O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. (O‘zbekiston yer fondining tarkibi va tuzilishi)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

197,7 KB


O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi.
Reja
1. O‘zbekiston yer fondining tarkibi va tuzilishi
2. Dehqonchilik va  uning yetakchi  tarmoqlari. Paxtachilik-to‘qimachilik
klastyerlarining tashkil etilishi
3. Chorvachilikning  O‘zbekiston  qishloq  xo‘jaligida  tutgan  o‘rni  va
ahamiyati.
Tayanch iboralar
Qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, chorvachilik, yer fondi, texnika ekinlari,
donchilik, sabzavotchilik,  polizchilik,  qoramolchilik, qo‘ychilik,  qorako‘lchilik,
echkichilik, tuyachilik, pillachilik, parrandachilik, darrandachilik
1. O‘zbekiston yer fondining  tuzilishi.
Yer fondi mamlakat chegaralari doirasidagi (qisman qo‘shni davlatlardagi)
korxona,  tashkilot,  muassasa  va  fuqarolarning  foydalanish  maqsadiga  qarab
toifalarga  bo‘lingan maydondir. O‘zbekiston yer fondi 44,892 mln ga bo‘lib,
respublikamizda har 100ga yerdan 7ga dehqonchilikka yaroqli. Bu esa qishloq
xo‘jaligida har bir gektar yerdan tejab-tergab, oqilona foydalanish lozimligini
ko‘rsatadi.  Mamlakatimizda  olib  borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarning
muvaffaqiyati,  aholi  turmush  farovonligini  oshirish,  iqtisodiyotning  barqaror
holatini ta’minlash natijalari qishloq xo‘jaligining rivojlanish darajasiga uzviy
bog‘liqdir.
Rivojlangan mamlakatlarda yer fondi erga egalik qilish harakteriga ko‘ra,
davlatga tegishli yerlar (milliy parklar va qo‘riqxonalar) turli tashkilotlarga qarashli
yerlar (munitsipal (nemischa “munizi-palitat”, lot. “munitsipium” - o‘zini o‘zi
idora qiluvchi jamoa — bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va o‘zini
1
Logotip
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Reja 1. O‘zbekiston yer fondining tarkibi va tuzilishi 2. Dehqonchilik va uning yetakchi tarmoqlari. Paxtachilik-to‘qimachilik klastyerlarining tashkil etilishi 3. Chorvachilikning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni va ahamiyati. Tayanch iboralar Qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, chorvachilik, yer fondi, texnika ekinlari, donchilik, sabzavotchilik, polizchilik, qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, tuyachilik, pillachilik, parrandachilik, darrandachilik 1. O‘zbekiston yer fondining tuzilishi. Yer fondi mamlakat chegaralari doirasidagi (qisman qo‘shni davlatlardagi) korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarning foydalanish maqsadiga qarab toifalarga bo‘lingan maydondir. O‘zbekiston yer fondi 44,892 mln ga bo‘lib, respublikamizda har 100ga yerdan 7ga dehqonchilikka yaroqli. Bu esa qishloq xo‘jaligida har bir gektar yerdan tejab-tergab, oqilona foydalanish lozimligini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati, aholi turmush farovonligini oshirish, iqtisodiyotning barqaror holatini ta’minlash natijalari qishloq xo‘jaligining rivojlanish darajasiga uzviy bog‘liqdir. Rivojlangan mamlakatlarda yer fondi erga egalik qilish harakteriga ko‘ra, davlatga tegishli yerlar (milliy parklar va qo‘riqxonalar) turli tashkilotlarga qarashli yerlar (munitsipal (nemischa “munizi-palitat”, lot. “munitsipium” - o‘zini o‘zi idora qiluvchi jamoa — bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va o‘zini 1
o‘zi boshqaruvchi saylab qo‘yiladigan organlarning majmui), cherkov yerlari) va
xususiy shaxslarga qarashli yerlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda yer davlat mulki
hisoblanadi va u hech kimga xususiy mulk sifatida berilmaydi. Bu O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida alohida modda bilan qonuniylashtirilgan. Davlat
muayyan muddatlarga va vaqtinchalik foydalanish uchun qishloq xo‘jaligi bilan
shug‘illanadigan  korxona  va  xo‘jaliklarga,  shuningdek,  fuqarolarga  yer  ajratib
beradi.
