OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING SIYOSIY HUQUQLARI
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
13
Sahifalar soni
39
Faytl hajmi
58,1 KB
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ fanidan
«OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING
SIYOSIY HUQUQLARI» mavzusidagi
KURS ISHI
Yurisprudensiya: biznes huquqi yoʻnalishi
TOShKENT – 2023
1
M U N D A R I J A
KIRISH ..................................................................................................................... 2
I. SIYOSIY HUQUQLAR TUSHUNCHASI MAZMUNI VA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA SIYOSIY
HUQUQLAR ........................................................................................................... 6
1.1. Siyosiy huquqlar tushunchasi va mohiyati ................................................ 6
1.2. Yangi Konstitutsiya Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari siyosiy
huquqlari kafolati ................................................................................................ 8
II. FUQAROLARNING JAMIYAT VA DAVLAT ISHLARINI
BOSHQARISHDA ISHTIROK ETISH HUQUQI ............................................ 11
2.1 Fuqarolarning bevosita yoki oʻz vakillari orqali davlat va jamiyat
ishlarida ishtirok etish huquqi .......................................................................... 11
2.2. Fuqarolarning davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish huquqi .................................................................. 15
III BOB FUQAROLARINING JAMOAT BIRLASHMALARIGA UYISHISH
HUQUQI ................................................................................................................ 17
3.1 Kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalariga uyishish huquqi
– siyosiy huquqlarning muhim ifodasi ............................................................. 17
3.2 Siyosiy partiyalar-huquqiy demokratik davlat qurilishining bosh
elementi ............................................................................................................... 22
IV. BOB VAKOLATLI ORGANLARGA MUROJAAT ETISH HUQUQI ... 26
4.1 Murojaat qilish huquqi, murojatlarning shakllari va turlari ................. 26
4.2 Murojaat qilishni amalga oshirish kafolatlari .......................................... 29
XULOSA ................................................................................................................ 33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ......................................... 36
2
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Tarixga nazar solar ekanmiz har bir davlat
o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat
qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarni o’zining Konstitutsiyasi – Asosiy
qonunida mustahkamlab oladi. O’zbekiston Respublikasida 2023-yil 30-aprel kuni
o’tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul
qilinganligi unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-
umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat beradi. Konstitusiya
davlatimizda insonlarning ozod va erkin yashash, ta’lim olish, mehnat qilish, saylash
va saylanish kabi huquqlarini, so’z hamda e’tiqod erkinliklarini oliy qadriyat
darajasiga ko’tardi. Yana shuni unutmasligimiz kerakki, har qanday demokratik
islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va
qonun ustuvorligi bilan bevosita bog’liq.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning e’tiborli jihati shundan iboratki, unda birinchi
navbatda shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun ekanligi belgilab qo’yildi,
inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida
muhrlandi. Xususan, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi –
ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik
prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo
yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ikkinchi bo’lim: inson va fuqarolarning asosiy
huquqlari, erkinliklari va burchlari; VIII bob: “Siyosiy huquqlar” deb nomlangan
bo’lib, kurs ishi ushbu bob moddalarida keltirilgan fuqarolarning davlat ishlarini
boshqarishda ishtirok etishi, referendumlar o’tkazish va unda ishtirok etish tartibi,
miting,yig’ilish namiyish shaklida ijtimoiy faolligini amalga oshirish, siyosiy
partiyalar va jamoat birlashmalariga birlashish, vakolatli davlat organlariga murojaat
qilish kabi siyosiy huquqlarini amalga oshirishda yuzaga keladigan muommolarning
ilmiy yechimini topish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
3
Umuman olganda huquq va erkinliklar haqida so’z borar ekan, shuni anglash
joizki: siyosiy huquqlarni inson hayotidagi o'rni beqiyosdir. Siyosiy huquqlar
Konstitutsiyamizda huquq va erkinliklarni mustahkamlash bilan, fuqarolar
zimmasiga katta ma'suliyat ham yuklaydi. Fuqarolar saylov, referendum, siyosiy
partiyalarga birlashish, jamoat birlashmalariga uyushish va davlat organlariga
murojaati orqali siyosiy huquqlarini amalga oshiradilar. Fuqarolar o'zlariga berilgan
huquqlardan unumli foydalanib, shaxs va jamiyat shuningdek davlat manfaatlarini
hurmat qilib uning faoliyatida va davlat hokimiyatini shakillantirishda ishtirok
etishlari bilan o'zlarining ijtimoiy faolliklarini namoyish qiladilar.
"Oʻzbekiston Respublikasi Referendumi toʻgʻrisida"gi Qonun, "Siyosiy Partiyalar
toʻgʻrisida"gi
Qonun,
"Oʻzbekiston
Respublikasida
jamoat
birlashmalari
toʻgʻrisida"gi. Qonun, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi
Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlarni oʻrganib chiqish va siyosiy huquqlarni
qonunda belgilangan tartibda amalga oshirish bilan bog’liq ustuvor vazifalarning
amalga oshirilishida ushbu kurs ishi mavzusini o’rganish muayyan darajada xizmat
qiladi.
