O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.MIRZIYOYEV ASARLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI MASASALARI (2017-2021 YILLAR)
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
49
Faytl hajmi
62,4 KB
1
TARIX FAKULTETI
KURS ISHI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.MIRZIYOYEV
ASARLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI MASASALARI (2017-2021
YILLAR)
Mundarija:
Kirish
I. BOB. Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan demokratik islohotlarning
izchil davom ettirilishi
1.1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning
mazmun-mohiyati
1.2. Xalq ta’limi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar, ularning
yechimi
1.3. Yoshlarga oid davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusining mazmun-
mohiyati va amaliy ahamiyati
II. BOB.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va
ma’ruzalarida maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi, oliy ta’lim hamda akademik ilm-fanni sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarish masalalari
2
2.1.Umumiy o‘rta ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish zarurati
2.2.O‘zbekistonning umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligini
rivojlantirishga qaratilgan siyosati, ushbu yo‘nalishga erishilgan yutuqlar va yangi
imkoniyatlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
3
Kirish
Ona Vatanimiz O‘zbekiston keyingi yillarda shiddatli islohotlar davrini boshdan
kechirmoqda. Barcha jabxalarda haqiqiy uyg‘onish va taraqqiyot davri boshlandi .
Bu davrni “Yangi O’zbekiston tarixi” deb atash mumkin Muhtaram Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev boshlab bergan O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi
jaxon hamjamiyati tomonidan ham e’tirof etilmoqda.
Ana shu shiddatli islohotlar va o‘zgarishlar bilan bir qatorda el-yurt, xalqning
porloq kelajagi kafolati bo‘lgan barkamol avlod tarbiyasiga ham katta e’tibor
qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda
Islom Karimov davrida boshlangan islohotlarni qat’iy davom ettirishga kirishdi.
2016 yil 8 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qo‘shma majlisida “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom
ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” mavzusidagi nutqida bu haqida atroflicha
to‘xtalib o‘tdilar va 6 ta ustuvor vazifalarni belgilab berdilar:
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va keyingi yillardagi
iqtisodiy o‘sish suratlarni saqlab qolish, milliy valyutamiz barqarorligini
ta’minlash, bank tizimini mustahkamlash, byudjet barqarorligini
ta’minlash hamda chetdan qarz olish bo‘yicha konservativ yondashuv
siyosatini davom ettirish , davlatning tashqi qarzi haddan ziyod oshib
ketishga yo‘l qo‘ymaslik;
Nodir va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash, oziq – ovqat va
kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni amalga
oshirish ;
Tashqi bozorda raqobat va beqarorlik kuchayib borayotgan sharoitda
iqtisodiyotning real tarmoqlari bilan bir qatorda mamlakatimiz
4
hududlarida ham raqobatdosh maxsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish
va eksport salohiyatini oshirish ;
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub’ektlari manfatlarini mustaxkam
himoya qilish, turli byurokratik to‘siqlar va asossiz tekshiruvlarni bundan
buyon ham qat’iyat bilan cheklash;
Eng muxim ijtimoiy – iqtisodiy vazifa-Oliy Majlis palatalari, tomonidan
tasdiqlangan aholining mehnat bilan bandligini oshirish dasturini
bajarishdan iborat;
Xalqaro kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan zamonaviy yo‘l- transport
va muhandislik infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek, milliy axborot
kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar
belgilab berildi. 1 Shavkat Mirziyoyevning ushbu nutqi O‘zbekistonda
demokratik islohotlarning izchil davom ettirishning yorqin dalili edi.
2016 yil 8 sentyabrda Shavkat Mirziyoyev vaqtincha Prezidentlik lavozimini
bajarishga kirishar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti boshlab
bergan demokratik islohotlar yo‘lini qatiyat bilan davom ettirishga kirishganligini
ma’lum qildi va “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz” -deya ma’lum qildi. 2030 yilga qadar O‘zbekistonda yalpi
ichki maxsulotni ikki barobardan ortiq oshirishdan iborat strategik rejani amalga
oshirishga kirishildi.
1 Shavkat Mirziyoev . Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutq. 2016 yil 8
sentabr. Shavkat Mirziyoev, Asarlar, 1- jild, “O‘zbekiston”, 2017, 13-15 – betlar.
5
I. BOB. Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan demokratik islohotlarning
izchil davom ettirilishi.
1.1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va
uning mazmun-mohiyati.
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni izchil davom ettirishning yana bir
yorqin dalili - 2016 yil 24 sentabrda O‘zbekiston hukumati portalida Bosh vazirning
virtual qabulxonasi ochilishi bo‘ldi. Bosh vazirning virtual qabulxonasi ochilishi
murojatlar bilan ishlash tizimini bugungi -shiddatli XXI asr talablariga mos holda
takomillashtirish imkonini berdi. Hukumat rahbari bilan oddiy odamlar o‘rtasida
hech qanday vositachilarsiz to‘g‘ridan -to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi. Shu bois
ham mazkur virtual qabulxona ishga tushgan kuniyoq mamlakatimizning turli
joylaridan mingga yaqin ariza, shikoyat va takliflar kelib tushdi.
Ko‘p o‘tmay, ushbu noyob tuzilma mamlakatimiz aholisining e’tirofiga sazovor
bo‘ldi. Negaki, barchamiz guvoh bo‘lganimizdek, aksariyat muammolarni nisbatan
qisqa vaqt ichida samarali, eng muhimi, qonun doirasida hal qilsa bo‘lar ekan.
Buning uchun xohish va iroda, hayotdagi o‘tkir muammolarga tik qaray olish, ularni
bartaraf etishning ta’sirchan yo‘llarini topish talab qilinadi.
Ta’kidlash lozimki, har qanday davlat rahbari ham adolatsizlik holatlari,
halqni qiynab kelayotgan og‘ir muammolarni ro‘y-rost kun tartibiga qo‘yib,
6
ularni bartaraf etish yo‘llarini qat’iyat bilan ko‘rsatib, bunda avvalo o‘zi
o‘rnak va namuna bo‘lib, jon jahdi bilan bu ishga kirishavermaydi.
Buning uchun insonda katta yurak, o‘z halqi, o‘z vatani taqdiri uchun
mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etish tuyg‘usi kuchli bo‘lishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev esa ana shunday noyob xislatlarni dastlabki davrdan
boshlab namoyon etdilar .
Virtual qabulxona ochilgunga qadar ham mamlakatimizda davlat organlarining
“Ishonch telefoni”, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mavjud edi. Bu
sohada maxsus “ Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari to‘g‘risida”gi qonun
qabul qilishgan. Lekin, ming afsuski, bu qonun amalda to‘la ishlamaganini, uning
ijrosini nazorat qilish o‘z holiga tashlab qo‘yilganini, aniqrog‘i bu masalaga ikkinchi
darajali bir ish sifatida qaralganini bugun ochiq tan olishga majburmiz.
“Ishonch telefoni” yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga
yuborilgan murojaatlar aksariyat hollarda yana kelgan joyiga-quyi bo‘g‘indagi idora
va rahbarlarga qaytarib yuborilardi, gapning qisqasi- xalq, jamiyat qanday nafas
olayotganini yaqqol namoyon etadigan qaysar indekator bo‘lgan xalq murojaati,
ariza va shikoyatlari javobsiz qolib ketaverardi.
Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 19 oktyabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar
harakati-O‘zbekiston
Liberal
demokratik
partiyasining
VIII-
s’ezdidagi
“Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta,
munosib
hayot
darjasini
yaratish-barqaror
taraqqiyot
kafolatidir”
nomli
ma’ruzasida: “ Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari, xalqimizga
xizmat qiladigan vaqt keldi ... Bundan keyin joylardagi raxbarlar faolyatiga
baho berish birinchi navbatda o‘z hududidagi aholi murojaatlari soniga qarab,
ularning amaliy echimiga qarab va xalq ichida yurishiga qarab belgilanadi.
Qisqa qilib aytganda, ularga xalqning o‘zi baho beradi”2 –deb ta’kidladilar.
2 Shavkat Mirziyoev . Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.
Asarlar 1- jild, T., “O‘zbekiston “ 2017, 56-57- betlar.
7
Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan saylovoldi
uchrashuvlarini o‘tkazdi. Saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari “ Buyuk
kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” kitoblariga
kiritilgan. (Toshkent, “O‘zbekiston” nashiryoti , 2017 yil, 488 bet )
Saylovoldi uchrashuvlari Andijon viloyatidan boshlandi. Bo‘z tumanida
o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvida “ Zamon bilan hamnafas diyor” mavzusida nutq
so‘zladilar
Saylovoldi uchrashuvlarida Shavkat Mirziyoyevning so‘zlagan nutqlari:
Saylovoldi uchrashuvi
o‘tkazilgan viloyat
Uchrashuvdagi
nutq
mavzusi
O‘tkazilgan vaqti va
joyi
Andijon viloyati
Zamon bilan hamnafas
diyor
2016 yil 1 noyabr.
Bo‘z tumani
Farg‘ona viloyati
Oltin vodiy durdonasi
Rishton tumani, 2016
yil 1 noyabr
Namangan viloyati
Go‘zal va betakror o‘lka Uchqo‘rg‘on tumani.