O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»ga muvofiq, yer fondi yerlardan
foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra 8 toifaga ajratilgan:
1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan – qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun
berilgan yoki ana shu maqsadga ko‘ra mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan  yerlar  sug‘oriladigan  va  sug‘orilmaydigan  (lalmikor)  yerlar,
haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov – daraxtzorlar
va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi;
2. Aholi punkt  (shaharlar, posyolkalar  va qishloq aholi  punkti) larning
yerlari – shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlarichegarasi
doirasidagi yerlar;
3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda mo‘ljallangan
yerlar  –  ko‘rsatilgan  maqsadlarga  foydalanish  uchun  yuridik  shaxslar  uchun
beriladigan yerlar;
4. Tabiatni  muhofaza  qilish,  sog‘lomlashtirish,  rekreatsiya  maqsadlariga
mo‘ljallangan yerlar  – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar  egallagan,
tabiiy davolash omillariga ega bo‘lgan yerlar, shuningdek, ommaviy dam olish va
turizm uchun foydalaniladigan yerlar;
5. Tarixiy – madaniy ahamiyatga molik yerlar, tarixiy madaniy yodgorliklar
joylashgan yerlar;
6. O‘rmon fondi yerlari – o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek, o‘rmon
bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;
7. Suv fondi yerlari – suv obektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan
yerlar va suv obektlarining qirg‘oqlari boylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
8. Zahira yerlar.
2
Logotip
o‘zi boshqaruvchi saylab qo‘yiladigan organlarning majmui), cherkov yerlari) va xususiy shaxslarga qarashli yerlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda yer davlat mulki hisoblanadi va u hech kimga xususiy mulk sifatida berilmaydi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida alohida modda bilan qonuniylashtirilgan. Davlat muayyan muddatlarga va vaqtinchalik foydalanish uchun qishloq xo‘jaligi bilan shug‘illanadigan korxona va xo‘jaliklarga, shuningdek, fuqarolarga yer ajratib beradi. O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»ga muvofiq, yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra 8 toifaga ajratilgan: 1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan – qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga ko‘ra mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov – daraxtzorlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi; 2. Aholi punkt (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punkti) larning yerlari – shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlarichegarasi doirasidagi yerlar; 3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda mo‘ljallangan yerlar – ko‘rsatilgan maqsadlarga foydalanish uchun yuridik shaxslar uchun beriladigan yerlar; 4. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo‘lgan yerlar, shuningdek, ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar; 5. Tarixiy – madaniy ahamiyatga molik yerlar, tarixiy madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar; 6. O‘rmon fondi yerlari – o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek, o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar; 7. Suv fondi yerlari – suv obektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obektlarining qirg‘oqlari boylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 8. Zahira yerlar. 2
Yer  fondining  mazkur  toifalari  ko‘p  jihatdan  iqtisodiyotning  asosiy
tarmoqlari tarkibi bilan belgilanadi. Shu sababli ular o‘zgarmas hisoblanmaydi va
bir toifadan ikkinchi toifaga o‘tib turishi mumkin. Yerlarning bir toifadan ikkinchi
toifaga o‘tishi natijasida yer fondida tarkibiy o‘zgarishlar yuz beradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Yer kodeksi»ga muvofiq,
yer umummilliy boylik hisoblanadi. Shu sababli hozirgi va kelajak avlodlarning
manfaatlarini ko‘zlab, undan ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanish va uni
muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni asrash va
yaxshilash,  xo‘jalik  yuritishning  barcha  shakllarini  teng  huquqlik  asosida
rivojlantirish  uchun  sharoit  yaratish,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  yer
uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarini  himoya  qilishni  ta’minlash  iqtisodiyotni
erkinlashtirish jarayonlari izchillik bilan amalga oshirilayotgan bugungi kunda hal
etilishi lozim bo‘lgan vazifalar jumlasiga kiradi.
