Oʻzbek xalq pedagogikasi va islom taʼlimotida ijtimoiy-pedagogik gʻoyalari
Reja:
1. Oʻzbek xalq pedagogikasida taʼlim-tarbiya masalasining ijtimoiy xarakteri.
Oʻzbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy gʻoyalari.
2. Oʻzbek etnografiyasida mukammal inson modeli.
3. Xalq tajribasida tarbiya uslubi.
Tayanch tushunchalar: xalq, pedagogika, taʼlim, tarbiya, masala, ijtimoiy,
xarakter, oʻzbek etnografiyasi, mukammal inson, model, islom, monoteistik din,
hadis, ijtimoiy-pedagogik fikrlarning yoritilishi.haqidagi bilimlarni shakllantirish.
1. Oʻzbek xalq pedagogikasida taʼlim-tarbiya masalasining ijtimoiy
xarakteri. Oʻzbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy gʻoyalari. Xalq
pedagogikasi mazkur xalq paydo boʻlgan kundan boshlanib, nihoyatda keng
qamrovli va serjilo, serqirra boʻladi. Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar
davomida shakllangan va ular bizga asosan xalq ogʻzaki ijodiga kiruvchi turli
janrlardagi asarlarda va Qurʼoni Karim hamda paygʻambarimizning hadislarida oʻz
ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan
ogʻzaki tarzda boʻlib, u har bir avlod unga oʻz tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini
qoʻshgan holda bizgacha yetib kelgan.
Oʻzbek xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi boʻlmaydi.
Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkada qolmasligi, ayni chogʻda
tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari eʼtiborga olingan holda,
yetti oʻlchab bir kesishga amal qilinadi, shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun
va ertani oʻylab ish tutadi, yaʼni tarbiyani oʻtmishni unutmaslik, bugunning qadriga
etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi
har bir voqea-hodisa, predmet, koʻrinish qisqasi jonli jonsiz neki bor, undan
mukammal foydalanadi. Xalq pedagogikasida ishontirish, isbotlash, taʼsir, ibrat
namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash kabilar tarbiyada muhim oʻrin tutadi.
Masalan, dov-daraxt, togʻ-tosh, parranda-darrandalarga bagʻishlangan folklor
namunalari bularning zaminida ekologik tarbiya yotadi.
“Oʻzbek xalq pedagogikasi” xalq pedagogikasining ajralmas tarkibiy
qismidir. Uning qamrovi nihoyatda keng, bagʻoyat serqirra va serjilo tushuncha
boʻlib, u shu xalq paydo boʻlgan butun davrni oʻz ichiga oladi.
Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va
maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq ogʻzaki ijodi, qadrshunosligi,
udumshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yoʻnalishlarini, diniy-axloqiy
taʼlimotni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida
toʻplangan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, maʼrifiy, estetik,
maʼnaviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini, tajriba-xulosalarini
loʻnda, ammo bagʻoyat teran; donishmandnamo tarzda ifodalaydi. Ilk bor
yaratilayotgan “Oʻzbek xalq pedagogikasi”da dono xalqimizning taʼlim-tarbiya,
axloq, odob, inson qadriyatlari va uning maʼnaviy ustuvorligi, iymon-eʼtiqodi
butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, anʼanalari
tabarruk islomning odob-axloq, ilmu fan haqidagi taʼlimotiga bogʻliq holda,
muqaddas Qurʼoni karim va paygʻambarimiz Muhammad Rasulullohning muborak
hadisi shariflariga suyangan holda yoritish moʻljallangan. Tadqiqotda Ollohning
ilohiy moʻjizasi – hayot sarvari insonning ona qornida paydo boʻlishidan tortib, to
tugʻilganiga qadar, ilk tarbiyasidan tortib, to voyaga yetguncha hamda oila
qurgunga qadar, yoshini yashab to omonatni topshirgungacha boʻlgan axloqiy,
aqliy, estetik mehnat, ekologik tarbiyasi, shuningdek jismoniy chiniqish bilan
bogʻliq oʻyinlar, xalq pedagogik anʼanalarining hozirgi zamon yosh avlod taʼlim-
tarbiyasida tutgan oʻrni hamda ahamiyati haqida soʻz yuritiladi. Shu bilan birga
oʻzbek anʼanaviy, ommaviy bayram-sayllari, rasm-rusmlari, odatlari va udumlarida
aks etgan axloqiy qarashlar, ularning oʻziga xos odobnomasi, ibratnomasi kabi
bagʻoyat dolzarb mavzularni yoritishga ham harakat qilinadi.
