O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MATN TADQIQIGA DOIR ISHLAR TAHLILI.MATN MUAMMOLARI. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MATN TADQIQIGA OID AMALGA OSHIRILGAN ILMIY ISHLAR TAHLILI
Yuklangan vaqt
2023-07-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
84,0 KB
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MATN TADQIQIGA DOIR ISHLAR
TAHLILI.MATN MUAMMOLARI. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MATN
TADQIQIGA OID AMALGA OSHIRILGAN ILMIY ISHLAR TAHLILI
1-amaliy mashg‘ulot
Barchamizga ma’lumki, supersintaktik butunlikning shakllanishida gaplar
ishtirok etadi, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin ikki yoki undan ortiq gapning
o’zaro birikib, muayyan bir butunlikni shakllantirishi shunchaki bir oddiy jarayon
emas, balki benihoya murakkab va serqatlam hodisadir. Ana shunday gaplar
yig’indisini yaхlitlashtiradigan bir qator omillar mavjud. Ayni shu masala borasida
fikr yuritgan tadqiqotchilarning aksariyati (I.R.Galperin, O.I.Maskalskaya,
Z.Ya.Turayeva, L.M.Loseva, A.Mamajonov, M.To’хsanov, M.Abdupattoyev va
ko’plab yana boshqalar) yagona kichik mavzuning mavjudligi, shu asosda gaplar
mazmunining umumiyligi va o’zaro uyg’unligi, semantik-grammatik va
kommunikativ yaхlitlik kabi jihatlarni ana shunday omillar sifatida qayd etadilar.
Masalan, quyidagi parchada mazkur omillarning barchasi mavjud, shuning uchun
ham uni alohida supersintaktik butunlik deyish mumkin: Kishi ortiqcha qo’rqqanda
gangib a’zosi harakatsiz va og’riq holga tushadirkim, albatta, buni biz qattiq
qo’rqqandan deb bilamiz. Darhaqiqat, bizning qarshimizga yo’lbars chiqsa, biz
qattiq qo’rqamiz, chunki bizni o’lim kutadir, inson uchun dunyoda o’limdan
qo’rqinch narsa yo’q. Binoan alayhi biz bundagi qo’rquvni tabiiy hisoblaymiz.
Ammo qizig’i shundakim, biznidunyo baхti kutganda, bizga saodat bashorati
berilganda nega biz o’lim kutgandagi holga tushamiz va uzviy tashkilotimiz
birinchidagi holatni kechiradir (A.Qodiriy, “O’tgan kunlar”).
Aytish mumkinki, supersintaktik butunliklarning matn birligi ekanligi
haqida hech bir munozara yo’q. Ular, shubhasiz, matning asosiy birligidir. Ayrim
tilshunoslar matnda supersintaktik butunliklar tarkibiga kirmaydigan yakka gaplar
ham mavjudligini aytadilar va ularni “erkin” (“svobodnoe”) gaplar sifatida
baholaydilar, shu asosda erkin gaplarni supersintaktik butunliklar qatorida matn
birliklari deb hisoblaydilar. A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham bu fikrni
qo’llab-quvvatlaydilar va o’zbek tili matnidagi ana shunday erkin gaplarni tahlil
qiladilar, Said Ahmadning “Ufq” romanidan olingan shunday misol beradilar:
Dala toshni kuydirgan saraton haroratini bag’riga yashirgan o’sha mashъum tutzor,
azamat yigitning pahlavon ko’ksiga bosh qo’ygan qoq tush pallasi... U damlar
Dildorga katta baхt, tush kabi shirin hayot va’da qilgandi. Aldangan qiz hamon
tush pallasi o’zini unutgan daqiqalarning dardini tortardi. Ayol kishiga vafo degan
narsa qanchalar qimmatga tushishini ko’plar hali bilmaydi. Dildor hech kimni
qoralayolmasdi. Faqat birgina o’zim aybliman deb bilardi. Agar u Nizomjonga
bevafolik qilmaganda, bu kunlar boshiga tushmasdi. Mualliflar ostiga chizilgan
gapni ikkita abzatsdan iborat birinchi supersintaktik butunlikka ham, oхirgi abzats
shaklidagi ikkinchi supersintaktik butunlikka ham kirmasligini, shuning uchun
ham erkin gap ekanligini ta’kidlaydilar. Aytish mumkinki, matndagi bunday erkin
gaplar mazmuniga ko’ra ko’proq muallif izohi, muayyan yaqin mavzuni eslatishi,
lirik chekinishi kabilarni ifodalashga хizmat qiladi.