Manba: “Ergeodezkadastr” ma’lumoti (2019y)
3
Logotip
Yer fondining mazkur toifalari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari tarkibi bilan belgilanadi. Shu sababli ular o‘zgarmas hisoblanmaydi va bir toifadan ikkinchi toifaga o‘tib turishi mumkin. Yerlarning bir toifadan ikkinchi toifaga o‘tishi natijasida yer fondida tarkibiy o‘zgarishlar yuz beradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Yer kodeksi»ga muvofiq, yer umummilliy boylik hisoblanadi. Shu sababli hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab, undan ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari izchillik bilan amalga oshirilayotgan bugungi kunda hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalar jumlasiga kiradi. Manba: “Ergeodezkadastr” ma’lumoti (2019y) 3
Yer fondini turli guruhlarga ajratish mumkin. Xususan qishloq xo‘jaligida yerdan
foydalanish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan yer fondi tarkibini quyidagi
belgilari bo‘yicha o‘rganish maqsadga muvofiq:
– belgilangan maqsadga ko‘ra;
– sifat holatiga ko‘ra;
– ma’muriy – hududiy bo‘linishiga ko‘ra;
– xo‘jalik maqsadida foydalanishiga ko‘ra;
Ishlab chiqarish jarayonida foydalanish xususiyatiga ko‘ra yer fondini 2
guruhga bo‘lish mumkin: 
 -  asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanilayotgan yerlar;
 - iqtisodiyotning sanoat va boshqa tarmoqlarini joylashtirish uchun makon
vazifasini  bajarayotgan  yerlar.  Birinchi  guruhga  qishloq  va  o‘rmon  xo‘jaligi
yerlari, ikkinchi guruhga ega qolgan barcha yerlar kiradi. Yer fondining asosiy
qismini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tashkil qiladi. Respublikamizda
mazkur toifadagi yerlar maydoni 2017 yil 1 yanvar holatigi ko‘ra 20174 ming
gektarni, yoki respublika yer fondining 44,94 foizini tashkil qiladi. 
1. Dehqonchilik  va uning yetakchi tarmoqlari. Paxtachilik-
to‘qimachilik klastyerlarining tashkil etilishi
Dehqonchilikning  eng  muhim  tarmog‘i  dalachilik  bo‘lib,  u  madaniy
ekinlarni yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Umumjahon qishloq xo‘jaligida 1500ga
yaqin madaniy o‘simliklar ekiladi. Ular o‘zining morfologik belgilari va biologik
hamda texnologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Ulardan faqatgina
90ga yaqini dala o‘simliklari bo‘lib, o‘sishi va rivojlanishi, tabiiy-iqlimiy sharoitga
moslashuvi  va  boshqa  xususiyatlari  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  Madaniy
o‘simliklar qaysi sohada foydalanishiga ko‘ra va boshqa tipik xususiyatlariga ko‘ra
muayyan  guruhlarga  bo‘lib  o‘rganiladi.  Madaniy  o‘simliklarning  xo‘jalikda
ishlatilishi va ulardan olinadigan mahsulotlarga qarab shartli ravishda guruhlarga
ajratish mumkin. Masalan, kartoshka va makkajo‘xori ayni paytda oziq-ovqat va
em-xashak, g‘o‘za va zig‘ir texnik va moyli ekin hisoblanadi. 
