Kirish
Ro'yhatdan o'tish
Barchasi
Dars ishlanmalar
IELTS AND CEFR
Kurs ishlari
Referat
slaydlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA TRANSPORT INSHOOTLARIGA TA’SIR QILADIGAN OMILLAR VA KO‘PRIKLAR EKSPLUATATSIYASINING VAZIFASI, STRUKTURASI VA TARKIBI
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
52,2 KB
Yuklab olish
Ilmiybaza.uz O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA TRANSPORT INSHOOTLARIGA TA’SIR QILADIGAN OMILLAR VA KO‘PRIKLAR EKSPLUATATSIYASINING VAZIFASI, STRUKTURASI VA TARKIBI REJA: 1. O‘zbekiston Respublikasidagi iqlim. 2. Foydalanish davrida namlikvahavodarajasi sharoitlari ta’sirining tafsiloti. 3. Vaqt o‘tishi bilan qurilish materiallari xossasi o‘zgarishi ta’sirining tafsiloti. 4. Transport inshootlarining mexanik eskirishi va chirishi. 5. Transport inshootlarini nazorat qilish (qarab turish). 6. Ko‘priklar ekspluatatsiyasining ta’rifi va strukturasi. 7. Ko‘prikning texnik pasporti. 8. Transport inshootlarini saqlash, parvarish qilish va profilaktika qilish vazifalari. 9. Transport inshootlarini rejali-ogohlantiruv ta’miri. 10. Ko‘prik inshootlari holatining vatanimiz va chet el boshqarov tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlari.
Ilmiybaza.uz Tayanch so‘zlar va iboralar: O‘zbekiston Respublikasidagi iqlim; namlik va havo darajasi sharoitlari ta’siri; qurilish materiallari xossasi o‘zgarishi; inshootlarining mexanik eskirishi va chirishi;inshootlarni nazorat qilish (qarab turish); ko‘priklar ekspluatatsiyasining ta’rifi va strukturasi; ko‘prikning texnik pasporti; inshootlarni saqlash, parvarish qilish va profilaktika qilish; inshootlarning rejali-ogohlantiruv ta’miri; inshootlar holatining vatanimiz va chet el boshqarov tizimi. 1. O‘zbekiston Respublikasidagi iqlim Keskin-kontinental iqlim, issiq va qurg‘oqchil. Qish (yanvar) da o‘rtacha harorat –8oS dan +3oS gacha, tog‘li tumanlarda –16oS gacha tushib ketishi mumkin. YOz (iyul) da mamlakatning shimoliy tumanlarida +26dan – 32oC gacha, ayni paytda janubi (Termiz va SHerobod) da esa +41dan –42oC gacha o‘zgaradi. Bir yildagi yog‘in-sochin mamlakatning shimoliy qismidagi cho‘l tekis tumanlarida 80mm, g‘arbiy viloyatlarda – 200–300mm gacha, va tog‘larda – 1000mm gacha. Bunda havoning nisbiy namligi yil davomida deyarli hamma joyda past (60–65%), maksimum yog‘in-sochin esa kuz-qish davrida sodir bo‘ladi. Qishda tog‘li tumanlarda ko‘p miqdorda qor tushadi, u yon bag‘irlarda aprel-may oylarigacha turadi, ba’zi cho‘qqilar u bilan yil bo‘yi yopilgan . 2. Foydalanish davrida namlikvahavodarajasi sharoitlari ta’sirining tafsiloti Yil, oy, kun davomidagi havo darajasining o‘zgarishi inshootga yuklama ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi muhitdagi haroratni o‘zgarishi inshootdagi termodinamika xossasi mutanosibligini tiklash maqsadida inshoot konstruksiyasidagi haroratni o‘zgartiradi. Konstruksiyada harorat o‘zgarishi pastdan boshlab bir xilda amalga oshmaydi. Materialning tashqi qatlamida harorat ichki qatlamga nisbatan tez o‘zgaradi. SHu sababli konstruksiyaning har xil ichki qatlamida har xil harorat bo‘ladi. Har qatlamda haroratning har xil bo‘lishi konstruksiya qismlarida har hil