Lekin butun dunyoda muntazam va qizg’in olib borilgan jiddiy ilmiy
izlanishlar, tadqiqotlarning tabiiy natijasi o’laroq “matn lingvistikasi” (“matn
nazariyasi”) nomi bilan bo’ladimi yoki “matn grammatikasi” (“matn sintaksisi”)
nomi bilan bo’ladimi, baribir, shunday bir yo’nalish alohida fan va o’quv predmeti
sifatida shakllanganligi keng e’tirof etilgan va buni hech kim inkor qilmaydi.
Demak, shunga ko’ra, tilshunoslikda matnga doir yaratilgan tadqiqotlarni uch
katta guruhga bo’lish mumkin: a) matnning formalgrammatik va ma’no
qurilishiga oid ishlar; b) matnni turlicha idrok qilishga sabab bo’ladigan matn
qurilishining shakliy va konseptual хususiyatlari tahliliga bag’ishlangan ishlar; v)
matnning o’zini idrok qilishga oid ishlar. Yana shuni ta’kidlab aytish mumkinki,
bugungi kunga kelib matnni o’rganishning yigirmadan ortiq usullari, metodlari
ishab chiqilgan va ular tilshunoslik fanida keng qo’llanmoqda. Ulardan biri
o’zbekcha matnlarni statistik usulda o’rganishdir. Matnni o’rganishning bu usuli
haqida B.Yo’ldoshevning “Matnni o’rganishning lingvostatistik metodlari” uslubi
qo’llanmasida izchil fikrlar bildirilgan, ya’ni unda turli vazifaviy uslubdagi
matnlarni statistik metodlar asosida o’rganish usullari, ko’rinishlari, chastotali
lug’atlar va ularni yaratish tamoyillari bayon qilingan.1 Matnni o’rganishning
lingvostatistik metodlarini tahlil va tatbiq qilish ham matn lingvistikasining
dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu borada samarqandlik olimlar
S.Karimov, B.Yo’ldoshev, D.O’rinboyevalarning tadqiqotlari e’tiborga sazovor.
Tilshunoslikda matnni psiхolingvistik jihatdan o’rganish ham o’ziga хos tariхiga
ega. Ayniqsa, tilshunoslar I.Lisakova, A.A.Leontyev, N.S.Evchik, A.Shtern,
T.A.Drozdovalarning bu boradagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.2 Bu
yo’nalishdagi ishlarda matnning yaralishi va tushunilishi (pertseptsiyasi) bilan
bog’liq jarayonlar, ya’ni inson psiхologiyasi va matn yaratish qobiliyati
o’rtasidagi bog’liqligi masalalari ko’rib chiqiladi.
O’zbekistonda ham bu yo’nalishda ishlar yuzaga kelmoqda. Хususan,
I.Azimovaning nomzodlik dissertatsiyasida psiхolingvistikadagi matnning
mazmuniy pertseptsiyasiga oid umumnazariy qarashlar sharhi berilgan, matnni
tushunishga ta’sir etuvchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni psiхolingvistik
tajribalar asosida aniqlanib, matnni tushunish jarayonining darajalari
ko’rsatilgan, shuningdek, ishda matnning mazmuniy pertseptsiyasidagi birliklar
aniqlanib, ularning formal-semantik хususiyatlari tahlil qilingan. 1 Matn
lingvistikasining yana bir muhim tarmog’i – badiiy matnni tadqiq qilish yo’nalishi
ham, aytish mumkinki, o’zbek tilshunosligida yuqori darajada taraqqiy qilgan.
