O‘ZBEK XALQ OMMAVIY JANRLARI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

19,7 KB


O‘ZBEK XALQ OMMAVIY JANRLARI.
 Reja:
1. Xalq musiqasi.
2. To’y-marosim qo’shiqlari.
3. Marsiya va yig’i-yo’qlov.
4. Mehnat qo’shiqlari.
5. Afsunli qo’shiq.
6. Terma.(Qo’shiq, lapar, yalla, ashula, katta ashula)
7. O’zbek xalq qo’shiqchiligining ohang tuzilmalari. 
 
 O’zbek  xalqining  o’z  ildizlari  bilan  qadim-qadim  zamonlarga  borib
taqaladigan musiqa merosi, monodiyaning barcha xilma-xil janrlari hamda boy
tasviriy vositalari bilan bizning kunlarimizda ham yangramoqda. U o’zida xalq
ijodi (ya’ni asl folklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va
cholg’u asarlar ( jumladan turkumli maqom va boshqa janrlar)ni o’z ichiga
olgan  og’zaki  an’anadagi  professional  musiqani  birlashtiradi.  Qahramonlik
hamda qahramonona-lirik mazmundagi epik asarlar --dostonlar ham muhim
o’rin egallaydi.  O’zbek  cholg’u  asboblari  hamda musiqa  amaliyoti  musiqa
ijrochiligi uslublari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u musiqa janrlari ham g’oyat
rang-barangligi va boyligi bilan xarakterlanadi.
1.Xalq  musiqasi.
 O’zbek  folklori  har  qanday  xalq  ijodi  kabi
mehnatkashlarning fikri, orzu umidlari, ularning turmushi va ahloqi ,ijtimoiy va
milliy ozodlik uchun kurashining ifodasi  sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq
musiqasining mavzu jihatidan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan
o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.
Logotip
O‘ZBEK XALQ OMMAVIY JANRLARI. Reja: 1. Xalq musiqasi. 2. To’y-marosim qo’shiqlari. 3. Marsiya va yig’i-yo’qlov. 4. Mehnat qo’shiqlari. 5. Afsunli qo’shiq. 6. Terma.(Qo’shiq, lapar, yalla, ashula, katta ashula) 7. O’zbek xalq qo’shiqchiligining ohang tuzilmalari. O’zbek xalqining o’z ildizlari bilan qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi, monodiyaning barcha xilma-xil janrlari hamda boy tasviriy vositalari bilan bizning kunlarimizda ham yangramoqda. U o’zida xalq ijodi (ya’ni asl folklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg’u asarlar ( jumladan turkumli maqom va boshqa janrlar)ni o’z ichiga olgan og’zaki an’anadagi professional musiqani birlashtiradi. Qahramonlik hamda qahramonona-lirik mazmundagi epik asarlar --dostonlar ham muhim o’rin egallaydi. O’zbek cholg’u asboblari hamda musiqa amaliyoti musiqa ijrochiligi uslublari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u musiqa janrlari ham g’oyat rang-barangligi va boyligi bilan xarakterlanadi. 1.Xalq musiqasi. O’zbek folklori har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarning fikri, orzu umidlari, ularning turmushi va ahloqi ,ijtimoiy va milliy ozodlik uchun kurashining ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatidan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.
O’zbek  qo’shiq-ashulalari  va  cholg’u  musiqasi  janrlari  o’z  bajaradigan
vazifasi va turmushda tutgan o’rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi.
 1.Ma’lum vaqt yoki ma’lum sharoitdagina ijro etiladigan qo’shiq-ashulalar
va cholg’u kuylar. Bular oilaviy-marosim qo’shiqlari, mehnat qo’shiqlari, allalar
va boshqalar hamda har xil tantana, tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan
cholg’u kuylardir.
2.  Istalgan  vaqtda  va  har  qanday  sharoitda,  ya’ni  hamma  joyda  ijro
etiladigan  qo’shiq  va  cholg’u  kuylar.  Ularga  o’zbek  xalqining  an’anaviy
musiqali folklor janrlari--terma (yoki cho’blama), qo’shiq (tor ma’noda) lapar,
yalla va ashula, shuningdek, xuddi ularga o’xshash tipdagi cholg’u p’esalar
kiradi.