Ilmiybaza.uz bosim turlicha bo‘lishiga olib keladi. Bu ko‘pgina konstruksiyalarda betonsimon issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydigan materiallarda ko‘p hollarda yoriqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan harorat to‘lqinlari paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan, masalan, po‘latda siklik deformatsiya paydo bo‘lishiga, ba’zi hollarda ruxsat etilmagan darajada kattalashishi va konstruksiyani ishdan chiqarishga olib keladi. Masalan, ko‘prik va rezervuarda yoriq paydo bo‘lishi. 3. Vaqt o‘tishi bilan qurilish materiallari xossasi o‘zgarishi ta’sirining tafsiloti Inshoot materiallari o‘zining biologik xossasiga asosan «yashaydi», ya’ni vaqt o‘tishi bilan ma’lum bir sabablarga ko‘ra ( material turi, foydalanish sharoiti va qabul qiladigan yukiga ko‘ra) uning holati va harakteristikasi o‘zgaradi. Umumiy tavsifga ega bo‘lgan bir necha misollarni ko‘rib chiqamiz. Barchaga ma’lumki, inshootlarda beton mustahkamligi vaqt o‘tishi bilan oshib boradi. Biroq noqulay sharoitlarda – past haroratda yangi yotqizilgan, suv bilan yaxshi qorilmagan betonda, nafaqat beton mustahkamligini oshishi sekinlashadi, balki butunlay to‘xtab qoladi, ba’zi bir hollarda qarama-qarshi natijalarga olib keladi. Betonga tashqi kuch tushganda yuk va deformatsiya orasidagi bog‘liqlik bir xillik kasb etmaydi. Biroq, yuk sikl ravishda takrorlanganda deformatsiya grafigi sekin asta to‘g‘rilanib boradi va beton elastik shaklda ishlay boshlaydi. Bunday holatga tizimli ravishda harakatdagi yuk ostida ishlaydigan temirbeton ko‘priklari misol bo‘lishi mumkin. Inshootdan uzoq muddat foydalanilmasa, yana unda plastik deformatsiyali egrisimon diagramma vujudga kelishini kuzatish mumkin. Elastik bosqichda ishlovchi konstruksiya metall elementlari amalda barqaror ishlaydi. Plastik deformatsiyalar materialning fizik-mexanik xossasiga yuk ta’sirida chirishiga zamin yaratadi(plastikligining kamayishi, mo‘rtligining oshishi, anizatropiya va b. rivojlanishi). Uzoq muddatli yuklamaning kamayishi uning boshlang‘ich xossasini tiklaydi. Metallning mexanik eskirishi va chirishi, ayniqsa sovuq haroratda konstruksiyaning butunligiga xavf soluvchi chirishning paydo
Ilmiybaza.uz bo‘lishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. Fizik-ximik xossasining sekin asta o‘zgarishi yog‘och va boshqa materiallarda sovuq haroratdagiga qaraganda tezroq paydo bo‘lishi kuzatiladi. Konstruksiya ishiga va qobiliyatiga baho berishda materiallar tavsifidagi o‘zgarishlarni inobatga olish birinchi navbatdagi vazifadir. 4. Transport inshootlarining mexanik eskirishi va chirishi Inshoot foydalanishga topshirilganidan so‘ng birinchi bor yuk tushganda, uning bog‘lovchilarida konstruksiyadan birinchi foydalanganda, umumiylik kasb etadigan mo‘rt deb ataladigan surilishlar va plastik deformatsiyalar paydo bo‘ladi. Sekin asta elementlar foydalanish vaziyatiga moslashadi, ammo bog‘lovchi qismlardagi surilish va deformatsiya oshib boradi. Elementlar tutashuvi pasayadi, ularni bog‘lanishi yomonlashadi, yoriq va boshqa shikastlanishlar paydo bo‘la boshlaydi va ish faoliyatining normal ishlashi izdan chiqishi mumkin. SHunday qilib, inshootning ish faoliyati va holati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. U o‘z ichiga uch bosqichni oladi : 1. Moslashish davri– asosiy element materiallari va uning bog‘lovchilarida deformatsiya turg‘un bo‘lgunga qadar davom etadi; 2. Normal ish jarayoni davri; 3. Eskirish davri. Bu davrda inshootning barcha qism va ko‘rsatkichlari yomonlashishi, har xil shikastlanishlar paydo bo‘lishi, bog‘lovchi qismlarda nosozliklar paydo bo‘lishi kuzatiladi. 5. Transport inshootlarini nazorat qilish (qarab turish) Ko‘priklar ekspluatatsiyasi bo‘yicha ishlar vazifasi to‘rt guruhga bo‘linadi : Nazorat qilish (qarab turish) – bu ko‘prikning transport-ekspluatatsion sifatini kamaytiradigan nuqson va shikastlanishlarni o‘z vaqtida oshkor qilish uchun kuzatuvlarning ma’lum bir tizimi. Nuqson – bu ko‘prik konstruksiyasi elementlarining loyiha yoki me’yoriy xujjat (QMQ, O‘zRDSt, sertifikat, texnik pasport) lar tomonidan o‘rnatilganiga mos kelmasligi.