Dalachilik  qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  turlari(guruhlari)ga  ko‘ra  quyidagi
xo‘jaliklarga bo‘linadi: donli ekinlar, texnika ekinlari, sabzavot, poliz, kartoshka,
4
Logotip
Yer fondini turli guruhlarga ajratish mumkin. Xususan qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan yer fondi tarkibini quyidagi belgilari bo‘yicha o‘rganish maqsadga muvofiq: – belgilangan maqsadga ko‘ra; – sifat holatiga ko‘ra; – ma’muriy – hududiy bo‘linishiga ko‘ra; – xo‘jalik maqsadida foydalanishiga ko‘ra; Ishlab chiqarish jarayonida foydalanish xususiyatiga ko‘ra yer fondini 2 guruhga bo‘lish mumkin: - asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanilayotgan yerlar; - iqtisodiyotning sanoat va boshqa tarmoqlarini joylashtirish uchun makon vazifasini bajarayotgan yerlar. Birinchi guruhga qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yerlari, ikkinchi guruhga ega qolgan barcha yerlar kiradi. Yer fondining asosiy qismini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tashkil qiladi. Respublikamizda mazkur toifadagi yerlar maydoni 2017 yil 1 yanvar holatigi ko‘ra 20174 ming gektarni, yoki respublika yer fondining 44,94 foizini tashkil qiladi. 1. Dehqonchilik va uning yetakchi tarmoqlari. Paxtachilik- to‘qimachilik klastyerlarining tashkil etilishi Dehqonchilikning eng muhim tarmog‘i dalachilik bo‘lib, u madaniy ekinlarni yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Umumjahon qishloq xo‘jaligida 1500ga yaqin madaniy o‘simliklar ekiladi. Ular o‘zining morfologik belgilari va biologik hamda texnologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Ulardan faqatgina 90ga yaqini dala o‘simliklari bo‘lib, o‘sishi va rivojlanishi, tabiiy-iqlimiy sharoitga moslashuvi va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Madaniy o‘simliklar qaysi sohada foydalanishiga ko‘ra va boshqa tipik xususiyatlariga ko‘ra muayyan guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. Madaniy o‘simliklarning xo‘jalikda ishlatilishi va ulardan olinadigan mahsulotlarga qarab shartli ravishda guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, kartoshka va makkajo‘xori ayni paytda oziq-ovqat va em-xashak, g‘o‘za va zig‘ir texnik va moyli ekin hisoblanadi. Dalachilik qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari(guruhlari)ga ko‘ra quyidagi xo‘jaliklarga bo‘linadi: donli ekinlar, texnika ekinlari, sabzavot, poliz, kartoshka, 4
em-hashak  ekinlari.  Bu  va  boshqa  yanada  tabaqalashgan  dehqonchilik
tarmoqlarining bo‘linishi shartlidir. 
Respublika xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning quyidagi tiplari ko‘p tarqalgan: 
1. Paxtachilik; 
2. G‘allachilik-chorvachilik; 
3. Bog‘dorchilik (qorako‘lchilik); 
4. Bog‘dorchilik-sabzavotchilik; 
5. Sholichilik; 
6. Bog‘dorchilik-uzumchilik; 
7. Sabzavotchilik; 
8. Parrandachilik; 
9. Shahar atrofi xo‘jaligi (sabzavot-sut yetishtirish). 
Paxtachilik O‘zbekiston iqtisodiyotining tizim tashkil etuvchi tarmoqlaridan
biridir. Mamlakatimizda paxta tozalash korxonalarini modyernizasiyalash va texnik
qayta  jihozlash,  ishlab  chiqarish  va  paxta  xom  ashyosini  qayta  ishlash
rentabelligini, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi
bilan  Buxoro  viloyatida  klaster  usulida  ishlab  chiqarish  majmuasining  barpo
etilayotgani  fikrimizga  bir  misoldir.  Yurtboshimizning  “Buxoro  viloyatida
zamonaviy  paxtachilik-to‘qimachilik  klasterini  tashkil  etish  chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi  qarori  shu  yo‘nalishdagi  keng  qamrovli  ishlarga  mustahkam
poydevor yaratdi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida " BST Cluster "
korxonasi tarkibida  mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Buhara cotton
textile"  qo‘shma  korxonasi  hamda  "BST  Cluster  Agrokompleks"  mas’uliyati
cheklangan jamiyat tashkil etildi.
Mazkur klaster korxonasi tumanning Nurafshon, Bog‘iturkon, Qoqishtuvon,
Mirishkor va SHo‘rcha hududlaridagi 8 ming ga ekin maydonlarini egallaydi.
Klaster korxonasi tomonidan dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan
zamonaviy kalava, uni bo‘yash va to‘quv-trikotaj fabrikalari tashkil etilishi nazarda
tutilgan.