Maʼlumki, xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan
va ular bizga alohida qoʻllanma-dastur yoxud darsliklar shaklida yetib kelmay,
balki asosan xalq ogʻzaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunoslik,
qadrshunoslik, udumshunosliklar qatida saqlab qolingan hamda Ollohning soʻzi
bilan boʻlgan Qurʼoni karim va hadisu-shariflarda oʻz ifodasini topgan. Demak,
xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan ogʻzaki tarzda boʻlib, u har
bir avlod unga oʻz tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qoʻshgan holda bizgacha
yetib kelgan. Bugungi kunda esa shu uzoq asrlar davomida taʼlim-tarbiya
qoʻllanmasi, vositasi boʻlib kelgan xalqning pedagogik qarashlarini toʻplash,
oʻrganish va chop etish vazifasi turibdiki, bu vazifani bajarish yoʻqolish arafasiga
kelib qolgan milliy qadriyatlarimiz, axloqimiz, urf-odat, rasm-rusumlarimizni,
udumlarimizni, anʼanalarimizni asrab qolish va tiklash uchun nihoyatda zarurdir.
Oʻzbek xalq pedagogikasi anʼanalari oʻquv qoʻllanmasi uzoq yillik ilmiy,
pedagogik izlanishlar, amaliy faoliyatlar natijalaridan kelib chiqqan holda jonli,
ilmiy-ommaviy tilda yozilgan. Xalqning oilaviy-maishiy hayoti, taʼlim-tarbiyaviy
axloq-odobga oid hayotiy yoʻl-yoʻriqlari, usullari, ibratli tajribalariga oid turfa
misollar dostonlar, ertaklar, mehnat-mavsum marosim qoʻshiqlari, asotirlar,
naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, hikmatlar, qayroqi soʻzlar,
aforizmlar, topishmoqlar, tezaytishlar, bolalar oʻyinlari, allalar, toʻy va aza
qoʻshiqlari, aytimlari, olqish va qargʻishlar, suyush-erkalash qoʻshiqlari,
erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, yalinchoqlar, hukmlagichlar,
chorlamalar, cheklashmoqchalar, guldur-guplar, sanamalar, oʻyin-kulgular bilan
bogʻliq lapar, aytishuv, oʻlan, termalar, bolalar tarqalish, chorlash qoʻshiqlari
ramazon, boychechak, yomgʻir, quyosh, yulduzsuv aytimlari, chandishlar,
tegishmachoqlar, masxaralamalar, “Navroʻz”, “Mehrjon”, bahor, kuz, qish, yoz
aytim-qoʻshiq ashulalari, dexqonchilik, chorvadorlik, kasb-hunarmandchilik bilan
bogʻliq nasriy va nazmiy asarlar; inson, tabiat va hayvonlar dunyosiga oid
namunalar hamda mifologik tasavvurlar aks etgan asarlar bilan boyitilgan. Qurʼoni
karim, hadis hamda sharq mutafakkirlarining axloq-odobga oid qarashlariga doir
parchalar ham mazkur qoʻllanmaning sahifalarini bezashi tabiiydir. “Oʻzbek xalq
anʼanaviy pedagogikasi”ga oid materiallarni bamisoli ummonga qiyos qilish
mumkin. Biz ushbu tadqiqotni faqat debocha deb bilib, shu ummondan olingan
qatralar orqali xalqimizni, uning ayrim sahifalari bilan tanishtirishni oʻz oldimizga
maqsad qilib qoʻydik. Koʻp jildlarga va koʻp yillarga moʻljallangan oʻzbek xalq
pedagogikasi katta kuchni, jamoa mehnatini talab qiladi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo
yomon boʻlib tugʻilmaydi u birday tugʻiladi. Yaxshi-yomonga aylanishi
tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-koʻy, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat-