Ilmiybaza.uz SHikastlanish – ekspluatatsiya jarayonida nuqsonlar mavjudligi yoki tashqi muhit tajovuzkor omillari (suv, havo, texnogen va b.lar) ning ta’siri keltirib chiqargan, konstruksiya yoki inshootning ayrim elementlarining har qanday bo‘zilishi. 6. Ko‘priklar ekspluatatsiyasining ta’rifi va strukturasi Ko‘priklar ekspluatatsiyasi – ko‘priklar, regulyasion inshootlar va ularga bevosita tutashadigan territoriyalarning jami hisobiy xizmat qilish muddatini yaroqli holda ishining butligini ta’minlovchi, tashkiliy va texnik chora-tadbirlar majmui. Xizmat qilish muddatining kalendar davomiyligi mazkur inshoot uchun loyihada yoki normativ hujjatlarda belgilanadi. Umuman ko‘priklar xizmat qilish zonasiga quyidagilar kiradi : 1) bo‘ylama yo‘nalishada - ko‘prik (yo‘l o‘tkazgich) ning o‘zi va ikki tomondan 6m uzunlikdagi unga tutashadigan kirish uchastkalari; 2) ko‘ndalang yo‘nalishda - ko‘priklar ko‘tarma konusida yoki regulyasion inshootlar mavjudligida uzunligi bo‘ylab inshootning yuqori va past tomoniga 25m uzunlikka. Yo‘l o‘tkazgichlarda bu zona inshoot konusining eni bilan cheklanadi; 3) suv oqimi o‘zani oqim bo‘yicha yuqori va pasti bo‘ylab 100m uzunlikda kuzatiladi. Ko‘priklar ekspluatatsiya bo‘yicha ko‘priklar ekspluatatsiyasi xizmati shug‘ullanadi. Ko‘priklar ekspluatatsiyasi xizmatining vazifalari quyidagilar hisoblanadi : 1) yo‘l uchun o‘rnatilgan hisobiy tezlikda va hisobiy o‘q yuklari bilan transport vositalari hamda piyodalar harakatini yil davomida, uzluksiz, xavfsiz va har jihatdan qulay (komfortli) ta’minlash; 2) ish va material-texnik manba (resurs) larning minimal xarajatlarida inshootlarning texnik yaroqlilik holati va ularning ximat qilishining hisobiy muddatini ta’minlash; 3) yo‘llardagi harakat jadalligi va transport vositalarining massasi o‘sishini e’tiborga olib inshootning transport-ekspluatatsion holatini muttasil yaxshilash;
Ilmiybaza.uz 4) inshootlarning tashqi ko‘rinishini lozim bo‘lgan (tegishli) holatda ushlab turish. “Buyurtmachi” – tasarrufida umumiy foydalanishdagi yo‘l turgan, ko‘priklar ekspluatatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha SHartnoma bo‘yicha boshqa yuridik shaxslarga topshiradigan ijrochi hokimiyat organi. “Pudratchi” – bu SHartnomaga asosan bevosita ko‘priklar ekspluatatsiyasini amalga oshiruvchi va ekspluatatsiyaning talab beradigan sathi uchun javob beruvchi yuridik shaxs. “Pudratchi” sifatida – bu ishlab chiqaruvchi yo‘l tarkibidagi ishlab chiqarish ko‘prik bo‘limi yoki ixtisoslashtirilgan ko‘rinishdagi tashkilot, egalik mulki shakliga bog‘liq bo‘lmagan, ekspluatatsiya bo‘yicha ishlarni bajarishga OQI ning ruxsati (guvohnomasi) mavjud bo‘lgan. SHartnomaning maksimal amal qilish muddati 5 yil va tender savdosi o‘tkazilgan so‘ng “Buyurtmachi” bilan tuziladi. Ko‘priklar ekspluatatsiyasi sathi – konstruktiv elementlar va inshoot umumiy ko‘rinishining texnik holatini aniqlashni yoritadigan ko‘rsatkichlar majmuasi. Ko‘priklarning talab qilinadigan sathi, ekspluatatsiya bo‘yicha zaruriy ishlar majmuasini yoritadigan, ajratiladigan mablag‘ hajmiga muvofiq Buyurtmachining Pudratchi bilan shartnomasida o‘rnatiladi (42-rasm) . 42-rasm. Ko‘priklar ekspluatatsiyasi xizmatining strukturasi