5
Logotip
em-hashak ekinlari. Bu va boshqa yanada tabaqalashgan dehqonchilik tarmoqlarining bo‘linishi shartlidir. Respublika xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning quyidagi tiplari ko‘p tarqalgan: 1. Paxtachilik; 2. G‘allachilik-chorvachilik; 3. Bog‘dorchilik (qorako‘lchilik); 4. Bog‘dorchilik-sabzavotchilik; 5. Sholichilik; 6. Bog‘dorchilik-uzumchilik; 7. Sabzavotchilik; 8. Parrandachilik; 9. Shahar atrofi xo‘jaligi (sabzavot-sut yetishtirish). Paxtachilik O‘zbekiston iqtisodiyotining tizim tashkil etuvchi tarmoqlaridan biridir. Mamlakatimizda paxta tozalash korxonalarini modyernizasiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xom ashyosini qayta ishlash rentabelligini, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan Buxoro viloyatida klaster usulida ishlab chiqarish majmuasining barpo etilayotgani fikrimizga bir misoldir. Yurtboshimizning “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori shu yo‘nalishdagi keng qamrovli ishlarga mustahkam poydevor yaratdi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida " BST Cluster " korxonasi tarkibida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Buhara cotton textile" qo‘shma korxonasi hamda "BST Cluster Agrokompleks" mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etildi. Mazkur klaster korxonasi tumanning Nurafshon, Bog‘iturkon, Qoqishtuvon, Mirishkor va SHo‘rcha hududlaridagi 8 ming ga ekin maydonlarini egallaydi. Klaster korxonasi tomonidan dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy kalava, uni bo‘yash va to‘quv-trikotaj fabrikalari tashkil etilishi nazarda tutilgan. 5
Mazkur loyihaga ko‘ra kelgusida klastyerda jami 8ta kompaniya faoliyati
yo‘lga qo‘yiladi. Paxta ekish agrokompleksi, paxtani qayta ishlash va tozalash
zavodi, 5ta fabrikani o‘z ichiga olgan to‘qimachilik majmuasi, yog‘-moy zavodi,
12 ming bosh qoramol parvarishlashga mo‘ljallangan chorvachilik fermasi, biogaz
ishlab  chiqarish  zavodi,  tejamkor  texnologiyalarga  asoslangan  20  gekralik
issiqxona, 25 turdan ortiq sut va go‘sht mahsulotlari tayyorlanadigan korxona
shular jumlasidandir. matoni bo‘yashda ishlatiladigan qimmatbaho tabiiy bo‘yoq
olinadigan indigo-ferum o‘simligi ham aynan klaster hududida ekilmoqda. 
Joriy  yildan  boshlab,  O‘zbekistonda  to‘qimachilik  sanoatini
rivojlantirishning samarali shakllaridan biri-klastyerlarni tashkil etishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Birgina Toshkent viloyatining Piskent, O‘rta Chirchiq, Quyi
Chirchiq,  Oqqo‘rg‘on  va  Bo‘ka  tumanlarida  paxtachilik-to‘qimachilik  klaster
loyihalari amalga oshiriladi. Xususan, Quyi Chirchiq tumanida 2018-2020 yillarda
paxta  yetishtirishdan  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarishgacha  bo‘lgan  jarayonni
o‘zida  to‘la  jamlagan  klaster  loyihasi  amalga  oshirilishi  rejalashtirilgan.  bu
maqsadlar uchun 59 million dollardan ziyod investisiya jalb etiladi. 600dan ortiq
ish o‘rni yaratiladi. Joriy yilda mamlakatimizda 60 dan ziyod ana shunday loyiha
amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur model paxta xom ashyosini yetishtirish,
mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan
qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan
yagona ishlab chiqarish siklini tashkil etishni ko‘zda tutadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285
sonli "To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi  Farmoni  bilan  paxta-to‘qimachilik  klastyerlarini  o‘rta  muddatli
istiqbolda  rivojlantirish  konsepsiyasi  loyihasini  ishlab  chiqish  bo‘yicha  ishchi
komissiya  tarkibi  tasdiqlangan.  Farmon  ijrosini  ta’minlash  va  aholining
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida
Mirishkor va G‘uzor tumanlarida "O‘zsanoatqurilishbank"ning kredit mablag‘lari
ko‘magida  G‘uzor  Tekstil  Impeks  MCHJ  tomonidan  innovasion  paxta-
to‘qimachilik klasteri ishga tushiriladi. To‘rt bosqichli loyihalar asosida amalga
