O‘zbekiston milliy taraqqiyotnining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
48,2 KB
O‘zbekiston milliy taraqqiyotnining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining
shakllanishi va rivojlanishi
Reja:
1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti, maqsadi, obekti va maqsadi.
2. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik maqsadi.
3. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining – yuqori bosqichi
4. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining
shakllanish va rivojlanish strategiyasi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi antik davrdan g‘arb ma’rifatchilarigacha
bo‘lgan uzoq davr mobaynida turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lgan1.
Zamonaviy talqinda esa bu kategoriya ilk bor XVIII asr boshlarida yevropalik
faylasuflar asarlarida ko‘zga tashlanadi. O‘sha davrda bu tushuncha fuqarolar
o‘rtasida vujudga keladigan va ijtimoiy zararli bo‘lgan ijtimoiy mojarolarni
qoidalar vositasida bartaraf etish maqsadida shakllangan siyosiy birlashma
sifatida tushunilgan. Qadimda bu konsepsiya fozil jamiyat tushunchasiga mos
ravishda, davlatdan ajralmagan holda talqin etilgan. Aflotunga ko‘ra davlat
adolatli jamiyat qurishni o‘z oldiga maqsad qilishi, odamlar esa jamiyat
manfaatlari yo‘lida, oqillik, jasurlik, bosiqlik hamda adolat bilan, o‘zlariga
topshirilgan vazifalarni puxtalik bilan bajarishlari kerak. Jamiyat haqida
qayg‘urish “dono hukmdor”ning vazifasi sifatida belgilangan2 . Yevropa va
keyinchalik Amerika singari yirik mintaqalar miqyosida fuqarolik jamiyati
taraqqiyoti uch bosqichda amalga oshgan bo‘lib, ushbu bosqichlar almashinishi
davrida davlat va jamiyat tuzilishida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan, ijtimoiy
va siyosiy bo‘htonlar, ommaviy harakatlar, sinfiy to‘qnashuvlar, ijtimoiy
mafkuralarning tubdan o‘zgarishi ro‘y bergan
Dastlabki bosqichda (taxminan XVI–XVII asrlarda), fuqarolik jamiyatining
iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy asoslari vujudga kelgan. Ularga sanoat va savdo-
sotiqning rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi hamda chuqur
mehnat taqsimoti, tovar-pul munosabatlarining rivoji asos bo‘lib xizmat qilgan.
Shahar va shahar sinflarining ko‘magi yordamida G‘arbiy Yevropa mintaqasida
zamonaviy davlatning belgilari (suverenitet, davlat g‘aznasi, professional
boshqaruv apparati va h.k.)ga ega bo‘lgan markazlashgan milliy davlatchilik
vujudga kelgan. Ijtimoiy mafkuradagi keskin burilish, san’at va madaniyatning
jadallik bilan rivojlanishi, burjua axloqining keng tarqalishi, fuqarolik jamiyatini
ijtimoiy-siyosiy ideal sifatida talqin etish ham ana shu davrga to‘g‘ri keladi. Bu
davrdagi feodal notenglik va imtiyozlarga qarshi kurashuvchi mazlum
qatlamlarga o‘rta sinf mulkdorlar yo‘lboshchilik qilgan. O‘rta asrlarning ikkinchi
yarmida Angliyada ro‘y bergan sanoat inqilobining boshlanishini bir qator
tarixchilar Yangi davrning ibtidosi sifatida talqin etadilar. Sanoat inqilobi va
shahardagi o‘zini o‘zi boshqarish tizimi fuqarolik jamiyati rivoji bilan
chambarchas bog‘liq. G‘arbiy Yevropada o‘sha paytlarda shahar jamoasi
a’zolarining barchasi teng huquqlilik asosida sudlov ishlari ta’minlangan,
adolatsiz qamoqqa olishlar bekor qilingan, saylovlarda ovoz berish huquqi orqali
shahar boshqaruviga saylanish imkoniyati, qurol taqib yurish huquqi, bir so‘z
bilan aytganda, ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan fuqarolik huquqlari, deb
atalgan barcha huquqlar kafolatlangan.3 Ilmiy adabiyotlarda zamonaviy
fuqarolik jamiyatining ildizlari sifatida ko‘rsatilayotgan sharoitlar, jumladan
sanoat va savdo-sotiqning rivoji, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi va
chuqur mehnat taqsimoti, tovar-pul munosabatlarining rivoji4, ko‘pgina jihatlari
o‘rta asr jamiyatining aksi bo‘lgan shaharlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq.