2016 yil 2 noyabr
Navoiy viloyati
Mamlakatimizning
javoxir xazinasi
Nurota tumani. 2016
yil 4 noyabr
Buxoro viloyati
Ilmu
ma’rifat,
dinu
diyonat,
bunyodkorlik
bilan
nom
qozongan
xalq
G‘ijduvon
tumani,
2016 yil 4 noyabr
Samarqand viloyati
Samarqand er yuzining
sayqali
Kattaqo‘rg‘on
shahri,2016
yil
8
noyabr
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Yuragimga,
qalbimga
yaqin insonlar
Shumanay
tumani,
2016 yil 10 noyabr
8
Xorazm viloyati
Oqqan
daryo
aslo
to‘xtamas
Shovot tumani, 2016
yil 11 noyabr
Surxondaryo viloyati
Oq ko‘ngil, oriyatli va
mehnatkash
insonlar
yurti
Qumqo‘rg‘on tumani
2016 yil 15 noyabr
Qashqadaryo viloyati
Har qanday sinovlarni
engishga qodir xalq
Shahrisabz
tumani,
2016 yil 16 noyabr
Jizzax viloyati
“ Shunday o‘lka doim
bor bo‘lsin”
Arnasoy tumani, 2016
yil 18 noyabr
Sirdaryo viloyati
Sahro
bag‘rida
mo‘jizalar yaratayotgan
el
Sardoba tumani, 2016
yil 19 noyabr
Toshkent viloyati
Yuksak
ta’riflarga
munosib zamin
Oqqo‘rg‘on
tumani,
2016 yil 22 noyabr
Toshkent shahri
Toshkent
barchamiz
uchun onadek ulug‘ va
mo‘tabardir
Simpoziumlar
saroyi,2016
yil
24
noyabr
Saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlarida Respublikamizning barcha
viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida mavjud
muammolar va ularning echimi bir necha yo‘nalishlarda tahlil qilindi.
Shu boisdan ham saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan dolzarb vazifalar
ham “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha “ Harakatlar strategiyasi”ga asos qilib olindi.
Saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan kontseptual vazifalar O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan demokratik islohotlarni
izchil davom ettirishga ham asos bo‘ldi, deyish mumkin.
Ma’lumki, 2016 yil 4 dekabr kuni O‘zbekistondagi boshqa siyosiy
partiyalardan ilgari surilgan nomzodlar bilan muqobillik asosida saylovlar bo‘lib
o‘tdi. Bunda Shavkat Mirziyoyev mutlaq (15 million 906 ming 724 kishi ) 88,61 foiz
9
ovoz bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrdan
boshlab Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimini bajarishga kirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va obod,
demokratik
jamiyatni
barchamiz
birgalikda
barpo
etamiz”
nomli
ma’ruzalarida (2016yil 14dekbr) bugungi davrning muhim vazifalarini va ularni
hal etishning konstruktiv yo‘llarni belgilab berdilar.
Davlatimiz rahbari Konstituttsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini
ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi” nomli ma’ruzasida inson
manfaatlarini ta’minlash uchun, avvalo, odamlar bilan muloqot qilish, ularning
dardu -tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi
bilishlari kerakligini ta’kidlar ekan, xalqimiz dilidagi, jamiyatimizdagi og‘riqli bir
muammoni kun tartibiga qo‘ydi: “Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot
qilishni unutib qo‘ydik.” Ularning ichiga kirib, ochiq va samimiy gaplashish,
dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi o‘ringa tushib qoldi”3
Shu bois ikki-uch yil oldin aksariyat odamlar o‘zi yashayotgan hududlardagi
mahalliy hokimyat idoralari rahbarlarini, vazirlarni deyarli tanimas edi. Ularni
xalqqa yaqinlashtirishda oshkora muloqot bilan birgalikda virtual qabulxonaning
o‘rni ham beqiyos bo‘ldi. Afsuski, O‘zbekiston taraqqiyotini ko‘rolmaydigan
muxoliflarimiz bu masalaga ham o‘zgacha yondashdilar. Xorijdagi va ichkaridagi
ayrim “do‘st“larimiz Virtual qabulxona tashkil etilgach , bu “Shavkat
Mirziyoyevning saylovoldi “piar”i deb talqin etdilar. Bu tizim Prezident saylovidan
so‘ng o‘z-o‘zidan unutiladi”,deb “bashorat” ham qildilar. Biroq amalda buning aksi
bo‘ldi. “Bashoratchilar”lar uyalib qolishdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
kirishishi tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma
3 Shavkat Mirziyoev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.
Asarlar 1- jild, T., “ O‘zbekiston “ 2017,114- bet
10
majlisidagi “Erkin va obod, demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo
etamiz”deb nomlangan ma’ruzasida xalq ichiga kirib borish, xalqni rozi qilib
yashash, xalqning arzu-dodini eshitish, insonlarning dardu- tashvishlarini o‘ylab
yashash odamiylikning eng oliy mezoni ekanligi to‘g‘risidagi kontseptual g‘oyalarni
ilgari surdilar: “Hammamizni tarbiyalagan, voyaga etkazgan-shu xalq.
Barchamizga tuz- nasiba bergan ham-shu xalq. Bizga ishonch bildirgan,
rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq. Shunday ekan, biz birinchi
navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak-odamlarimiz bilan.
Kim bilan bamaslaxat ish tutishimiz kerak-avvalo xalqimiz bilan.
Shunda xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi.
Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi.
Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi”.4
Mamlakatimiz rahbari Konstituttsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimda 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va
inson manfatlari yili” deb e’lon qilar ekan: “...Davlat organlarining fuqarolar
bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib
chiqish zarur. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan
muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarni joriy
etishimiz darkor”,5 deb uqtirib o‘tdi. Mana ko‘p o‘tmay, xalqimiz bu g‘oya va
tashabbuslarning amaliy natijalarini o‘z hayotida ko‘rmoqda, sezmoqda: Davlatimiz
rahbarining o‘zi barchaga o‘rnak ko‘rsatib, hududlarga safarlari davomida chekka
qishloq va ovullarga kirib borib, ijtimoiy soha ob’ektlari, oddiy odamlar
xonadonlarida bo‘lib, yuzaga kelgan real vaziyat, aholining turmush sharoiti bilan
yaqindan tanisha boshladilar. Muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli
ko‘rsatmalar berdilar .
4 Shavkat Mirziyoev . Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.
Asarlar 1- jild, T., “ O‘zbekiston “ 2017,151- bet.
5 Shavkat Mirziyoev Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.
Asarlar 1- jild, T., “ O‘zbekiston “ 2017,117- betlar.
11
Bugunga kelib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senatorlar, davlat
organlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ham joylarga chiqib, asl holatni
o‘rganmoqda, mavjud xato va kamchiliklardan kelib chiqib, o‘z faolyatini tahliliy–
tanqidiy ko‘rib chiqishga urunmoqda. Barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va
ichki ishlar organlari rahbarlarining xalq oldida hisobot berish tizimi joriy etildi.
Bu uchrashuvlardan dastlabki xulosalar nima? Tinglovchilar tushinib etishlari
kerakki,avvalo, odamlar ongida mudrab yotgan tafakkur uyg‘onmoqda,
tadbirkorlik va bunyodkorlik ishtiyoqi yanada kuchaymoqda. Ular o‘z fikr-
mulohazalari, o‘ylari, dardu –tashvishlari, orzu – armonlari hatto Prezident
darajasida muhim va ahamiyatli ekanligini anglab etmoqdalar. Hammamiz
anglab etdikki, endi bir idorada rahbar bo‘lishning mohiyat-maqsadi masalalarni
qog‘ozda hal etish yoki faqat raqamlardan iborat hisobotlar to‘ldirish emas, balki
hayotning mavjud achchiq haqiqatlariga yuzma –yuz kelib, real voqeylikning
shiddatli to‘lqinida yonib –kuyib ishlash ekanini barcha to‘la tushinib olishi kerak.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini shakllantirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa,
2017 yilning yurtimizda ”Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon
qilinishi bu boradagi salmoqli qadam bo‘ldi. Xalq bilan muloqot qilish, uning
turmush sharoitlari bilan tanishish hamda mavjud muammolar echimini topishda
amaliy yordam ko‘rsatish, bir so‘z bilan aytganda, xalqning hayotdan rozi bo‘lib
yashashiga erishish hamisha ustuvor vazifaga aylandi.
Haqiqatda ham rahbar, avvalo xalq bilan muloqot qilsa, odamlarning qalbiga
yo‘l topib, ularning dardu-tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va
ehtiyojlarini bilsa, jamiyatda adolat muhiti qaror topadi. Bu borada mamlakatimizda
ko‘zga ko‘rinarli yangiliklar yuzaga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 28
dekabrda imzolagan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash
tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni
davlat va xalq o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik vazifasini bajaruvchi “Xalq
qabulxonalari” ishini tashkil etish va yanada takomillashtirishga keng imkoniyatlar
12
ochib berdi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Xalq
qabulxonalari” tashkil etish haqidagi tashabbusi bu borada olib borilayotgan
ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. “Xalq qabulxonalari” xalq bilan davlat o‘rtasidagi
haqiqiy ko‘prikka aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari viloyatlar,
Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda tashkil etilishi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi faoliyat ko‘rsatishi
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” –
degan tamoyillarining amalda qaror topganini ko‘rsatib berdi.
Xalq qabulxonalari xalqimizga quyidagi imkoniyatlarni yaratib berdi:
Mavjud kamchilik va muammolarni dalil ko‘tarib chiqish;
Fuqarolarning o‘z muammolarini bildirishgina emas, balki muammolarning
echimi haqidagi turli taklif va fikr-mulohazalar bildirish;
Xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish;
Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy
manfaatlarini to‘la qonli himoya qilishga erishish;
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan
yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash;
Fuqarolardan
tushgan
murojaatlarni
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasiga qat’iy amal qilgan holda tezkor, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida
ko‘rib chiqilishini ta’minlash hamda echimini topish;
Fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qila olish imkoniyatlari o‘z
navbtida mahalliy davlat organlari, mansabdor shaxslarning ortiqcha
qog‘ozbozliksiz, diqqat bilan yondashgan holda quyida hal etilishini
ta’minlaydi;
Xalq fuqarolardan tushgan murojaatlarning davlat organlari tomonidan ko‘rib
chiqilishi va echimini topilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga
oshirishga erishiladi.. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
13
tarkibiy tuzilmasida jismoniy va yuridik shaslarning murojaatlari bilan
ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining hissasi katta bo‘ladi;
Fuqarolarning Xalq qabulxonalariga har qanday murojaatini paysalga
solmay, o‘z vaqtida ko‘rib chiqishning qat’iy nazoratga olinishi, murojaatlarni
ko‘rib chiqishda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, davlat organlari va
xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi
faoliyatini, shu jumladan joylarga sayyor chiqishlarni tashkil etish hamda
kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlar
ko‘rish orqali nazorat qilish yo‘lga qo‘yildi.