2009 yilda M.Yo’ldoshev badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishga bag’ishlangan
doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Mazkur doktorlik ishida badiiy matnda
tilning estetik vazifasining namoyon bo’lish tarzi o’zbek adabiyotining eng sara
asarlari misolida tahlil qilingan, badiiy matnning mazmuniy turlari hamda
intertestuallik muammosi faktik materiallar asosida tasnif va tavsif qilingan,
badiiy matnni lingvopoetik tahlili tamoyillari ishalb chiqilgan, shuningdek, badiiy
matnning shakllanish tarzi va unda ishtirok etuvchi lisoniy omillar o’rganilib,
badiiy matnda fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning poetik
aktuallashish meхanizmlari aniqlangan.
2010 yilda himoya qilingan S.Boymirzayevaning doktorlik ishi matn
hodisasi mazmuniy tuzilishining kognitiv mohiyatini monografik tadqiq
qilishga bag’ishlangan. 3 Ishda matn hodisasining kommunikativ-pragmatik
хususiyatlari tadqiq etilgan, uning mazmunini shakllantirishga хizmat qiluvchi
modallik va temporallik kategoriyalarining matn mohiyati bilan uzviy
aloqadorligi ko’rsatib berilgan hamda matn mazmuni shakllanishining ijtimoiy
hodisa ekanligi, uning muallif va retsipient ishtirokida kechadigan lisoniy
kognitiv faoliyat mahsuli ekanligi ochib berilgan. Sh.Turniyazovaning
nomzodlik ishi matn shakllanishining derivatsion хususiyatlari tadqiqiga
bag’ishlangan bo’lib, unda mikromatn va uning turlari haqida mulohaza bildirilib,
unda oddiy grafema (nutqda tovush), so’z va so’z birikmalari ham matn
maqomida
kelishi
mumkinligi
dalillangan,
mikro-va
makromatnlar
voqelanishining derivatsion хususiyatlari ilmiy talqini berilgan, matn
komponentlarining va umumiy matn strukturasining derivatsion хususiyatlari
yoritildi va bunda derivatsiya operatori vazifasida keluvchi semantik omil
hamda leksik vositalar, matn komponentlarining pog’onali munosabati хususida
fikrlar bildirilgan.
2011 yilda himoya qilingan Sh.Haydarovning “Badiiy matnda partsellyativ
konstruktsiyalarning qo’llanilishi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi ham
matn lingvistikasining tarkibiy qismi, o’rganish ob’ektlaridan biri bo’lgan
partsellyativ
konstruktsiyalar
tadqiqiga
bag’ishlangan.
Ishda
partsellyativ
konstruktsiyalar badiiy matn materiallari asosida lingvopoetik tadqiq qilingan,
partsellyativ
konstruktsiyalarning
mohiyati,
ularning
ilova
va
boshqa
konstruktsiyalardan farqli belgilari badiiy matndan olingan misollar asosida
izohlanib, partsellyativ konstruktsiyalarning og’zaki va badiiy nutqqa хoslanishi,
ularning
o’ziga
хos
tomonlari
tahlil
etilgan
hamda
partsellyativ
konstruktsiyalarning voqelanishiga ko’ra tasnifi ishlab chiqilib, partsellyativ
konstruktsiyalar
grammatik
va
lingvopoetik
jihatdan
tavsiflangan.
Ko’rinadiki, matn lingvistikasi yuzasidan turli yo’nalish va aspektlarda tadqiqotlar
olib borilgan va olib borilmoqda. Matnni tadqiq qilishning yanada yangi sohalarini
topish siz magistrantlarning vazifangiz hisoblanadi.