tuzumdandir. Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros oilaviy pedagogika, xalq
pedagogikasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik anʼanalari,
jamiyatning bu sohadagi saʼy-harakatlari hal qiluvchi oʻrin tutadi. Xalq
taʼkidlashicha, bola boshdan toʻgʻri, haqqoniy tarbiyalansa u kelgusida yaxshi
inson boʻlib yetishadi, egri yoʻlda tarbiyalansa yomon kishiga aylanadi. Zero,
“Koʻchat boshdan, bola yoshdan” maqoliga amal qilish xalq anʼanaviy
pedagogikasining bosh yoʻnalishidir. Shu boisdan, xalq pedagogikasida
tarbiyaning mayda-chuydasi, yaʼni birlamchi-ikkilamchisi boʻlmaydi: hamma
narsa hisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni choqda tarbiyaning
nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari eʼtiborga olingan holda, yetti oʻlchab
bir kesishga amal qilinadi. Xarakterlisi yana shundaki, xalq tarbiyada kecha, bugun
va ertani oʻylab ish tutadi, yaʼni tarbiyani oʻtmishni unutmaslik, bugunni qadriga
yetishlik, kelajakka umid asnosida olib boradi.
Xalq pedagogikasining yana bir ibratli jihati bor. Bu hayot, tabiat va
jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, koʻrinish, qisqasi jonli-jonsiz neki bor,
undan mukammal foydalanishdir. Kezi kelganda xalq anʼanaviy pedagogikasida
ishontirish, isbotlash, taʼsir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash ham
alohida oʻrin tutishini aytib oʻtish zarur. Buni ayniqsa dov-daraxt, togʻ-tosh,
parranda-darrandaga bagʻishlangan folklor namunalarida yaqqol koʻrish mumkin.
Xalqning bunday qarashlari tag-zaminida toʻrt unsurni asrash, avaylash, yaʼni
ekologik tarbiyani anglash qiyin emas. Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk soʻzlar
duo-olqishlar ham tarbiyaga qaratiladi. Darvoqe, xalq anʼanaviy pedagogikasida
yaxshi soʻz, duo-olqishning taʼsir kuchi, tarbiyaviy ahamiyati, inson maʼnaviy
ustuvorligi, iymon-eʼtiqod butunligi, qisqasi kishilarning har tomonlama
mukammal kamoloti borasida tutgan oʻrni va roliga alohida ahamiyat beriladi. El-
yurt uchun har tomonlama mukammal insonni tarbiyalashga qaratilgan oʻzbek xalq
pedagogikasi ham ayrim shaxslar yoxud bir-ikki jamoa ular qanchalik iqtidorli-
isteʼdodli boʻlishmasin, tomonidan yaratilmagan, albatta. Uni xalqimiz asru asrlar
bilan oʻlchanuvchi hayotida oʻzining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti
borasida tutgan tutimlari, saʼy-harakatlari, yoʻl-yoʻriqlari, aql-zakovatlari bilan
yaratgan. Ayni chog‘da oʻzbek xalq pedagogikasi oʻz rivojida, boyib,
mukammallashib borishida ilm-fanning boshqa sohalaridan, yaʼni mumtoz
adabiyot, sanʼat, ogʻzaki ijod, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik,
odatshunoslik, ruhshunoslik kabi sohalar bagʻrida shakllanib, ular bilan bevosita
aloqada boʻladi, eng yaxshi namunalarini oʻziga qabul qilib oladi. Hamisha
safarlarda boʻlib, oʻzga yurt kishilari bilan muloqotlarda boʻlish, izlanishlar olib
borishdan toliqmaslik kabi xislatlar oʻzbek xalqi harakteriga xos fazilatlardandir.