Kurs ishi mavzusini o‘rganilganlik darajasi: Siyosiy huquqlar va ularning
kafolatlari haqida fikr yuritgan olimlardan A.Toʻlaganov, M.Qirgʻizboyev,
R.Hakimov, X. Odilqoriyev, O. Husanov, F. Muhitdinovalarni alohida ajratib
ko‘rsatish mumkin. Mazkur olimlarning asarlarida fuqarolik va konstitutsiyaviy
huquqda siyosiy huquqlar to‘g‘risida bir qancha ilmiy fikrlar va xulosalar ishlab
chiqgan va bu qarashlar konstitutsiyaviy huquq fanida siyosiy huquqlarning
rivojlanishiga o‘ziga xos hissa bo‘lib qo‘shilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasi Referendumi toʻgʻrisida"gi Qonun, "Siyosiy
Partiyalar toʻgʻrisida"gi Qonun, "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
toʻgʻrisida"gi. Qonun, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi
Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni, Fuqarolik Kodeksi, Saylov kodeksi va asosiy
manba Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning siyosiy huquqlari
xalqaro huquq talablariga mos ravishda talqin etilgan va kafolatlangan.
4
Kurs ishi maqsadi. Konstitutsiyaviy huquqda siyosiy huquqlarning o‘rni va
ahamiyati, siyosiy huquqlarning turlari va amalga oshirilish tartiblari, davlat
boshqaruvida fuqarolarning siyosiy faolligi va davlat hokimiyatini tashkil etishda
tutgan o‘rni va ahamiyati hamda konstitutsiyaviy huquqda siyosiy huquqlarni
ahamiyatini anglagan holda ushbu huquq yuzasidan fuqarolar huquqiy ongi va
savodxonligini oshirish va ushbu huquqlarni yanada takomillashtirish borasida
tegishli takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishi vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
Siyosiy huquqlar tushunchasi va uni davlat boshqaruvida tutgan oʻrnini
oʻrganish
Siyosiy huquqlarning boshqa fuqarolik huqularidan farqi va mazmun-
mohityai tahlil qilish
Siyosiy huquqlarni amalga oshirish shakllari haqida ma’lumotlarni
o’rganish
Siyosiy huquqlar kelib chiqishi va ularning huquqiy asoslari o’rganish
Siyosiy huquqlarni amalga oshirishni tartibga solish
Kurs ishining predmeti: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
boshqa siyosiy huquqlarga oid normativ-huquqiy hujjatlar kurs ishi mavzusining
predtmetini tashkil etadi.
Kurs ishining obyekti: Siyosiy huquqlarga oid qonun hujjatlarini
takomillashtirish, shartnomalarning ahamiyati, mohiyati va ularni takomillashtirish
borasidagi moddiy-huquqiy muammolar tashkil etadi.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishida bayon etilgan
mulohazalar, nazariy xulosalar va amaliy takliflar xalqaro munosabatlarda
O’zbekistonning o’rnini aniqlash, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotda tutgan
mavqeyini o‘rganish uchun asos qilib olish mumkin. O’rganish natijalari o’quv
yurtlarida mavzuga oid ma'ruzalarni o’qitishda ma'lumot sifatida foydalanish
mumkin.
5
Kurs ishining tuzilishi: kirish, 4 bob, 8 paragraf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
6
I. SIYOSIY HUQUQLAR TUSHUNCHASI MAZMUNI VA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA SIYOSIY
HUQUQLAR
1.1. Siyosiy huquqlar tushunchasi va mohiyati
Tarixda insonlar o'z haq-huquqlari uchun kurashmagan davr bo'lmagan.
Kishilarning o'z huquqlari uchun kurash jarayoni insonning munosib hayot
keshirishi yoqlangan bir qator ta'limot va nazariyalar vujudga keldi. Uyg'onish davri
mutaffakirlaridan biri Sharqning buyuk huquqshunosi Burhoniddin al-Malg'inoniy
har bir insonning tabiiy huquqlariga, shu davlatni fuqarosi ekanligi yoki fuqarosi
bo'lmasligidan qat'iy nazar, rioya etilishini qonuniylashtirish va ta'minlash zarurligi
to'g'risidagi g'oyalarni yoqladilar. O'sha davrdan boshlab davlat institutiga
(tashkilotiga) inson va jamiat manfaatlariga xizmat qilishi nuqtayi-nazaridan
yondashilmoqda. Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, inson va fuqaralarni huquqlar uch
guruhga bo'linadi. Bular: shaxsiy huquqlar, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va siyosiy
huquqlar.
Endi siyosiy huquqlar atamasiga to'xtaladigan bo'lsak, siyosiy huquqlar bu
asosan fuqarolik bilan bog'liq bo'lib, u tegishli davlat fuqarolariga davlat va jamlat
ishlarini boshqarish imkoniyatini beradi. Siyosiy huquqlar davlatning harakteridan
kelib chiqib, o'z fuqarolari uchungina o'rnatiladi. Shu o'rinda asosiy qomusimiz
hisoblangan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiytasiga nazar tashlaydigan bo'lsak,
unda inson va fuqarolarning siyosiy huqulariga alohida bob va moddalar ajratilgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobi "Siyosiy huquqlar" deb
nomlanib unda bevosita fuqarolar hayoti va ularni davlat boshqaruvini
shakillantirishdagi o'rni va rolini har yoqlama ko'rsatib beradigan to'rtta modda 36-
40 moddalar mavjud. Konstitutsiyamizda siyosiy huquqlarga alohida bobning
ajratilishi alohida muhim voqealikdir. Siyosiy huqular orqali fuqarolar davlat
organlarini tuzish ularni faoliyatida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdor
shaxslar ustidan nazorat olib borish, qonunlarni yartilishida ishtirok etish va eng
asosiysi siyosat va davlat faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega
bo'ladilar. Shu o'rinda Konstitutsiyamizni boshqa davlatlar Yevropaning rivojlangan
7
davlatlar Fransiya, Germaniya, Rossiya, Daniya kabi davlatlar Konstitutsiyalari
bilan solishtirib ko'rib shunday xulosaga kelish mumkinki, ularni konstitutsiyasida
siyosiy huquqlar uchun alohida bob va moddalar ajratilmagan ekanaligini
anglashimiz mumkin. Bu bir tarafdan olib qaraganda bizni davlat fuqarolar uchun
bir ustun jihatdir ya'ni fuqarolar davlatni shaklantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Siyosiy huquqlar faqat O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishlimi? degan
savol tug'ilishi mumkin. Bu savolga quyidagicha javob va izoh berish mumkin.
