O‘zbek xonliklari davrida tibbiyotni rivojlanishi
Tibbiy bilimlar qatorida tibbiyot tarixi fani aloxida o’rin egallaydi.U
tibbiyotning tarixiy rivojlanish yo’llari va uning xozirgi kungacha etgan darajasi
haqida umumlashtiruvchi tushuncha beradi,tibbiyotning tarakkiyot qonunlarini
ochadi va shunga asosan uning kelgusidagi yunalish yo’llarini ko’rsatib
beradi.Tibbiyot tarixi umuminsoniyat tarixining muxum qismidir
Bo’lajak xaqim uchun tibbiyot tarixini o’rganish muhim ahamiyatga
ega.Tibbiyot tarixi Fani tibbiyotning rivojlanish yo’llarini chuqur
o’rganishda,uning erishgan yutuqlarini to’g’ri anglashda talabalarga dastur bo’lib
xizmat qiladi,ularning bilim darajasi va saviyasini oshiradi.Umuman,tibbiyot tarixi
fani talabalarning kasbiy-estetik, ma’naviy-g’oyaviy va madaniy jixatdan yuksak
darajadagi mutaxassislar bo’lib etishishlarida katta rol o’ynaydi.
Temuriylar sulolasi XV asr oxiriga kelib, tushkinlikka uchradi. Siyosiy
xokimyat zaiflashdi, iqtisodiy xayot izdan chiqdi. 1506 yilda oxirgi temuriylardan
bo’lgan Xusayn Boykaro vafot etdi. Zaxiriddin Bobur Vatanni tark etib,
Xindistonga o’tib ketdi. Movarounnaxrda yagona davlat to’zish qo’lidan keladigan
kuch kolmadi. Toj-taxt uchun olib borilgan tuxtovsiz urushlar va cheki yoq xar xil
soliklardan tinkasi ko’rigan xalq oxirgi temuriylarni qo’llab quvvatlamadi. XVI asr
boshida Movarounnaxrni SHayboniyxon qushinlari zabt etdilar.
SHayboniyxon odamlari biz o’zbeklarmiz, deb atadilar. Ular bu erdagi
maxalliy o’zbeklar(turkiy xalqlar) Bilan aralashib ketib, YAngi davlatni- o’zbek
xonligini barpo etdilar.
SHayboniyxon Samarkandni o’z davlatining poytaxti, deb e’lon qildi.
Buxoroni ukasi Maxmud Sultonga berdi. Toshkent va uning atrofidagi erlarni
karindoshlariga bo’lib berdi. So’ngra u Xuroson va Xorazmni bosib oldi.
Xurosonga o’z ug’li Temur Sultonni xokim qilib kuydi. SHunday qilib,
SHayboniylar sulolasi paydo bo’ldi. Bu sulolaning asoschisi SHayboniyxon ancha
bilimdon odam edi. U adabiyot va san’atga qiziqar, bu soxa axllarini qo’llab
quvvatlardi. Temuriylarga taqlid qilib, mamlakatda iqtisodiy xayot, Fan va
madaniyatni rivojlantirishga intildi. Bu borada u ba’zi tadbirlarni ham amalga
oshirdi. Ammo temuriylar shon shuxratiga eta olmadi. Dastlabki yillarda esa xarbiy
tupalonlar natijasida mamlakat qo’shimcha vayronagarchiliklarga uchragan edi.
SHayboniyxon askarlari bosib olingan shaxarlarni tolon-taroj qilardilar. Buning
natijasida xalq xonavayron bular, xalq O’rtasida turli kasalliklar tarqalib ketar,
minglab kishilar xalok bulardi. Tarixda bu davrda bir necha bor epidemiyalar
tarqalib ketganligi ma’lum.
Davlat barqaror topganidan keyin SHayboniyxon xujalik xayotini tartibga
solishga qaratilgan ba’zi tadbirlarni amalga oshirdi. Sun’iy sugorish inshoatlari
tiklandi, erdan foydalanish qoidalari haqida maxsus qonun kabo’l qilindi. Vakf
erlari masalasi tartibga solindi. Bu tadbirlar axoliga bir qadar engilliklar keltirdi,
xalqning axvoli yaxshilandi. Madaniy xayot yoqsala boshlandi. Bunda bir xodisa –
o’lkada qog’oz ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilganligi kata rol uynadi.
Samarkanda ishlab chiqariladigan «Sultoniy» va «Miribroximiy» markali qog’ozlar
dunyo bozorida yuksak baholanardi.
