O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari, mehnat bozori
Reja
1. O‘zbekiston Respublikasi aholisining soni va ko‘payishi.
2. Aholining jinsiy, yosh va milliy tarkibi.
Tayanch iboralar
Aholi, aholisining soni, aholining ko‘payishi, aholining jinsiy tarkibi,
aholining yosh tarkibi, aholining milliy tarkibi, aholining joylanishi, aholining
zichligi, shahar aholisi, qishloq aholisi, urbanizatsiya, mehnat resurslari, aholining
ijtimoiy tarkibi
1. O‘zbekiston Respublikasi aholisining soni va ko‘payishi.
Savol: O‘ylab ko‘ringchi, aholining soni va ijtimoiy tarkibini o‘rganish
qanday iqtisodiy ahamiyatga ega?
Geografiya fani aholi va unga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni qadimdan
o‘rganib keladi. Jamiyat tashkil topganidan to hozirgi davrga qadar muntazam
rivojlanib kelmoqda. Jamiyat rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik
jarayonlar uzviy bog‘liq holda sodir bo‘ladi va rivojlanishning asosiy omilini
tashkil etadi. Jamiyat taraqqiyotini mukammal o‘rganish birinchi navbatda,
demografik jarayonlarni chuqur ilmiy tahlil etishni taqozo etadi. Amerikalik
mashhur olim U.Ayzard fikricha, u yoki bu hududning xo‘jaligi murakkab jumboq
bo‘lib, uni echishni aynan aholi bo‘g‘inidan boshlamoq kerak. Demografik
ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning hozirgi hududida 1865 yilda 3 mln 320
ming kishi yashagan. 1897 yilga kelib, uning aholisi 3 mln 948 ming kishiga etgan.
Aholining yillik o‘sishi 0,55%ni tashkil etdi. 1913-1940 yillarda O‘zbekiston
aholisi yiliga 1,5%dan o‘sdi. 1940-1959 yillarda aholining yillik o‘sish sur’ati
1,1%ni tashkil qildi. 1959-1970 yillarda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlari oraliq davrida
O‘zbekiston aholisining yillik o‘sish sur’atlari 3,35% ni tashkil etdi. 1979-1989
yillar davrida respublika aholisi har 10 yilda 4,5mln. kishiga ko‘paydi, uning
o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,6%ni tashkil etdi. Respublikamiz aholisi oxirgi o‘n
yilda o‘rtacha 507 ming kishidanga ko‘payib borib, 2020 yil davomida esa 650,3
ming kishiga yoki 2%ga o‘sdi.
O‘zbekiston aholisining bunday yuqori sur’atlar bilan o‘sishi asosan
aholining tabiiy ko‘payishi hisobiga ro‘y bergan. Keyingi yillarda ham aholi
ko‘payishining yuqori ko‘rsatgichlarda saqlanib qolganligini ko‘rish mumkin. Bu
qator ijtimoiy-iqtisodiy sabablar bilan bog‘liqdir. Ular qo‘yidagilar:
-O‘zbeklar va boshqa mahalliy millat vakillari orasida an’anaviy ko‘p
bolalikning barqaror holda bo‘lganligi;
-Urbanizatsiya darajasining pastligi tufayli aholi asosiy qismining qishloq
xo‘jaligida bandligi;
-Oilada bolalar sonini oldindan belgilash va tug‘ilishni cheklash choralarini
qo‘llashning keng tarqalmaganligi.
-Mahalliy millat ayollari orasida ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok
etmaydiganlar salmog‘ining yuqoriligi va boshqalar.
Respublika hududlari kesimida 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra eng ko‘p
aholi soni Samarqand viloyatida 3798,7 ming kishini (respublika aholisi sonidagi
ulushi 11,4%) tashkil etib, keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati 3683,1 ming kishi
(11,0%), Qashqadaryo viloyati 3213,3 ming kishi (9,6%), Andijon viloyati 3066,7
ming kishi (9,2%)ni tashkil etdi. 2019 yil 1 yanvar holatiga aholisi soni 3 mln.
kishidan oshgan hududlar soni 4 tani tashkil etdi.
Bu qiziq! BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yili jahon aholisi 7,7 mlrd
kishini tashkil etdi. Shundan erkaklar - 50,4%. Ayollar - 49,6%. Demografik
ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda har 0,24 sekundda 1ta chaqaloq, 1 soatda esa
15218,7ta chaqoloq tug‘iladi. Har 0,56 sekundda 1ta odam o‘ladi. Har 1 soatda esa
6471,7 ta odam o‘ladi.
3.1-jadval. O‘zbekiston Respublikasida aholi soni va zichligi dinamikasi
Yillar
Jami aholi,
ming kishi
Shu jumladan
Aholi
zichligi,
1 km2/kishi
shahar
aholisi
foiz
qishloq
aholisi
foiz
1865
3320,0
466,0
14,0
2854
86,0
7,4
1897
3948,0
743,0
18,8
3205
81,2
8,8
1913
4334,0
1060,0
24,5
3274
75,5
9,6
1926
4621,0
1012,0
22,0
3609
78,0
10,3
1939
6374,0
1470,0
23,0
4877
77,0
14,2
1940
6551,0
1606,0
24,5
4945
75,5
14,6
1959
8119,0
2729,0
33,6
5390
66,4
18,0
1970
11799,0
4322,0
36,6
7477
63,4
26,3
1979
15391,0
6348,0
41,2
9043
58,8
34,3
1989
19906,0
8106,0
40,7
11800
59,3
44,3
1999
24 135,6
9195,7
38,1
14939,9
61,9
53,8
2009
27533,4
10551,0
38,0
17215
62,0
61,3
2020
33905,8
17100,0
50,5
16700,0
49,5
75,5
3.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida aholi soni o’sishi
Aholining takror barpo bo‘lishi natijasida aholi soni va uning yosh-jinsiy
tarkibi muntazam o‘zgarib turadi. Yangi tug‘ilgan bolalar jinsi aholi jinsiy
tarkibida ma’lum o‘zgarishlarga olib keladi. O‘lganlar soni esa aholi yosh tarkibiga
ta’sir etadi. Aholi yosh va jinsiy tarkibidagi o‘zgarishlar jamiyatda ma’lum sotsial
muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Aholining takror barpo bo‘lish
jarayoni esa, o‘z navbatida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida sodir bo‘ladi.
Shu bois aholining takror barpo bo‘lish jarayoni jamiyat taraqqiyotining har bir
bosqichida o‘ziga xos hususiyatlarga, qonuniyatlarga egadir.
0
5000000
10000000
15000000
20000000
25000000
30000000
35000000
1926
1939
1970
1999
1897
1989
2020
1979
1959
2009
3948
,0
4621
,0
6374
,0
8119
,0
11799,
0
15391
,0
19906
,0
24
135,6
27
533,4
33905
,8
O‘zbekistonda 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 768,3 mingta bola
tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish
koeffitsienti 22,1 promilleni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan 0,7
promillega kamaydi (2016 yilda 22,8 promille bo‘lgan). Tug‘ilish koeffitsienti
2016 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida o‘sgan (25,7
promilledan 25,9 promillega) bo‘lib, sezilarli darajada kamayish esa
Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,9 promilledan 20,7 promillega), Farg‘ona
(22,2 promilledan 21,0 promillega), Toshkent (20,3 promilledan 19,2 promillega),
Xorazm (22,2 promilledan 21,0 promillega), Buxoro (20,9 promilledan 20,0
promillega) va Jizzax (24,5 promilledan 23,6 promillega) viloyatlarida kuzatildi.
Mamlakatimizda 2020 yil 1 yanvar holatiga 154,7 mingta o‘lim qayd etilgan
bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 6,8 mingtaga kamayganligini (2018 yil 1 nvar
holatiga-161,5 ming) ko‘rish mumkin. Mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim
koeffitsienti 5,0 promilleni tashkil etdi. O‘lim koeffitsienti 2016 yilning mos
davriga nisbatan sezilarli darajada o‘sishi Andijon (5,1 promilledan 5,4
promillega), Jizzax (4,2 promilledan 4,4 promillega), Qashqadaryo (4,1
promilledan 4,3 promillega), Namangan (4,7 promilledan 4,9 promillega),
Surxondaryo (4,3 promilledan 4,5 promillega) va Farg‘ona (4,8 promilledan 5,0
promillega) viloyatlarida kuzatildi.
46,8%
46,8%-O‘zbekiston aholisi
3.2-rasm. O‘zbekiston aholisining O‘rta Osiyo davlatlari aholisidagi ulushi
O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga
33905,8 ming kishini tashkil etdi. Jumladan, shahar aholisi soni 16805,0 ming
kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16449,1 ming
kishini (49,5 %) tashkil etdi. Aholining o‘rtacha zichligi – 74 kishi/ km2..