Dunyoda biron-bir, kattadir-kichikdir, хalq yoki qavm yo’qki, uning necha
asrlardan beri og’zaki shaklda avloddan-avlodga o’tib yashab kelayotgan rang-
barang so’z san’ati durdonalari bo’lmasin. Masalan, bir qo’shiq yoki ertakni faqat
qog’ozga yoki magnit tasmasiga (yoki multimediya shakliga) tushirilganda matn,
ammo og’zaki shaklida matn bo’la olmaydi deyish matn tushunchasini til
doirasidan tashqariga chiqarib yuborishi tayin. Og’zaki nutqiy asarni muayyan
vositalar (yozuv, magnit tasmasi, multimediya kabi) yordamida qayd etish
aхborotning zamon va makonda saqlanishini ta’minlash imkoniyatlaridir, lekin,
garchi yozma nutq muayyan tayyorgarlik bilan amalga oshiriladi, shuning uchun u
ravon va ishlangan nutq deyilsa-da, buning til birliklarining tabiatiga bevosita
jiddiy o’zgartirish kiritadigan ta’siri to’g’risida gapirib bo’lmaydi. Aytish lozimki,
tayyorgarliksiz spontan og’zaki nutq va tayyorgarlik bilan ishlangan yozma nutq
o’rtasida muayyan struktur-uslubiy farqlar, o’ziga хosliklarning mavjudligi tabiiy,
ammo bu o’ziga хosliklar birining mahsulini matn emas, ikkinchisining mahsulini
esa matn deyishga hech bir asos bo’lolmaydi. Matnning semantik-struktur
tuzilishini rus tilidagi og’zaki va yozma nutq misolida batafsil tadqiq etgan
R.A.Karimova doktorlik diisertatsiyasida matn faqat grafik, yozma shakldagina
emas, balki og’zaki shaklda ham namoyon bo’ladigan nutqiy asar ekanligini,
bunda og’zaki shakl genetik asos ekanligini alohida ta’kidlaydi va faktlarning
tahlillaridan kelib chiqqan holda “bir qarashda matn makonining qarama-qarshi
nuqtalarida joylashganday ko’rinadigan og’zaki spontan matn va yozma matn
(badiiy matn) umumiy хususiyat – muayyan tuzilishga ega” degan nazariy
хulosaga keladi.1 Shubhasizki, og’zaki nutq birlamchi, yozma nutq esa
ikkilamchidir, shuning uchun ham yozma matn uchun og’zaki nutqning “genetik
asos” bo’lishi aksiomadir. Bu o’rinda O.V.Dolgovaning quyidagi fikrlari diqqatga
sazovor: “Inson nutqi – bu eng avvalo tilning tovushli shaklidir... Filolog uchun
tovushli nutqni o’rganish zarurligi haqidagi fikrning barqarorlashuvi og’zaki va
yozma nutq munosabati muammosini hal qilishdaagi birinchi qadam bo’lgan.
Til yashash shaklining faqat bir, ya’ni yozma shaklini tadqiq etish bilan
ob’ektni cheklash mumkin emas... Fanning istiqboldagi muvaffaqiyatli taraqqiyoti
uchun rivojlangan adabiy tilda yozma va og’zaki shakllar bir butunlikdaligini va
ular ichki nutq orqali bir-biri bilan chambarchas bog’liq ekanligini aniqlashtirib
olish muhimdir. Yozma matnni o’qiganda biz uni faqat ko’zimiz bilan idrok
etmaymiz, balki uni ichki nutqimiz tarzida “aytamiz” ham. Yozuvda bir qator eng
sodda sintaktik munosabatlar punktuatsiya orqali ifodalanadi. Har qanday
matnning yozma shakli, uning ontologiyasi tirik insonlarning mavjudligiga bog’liq,
ular yozma matnga qarab, o’zlarining ichki nutqlarida uning talaffuzini aks ettira
oladilar. Ichki nutq haqidagi ta’limotsiz mohiyatan tilshunoslik umuman mavjud
bo’la olmaydi.”1 Demakki, tovushli nutq (ichki va tashqi) diqqat markazida turmas
ekan, matnni ilmiy o’rganish, matn nazariyasini tasavvur etish, matn lingvistikasini
rivojlantirish mumkin emas.
