O‘ZBEKISTON CHO‘L ZONASI TUPROQLARI. Cho’l zonasi tuproqlari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

1,7 MB


O‘ZBEKISTON CHO‘L ZONASI TUPROQLARI.
Reja
1. Cho’l zonasi tuproqlari. 
2. Tarqalishi
Tayanch iboralar:Cho’l zonasi tuproqlari, sur-qo’ng’ir tusli, qumli cho’l
tuproqlari, gidromorf, o’tloqi, o’tloqi-botqoq, botqoq tuproqlar,  bo’z tuproqlar
mintaqasi tuproqlar.
1. Cho’l zonasining tuproqlari.
Cho’llar  –  doimiy  quruq  va  issiq  iqlimli  viloyatlarda  shakllangan,
lanshaftlarning alohida tiplaridir. Yer sharida cho’llar mo’tadil iliq (subboreal), iliq
(subtropik) va issiq (tropik) bioiqlim mintaqalarida tarqalgan. Cho’llar barcha
qit’alarda  katta  maydonlarni  egallaydi.  MDH  da  cho’l  zonasi  chala  cho’llar
zonasining  Janubida  joylashgan  bo’lib,  Rossiya,  O’rta  Osiyo  va  Janubiy
Qozog’istonning  Turon  pasttekisligi  deb  ataluvchi,  nihoyatda  katta  tekislik
maydonlarini egallaydi. Kura-Araks pasttekisligining dengizga chegaradosh qismi
ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g’arbda Ustyurt platosini o’z
ichiga  olib,  Orol  dengizi  orqali  Balxash  ko’ligacha  boradi.  Janub  va  sharq
tomonidan  cho’l  zonasining  Kopettog’,  Pomir-Oloy  va  Tyanshan  tog’larining
etaklariga tutashadi. G’arbda esa Kaspiy dengiz bilan chegaralanadi.
O’zbekiston  respublikasi  yer  maydonining  deyarli  70  foizi  cho’l  zonasida
joylashgan bo’lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho’l, Sherobod, Qarshi cho’llari va
boshqa territoriyalarni o’z ichiga oladi. Cho’l zonasining maydoni 130 mln/ga. 
Logotip
O‘ZBEKISTON CHO‘L ZONASI TUPROQLARI. Reja 1. Cho’l zonasi tuproqlari. 2. Tarqalishi Tayanch iboralar:Cho’l zonasi tuproqlari, sur-qo’ng’ir tusli, qumli cho’l tuproqlari, gidromorf, o’tloqi, o’tloqi-botqoq, botqoq tuproqlar, bo’z tuproqlar mintaqasi tuproqlar. 1. Cho’l zonasining tuproqlari. Cho’llar – doimiy quruq va issiq iqlimli viloyatlarda shakllangan, lanshaftlarning alohida tiplaridir. Yer sharida cho’llar mo’tadil iliq (subboreal), iliq (subtropik) va issiq (tropik) bioiqlim mintaqalarida tarqalgan. Cho’llar barcha qit’alarda katta maydonlarni egallaydi. MDH da cho’l zonasi chala cho’llar zonasining Janubida joylashgan bo’lib, Rossiya, O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’istonning Turon pasttekisligi deb ataluvchi, nihoyatda katta tekislik maydonlarini egallaydi. Kura-Araks pasttekisligining dengizga chegaradosh qismi ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g’arbda Ustyurt platosini o’z ichiga olib, Orol dengizi orqali Balxash ko’ligacha boradi. Janub va sharq tomonidan cho’l zonasining Kopettog’, Pomir-Oloy va Tyanshan tog’larining etaklariga tutashadi. G’arbda esa Kaspiy dengiz bilan chegaralanadi. O’zbekiston respublikasi yer maydonining deyarli 70 foizi cho’l zonasida joylashgan bo’lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho’l, Sherobod, Qarshi cho’llari va boshqa territoriyalarni o’z ichiga oladi. Cho’l zonasining maydoni 130 mln/ga.
Cho’l  zonasining  zonal  tuproqlari:  sur-qo’ng’ir  tusli  tuproqlar,  taqir  va
taqirli tuproqlardan iborat bo’lib, qumli cho’l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan
qumlar  (maydonining  40  foizi)  va  sho’rxoklar  (13  foizga  yaqin)  ham  keng
tarqalgan.  Cho’l  zonasi  tuproq  qoplami  nihoyatda   murakkab  va  o’zining
kompleksli bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Shuningdek, cho’l zonasida sho’rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o’tloq,
o’tloq-botqoq va sho’rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil
etadi.