Har bir guruh o’ziga xos xarakterli belgilarga ega. Masalan, ijro etilishi
ma’lum  vaqt  yoki  sharoitni  taqozo  qiladigan  birinchi  guruh ashula-qo’shiq
janrlarining mavzui o’zlariga xos ma’lum marosim yoki boshqa vaziyat bilan
bog’liq  bo’lib,  undan  deyarli  chetlashmasligi  bilan  ajralib  turadi.  Bosh
mavzudan  ba’zan  uchrab  turadigan  chetlashishlar  lirik  o’ychanlik  va
umulashtirilgan  nasihatgo’yliklar  doirasida  bo’ladi.  Misol  sifatida  kelinni
kuyovning  uyiga  kuzatayotgan  paytda  odatda  ijro  etiladigan  “Yor-yor”ni
keltirish mumkin.( “Hay hay o’lan jon o’lan”)
2.  To’y-marosim  qo’shiqlari. To’y  marosim  qo’shiqlarining  mavzui
kelinni maqtash, er-xotinlik hayotiga taalluqli pand-nasihatlar, kelinning kuyov
uyidagi odob qoidalari, sodir bo’layotgan marosimning ko’tarinkiligi haqidagi
obrazli  poetik  taqqoslashlar  bilan  chegaralangan.  Misol  sifatida  keltirilgan
“Yor-yor” shakl tuzilishi jihatidan ikki qismli bo’lib, har bir she’riy misrani
o’ziga  qamrab  olgan  uchta  tugallangan  kuy  tuzilmasidan  iborat.  Turlicha
ohanglar  asosida  muayyan  metr-ritmik  tartibga  solingan,  tor  diapazonli
kuylarning  bunday  tuzilishi”Yor-yor”  larning  aksariyat  mahalliy  variantlari
(toshkentcha, andijoncha, chimkentcha va boshqalar) uchun ham xarakterlidir.
Yuqorida eslatilganlardan tashqari to’y marosimining u yoki bu jarayoni bilan
bevosita bog’liq bo’lgan boshqa namunalar (“ Kelin salom” “To’y muborak” va
shu kabilar) ham bor. Ularning har biri o’zining tuzilishi tartibi, ohang xarakteri,
emotsional ta’sirchanligi bilan farq qiladi.
Logotip
O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari o’z bajaradigan vazifasi va turmushda tutgan o’rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi. 1.Ma’lum vaqt yoki ma’lum sharoitdagina ijro etiladigan qo’shiq-ashulalar va cholg’u kuylar. Bular oilaviy-marosim qo’shiqlari, mehnat qo’shiqlari, allalar va boshqalar hamda har xil tantana, tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg’u kuylardir. 2. Istalgan vaqtda va har qanday sharoitda, ya’ni hamma joyda ijro etiladigan qo’shiq va cholg’u kuylar. Ularga o’zbek xalqining an’anaviy musiqali folklor janrlari--terma (yoki cho’blama), qo’shiq (tor ma’noda) lapar, yalla va ashula, shuningdek, xuddi ularga o’xshash tipdagi cholg’u p’esalar kiradi. Har bir guruh o’ziga xos xarakterli belgilarga ega. Masalan, ijro etilishi ma’lum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi guruh ashula-qo’shiq janrlarining mavzui o’zlariga xos ma’lum marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog’liq bo’lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Bosh mavzudan ba’zan uchrab turadigan chetlashishlar lirik o’ychanlik va umulashtirilgan nasihatgo’yliklar doirasida bo’ladi. Misol sifatida kelinni kuyovning uyiga kuzatayotgan paytda odatda ijro etiladigan “Yor-yor”ni keltirish mumkin.( “Hay hay o’lan jon o’lan”) 2. To’y-marosim qo’shiqlari. To’y marosim qo’shiqlarining mavzui kelinni maqtash, er-xotinlik hayotiga taalluqli pand-nasihatlar, kelinning kuyov uyidagi odob qoidalari, sodir bo’layotgan marosimning ko’tarinkiligi haqidagi obrazli poetik taqqoslashlar bilan chegaralangan. Misol sifatida keltirilgan “Yor-yor” shakl tuzilishi jihatidan ikki qismli bo’lib, har bir she’riy misrani o’ziga qamrab olgan uchta tugallangan kuy tuzilmasidan iborat. Turlicha ohanglar asosida muayyan metr-ritmik tartibga solingan, tor diapazonli kuylarning bunday tuzilishi”Yor-yor” larning aksariyat mahalliy variantlari (toshkentcha, andijoncha, chimkentcha va boshqalar) uchun ham xarakterlidir. Yuqorida eslatilganlardan tashqari to’y marosimining u yoki bu jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa namunalar (“ Kelin salom” “To’y muborak” va shu kabilar) ham bor. Ularning har biri o’zining tuzilishi tartibi, ohang xarakteri, emotsional ta’sirchanligi bilan farq qiladi.