Shular orqali Xalq qabulxonasiga tushgan murojaatlar bilan ishlash yanada
takomillashtiriladi, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar kengaytiriladi, aholining davlat
organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar ishlab
chiqiladi va amalga oshiriladi.
Barcha darajadagi Xalq qabulxonalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi ham mamlakatimizda Xalq
qabulxonalarining davlat va xalq o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik sifatidagi
ahamiyatini ko‘rsatib turibdi.
1.2. Xalq ta’limi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar,
ularning yechimi.
Haqiqatda ham Xalq qabulxonalari xalqning davlatga ishonchini oshirmoqda.
Mansabdor shaxslarning mas’uliyati qay darajada ekanligini ko‘rsatib bermoqda va
endilikda turli bo‘g‘indagi rahbarlarning o‘z ishiga zamon talablari asosida
yondashishini talab etmoqda.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakkatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar va yangiliklar mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib, yurtimizda
xalqimiz uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash, xalqimizning
hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishishini muhim vazifa qilib qo‘ymoqdalar:
“Jadal va barqaror rivojlanishiga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so‘zsiz
14
davom ettiriladi” ,-deya ta’kidladi Prezidentimiz. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-
intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarning –bu Bosh vazir yoki uning
o‘rinbosari bo‘ladimi, hukumat a’zosimi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak”.6
Har bir rahbar, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari rahbarlari fuqarolarning
murojaatlari, talab va ehtiyojlari mazmun-mohiyatini to‘liq anglab etsa va ularni
bajarish bo‘yicha tezkor faoliyat ko‘rsatish amaliyotiga ega bo‘lsa, bu boraddagi o‘z
faoliyatini tanqidiy tahlil qila olsa, qat’iy tartib-intizom hamda shaxsiy javobgarlikni
yuragidan o‘tkazib ishlasa xalqning davlat va hayotdan roziligini ta’minlash
mumkin.
Xalq qabulxonalari esa xalq ichiga kirib borish, xalq bilan muloqot qilish va inson
manfaatlarini to‘la ta’minlashda xalqning davlat idoralariga ishonchini oshirishda
mustahkam omil bo‘lib xizmat qilaveradi.
2019 yil fevral oyidan boshlab Xalq qabulxonalari muammolarni uyma uy –
yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi, davlat organlarining aholi bilan bevosita
ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilindi . Ko‘rinib turibdiki,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda
demokratik islohotlarni izchil davom ettirishning haqiqiy tashabbuskoriga aylandi.
2017 yilning 7 fevrali Vatanimiz tarixining eng muhim sahifalaridan biri bo‘lib
qoldi. Bu kun-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi “ ishlab chiqilgandan
so‘ng umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Turli axborot maydonlarida
6 Sh.Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent , “O‘zbekiston”, 2017, 6-bet.
15
joylashtirildi 1310 tadan ortiq taklif va mulohaza tushdi va ular strategiyaning
41ta bandiga o‘zgartirish kiritishga asos bo‘ldi.
2017 yilda 23-27 yanvar kunlari Toshkent shahrida media-harftalik va
xalqaro davra suhbati o‘tkazildi va unda 1500 dan ortiq mutaxassis , ekspert
jamoatchilik, OAV, xalqaro tashkilotlarning vakillari, shuningdek O‘zbekistonda
faoliyat ko‘rsatayotgan yirik investorlar ishtirok etdilar.
Harakatlar Strategiyasini ishlab chiqishga 3 ta masala asos bo‘ldi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi ma’ruzasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 14 dekabr
kuni Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida
berilgan topshiriqlar;
3. 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi.
Harakatlar Strategiyasining maqsadi: olib borilayotgan islohotlar
samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va
jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan,
mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini
erkinlashtirishdan iborat.
Hozirgi kunda mamlakatimizda 110000 ta nodavlat , notijorat tashkilotlari,
10000 ta mahalla va 1326 tadan ortiq Ommaviy Axborot Vositalari faoliyat
ko‘rsatayapti.
Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy
bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi
tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalishida ham ayni masalalar
qamrab olingan. Unda yurtimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy
yaxlitligini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar
qudrati va qobiliyatini oshirishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishga
qaratilgan vazifalar belgilangan. Bu borada, xususan, kiberxavfsizlik sohasida
16
axborot, me’yoriy-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda
vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining
oqibatlarini yumshatish, shuningdek, millatlararo munosabatlar sohasidagi
siyosatning ustuvor yo‘nalishlari kontseptsiyasini hamda diniy sohadagi davlat
siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
Harakatlar strategiyasida millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglikni
ta’minlash masalasiga keng o‘rin berilgani bejiz emas. Chunki Bosh qomusimizning
18-moddasida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil
huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar. Bugun
yurtimizda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari o‘zaro inoq, do‘st bo‘lib yashab
kelmoqda. Millatlararo totuvlik qaror topgan jamiyatda esa tinchlik va farovonlik
bo‘ladi, shu yurtning barcha fuqarosi bir zamin, bir Vatanda olijanob g‘oya va
niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib harakat qiladi.
2017−2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi beshta ustuvor yo‘nalishdan iborat. Ular:
Birinchisi - Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor
yo‘nalishlari. Unda asosiy masala sifatida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish
va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning
rolini yanada kuchaytirish; davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish; jamoatchilik
boshqaruvi tizimini takomillashtirish vazifalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchisi - Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilishning ustuvor yo‘nalishlari. Unda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini
ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va
takomillashtirish; fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini ta’minlash; ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini
takomillashtirish; jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini
olish tizimini takomillashtirish; sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada
mustahkamlash; yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
masalalari muhim o‘rin olgan.
17
Uchinchisi - Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari.
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish
sur’atlarini saqlab qolish; tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish; qishloq xo‘jaligini modernizatsiya
qilish va jadal rivojlantirish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy
mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik rivojinirag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va
tarkibiy islohotlarni davom ettirish; viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va
mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali
va optimal foydalanish masalalarining echimi bu yo‘nalishga asos qilib olingan.
To‘rtinchichi - Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari. Aholi
bandligi va real daromadlarini izchil oshirish; aholini ijtimoiy himoya qilish va
sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirish; arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga
oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport,
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda
modernizatsiya qilish; ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; yoshlarga oid davlat
siyosatini takomillashtirish vazifalariga alohida e’tibor qaratilishi belgilab olindi.
Beshinchisi - Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash
hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi
ustuvor yo‘nalishlar. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni
ta’minlash sohasidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Aholining turli qatlamlari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy
bag‘rikenglik tamoyillarining hayotda qaror toptirish ijtimoiy taraqqiyotning muhim
shartidir. Shuningdek Vatanimizning taraqqiyoti, barqarorligi masalalarining echimi
ma’lum bir jihatdan chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatga
ham bog‘liqdir.
Harakatlar strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat.
18
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish.
Bu yo‘nalish 3ta ustuvor vazifadan iborat:
1.1. Mamlakatni modernizatsiyalash va demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda
Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning
ustuvor yo‘nalishlari
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish
Bu yo‘nalish 6 ta ustuvor vazifadan iborat:
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta’minlash
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini
takomillashtirish
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari
Bu yo‘nalish 5 ta ustuvor vazifadan iborat:
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sish
sur’atlarini saqlab qolish
19
3.2. Iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish, uning etakchi sohalarini
modernizatsiya va faol difersifikatsiya qilish
3.3. Xususiy mulk tadbirkorligini yanada rivojlantirish
3.4. Qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish .
3.5. Turizm sohasini rivojlantirish
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Bu yo‘nalish 5 ta ustuvor vazifadan iborat:
4.1 Muhandislik kommunikatsiya infra tuzilmasi va aholiga qulay uy joy qurilishini
rivojlantirish
4.2 Ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish
4.3 Ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish
4.4 Ta’lim va fan soxasini rivojlantirish
4.5 YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish
V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash , puxta ,
o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish
Bu yo‘nalish 2 ta ustuvor vazifadan iborat:
5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash
5.2. Puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga
oshirish
“Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish mexanizmi va moliyalashtirish
tizimi aniq ko‘rsatilgani bilan boshqa dasturlardan tubdan farq qiladi.
Tinglovchilar tushunib etishlari kerakki, “Harakatlar strategiyasi” har yili yillarga
beriladigan nomlar asosida ishlab chiqiladigan Dasturlar orqali amalga oshiriladi.
Masalan , “2019 yil –Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili ” Davlat
20
dasturi 2019 yil 17 yanvarda qabul qilinib, Dasturni bajarishda umumiy
qiymati 16,9 trillion so‘m va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalarni
amalga oshirishni rejalashtirilgan.
2019 yildan boshlab 45ta mamlakatning fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga
vizasiz rejim belgilash haqidagi norma kuchga kirdi. Bundan tashqari, 76ta
mamlakat fuqarolari 2019 yil fevraldan boshlab elektron kirish vizasini olish
imkoniyatiga ega .7
2018 yil 28-29 iyun kunlari “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat va notijorat
tashkiloti va “Taraqqiyot strategiyasi ” markazi tomonidan “O‘zbekiston
Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” mavzusida xalqaro forum
tashkil etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan
O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasidan maqsad
mamlakatimizni dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan 50 davlati qatoriga kiritishdir .