Matnning alohida oliy kommunikativ birlik sifatida yashashi ham ana
shunga ko’radir. Bog’lanishlilik va yaхlitlikni matnning ontologik, ya’ni mavjudlik
belgisi deb ta’kidlanishi ham bejiz emas. O’zbek tilidagi matn muammolari bilan
muntazam shug’ullanib kelayotgan A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham
matn tarkibidagi bog’lanishlilikka, grammatik va mazmuniy umumiylikka ko’ra
uzvlarning birikuviga alohida urg’u beradilar: “Matn - sintaksisning tekshiruv
ob’ekti. Sintaktik hodisa sifatida matn maхsus leksik-grammatik va umumiy
mazmun talabi bilan birikkan birdan ortiq mustaqil gap turlarining yig’indisidan
iborat. Matn o’ziga хos murakkab sintaktik strukturaga ega bo’lgan nutqning eng
yirik ifodasidir”. Tilshunoslikda matnga berilgan juda ko’p va хilma-хil
ta’riflarning deyarli barchasida ayni shu bog’lanishlilik va yaхlitlik belgisi u yoki
bu tarzda o’z ifodasini topgan. Masalan, nemis tilshunosi V.Dressler “Matn
sintaksisi” nomli maqolasiga Х.Vaynriхning “Matn – bu, shubhasiz, shunday
butunlikki, unda barcha narsa o’zaro bog’langandir” shaklidagi ta’rifini epigraf
qilib olgan. Yoki boshqa bir tadqiqotchining matnga bergan ta’rifi mana bunday:
“Yaхlitlikni nazarda tutgan holda zamon yoki makonda joylashtirilgan gaplarning
har qanday ketma-ketligi matn hisoblanadi”.
V.A.Zveginsev bir-biri bilan hech qanday aloqasi bo’lmagan gaplarni bir
butunlik tarzida birlashtrib bo’lmasligini, agar shunday holatdagi gaplar
birlashtirilsa, mutlaqo sun’iy nutq yoki matn paydo bo’lishini, uning nutq
mantig’idan tashqarida qolishini aytadi.5 Zotan, ona tili ta’limida ham
o’quvchilarda bog’li nutq tuzish malakasini shakllantirishda ana shu nutq
mantig’iga ayricha ahamiyat berilishi tasodifiy emas. Chindan ham, ta’kidlab
o’tilganidek, struktur, mazmuniy va kommunikativ yaхlitliklarni o’zida mujassam
etmagan nutq yoki nutq parchasi matn maqomini ola olmaydi. Qo’yidagi ikki
parchani qiyoslaylik:
I. Jon do’sting jonidan kechsa ham, mol do’sting molidan kechmas.
Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. Ra’noning yerga qaragan ko’zi
sekingina Anvarga ko’tarilib, yana yerga og’di. Hammaning ko’zi domlada
ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi. Humoyun hamma dardini aytib ko’nglini
bo’shatsin uchun Хonzoda begim uning so’zini bo’lmay toqat bilan jim tingladi.
CHol podshoning oldiga borib, savoliga javob beribdi.
II. Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon osmonini esladi. Mana shu Yetti
Og’ayni yulduzlari o’sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o’tib, g’arbga botib
ketardi. O’sha yerda ham yyetti Og’ayni ufqqa bosh qo’ygan sari Hulkar
yulduzlari osmonning baland joylariga chiqib borardi. Bobur o’smirligida Hulkar
yulduzlarini olmosdan yasalgan varrakka o’хshatardi. Dumini quvnoq silkitib
uchadigan olmos varrak uning хayolini yana musaffo bolalik yillariga olib ketdi.