Insonparvarlik, baynalmilallik, hushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik,
uquvlikni oʻziga eʼtiqod qilib olgan oʻzbek xalq pedagogikasi ayni chog‘da sharq
odobnomasi, ibratnomasidan doimiy ravishda bahramand boʻlgan, sharqona xalq
pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan va uning eng goʻzal namunalarini oʻziga
qabul qilib olgan.
Shunday qilib, oʻzbek xalq pedagogikasi turkiy xalqlar ota-bobolarimiz uzoq
moziyda yaratgan va koʻz qorachigʻiday asrab-avaylab, saqlab kelgan ota meros,
sharq xalqlarining boy va betakror odobnoma va odatnomasi, xalq
pedagogikasidagi eng yaxshi namunalar, allomalaru adabiyot va folklor
ijodkorlari-ijrochilarining bu boradagi saʼy-harakatlari, yaratgan asarlari bilan
qoʻshilgan holda shakllanganligi, rivojlanganligi va boyib borganligini eʼtirof etish
birdan-bir toʻgʻri yoʻldir.
Xalq pedagogikasi asrlar davomida yashab keldi. Ajdod-avlodlarning
axloqiy, maʼrifiy shakllanishi va kamolotida, jismoniy barkamolligida hal qiluvchi
rol oʻynadi. Oddiy insonlarrni yoxud buyuk allomalar, shunchaki fuqaromi va yo
yurt sultonlari, kichik suvoriymi yoki ulugʻ sarkardami, baribir xalq tomonidan
yaratilgan, amalda boʻlgan xalqona tarbiya anʼanalariga toʻla amal qilgan, unga
suyangan, tayangan holda yashasa, faoliyat koʻrsatsa kam boʻlmagan, el-yurt
nazariga tushgan, olqishiga sazovor boʻlgan.
Xalq pedagogikasining bunchalik taʼsir kuchi, ahamiyati nima-da?
Yashovchanligi, “umri” ning shunchalar uzoq muddatlar bilan oʻlchanishi, uni
hech qanday kuch-qudrat bilan tenglashtirib boʻlmasligining boisi qayerda?
Oʻzbek xalq anʼanaviy pedagogikasini uzoq yillar oʻrganishimiz, har bir
nuqtalariga chuqur diqqat-eʼtibor berganimiz oqibat-natijasida shunday xulosaga
keldik. Xalq pedagogikasining asrlar davomida shakllanib, rivojlanib, boyib
borishining, fuqaro, vatan taqdirida hal qiluvchi rolining boisi, birinchidan, uning
hayotiyligi, taʼsirchanligi, serqirra, sermaʼnoligida boʻlsa, ikkinchidan, uning
bevosita xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida jonli anʼanalarda yaratilishi,
yashashi, hayot, inson muammolarini qamrab olishi, tarbiyaning eng dolzarb
masalalari yechimini hal qilishga qaratilgani, uchinchidan, umuminsoniy
yoʻnalishga, umumbashariy gʻoya-maqsadlarga qaratilgan boʻlganligidir. Shu bois,
boshqa dunyoqarash, mafkura, maʼnaviyat omillari kabi, xalq pedagogikasi tarix
toʻfonlari-yu ur-yiqitlariga, toʻs-toʻpolonlarga bardosh berib, tajriba-sinovlardan
muvaffaqiyat bilan oʻtib, toblanib, sayqallashib, hech bir payt, hech bir davrda u
qanchalik ogʻir, murakkab, qiyin boʻlmasin, baribir oʻz faoliyatini toʻxtatmasdan,
aksincha faol xizmat qilib, avlodlar tarbiyasi, kamoloti borasida hal qiluvchi rolni
oʻynab keldi. Kezi kelganda shuni ham taʼkidlab oʻtish kerakki, xalq pedagogikasi
bamisoli jonli organizm, qaynar buloq, oʻlmas, oʻchmas, doimo boyib, koʻpayib
boruvchi ilohiy, moʻjizaviy tarbiya sohasidir. Xalq bor ekan, el yashar ekan, bu
soha yashayveradi, oʻzining avlod-ajdodlarga beminnat “xizmati”ni oʻtayveradi.