Iqlimi.  Cho’l  zonasi  iqlimining nihoyatda  quruq bo’lishi,  yozgi  davrda
haroratning  yuqoriligi,  mavsumiy  va  sutkali  haroratning  keskin  farq  qilishi,
atmosfera yog’inlari miqdorining kamligi (namlanish koeffisiyenti 0-0,15) bilan
xarakterlanadi.  Zonaning  turli  nohiyalarida  atmosfera  yog’inlarining  o’rtacha
miqdori 75 dan 200 mm ni tashkil etadi. Bu zonada yog’inlarga nisbatan namning
bug’lanishi 10-20 barobar ko’p .
O’rtacha harorat 18 0C (15-200). 5 0C yuqori harorat li davr 194-235 va 230-
275 kun davom etadi.
Sovuq bo’lmaydigan davr shimolda 160-200 kun, janubda 195-248 kunga
barobar.
Cho’l zonasining 10 0C dan yuqori harorat yig’indisi 4000-5000 0C bo’lib,
quyosh radiasiyasining intensivligi ham yuqori ekanligi zona iqlimining quruq
subtropiklarga yaqinligini ko’rsatadi. Iqlimning yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlari
o’simliklar olamiga, tuproq paydo bo’lish jarayonlariga va tuproqlardan qishloq
xo’jaligida foydalanish xarakteriga ta’sir qiladi.
Relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari. Cho’l zonasining relyefi
juda  murakkab  va  xilma-xil.  Qoraqum,  Qizilqum  va  Muyunqum  kabi  qumli
cho’llarni  o’z  ichiga  oluvchi  Turon  pasttekisligi  nihoyatda  katta  maydonni
egallaydi (20-rasm). Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryo, Tajang, To’rg’ay, Murg’ob
va Atrek daryolarining qadimgi va hozirgi zamon deltalari hamda O’zboyning
qadimgi vodiysi katta territoriyani tashkil etadi. Sari-Qamish botig’i massivi ham
ancha katta.
Logotip
Cho’l zonasining zonal tuproqlari: sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlardan iborat bo’lib, qumli cho’l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan qumlar (maydonining 40 foizi) va sho’rxoklar (13 foizga yaqin) ham keng tarqalgan. Cho’l zonasi tuproq qoplami nihoyatda murakkab va o’zining kompleksli bo’lishi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, cho’l zonasida sho’rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o’tloq, o’tloq-botqoq va sho’rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil etadi. Iqlimi. Cho’l zonasi iqlimining nihoyatda quruq bo’lishi, yozgi davrda haroratning yuqoriligi, mavsumiy va sutkali haroratning keskin farq qilishi, atmosfera yog’inlari miqdorining kamligi (namlanish koeffisiyenti 0-0,15) bilan xarakterlanadi. Zonaning turli nohiyalarida atmosfera yog’inlarining o’rtacha miqdori 75 dan 200 mm ni tashkil etadi. Bu zonada yog’inlarga nisbatan namning bug’lanishi 10-20 barobar ko’p . O’rtacha harorat 18 0C (15-200). 5 0C yuqori harorat li davr 194-235 va 230- 275 kun davom etadi. Sovuq bo’lmaydigan davr shimolda 160-200 kun, janubda 195-248 kunga barobar. Cho’l zonasining 10 0C dan yuqori harorat yig’indisi 4000-5000 0C bo’lib, quyosh radiasiyasining intensivligi ham yuqori ekanligi zona iqlimining quruq subtropiklarga yaqinligini ko’rsatadi. Iqlimning yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlari o’simliklar olamiga, tuproq paydo bo’lish jarayonlariga va tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish xarakteriga ta’sir qiladi. Relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari. Cho’l zonasining relyefi juda murakkab va xilma-xil. Qoraqum, Qizilqum va Muyunqum kabi qumli cho’llarni o’z ichiga oluvchi Turon pasttekisligi nihoyatda katta maydonni egallaydi (20-rasm). Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryo, Tajang, To’rg’ay, Murg’ob va Atrek daryolarining qadimgi va hozirgi zamon deltalari hamda O’zboyning qadimgi vodiysi katta territoriyani tashkil etadi. Sari-Qamish botig’i massivi ham ancha katta.
Cho’l zonasida turli mexanik tarkibli, har xil sho’rlangan va karbonatli
qadimgi va hozirgi –zamon allyuvial va ko’lallyuvial jinslar, uchlamchi davrning
gipsli, ohakli  va gil  yotqiziqlari, dengiz qum  va gilli  jinslarning ellyuviy va
dellyuviysi, turli ohaktoshlar, slanes, mergelli gillardan iborat cho’kindi jinslari,
magmatik jinslarining elyuviysi, delyuviysining ancha skeletli jinslari va x.z.lar
uchraydi.
Cho’l zonasi landshafti.
Cho’l zonasida qadimgi allyuvial qumli yotqiziqlar va qumlar ham keng
tarqalgan. 
O’simliklari o’zining kserofitligi, juda siyrak va kompleksli bo’lishi bilan
xarakterlanadi. Iqlimining juda quruqligi sababli o’simliklar qoplamida ildizlari
ancha chuqurda o’sadigan turli yarim butalar va butalar asosiy rol o’ynaydi. Efimer
o’simliklari yozda kuyib , kuzda  yana tiklana boshlaydi.
Joyning  relyefi,  tuproqning  namlanish  va  tuz  rejimlarining  xususiyatiga
ko’ra o’simlik turlari ham o’zgaradi. O’simliklar qoplamining xarakteriga ko’ra:
qumli cho’l o’simliklari, gilli cho’llar o’simligi va gipsli sho’rxokli o’simliklar
ajratiladi.
Qumli cho’llarda efemer va efemeroidlar asosiy rol o’ynaydi. Shuningdek,
ko’p yillik o’simliklar, jumladan cho’l butalaridan, ko’proq boyalich buyurg’un,
21 - rasm
Logotip
Cho’l zonasida turli mexanik tarkibli, har xil sho’rlangan va karbonatli qadimgi va hozirgi –zamon allyuvial va ko’lallyuvial jinslar, uchlamchi davrning gipsli, ohakli va gil yotqiziqlari, dengiz qum va gilli jinslarning ellyuviy va dellyuviysi, turli ohaktoshlar, slanes, mergelli gillardan iborat cho’kindi jinslari, magmatik jinslarining elyuviysi, delyuviysining ancha skeletli jinslari va x.z.lar uchraydi. Cho’l zonasi landshafti. Cho’l zonasida qadimgi allyuvial qumli yotqiziqlar va qumlar ham keng tarqalgan. O’simliklari o’zining kserofitligi, juda siyrak va kompleksli bo’lishi bilan xarakterlanadi. Iqlimining juda quruqligi sababli o’simliklar qoplamida ildizlari ancha chuqurda o’sadigan turli yarim butalar va butalar asosiy rol o’ynaydi. Efimer o’simliklari yozda kuyib , kuzda yana tiklana boshlaydi. Joyning relyefi, tuproqning namlanish va tuz rejimlarining xususiyatiga ko’ra o’simlik turlari ham o’zgaradi. O’simliklar qoplamining xarakteriga ko’ra: qumli cho’l o’simliklari, gilli cho’llar o’simligi va gipsli sho’rxokli o’simliklar ajratiladi. Qumli cho’llarda efemer va efemeroidlar asosiy rol o’ynaydi. Shuningdek, ko’p yillik o’simliklar, jumladan cho’l butalaridan, ko’proq boyalich buyurg’un, 21 - rasm
juzg’un yoki qandim, qum akasiyasi, cherkezlar, oq saksovul (Holoxylon persium)
singarilar asosiy rol o’ynaydi.
Ustyurt,  Betpakdala  platosi,  Qoraqum  va  Qizilqumning  gipslangan  gilli
cho’llarida biroz efemer va efemeroidlar aralashgan shuvoq-sho’rali o’simliklar
asosiy rol o’ynaydi. Gilli cho’llar yuzasida suv o’tlari va lishayniklar tez-tez
uchraydi. sho’rxokli yerlarda bir yillik va ko’p yillik sho’ralar asosiy rol o’ynaydi.
Sur – qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlar, ularning kelib chiqishi va klassifikasiyasi.
O’zbekistonda  sur-qo’ng’ir  tusli  tuproqlar  Ustyurtda,  Qizilqum,  Malik,
Qarshi, Sherobod-Surxon cho’llarida, shuningdek tog’ oldi past tekisliklarida keng
tarqalgan. Respublikamizda bu tuproqlar maydoni 10882 ming ga yoki 40,30%
tashkil etadi.(U.Tojiyev, X.Namozov va boshqalar, 2004 y).
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar uzoq yillar davomida alohida tipga ajratilmasdan
bo’z  tuproqlar bilan birga qarab kelindi. S.S.Neustruyev va N.A.Dimo uni dastlab
strukturali och tusli tuproq, A.N.Rozanov esa qir bo’z tuproqlari, B.V.Gorbunov
primitiv (yosh) bo’z tuproqlarning tipchasi sifatida qarab keldilar. Keyinchalik
I.P.Gerasimov sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlarni alohida mustaqil tipga ajratishni
tavsiya etadi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning genetik xususiyatlarini asoslash, ularni har
tomonlama  o’rganish  va  aloxida  tipga  ajratish  soxasida  B.V.  Gorbunov,
R.V.Kimberg,  S.A.Shuvalov  (1949),  G.I.Dolenko  (1953)  va  Ye.V.Lobova
(1960)larning olib borgan tadqiqotlari  muhim  ahamiyatga ega bo’ldi. Bundan
tashqari  O’zbekiston  cho’l  mintaqasi  sur-qo’ng’ir  tusli  tuproqlarning genezisi,
geografiyasi,  ekologiyasi  va  meliorasiyasini  o’rganishda  A.Rasulov  (1969),
N.V.Kimberg (1974), B.V.Gorbunov, G.M.Konobeyeva, A.I.Tverdostup (1928),
R.Q.Qo’ziyev  (1978),  A.E.Ergashev,  U.K.Kosimov,  A.T.Jo’rayev  (1978)  va
boshqalar katta hissa qo’shganlar.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarining genezisi bo’yicha ikki fikr mavjud. Birinchi
fikrga ko’ra, sur qo’ng’ir tusli tuproqlar o’ziga xos iqlim va o’simlik omillari
ta’sirida rivojlanadi.
Logotip
juzg’un yoki qandim, qum akasiyasi, cherkezlar, oq saksovul (Holoxylon persium) singarilar asosiy rol o’ynaydi. Ustyurt, Betpakdala platosi, Qoraqum va Qizilqumning gipslangan gilli cho’llarida biroz efemer va efemeroidlar aralashgan shuvoq-sho’rali o’simliklar asosiy rol o’ynaydi. Gilli cho’llar yuzasida suv o’tlari va lishayniklar tez-tez uchraydi. sho’rxokli yerlarda bir yillik va ko’p yillik sho’ralar asosiy rol o’ynaydi. Sur – qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlar, ularning kelib chiqishi va klassifikasiyasi. O’zbekistonda sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar Ustyurtda, Qizilqum, Malik, Qarshi, Sherobod-Surxon cho’llarida, shuningdek tog’ oldi past tekisliklarida keng tarqalgan. Respublikamizda bu tuproqlar maydoni 10882 ming ga yoki 40,30% tashkil etadi.(U.Tojiyev, X.Namozov va boshqalar, 2004 y). Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar uzoq yillar davomida alohida tipga ajratilmasdan bo’z tuproqlar bilan birga qarab kelindi. S.S.Neustruyev va N.A.Dimo uni dastlab strukturali och tusli tuproq, A.N.Rozanov esa qir bo’z tuproqlari, B.V.Gorbunov primitiv (yosh) bo’z tuproqlarning tipchasi sifatida qarab keldilar. Keyinchalik I.P.Gerasimov sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlarni alohida mustaqil tipga ajratishni tavsiya etadi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning genetik xususiyatlarini asoslash, ularni har tomonlama o’rganish va aloxida tipga ajratish soxasida B.V. Gorbunov, R.V.Kimberg, S.A.Shuvalov (1949), G.I.Dolenko (1953) va Ye.V.Lobova (1960)larning olib borgan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bundan tashqari O’zbekiston cho’l mintaqasi sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning genezisi, geografiyasi, ekologiyasi va meliorasiyasini o’rganishda A.Rasulov (1969), N.V.Kimberg (1974), B.V.Gorbunov, G.M.Konobeyeva, A.I.Tverdostup (1928), R.Q.Qo’ziyev (1978), A.E.Ergashev, U.K.Kosimov, A.T.Jo’rayev (1978) va boshqalar katta hissa qo’shganlar. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarining genezisi bo’yicha ikki fikr mavjud. Birinchi fikrga ko’ra, sur qo’ng’ir tusli tuproqlar o’ziga xos iqlim va o’simlik omillari ta’sirida rivojlanadi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi va xossalari o’ta quruq cho’llarning
kserofit-efemerli  o’simliklari  ta’sirida  kechadigan  tuproq  paydo  bo’lish
jarayonlarining  o’ziga  xos  xususiyatlari  bilan  belgilanadi.  Cho’llarining  ana
shunday  sharoitida  tuproq  paydo  bo’lish  jarayonlari,  jumladan,  tuproqda
gumusning to’planishi qisqa va davriy xarakterga ega bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Qisqa  bahor  mavsumida  o’simliklar  jadal  rivojlanib,  mikroorganizmlar  va
jonivorlarning ham biologik aktivligi kuchayadi. Natijada o’simlik qoldiqlari bir
mavsumning  o’zida  deyarli  to’liq  ravishda  parchalanib,  minerallashadi.  Shu
sababli tuproqda gumus nihoyatda kam to’planadi. Yozning juda issiq va quruq
davrlarida tuproqdagi biologik jarayonlar deyarli to’xtab qoladi.
Cho’l  tuproqlarida  gumusning  kam  to’planishi,  deyarli  barcha  joylarda
tuproqning  sho’rlanganligi  moddalar  biologik  aylanishining  xususiyatlari  bilan
bog’liq. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda o’sadigan o’simliklarning yer ustida va
ildizlari hisobida to’planadigan organik massasi miqdori har gektarga o’rtacha 10s
ni tashkil etadi va bu dashtlardagiga nisbatan bir necha barobar kamdir. Cho’l
o’simliklari  biomassasining  80  foizi  ildizlarga  to’g’ri  keladi.  Bu  yerdagi
o’simliklarning qoldiqlarida kul moddasining ko’p bo’lishi xarakterlidir.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlaridagi cho’l o’simliklari biomassasida 200 kg/ga
miqdorida har xil kimyoviy elementlar to’planadi. Bunda kalsiy va magniy bilan
bir qatorda natriy ham ancha ko’p to’planadi. Natriy miqdorining ko’payishi bilan
tuproq eritmasining ishqoriyligi oshadi va sho’rtoblanish jarayoni ham rivojlanadi.
Sho’ra o’simliklari tarkibida natriy bilan bir qatorda xlor va oltigugurt ham ancha
ko’p saqlanadi.
Yog’ingarchilik juda kam bo’lganligi sababli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda
yuvilmaydigan suv rejimi yuzaga keladi. Tuproq profilining kam namlanishi bu
tuproqlarda karbonatlanish va sho’rxoksimonlanish jarayonlarining rivojlanishiga
sabab bo’ladi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar yuzasida qatqaloqli gorizontning hosil bo’lishi,
tuproqdagi organik va mineral moddalarning yuqori dispers (mayda zarrachalar)
holati  va  tuproqning  gidrotermik  rejimi  bilan  bog’liq.  Tuproqlarning  yuqori
Logotip
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi va xossalari o’ta quruq cho’llarning kserofit-efemerli o’simliklari ta’sirida kechadigan tuproq paydo bo’lish jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Cho’llarining ana shunday sharoitida tuproq paydo bo’lish jarayonlari, jumladan, tuproqda gumusning to’planishi qisqa va davriy xarakterga ega bo’lishi bilan xarakterlanadi. Qisqa bahor mavsumida o’simliklar jadal rivojlanib, mikroorganizmlar va jonivorlarning ham biologik aktivligi kuchayadi. Natijada o’simlik qoldiqlari bir mavsumning o’zida deyarli to’liq ravishda parchalanib, minerallashadi. Shu sababli tuproqda gumus nihoyatda kam to’planadi. Yozning juda issiq va quruq davrlarida tuproqdagi biologik jarayonlar deyarli to’xtab qoladi. Cho’l tuproqlarida gumusning kam to’planishi, deyarli barcha joylarda tuproqning sho’rlanganligi moddalar biologik aylanishining xususiyatlari bilan bog’liq. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda o’sadigan o’simliklarning yer ustida va ildizlari hisobida to’planadigan organik massasi miqdori har gektarga o’rtacha 10s ni tashkil etadi va bu dashtlardagiga nisbatan bir necha barobar kamdir. Cho’l o’simliklari biomassasining 80 foizi ildizlarga to’g’ri keladi. Bu yerdagi o’simliklarning qoldiqlarida kul moddasining ko’p bo’lishi xarakterlidir. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlaridagi cho’l o’simliklari biomassasida 200 kg/ga miqdorida har xil kimyoviy elementlar to’planadi. Bunda kalsiy va magniy bilan bir qatorda natriy ham ancha ko’p to’planadi. Natriy miqdorining ko’payishi bilan tuproq eritmasining ishqoriyligi oshadi va sho’rtoblanish jarayoni ham rivojlanadi. Sho’ra o’simliklari tarkibida natriy bilan bir qatorda xlor va oltigugurt ham ancha ko’p saqlanadi. Yog’ingarchilik juda kam bo’lganligi sababli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda yuvilmaydigan suv rejimi yuzaga keladi. Tuproq profilining kam namlanishi bu tuproqlarda karbonatlanish va sho’rxoksimonlanish jarayonlarining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar yuzasida qatqaloqli gorizontning hosil bo’lishi, tuproqdagi organik va mineral moddalarning yuqori dispers (mayda zarrachalar) holati va tuproqning gidrotermik rejimi bilan bog’liq. Tuproqlarning yuqori