Siyosiy huquqlar bir tarafdan olib qaraganada, O'zbekiston hududida istiqomat
qilayotgan chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uchun ham
taaluqlidir. Misol qiladigan bo'lsak, chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan
shaxslar ham jamoat birlashmalarida qatnashish, davlat organlari va mansabdor
shaxslarga ariza va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega, lekin taklif bilan
murojaat qila olmaydilar. Chunki taklif davlat hayotiga tegishli masalalar bo'yicha
beriladi. Yana boshqa tarafdan olib qaraydigan bo'lsak, chet davlat fuqarolari va
fuqaroligi bo'lmagan shaxslar saylov huquqidan foydalana olmaydilar chunki saylov
kodeksi va saylov to'g'risidagi qonunga ko'ra saylov huquqiga faqat O'zbekiston
fuqarolari egadirlar.1
Umumiy olganda siyosiy huquqlar fuqarolik bilan bog'liq bo'lib, u tegishli
davlatning fuqarolariga davlat va jamiyat ishlarini boshqarish imkoniyatini beradi.
ya'na bir xususiyati shundaki siyosiy huquqlarga faqat mamlakat fuqarosi ega
bo'lishi mumkin.
Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar tegishli davlat organlarini tuzish, ularning
ishida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish,
qonunlar yaratilishida ishtirok etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o'z fikrlarini
bildirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Agar shaxsiy huquqlar insonning ajralmas huquqi bo'lib, undan inson fuqaroligidan
qat'i nazar foydalansa va davlat har qanday hollarda ularni ta'minlashga majbur
bo'lsa, siyosiy huquqlar davlatning xarakteridan kelib chiqib, o'z fuqarolari
uchungina o'rnatiladi. Davlat qanchalik demokratik bo'lsa, siyosiy huquqlar ko'proq
1Vapayev Karimboy Muzaffar o'g'li- "Siyosiy huquqlarning inson hayotidagi oʻrni" -20.12.2022
8
bo'ladi va ulardan foydalanish kengroq bo'ladi. Aksincha, davlat nodemokratik
bo'lsa, siyosiy huquqlar doirasi torroq bo'ladi va mavjud huquqlarni ham turli
vositalar bilan cheklash hollari uchrab turadi.
Shaxsiy huquqlardan farq qilib, siyosiy huquqlarga asosan ma'lum yoshga yetgan
fuqarolar ega bo'ladi. Shuningdek, siyosiy huquqlardan foydalanishda ayrim
hollarda chegaralar o'rnatilishi mumkin. Masalan, saylash huquqi 18 yosh qilib
belgilangan bo'lsa, yana saylovlarda Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb
topilgan fuqarolar. shuningdek ogir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun
sudning xukmiga ko‘ra ozodlikdan maxrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar
saylovda ishtirok etish xuquqidan faqat qonunga muvofiq xamda sudning qarori
asosida maxrum etilishi mumkin. Boshqa xar kanday xollarda fuqarolarning saylov
xuquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, degan
qoida Konstitutsiyada (128-modda) ko'rsatilgan. Saylanish huquqidan foydalanish
uchun ham ma'lum yoshga yetgan bo'lish kerak. Masalan, O'zbekiston
Respublikasida fuqarolar Oliy Majlis deputatligiga 25 yoshdan, Prezidentlikka 35
yoshdan saylanish huquqiga ega. Bundan tashqari, saylov qonunlarida harbiy
xizmatchilar, diniy arboblar uchun ham qonun doirasida cheklashlar o'rnatilgan.2
Siyosiy huquqlar eng avvalo davlatni boshqarishda ishtirok etish, davlat
faoliyatiga ta'sir etish imkoniyatini yaratuvchi huquqlar bo'lgani uchun ularning
miqdori, amalga oshirish chora-tadbirlar doirasi qanday bo'lishini davlat belgilaydi.
1.2. Yangi Konstitutsiya Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari siyosiy
huquqlari kafolati
Har qaysi davlat huquq tizimida bir talay qonunlar mavjud bo'ladi. Ammo ular
orasida eng asosiysi deb e'tirof etiladigan birdan-bir qonun mavjudki, u ham bo'lsa,
konstitutsiyadir.
