O‘ZBEKISTON MAKTABLARIDA MUSIQA TA’LIMI VA TARBIYASINING RIVOJLANISHI
Yuklangan vaqt
2024-09-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
29,7 KB
1
O‘ZBEKISTON MAKTABLARIDA MUSIQA TA’LIMI VA
TARBIYASINING RIVOJLANISHI
REJA:
1. Maktablarda musiqa o’qituvchilarining yangi dastur bo’yicha ish faoliyati.
2. Musiqa o’qitish bo’yicha ilmiy-intodik ishlar, dasturlar, darsliklar ta’minoti va
tashkiliy jihatlari.
3. Pedagogik universitetlarda musiqa o’qitishni tashkil etish, o’quv materiallari
bilan tanishish hamda yetuk mutaxassislarni tayyorlash.
Ma’ruza matni
Mustaqil Respublikamizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar jamiyatimizni
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy jihatdan jahonning eng rivojlangan
mamlakatlari qatoridan o’rin olishda o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
O’zbekistonning «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuniga ko’ra 9-yillik umumiy o’rta
ta’lim joriy etildi. Ta’limni mintaqaviy hususiyatlarini hisobga olgan holda musiqa
predmeti bo’yicha kontseptsiyasi ishlab chiqildi.
1992 yil 25 noyabrda «Ma’rifat» ro’znomasida musiqa ta’lim-tarbiyasining
kontseptsisi loyihasida, musiqa ta’limining milliy va ilmiy asoslari, mazmuni,
tuzilishi, tabaqalanishi, musiqa o’qituvchisiga bo’lgan zamonaviy talablar va
ta’limning ilmiy uslubiy ta’minoti bayon etiladi. Bugungi o’zligimizni anglash o’z
taqdirimiz va farzandlarimiz istiqbolini yaratish imkoniyatiga ega bo’lgan. Mustaqil
O’zbekistonda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash umumta’lim
maktablarida yoshlarni badiiy tarbiyalash va kamol toptirish, hamda hozirgi
2
kunimizni to’laroq idrok etish uchun eng avvalo tariximizni yaxshi bilmoqlik
hisoblanadi. CHunki, har bir yangilik, tarixiy bog’lanish orqali amalga oshiriladi.
Barcha fanlar qatori musiqiy ta’limda ham davlat ta’lim standartlarini joriy etilishi
milliy musiqiy meroslardan to’laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy
xalq kuy va qo’shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom,
shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatida o’z aksini topadi.
Musiqa san’atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning
barkamol bo’lib yetishishlarida o’ziga xos, takrorlanmas manba bo’lib xizmat qiladi.
Musiqa
ta’limidan,
davlat
standartlari
asosida
yangi
ta’lim
mazmuni
o’quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan biriga ularda kuzatuvchanlik,
xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik,
tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi hislatlarini rivojlantirishni ta’minlaydi.
Demak, yosh avlodni yetuk qilib tarbiyalashda «Musiqa madaniyati» darslarini
ahamiyati katta. Musiqiy madaniyat darslari o’quvchilarni ahloqiy-estetik
tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ulardagi go’zallikka bo’lgan his-tuyg’ularini
o’stiradi, musiqa san’atiga mehr-muhabbat, qiziqish uyg’otadi, ona-Vatanni
sevishga, bir-birini, kattalarni hurmat qilish, mehnatni, tabiatni sevishga, qadrlashga
o’rgatadi va hayotda o’z o’rnini topa olishga madad beradi. Bunda o’quvchilar
musiqa san’atini butun nafosati bilan o’rganishlari, musiqani idrok etish, yakka va
jamoa bo’lib qo’shiq kuylash va raqsga tushish, ijodkorlik malakalarini
shakllantirish, musiqa tarbiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. SHuningdek,
o’quvchilar iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratib berish va
ularning badiiy ehtiyojlarini qaondirish musiqa ta’lim-tarbiyasining vazifasini
tashkil etadi. Hozirgi musiqiy ta’lim-tarbiyasi, shuni ko’rsatadiki, milliy musiqa
merosimizni o’rganishda, musiqa darslarini va sinfdan tashqari musiqa tarbiya
tizimini ahamiyati katta. Musiqa darslarini hayotga joriy etish maqsadida umumiy
o’rta ta’lim maktablari uchun musiqadan 1999 yili davlat ta’lim standarti asosida
yangi dastur ishlab chiqildi. YAngi dasturning asosiy mohiyati avvalo darsning
mavzulari, har bir chorak uchun belgilangan bosh mavzulardan kelib chiqadi. Darsni
qiziqarli bo’lishi uchun musiqa ijodkorligi qo’llanildi, barcha musiqa faoliyatlari
3
(xor bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash) dars mavzusining ajralmas
qismi va mantiqan uzviy bog’lanib o’tiladi.