Movarounnaxr boshqa qushni mamlakatlar bilan savdo-sotik va madaniy
aloka urnatdi. Bu erda ishlab chiqarilgan ip-gazlamalar, gilamlar, ko’rollar chet
ellarga sotilardi. Masalan, O’rta Osiyo o’sha vaqtda Xitoy, Xindiston, Eron va
qadimgi Rus davlati bilan savdo-sotik ishlari olib borardi. CHet ellardan, xususan,
Xitoy va Xindistondan choy va qora murch xar xil ziravorlar keltirilardi. Moskva
davlatidan muyna, teri, mum, asal va ba’zi metal buyumlar keltirib sotilardi. O’sha
davrda o’zbek xonliklari ayrim davlatlar bilan diplomatik alokalar ham boglangan
edilar.
Mamlakatda kattagina ko’rilish ishlari olib borildi. Ular qatorida
karvonsaroylar, sardobalar, hammomlar, kasalxonalar ham bor edi. Bu ko’rilishlar
mamlakatning iqtisodiy va madaniy xayotida muhim rol uynadi. Muhimi shundaki,
bu vaqtga kelib, o’zbek tilida yozilgan kitoblar paydo bo’la boshladi
SHayboniylar xuqmronlik qilgan davrda (XVI asr) mamlakatda tibbiyot
anchagina rivojlandi. Deyarli xar bir shaxarda kasalxona, nogironlar uyi, dorixona,
tibbiy maktablar bulardi. Masalan, XVI asr O’rtasida Toshkentning ko’rkam
chekkasida, «CHorbog» degan joyda maxsus kasalxona («Shifoxona»)
ko’rilganligi ma’lum. Bu erda bemorlar va yaradorlar davolanganlar.
Kasalxonalarda tajribali tabiblar ishlardilar. Ular talabalarga tib ilmidan dars ham
berardilar. Chuqur bilimli bu tabiblar tibga oid asarlar ham yozganlar.
SHayboniylar davrida O’zbekiston xududida yirik tabiblardan bizga
Muhammad Xusayn Mirokiy as-Samarkandiy, SHox Ali ibn Sulaymon al-Kaxxol,
Sulton Ali Xurosoniy, toshkentlik Mullo Muhammad Yusuf tabib, Ubaydulla ibn
Yusuf Ali al-Kaxxol, Mir Muhammad Xusayn al-Oqiliylar ma’lum.
Muhammad Xusayn al-Mirokiy as-Samarkandiy 1545 yilda dorishunoslikka
oid kata bir asar yozib, unda xar xil shifobaxsh o’simliklarning xossalari, ularni
izlab topish, dori tayyorlash va ishlatish usullarini batafsil bayon etgan. Kitobda
turli dorivor o’simliklarning rangli rasmlari berilgan, dorixonada ishlatiladigan
asbob-uskunalar, dori saqlanadigan idishlarning rasmlari keltirilgan.
Muhammad Xusayin Mirokiniy bu kitobi dorixona xodimlari uchun dastur
rolini bajargan. Undan tabiblar ham foydalanganlar, chunki ular ko’pincha o’z
bemorlariga dorini o’zlari tayerlab berardilar.
SHox Ali ibn Sulaymon al-Kaxxol asli toshkentli bo’lib, Kaxxol ya’ni ko’z
tabibi edi. Bu soxada u eng ko’zga ko’ringan mutaxissis xisoblanardi. SHox Ali ibn
Sulaymon ham ko’p tabiblarga uxshab o’z asarlarini she’riy uslubda yozgan.
Masalan, uning «Kaxxolik sa’natiga bagimshlangan risoli» asari she’riy usulda
yozilgan. Asarda ko’zning tuzilishi, ko’z kasalliklarni kelib chiqishi, uning
aniqlash va davolash masalalari bayon etilgan va bu kasalliklar uchun maxsus dori
tayyorlash usullari ham ko’rsatilgan.
Sulton Ali Xurosoniy Samarkand xokimi Abu Mansur Kuchkinchixon
saroyida xizmat qilgan. Bu muallifning bizga ma’lum mashxur asari «Davolash
dastur»dir. Asarda kishi organizmi barcha a’zolari kasalliklarini boshidan boshlab
oyokkacha batafsil bayon etgan. Sulton Ali Xurosoniyning bundan boshqa
«Mukaddimai dastur ul-iloj» nomli asari ham bo’lgan. Bu asar ko’pincha
oddiygina qilib «Mukaddima» deb atalib kelingan. «Mukaddima»ga oldingi asarga
kirmay qolgan ba’zi masalalarni kiritgan. Kitobni muhim tomoni, unda
salomatlikni saqlash uchun qanday tadbirlarni amalga oshirib yurish yo’llari
ko’rsatilgan.