2 Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq: darslik To'ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr.-Toshkent: Yuridik
adabiyotlar publish,2020
9
Konstitutsiya jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlarini tuzish hamda faoli-yatining asosiy prinsiplarini, ularning vakolatlarini,
fuqarolaming asosiy huquqlari va burchlarini belgilab beradi. Qolgan barcha
qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar konstitutsiya negizida va unga muvofiq
tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir normativ hujjati konstitutsiyaga mos
kelishi shart ekanligini anglatadi. Mamlakatimiz Prezidenti taʼkidlaganidek: "Har
bir davlat o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta'minlashga
xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o'zining Asosiy qonuni -
Konstitutsiyasida mustahkamlab oladi. Binobarin, O'z xalqining xohish-irodasi, dili
va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo'lgan mamlakat o'zi
belgilagan yuksak marralardan hech qachon og'ishmasdan, doimo oldinga qarab
boradi."3.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida II Bo'lim " Inson va fuqarolarning
asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari " deb nomlanib, VIII bob. "Siyosiy
huquqlar "ga bag'ishlanganligi muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimiz suveren,
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat hisoblanib4 demokratiya haqida
fikr yuritilar ekan birinchi navbatda siyosiy-huquqiy munosabatlar va bu
munosabatlarda fuqarolarning ishtirok etishi, ijtimoiy faolligi, davlat boshqaruvi va
jamoatchilik nazorati tushunilishi maqsadga muvofiqdir. Konstitutsiyada siyosiy
huquqlarga alohida bob ajratilib, 36-37-38-39-40-moddalarda siyosiy huquqlarning
o'z ifodasini topganligi demokratik huquqiy davlatga hos elementlardan hisoblanib,
bu element, ya'ni siyosiy huquqlarga butun bir bobning ajratilishi boshqa xorijiy
mamlakatlar konstitutsiyasida uchramaydi. Shu sababdan ham bu masalada
O'zbekistonning tom ma'noda ustunligini tan olish va e'tirof etish har jihatdan
muhim hisoblanadi.
O'zbekiston fuqarolarining Siyosiy huquq va erkinliklar O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasidan tashqari boshqa qonun hujjatlarida ham mavjud
bo'lib:
3 Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag'ishlangan
tantanali marosimdagi ma'ruzasi- 12.12.2019
4 Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- I Bob. 1-modda.
10
«Fuqarolarning saylov huquklari kafolatlari to'g'risida» (1994-y. 5 may).
«O'zbekiston Respublikasining referendumi to'g'risida» [1991-y. 18 noyabr. (2001-
y. 30 avg. da yangi tahrirda) qabul qilingan], «Siyosiy partiyalar to'g'risida» (1996-
y. 26 dek.), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida» [1991-y. 14 iyun
(1998-y. 1-mayda yangi tahrirda) qabul qilingan], «Kasaba uyushmalari, ularning
huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risida» (1992-v 2 iyul) «O'zbekiston
Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida» (1991-y. 15 fev.) kabi bir qancha
qonunlar va qonun kuchiga ega bo'lgan hujjatlar bilan belgilab qo'yilgan.5
Umumiy olganda siyosiy huquqlar nafaqat xususiy huquqda balki xalqaro
huquqda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga yorqin misol qilib "Fuqaroviy va
siyosiy huquqlar toʻgʻrisida "gi Xalqaro Paktni keltirib o'tishimiz mumkin. Xalqaro
paktda shaxsiy, fuqaroviy va siyosiy huquqlar qayd etilgan bo'lib, Siyosiy
huquqlarga misol qilib 25-moddani keltirib o'tish mumkin:
"Har bir fuqaro 2-moddada ko'rsatib o'tilgan hech bir kamsitishsiz va asoslanmagan
cheklashlarsiz quyidagi huquq hamda imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak:
a) ham bevosita, ham erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini yuritishda
ishtirok etish;
b) yalpi teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali o'tkaziladigan
va saylovchilarning erkin xohish-irodasini ta'minlaydigan chinakam davriy
saylovlarda ovoz berish va saylanish; .
s) o'z mamlakatida umumiy tenglik shartlarida davlat xizmatiga kirish.".6
Umumlashtirilgan holda shuni aytishimiz mumkinki O'zbekiston Respublikasida
siyosiy huquqlar xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan norma va prinsiplariga
muvofiq holda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar va
qonun kuchiga ega boʻlgan hujjatlar bilan kafolatlab qo'yilgan.
5 Qomus.info - onlayn ensiklopediya - O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
6" Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida" Xalqaro Pakt -1966-yil 16-dekabr, Nyu-York
11
II. FUQAROLARNING JAMIYAT VA DAVLAT ISHLARINI
BOSHQARISHDA ISHTIROK ETISH HUQUQI
2.1 Fuqarolarning bevosita yoki oʻz vakillari orqali davlat va jamiyat
ishlarida ishtirok etish huquqi
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
36-moddasida
O’zbekiston
Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z
vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o’zini-o’zi
boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil
etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
rivojlantirish va takomillashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi deb belgilab
qo’yilgan. Bevosita ya’ni to’g’ridan to’g’ri demakratiya, bunda xalq davlat ishlarini
vakillarsiz o’zi hal qiladi.
Saylov, referendum, fuqarolar murojaati, qonunlar loyihasi muhokamasi orqali
erishiladi. Bilvosita ya’ni vakillik demokratiyasi, unda xalq suveren huquqlaridan
foydalanib, o’zlari saylab qo’ygan vakillar orqali (deputatlar va senatorlar) orqali
amalga oshiradilar. Demak fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtiroki eng
avvalo davlat va jamiyatning boshqarishda namoyon bo’ladi. Ya’ni bu fuqarolarning
jamiyat va davlat ishlari boshqarish huquqidir.