oshadigan mazkur loyiha ishga tushishi natijasida korxona tomonidan yiliga 35
6
Logotip
Mazkur loyihaga ko‘ra kelgusida klastyerda jami 8ta kompaniya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Paxta ekish agrokompleksi, paxtani qayta ishlash va tozalash zavodi, 5ta fabrikani o‘z ichiga olgan to‘qimachilik majmuasi, yog‘-moy zavodi, 12 ming bosh qoramol parvarishlashga mo‘ljallangan chorvachilik fermasi, biogaz ishlab chiqarish zavodi, tejamkor texnologiyalarga asoslangan 20 gekralik issiqxona, 25 turdan ortiq sut va go‘sht mahsulotlari tayyorlanadigan korxona shular jumlasidandir. matoni bo‘yashda ishlatiladigan qimmatbaho tabiiy bo‘yoq olinadigan indigo-ferum o‘simligi ham aynan klaster hududida ekilmoqda. Joriy yildan boshlab, O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning samarali shakllaridan biri-klastyerlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina Toshkent viloyatining Piskent, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on va Bo‘ka tumanlarida paxtachilik-to‘qimachilik klaster loyihalari amalga oshiriladi. Xususan, Quyi Chirchiq tumanida 2018-2020 yillarda paxta yetishtirishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni o‘zida to‘la jamlagan klaster loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. bu maqsadlar uchun 59 million dollardan ziyod investisiya jalb etiladi. 600dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Joriy yilda mamlakatimizda 60 dan ziyod ana shunday loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur model paxta xom ashyosini yetishtirish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan yagona ishlab chiqarish siklini tashkil etishni ko‘zda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285 sonli "To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bilan paxta-to‘qimachilik klastyerlarini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibi tasdiqlangan. Farmon ijrosini ta’minlash va aholining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Mirishkor va G‘uzor tumanlarida "O‘zsanoatqurilishbank"ning kredit mablag‘lari ko‘magida G‘uzor Tekstil Impeks MCHJ tomonidan innovasion paxta- to‘qimachilik klasteri ishga tushiriladi. To‘rt bosqichli loyihalar asosida amalga oshadigan mazkur loyiha ishga tushishi natijasida korxona tomonidan yiliga 35 6
ming tonna chigitli paxta, 20 ming tonna kalava ip, 23,6 mln dona tayyor mahsulot,
2,9 ming tonna paxta yog‘i va 7,9 ming tonna shrot ishlab chiqarish hamda 38,0
mln  AQSH  dollari  miqdoridagi  mahsulotlarning  xorijga  eksport  qilinishi
rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun “Trutzshler” (Germaniya),
“Rieter”  (Shveysariya),  “Elektro-jet  Textile  Machinery”  (Hindiston),  “Murata
manufasturing  Co.Ltd.”,  “JUKI”  (Yaponiya)  kabi  xalqaro  miqyosdagi
kompaniyalardan eng zamonaviy asbob - uskunalar olib kelinadi. ishlab chiqarish
uchun mahalliy xom ashyo yetishtirish uchun Mirishkor tumanida 10 ming ga
maydonda paxta yetishtirilib, G‘uzor tumanida qayta ishlanib, tayyor mahsulot
ishlab chiqarish tashkil etiladi.  
2. Chorvachilikning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni va
ahamiyati.
Chorvachilik  qishloq   xo‘jaligida  muhim  o‘rin  tutadi.  U  o‘z  ahamiyati
jihatdan  qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishida  dehqonchilikdan  keyingi  o‘rinda
tursada, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik  aholini  oziq-ovqat  mahsulotlari  -  go‘sht,  sut,  yog‘,  tuxum  va
boshqalar bilan ta’minlaydi,  yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlariga esa  xom
ashyo  (yung,  go‘sht,  teri,  sut  va  boshqalar) etkazib  beradi.  Shuningdek,
chorvachilik xo‘jalik uchun ishchi kuchi (jonli transort) - ot, tuya, eshak, bug‘u va
mahalliy  o‘g‘it beradi.  Chorvachilik  mahsulotlaridan  turli  xil  qilmmatli  dori-
darmonlar (shifobaxsh zardob, garmonal preparatlar va b.) olinadi. 
