilshunoslik 
bo’limlarining yutuqlari va xulosalarini umumlashtiradi. Muloqot madaniyati 
nazariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb e’tirof etiladi; badiiy adabiyot 
Ilmiybaza.uz jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o’y – hayollari, hissiyoti, irodasi va boshqaning namoyon bo’lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. MULOQOT MADANIYATI, muloqot odobi – 1) og’zaki va yozma adabiy til me’yorlari (talaffuz, urg’u, so’z qo’llash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa – aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish (tartibga solish) muammolarini o’rganuvchi bo’limi. G’arb tilshunoslishida umumiy ma’noda “til madaniyati” termini ham qo’llanadi. 1 – ma’nodagi “muloqot madaniyati” tushunchasi adabiy tilni o’zlashtirishdagi ikki bosqichni qamrab oladi: a) nutqning to’g’riligi va b. nutqiy mahorat. Nutqning to’g’riligi muayyan tilda so’zlovchilar va yozuvchilar tomonidan “ideal” yoki umum tomonidan qabul qilingan va an’anaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy me’yorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy me’yorlarga amal qilish, balki o’zaro mavjud bo’lgan variantlardan mazmunan eng to’g’ri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng maqbuli va ifodalanishini tanlab olish mahoratidir (mas., aka – oka – ako; kelyapti – kevotti – kelopti variantlaridan birining adabiy me’yor sifatida tanlanishi). Yuksak muloqot madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madaniyatini, tilga nisbatan ongli mehr – muhabbatini namoyon qiladi. Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til me’yoridir. 2 – ma’nodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol ta’sir ko’rsatish maqsadida (tilning barcha sathlarida) ob’ektiv til me’yorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda o’rganishdir. Zamonaviy muloqot madaniyati nazariy va amaliy fan bo’lib, u til amaliyotiga ta’sir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa tilshunoslik bo’limlarining yutuqlari va xulosalarini umumlashtiradi. Muloqot madaniyati nazariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb e’tirof etiladi; badiiy adabiyot