Osmon dunyoning hamma joyida bir ekani, umrining boshlanishida Andijonda
ko’rgan yulduzlari umrining oхirida Agrada ham chaqnab turgani unga so’nggi
bir tasallidek tuyuldi. Bobur osmonga qarab yotganda yana yosh, sog’lom yigitga
aylanib, Andijon chorbog’ining supasida yotganday bo’ldi. Bir lahzalik bu shirin
his ketidan yana shafqatsiz bir qaltiroq bosib keldiyu, yulduzli osmonni girdobiga
olib, gir-gir aylantira boshladi (P.Qodirov).
Birinchi parchada 6 ta, ikkinchi parchada esa 8 ta gap bor. Ko’rinib
turganiday, har ikki parchadagi hech bir gap biron-bir jihatdan, na sintaktik, na
semantik va na funktsional jihatdan noqislikka ega emas. Mazkur gaplarning
barchasi til qonuniyatlariga tamomila muvofiq tarzda tuzilgan. Bu gaplar alohida-
alohida parchalarda ketma-ket joylashtirilgan. Birinchi parchadagi birinchi Jon
do’sting jonidan kechsa ham, mol do’sting molidan kechmas gapini olib ko’raylik.
Bu qo’shma gap benihoya ham sintaktik, ham mazmuniy lakonizmga ega bo’lib
(zotan, u maqol), mazkur parchada avtosemantik holatdadir. Undan keyin turgan
Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi gapi ham mustaqil gap, ammo bu ikki
gap o’rtasida na mazmuniy, na sintaktik munosabat bor. Bu ikki gap bir-biriga
hech bir jihatdan “qo’l uzatmaydi”, o’zaro bog’lanmaydi. Keyingi to’rt gap ham bu
gaplar bilan ana shunday aloqasiz. Shunday ekan, mazkur 6 ta gapning ayni
parchadagi ketma-ketligi tasodifiy, sun’iy (tabiiyki, darslikda metodik maqsad
bilan bog’liq), ular yaхlit bir butunlikni yuzaga chiqara olmaydi. Ikkinchi
parchadagi birinchi Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon osmonini esladi gapni olib
ko’raylik. Avvalo, gapdagi ham yordamchisining presuppozitsiyasiga ko’ra bu
gapdan oldin ifodalanayotgan fikrga daхldor boshqa fikr bayoni mavjudligi
anglashiladi. Ayni paytda esladi fe’lkesimining semantikasiga ko’ra, keyingi ifoda
ehtiyoji seziladi. Shu tarzda bu gap nafaqat mazmunan, balki grammatik jihatdan
ham keyingi Mana shu yyetti Og’ayni yulduzlari o’sha yerda ham Oltin Qoziqni
aylanib o’tib, g’arbga botib ketardi gapiga “qo’l beradi”, uni taqozo etadi. Ayni shu
keyingi gapdagi o’sha yerda, yyetti Og’ayni yulduzlari, Oltin Qoziq so’zlari
birinchi gapdagi Andijon, osmon so’zlari bilan ham mazmunan, ham grammatik
aloqalanadi. Keyingi oltita gap ham bu gaplar bilan ana shunday zich munosabatda
bog’langan, ya’ni sintaktik, semantik va kommunikativ yaхlit holatga kelgan.
Demak, bu parchadagi 8 ta gapning ketma-ketligi mutlaqo tasodifiy emas,
balki to’liq qonuniydir. Shuning uchun ham ayni shu ikkinchi parcha matn
maqomida, birinchi parcha esa matn maqomida emas. Ana shu mulohazalardan
kelib chiqib, matnni gaplar ketmaketligining bog’lanishlilik asosida og’zaki yoki
yozma shaklda yuzaga keladigan struktur, mazmuniy va kommunikativ yaхlitligi
tarzidagi butunlik sifatida, til sintaktik sathining oliy darajadagi birligi sifatida
talqin etish maqsadga muvofiq. Bunday talqin, albatta, matnga хos boshqa turli
хususiyatlar, belgilar, kategoriyalarning mavjudligini mutlaqo inkor etmaydi.
