O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA TRANSPORT INSHOOTLARIGA TA’SIR QILADIGAN OMILLAR VA KO‘PRIKLAR EKSPLUATATSIYASINING VAZIFASI, STRUKTURASI VA TARKIBI
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
52,2 KB
Ilmiybaza.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA TRANSPORT
INSHOOTLARIGA TA’SIR QILADIGAN OMILLAR VA KO‘PRIKLAR
EKSPLUATATSIYASINING VAZIFASI, STRUKTURASI VA TARKIBI
REJA:
1. O‘zbekiston Respublikasidagi iqlim.
2. Foydalanish davrida namlikvahavodarajasi sharoitlari ta’sirining tafsiloti.
3. Vaqt o‘tishi bilan qurilish materiallari xossasi o‘zgarishi ta’sirining tafsiloti.
4. Transport inshootlarining mexanik eskirishi va chirishi.
5. Transport inshootlarini nazorat qilish (qarab turish).
6. Ko‘priklar ekspluatatsiyasining ta’rifi va strukturasi.
7. Ko‘prikning texnik pasporti.
8. Transport inshootlarini saqlash, parvarish qilish va profilaktika qilish
vazifalari.
9. Transport inshootlarini rejali-ogohlantiruv ta’miri.
10. Ko‘prik inshootlari holatining vatanimiz va chet el boshqarov tizimidagi
o‘ziga xos xususiyatlari.
Ilmiybaza.uz
Tayanch so‘zlar va iboralar:
O‘zbekiston Respublikasidagi iqlim; namlik va havo darajasi sharoitlari ta’siri;
qurilish materiallari xossasi o‘zgarishi; inshootlarining mexanik eskirishi va
chirishi;inshootlarni nazorat qilish (qarab turish); ko‘priklar ekspluatatsiyasining
ta’rifi va strukturasi; ko‘prikning texnik pasporti; inshootlarni saqlash, parvarish
qilish va profilaktika qilish; inshootlarning rejali-ogohlantiruv ta’miri; inshootlar
holatining vatanimiz va chet el boshqarov tizimi.
1. O‘zbekiston Respublikasidagi iqlim
Keskin-kontinental iqlim, issiq va qurg‘oqchil. Qish (yanvar) da o‘rtacha harorat
–8oS dan +3oS gacha, tog‘li tumanlarda –16oS gacha tushib ketishi mumkin. YOz
(iyul) da mamlakatning shimoliy tumanlarida +26dan – 32oC gacha, ayni paytda
janubi (Termiz va SHerobod) da esa +41dan –42oC gacha o‘zgaradi.
Bir yildagi yog‘in-sochin mamlakatning shimoliy qismidagi cho‘l tekis
tumanlarida 80mm, g‘arbiy viloyatlarda – 200–300mm gacha, va tog‘larda –
1000mm gacha. Bunda havoning nisbiy namligi yil davomida deyarli hamma joyda
past (60–65%), maksimum yog‘in-sochin esa kuz-qish davrida sodir bo‘ladi. Qishda
tog‘li tumanlarda ko‘p miqdorda qor tushadi, u yon bag‘irlarda aprel-may
oylarigacha turadi, ba’zi cho‘qqilar u bilan yil bo‘yi yopilgan .
2. Foydalanish davrida namlikvahavodarajasi sharoitlari ta’sirining
tafsiloti
Yil, oy, kun davomidagi havo darajasining o‘zgarishi inshootga yuklama ta’sir
ko‘rsatadi. Tashqi muhitdagi haroratni o‘zgarishi inshootdagi termodinamika
xossasi mutanosibligini tiklash maqsadida inshoot konstruksiyasidagi haroratni
o‘zgartiradi. Konstruksiyada harorat o‘zgarishi pastdan boshlab bir xilda amalga
oshmaydi. Materialning tashqi qatlamida harorat ichki qatlamga nisbatan tez
o‘zgaradi. SHu sababli konstruksiyaning har xil ichki qatlamida har xil harorat
bo‘ladi. Har qatlamda haroratning har xil bo‘lishi konstruksiya qismlarida har hil
Ilmiybaza.uz
bosim turlicha bo‘lishiga olib keladi. Bu ko‘pgina konstruksiyalarda betonsimon
issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydigan materiallarda ko‘p hollarda yoriqlar paydo
bo‘lishiga sabab bo‘ladigan harorat to‘lqinlari paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.
Issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan, masalan, po‘latda siklik deformatsiya paydo
bo‘lishiga, ba’zi hollarda ruxsat etilmagan darajada kattalashishi va konstruksiyani
ishdan chiqarishga olib keladi. Masalan, ko‘prik va rezervuarda yoriq paydo
bo‘lishi.
3. Vaqt o‘tishi bilan qurilish materiallari xossasi o‘zgarishi ta’sirining
tafsiloti
Inshoot materiallari o‘zining biologik xossasiga asosan «yashaydi», ya’ni vaqt
o‘tishi bilan ma’lum bir sabablarga ko‘ra ( material turi, foydalanish sharoiti va
qabul qiladigan yukiga ko‘ra) uning holati va harakteristikasi o‘zgaradi. Umumiy
tavsifga ega bo‘lgan bir necha misollarni ko‘rib chiqamiz. Barchaga ma’lumki,
inshootlarda beton mustahkamligi vaqt o‘tishi bilan oshib boradi. Biroq noqulay
sharoitlarda – past haroratda yangi yotqizilgan, suv bilan yaxshi qorilmagan
betonda, nafaqat beton mustahkamligini oshishi sekinlashadi, balki butunlay to‘xtab
qoladi, ba’zi bir hollarda qarama-qarshi natijalarga olib keladi. Betonga tashqi kuch
tushganda yuk va deformatsiya orasidagi bog‘liqlik bir xillik kasb etmaydi. Biroq,
yuk sikl ravishda takrorlanganda deformatsiya grafigi sekin asta to‘g‘rilanib boradi
va beton elastik shaklda ishlay boshlaydi. Bunday holatga tizimli ravishda
harakatdagi yuk ostida ishlaydigan temirbeton ko‘priklari misol bo‘lishi mumkin.
Inshootdan uzoq muddat foydalanilmasa, yana unda plastik deformatsiyali
egrisimon diagramma vujudga kelishini kuzatish mumkin.
Elastik bosqichda ishlovchi konstruksiya metall elementlari amalda barqaror
ishlaydi. Plastik deformatsiyalar materialning fizik-mexanik xossasiga yuk ta’sirida
chirishiga zamin yaratadi(plastikligining kamayishi, mo‘rtligining oshishi,
anizatropiya va b. rivojlanishi). Uzoq muddatli yuklamaning kamayishi uning
boshlang‘ich xossasini tiklaydi. Metallning mexanik eskirishi va chirishi, ayniqsa
sovuq haroratda konstruksiyaning butunligiga xavf soluvchi chirishning paydo
Ilmiybaza.uz
bo‘lishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. Fizik-ximik xossasining sekin asta
o‘zgarishi yog‘och va boshqa materiallarda sovuq haroratdagiga qaraganda tezroq
paydo bo‘lishi kuzatiladi. Konstruksiya ishiga va qobiliyatiga baho berishda
materiallar tavsifidagi o‘zgarishlarni inobatga olish birinchi navbatdagi vazifadir.
4. Transport inshootlarining mexanik eskirishi va chirishi
Inshoot foydalanishga topshirilganidan so‘ng birinchi bor yuk tushganda, uning
bog‘lovchilarida konstruksiyadan birinchi foydalanganda, umumiylik kasb etadigan
mo‘rt deb ataladigan surilishlar va plastik deformatsiyalar paydo bo‘ladi. Sekin asta
elementlar foydalanish vaziyatiga moslashadi, ammo bog‘lovchi qismlardagi
surilish va deformatsiya oshib boradi. Elementlar tutashuvi pasayadi, ularni
bog‘lanishi yomonlashadi, yoriq va boshqa shikastlanishlar paydo bo‘la boshlaydi
va ish faoliyatining normal ishlashi izdan chiqishi mumkin. SHunday qilib,
inshootning ish faoliyati va holati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. U o‘z ichiga uch
bosqichni oladi :
1. Moslashish davri– asosiy element materiallari va uning bog‘lovchilarida
deformatsiya turg‘un bo‘lgunga qadar davom etadi;
2. Normal ish jarayoni davri;
3. Eskirish davri. Bu davrda inshootning barcha qism va ko‘rsatkichlari
yomonlashishi, har xil shikastlanishlar paydo bo‘lishi, bog‘lovchi qismlarda
nosozliklar paydo bo‘lishi kuzatiladi.
5. Transport inshootlarini nazorat qilish (qarab turish)
Ko‘priklar ekspluatatsiyasi bo‘yicha ishlar vazifasi to‘rt guruhga bo‘linadi :
Nazorat qilish (qarab turish) – bu ko‘prikning transport-ekspluatatsion sifatini
kamaytiradigan nuqson va shikastlanishlarni o‘z vaqtida oshkor qilish uchun
kuzatuvlarning ma’lum bir tizimi.
Nuqson – bu ko‘prik konstruksiyasi elementlarining loyiha yoki me’yoriy xujjat
(QMQ, O‘zRDSt, sertifikat, texnik pasport) lar tomonidan o‘rnatilganiga mos
kelmasligi.
Ilmiybaza.uz
SHikastlanish – ekspluatatsiya jarayonida nuqsonlar mavjudligi yoki tashqi
muhit tajovuzkor omillari (suv, havo, texnogen va b.lar) ning ta’siri keltirib
chiqargan, konstruksiya yoki inshootning ayrim elementlarining har qanday
bo‘zilishi.
6. Ko‘priklar ekspluatatsiyasining ta’rifi va strukturasi
Ko‘priklar ekspluatatsiyasi – ko‘priklar, regulyasion inshootlar va ularga
bevosita tutashadigan territoriyalarning jami hisobiy xizmat qilish muddatini yaroqli
holda ishining butligini ta’minlovchi, tashkiliy va texnik chora-tadbirlar majmui.
Xizmat qilish muddatining kalendar davomiyligi mazkur inshoot uchun loyihada
yoki normativ hujjatlarda belgilanadi.
Umuman ko‘priklar xizmat qilish zonasiga quyidagilar kiradi :
1) bo‘ylama yo‘nalishada - ko‘prik (yo‘l o‘tkazgich) ning o‘zi va ikki tomondan
6m uzunlikdagi unga tutashadigan kirish uchastkalari;
2) ko‘ndalang yo‘nalishda - ko‘priklar ko‘tarma konusida yoki regulyasion
inshootlar mavjudligida uzunligi bo‘ylab inshootning yuqori va past tomoniga 25m
uzunlikka. Yo‘l o‘tkazgichlarda bu zona inshoot konusining eni bilan cheklanadi;
3) suv oqimi o‘zani oqim bo‘yicha yuqori va pasti bo‘ylab 100m uzunlikda
kuzatiladi.
Ko‘priklar ekspluatatsiya bo‘yicha ko‘priklar ekspluatatsiyasi xizmati
shug‘ullanadi. Ko‘priklar ekspluatatsiyasi xizmatining vazifalari quyidagilar
hisoblanadi :
1) yo‘l uchun o‘rnatilgan hisobiy tezlikda va hisobiy o‘q yuklari bilan transport
vositalari hamda piyodalar harakatini yil davomida, uzluksiz, xavfsiz va har jihatdan
qulay (komfortli) ta’minlash;
2) ish va material-texnik manba (resurs) larning minimal xarajatlarida
inshootlarning texnik yaroqlilik holati va ularning ximat qilishining hisobiy
muddatini ta’minlash;
3) yo‘llardagi harakat jadalligi va transport vositalarining massasi o‘sishini
e’tiborga olib inshootning transport-ekspluatatsion holatini muttasil yaxshilash;
Ilmiybaza.uz
4) inshootlarning tashqi ko‘rinishini lozim bo‘lgan (tegishli) holatda ushlab
turish.
“Buyurtmachi” – tasarrufida umumiy foydalanishdagi yo‘l turgan, ko‘priklar
ekspluatatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha SHartnoma bo‘yicha boshqa yuridik
shaxslarga topshiradigan ijrochi hokimiyat organi.
“Pudratchi” – bu SHartnomaga asosan bevosita ko‘priklar ekspluatatsiyasini
amalga oshiruvchi va ekspluatatsiyaning talab beradigan sathi uchun javob beruvchi
yuridik shaxs. “Pudratchi” sifatida – bu ishlab chiqaruvchi yo‘l tarkibidagi ishlab
chiqarish ko‘prik bo‘limi yoki ixtisoslashtirilgan ko‘rinishdagi tashkilot, egalik
mulki shakliga bog‘liq bo‘lmagan, ekspluatatsiya bo‘yicha ishlarni bajarishga OQI
ning ruxsati (guvohnomasi) mavjud bo‘lgan. SHartnomaning maksimal amal qilish
muddati 5 yil va tender savdosi o‘tkazilgan so‘ng “Buyurtmachi” bilan tuziladi.
Ko‘priklar ekspluatatsiyasi sathi – konstruktiv elementlar va inshoot umumiy
ko‘rinishining texnik holatini aniqlashni yoritadigan ko‘rsatkichlar majmuasi.
Ko‘priklarning talab qilinadigan sathi, ekspluatatsiya bo‘yicha zaruriy ishlar
majmuasini yoritadigan, ajratiladigan mablag‘ hajmiga muvofiq Buyurtmachining
Pudratchi bilan shartnomasida o‘rnatiladi (42-rasm) .
42-rasm. Ko‘priklar ekspluatatsiyasi xizmatining strukturasi
Ilmiybaza.uz
Ko‘priklar ekspluatatsiyasi bo‘yicha rahbarlik “Buyurtmachi” shtatidagi ko‘prik
bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Sonli tarkibi quyidagi mezon bo‘yicha
aniqlanadi: 2500 p.m. ko‘prik uzunligida bitta mutaxassis, ammo mutaxassislarning
minimal soni – 2 ta odam.
“Buyurtmachi” shtatidagi ko‘prik bo‘limi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi
:
1) “Buyurtmachi” tomonidan biriktirilgan inshoot texnik holatining nazorati va
tahlilini
va
axborotlar
to‘lashni
amalga
oshirish,
ko‘prik
to‘g‘risida
avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankini amalga oshirish;
2) inshootlarning inventarizatsiyasini tashkillashtiradi va zarurat tug‘ilsa,
o‘tkazadi;
3) nogabarit va og‘ir yuk (NOYu – me’yordan ortiq yuk) larni o‘tkazishni
tashkillashtirish va nazoratini amalga oshirish;
4) texnik hujjatlar (arxiv) ning saqlanishini ta’minlaydi;
5) inshootlar ekspluatatsiyasining ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqadi,
ularni bajarish uchun vosita (mablag‘) larni aniqlaydi;
6) tender asosida pudratchi tashkilotlarning tanlovini amalga oshiradi (konkurs
savdosini o‘tkazadi: elektron auksion va birja);
7) pudratchilarning ishlab chiqarish faoliyati ustidan doimiy nazoratni amalga
oshiradi va ishning bajarilish muddatini nazorat qiladi;
8) ko‘priklarning ta’mirlov, rekonstruksiya va yangi qurilishidagi loyiha
hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlashda ishtirok etadi;
9) ko‘priklarni ekspluatatsiyaga topshirishdan oldin qabul qiluv ishlariga
qatnashadi;
10) avariya-tiklov ishlarini bajarishda tashkiliy-texnik yordam ko‘rsatadi.
Ko‘priklar ustidan nazorat quyidagi chora-tadbirlardan tashkil topgan:
7. Ko‘prikning texnik pasporti
Diagnostika – bu inshootning texnik holatini baholash, hamda ko‘prik texnik
pasportini tuzish va unga tuzatish kiritish uchun ekspluatatsiyaning xavfsiz rejimini
Ilmiybaza.uz
aniqlash. O‘tkazish vaqti besh yilda bir marta. Diagnostikani ixtisoslashtirilgan
tashkilot o‘tkazadi va tekshiruv hamda sinovni o‘z ichiga oladi.
Texnik ro‘yxat – bu texnik hujjatlarni yurgizish orqali ko‘prik har bir
elementining holati va edirilish darajasini qayd qilish. Texnik hujjatlar tarkibi :
1) Ko‘prik kartochkasi. Ko‘prik, oraliq qurilmalar, tayanchlar, regulyasion
inshootlar, kirish yo‘llari va mudofaasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlardan tashkil
topgan;
2) Ko‘prikning texnik pasporti. 6 ta shakldan tashkil topgan. Ko‘prik, oraliq
qurilmalar, tayanchlar, mavjud texnik hujjatlar ro‘yxati, nuqsonlar ro‘yxati, texnik
holatining bahosi, fotografiya va rasmlar;
3) Yo‘l uchun ko‘priklar ro‘yxati va texnik holatining mavjudligi. Quyidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: inshootning o‘rnashgan joyi; inshootda bajarilgan
ta’mirlash ishlarining muddati va turlari; ko‘prikning texnik tavsiflari; texnik
holatining bahosi;
4) Ko‘prikning alohida kitobi. Quyidagi ko‘priklar uchun tuziladi: temirbeton –
uzunligi 300m dan va metall – uzunligi 100 dan katta. Tashkil topgan: inshooning
o‘rnashgan joyi; bk ko‘taruvchanligi to‘g‘risida ma’lumot; harakatning uzoq
cheklanganlik muddati; ko‘prikdagi hodisalar ro‘yxati; o‘tkazilgan kshrik va
ta’mirlar ro‘yxati: ko‘prik polotnosi, oraliq qurilma, tayanch va regulyasion
inshootlar; ko‘prik (elementlari bo‘yicha) nuqsonlarini kuzatish tarkibi; o‘zan
o‘lchovlari profili va ularning joylashish rejasi; saqlov bo‘yicha fikr va farmoyishlar.
5) Umumiy kitob. Kichik va o‘rtacha ko‘priklar uchun tuziladi. U alohida
kitobdagi kabi bo‘ladi, faqat har bir ko‘prik uchun alohida bob ajratiladi. Hujjatlar
ikki nushada rasmiylashtiriladi, kartochkalar esa 5 nushada. Hujjatlar ko‘prik ustasi
tomonidan to‘ldiriladi yoki mutaxassislashtirilgan tashkilotlar jalb qilinishi mumkin.
4 nusha kartochka bilan hujjatlarning bir nushasi “Buyurtmachi” ga topshiriladi.
6) Texnik hujjatlarga qo‘shimcha quyidagilar kiradi: loyiha va ijro etuvchi
xujjatlari (ko‘prikning ijro etuvchi chizmalari; loyihadan chetga chiqishlarning
kelishilgan hujjatlari; yopiq (nooshkor) ishlarning qabul qiluv aktlari; qurilish
materiallariga guvohnomalar).
Ilmiybaza.uz
Texnik hujjatni olib borish davriyligi: muntazam. Yil oxirida barcha hujjatlar
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning boshlig‘i va “Buyurtmachi” tomonidan
tekshiriladi .
8. Transport inshootlarini saqlash, parvarish qilish va profilaktika qilish
vazifalari
Saqlov – bu ko‘prik bo‘ylab ekspluatatsiyasining butun hisobiy muddati
davomida xavfsiz va qulay harakatini ushlab turish bo‘yicha ishlar turi, ko‘prik,
regulyasion inshoot va ularga tutashadigan territoriyalar elementlarida sodir bo‘lgan
nuqsonlar to‘g‘risida xabar berish yoki ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni
bajarish .
Parvarish qilish – bu nuqsonlar sodir bo‘lishini oldini oladigan ishlar, ya’ni
inshoot elementlari yuzasidan zararli modda va begona predmetlarni yig‘ish va olib
tashlash, hamda muz ko‘chishi va toshqin suvlarini o‘tkazishni tashkillashtirish
ishlari. Davriyligi: yil davomida doimiy ravishda.
Profilaktika – bu inshoot elementlarining 10% gacha edirilishida nuqsonlar
sodir bo‘lishining boshlang‘ich bosqichida bartaraf etishni ta’minlovchi ishlar.
Ishning taxminiy tarkibi: beton va temirbeton uchun – betonning gidrofobizatsiyasi
(nam yuqtirmasligi), yog‘och uchun – antiseptiklash, metall uchun – bo‘yash.
Davriyligi 3 – 10 yil.
9. Transport inshootlarining rejali-ogohlantiruv ta’miri
Rejali-ogohlantiruv ta’miri (ROT) – bu inshoot elementlarining 10% dan ko‘p,
ammo 25% dan kam edirilishida nuqsonlarni bartaraf etishni ta’minlovchi ishlar.
ROT texnik pasportning nuqsonlar vedomosti asosida bajariladi. Ishning taxminiy
tarkibi: qoplamaning chuqurlar ta’miri; xavfsizlik to‘siq va perilalari ayrim
elementlarining ta’miri; piyodalar yo‘li va deformatsion choklarning ta’miri;
gidroizolyasiyaning lokal ta’miri; tayanch va oraliq qurilmalar elementlarining
yuzalarini tishlash; kirish ko‘tarmasi bilan ko‘prik birikish tugunlarining ta’miri.
Davriyligi 5 – 20 yil.