G‘arbiy
Yevropada
cherkov
hukmronligidan
mustaqil,
markazlashgan
davlatlarning shakllanishi ham shaharlarning rivojlanishiga borib taqaladi.
Ko‘pgina mutafakkirlar fuqarolik jamiyatini aynan burjua jamiyati sifatida talqin
etar ekan, shahar va shahar madaniyatini zamonaviy jamiyatga xos bo‘lgan
qadriyatlarning asosi sifatida qaraydilar.5
Taxminan XVII asrning oxiridan XIX asrning yakuniga qadar bo‘lgan
ikkinchi bosqichda eng rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati huquqiy
jihatdan tenglik va xususiy tadbirkorlikka asoslangan dastlabki kapitalizm
ko‘rinishida shakllandi. XX asrda fuqarolik jamiyatining uchinchi bosqichi, ya’ni
uning ijtimoiylashuv davri boshlandi. Yevropa xalqlari antik polislardan tortib,
feodalchilik orqali taraqqiyotning shunday pallasiga yetib keldilarki, bu davrda
mustaqil, ammo o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida birlashishga qodir bo‘lgan
kishilar jamoasi hamda fuqarolik jamiyatining boshqa zaruriy elementlari
vujudga keldi. Buning natijasida fuqarolik jamiyatining tub mohiyati haqida
tafakkur qilishga imkoniyat paydo bo‘ldi. Bu yangi vaziyat g‘arbda insonlarning
siyosiy va iqtisodiy huquqlarini qonun doirasida tan olish asosiga qurilgan
mafkura, ya’ni liberalizmda o‘z ifodasini topdi. Shunday qilib, antik davrda
berilgan turtki o‘rta asrlarga kelib g‘arbiy Yevropada qabul qilingan va o‘ziga
xos o‘zgarishlarga asos bo‘lgan holda Yangi davrda ro‘y bergan burjua
inqiloblari orqali, tom ma’nodagi hodisa sifatida, fuqarolik jamiyatining paydo
bo‘lishiga olib keldi.
Yangi davrning eng muhim siyosiy hodisalaridan biri bo‘lgan “fuqarolik
jamiyati” g‘oyasi o‘z tadrijida bir qancha konsepsiya va talqinlarni vujudga
keltirdi. Biroq, u hamisha “davlat” hodisasiga nisbatan qarama-qarshi qo‘yilgan.
Fuqarolik jamiyatining liberal talqini T.Gobbs, J.Lokk va Sh.Monteske davriga
borib taqaladi. Tushuncha sifatida fuqarolik jamiyati ular tomonidan
insoniyatning tarixiy taraqqiyotini aks ettirish, insonning ibtidoiy usuldan
taraqqiy topgan turmush tarziga o‘tishini ifodalash maqsadida kiritilgan. Inson
davlat va tamaddundan bexabar “yovvoyi”, “tabiiy” holatda uzluksiz urushlar
hamda o‘zaro dushmanlik holatida rivojlanib boradi. O‘zida tartib-intizom va
fuqarolik munosabatlarini ifodalagan rivojlangan jamiyat tabiiy holatdagi sodda
(yoki qaysidir ma’noda johil) jamiyatga qarama-qarshi qo‘yiladi. Tabiat va
insonning jilovlanmagan tabiiy ehtiroslari emas, balki komillik, ya’ni insonning
ongli ravishda jamoaviy hayot kechirishga qodirligi jamiyat va inson hayotining
tabiiy ibtidosi hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati insonning oziq-ovqat, ust-bosh,
boshpanaga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini qondirish sharoiti sifatida qabul
qilingan. Insonning kundalik ehtiyojlari qondiriladigan turli (iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy) sohalarning ajralishi va erkinlashuvi jarayoni fuqarolik jamiyati paydo
bo‘lishiga olib kelgan.