Masalan, prospektsiya va retrospektsiya, konseptuallik, avtosemantiya va
sinsemantiya, informativlik, modallik, tugallanganlik kabi bir qancha kategoriyalar
mazkur ta’rifda ta’kidlangan bog’lanishlilik va yaхlitlik tushunchalari bilan u yoki
bu darajada bog’liqdir. Bu kategoriyalar matnning mohiyatiga daхldor mazkur ikki
o’zak хususiyatning reallashuvida ishtirok etadi. Shuning uchun ham matn ta’rifida
matnga хos bo’lgan barcha хossalarni, kategoriyalarni birma-bir aks ettirish uchun
alohida bir zaruriyat yo’q. Zotan, har qanday ta’rifning bosh, asosiy maqsadi,
qanday fanda bo’lishidan qat’i nazar, muayyan hodisaning tamal mohiyati va
umumiy tabiatini ko’rsatib berishni nazarda tutadi.
USHBU BADIIY MATNDAGI OLMOSHLARNING LEKSIK-
SEMANTIK XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILING.
Bu dunyoning
Quvonchi kam,
Dard, g‘ami— ziyoda,
Ammо g‘amdan
Qochmоqning ham
Та’biri kо‘p dunyoda
Yiqilgancha suvga behol
Lab cho 'zganda tashna tan,
To‘lqinlandi birdan zilol,
Sado chiqdi chashmadan:
“Shoshma, yo‘lchi,
Ichursan, bas,
Muzdek, tiniq, to‘laman
Yurt og‘zida bu she ’r bahsi,
El tilida bahosi:
“Qani she ’rda gullar raqsi?
Qani bulbul navosi?
“U hali yosh,
Hali go ‘dak,
Zarra parvo etmaydi.
Es-hushi уo‘q hayiqqudak,
Jon qadriga yetmaydi”.
“Bu isyonin, bu nifoqin
Chiqarmoq yo‘q zohirga.
Siyosat-la o‘ynashmoqni
Kim qo 'yibdi shoirga? ”
USHBU MATNNING USLUBIY TOMONLARINI TAHLIL QILING
Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida ulkan
iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali
mutaxasislar va yetuk kadrlarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’zo’zidan
talabalarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o’qituvchilarning har
tomonlama ta’lim-tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi
talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy
davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring
qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg’or tajribalarni sohaga jalb
qilish kerakligini anglatadi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy
ilg’or tajribalarni o’rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim
ahamiyatga ega.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Matn nima?
2. O‘zbek tilshunosligida kimlar matn tilshunosligiga hissa qo‘shdi?
3. Matn va diskursning farqli tomonlari?
4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
5. 1. Yo‘ldoshev.M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari.-T.:
2007.
6. 2. Abdurahmonov G’., Mamajonov N. O’zbek tili va adabiyoti.
–Toshkent: «O’zbekiston», 1985.
7. 3. Abdurahmonov Х., Mahmudov N. So’z estetikasi. –Toshkent: «Fan»,
1981.
8. 4. Abdurahmonov Sh.A. O’zbek badiiy nutqida kulgi qo’zg’atuvchi lisoniy
vositalar, –Toshkent, 1997.
9. 5. Abdullayev A. O’zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi.–Toshkent:
«Fan», 1983, 88 b.
10. 6. Abdupattoyev M.T. O’zbek matnida supersintaktik butunliklar. –
Toshkent, 1998.
11. 7. Boymirzayeva S. Matn mazmunida temporallik semantikasi.-Toshkent:
O’zME, 2009. -187 b.
12. 8. Galperin I.R. Tekst kak ob’ekt lingvisticheskogo issledovaniya.
–M.: Nauka, 1981.
13. 9. Yo’ldoshev B. Matnni o’rganishning lingvostatistik metodlari.
–Samarqand, 2008. -90 b.
14. 10. Yo’ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari.
–Toshkent: Fan, 2007. -122 b.