Mamlakatimizda fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtiroki huquqini
ta’minlovchi vositalardan biri o’zini o’zi boshqarish hisoblanadi. O’zini o’zi
boshqarish organlari butun mamlakat hududida qishloq shaharcha va shahardagi
mahallalarda tuziladigan fuqarolar yig’ini bo’lib, ular barcha 18 yoshga yetgan
fuqarolarni qamrab oladi. Fuqarolar fuqarolar yig’inida ishtirok etib, uning
organlarini tuzishda qatnashadi va shu asosda jamiyat ishlarida ishtirok etadi.
Fuqarolarning siyosiy faollik asosida jamiyat hayotida ishtirok etishi zaruratdir.
12
Fuqarolarning bevosita va oʻz vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarida
ishtirok etish huquqi taʼminlanishining amaldagi ifodasi- saylov ya'ni saylash va
saylanish huquqini amalga oshirilishidir. Oʻzbekiston davlat boshqaruv shakli
jihatidan prezidentlik Respublikasi hisoblanib, bu tushuncha Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentini Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan
saylanishida oʻz aksini topadi. Oʻzbekiston Respublikasida saylov Oʻzbekiston
Respublikasining "Saylov kodeksi" ga muvofiq tarzda umumiy, teng, to'g'ridan
to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o'tkaziladi. Saylov ochiq va
oshkora o'tkaziladi.7
Qonunga muvofiq saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga ega hisoblanadi. Fuqarolar jinsi, irqiy va
milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy
va ijtimoiy mavqeyi, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar,
teng saylov huquqiga egadir. Saylov huquqida maʼlum bir cheklashlar mavjud boʻlib
bu cheklashlar davlat va jamiyat qurilishi tizimining yetuk rivojlanganligi, inson-
jamiyat - davlat prinsipining yaqol namunasi boʻla oladi. Buning sabibini ushbu
cheklashlarning ifodalanishidan ham anglab olish mukin. Ular quyidagilar:
"Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud
hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi
mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir
va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan
mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan
faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin.
Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki
bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi."8
Referendumlar saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita mahsuli
hisoblanadi. Referendumlarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki referendum
7 Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi - 3-modda -26.06.2019
8 Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi - 5-modda -26.06.2019
13
orqali qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, qarorning oʻzida
boshqacha tartib boʻlmasa referendumda qabul qilingan qarorlar faqatgina
referendum orqali bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Referendumni oʻtkazish tashabbusi bilan:
- O'zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqishi mumkin.
Referendum oʻtkazishda qoʻyiladigan masalalar Oʻzbekiston xalqi uchun
ahamiyati katta boʻlgan masalalar boʻlib, qonunda bu borada baʼzi bir cheklovlar
ham mavjud hisoblanadi. Qonunga muvofiq quyidagilar Referendum predmeti bo'la
olmaydi:
- O'zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o'zgartirish;
- O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar;
- amnistiya va afv etish;
- jamoat tartibini, aholi sog'lig'i va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha favqulodda
va shoshilinch chora-tadbirlar o'tkazish;
-O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan
majburiyatlarni bajarish;
- mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.9
Referendumlar ham saylovlar kabi dam olish kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha vaqt
davomida o'tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to'g'risida uchastka komissiyasi
referendum o'tkaziladigan kunga kamida o'n kun qolganda fuqarolarni xabardor
qilishi kerak. Mamlakatimizda ohirgi referendum 2023-yil 30-aprel kuni boʻlib oʻtdi
va saylov byulletenidagi:
"Siz
O'zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
to'g'risidagi
O'zbekiston
Respublikasi konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?" degan savolga 19 mln 722
ming 809 nafar fuqarodan 15 mln 40 ming 55 nafari, ya’ni 90,21 foizi yoqlab ovoz
9 “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING REFERENDUMI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QONUNI-09.11.2001-2-modda
14
berdi. Mamlakatimizda oʻtkazilgan bu referendum Qonunning barcha talablariga
muvofiq holda oʻtkazildi, jumladan Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi shu yil 15- mart kuni matbuotda e'lon qilinib,
jamoatchilik e'tiboriga havola etildi. O'zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning
tashabbuskori va ijodkori - xalqimiz. Xalqimiz tomonidan saylangan vakillar - Oliy
Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a'zolari, siyosiy partiyalar va boshqa
jamoatchilik vakillaridan iborat Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan aholining
fikr-mulohazalari, takliflari toʻplangani va mutaxassislar ishtirokida puxta oʻrganib
chiqilgani fikrimiz dalilidir. Ikki bosqichda amalga oshirilgan xalq fikrini o'rganish
jarayonida puxta takomillashtirilgan Konstitutsiya loyihasi bilan 5 milliondan ortiq
yurtdoshimiz tanishgani, 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgani va loyiha olti
turdagi ekspertizadan o'tkazilgani sababli ham ayta olamizki, Konstitutsiyaning
yangi tahrirdagi qiyofasi, mazmun-mohiyati, g'oya va maqsadi tom ma'noda
xalqimiz ishtirokida shakllandi. Mavjud 128 moddaga yana 27 ta yangisi qo'shilib,
155 taga yetgani buning yorqin misolidir. Natijada, Konstitutsiya loyihasi deyarli
65% foizga yangilandi.