Zero, xalq orzu-umidi, quvonch-tashvishlari, gʻam-gʻussasi-yu armonlari, shodlik,
baxtiyorlik onlari-yu qadr-qimmatlari, maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik qarashlari,
dunyoqarashi, falsafiy-axloqiy tushunchalari, hayotiy, taʼlim-tarbiyaviy xulosalari
xalq pedagogikasida zuhr etiladi. Oʻzbek xalq pedagogikasi oʻzining yoʻnalishi,
ibratli xulosalarga boyligi, bebaho asarlari, maʼno-mantiq jihatdan mukammalligi,
teranligi, uslubi, odobnomasi, odatnomasi, ibratnomasi bilan har qanday millat, el
havas qilsa arziydigan buyuk merosdir.
Mustaqillikka erishib, oʻzimizning yorqin milliy istiqlolimizga ega boʻlgach,
umuminsoniy va oʻzbekona qadriyatlarni har tomonlama chuqurroq anglay
boshladik. Mustaqil vatanga har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok,
maʼnaviy ustuvor, iymon-eʼtiqodi butun, oʻz xalqi, oʻz ona-vataniga fidoiy,
jismoniy barkamol kishilar yetkazish uchun ularning axloqiy-jismoniy tarbiyasiga
alohida ahamiyat bera boshladik. Darhaqiqat, vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil
yurtning kelgusi boshqaruvchisi yangi avlod tarbiyasi birinchi oʻringa chiqdi. Juda
qiyin, oʻta masʼuliyatli, katta gʻayrat-shijoat, kuch-quvvat, mehnat talab etadigan
bu vazifani uddalashimizda ogʻzaki ijod, mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti,
elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik, marosimshunoslik qatorida xalq
pedagogikasining oʻrni va roli beqiyosdir. Xalq pedagogikasi hayotning,
tafakkurning, odob-axloq, taʼlim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha
muammolarini qamrab olishi bilan harakterlanadi. Uning oldiga qoʻygan maqsad
vazifasi aniq, ravshan, ayni choqda xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, sarvari,
egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir. Har qanday boylikning
nihoyasi boʻladi, oltin, zar, zarbobga oʻralishning umri qisqa. Osmonoʻpar binolar
qulashi, sulolalar kelib-ketishi, avlodlar ketidan yangilari kelishi tabiiy, ammo xalq
pedagogikasi hayqirib oquvchi daryoday uygʻoq, musaffo chashmaday betinim,
quyosh taftiday issiq, oy nuriday nurafshon, hayotning oʻziday goʻzal, bedor
insonlarday uygʻoq holda avlodlar tarbiyasida hamisha oʻz vazifasi aytilgandek,
inson odobi, xulqi, kamoloti borasidagi xizmatini oʻtayveradi, hech qachon
toliqmaydi charchamaydi.
5.2. Oʻzbek etnografiyasida mukammal inson modeli. Yurtimiz
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash
uchun umum xalq yurishi boshlandi. Ming yillar davomida yaratilgan, xalqimiz
qoni va joniga aylangan maʼnaviy durdonalarga yangicha qarala boshlandi. Milliy
anʼanalarning qadri koʻtarilishi kerakligi etirof etildi, bir soʻz bilan aytganda,
zoʻrlik va ongsizlik oqibatida berkitilgan ezgulik buloqlari koʻzini tozalashga
kirishildi.