Ilmiybaza.uz Ko‘priklar ekspluatatsiyasi bo‘yicha rahbarlik “Buyurtmachi” shtatidagi ko‘prik bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Sonli tarkibi quyidagi mezon bo‘yicha aniqlanadi: 2500 p.m. ko‘prik uzunligida bitta mutaxassis, ammo mutaxassislarning minimal soni – 2 ta odam. “Buyurtmachi” shtatidagi ko‘prik bo‘limi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi : 1) “Buyurtmachi” tomonidan biriktirilgan inshoot texnik holatining nazorati va tahlilini va axborotlar to‘lashni amalga oshirish, ko‘prik to‘g‘risida avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankini amalga oshirish; 2) inshootlarning inventarizatsiyasini tashkillashtiradi va zarurat tug‘ilsa, o‘tkazadi; 3) nogabarit va og‘ir yuk (NOYu – me’yordan ortiq yuk) larni o‘tkazishni tashkillashtirish va nazoratini amalga oshirish; 4) texnik hujjatlar (arxiv) ning saqlanishini ta’minlaydi; 5) inshootlar ekspluatatsiyasining ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqadi, ularni bajarish uchun vosita (mablag‘) larni aniqlaydi; 6) tender asosida pudratchi tashkilotlarning tanlovini amalga oshiradi (konkurs savdosini o‘tkazadi: elektron auksion va birja); 7) pudratchilarning ishlab chiqarish faoliyati ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi va ishning bajarilish muddatini nazorat qiladi; 8) ko‘priklarning ta’mirlov, rekonstruksiya va yangi qurilishidagi loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlashda ishtirok etadi; 9) ko‘priklarni ekspluatatsiyaga topshirishdan oldin qabul qiluv ishlariga qatnashadi; 10) avariya-tiklov ishlarini bajarishda tashkiliy-texnik yordam ko‘rsatadi. Ko‘priklar ustidan nazorat quyidagi chora-tadbirlardan tashkil topgan: 7. Ko‘prikning texnik pasporti Diagnostika – bu inshootning texnik holatini baholash, hamda ko‘prik texnik pasportini tuzish va unga tuzatish kiritish uchun ekspluatatsiyaning xavfsiz rejimini
Ilmiybaza.uz aniqlash. O‘tkazish vaqti besh yilda bir marta. Diagnostikani ixtisoslashtirilgan tashkilot o‘tkazadi va tekshiruv hamda sinovni o‘z ichiga oladi. Texnik ro‘yxat – bu texnik hujjatlarni yurgizish orqali ko‘prik har bir elementining holati va edirilish darajasini qayd qilish. Texnik hujjatlar tarkibi : 1) Ko‘prik kartochkasi. Ko‘prik, oraliq qurilmalar, tayanchlar, regulyasion inshootlar, kirish yo‘llari va mudofaasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlardan tashkil topgan; 2) Ko‘prikning texnik pasporti. 6 ta shakldan tashkil topgan. Ko‘prik, oraliq qurilmalar, tayanchlar, mavjud texnik hujjatlar ro‘yxati, nuqsonlar ro‘yxati, texnik holatining bahosi, fotografiya va rasmlar; 3) Yo‘l uchun ko‘priklar ro‘yxati va texnik holatining mavjudligi. Quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: inshootning o‘rnashgan joyi; inshootda bajarilgan ta’mirlash ishlarining muddati va turlari; ko‘prikning texnik tavsiflari; texnik holatining bahosi; 4) Ko‘prikning alohida kitobi. Quyidagi ko‘priklar uchun tuziladi: temirbeton – uzunligi 300m dan va metall – uzunligi 100 dan katta. Tashkil topgan: inshooning o‘rnashgan joyi; bk ko‘taruvchanligi to‘g‘risida ma’lumot; harakatning uzoq cheklanganlik muddati; ko‘prikdagi hodisalar ro‘yxati; o‘tkazilgan kshrik va ta’mirlar ro‘yxati: ko‘prik polotnosi, oraliq qurilma, tayanch va regulyasion inshootlar; ko‘prik (elementlari bo‘yicha) nuqsonlarini kuzatish tarkibi; o‘zan o‘lchovlari profili va ularning joylashish rejasi; saqlov bo‘yicha fikr va farmoyishlar. 5) Umumiy kitob. Kichik va o‘rtacha ko‘priklar uchun tuziladi. U alohida kitobdagi kabi bo‘ladi, faqat har bir ko‘prik uchun alohida bob ajratiladi. Hujjatlar ikki nushada rasmiylashtiriladi, kartochkalar esa 5 nushada. Hujjatlar ko‘prik ustasi tomonidan to‘ldiriladi yoki mutaxassislashtirilgan tashkilotlar jalb qilinishi mumkin. 4 nusha kartochka bilan hujjatlarning bir nushasi “Buyurtmachi” ga topshiriladi. 6) Texnik hujjatlarga qo‘shimcha quyidagilar kiradi: loyiha va ijro etuvchi xujjatlari (ko‘prikning ijro etuvchi chizmalari; loyihadan chetga chiqishlarning kelishilgan hujjatlari; yopiq (nooshkor) ishlarning qabul qiluv aktlari; qurilish materiallariga guvohnomalar).
Ilmiybaza.uz Texnik hujjatni olib borish davriyligi: muntazam. Yil oxirida barcha hujjatlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning boshlig‘i va “Buyurtmachi” tomonidan tekshiriladi . 8. Transport inshootlarini saqlash, parvarish qilish va profilaktika qilish vazifalari Saqlov – bu ko‘prik bo‘ylab ekspluatatsiyasining butun hisobiy muddati davomida xavfsiz va qulay harakatini ushlab turish bo‘yicha ishlar turi, ko‘prik, regulyasion inshoot va ularga tutashadigan territoriyalar elementlarida sodir bo‘lgan nuqsonlar to‘g‘risida xabar berish yoki ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni bajarish . Parvarish qilish – bu nuqsonlar sodir bo‘lishini oldini oladigan ishlar, ya’ni inshoot elementlari yuzasidan zararli modda va begona predmetlarni yig‘ish va olib tashlash, hamda muz ko‘chishi va toshqin suvlarini o‘tkazishni tashkillashtirish ishlari. Davriyligi: yil davomida doimiy ravishda. Profilaktika – bu inshoot elementlarining 10% gacha edirilishida nuqsonlar sodir bo‘lishining boshlang‘ich bosqichida bartaraf etishni ta’minlovchi ishlar. Ishning taxminiy tarkibi: beton va temirbeton uchun – betonning gidrofobizatsiyasi (nam yuqtirmasligi), yog‘och uchun – antiseptiklash, metall uchun – bo‘yash. Davriyligi 3 – 10 yil. 9. Transport inshootlarining rejali-ogohlantiruv ta’miri Rejali-ogohlantiruv ta’miri (ROT) – bu inshoot elementlarining 10% dan ko‘p, ammo 25% dan kam edirilishida nuqsonlarni bartaraf etishni ta’minlovchi ishlar. ROT texnik pasportning nuqsonlar vedomosti asosida bajariladi. Ishning taxminiy tarkibi: qoplamaning chuqurlar ta’miri; xavfsizlik to‘siq va perilalari ayrim elementlarining ta’miri; piyodalar yo‘li va deformatsion choklarning ta’miri; gidroizolyasiyaning lokal ta’miri; tayanch va oraliq qurilmalar elementlarining yuzalarini tishlash; kirish ko‘tarmasi bilan ko‘prik birikish tugunlarining ta’miri. Davriyligi 5 – 20 yil.