15
2.2. Fuqarolarning davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
amalga oshirish huquqi
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanib borishi bilan fuqarolarning jamiyat
va davlat ishlarida ishtirok etish yo‘llari kengayib bormoqda. Ana shu yoʻllardan
yana biri bu jamoatchilik nazoratidir.
Jamoatchilik nazorati — bu davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda
nodavlat tashkilotlar faoliyati ustidan fuqarolar, ularning birlashmalari va oʻzini oʻzi
boshqarish, fuqarolik jamiyatining boshqa tuzilmalari tomonidan qonun doirasida
olib boriladigan nazorat hisoblanadi.
2010-yil 12-noyabrda Birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan
konsepsiyada davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan qonun
hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shu
maqsadda “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” Qonun
qabul qilish zarurligi aytib o‘tildi.10 Bu voqea tom maʼnoda jamoatchilik nazorati
haqida 12.04.2018 yildagi O'RQ- 474-sonli O'zbekiston Respublikasining Qonuni
paydo boʻlishiga va demokratik davlat belgilaridan yana birining Respublikamizda
shakllanishiga sabab boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
"Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida
jamoatchilik nazorati subyektlari keltirilgan boʻlib:
"O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari,
shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat
tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir"
Jamoatchilik nazorati obyektlari- bu jamoatchilik nazorati subyektlarining qaysi
davlat organlari yoki mansabdor shaxslar faoliyati ustidan nazorat oʻrnata olishi
hisoblanib, ular quyidagilardir:
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:
10 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2010. – 46-bet
16
-qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek
rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini,
jamoatchilik fikrini hisobga olishga;
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat
manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini
ta’minlashga;
-o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan
vazifalar va funksiyalarni bajarishga;
davlat xizmatlarini ko’rsatishga;
ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va
dasturlarni bajarishga doir faoliyati.
Jamoatchilik nazoratining shakllari ham qonun bilan belgilangan boʻlib, ular
quyidagilardan iborat:
-davlat organlariga murojaatlar va so’rovlar;
-davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;
-jamoatchilik muhokamasi;
-jamoatchilik eshituvi;
-jamoatchilik monitoringi;
-jamoatchilik ekspertizasi;
-jamoatchilik fikrini o‘rganish;
-fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari
mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.
Jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma
shaklida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaklda yakuniy hujjat
tayyorlanishi mumkin.
Yakuniy hujjat axborot va tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat organlari
tomonidan majburiy tartibda ko’rib chiqiladi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar
qabul qilinadi.
17
III BOB FUQAROLARINING JAMOAT BIRLASHMALARIGA UYISHISH
HUQUQI
3.1 Kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalariga uyishish huquqi –
siyosiy huquqlarning muhim ifodasi
Fuqarolar davlat va jamiyat ishlarida turli vositalar orqali ishtiirok etadi.
Shulardan biri fuqarolarning turli jamoat birlashmalari, harakatlarini tashkil qilish,
18
ularga a’zo bo’lib kirish huquqlaridir.
Konstitutsiyaning 39-moddasi birinchi qismida fuqarolar kasaba uyushmalariga,
siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy
harakatlarda ishtirok etish huquqiga egaligi mustahkamlangan.
"Oʻzbekiston Respublikasi jamoat birlashmalari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston
Respublikasi Qonunining 1-moddasiga koʻra oʻz huquqlari, erkinliklarini hamda
siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning
boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun
birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga
kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Qonunga koʻra quyidagi
birlashmalar jamoat birlashmalari deb eʼtirof etiladi:
-Siyosiy partiyalar
-Ommaviy harakatlar
-Kasaba uyushmalari
-Xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari
- Veteranlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari
-Ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sport va boshqa
ko‘ngilli
jamiyatlar
- Ijodiy uyushmalar,
- Yurtdoshlar uyushmalari
-Assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari
Jamoat birlashmasi kamida o‘n nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi.Jamoat
birlashmasini tuzish tashabbuskorlari ta’sis syezdini (konferensiyasini) yoki
umumiy yig’ilishini chaqiradilar, unda ustav (nizom, o‘zga asosiy hujjat) qabul
qilinadi va rahbar idoralar tuziladi.
Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar
hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish; fuqarolarning faolligi va
tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok
etishini rivojlantirish; kasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy,
19
texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini
saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-
sog‘lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish; tabiatni, madaniy meros
obyektlarini muhofaza qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi;
respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o‘rtasida tinchlik va
do‘stlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga
oshirish maqsadida tuziladi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari jamoat birlashmasi a’zolari (qatnashchilari)
bo‘ladilar. Siyosiy partiyalardan tashqari jamoat birlashmalarining ustavida chet el
fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning birlashmaga a’zo bo‘lishlari ko‘zda
tutilishi mumkin.
Kasaba uyushmalari
Tashkilot, korxona, muassasalarda fuqarolar o‘zlarining iqtisodiy manfaatlarini
himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilashni yo‘lga qo‘yish maqsadida kasaba
uyushmalariga birlashadi.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston
Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining
kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni, “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”, “Nodavlat
notijorat tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari
kasaba uyushmasi Respublika kengashining Ustavi va boshqa huquqiy hujjatlar
asosida yuritadi.
2019-yil 6-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari
toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Qonunning maqsadi fuqarolarning kasaba
uyushmalariga birlashish huquqini amalga oshirish, shuningdek, kasaba
uyushmalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iboratdir.
Kasaba uyushmasi – fuqarolarning oʻz faoliyati yoki oʻqishi turi boʻyicha umumiy
kasbiy manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-
iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida
tuziladigan,
o’z
ustavi
asosida
faoliyat
koʻrsatadigan
ixtiyoriy
jamoat
birlashmasidir.
20
Kasaba uyushmalarining birlashmasi – xodimlarning kasbiy, mehnatga oid,
ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilishda
harakatlarning muvofiqlashtirilishiga va birligiga erishish maqsadida tarmoqqa doir,
hududiy yoki kasbiy o'ziga xoslikni hisobga oluvchi boshqa belgi bo’yicha
tuziladigan ixtiyoriy birlashmadir.
Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar, shuningdek, oʻrta maxsus,
kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida taʼlim olayotgan,
oʻn besh yoshga toʻlgan shaxslar hech qanday tafovutsiz oʻz tanloviga koʻra va
oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish
huquqiga, shuningdek, kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti
bilan aʼzo boʻlish huquqiga egadir.
Qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, mustaqillik va oʻzini oʻzi
boshqarish, teng huquqlilik va oshkoralik, ochiqlik Kasaba uyushmalari
faoliyatining asosiy prinsiplari sirasiga kiradi.
Bundan tashqari, Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va
boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari aholi bandligini taʼminlash, ishdan
ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek, xodimlarning
ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni
hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari insonning munosib hayot kechirishini
va erkin rivojlanishini taʼminlovchi shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy
dasturlarni shakllantirishda, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-
tadbirlarni ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini va tirikchilik
uchun zarur boʻlgan narsalarning eng kam miqdorini belgilashda ishtirok etish
huquqiga ega.
Kasaba uyushmalarining quyidagi vakolatlari bor:
- aholi bandligini taʼminlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish
masalalarini, shuningdek, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini
himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish;
21
– xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga daʼvo arizasi, shuningdek
sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilish;
– xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan
normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
– davlat bandlik dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, bandlikni taʼminlash,
shu jumladan yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish va mavjudlarini saqlab qolish,
tashkilotlarning faoliyatini yaxshilash, xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod
etilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar taklif etish;
– davlat organlaridan, ularning mansabdor shaxslaridan, ish beruvchilardan
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlari masalalari yuzasidan bepul
axborot olish;
-ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok
etish;
– xodimlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilgan hollarda ishlarni toʻxtatib
turish toʻgʻrisida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilishlarini
bartaraf etish haqida ish beruvchiga takliflar kiritish;
– mehnatni muhofaza qilishning holatini oʻrganadi, ish beruvchilarning jamoa
shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilishga doir
majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish;
– davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga, ish beruvchilarga, ularning
birlashmalariga (ittifoqlariga, uyushmalariga) arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan
murojaat qiladi, ularga soʻrovlar yuboradi.
Kasaba uyushmalarining yana bir eʼtiborli jihati shuki, ular ular jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish sohasida ham maʼlum darajada huquqlarga ega
Bir soʻz bilan aytganda, farovon hayotimizni taʼminlash va haq-huquqlarimizni
taʼminlashda kasaba uyushmasining oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.
22
3.2 Siyosiy partiyalar-huquqiy demokratik davlat qurilishining bosh elementi
Jamoat birlashmalari tizimida siyosiy partiyalar muhim o`rin tutadi. Chunki
siyosiy partiyalarda jamiyatimizningeng ilg`or, siyosiy barkamol fuqarolari
birlashib, davlat va jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi
yo`nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashadi. Kuchli
davlatdan kuchli jamiyat sari borishimizga xizmat qiladi.
"Partiya" so'zi lotincha "part" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "ish", "qism" degan
ma'nolarni anglatadi. Siyosiy partiya fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura
23
asosida bogʻlangan, davlat hokimiyatini qoʻlga kiritish, uni saqlab qolish va amalga
oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi.
Siyosiy partiya bu jamiyatdagi ma'lum bir guruhlar, toifalar, qatlamlarning
qiziqishlarini aks ettiradigan hamda davlat hokimiyatini tashkil etish va davlat
ishlarida qatnashish orqali ularni amalga oshirishni o'z oldiga maqsad qilib
qo'yadigan kishilar birligini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, siyosiy partiyalar
mamlakatdagi muayyan aholining yoki guruhlarning manfaatlarini, maqsadlarini va
intilishlarini ifodalaydigan hamda qonuniy vositalar yordamida ularni davlat siyosti
darajasiga ko'tara oladigan jamiyatdagi yagona kuch hisoblanadi. Aynan mana shu
jihati, ya'niy siyosiy hayotdagi bevosita ishtiroki bilan o'z manfaatlarini ifodalashi
orqali siyosiy partiyalar boshqa jamoat tashkilotlaridan farqlanadi.
Siyosiy partiyalar zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy tizimining muhim
ajralmas qismidir. Davlat va huquq nazariyasidan bizga ma'lumki, siyosiy tizim - bu
xalq irodasiga muvofiq davlatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirishga xizmat
qiluvchi siyosiy institutlar, siyosiy normalar, prinsplar, jarayonlarning o'zaro
aloqadorligi va mushtarak yig'indisi. Ramziy ma'noda aytganda, siyosiy tizim davlat
hokimiyatini amalga oshiruvchi siyosiy muassasalar yoki tashkilotlarning
harakatlanish
maydonidir,
ushbu
siyosiy
maydonning
barqarorligini
mustahkamlovchi siyosiy poydevor siyosiy partiyalardir. Zero, siyosiy partiyalar
hokimiyat konstitutsiyaviy-huquqiy tuzilishining barcha bo'g'inlariga singib ketgan
holda nafaqat uni shakllantirishda, balki faoliyat yuritishida ham hal qiluvchi rol
o'ynaydilar.