2035 yilga borib, mamlakatimiz yalpi ichki maxsuloti 122 milliard dollarga
etkaziladi. O‘sish sur’atining bunday ko‘lamini belgilashda YaIMning nominal
o‘sishi, iqtisodiyot samaradorligi , aholi jon boshiga daromadlar oshishi hisobga
olingan . Xitoy, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Tailand
kabi davlatlarning iqtisodiy rivojlanish dinamikasiga qiyoslangan8 . O‘zbekistonni
2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi “Harakatlar strategiyasi”ni mantiqiy
davomi bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotida yangi sahifa ochishi bilan ahamiyatlidir.
“Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish davomida to‘plangan tajriba mazkur
kontseptsiyaning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi. Eng muhimi,
mamlakatimiz rivojlantirishning yangi strategiyasi kelasi 17 yilga mo‘ljallangan
bo‘lib, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida yuqori natijalariga
erishishni nazarda tutadi. Masalan, 2019 yilning boshida turizm sohasining ulushi
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida 1,4 foizni tashkil etsa, 2035 yilda uni 28
foizga etkazish rejalashtirilgan. Yoki ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini
7 Inson va qonun, 2019 yil 5 fevral
8 Ma’rifat 2018 yil 5 dekabr
21
300mingtaga etkazish, tarmoqdagi bandlikni 1,5 barobar ko‘paytirish ko‘zda
tutilmoqda. Shu kabi ko‘plab istiqbolli rejalar va ularni amalga oshirish
mexanizmlari O‘zbekiston jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan mustahkam
o‘rin egallashiga qulay imkoniyatlar yaratadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish
natijasida O‘zbekiston xalqining farovonligi yanada oshadi. Yurtimiz rivojlangan
xorijiy davlatlar qatoriga kirish yo‘lida shaxtam qadamlar tashalaydi.
1.3. Yoshlarga oid davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish
va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim
tashabbusining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlarga oid davlat siyosati va
uning ustuvor yo‘nalishlari haqida 2017 yil 30 iyunda “ Kamolot” yoshlar ijtimoiy
harakatining IV qurultoyidagi “ Jismoniy va ma’naviyay barkamol yoshlar -
bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir” nomli nutqlarida atroflicha
tahlil qilib berdilar “.... Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim
va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan . Ammo biz yashayotgan XXI asrda
bu masala haqiqatdan ham hayot- mamot masalasiga aylanib bormoqda.
Barchamizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat,
qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm,
terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy
madaniyat” kabi xavf -xatarlar kuchayib, odamzod asrlar davomida amal qilib
22
kelgan etiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur etkazmoqda”,9 -deb ta’kidladilar
Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV quriltoyida
so‘zlagan nutqida.
Shu bilan birga 2001 yilda tashkil etilgan “Kamolot” tashkiloti yoshlar
o‘rtasida ayrim ishlarni amalga oshirgan bo‘lsada, yoshlarning bugungi talab va
ehtiyojlarini qondira olmaganligi, etilgan muammolarni echa olmaganligi tanqid
qilindi. 2016 yilda yoshlar ishtirokida 1 million 740 mingga yaqin huquqbuzarlik ,
23 ming 440ta jinoyat sodir etilgani, yosh oilalar o‘rtasida 8 mingdan ortiq ajralish
holati qayd etilgani “Kamolot” tashkilotining yoshlar bilan olib borgan ishlari talab
darajasida emasligi ko‘rsatdi
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “ Kamolot” yoshlar
tashkiloti o‘rniga yoshlar bilan hozirgi zamon talablari asosida ish olib
boradigan, mamlakatimizda yoshlarning chinakkam suyanchi va tayanchi
bo‘la oladigan mutlaqo yangi tashkilot- O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil
etishni taklif etdilar.
Shuningdek, 30 iyun -mamlakatimizda “ Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.
Prezident
huzuridagi
Davlat
boshqaruvi
akademiyasi
qoshida
YOshlar
muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish
taklifi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlar tayorlab
beradigan o‘ziga xos markaz bo‘lishi, zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, yoshlar
uchun “ Sotsial lift” vazifasini bajarishi, bilimli, tashabbuskor va tashkilotchi, fidoyi
yosh rahbarlarning kadrlar zahirasini yaratishga qaratildi.
Shavkat Mirziyoev Prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridayoq yurtimizda
kadrlar muammosi borligini qayd etgan edi. Ko‘p o‘tmay bu masalaning tag
9 Shavkat Mirziyoev. “Jismoniy va ma’naviy barkamol yoshlar - bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi
kuchidir”. “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz . Asarlar 1- jild, T.,
“ O‘zbekiston “ 2017, 504-505 betlar.
23
zaminidan o‘rganish va hal etish, yuqri malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida
keng ko‘lamli islohotlar boshlandi.
Avvalo maktabgacha ta’lim tizimi rivojlantirib, poydevor mustahkamlandi.
Oliy ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu tizimlarni 2030 yilgacha
rivojlantirish bo‘yicha konsepsiyalar ishlab chiqildi.
Bilimli bolalarni aniqlab, chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitish, talab yuqori
bo‘lgan sohalarga yo‘naltirish maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil
etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentabrdagi qaroriga
muvofiq tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab shunday ta’lim
maskanlaridan biridir.
Ma’lumki, VIII-IX asrlarda yashab ijod etgan ulug‘ alloma Muhammad Al-
Xorazmiy matematka, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya, va boshqa
fanlarga doir ko‘plab risolalar yozigan. U “nol” raqamini va o‘nlik sanoq tizimini
hamda qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab bergan va amaliyotga
tadbiq etgan. Muhammad Al-Xorazmiy algebra faniga va algoritimlashtirish
nazaryasiga asos solgan, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq
qoidalarini ishlab chiqqan.
O‘nlik sanoq tizimi, algebra va algoritmlashtirish yo‘nalishlarida dunyo ilm-
fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan Sharq olimlari orasida faqat
Muhammad Al-Xorazmiyning asarlari va nomi ilmiy davralarda faol qo‘llab
kelinayotgan “algoritm” va “algebra” kabi zamonaviy ilmiy atamalarda
abadiylashtirildi. Bugungi kunda yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy
axborot-komunikatsiya texnologiyalari asosida bajarilayotgan barcha hisoblash
amallariga buyuk olim Muhammad Al-Xorazmiyning ilmiy kashfiyotlari asos bo‘lib
xizmat qilmoqda.
24
Davlatimiz rahbari o‘tgan yili mazkur maktabni qurishga doir loyihalar bilan
tanishgan edi. Yaqinda poytaxtimiz Toshkentda ushbu zamonaviy dargoh
foydalanishga
topshirildi.
Prezident
Shavkat
Mirziyoev 2019
yil
27-dekabr
kuni
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga
ixtisoslashtirilgan ushbu bilim muassasasi bilan tanishdi.
Maktabda keng sharoitlar, fan kabinetlaridan tashqari darslar hamda fakultativ
mashg‘ulotlarni innovatsion usullarda o‘tish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar
yaratilgan. Artel, UCell, ZTE va Huawei kompaniyalarining maxsus sinflari
ochilgan.
Shavkat Mirziyoev ushbu sinflar, ulardagi muhit, asbob-uskunalar bilan
tanishdi,
o‘qituvchi
va
o‘quvchilar
bilan
suhbatlashdi.
– “Hamma ishlarimiz, islohotlarimiz O‘zbekistonning ertangi kuni uchun.
Kelajagimiz zamini esa – siz, yoshlar. Ko‘zlaringdan ko‘rib turibman: sizlar bilimli,
Vatanimizga munosib farzand bo‘lib yetishmoqchisizlar. Buning uchun hamma
sharoitlarni yaratib beramiz”, dedi Prezident.
Mutasaddilarga shu kabi ilg‘or binolar andozasi asosida maktablarning qurilish
loyihalarini o‘zgartirish, metodologiyani mustahkamlash orqali ta’lim sifatini
oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
“Al-Xorazmiy bobomizning taffakuriga dunyo hozirgacha qoyil qoladi.
Bugungi texnologiyalar, dasturiy mahsulotlarga u yaratgan algoritm asos bo‘lgan.
Siz bundan faxrlanishingiz, buyuk ajdodimizdek qunt bilan o‘qib, doim izlanishingiz
kerak”, – dedi davlatimiz rahbari yoshlarga.
Maktabda o‘quvchilar zamonaviy mobil va kompyuter dasturlarini o‘rganishi,
o‘z ustida ishlab, tajriba oshirishi uchun robototexnika va sanotexnika xonalari,
innovatsion va virtual laboratoriyalar tashkil etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu bilim dargohida Mirzo Ulug‘bek
tumanidagi IT-park bo‘linmasini tashkil etish, mamlakatimizning boshqa
25
hududlarida ham shunday markazlar ochib, bu sohaga qiziqqan yoshlarga keng
sharoitlar
yaratish
zarurligini
ta’kidladi.“Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini yaxshi bilgan bola ko‘chada bekor yurmaydi, o‘zining ishi bo‘ladi.
Yoshlarimizni shunday bilimli mutaxassislar etib tarbiyalasak, oilasiga, davlatga
nafi tegadi”,-dedi davlatimiz rahbari.
2019 yilda maktabning 5-11-sinflariga 680 nafar o‘quvchi matematika va chet
tili sinovlari asosida qabul qilindi. Pedagogik jamoaga Buyuk Britaniya, Janubiy
Koreya va Hindistondan o‘qituvchilar jalb etilgan.
Keyingi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari
mustahkamlanib, Yoshlar masalasi bo‘yicha respublika idoralararo kengashi tuzildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilib, 30 iyun yoshlar kuni etib belgilandi.
Hozirda ittifoqqa a’zo bo‘lgan yoshlar soni 7 mln 690 mingni tashkil etadi.
Bugungi kunda barcha sohalarda bilimli, siyosiy va ijtimoiy faol, xalq
manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yadigan, halol va jonkuyar yosh
rahbarlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Dunyoqarashi keng, kreativ
fikirlaydigan, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan yoshlar
mas’uliyatli vazifalarga tayinlanayapti. Joylarda 8 nafar yosh avlod vakillari hokim
o‘rinbosari etib tayinlangan. 2019 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi deputatligiga 9 nafar yigit va qiz saylangan, mahalliy
kengashlarda g‘alaba qozonganlarning qariyb 10 foizini yoshlar tashkil etadi.
Bundan tashqari, davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida jonbozlik
ko‘rsatib, mamlakatimizning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga hissa
qo‘shayotgan 84 nafar yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak
bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.
Yoshlar orasida “Men sizning yoningizda turib kamarbasta bo‘laman!” deb
ko‘zi
yonib
turgan,
bilimli,
jasoratli
yigit-qizlar
borligiga
ishonaman.
yetakchilikning, o‘z ortidan ergashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li shaxsiy o‘rnak va
namuna bo‘lishdir”,- dedi Prezident. Uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar,
26
dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Yurtimizda yosh rahbarlarni saralaydigan,
ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm mavjud
emasligi qayd etildi.
- Rahbarlik lavozimlariga har tomonlama munosib, tashabbuskor, menga
tayanch va suyanch bo‘la oladigan yoshlarni jamlaydigan “Vatan iftixorlari”
institutini joriy etsak, sizlar nima deysizlar,- dedi davlatiiz rahbari. – Bu
institutning asosiy vazifasi islohotlarimiz va katta rejalarimizni yoshlarga
yetkazish, joylardagi muammolarni ko‘tarish va ularni hal qilishdan iborat
bo‘ladi. Globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlar
haqida so‘z borar ekan, Prezident ma’rifatparvar bobomiz Fitratning “Bu
dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi aql va yaxshi
axloq bu maydon qurolidir”, - degan so‘zlarini yodga oldi.
Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oilaviy ajralishlarning oldini
olish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda viloyat, tuman, shahar hokimlari va boshqa rahbarlar yoshlar
siyosati masalasiga e’tiborni yanada oshirishi lozimligi qayd etildi. Jumladan
jamiyatda yoshlarning roli va obro‘sini ko‘tarish, ularga qulay sharoit yaratish,
yoshlar tashkilotlari orqali yosh avlod muammolari ichiga chuqurroq kirish va ularni
hal etish zarurligi ta’kidlandi.
“Har bir hokim, tuman yoki viloyat hokimi bo‘lishidan qat’iy nazar, sektor
rahbarlari bilan birgalikda yoshlar masalasini o‘zi uchun ustuvor vazifa qilib olmas
ekan, joylarda bu boradagi ishlarimizning natijasi samarali bo‘lmaydi”,- dedi
Prezidentimiz.
Avvalo, “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari tajribasini davom etirib, har
haftaning bir kunini Yoshlar masalalarini yechish kuni, har 15 kunda ikki
kunni faqat yoshlar bilan ishlash kuni etib, belgilash lozimligi ta’kidlandi.
Hokimlar va mutasaddi rahbarlar yoshlarning muammolari bilan tanishib, har
oyda bir marta mahalliy kengashlar sessiyalarida ularni muhokama qilishi, xalq
vakillariga hisobot berishi zarurligi qayd etildi.
27
Mutasaddilar yoshlarning bandligi, uy-joy ta’minoti bo‘sh vaqtni mazmunli
o‘tkazishi, ta’lim olishga va kasb o‘rganishga bo‘lgan talabini doimo o‘rganib,
yechim topishi kerak. Yoshlar murojaatlarini qayd etishi va tahlilini yuritish
masalalariga alohida e’tibor berib, aniq choralar ko‘rishi shart.
Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning
har bir yo‘nalishini tuman va shaharlarda tizimli amalga oshirish bo‘yicha vazifalar
belgilandi.
O‘tgan yili mamlakatimizda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan
edi. Davlatimiz rahbari ushbu tajriba asosida fizika bo‘yicha Ahmad
Farg‘oniy, kimyo fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy, biologiya bo‘yicha Abu
Ali ibn Sino, astranomiya bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomlaridagi xalqaro fan
olimpiadalari tashkil etish takliflari ilgari surdi.
Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etish tashshabusi
yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Yoshlar auditoryasiga yo‘naltirilgan tele-va radiokanallar, bosma
nashrlarini birlashtirib, “Yoshlar media xoldingi” tashkil etish taklifi ham
bildirildi.
“Yangi O‘zbekistonni albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid
davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, - dedi Prezident. Ochiq muloqot tarzida
o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘z-fikr mulohazalarini bildirdi. Davlatimiz rahbari
ularning takliflari bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 19-martda
bo’lgan vidioselektorda “beshta muhim tashabbus” ni ilgari surdilar. Ular
orasida yoshlarni kitobxonlikka o’rgatish muhim o’rin tutadi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlarda kitobxonlikka
qiziqish uyg‘otish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar “ Eng kitobxon maktab” ,
“Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila” tanlovlar o‘tkazish taklif etildi.
28
Keyingi yillarda mamlakatimizda yosh avlodni kitobxonlikka o‘rgatish va
ularda kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otishga alohida e’tobor qaratilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz
aholisi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga, ayniqsa yosh avlodni bu
nodir xazinaga oshno etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Negaki,
qalbi va shuuriga kitob nuri singgan, ma’nan etuk, mustaqil fikrlay oladigan, milliy
g‘ururi yuksak avlod bilangina yorqin kelajakni barpo etish mumkin.
Dunyodagi mashhur Garvard universiteti kutubxonasi peshtoqiga butun
insoniyatga esdalik sifatida “Tushlik vaqtini o‘tkazib yuborganingga achinma, lekin
kitob o‘qish uchun o‘tkazib yuborilgan vaqt bu katta yo‘qotishdir” degan ibratli
jumla bitib qo‘yilgan. Darhaqiqat, kitob o‘qishni keyingi kunga qoldiraversak,
insoniyat o‘zi bilmagan holda ma’naviy qashshoqlikka yuz tutaveradi. Hozir butun
insoniyat globallashuv va axborot makonida yashamoqda. Shaxsning axborot olish
manbai behisob. Internet va axborot makonidan turli ma’lumotlarni olish mumkin.
Axborot manbalarining kuchli ta’siridan insonni kitobxonlikka qaytarish oson ish
emas. Buning uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari, ota – onalar va
mahalla - kuy, keng jamoatchilikning hamkorlikdagi samarali harakati talab
etilmoqda.
O‘quvchilarni kitobxonlikka o‘rgatish va kitob o‘qishga qiziqishini oshirish
uchun yana nima ishlar qilishimiz kerak? Ilm- fanda ulkan kashfiyotlar qilgan, nazm
va nasrda o‘zidan keyingi avlodlarga ulkan ma’naviy meros qoldirgan ota –
bobolarimizning geni jannatmakon yurtimiz farzandlarining har birida yashab
kelayotgan bo‘lsa, o‘z davrida butun dunyoda uyg‘onish davrini boshlab bergan
ajdodlarimiz amalga oshirgan buyuk ishlarni bugungi avlod vakillari nega takrorlay
olmayapti?
Элeмeнты спискa иллюстратсий не найдены.– degan yana bir savol tug‘iladi.
Buning uchun biz, tibbiyot tili bilan aytganda, yashirinib yotgan genlarni harakatga
undashimiz, yuzaga chiqishga majbur qilishimiz kerak. Kitob mutolaa qilish orqali
bunga erishish mumkin.
29
Ijtimoiy so‘rovlar shuni ko‘rsatadigi, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining
43 foizi, yuqori sinf o‘quvchilarning 17 foizigina kitob mutolaa qilishni yoqtirar
ekan. “Nima uchun bolaning yoshi ulg‘aygani sayin mutolaaga qiziqishi so‘nib
boradi?” degan haqli savol tug‘iladi. Bunga javob quyidagicha bo‘ladi: Beg‘ubor
qalbli bolakay maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan kundan boshlab uztoz uning
qalbiga kitobga mehr uyg‘otadi. Natijada bola kitobni sevib qoladi. Ana shu mehr
oilada kitobxonlik muhitining yo‘qligi, e’tiborning sustligi sababli yildan-yilga
susayib boradi.
“Men bir narsaga hayron bo‘laveraman,”- deb ta’kidlagan edi O‘zbekiston
Qahramoni, taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov. Qachon
qaramang, to‘rtta odam yig‘ilsa, farzand tarbiyasining og‘irligi, ularni odam
qilishning azobligi to‘g‘risidagi hasratga duch kelamiz. O‘-o‘-v birodarlar,
buning eng oson yo‘li, eng arzon, eng samarali yo‘li, usuli shundoq yoningizda
turibdi – ku: bolangizni kitob o‘qitishga o‘rgating, uning ko‘nglida badiiy
adabiyotga mehr va muhabbat uyg‘oting, uch – to‘rt so‘mni qizg‘anmay
muntazam kitob olib bering farzandlariningizga! Axir dunyoda kitobdan ham
aqlliroq, undan ham donoroq biror ustozni topib bo‘ladimi? Axir kitoblarda
yo‘q narsaning o‘zi yo‘q – ku! Odamni odam qiladigan jamiki kuch – qudrat,
hikmat, go‘zallik, aql va odob kitoblarda “mana man” deb turibdi – ku!
Nahotki bu buyuk ne’matdan, bebaho boylikdan bebahra bo‘lib ham odam
bo‘lish mumkin, deb o‘ylasangiz?! Xato qilasiz, birodarlar, kitobsiz, badiiy
adabiyotsiz biror odamning durustroq inson bo‘lganini, biror millatning o‘sib
– unganini shaxsan men bilmayman…”
Keyingi yillarda mamlakatimiz ijtimoiy – iqtisodiy hayoti, ilm – fan, ta’lim va
madaniyat
sohasida
amalga
oshirilayotgan
shiddatli
islohotlar
jahon
hamjamiyatining
e’tirofiga
sazovor
bo‘lmoqda.
O‘zbekistonning
xorijiy
mamlakatlar bilan barcha sohalarda hamkorligining kuchayishi, ayniqsa ilm – fan
va ta’lim sohasidagi hamkorlikka keng yo‘l ochilishi, ilm – fanning ishlab chiqarish
bilan bog‘liqligini taminlash va uning natijadorligini oshirishga aloxida e’tibor
qaratilmoqda. Xorijiy tajriba va innovatsiyalarni qo‘llash, ulardan samarali
30
foydalanish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yanada
takomillashuviga ko‘maklashmoqda.
Bu jarayonlar esa, avvalo o‘zimizning mamlakatimizda ajdodlarimiz yaratgan
boy ma’naviy merosni puxta o‘rganish, so‘ngra xorijda, rivojlangan mamlakatlarda
hayotning barcha sohalarda erishilgan yutuqlarni tahlil qilish va hayotga tadbiq etish
uchun ilmli, xorijiy tillarni puxta biladigan, mustaqil fikrlaydigan, taffakuri keng,
innovatsiyalarni o‘rganishga ishtiyoqi baland barkamol avlodni tarbiyalab voyaga
etkazishni talab qiladi. Bunday hayotiy va dolzarb masalalarni hal etishda
kitobxon yosh avlodning hissasi katta bo‘ladi.
YOshlarni kitobxonlikka o‘rgatish nihoyatda dolzarb masala ekanligini inobatga
olib
muhtaram
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev
o‘z
faoliyatining
sarchashmalaridayoq bu muhim masalaga alohida e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati
saylovchilar vakillari bilan uchrashuvda mamlakatimizda echimini kutayotgan
muhim masalalar qatorida yoshlarni kitobxonlikka o‘rgatish, kitobxonlikka
qiziqishni yosh avlod ongi va qalbiga singdirish masalalariga batafsil to‘xtalib
o‘tdilar. Mutaffakir shoirimiz Alisher Navoiy nomi bilan atalgan viloyatda buyuk
ajdodimiz Alisher Navoiy bobomiz xotirasiga hurmat – ehtirom ko‘rsatish, ul
zotning tabarruk merosini o‘rganish, yosh avlodimizga bezavol etkazish borasida
ibratli, ishlar qilinayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Bunday ezgu ishlar qatorida ulug‘ shoirning eng mashhur asarlari to‘rt kitob
shaklida yuksak poligrafik sifat bilan nashr etilganini qayd qilib o‘tdilar.
Shuningdek, inson ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladigan kitob haqida o‘z
fikrlarini bayon qildilar: “Inson ma’naviy olamini boyitishda ulkan ta’sirga ega
bo‘lgan kitob haqida so‘z ochilgan ekan, shu bilan bog‘liq muhim bir masalaga
e’tiboringizni qaratmoqchiman. Ya’ni bugungi kunda jamiyatimizda
kitobxonlik darajasi qanday? U bizni qoniqtiradimi? Kim keyingi paytda qaysi
kitobni o‘qidi, farzandimizga qanday kitob olib berdik? Afsuski, ko‘p hollarda
bu savollarga ijobiy javob berishimiz qiyin.”
31
Bu fikrlar nafaqat zalda o‘tirgan saylovchilar, balki butun mamlakatimiz aholisi
uchun bong sadosi bo‘lib yangradi. Insonlar hayotda o‘zlari ko‘rib turgan, hayotiy
va o‘ta dolzarb masalaning hal etilishi talab etilayotganidan mamnun bo‘ldilar.
Shuningdek, Prezidentimiz odamlar ongu tafakkuri, ma’naviy saviyasini
yuksaltirishda kitobning o‘rniga alohida baho berdilar.
“Odamlarning ongu tafakkuri, dunyoqarashini o‘zgartirish, ma’naviy
saviyasini yuksaltirish haqida ko‘p gapiramiz. Lekin bu borada eng oddiy va
ayni paytda eng ta’sirchan vosita – bu kitob emasmi? Men shunga aminman –
kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob
o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q.”10
Keyingi yillarda nafaqat yoshlar, balki katta yoshdagi aholi o‘rtasida ham
kitobxonlikdan bir qadar chetlashish yuzaga kelgan bir vaqtda hayotiy haqiqatning
ochiqchasiga tahlil etilishi mamlakatimiz jamoatchiligining e’tirofiga sazovor
bo‘ldi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan hozirgi vaqtda axborot – komunikatsiya
sohasi, internet va boshqa aloqa vositalari kundalik hayotda keng qo‘llanilayotgani
kitob o‘qishga halaqit beradi va kitob o‘qishga ehtiyojini pasaytiradi qabilidagi
qarashlarda yurganlarning saboq chiqara olishlari uchun kontseptual ko‘rsatmalar
berildi.
Ya’ni axborat maydonida qo‘llanilayotgan vositalarning imkoniyatlarini ham
yoshlarda, aholining keng qatlamlarida kitobxonlikka qiziqish uyg‘otishga sarflash
haqida zarur ko‘rsatmalar berildi.
“Albatta, hozirgi vaqtda axborot – kommunikatsiya sohasi shiddat bilan
rivojlanmoqda, televidenie, radio, internet, kompyuter, mobil telefon kundalik
hayotimizdan chuqur joy olmoqda. Biz ana shu imkoniyatlardan samarali
faoydalanib, mamlakatimizda yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini
10 Sh.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizmni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T, “O‘zbekiston”, 2017, 114
bet.
32
kuchaytirish, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida
e’tibor qaratishimiz lozim.”11
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev
kitobxonlik
madaniyatini yanada yuksaltirish, buning uchun mamlakatimizda kitob nashri, kitob
savdosi, kutubxonalar ishini tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni
tashviqot qilishning namunali shakllarini tashkil etish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari
ham kontseptualligi va konstruktivligi bilan ajralib turadi.
”Buning uchun kitob nashri, kitob savdosi bilan bog‘liq ishlarimizni
tanqidiy ko‘rib chiqishimiz kerak. Ta’lim - tarbiya muassasalari, idora va
tashkilotlar, mehnat jamoalarida shu masala bo‘yicha turli tanlov, festival va
aktsiyalar, kitob bayramlarini tashkil etishimiz kerak. Mavjud axborot –
resurs markazlarini boyitish, kutubxonalar yo‘q joylarda ularni tashkil
etishimiz lozim. Ota – bobolarimizdan qolgan yaxshi an’analarni davom
ettirib, navoiyxonlik, boburxonlik, mashrabxonlik kechalari o‘tkazsak, kerak
bo‘lsa, badiiy asarlarni televidenie orqali o‘qitishni yo‘lga qo‘ysak, nima
deysizlar?”12
Bu dolzarb masalada Prezidentimiz buyuk shoirimiz Alisher Navoiy nomi bilan
ataladigan viloyatni boshqalarga o‘rnak bo‘lishga chaqirdilar.
Mamlakatimiz
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyevning
nafaqat
“Mamlakatimizning javohir xazinasi” (Navoiy viloyati saylovchilar vakillari
bilan uchrashuv 2016 yil 4 noyabr)dagi nutqida, balki boshqa ko‘plab ma’ruza va
nutqlarida ham yoshlarda kitobxonlikka qiziqish uyg‘otish masalalariga to‘xtalib
o‘tilgan.
Ayniqsa,
mamlakatimizni
2016
yilda
ijtimoiy
–
iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
11 Sh.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizmni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T, “O‘zbekiston”, 2017,
114 bet.
12 Sh.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizmni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T, “O‘zbekiston”, 2017,
114- 115 betlar.
33
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar
Mahkamasining kengaytirilgan majlisi (2017 yil 14 yanvar)dagi ma’ruzalari
ham kitobxonlikni yoshlar ongi va qalbiga yanada kengroq singdirish
masalasidagi kontseptual g‘oyalar bilan ajralib turadi. Ushbu ma’ruza
Yurtboshimiz ta’lim, ilm–fan va davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga
oshirish, ta’limning yangi zamonaviy usullarini, jumladan axborot- kommunikatsiya
texnologiyalarni joriy etish sohasidagi ishlar ahvolini tanqidiy tahlil qilar ekanlar,
bu boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va
mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanliga sababli bu
borada beshta ustuvor vazifani ilgari surdilar. Bular orasida beshinchi ustuvor vazifa
– kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishga qaratishdagi
muammolarni hal qilishga qaratilgan edi.
”…Eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini,
uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon
ilm- fani va adabiyoti yutuqlarini etkazish uchun zarur muhit va shart – sharoit
yaratish”13 zarurligini ta’kidlab o‘tdilar. Bunga erishish uchun kitobxonlik
madaniyatini oshirish, yoshlarda kitobxonlikka qiziqish uyg‘otishdek dolzarb
vazifani hal etish ustuvor vazifa ekanligi ham muhim ahamiyat kasb etishi yaqqol
ko‘rinib turibdi.
Mamlakatimiz Prezidenti o‘z ma’ruza va nutqlarida turli darsliklarni yaratish,
ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida turli idoralar o‘rtasidagi
kelishmovchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdilar.
Ayniqsa, darsliklar maxsus va badiiy adabiyotga bo‘lgan real ehtiyojni, ularni
boshqa tillarga tarjima qilish, ular bilan o‘quv yurtlari, kutubxona va axborot – resurs
markazlarini ta’minlash bo‘yicha chora – tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va
hayotga tadbiq etish borasidagi ko‘rsatmalari ham yoshlar va aholining keng
qatlamlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan edi.
13 Sh. Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T, “O‘zbekiston”, 2017 yil 47 bet
34
“Bunda yoshlar va aholining keng qatlamlari o‘rtasida kitobxolikni targ‘ib
qilish masalalariga ham alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi. Kitoblarning haqiqiy
narxi shakllanishini juda ham puxta o‘rganish zarur. Hozirgi paytda hammamizning
oldimizda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala ya’ni kitobxonlikni keng
yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘gan muhabbatini, ularning ma’naviy
immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish
vazifasi turibdi. ”14
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kitobsiz kelajak yo‘qligini,
rahbardan tortib oddiy aholigacha kitobga mehr qo‘yishi – nurli kelajagimizning,
barkamol avlodlarni voyaga etkazishimizning muhim poydevori ekanligini ta’kidlab
o‘tdilar va bu borada amaliy ko‘rsatmalar berdilar.
Respublikamiz
Prezidentining
2017
yil
12 yanvardagi “Kitob
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi
va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya
tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi, 2017 yil 13 setyabrdagi PQ – 3271- sonli
“Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha
kompleks chora – tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash
uchun ham kitobxonlik madaniyatini oshirish va yoshlarni, mamlakatimizning
barcha aholisini kitobxonlikka undash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlari, ma’ruza va
nutqlarida kitobxonlikni yoshlar va keng jamoatchilik ongi va qalbiga singdirish
bo‘yicha ilgari surilgan kontseptual g‘oyalar va konstruktiv ko‘rsatmalarni amalga
oshirish va bu borada chiqarilgan Prezident Qaror va Farmoyishlari ijrosini
ta’minlash barchamizning, eng avvalo biz o‘qituvchi va pedagoglarning dolzarb
vazifamizdir.
14 O‘sha joyda
35
II. BOB. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va
ma’ruzalarida maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi, oliy ta’lim hamda akademik ilm-fanni sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarish masalalari.
2.1.Umumiy o‘rta ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish
zarurati.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
farmonlari,
qarorlari
va
farmoyishlarida belgilangan ta’lim-tarbiya sohasidagi vazifalarni bajarish uchun,
avvalo umumiy o’rta ta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar
ularning mazmun-mohiyati bilan tanish bo’lishi kerak.
36
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2016 yil 29-
dekabrdagi PQ- 2707- son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 2017 yil 30 sentabrdagi PF- 5198-son farmoni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-3305-son
qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi “Bola
huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ- 4296-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli
Qarori mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
yo’lini boshlab berdi. Natijada bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etish 2017
yildagi 27 foizdan 2019-yilga kelib 52 foizga ko’tarildi. Maktabgacha ta’limga
qamrab olish bir yilda 38 foizdan 52 foizga ko‘tarildi. 5 ming 722 ta davlat, xususiy,
oilaviy bolalar bog‘chalari tashkil etildi.
2020 yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 60 foizga yetkaziladi. Ushbu
maqsadlar uchun budjetdan qariyb 1,8 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi
2020 yildan boshlab tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga
tayyorlash tizimi joriy qilinadi, bunga budjetdan 130 miliard so‘m ajratiladi, bu
jarayonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq
ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib
tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-son Qarori. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq
37
ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PF-5712-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-
maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2019-yil 29-maydagi
“Ixtisoslashtirilgan
o‘quv-tarbiya
muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4342-son Qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan
maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-4444-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 26-noyabrdagi “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4537-son Qarori umumiy o’rta ta’lim tizimini rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-sonli
Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi
“Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori, 2018-yil 10-maydagi "O‘zbekiston
Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
701-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 30-sentabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan
xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning
mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 823-sonli Qarorlari xalq ta’limi
tizimini rivojlantirishda dasturulamal vazifasini bajardi.
2020 yilda budjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 36 ta
yangi maktab qurilib, 211 tasi kapital ta’mirlanadi. Shuningdek, 55 ta xususiy
maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkaziladi.
38
Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq
natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimini joriy etamiz.
Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv
yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga
moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.
2.2.O‘zbekistonning umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligini
rivojlantirishga qaratilgan siyosati, ushbu yo‘nalishga erishilgan yutuqlar va
yangi imkoniyatlar.
2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 348 ta
tayanch maktab belgilanib, 6 mingdan ortiq o‘qituvchining malakasi oshiriladi.
Joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga
qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi.
Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida
milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha
kadrlar tayyorlash imkonini beradi.
Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida o‘ti
bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratishimiz
shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish
darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazamiz.
Bu borada shuni unutmaslik kerakki, oliy ta’lim qamrovini oshirish to‘lov
kontraktiga bog‘liq bo‘lib qolmasligi zarur. Shuni hisobga olib, oliy o‘quv yurtlariga
talabalar qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar ko‘paytiramiz, desam, sizlar bu
fikrga qanday qaraysiz?
Qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi. Xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu
grantlar asosida o‘qitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab
chiqishi kerak.
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini ham optimallashtirish zarur. Biz
bunda asosiy e’tiborni o‘qishga kirish jarayonlarini soddalashtirishga, oliy o‘quv
39
yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratishimiz zarur. Misol uchun, ona
tili bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish lozim. Yoshlar
istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, oliy o‘quv yurtiga
o‘qishga kirayotgan paytda ona tili bo‘yicha qayta sinovdan o‘tishga hech qanday
ehtiyoj qolmaydi.
Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi, ta’lim
yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqiladi. Mutaxassislikka aloqasi
bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi.
Oliy ta’limda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish talab etiladi.
Joriy yildan pedagogik ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil qilib
belgilanadi.
Bu ishlarni boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiramiz.
Oliy o‘quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik
beriladi. Joriy yilda ularning 10 tasi o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlashga o‘tadi.
Bundan tashqari, kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab,
nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya
qilishni boshlaymiz.
Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab
olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini biryo‘la taraqqiy
ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor
yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda
fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar
yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion
tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta
ko‘rib chiqish kerak.
Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy
ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot
dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga
qo‘yishi shart.
40
Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar,
professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari
ko‘lamini kengaytirish, 2020-yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tub
burilish qilish imkoniyatlari yaratildi.
J
o
r
i
y
o
‘
q
u
v
y
i
l
d
a
n
b
o
s
h
l
a
b
m
2019 yilda Xalq ta’limi tizimida erishilgan yutuqlar tinglovchilarga bayon etilishi
lozim:
-
2019-yilda xalq ta’limi tizimida davlat budjetidan jami 18,1 trln so‘m
ajratildi. Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga 13,6 trln so‘m,
yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlariga 3,4 trln so‘m, boshqa xarajatlarga 1,1 trln
so‘m ajratildi.
-
2019-2020 o‘quv yil boshidan Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva
shahrida Prezident maktabi ochildi. 27471 nafar iqtidorli o‘quvchi saralash
imtihonida ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, har bir maktabga 144 o‘quvchi
qabul qilindi. Maktabda o‘quv jarayoni “STEAM” (Science – ta’lim,
Technology – texnologiyalar, Engineering- texnik ijodkorlik, Art- san’at,
Mathematic- matematika) dasturi asosida olib boriladi. Bu iqtidorli
yoshlarning fikrlash qobilyati, iroda va ijodiy salohiyatini oshirishga imkon
beradi. Ushbu fanlar bo‘yicha darslar ingliz tilida olib borilmoqda. Tarix ona-
tili adabiyot darslari tajribali pedagoglar tomonidan o‘zbek tilida o‘tiladi.
-
Joriy yil boshida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim
tashabbusning ijrosi asosan maktab o‘quvchilarining faolligini oshirish,
ularning musiqa, adabiyot, sport va san’atga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish,
yoshlar orasida kitobxonlik hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga
qaratildi.
29-aprel kuni “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi“
tasdiqlandi.
41
PISA- xalqaro baholash tadqiqotlari amaliyotga joriy etila boshladi.
-
“Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik” ko‘rik- tanlovi tashkil
etilib, 2019-yilgi darsliklarni tayyyorlash bo‘yicha keng jamoatchilik vakillari,
ya’ni ota-onalar, o‘quvchi va o‘qituvchilar, mutaxassislar mavjud darslik va
o‘quv-metodik adabiyotlardagi kamchiliklarni topish, sifatli darslik chop etish
borasida taklif va mulohazalarini bildirish va muammolarni bartaraf etish
yuzasidan hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
-
2019-yilda iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan
holda maktablarda Kuzatuv kengashlari tashkil etildi. Kuzatuv kengashi
a’zolari 3 yilga saylanib, ular kamida 7 kishidan iborat bo‘lishi kerak: 2
ota-ona, 2 bitiruvchi, 1 nafaqadagi o‘qituvchi, shuningdek kamida 2
homiy.
Kegnashning vazifasiga maktab direktorini saylash, maktabning moliyaviy
rejalarini tasdiqlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar monitoringi,
o‘quvchilar va ularning ota-onalari murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek,
boshqa masalalar kiritildi.
-
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilar bilimini aniqlash
maqsadida Sirdaryo va Surxandaryo viloyatlarida test sinovlari o‘tkazildi. Bu
kabi testlar bosqichma-bosqich barcha hududlarda o‘tkaziladi. Maqsad
o‘qituvchilar bilimini aniqlash, natijalarga ko‘ra o‘qituvilar malakasini
oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etishdir. Shu kungacha 12261 nafar
o‘qituvchilar o‘rtasidagi test sinovlarining birinchi bosqichi davlat tilini bilish
darajasini aniqlashga qaratilgandi. Ayni paytgacha yurtimiz umumta’lim
maktablari o‘qituvchilaridan 8000 nafari malaka oshirdi, 27 ta maktabda
xalqaro darajaga ega o‘qituvchilar dars beryapti.
-
Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari bilan
hamkorlikda o‘tkazayotgan English Speaking Nation: Secondary Teacher
Training (ESN:STT) loyihasining taqdimoti Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyihaning asosiy maqsadi umumta’lim maktablari ingiliz tili fani
o‘qituvchilarinig til bilish darajasini aniqlash. Ingiliz tili bo‘yicha bilim va
42
ko‘nikmalarini takomillashtirish, o‘qituvchining “o‘quvchilarga yo‘naltirgan”
(learner-centred) pedagogik mahoratni oshirishda ko‘mak berish, trener va
mentorlar salohiyatini oshirshga ko‘maklashishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 3- maydagi “Iqtidorli
yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz
tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Xalq
ta’limi vazirligida Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan
ishlash departamenti tashkil etildi. Unga iqtidorli o‘quvchilarning xalqaro
olimpiadalarda ishtirokini ta’minlash vazifasi yuklatildi. Yil davomida
respublikamiz bo‘ylab qo‘shimcha fan olimpiadalari o‘tkazildi.
Qo‘shimcha fan olimpiadalari:
Jizzax viloyatida biologiya fanidan Abu Ali ibn Sino nomidagi ;
Farg‘ona viloyatida kimyo fanidan Abu Rayhon Beruniy
nomidagi ;
Buxoro viloyatida matematika fanidan Mirzo Ulug‘bek
nomidagi ;
Xorazm viloyatida fizika fanidan Ahmad-al Farg‘oniy nomidagi
;
Toshkent shahrida informatika va axborot texnologiyalari
bo‘yicha Al-Xorazmiy nomidagi ;
Termiz shahrida matematika va fizika fanlaridan respublika
ochiq olimpiadasi.
-
Xalqaro, asosiy va qo‘shimcha fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan
o‘quvchilar ilk bor katta miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan
taqdirlandilar. O‘z navbatida ularning o‘qituvchilari ham munosib
rag‘batlantirildi.
Xalqaro olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul
mukofoti:
1- o‘rin (oltin medal) uchun – EKIHning 500 (111,5 mln so‘m),
o‘qituvchisiga – 450 baravari miqdorida;
43
2- o‘rin – (kumush medal) uchun – 300 (66,9 mln so‘m),
o‘qituvchisiga 250 baravar ( 55,75 mln so‘m);
3- o‘rin- (bronza medal) uchun – 200 (44,6 mln so‘m), o‘qituvchisiga; 150
baravarida ( 33,45 mln so‘m).
-
Asosiy
fan
olimpiadalari
Respublika
bosqichi
g‘oliblari
va
o‘qituvchilariga:
1- o‘rin uchun- 11 mln 150 000 so‘m;
2-o‘rin uchun – 7 mln 805 000 so‘m;
3- o‘rin uchun – 3 mln 690 000 so‘m;
g‘oliblarning o‘qituvchilariga har oy 100% ustama to‘lash
belgilandi.
Qo‘shimcha respublika fan olimpiadalari g‘oliblariga:
1 – o‘rin uchun – 22 mln 3000000 so‘m;
2- o‘rin uchun- 18 mln 955 000 so‘m;
3- o‘rin uchun – 15 mln 610 000 so‘m.
2019-yilda xalqaro fan olimpiadalarida jami 8 ta medal qo‘lga kiritildi:
60- Xalqaro matematika olimpiadasi. Britaniya, Bat – 1 ta bronza;
30- Xalqaro biologiya olimpiadasi, Vengriya, Seged- 3 ta bronza;
51- Xalqaro Kimyo olimpiadasi, Fransiya, Parij- 2 ta kumush, 2 ta bronza.
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya”
fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari to‘g‘risida”gi qarori
loyihasi ishlab chiqilib, muhokamaga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, “Odobnoma”,
“Vatan tuyg‘usi”. “Milliy g‘oya” va “Dunyo dinlari tarixi” kabi fanlarni
birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
Respublikamizdagi barcha hududlar kesimida maktab bitiruvchilarining
OTMga kirish darajasi tahlil qilinib. yaxshi natija ko‘rsatgan ta’lim muassasalari
direktorlari rag‘batlantirilib, yomon natija ko‘rsatgan maktab rahbarlari tuman va
44
viloyat xalq ta’limi bo‘limi hamda boshqarmalari rahbarlariga intizomiy chora
ko‘riladi. Natijasi past bo‘lgan maktab direktorlariga ham qonunchilik doirasida
intizomiy chora ko‘rish vazifasi belgilanadi.
-
“Zamonaviy maktab” larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi va uning ijrosining
asosiy bosqichlari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra,
Qurilish: 48 ta yangi maktab quriladi va natijada 18.815 ta yangi o‘quvchi o‘rni
yaratiladi.
Rekonstruksiya: 452 ta maktab rekonstruksiya qilinadi, natijada 159.279 ta
yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Ta’mirlash: 296 ta ta’mirtalab maktab zamonaviy talablar asosida ta’mirlanadi.
-
2030–yilgacha 4860 ta maktab “Zamonaviy maktab”ga aylantirilishi
rejalashtirilgan.
-
Yil davomida o‘qituvchilarning nufuzini ko‘tarish , ijtimoiy-moddiy
ahvolini yaxshilash borasida ham amaliy ishlar qilinadi.
“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga katta miqdorda
pul mukofoti beriladi:
1 – o‘rin uchun- 10 mln so‘m;
2- o‘rin uchun 5 mln so‘m;
3
– o‘rin uchun 3 mlnso‘m .
1-
Oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan UzAvto Motors
kompaniyasi o‘qituvchilarga bayram aksiyasini e’lon qildi. Ushbu bayram
aksiyasida 10 323 nafar o‘qituvch mashina xarid qildi.
-
“UMS” kompaniyasi bilan kelishuv asosida “O‘qituvchi” tarif rejalari
yo‘lga qo‘yildi.
Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining bir oylik ish haqi
o‘rtacha 156 foizga oshdi (o‘rtacha ish haqi 2,04 mln so‘m).
Budjetdan qo‘shimcha 3 trln so‘m ajratildi.
45
-
Xalq ta’limi vazirligi “Maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish va
ijobiy psixologiyani o‘qitish metodikasi” loyihasini amalga oshirishni
boshladi.
-
Umumta’lim maktablari infratuzilmasini rivojlantirish borasida:
2864 ta maktabning isitish qozoni tizimi yanglandi;
138 ta maktabda zamonaviy sport zallari qurildi;
493 ta maktabning atrofi to‘liq o‘raldi;
173 ta maktab ichimlik suvi bilan ta’minlandi;
579 ta maktabning hojatxonasi yangidan qurildi va mavjudlari
ta’mirlandi;
106 ta maktabda ichki hojatxona ta’mirlandi va tashkil etildi;
181 ta maktabning ichki kanalizatsiya tizimi ta’mirlandi;
175 ta maktabda yangi oshxona binolari qurildi va ta’mirlandi.
Tinglovchilarga oliy ta’lim tizimida 2019 yilda amalga oshirilgan islohotlar
tahliliy tushuntiriladi:
2019 yil barcha sohalar singari mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi uchun ham
shiddatli va yangiliklarga boy bo‘ldi: yangi OTMlar, yangi yo‘nalishlar ochildi,
tizim rivoji uchun bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi
qaroriga binoan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etildi. Universitetda
axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy
ta’minotini ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish
bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga
asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universitetining maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil qilindi.
46
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida
harbiy jurnalistika qayta tayyorlash kursi va harbiy jurnalistika fakulteti ochildi.
Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga
binoan Sharda universiteti tashkil etildi. Unda o‘quv jarayonlari Hindistoning
Sharda universiteti o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim
standartlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqarilgan o‘quv rejalari va
dasturlari bo‘yicha olib borilmoqda.
Parij xalqaro moda akademiyasi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat
institutining qo‘shma fakulteti ochildi. Ushbu o‘quv yili qabulidan boshlab
abiturientlarga oliy ta’lim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar
majmuasi bir xil bo‘lgan uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda
ishtirok etish huquqi berildi. 2019 yildan DTM ruxsatnomalarini bevosita Davlat test
markazi saytidan yuklab olish imkoniyati yaratildi.
47
Xulosa
Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan demokratik islohotlarning izchil davom
ettirilishi va 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va
uning mazmun-mohiyatini tinglovchilar ongi va qalbiga singdirish xalq ta’limi
sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar hamda ularning yechimini
topishda dasturilamal bo’lib xizmat qiladi.
Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab
olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini biryo‘la taraqqiy
ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor
yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda
fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar
yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion
tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta
ko‘rib chiqish kerak.
48
Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy
ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot
dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga
qo‘yishi shart.
Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar,
professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari
ko‘lamini kengaytirish, 2020-yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tub
burilish qilish imkoniyatlari yaratildi.
J
o
r
i
y
o
‘
q
u
v
y
i
l
d
a
n
b
o
s
h
l
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
2. “YOshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar
ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 sonli Farmoni.
3. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va
olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis
palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. – T.: “O‘zbekiston”, 2016. – 56 b.
49
4. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: “O‘zbekiston”. –
2017.– 102b.
5. Mirziyoyev Sh.M. “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon
hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” mavzusidagi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.// “Xalq so‘zi”
gazetasi 2018 yil 8 dekabr.