Ma’lumki, insoniyat rivojlanishining ilk davrida kichik guruhlardan iborat
qabilalar (uyushmalar) paydo bo‘lib, ular birgalikda oziq-ovqat topish, uy qurish,
dushmanlardan himoyalanish, yovvoyi hayvonlardan, tabiiy ofatlardan saqlanish
maqsadida birlashishgan. Ushbu uyushmalar oila, urug‘, qabila doirasida tashkil
topgan bo‘lib, ular bir butun yaxlit holdagi manfaat, ya’ni tabiatning tirik bir
bo‘lagi sifatida yashab qolish zaruriyati asosida birlashgan. Ijtimoiy ishlab
chiqarish va mehnat taqsimotining yuksalishi natijasida insonlarning uyushmasi
miqdoriy
jihatdan
o‘sgan,
funksional
jihatdan
rang-baranglashib
barqarorlashgan. Umumiy manfaat jamiyat a’zolarini bog‘lab turuvchi kuchga
aylangan. Shunga qaramasdan, jamiyatning barcha a’zolari fuqarolik jamiyatini
ifoda etgan uyushmalarga a’zo bo‘lishlari shart bo‘lmay, mustaqil holda yashash
imkoniyati ham mavjud bo‘lgan. Xususiy mulk va sinflarning paydo bo‘lishi
bilan jamiyatda tabaqalanish yuz berib, umumiy manfaatlar xususiy, guruhiy
manfaatlarga ajrala boshlagan. Ijtimoiy hayotga oid turli sohalarning vujudga
kelishi individ faoliyatining rang-baranglashuvi va ijtimoiy munosabatlarning
murakkablashuvi jarayonini ifoda etadi. Ijtimoiy aloqalarning turlichaligi
hokimiyatga tobe bo‘lmagan va boshqa individlar bilan ongli ravishda, oqilona
munosabatlar o‘rnatishga qodir fuqaroviy ongga ega bo‘lgan mustaqil shaxsning
shakllanishi natijasi hisoblanadi. O‘zining “Fuqarolik boshqaruvi haqidagi
ikkinchi risola” deb nomlangan asarida J.Lokk (1632–1704 y.) har qanday odam
uchun tabiiy (ya’ni sodda, johil, ibtidoiy – muallif izohi) holatni inkor etgan
holda fuqarolik jamiyati talablari darajasiga yetish uchun yagona yo‘l boshqalar
bilan kelishgan holda ijtimoiy birlikka qo‘shilish yoki birlashishdan iborat
ekanligini ta’kidlaydi.7 Uning fikriga ko‘ra, mutlaq monarxiya fuqarolik jamiyati
bilan umuman mutanosib bo‘la olmaydi va u fuqarolarning erkin boshqaruvi
shakliga mos kelmaydi. Bundan tashqari, u xususiy mulk mustaqil individning
kristallashuvi jarayoni negizida yotishini, aynan xususiy mulk inson siyosiy
mustaqilligi va erkinligining iqtisodiy asosi ekanligini uqtiradi
Fransuz mutafakkiri J.J.Russo qarashlarining asosida ijtimoiy shartnoma
nazariyasi bo‘lib, unda inson, jamiyat va davlat munosabatlari atroflicha tahlil
etiladi. Russo o‘z davrida ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni
tahlil qilar ekan, kishilar o‘z salohiyatlarini birlashtirgan holda hukmron sinfga
qarshi tura olishlari mumkinligi va ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan
tartibga solish mumkinligiga urg‘u beradi. Uning fikriga ko‘ra, kishilar tabiiy
holatda yashab qolishlariga qarshi ta’sir kuchli bo‘lganligi tufayli ular o‘z hayot
tarzini o‘zgartirishga majburdirlar. Ular yangi kuchni vujudga keltira olmas ekan,
faqatgina mavjud kuchni birlashtirish va yo‘naltirish bilan o‘zlarini saqlab qolish,
boshqalar bilan birlashgan holda umummanfaat yo‘lida harakat qilishi mumkin
bo‘lgan kuchlar birligini hosil qilishi mumkin. Ayni vaqtda Russo, bunday
birlashgan kuchni hosil qilish uchun o‘z salohiyatidan jamoa manfaati yo‘lida
voz kechgan insonning eng asosiy boyligi bo‘lgan erkinlikni qanday saqlab
qolishi haqida ham bosh qotiradi. Bunga javob topar ekan, “uyushmaning
shunday shaklini topish kerakki, unda mujassaam bo‘lgan qudrat uyushma
a’zolarining shaxsi va mulkini himoyalashi va asrashi, shu tufayli barcha bilan
birlashgan har bir kishi ko‘pchilikka bo‘ysunadi va ayni vaqtda, ilgarigidek erkin
bo‘lib qolaveradi. Ijtimoiy shartnoma bajaradigan asosiy vazifa ana shudir”, deya
ta’kidlaydi.9 Russo g‘oyalari ijtimoiy shartnoma natijasida ijtimoiy birlik qay
tarzda shakllanishiga qaratilgan. “Agar har birimiz o‘z shaxsiyatimiz va bor
kuchimizni umumjamoa va uning oliy irodasiga topshirar ekanmiz, natijada
barchamiz uchun har birimiz yagona butunlikning ajralmas qismiga aylanamiz”.