Jamiyatda turli xil patriyalarning mavjud boʻlishi natijasida siyosiy fikr,
qarashlarning xilma-xilligi vujudga keladi. "Plyuralizm, ya'ni fikrlar xilma-xilligi va
qarashlarning rang-barangligi ma'rifiy jamiyatga xos bo'lib, muayyan haqiqatni
turlicha izohlash, tushunish va talqin etish tamoyiliga asoslanadi”.
Siyosiy partiyalarning o'ziga xos xususiyatlari qonuniy raqobat olib borilishi
sharoitida ijobiy natijalarga olib keladi hamda davlat, jamiyat rivoji uchun o'z
hissasini qo'shadi. Bugungi kunda, aynan shu sababli, demokratik jarayonlarni
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mamlakatdagi siyosiy
24
raqobatni rivojlantirish asosiy maqsad, yo'nalish sifatida namoyon bo'lmoqda.
Partiyalararo qonuniy raqobat fuqarolar siyosiy madaniyatidagi halol raqobat
tushunchasi bilan uzviy bog'liq.
Hozirgi kunda respublikamizda Xalq Demokratik partiyasi, "Adolat" sotsial-
demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, tadbirkorlar va
ishbilarmonlar
harakati
Oʻzbekiston
Liberal-demokratik
partiyasi
hamda
O'zbekiston ekologik partiyalari faoliyat yuritib kelmoqdalar. Barcha siyosiy
partiyalar o'z faoliyatlarini Konstitutsiya va O'zbekiston Respublikasi Qonunlari
asosida amalga oshiradilar. Shu boisdan, siyosiy partiyalar qonun asosida tashkil
etilishi va faoliyat olib borishi, bir maqsadli shaxslarni birlashtirishi, muayyan
dasturi va yo'nalishiga ega bo'lishi, boshqa jamoat tashkilotlari orasida o'zining
rasmiyligi va muhimligi bilan ajralib turishini ta'kidlash lozim.
Siyosiy partiyaga aʼzolik
"Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-
moddasiga muvofiq fuqarolar bir paytning o‘zida faqat bitta siyosiy partiyaga a’zo
bo‘lishi mumkin.
Partiyaga mansubligiga ko’ra fuqaroning huquqlarini har qanday cheklash, xuddi
shuningdek unga imtiyozlar yoki ustunliklar berish taqiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika barcha fuqarolarining huquq va
erkinliklariga rioya qilinishining kafili sifatida prezidentlik vakolatlarini bajarish
muddati davomida siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni to’xtatib
turishi yoxud butunlay to’xtatishi shart.
Quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo’la olmaydilar:
-sudyalar;
-O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari;
-prokurorlar va prokuratura tergovchilari;
-ichki ishlar, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari, davlat
xavfsizlik xizmati xodimlari;
-harbiy xizmatchilar;
-xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar.
25
Siyosiy partiyalarga a’zolik yakka tartibda qayd etiladi.
Siyosiy partiya tuzish tartibi
Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu
jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda
partiyaga birlashish istagida bo’lgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi
bo’lishi talab etiladi.
Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo’lishi, ular
partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini shakllantirish hamda ta’sis
syezdi yoki konferensiyasini chaqirish bo’yicha tashkiliy qo’mitani tuzishlari lozim.
Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko’rsatishi taqiqlanadi:
- Konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib
qo‘yuvchi;
-O’zbekiston Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga,
-fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi;
-Urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi;
-Xalqning sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi;
-Milliy va diniy ruhdagi partiyalar.
Davlat va siyosiy partiyalar o'zaro munosabatlarining asosiy yo'nalishlari ular
faoliyatini normativ tartibga solish, davlat va jamoatchilik nazorati, davlat va siyosiy
partiyalarning masalalarni bahamjihat hal qilish boʻyicha o'zaro hamkorligi, siyosiy
partiyalar faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash hisoblanadi.
Siyosiy partiyalar davlat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlib, davlat
hokimiyatini tuzishda xalq irodasining yorqin ifodasi hisoblanadi. Shuning uchun
ham, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev: "Bir fikrni takror va
takror aytishni o'rinli, deb bilaman: olib borayotgan islohotlarimizning
muvaffaqiyati, avvalambor, siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning
jonajon Vatanimiz oldidagi mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qay darajada tayyor
ekaniga bevosita bog'liqdir", deb ta'kidlaydi.
26
IV. BOB VAKOLATLI ORGANLARGA MUROJAAT ETISH HUQUQI
4.1 Murojaat qilish huquqi, murojatlarning shakllari va turlari
35-modda. Har bir shaxs bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat
organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan
murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan
tartibda va muddatlarda ko’rib chiqilishi shart.
O’zbekiston Respublikasida har bir shaxsning davlat organlariga, muassasalariga
yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqi konstitutsiyaviy norma asosida
shakllandi. Konstitutsiyada shaxslarning ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat
qilish turlari mustahkamlab qo’yildi. O’z navbatida, har bir shaxs ushbu