Mulla Muhammad Yusuf tabib toshkentlik kaxxol bo’lgan. Bu tabib ko’z
kasalliklaridan tashqari boshqa kasalliklarni ham yaxshi bilgan. Uni Samarkand
xokimlaridan Abdullatifxon o’ziga shaxsiy tabib qilib tayinlangan.
Mulla Muhammad Yusuf tabibning isitmali kasalliklarga bag’ishlangan
«Isitmalarni aniqlash» nomli kitobi bo’lgan. Bundan tashqari, muallifning «Tomir
va peshob haqida risola» nomli asari ham ma’lum. Kitob 2 qismdan iborat bo’lib,
1-chisida tomir urushining yil fasli, kishining ruxiyati va kasalliklarning turiga
qarab o’zgarishi bayon etilsa, 2-chisida so’z peshobga qarab kasalliklarni aniqlash
usuli bayon etiladi.
Muallifning ko’z kasalligiga bag’ishlangan «Ko’z tabibining afzalligi» nomli
kitobi ham mavjud. Asarda ko’z kasalliklari va ularning belgilarini tashqi
tomondan turib belgilash usulini ko’rsatgan, davolash usullarini bayon etgan.
Ubaydulla ibn Yusuf Ali al-Kaxxol ham toshkentlik ko’zga ko’ringan
tabiblardan bo’lgan. Bu tabib Toshkent xokimi Muhammad Darvesh Boxodirxon
saroyida xizmat qilgan.
Ubaydulla Ali al-Kaxxolning mashxur asari «Kasallarni davolash» dir. Asar
ikki qismdan iborat bo’lib, birinchisida barcha a’zolarda uchraydigan kasalliklar
bayon etilsa, ikkinchisi turli xil murakkab dorilarga bag’ishlangan.
Muhammad Oqiliy ham tabiblar oilasidan bo’lgan. Asli o’zi Xurosonlik edi.
Lekin Mashxadda yashagan. Muhammad Oqiliy o’z kasbini yaxshi egallagan
mutaxasis tabib bo’lgan. Olimning tibga oid bir necha asari bor. SHulardan bizga
ma’lumi «Dorilar xazinasi» va «Qorabotin» nomli asarlaridir. Muallif Dorilar
xazinasi» asarida turli kasalliklar, ularning belgilari, diagnostika va davolash
usullarini bayon etgan. Kitobda organlarning yunoncha, arabcha va turkcha
(o’zbekcha) nomlari berilgan.
XVI asrning oxiriga kelib o’zaro urushlar natijasida shayboniylar davlati
zaiflashib koldi. Bu vaqtda janubda Eron shoxlari mamlakatga taxdid sola
boshladilar. SHimolda esa rus podshoxidan madad olgan qozoq xonlari xujum
boshladilar. Oxirgi shayboniylardan biri Abdulmumin mamlakatni birlashtirishga
o’rinib ko’rdi. Ammo ayrim viloyatlarning beklari uni qo’llab quvvatlamadilar.
Aksincha ular dushmanlar bilan kelishish yo’lini tutdilar. Abdulmumin uldirildi.
Bu bilan shayboniylar sulolasi ham tugadi.
1599 yilda Movarounnaxrning xoni qilib, Koki Muhammad saylandi. U
boshqa o’zbek kabilasidan ashtarxoniylardan edi. Shunday qilib, Ashtarxoniylar
sulolasiga asos solindi. Bular ham mamlakatdagi parchalanib ketish jarayonini
tuxtata olmadilar. Markazdan chetlashish tendensiyasi kuchli bo’lib chiqdi. O’lka
va viloyatlarning boshliklari ko’pincha markaziy xukumatga buysunishdan bosh
tortar edilar. Bundan tashqari, davlat ishlarida ruxoniylar vo’z ta’sirlarini borgan
sari kuchlirok utkaza boshladilar. Markaziy xukumat boshligi shayx va ulamolar
hamda viloyat xokimlarining ishtirokisiz biror muhim ishni amalga oshira olmasdi.
Shuning uchun mamlakatning iqtisodiy va madaniy xayotida ko’zga ko’rinarli
o’zgarish yo’z bermadi. Siyosiy xayotda o’zaro urishlar davom etdi.
Urishlar ko’p mablag talab etar edi. Uni koplash uchun fukoroga yangidan-
yangi soliklar solinar edi. Oiladagi yigitlar askarlikka olib ketilar edi. Dalalarda
ekinlar eqilmay
qolar, eqilganlari esa yigishtirilmay kolar edi. SHularning
hammasi axolini yanada kashshoklashtirar, uning axvolini ogirlashtirib, madorini
ko’ritardi. Buning natijasida organizm zaiflashib turli kasalliklarga chalinar edi.
Biz yuqorida tez-tez epidemiyalar tarqalib to’rganligi aytib o’tildi. Bu xol
ashtarxoniylar davrida ham davom etdi.
Shunday qilib, ashtarxoniylar xuqmronlik qilgan davrda Movarounnaxrda
iqtisodiy va madaniy xayot soxasida unchalik siljish ko’rinmadi. Bundan tibbiyot
istisno edi. Bu soxada zarurat bo’lganligi uchun siljish alomatlari ko’rindi. Ayrim
shaxarlarda kasalxonalar barpo etildi, ularda bemorlarni davolash bilan birga
talabalar ham o’qitilardi.
SUBXONQO’LIXON
Bu vaqtdagi ko’zga ko’ringan tabiblardan biri Subxonqo’lixon dir.
Subxonqo’lixon Buxoro amiri edi. U xar xil fanlar Bilan qiziqkan, ayniqsa, tibbiyot
Bilan ko’proq shug’ullangan. Subxonqo’lixon saroyda tabiblarni yig’ib, tabobat
borasida ilmiy anjumanlar utkazib borardi. Subxonqo’lixonning Amaliy tibbiyot
Bilan shug’ullangani ma’lum emas, ammo tibga oid ikkita asari borligi ma’lum.
Bular «Subxon tibbiyoti» va «Subxonning xayotbaxsh tibbiyotidir». Bu kitoblar
o’zbek (turkiy) tilida yozilgan.
«Subxon tibbiyoti» da muallif oson, tushunarli qilib xar xil kasalliklarni
aniqlash va davolash haqida so’z yuritadi. Kitob unchalik kata emas, ammo unda
tibbiyotning asosiy masalalari qisqa, lekin aniq bayon etilgan.
«Subxonning xayotbaxsh tibbiyoti» esa asosan dorilarga bag’ishlangan.
Kitob 8 qismdan iborat. Xar bir qismda dorilarning sifati, tayyorlanishi va
ishlatilishiga oidayrim masalalar yoritilgan. Subxonqo’lixonning kitoblari o’zbek
tilida yozilgan birinchi tibbiy asarlar sifatida tibbiyot tarixida muhim o’rin tutadi.
Kitobning o’zbek tilida yozilishi haqida muallif bunday deb yozgan edi:
«O’tmishdagi tabiblar bizga arab va fors tillarida yozilgan asarlar qoldirganlar.
Men turk (o’zbek) tilida yozilgan tibbiy kitob uchratmadim. Maxalliy axolii arab
va fors tillarida yozilgan kitoblardan foydalana olmaydi. Shuning uchun men o’z
kitobimni turk (o’zbek) tilida yozdimki, undan o’zimizning odamlar
foydalansinlar».
Subxonqo’lixon mamlakat boshligi sifatida fukoro sogligini saqlash ishiga
ma’lum darajada e’tibor bergan. Ma’lumki, O’rta Osiyo sharoitida yozning issiq
kunlarida axolii O’rtasida ich ketish kasalligi ko’payadi. SHuning oldini olish
uchun Subxonqo’lixon nonvoylar non yo’ziga kunjut urugi sepib yopsinlar, degan
farmon chiqaradi. Kunjut avvalo o’zi xushbuy xidli, yokimli, ikkinchidan u ich
ketishni tuxtatadi. Farmon bilan boshlangan bu tadbir xozir odat tusiga kuirgan.
Subxonqo’lixonning farmoni bilan 1682 yilda Buxoroda kasalxona barpo
etildi. U «SHifo beruvchi manzil» deb atalardi. Kasalxona madrasa ko’rinishida
ko’rilgan. U 18 xujra (palata) dan iborat bo’lgan. Kasalxona kompleksiga tibbiy
maktab va kutubxona ham kirgan. Kasalxona va tibbiy maktabga o’sha zamonning
ko’zga ko’ringan olimlaridan Mavlono Mirkosim Xaqim raxbarlik qilgan. Buxoro
madrasasida tabiblardan yana Xoja Amin Rais, Oxund Mullo Abdugafur Xaqim,
Xoja YOkublar xizmat qilar edilar.
Madrasa
kutubxonasi
kitobga juda boy bo’lgan. Aftidan,
Subxonqo’lixonning o’zi ham kutubxonaga tez-tez kirib to’rgan bo’lsa kerakki, bu
erdagi kitoblarga juda qiziqib qolgan. U kutubxona xodimlariga kitoblarni tartibga
solishni va ba’zi muhimlarini tarjima qilishni buyo’rgan. SHular qatorida mashxur
olim Yusuf tabibning «Tibbi Yusufiy» va Ne’matullox ibn Faxriddin Muborakshox
Xaqimning «Xosiyatlar dengizi» nomli kitoblari ham bor.