«Dars» - ta’lim-tarbiyani amalga oshirishning eng qulay va samarali shaklidir.
Jamiyatimizning turli jabhalarda bo’layotgan siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy, ma’rifiy
o’zgarishlar barcha fanlar qatori musiqa darslarining mazmuni va metodikasiga ham
yangi zamonaviy talablar qo’yildi:
1.
Darsda ta’limiy-didaktik, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarni bilish va
ularni amalga oshirish.
2.
Darsda ta’limning faol usul va uslublaridan foydalanish.
3.
Dars jarayonida xalq pedagogikasi an’analarini, jahon pedagogika va
psixologiyasi, san’atimiz, buюk ajdodlarimiz o’gitlari, rivoyatlarimiz, hikmat to’la
hadislarimizdan unumli foydalanib borish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, keyingi yillarda tajribali metodistlar, olimlar va amaliyotchi
o’qituvchilarning o’quv jarayonini tahlil qilish sohasida, o’tkazilgan va didaktik
shart-sharoitlarga bog’liq ekanligi ko’rsatmoqda, Eng muhim shart-sharoitlar
quyidagilardan iborat:
1.
Darsliklar, qo’llanmalar, dastur, tavsiyanomalar, didaktik va metodik
ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish.
2.
Sinfda ijobiy psixologik muhit bo’lishi.
3.
O’qituvchi va o’quvchilar orasida o’zaro yaxshi munosabatda bo’lish.
Ushbu pedagogik shart-sharoitlarga amal qilib, darsning maqsadi va mavzusi,
to’g’ri tashkil qilinsa, dars sifatli va samarali bo’lishi mumkin.
Oliy Majlisning 1997 yil 28 avgustdagi IX-sessiyasida qabul qilingan
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» muhim tarixiy, amaliy hujjat bo’lib ta’lim
tizimini tubdan isloh qilish, uni dunyoning ilg’or demokratik davlat darajasiga
yetkazish va yosh kadrlarni юksak ma’naviy-ahloqiy, юqori bilimlarga ega qilib
tarbiyalashni maqsad qilib qo’yadi. SHuningdek, yosh, bo’lajak pedagog-
kadrlarimizni tayyorlashda musiqa o’qituvchisi uchun zarur bo’lgan sifatlarni
shakllantirishimiz lozim. Talabalarimizni olgan nazariy bilimlari bilan birga amaliy
mashg’ulot o’tkazgan darslari va o’quv-tarbiya mashg’ulotlarida guruhning barcha
4
talablari, o’qituvchi ishtirokida tahlil va muhokama qilishlari lozim. Tahlil
jarayonida, eng muhimi talaba o’zining dars o’tkazuvchi o’qituvchi sifatida tasavvur
qilib, o’z ishini uddasidan qanchalik chiqa olishini to’g’ri baholay olganidadir.
Talaba tomonidan o’tkazilgan darslarning va tarbiyaviy ishlarning tahlili, odatda
o’z-o’zini baholashda, o’zini hisobotini reja va konspektalarni tahlil qilishdan o’z
ishini baholay olishdan boshlanadi. Metodist-o’qituvchi amaliyotchi-talabaga
metodik yordam ko’rsatish va maslahatlar berib kamchilik va юutuqlarni aniqlab
to’g’ri yo’l ko’rsatishi lozim. Bunda eng asosiy maqsad talaba- yoshlarimizni
qobiliyat va imkoniyatlarini aniqlab to’g’ri shakllantirish va юzaga chiqarishdir. Bu
borada юrtboshimiz I.A.Karimovning – «Barchamiz yaxshi anglab olishimiz
kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan
islohatlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy
merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at,
fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir», - degan so’zlari ma’naviyat cho’qqisiga
intilishga chorlamoqda.
TEKSHIRISH SAVOLLARI:
1.
Umumiy ta’lim maktablarida yangi dastur asosida musiqa o’qitishning
maqsad va vazifalari nimadan iborat?
2.
Musiqa o’qitish bo’yicha qanday ilmiy-metodik ishlar, dasturlar, darsliklar,
qo’llanmalar yaratildi va ularning mualliflari kim?
3.
YOsh kadrlarni tarbiyalashda musiqa o’qitishning maqsadi va vazifalari
nimalardan iborat?
Tayanch tushunchalar:
«Xalq cholg’u asboblari orkestri» - xalq cholg’u asboblarini jamoasi, turli xil xalq
asboblarida (doira, dutor, rubob, chang) jo’r bo’lib ijro etishi.
«Ommaviy qo’shiq» bastakor va kompozitorlar tomonidan yozilgan asar, keng
omma ijrosiga mo’ljallab yaratilgan qo’shiq.
5