10 Fuqarolik jamiyatini davlat hokimiyatining maqomi nuqtai nazaridan talqin
etgan mashhur olimlardan biri Sh.L. de Monteske (1689–1755 y.)dir. Uning
asosiy g‘oyalaridan biri hokimiyatning bo‘linishi to‘g‘risidadir. U o‘zining
“Qonunlar ruhi” nomli asarida davlatni fuqarolik jamiyatida fuqarolarning o‘zaro
adovatini bartaraf etishga qaratilgan jamoatchilik kelishuvining natijasi sifatida
ko‘rib chiqadi. U ushbu ikki tushunchaga aniqlik kiritadi va ularning har
ikkisining o‘ziga xos qonunlari (fuqarolik va davlat) bo‘lib, o‘zining ta’sir
doirasiga ega.
Fuqarolik jamiyati tushunchasining o‘zi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. U
tabiiy-tarixiy taraqqiyot davomida davlatdan mustaqil bo‘lgan muxtor soha
sifatida vujudga keladi va o‘zgarib boradi.
Fuqarolik jamiyati tor ma’noda, huquqiy jamiyat bilan bevosita bog‘liq
bo‘lib, boshqacha aytganda, ular bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Fuqarolik
jamiyati bozor va demokratik huquqiy davlatchilik sharoitida davlat tomonidan
boshqarilmaydigan, erkin va teng huquqli shaxslarning o‘zaro munosabatlarini
ifodalaydi. Bu individual huquqlar va xususiy manfaatlar erkin amal qiladigan
ijtimoiy makon hisoblanadi.
Fuqarolik jamiyatining murakkabligi shundaki, u xo‘jalik, iqtisodiy, oila-
urug‘chilik, etnik, diniy va huquqiy munosabatlar, axloq, shuningdek shaxslar va
hokimiyatning birlamchi sub’ektlari bo‘lmish partiyalar, manfaat guruhlari va
hokazolar o‘rtasidagi davlat tomonidan tartibga solinmaydigan siyosiy
munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Davlat tuzilmalaridan farqli o‘laroq fuqarolik
jamiyatida vertikal (bo‘ysunish) emas, balki huquqiy jihatdan erkin va teng
huquqli hamkorlar o‘rtasida gorizontal aloqalar va raqobat munosabati amal
qiladi.
M.Sharifxo‘jaev tomonidan berilgan ta’rifga ko‘ra, “fuqarolik jamiyati bu –
erkin, demokratik,
huquqiy
sivilizatsiyalashgan
jamiyat
bo‘lib, unda
yakkahokimlik rejimiga, volyuntarizmga, sinfiy adovatga, totalitarizmga,
odamlar ustidan zo‘ravonlik qilishga o‘rin yo‘q. Bunday jamiyatda faqat va faqat
qonun, axloq, insonparvarlik, adolat ustuvorlik qiladi. Bu jamiyatda ko‘p ukladli
raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti, tashabbuskor tadbirkorlar iqtisodiy
rivojlanishning asosini tashkil etadi, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari
muvozanatga keltirilib turiladi.19 Ayni vaqtda, “fuqarolik jamiyati” – na yuridik,
na davlat-huquqiga tegishli bo‘lgan tushunchadir. Davlat o‘z qonunlari bilan o‘z
manfaatiga
mos
bo‘lgan
fuqarolik
jamiyati
shaklini
“o‘rnatish”,
“qonunlashtirish”, “joriy etish” huquqiga ega emas.
Fuqarolik jamiyatining belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiy sohada: nodavlat tashkilotlar; kooperativ-shirkatlar; ijara jamoalari;
aksiyadorlik jamiyatlari; uyushmalar; kooperatsiyalarning mavjudligi. Ijtimoiy
sohada: oila; partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlar; ish va yashash
joylaridagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari; nodavlat ommaviy axborot
vositalari; jamoatchilik fikrini aniqlash, shakllantirish va ifoda etishning
madaniylashgan tartibotlari; ijtimoiy ixtiloflarni kuch ishlatmasdan, tazyiqsiz,
qonunlar doirasida hal qilish amaliyotining mavjudligi. Ma’naviy sohada: so‘z,
vijdon va fikr erkinligi; o‘z fikrini ochiq bildira olishning real imkoniyatlari;
ijodiy, ilmiy va boshqa uyushmalar mustaqilligining ham qonuniy, ham amaliy
jihatdan ta’minlanganligi.21
U xalqning farovonligi, madaniyati va ongining o‘sishi, mamlakatning
iqtisodiy, siyosiy rivojlanishiga mos ravishda pishib yetiladi. Fuqarolik jamiyati
insoniyatning taraqqiyot mahsuli sifatida, sinfiy-feodal tizimga xos qat’iy
qoidalarning o‘zgarishini, huquqiy davlat shakllanishining boshlanishi davrida
paydo bo‘ladi. Barcha fuqarolarda xususiy mulk asosida iqtisodiy mustaqillikka
erishish imkoniyatining paydo bo‘lishi fuqarolik jamiyati vujudga kelishining
zaruriy sharti hisoblanadi. Sinflararo imtiyozlarning bekor bo‘lishi, inson
qadrining o‘sishi va tobe fuqarodan barcha bilan teng huquqqa ega bo‘lgan
shaxsga aylanish fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim sharti hisoblanadi.
Shaxs huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan huquqiy davlatchilik fuqarolik
jamiyatining siyosiy poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Bu sharoitda insonning xulqi
uning manfaatlari bilan belgilanadi va har qanday xatti-harakati uchun mas’uliyat
uning zimmasiga tushadi. Bunday shaxs o‘z erkinligini barcha narsadan ustun
qo‘ygan holda, ayni vaqtda boshqalarning qonuniy huquqlarini ham hurmat
qiladi. Davlatning qo‘lida kuchli hokimiyat to‘planganligi tufayli, u ma’muriy
tizim xizmatchilari, armiya, politsiya va sud orqali ijtimoiy guruhlar, sinflar va
butun xalqning manfaatlarini osonlik bilan poymol etishi mumkin. Germaniya va
Italiyada fashizmning o‘rnatilganligi tarixi davlat qay tarzda jamiyatni “qamrab”
olganligi, turli sohalarning to‘liq davlat tasarrufiga o‘tgani va shaxsning
batamom davlat nazoratida bo‘lishiga yorqin misol bo‘la oladi. Shu ma’noda
fuqarolik jamiyati zo‘ravonlik va huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik,
erishilgan adolat va erkinlikning jamiyat tomonidan tan olingan me’yorlariga
asoslangan tom ma’nodagi ijtimoiy munosabatlarning ob’ektiv tarzda
shakllangan tartibotidir.
Bugungi kunda fuqarolik jamiyatiga o‘tish asoslarini o‘rganish, uning ilmiy-
nazariy va ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tahlil etish har qachongidan ham o‘ta
dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, bu masala sobiq ittifoq
tarkibida bo‘lgan respublikalar va bugungi kunda mustaqil taraqqiyot jarayonida
o‘z oldilariga demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishdek
strategik vazifani amalga oshirishda muhim muammolardan biri bo‘lib
qolmoqda. Globallashuv jarayonida bu muammoning siyosiy-falsafiy, iqtisodiy,
huquqiy va milliy-ma’naviy asoslarini shakllantirishning ayrim o‘ziga xos
yo‘nalishlarini tadqiq etish esa ijtimoiy-gumanitar fanlar vaqillari oldiga bir qator
murakkab masalalarning ham mavjud ekanligini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizni
demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri
bu — qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va
manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil
demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda,
yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib
qolmoqda.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I. A. Karimov o‘zining bir qator asarlari,
ma’ruza va muloqotlarida fuqarolik jamiyati, demokratiya, qadriyatlar
tushunchalarining o‘zaro dialektik uyg‘unligini ta’minlashning ilmiy-nazariy
muammolarini yanada kengroq va chuqurroq tahlil etish zaruratini qayta-qayta
ta’kidlamoqdalar. “Biz jamiyatimizdagi demokratik jarayonlar yo‘li – kelajak
taraqqiyotimiz haqida fikr yuritar ekanmiz, bu borada bizda kuchli davlatdan -
kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish g‘oyasi, bu g‘oyaning ma’no-mazmuni
isbotlab, asoslab berilganligi ko‘rishimiz mumkin.