 3.  Marsiya  va  yig’i-yo’qlov. To’y  marosimdagilardan  farqli  o’laroq
marsiya va boshqa yig’i-yo’qlovlar uchun badiha tarzidagi rivoj va metr-ritmik
erkinlik xarakterlidir. Ular uch xil bo’ladi:
A) muayyan metr-ritmik tartibga solinmagan melodik tuzilmaning badiha
yo’li bilan rivojlanuvidan iborat marsiya va yig’ilar. Barcha badihago’yliklarda
bo’lganidek,  bu  erda  ma’lum  hasratli  ohanglardan  foydalanilishi,
rechitatsiyaning xarakterli usullari ijrochining o’z kayfiyati va imkoniyatini
belgilovchi omil bo’ladi; 
B) garchi ma’lum metr-ritmik erkinlikka yo’l qo’yilsada, ohangi deyarli
o’zgartirilmay  qaytariladigan  kuplet  tuzumli  kuyga  ega  yig’i-yo’qlovlar.
Bularda badihago’ylik faqat poetik matndagina saqlanib, kuylar asosiy melodik
tuzilmalarning intonatsion va ritmik o’zgarishlariga asoslanadi:
Keltirilgan  yig’ida  tugal  kuy  tuzilmalarining  kengayishi  yoki  torayishi,
hamda bu jarayonning poetik matn tuzilmasi har bir she’riy misra yoki baytdagi
bo’g’inning o’zgarishiga bog’liq ekanini sezish qiyin emas;
V) metr-ritmik jihatdan nisbatan tartibga tushganligi va o’ziga xos ijro
uslubi bilan xarakterlanuvchi marsiyalar. Ulardagi yakkaxonlikka, unison, xor
( erkaklar yoki ayollar guruhi) jo’r bo’ladi. “ Sadr” yoki “Jahrxonlik” deb
ataluvchi  bu  marsiyalar  marosim  bilan  bog’liq  bo’lib,  odatda  marhumning
jasadini olib chiqish oldidan ijro etiladi.
4. Mehnat qo’shiqlari.O’zbek musiqa folklorida mehnat qo’shiqlari ham
alohida o’rin egallaydi. Garchi ularda mehnat jarayonining xarakteri o’z aksini
topsada, lirik o’ychanlikning nasriy bayoni katta ahamiyat kasb etadi. Bularga
misol sifatida “Mayda”, “Yozi”, “Yorg’ichoq” kabilarni ko’rsatish mumkin.
Mana masalan, g’alla yanchish paytida, dalada ijro etiladigan “ Mayda”.
 Mazkur  misolda  kuzatilayotganidek,  ish  hayvonini  sifatlovchi  misralar
bilan bir qatorda lirik mazmunli to’rtliklar, odatda sigirlar, echkilar, hamda
qo’ylarni sog’ayotganda aytiladigan “ Xo’sh-xo’sh”, “ Chiray-chiray”, “ Turay-
turay” deb nomlanuvchi afsunli erkalash qo’shiqlari uchun ham xarakterlidir. 
5.Afsunli qo’shiq. Afsunli qo’shiqlar ma’lum marosimlarni bajo keltirish,
masalan, yomg’ir chaqirish, quyosh va oy tutilishini to’xtatishni iltijo qilish,
hamda boshqalarda ham muhim o’rin tutadi.