Dehqonchilikda ayrim  ekinlar  yetishtirishda asosiy  mahsulot  bilan birga
chorvachilikda foydalaniladigan qo‘shimcha mahsulotlar (somon, poxol, kepak,
sabzovotchilik va kartoshkachilik, bog‘dorchiilk chiqindilari…) ham olinadi. Em-
xashak yetishtirishni ko‘paytirish, uning sifatini yaxshilash chorva mahsuldorligini
oshirishning  zaruriy  shartidir.  Chorvachilikning  rivojlanishi  esa  dehqonchilik
tarmoqlarini yanada yuksaltirish, umuman qishloq xo‘jaligining moddiy va mehnat
resurslaridan yaxshiroq foydalanish, ekin hosildorligini oshirish imkonini beradi. 
O‘zbekistonning  tabiiy  sharoiti  dehqonchilikni  rivojlantirishga  qancha
qulaylik  yaratgan  bo‘lsa,  chorvachilik  tarmoqlarini  rivojlantirish  uchun  ham
shunchalik qulaydir. Obikor dehqonchilik hududlarida qoramolchilik, asalarichilik,
7
Logotip
ming tonna chigitli paxta, 20 ming tonna kalava ip, 23,6 mln dona tayyor mahsulot, 2,9 ming tonna paxta yog‘i va 7,9 ming tonna shrot ishlab chiqarish hamda 38,0 mln AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlarning xorijga eksport qilinishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun “Trutzshler” (Germaniya), “Rieter” (Shveysariya), “Elektro-jet Textile Machinery” (Hindiston), “Murata manufasturing Co.Ltd.”, “JUKI” (Yaponiya) kabi xalqaro miqyosdagi kompaniyalardan eng zamonaviy asbob - uskunalar olib kelinadi. ishlab chiqarish uchun mahalliy xom ashyo yetishtirish uchun Mirishkor tumanida 10 ming ga maydonda paxta yetishtirilib, G‘uzor tumanida qayta ishlanib, tayyor mahsulot ishlab chiqarish tashkil etiladi. 2. Chorvachilikning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni va ahamiyati. Chorvachilik qishloq xo‘jaligida muhim o‘rin tutadi. U o‘z ahamiyati jihatdan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida dehqonchilikdan keyingi o‘rinda tursada, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Chorvachilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari - go‘sht, sut, yog‘, tuxum va boshqalar bilan ta’minlaydi, yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlariga esa xom ashyo (yung, go‘sht, teri, sut va boshqalar) etkazib beradi. Shuningdek, chorvachilik xo‘jalik uchun ishchi kuchi (jonli transort) - ot, tuya, eshak, bug‘u va mahalliy o‘g‘it beradi. Chorvachilik mahsulotlaridan turli xil qilmmatli dori- darmonlar (shifobaxsh zardob, garmonal preparatlar va b.) olinadi. Dehqonchilikda ayrim ekinlar yetishtirishda asosiy mahsulot bilan birga chorvachilikda foydalaniladigan qo‘shimcha mahsulotlar (somon, poxol, kepak, sabzovotchilik va kartoshkachilik, bog‘dorchiilk chiqindilari…) ham olinadi. Em- xashak yetishtirishni ko‘paytirish, uning sifatini yaxshilash chorva mahsuldorligini oshirishning zaruriy shartidir. Chorvachilikning rivojlanishi esa dehqonchilik tarmoqlarini yanada yuksaltirish, umuman qishloq xo‘jaligining moddiy va mehnat resurslaridan yaxshiroq foydalanish, ekin hosildorligini oshirish imkonini beradi. O‘zbekistonning tabiiy sharoiti dehqonchilikni rivojlantirishga qancha qulaylik yaratgan bo‘lsa, chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish uchun ham shunchalik qulaydir. Obikor dehqonchilik hududlarida qoramolchilik, asalarichilik, 7