Ilmiybaza.uz 10. Ko‘prik inshootlari holatining vatanimiz va chet el boshqarov tizimidagi o‘ziga hos hususiyatlari Dunyodagi har xil davlatlarda ko‘prik inshootlarining ekspluatatsiyasi muammolarini echishdagi har xil yo‘l (qarash) larni ko‘rib chiqamiz. Chet davlatlarda ko‘prik inshootlarining ekspluatatsiyasida katta amaliy tajriba to‘plangan. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Izroil kabi davlatlarda ko‘priklar ekspluatatsiyasi tizimining ishini tashkil qilish inshootlar texnik holatining yuqori saviyasini ta’minlaydi . Bu davlatlarda ko‘prik inshootlari ekspluatatsiyasi holatining yaxshilanishi joriy ta’mirning tez-tez (ko‘proq) o‘tkazish yo‘li (ta’mirlash ishlarining mablag‘ bilan ta’minlanishining anchagina oshirish) orqali erishilgan, bu esa kapital ta’mir va rekonstruksiyalar o‘tkazmasdan inshootlarning ekspluatatsiya muddatini ishirish imkonini berdi. AQSh da mavjud bo‘lgan maxsus xizmat ko‘prik inshootlari texnik holatini doimiy nazorat qilish bilan shug‘ullanadi, hamda ko‘prik konstruksiyalarini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkillashtiradi. AQSh dagi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, barcha ekspluatatsiya qilinayotgan ko‘priklarning davriy ta’mirdagi xarajatlari ko‘prik inshootlari ekspluatatsiyasining an’anaviy tizimi bilan solishtirganda 20 mln dollarga oshadi, ammo, umuman shikastlangan ko‘prik inshootlarini to‘la almashtirishga xarajatlarning qisqarishi hisobiga 300 mln dollarga tejaladi . Buyuk Britaniyada ekspluatatsiya qilinayotgan ko‘prik inshootlarini uzoq muddat saqlash bo‘yicha to‘plangan ilmiy va amaliy tajriba ham shuni ko‘rsatadiki, ko‘prik inshootlarini davriy ta’mirlash va ularni ishlashga layoqatli holatda ushlab turishga ketadigan xarajatlar, saqlashga mablag‘ ajratilmaganda, kapital ta’mirlashdagi xarajatlarga nisbatan anchagina kam ekan. Finlyandiyada ko‘prik inshootlarining diagnostikasi davriyligi har 4 – 8 yilda bir marta. Ko‘prik inshootlari diagnostikasining buncha tez-tez davriyligi shu bilan tushuntiriladiki, AQSH va Buyuk Britaniyalardagi kabi, Finlandiyada davriy tekshiruvlar o‘tkazishga katta e’tibor qaratiladi hamda nuqson va shikastlanishlar
Ilmiybaza.uz sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ularni ochiq sodir bo‘lishiga qadar bartaraf etiladi . Bunday yondashuv nafaqat ko‘prik inshootlarini talab qilinadigan texnik holatda ushlab turish, balki butun inshootning ekspluatatsiyasining xizmat qilish muddatini oshiradi. Sun’iy inshootlarni texnik holatini baholashda 1-jadvalda keltirilgan quyidagi ishlar turi bajariladi. 1-jadval Ishning asosiy turlari Bajariladigan ishlar ro‘yxati Inshoot texnik xujjatini o‘rganish va tahlil qilish loyiha hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish bajarilish hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish oldingi tekshirish hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish O‘lchov ishlari inshoot, uning konstruksiya va elementlarining asosiy o‘lchamlarini aniqlash qurilmaning yaqinlashuv va ko‘prik polotnosi elementlarining gabaritini o‘lchash Geodezik o‘lchovlar qatnov qismidagi yo‘l to‘shamasi qatlamlari qalinligini aniqlash inshoot va unga kirishda qatnov qismi qoplamasining bo‘ylama va ko‘ndalang qiyaliklarini o‘lchash inshootning kesishish yoki qiyalanish (kosina) burchaklarini o‘lchash Nuqsonlarni oshkor qilish bilan inshootning yaqinlashish mumkin bo‘lgan konstruksiyalarini vizual tekshirish ko‘prik polotnosi elementlari, oraliq urilmalari, tayanchning ko‘rinadigan qismlari, tayanch qismlar, antiseysmik qurilmalar, kuzatish va ekspluatatsion qurilmalar, ko‘prik osti bo‘shliqlarini tekshirish yuk ko‘taruvchanligiga ta’sir qiladigan yuk ko‘taruvchi elementlarning (mexanik, kuch ta’sirida, korrozion) shikastlanishlarini baholash