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi, uning tarixiy va siyosiy-falsafiy ildizlari
qadimgi dunyo mutafakkirlarining davlat nazariyasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Binobarin, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivoji insoniyat, davlat, huquq
tarixining muayyan sivilizatsiyalashgan davri bilan ham bog‘liqdir. Lekin jamiyat
paydo bo‘lgandan boshlab uning ma’lum bir taraqqiyoti davrida davlat paydo
bo‘lgan. Shuning uchun ham “jamiyat” va “fuqarolik jamiyati” tushunchalarini
aynan bir xil talqin qilish mumkin bo‘lmaganidek, uni davlat nazariyasi bilan
bog‘liqdir deb ko‘rsatish ham masalaga siyosiy-falsafiy jihatdan tor ma’noda
tushunishga olib keladi. Negaki, davlatdan farqli o‘laroq, jamiyat hamisha mavjud
bo‘lgan1. Buning ustiga davlat hamma vaqt jamiyatda asosan siyosiy funksiyalarni
bajargan. Bugungi kunga kelib ilmiy-nazariy, siyosiy-falsafiy adabiyotlarda
“fuqarolik jamiyati” tushunchasi ko‘pgina hollarda davlat tushunchasiga bog‘lab
o‘rganilishning asosiy sababi esa – antik davr ijtimoiy-siyosiy qarashlarida ularning
davlat tushunchasi bilan bog‘lab tushunganliklaridadir. Uning yana bir sababi
qadimda fuqarolik jamiyati bilan davlat o‘rtasida farqning yo‘qligi edi. Uning
1 Арин Олег Алексеевич Доктор исторических наук, профессор политологии, главнўй научнўй сотрудник
Центра международнўх исследований МГИМО (Университет) МИД РФ. Идеология и демократия по-
капиталистически. Пресса и цензура. (Из книги «Россия в стратегическом капкане»)
uchunchi sababi, qadimgi yunon o‘lkasida oila, e’tiqod, ma’rifat, madaniyat, san’at,
umuman hayotning barcha-barcha qirralari siyosatlashtirilgan edi. Buning ustiga,
alohida olingan shaxs o‘zini jamiyatdan ayrim holda his qila olmas edi.2
Shu o‘rinda ushbu muallifning qadimgi dunyo mutafakkirlari davrida
“fuqarolik jamiyati” tushunchasi “siyosiy jamiyat”ning muqobili sifatida ham
ishlatilgan degan fikriga to‘liq qo‘shilib bo‘lmaydi. Biz “Fuqarolik jamiyati”
tushunchasini siyosiy-falsafiy jihatdan tahlil etar ekanmiz, fuqarolik va fuqaro
haqidagi
tasavvurlar
paydo
bo‘lgan
davrlardan
boshlab
fuqarolarning
umumuyushmasi sifatida jamiyat tushunchasi yuzaga kelganligini ta’kidlash zarur.
Ilmiy-yuridik, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy adabiyotlarda jamiyat tushunchasi
«davlat» tushunchasidan kengroqdir degan qarashlar ilmiy haqiqatga yaqin.
Darhaqiqat, shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining dastlabki shakl-shamoyillari
antik davr ijtimoiy-siyosiy qarashlarida ham o‘z ifodasini topgan edi deyishga asos
bo‘ladi. Faqat ular fuqarolik jamiyati tushunchasini davlat tushunchasi bilan bog‘lab
tushunganlar. Masalan, qadimgi Xitoy mutaffakkiri Konfutsiyning «Fuqarolik
dunyosining qadriyatlari, yunon donishmandlaridan Aflotun (Platon)ning ideal
davlat, Arastu (Aristotel)ning insonni siyosiy mavjudot sifatida qadrlashi - fuqarolik
jamiyatini barpo etish yo‘llarini emas, balki uning ilk nazariyalarini o‘rtaga
tashlashga intilish deb tushunmoq zarur.
“Bu – deb ta’kidlaydi akademik M. Sharifxo‘jaev, - avvalo, sharqda, jumladan,
qadim Bobilda “Hammurapi qonunlari”, qadim Turonda “Avesto” siyosiy va
huquqiy ta’limoti bilan bog‘liq otashparastlik, ya’ni zardo‘shtiylik zamonida,
keyinchalik qadim Ellada, qadim Rimda paydo bo‘ldi.”3
Rossiyalik akademik V. S. Nersesyans o‘zining bir qator asarlarida, jumladan
“Huquq falsafasi”4 risolasida “qadimgi dunyo siyosiy-falsafasida “fuqarolik
jamiyati” huquq va qonun tushunchalari orqali ifodalangan edi” deb yozadi.
Haqiqatdan ham fuqarolik jamiyatida har bir tabaqa va davlatning har bir a’zosi o‘z
2 Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: Сиёсий партиялар, мафкуралар, маданиятлар. Ўзбекистон
Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат ва жамият қурилиши Академияси.– Т.: “Шарқ”, 1998 й 6 бет
3 Шарифхўжаев М. Ўзбекистонда очиқ фуқаролик жамиятининг шаклланиши. – Т.: “Шарқ”, 2003 9 бет
4 Нерсесянц В. С. Ҳуқуқ фалсафаси. Масъул муҳаррир: А.Х. Саидов. – Т., “Адолат” 2003й. 179 бет
ishi bilan shug‘ullanishidan va o‘zgalarning ishlariga aralashmasligi “hech kim
o‘zganing molini egallab olmasligini va o‘z molidan mahrum bo‘lmasligini” talab
etadi. Binobarin, polis va qonunlarning o‘zaro aloqasi hamda birligi Aflotun (Platon)
butun siyosiy falsafasining muhim tamoyili hisoblanadi. “Men, - deb yozgan Platon,
- qonun kuchga ega bo‘lmagan va kimningdir hokimiyati ostida bo‘lgan davlatning
halokati yaqinligini ko‘raman. qonun hukmdorlar ustidan hoqon, hukmdorlar esa
uning quli bo‘lgan joyda men davlat qutqariladi hamda xudolar davlat orqali barcha
narsani in’om etadi, deb hisoblayman” (Zakono‘, 715 s «Qonunlar»5). Aflotun
fuqarolik jamiyatining ma’naviy asos belgisi va mezoni bo‘lgan inson komilligi
masalasini ham qonun bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. U qonunlar to‘g‘risidagi fanni
juda yuksakka qo‘yadi. “Chunki barcha fanlar ichida qonunlar to‘g‘risidagi fan
insonlarni barchasidan ko‘proq kamolga yetkazadi”. Binobarin, “fuqarolik jamiyati”
tushunchasi huquq bilan bevosita bog‘liqdir. Demak, “fuqarolik jamiyati”ning
dastlabki shakl-shamoillari antik davr ijtimoiy-siyosiy qarashlarida o‘zining chuqur
ifodasini topgan bo‘lsa-da, lekin ular fuqarolik jamiyati tushunchasini davlat
tushunchasi bilan bog‘liq holda tushunganlar. Shuning uchun ham qadimgi dunyo
mutafakkirlarining “fuqarolik jamiyati” tushunchasi haqidagi fikrlaridagi alohida
holat u yoki bu tarzda davlatni takomillashtirish (usiz bu jamiyat yashay olmaydi),
huquq va qonun rolini yuksaltirish muammolari bilan bog‘lab ko‘rsatganliklarida
ko‘rinadi. Aflotunning Eydos (davlat g‘oyasi) nazariyasi shunga xizmat qilgan.
“Odatda, fuqarolik jamiyati xususida gap ketganda, qadimgi Yunon faylasufi Arastu
fikrlariga tayaniladi. Darhaqiqat, bu tushuncha Arastu tomonidan ilk bor ilmiy va
siyosiy iste’molga kiritilgan edi. U fuqarolik jamiyatini siyosiy qurilishning ma’lum
shakli orqali bir-birlari bilan bog‘langan erkin va teng huquqli fuqarolar uyushmasi
sifatida harakterlagan edi”.6 Muallif o‘zining fikrlarini isbotlash maqsadida bir qator
rossiyalik olimlarning qarashlariga tayanadi. Biroq ularning birontasi bu
tushunchani aynan Arastu ilk bor ilmiy, siyosiy-falsafiy adabiyotlarga iste’molga
kiritgan degan fikrni aytishmagan. Faqat Arastuning davlat fuqarolarining o‘z
5 Нерсесянц В. С. Платон. М.: Юрид. Лит., 1984. С. 59 (Из истории политической и правовой мўсли)
6 Шарифхўжаев М. Ўзбекистонда очиқ фуқаролик жамиятининг шаклланиши. – Т.: “Шарқ”, 2003й. 16 бет