Ilgarilari milliy anʼanalar va udumlarga ham hadiksirab qaraldi, uning
tarbiyaviy xazinalaridan ham qandaydir “Illat” qidirildi. Hayotbaxsh xalq
anʼanalari kamsitildi. Baʼzi urf-odat va udumlarga diniy tus berilib, hayot
sahnasidan tamom supurib tashlandi. Ota-bobolarimizning qimmatli pand-
nasihatlari eskilikka yoʻyildi, qadri toptaldi. Qariyalar hikmatomuz ertaklarining
tarbiyaviy ahamiyati eʼtibordan qola boshladi. Ayollar rohatbaxsh allalarni
unutayozdilar. Yevropacha madaniy hayotga tezroq koʻniktirish uchun bir yarim
ming yillik tarix, maʼnaviy meros bitilgai alifbo ham shosha-pisha oʻzgartirildi.
Kaltabinlik shu darajaga borib yetdiki, arab alifbosida bitilgan kitoblarning
hammasi diniy deb yoʻqotildi. Xullas, qalb ehtiyoji sanalgan urf-odatlar va
anʼanalar ham, maʼnaviy xazina durdonalari ham, hur fikrli xalq farzandlari ham
yoʻqotildi.
Bugun asossiz ravishda unutib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga
urinayapmiz. Xalq anʼanalari madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun
chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? Bunga toʻliq javob berish uchun
anʼananing oʻzi nima? degan savolga javob izlab koʻraylik. Anʼana nima?
“Anʼana” asli arabcha soʻz boʻlib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga,
otalardan bolalarga oʻtib, davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari,
qarashlar va shu kabilardir. Anʼana ijtimoiy va madaniy merosdir. Ular iqtisodiy,
milliy, kasbiy, jangovar, ilmiy, oilaviy anʼanalar sifatida jamiyatda, ijtimoiy guruh
va sinflar orasida keng yoyilgan. Shuning uchun ijtimoiy hayot va anʼanalarni
oʻrganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi va xatti-harakatlariga
taʼsir etishini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir.
Taʼlim-tarbiya ishlarida xalqimizning eng ilgʻor, hayotda oʻzini oqlagan
anʼanalarini oila, maktab va mehnat jamoalarida qoʻllash, ulardan foydalanish kabi
vazifalar hamisha dolzarb boʻlib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik,
millatlararo doʻstlik, ekologik tarbiyaga doir anʼanalarni oilaviy tarbiya jarayoniga
tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil koʻrsatmalari
asosida tarbiyalashni keng qoʻllash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Dunyoda necha millat, necha xalq boʻlsa, hammasining oʻziga xos
turmush tarzi, oʻtmish , hayoti va kelajagi bilan chambarchas bogʻliq anʼanalari
mavjuddir. Oʻzbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari,
taʼlim-tarbiya, madaniyat anʼanalari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi.
Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining
ularni chuqur bilishi maʼnaviyatining magʻzi toʻqligi omilidir. Bu hamisha, hamma
avlod tomonidan eʼtirof etilgan haqiqatdir. Kaykovusning “Qobusnoma”sidan
tortib, Al Xorazmiy, Abunasr al Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn
Sinolarking nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”
(“Baxt keltiruvchi bilim”), Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq”(“Haqiqat
sovgʻalari”) kabi jahonga mashhur asarlarida, Navoiyning oʻlmas sheʼriyatida,
Munis Xorazmiyning “Savditaʼlim”, Qori Niyoziyning “Hayot maktabi”, Abdulla
Avloniyning “Guliston yoxud axloq” asarlarida sharq xalqlari, oʻzbek xalqiga xos
boʻlgan ibratli tomonlar ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos
boʻlgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, myohmondoʻstlik,
maʼrifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulugʻlash, farzandga mehrli va fidoyi
boʻlishlik kabi fazilatlar dunyoga tanilgan boʻlsa, ajab emas.
Umuminsoniy oilaviy urf-odatlar va anʼanalarni chuqur oʻrganish, ularni
tahlil qilish, turkumlashtirish, ularning paydo boʻlish yoʻllari, evolyusion
taraqqiyotni bilish, aniqlash, ilmiy asoslangan gʻoyalarni ilgari surish va shular
asosida anʼanalardan foydalanish yoʻllarini tavsiya etishni hayot talab etmoqda.
Bularning hammasi kelajak kishisini tarbiyalashda amaliy yordam beradi.
Qadim zamonlardan, hatto oʻzbek xalqining yozuvi boʻlmagan paytlardanoq
yosh avlodni tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy
omillar hal qiluvchi oʻrin tutganligi shubhasiz. Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi
samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur
oʻrganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy manbalariga, tarbiya
sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.
Oilaviy anʼanalarga bolalarning tugʻilishlari bilan bogʻliq boʻlgan marosimlar, urf-
odatlar, bolalar tarbiyasiga taalluqli boʻlgan va umuminsoniyat tomonidan qabul
qilingan amaliy maslahatlar, qoidalar, metodik usullar va vositalar kiradi. Ana shu
xususiyatlariga koʻra oilaviy anʼanalar nisbatan yashovchandir. Ayniqsa,
umumxalq koʻrinishidagi oilaviy anʼanalarning umri boqiydir. Urf-odatlar qancha
hayotiy, xalqchil, qancha keng tarqalgan boʻlsa, u xalqqa shuncha tez singadi,
shuncha uzoq yashaydi.
5.3. Xalq tajribasida tarbiya uslubi. Sharq xalqlari, jumladan oʻzbeklar
bolalar tarbiyasiga befarq qaramaganlar. Hayotdagi har qanday xatti-harakatning
ham oqibati toʻgʻri baholangan. Yoshga monand taʼsir koʻrsatish yoʻl va vositalari
yaratilgan. Kerak boʻlganda ragʻbatlantirish turlaridan foydalanilgan, lozim boʻlsa
jazolangan. “Bir bolaga etti mahalla ota-ona” deb bejiz aytilmagan. Tarbiya
borasida xatolikka yoʻl qoʻygan bola u kimligidan qatʼi nazar jazolangan.
Noaxloqiy xatti-harakatlarni qisqa va lekin oʻta tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan
“yomon boʻladi” iborasi bilan tavsiflangan.
Masalan, xalqimizning qadimdan amal qilib kelayotgan odob-axloq
qoidalariga koʻra nonga hurmat ulugʻlangan va non ushogʻi bexosdan erga tushib
ketsa, “yomon boʻladi” deb, uni qoʻlga olib koʻzga surtib oʻpib, ogʻizga solingan
yoki chetga olib qoʻyilgan. Suvga tuflash -“gunoh” boʻladi, “yomon boʻladi” deb
tushuntirishgan. Qadimda hovuzlarning suvi haftalab, oylab toza turgan. Biroq,
kishi uni “harom” qilishga botinolmagan. Bolalarga bu “yomon boʻladi” iborasi
orqali yetkazilgan. Qozonga mushuk yoki it, sutga sichqon tegsa oʻsha idishlar
“harom” hisoblanib, toza suvda yaxshilab yuvilgan. Kechqurun qozon yuvuqsiz
qolsa “harom” boʻlgay. Kechasi uy supurilmagan, supurgi yotqizib qoʻyilgan. Ikki
qoʻlini orqaga tirab chalqancha yotish, barmoqlarni zanjir qilish, oyoqlarni
chalishtirib, koʻpchilik oldida uzatib oʻtirish odobsizlik hisoblangan.
“Yomon boʻladi” iborasi orqali kattalarga hurmat, kichiklarga gʻamxoʻrlik
tarbiyalangan, yetim bolalarga, boshiga musibat tushgan oilalarga ozor
yetkazilmagan. Otaga tik qarash, ularga ters javob berish, qizlarga, umuman xotin-