Logotip
3. Marsiya va yig’i-yo’qlov. To’y marosimdagilardan farqli o’laroq marsiya va boshqa yig’i-yo’qlovlar uchun badiha tarzidagi rivoj va metr-ritmik erkinlik xarakterlidir. Ular uch xil bo’ladi: A) muayyan metr-ritmik tartibga solinmagan melodik tuzilmaning badiha yo’li bilan rivojlanuvidan iborat marsiya va yig’ilar. Barcha badihago’yliklarda bo’lganidek, bu erda ma’lum hasratli ohanglardan foydalanilishi, rechitatsiyaning xarakterli usullari ijrochining o’z kayfiyati va imkoniyatini belgilovchi omil bo’ladi; B) garchi ma’lum metr-ritmik erkinlikka yo’l qo’yilsada, ohangi deyarli o’zgartirilmay qaytariladigan kuplet tuzumli kuyga ega yig’i-yo’qlovlar. Bularda badihago’ylik faqat poetik matndagina saqlanib, kuylar asosiy melodik tuzilmalarning intonatsion va ritmik o’zgarishlariga asoslanadi: Keltirilgan yig’ida tugal kuy tuzilmalarining kengayishi yoki torayishi, hamda bu jarayonning poetik matn tuzilmasi har bir she’riy misra yoki baytdagi bo’g’inning o’zgarishiga bog’liq ekanini sezish qiyin emas; V) metr-ritmik jihatdan nisbatan tartibga tushganligi va o’ziga xos ijro uslubi bilan xarakterlanuvchi marsiyalar. Ulardagi yakkaxonlikka, unison, xor ( erkaklar yoki ayollar guruhi) jo’r bo’ladi. “ Sadr” yoki “Jahrxonlik” deb ataluvchi bu marsiyalar marosim bilan bog’liq bo’lib, odatda marhumning jasadini olib chiqish oldidan ijro etiladi. 4. Mehnat qo’shiqlari.O’zbek musiqa folklorida mehnat qo’shiqlari ham alohida o’rin egallaydi. Garchi ularda mehnat jarayonining xarakteri o’z aksini topsada, lirik o’ychanlikning nasriy bayoni katta ahamiyat kasb etadi. Bularga misol sifatida “Mayda”, “Yozi”, “Yorg’ichoq” kabilarni ko’rsatish mumkin. Mana masalan, g’alla yanchish paytida, dalada ijro etiladigan “ Mayda”. Mazkur misolda kuzatilayotganidek, ish hayvonini sifatlovchi misralar bilan bir qatorda lirik mazmunli to’rtliklar, odatda sigirlar, echkilar, hamda qo’ylarni sog’ayotganda aytiladigan “ Xo’sh-xo’sh”, “ Chiray-chiray”, “ Turay- turay” deb nomlanuvchi afsunli erkalash qo’shiqlari uchun ham xarakterlidir. 5.Afsunli qo’shiq. Afsunli qo’shiqlar ma’lum marosimlarni bajo keltirish, masalan, yomg’ir chaqirish, quyosh va oy tutilishini to’xtatishni iltijo qilish, hamda boshqalarda ham muhim o’rin tutadi.
Birinchi  guruh  qo’shiqlariga  qarama-qarshi  o’laroq,  ikkinchi  guruh
qo’shiqlarining  har  bir  janrida  o’z  mavzuining  g’oyat  rang-barangligini
ko’ramiz.  Ko’p  qirrali  muhabbat  lirikasi,  satira  va  yumor,  tarixiy  mavzu,
ijtimoiy norozilik ushbu guruhga tegishli har bir janr terma ( yoki cho’blama)
qo’shiq,  lapar,  yalla  va  ashulalar  asosini  (garchi  ular  bir  biridan  ravshan
ifodalangan xarakterli musiqali xususiyatlari bilan farqlansa ham) tashkil qilishi
mumkin.
6. Terma. Terma o’z kuyining ma’lum darajada rechitativligi, tor diapazoni
va ixcham shakli bilan xarakterlanadi:
Termalar matni mazmuni turli xil bo’lib, ko’pincha barmoq vaznidagi etti-
sakkiz bo’g’inli misralardan iborat bo’ladi.
Baxshilar tomonidan ijro etiladigan rivojlangan shakldagi termalarda esa
deyarli ko’p bo’g’inli misralarni ko’ramiz.
 Qo’shiq. Qo’shiq--(janr sifatida) nisbatan kichik diapazonli kuydan iborat
bo’lib, barmoq vaznidagi nasriy she’rning to’rtlikdan iborat bir bandini (yoki bir
ikki misrasini) qamrab oladi. Ayni vaqtda har bir she’riy misraga tugal melodik
tuzilma moslashtirilgan bo’ladi.
Qo’shiq juda keng tarqalgan janrlardan bo’lib, o’z mazmunining xilma-
xilligi,  qo’p  qirraliligi  bilan  alohida  ajralib  turadi.  Qo’shiq  kuylari  uchun
usulning ravonligi va aniqligi xarakterlidir.
Qo’shiqda har bir misradan so’ng naqorat, so’z va shuningdek, har bir
navbatdagi banddan ( yoki uning yarmidan) keyin keladigan naqoratlarni ham
juda ham ko’p uchratish mumkin.
Qo’shiq musiqali poetik asarlarning ko’pgina belgilari lapar uchun ham
(garchi u odatda naqoratsiz bo’lsada) xarakterlidir.
Lapar. Lapar raqsbop kuyga ega bo’lib, ko’pincha o’yin-raqs bilan ijro
etiladi. Laparni odatda ikki qo’shiqchi dialog shaklida ijro etadi. Uning matnlari
asosan  ishqiy-lirik yoki  didaktik hazilnamo yoki yumor she’rlardan tashkil
topadi.
Bu misolda, yigit va qiz o’rtasidagi dialog bir kuyning takrorlanishida ijro
etiladi. Dialog matni har xil kuyga asoslanishi ham mumkin. Bunday hollarda
matnning  ikkinchi  (“javob”)  bandi  qo’shiqning  birinchi  (  va  har  bir
Logotip
Birinchi guruh qo’shiqlariga qarama-qarshi o’laroq, ikkinchi guruh qo’shiqlarining har bir janrida o’z mavzuining g’oyat rang-barangligini ko’ramiz. Ko’p qirrali muhabbat lirikasi, satira va yumor, tarixiy mavzu, ijtimoiy norozilik ushbu guruhga tegishli har bir janr terma ( yoki cho’blama) qo’shiq, lapar, yalla va ashulalar asosini (garchi ular bir biridan ravshan ifodalangan xarakterli musiqali xususiyatlari bilan farqlansa ham) tashkil qilishi mumkin. 6. Terma. Terma o’z kuyining ma’lum darajada rechitativligi, tor diapazoni va ixcham shakli bilan xarakterlanadi: Termalar matni mazmuni turli xil bo’lib, ko’pincha barmoq vaznidagi etti- sakkiz bo’g’inli misralardan iborat bo’ladi. Baxshilar tomonidan ijro etiladigan rivojlangan shakldagi termalarda esa deyarli ko’p bo’g’inli misralarni ko’ramiz. Qo’shiq. Qo’shiq--(janr sifatida) nisbatan kichik diapazonli kuydan iborat bo’lib, barmoq vaznidagi nasriy she’rning to’rtlikdan iborat bir bandini (yoki bir ikki misrasini) qamrab oladi. Ayni vaqtda har bir she’riy misraga tugal melodik tuzilma moslashtirilgan bo’ladi. Qo’shiq juda keng tarqalgan janrlardan bo’lib, o’z mazmunining xilma- xilligi, qo’p qirraliligi bilan alohida ajralib turadi. Qo’shiq kuylari uchun usulning ravonligi va aniqligi xarakterlidir. Qo’shiqda har bir misradan so’ng naqorat, so’z va shuningdek, har bir navbatdagi banddan ( yoki uning yarmidan) keyin keladigan naqoratlarni ham juda ham ko’p uchratish mumkin. Qo’shiq musiqali poetik asarlarning ko’pgina belgilari lapar uchun ham (garchi u odatda naqoratsiz bo’lsada) xarakterlidir. Lapar. Lapar raqsbop kuyga ega bo’lib, ko’pincha o’yin-raqs bilan ijro etiladi. Laparni odatda ikki qo’shiqchi dialog shaklida ijro etadi. Uning matnlari asosan ishqiy-lirik yoki didaktik hazilnamo yoki yumor she’rlardan tashkil topadi. Bu misolda, yigit va qiz o’rtasidagi dialog bir kuyning takrorlanishida ijro etiladi. Dialog matni har xil kuyga asoslanishi ham mumkin. Bunday hollarda matnning ikkinchi (“javob”) bandi qo’shiqning birinchi ( va har bir