Ilmiybaza.uz loyihada ko‘zda tutilgan oraliq qurilma va tayanchlar deformatsiya va ko‘chishlarining qiyinchiliklari uchun aniqlash tayanchlarning cho‘kishi va buralishini aniqlash. Konstruksiyalarni asbob bilan va instrumental tekshirish tayanchlarda tayanch qismlarining holatini loyiha talablariga mosligini tekshirish sun’iy inshootlar haqiqiy holatini aniqlash uchun zaruriy o‘lchovlarni bajarish yoriqlarni o‘lchash korroziya joylarida kesimlarning zaiflashishini o‘lchash beton mustahkamligini aniqlash Tekshiruv bo‘yicha ma’lumotlarga ishlov berish inshootning bo‘ylama sxemasini tuzish inshootning ko‘ndalang sxemasini tuzish nuqsonlar vedomosti (axborotnomasi) ni tuzish geodezik o‘lchovlar natijalariga ishlov berish Hisob- konstruktorlik ishlari hisob-konstruktorlik ishlari, inshootning yuk ko‘taruvchanligini aniqlash Texnik xulosa va tavsiyanomalar ishlab chiqish inshoot konstruksiyalari holatining tahlili, uning texnik holatini umumiy baholashni aniqlash, keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha texnik xulosa va tavsiyanomalar ishlab chiqish, ekspluatatsiya rejimini belgilash Ish natijalari bo‘yicha hisobiy xujjatlarni tuzish to‘prik inshooti to‘g‘risida texnik ma’lumotlar nuqsonlar to‘g‘risida ma’lumotlar me’yoriy saqlash ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar yuklarni o‘tkazish shartlarining hisobi uchun ma’lumotlar tushuntirish xatini tuzish Texnik holatini baholash natijalari bo‘yicha alohida ko‘rsatkichlar bo‘yicha ga
Ilmiybaza.uz muvofiq texnik holatini umumiy balli baholash belgilanadi. ODM da har bir ko‘riladigan ko‘rsatkichlar bo‘yicha texnik holatini baholashning oltiballi tizimi ko‘zda tutilgan. Ko‘prik inshooti texnik holatini umumiy balli baholashning texnik holati turlari bo‘yicha mosligi 2- jadvalda keltirilgan . Ko‘prik inshooti texnik holatini balli baholashning texnik holati turlari bo‘yicha mosligi22 2-Jadval Balli baholash Texnik holati Texnik holat turi 5 A’lo Ishga yaroqli Ishga yaroqliligi 4 YAxshi 3 Qoniqarli Ishga yaroqsiz 2 Qoniqarsiz Ishga yaroqliligi chegaralangan 1 Normal ekspluatatsiyaga yaroqsi (avariya sodir bo‘lish oldida) Ishga yaroqsiz 0 Avariya holatida chegaraviy NAZORAT SAVOLLARI: 1. O‘zbekiston Respublikasidagi iqlim to‘g‘risida ma’lumot bering. 2. Foydalanish davrida namlik va havo darajasi sharoitlari ta’sirining. 3. Vaqt o‘tishi bilan qurilish materiallari xossasi o‘zgarishi ta’sirining tafsilotini keltiring. 4. Transport inshootlarining mexanik eskirishi va chirishi to‘g‘risida ma’lumot bering. 5. Transport inshootlarini nazorat qilish (qarab turish) qanday amalga 2Bridge Engineering Handbook, Second Edition: Construction and Maintenance. Edited by Wai-Fah Chen and Lian Duan. © 2014 (136 bet).
Ilmiybaza.uz oshiriladi? 6. Ko‘priklar ekspluatatsiyasining ta’rifi va strukturasi to‘g‘risida ma’lumot bering. 7. Ko‘prikning texnik pasporti to‘g‘risida ma’lumot bering. 8. Transport inshootlarini saqlash, parvarish qilish va profilaktika qilish vazifalarini keltiring. 9. Transport inshootlarini rejali-ogohlantiruv ta’miri qanday amalga oshiriladi? 10. Ko‘prik inshootlari holatining vatanimiz va chet el boshqarov tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
O'xshash fayllar
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin