O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA AKT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH
Yuklangan vaqt
2024-02-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
51,7 KB
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA AKT INFRATUZILMASINI
RIVOJLANTIRISH
Global pandemiya boshlanishi bilan raqamli texnologiyalarning roli sezilarli
darajada o‘sdi, bu esa raqamli transformatsiyaning, ayniqsa, rivojlanayotgan
mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun muhimligini ko‘rsatdi.
Haqiqatan ham, raqamli transformatsiya jamiyatni yanada modernizatsiya
qilish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish salohiyatiga ega. Shu
nuqtai
nazardan,
amalga
oshirilayotgan
islohotlar,
shuningdek,
Yangi
O‘zbekistonning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi doirasida
barcha asosiy sohalarni raqamlashtirish hamda mamlakatda haqiqiy axborot
jamiyatini barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston
2000-yillarning
boshlaridanoq
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT)ni rivojlantirish va raqamlashtirishga ustuvor ahamiyat bera
boshladi. Jumladan, “2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-
kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi”, “2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi” hamda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” va “2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da milliy
iqtisodiyot, sanoat va umuman jamiyatda raqamli transformatsiyani amalga
oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Xususan, mamlakatimiz elektron hukumatining asosiy tizimi – Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) ishga tushirilgach, ushbu sohada,
shuningdek, davlat boshqaruvida yangi texnologiyalarni joriy etish va
raqamlashtirishda salmoqli yutuqlarga erishildi. Natijada, 2022-yilning yanvar oyi
holatiga ko‘ra, davlat xizmatlarining 56 foizi my.gov.uz orqali taqdim etilgan bo‘lsa,
mazkur elektron hukumat platformasida davlat xizmatlari soni 307 ga yetdi hamda
elektron davlat xizmatlaridan 1,3 milliondan ortiq fuqaro foydalangan. Shu bilan
birga, O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilarning umumiy soni esa joriy yil
boshida 27,2 million yetgan.
Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida respublikaning AKT tizimlari va
raqamli infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida sohaga katta miqdordagi
investitsiyalar jalb qilindi. Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika
qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-2021 yillarda axborot va aloqa sohasida yalpi
qo‘shilgan qiymat 2 barobardan ziyod oshib, 2021-yilda 11,8 trillion so‘mga (1
milliard AQSh dollaridan ortiq) ga yetdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda IT-parklar tashkil etilgandan buyon sohadagi
eksport hajmi 50 barobar oshdi va 46 million AQSh dollariga yetdi. Parkning doimiy
rezidentlari soni 147 tadan 500 taga ko‘paydi, 300 dan ortiq yangi kompaniya ochildi
hamda 8500 ta yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rni yaratildi. Hozirgi kunda IT-
parklarda 11 mingdan ziyod yoshlar faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatimizda optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 2017
yildan buyon sezilarli darajada o‘sdi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra,
2017-2022 yillarda bu ko‘rsatkich qariyb 6 barobar oshib, 2022 yilning yanvar oyida
optik tolali aloqa liniyalarining jami uzunligi 118 ming kilometrga yetdi.
Shuningdek, 2017 yildan boshlab xalqaro ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining
o‘tkazuvchanlik qobiliyati 28 martaga o‘sib, 64,2 Gbit/s dan 1800 Gbit/s gacha oshdi.
Ta’kidlash
joizki,
global
pandemiya
raqamlashtirish
va
raqamli
transformatsiya zaruratini ko‘rsatib, IT sohasidagi dolzarb masalalarni bartaraf etish
hamda
barqaror
rivojlanishni
ta’minlash
maqsadida
O‘zbekistonning
raqamlashtirish strategiyasi qayta ko‘rib chiqildi va takomillashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 5
oktabrdagi farmoniga asosan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi,
shuningdek, 2020-2022 yillarda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”
tasdiqlandi. Strategiya ikki dasturni: hududlarni raqamlashtirish va tarmoqlarni
raqamlashtirishni nazarda tutib, raqamli infratuzilma, elektron hukumat, raqamli
texnologiyalar milliy bozori, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim va malaka
oshirishni rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga
oshirishning eng muhim shartlari sohaning moliyaviy ta’minoti va aholining raqamli
savodxonligini oshirishdan iborat. Shunday qilib, hujjatga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi boshqa tegishli davlat organlari bilan birgalikda 2022 yil oxiriga qadar
maktabgacha
ta’lim,
sog‘liqni
saqlash
va
umumta’lim
maktablarini
raqamlashtirishni yakunlash choralarini ko‘radi.
Shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” boshqa milliy strategik hujjatlar
va dasturlarda nazarda tutilgan vazifalar, xususan, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda
BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha milliy vazifalar hamda 2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan
maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, joriy iylning 28-yanvar kuni qabul qilingan “2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” – inson qadrini
yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar
davlat barpo etish; mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini
taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; milliy iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; adolatli ijtimoiy siyosat
yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani
yangi bosqichga olib chiqish; milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda
umumbashariy muammolarga yondashish; mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa
salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish kabi 7
ta ustuvor yo‘nalishlar doirasida keyingi besh yilda erishish kerak bo‘lgan yuzta
strategik maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
Taraqqiyot strategiyasida ham muhim sohalarni raqamlashtirilishga alohida
e’tibor qaratilib, davlat xizmatlari, sud tizimi, huquqni muhofaza qilish organlari,
yo‘l harakati boshqaruvi tizimi, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy xizmatlar, bank va
qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va milliy iqtisodiyotning boshqa asosiy sohalariga yangi
texnologiyalarni joriy qilish belgilangan.
Xususan, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat
xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va
ularning 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda
shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish, shuningdek,
“Fuqarolarning raqamli pasporti” va «Raqamli idora» loyihalarini amalga oshirish
kabi bir qator vazifalar ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini
ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6
baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming
AQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar»
qatoriga kirish uchun zamin yaratish rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan raqamli iqtisodiyotni asosiy «drayver» sohaga
aylantirib, 2026 yil oxiriga qadar uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish, bunda
dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10
baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish, shuningdek, iqtisodiyotning
real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion
jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70 foizgacha oshirish belgilangan. Bundan
tashqari, shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini
oshirish va «Aqlli shahar» konsepsiyasi doirasida rivojlantirishga ustuvor ahamiyat
berilmoqda.
Umuman olganda, raqamli texnologiyalar pandemiyadan keyingi tiklanishda,
shuningdek, barqaror iqtisodiyotni qurishda markaziy rol o‘ynaydi. Shu bois
raqamlashtirish va raqamli transformatsiya O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan
mamlakatlar uchun asosiy ustuvor vazifa bo‘lishi lozim.
Keyingi yillarda O‘zbekiston AKTni rivojlantirish va raqamlashtirish
sohasida, ayniqsa, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuqori natijalarga
erishdi. Shu bilan birga, Janubiy Koreya, Rossiya, Estoniya, Xitoy bilan davom
etayotgan hamkorlik bilan bir qatorda, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh,
Singapur, Yaponiya kabi texnologik jihatdan rivojlangan davlatlarni mamlakatning
IT-sektoriga jalb qilish, xalqaro hamkorlarning geografiyasini diversifikatsiya qilish
muhim ahamiyatga ega. Raqamli ekotizimga, IT infratuzilmasiga va elektron
xizmatlarga investitsiyalar milliy iqtisodiyotni yanada modernizatsiya qilish va
barcha sohalarda inklyuziv o‘sishni jadallashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston bugun keng qamrovli islohotlar natijasida rivojlangan kuchli
davlatlar qatoridan o‘rin olishni asosiy maqsad qilgan. Prezidentimiz parlamentga
Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar hamda zamonaviy
axborot texnologiyalarini egallash zarur va shartligi, bu bizga yuksalishning eng
qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini berishi, zero, bugun dunyoda barcha sohalarga
axborot texnologiyalari chuqur kirib borayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Raqamli
iqtisodiyotni shakllantirish zaruriy infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini
talab etishi, biroq qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishishimiz zarurligi,
shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi eng ustuvor vazifalarimizdan biri
bo‘lib qolishi ta’kidlandi. Chunki raqamli texnologiyalar mahsulot va xizmatlar
sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, eng og‘ir
illatlardan biri – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham samarali vosita bo‘lib xizmat
qiladi.
2020 yilning Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb
e’lon qilingani hamda shu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ham yuqoridagi
ustuvor yo‘nalishlar ro‘yobida salmoqli rol o‘ynamoqda. Chunonchi, raqamli
iqtisodiyotga o‘tish vazifasi qat’iy maqsad sifatida belgilab qo‘yilgani nafaqat
xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan qizg‘in kutib olindi, balki bugungi
pandemiya davrida ham nihoyatda ratsional qaror bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
Shunday ekan, yaqin yillarda biznes yuritish muhiti bo‘yicha dunyoning eng ilg‘or
ellik davlati safiga kirsak, ajabmas.
Raqamli iqtisodiyotga o‘tish eng ustuvor maqsadimiz bo‘lishi barobarida
bevosita ilm-ma’rifatni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Binobarin,
bugungi tezkor zamonda raqamli iqtisodiyot ilg‘or davlatlar iqtisodiyotining barcha
tarmoqlarida keng joriy etilmoqda. Hatto, ayrim mamlakatlar sun’iy intellektdan
faol foydalanishga o‘tganiga guvoh bo‘lyapmiz.
Nufuzli xalqaro tashkilotlar tahlillari natijalariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot
yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foiz oshirish, shuning barobarida, xufiyona
iqtisodiyotga barham berish va korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini taqdim
etadi. Ko‘rinib turibdiki, mazkur soha yurtimizda barcha tarmoqlarning yuksak
rivojiga jiddiy turtki bo‘ladi, insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada
oshiradi.
Harakatlar strategiyasini Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor
vazifalaridan biri sifatida ijtimoiy soha ob’ektlari, umumta’lim maktablarini 80 foiz,
maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini yil oxirigacha 100 foiz
tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yildi.
Bu, o‘z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli
va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida yirik loyihalar
amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda internet tarmog‘iga keng polosali ulanish
uchun 490 mingta port o‘rnatilib, ularning umumiy soni 2,5 millionga yetkazildi.
Bundan tashqari, 9 ming kilometrga yaqin optik tolali aloqa liniyalari tortildi.
Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat
markazlari darajasida 2 barobar, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi.
Xizmat miqyosini kengaytirish maqsadida 1375 ta mobil aloqa baza stansiyasi
o‘rnatilib, ularning soni 27,4 mingtaga yetkazildi va aholi maskanlarida uning