O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TIZIMI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

52,1 KB


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TIZIMI
1.Soliqlar va yig‘imlar haqida tushuncha 
2.Soliqlarning va yig‘imlarning turlari
3.Maxsus soliq rejimlari
1.Soliqlar va yig‘imlar haqida tushuncha
O‘zbekistonda  mustaqillik  yillarida  soliq  tizimini  takomillashtirish  hamda
soddalashtirish  bo‘yicha  tizimli  ishlar  amalga  oshirildi.  Bunda  taraqqiyotning  “o‘zbek
modeli” deya dunyo e’tirof etayotgan tadrijiy islohotlar muhim omil bo‘ldi. Natijada soliq
ma’murchiligi  shaffofligini  ta’minlash,  soliq  to‘lovchilarning  huquqiy  savodxonligini
oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish borasida muayyan
yutuqlarga erishilmoqda. Zero, aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan hamda izchil hayotga tatbiq
etilgan  chora-tadbirlar  iqtisodiy  mustaqilligimizni  mustahkamlashda  g‘oyat  muhim
ahamiyatga ega. Shu o‘rinda yosh davlatimiz rivojlanish yo‘lining ustuvor yo‘nalishlari
bilan bog‘liq bir qator muhim bosqichlarni alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Chunki Istiqlolning
dastlabki yillarida ishlab chiqarish hajmining pasayishi va inflyasiyaning yuqori sur’atlari
saqlanib  turgan  bir  sharoitda Davlat  byudjetiga  mablag‘lar  tushishini  ta’minlash  soliq
tizimining  asosiy  vazifasi  bo‘ldi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  soliqlarning  fiskal
funksiyasiga ustuvor ahamiyat qaratildi. 
Bu haqda  so‘z yuritilganda, 1991 yilda respublika  Davlat  byudjeti  tasdiqlangan
vaqtda byudjet taqchilligi qariyb 7,5 foizni tashkil etganini eslash joiz. Bu Davlat byudjeti
taqchilligini qisqartirish hamda uning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan soliq
mexanizmini yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 
Mamlakatimizda  qisqa  muddat  ichida  soliq  solishning  yaxlit  holdagi  normativ-
huquqiy  bazasi  yaratilib,  1991  yilda  “O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolaridan,  ajnabiy
Logotip
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TIZIMI 1.Soliqlar va yig‘imlar haqida tushuncha 2.Soliqlarning va yig‘imlarning turlari 3.Maxsus soliq rejimlari 1.Soliqlar va yig‘imlar haqida tushuncha O‘zbekistonda mustaqillik yillarida soliq tizimini takomillashtirish hamda soddalashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deya dunyo e’tirof etayotgan tadrijiy islohotlar muhim omil bo‘ldi. Natijada soliq ma’murchiligi shaffofligini ta’minlash, soliq to‘lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish borasida muayyan yutuqlarga erishilmoqda. Zero, aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan hamda izchil hayotga tatbiq etilgan chora-tadbirlar iqtisodiy mustaqilligimizni mustahkamlashda g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda yosh davlatimiz rivojlanish yo‘lining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq bir qator muhim bosqichlarni alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Chunki Istiqlolning dastlabki yillarida ishlab chiqarish hajmining pasayishi va inflyasiyaning yuqori sur’atlari saqlanib turgan bir sharoitda Davlat byudjetiga mablag‘lar tushishini ta’minlash soliq tizimining asosiy vazifasi bo‘ldi. Shundan kelib chiqqan holda, soliqlarning fiskal funksiyasiga ustuvor ahamiyat qaratildi. Bu haqda so‘z yuritilganda, 1991 yilda respublika Davlat byudjeti tasdiqlangan vaqtda byudjet taqchilligi qariyb 7,5 foizni tashkil etganini eslash joiz. Bu Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish hamda uning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan soliq mexanizmini yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Mamlakatimizda qisqa muddat ichida soliq solishning yaxlit holdagi normativ- huquqiy bazasi yaratilib, 1991 yilda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy
fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida”
hamda  “Korxonalar,  birlashmalar  va  tashkilotlardan  olinadigan  soliqlar  to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
SHu bilan birga, 1991 - 1995 yillar davomida sobiq ittifoqda o‘ziga xos an’ana tusiga
kirgan hamda korxonalarning iqtisodiy holatini hisobga olmagan holda, xo‘jalik yurituvchi
organlar,  kooperativ  va  jamoat  tashkilotlaridan  daromad  solig‘i,  shuningdek,  davlat
korxonalari olgan foydadan undiriladigan hamda mutlaqo fiskal tusga ega bo‘lgan to‘lovlar
yig‘ishdan voz kechish yo‘li bilan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlarini
yaratishni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirildi. SHular qatorida aslida soliq tusiga ega
bo‘lmagan, go‘yoki narxlarni tartibga soluvchi  mexanizm sifatida qaralgan va har bir
tovarga yakka tartibda belgilangan narx qismi bo‘lgan oborotga solinadigan soliq bekor
qilindi. 
Sobiq  ittifoq  davridagi  bo‘ydoqlar,  yolg‘izlar  hamda  kam  bolali  fuqarolarga
solinadigan  soliqlar,  shuningdek,  eksport  va  import  operatsiyalaridan  undiriladigan
to‘lovlarga ham barham berildi. Aksincha, mazkur to‘lovlarning o‘rniga bozor iqtisodiyoti
talablariga javob beradigan, masalan, sub’yektlarning amalda olgan daromadi hisoblangan
korxonalarning daromadlariga solinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i
singari yangi turdagi soliqlar amaliyotga joriy etildi. 
Eng muhimi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida soliq
imtiyozlari  berilib,  soliqdan  to‘liq  yoki  qisman  ozod  bo‘lishga  asoslangan  yangi
mexanizmlar qo‘llanila boshlandi. Yurtimizda 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasining tashkil etilishi milliy soliq tizimini shakllantirishda tom ma’noda yangi
davrni boshlab berdi.
1995 - 2005 yillari soliq tizimini oqilona yuritish bosqichiga to‘g‘ri kelib, mazkur
jarayonda  respublikaning  soliq  qonunchiligiga  asos  solindi  va  uning  huquqiy  bazasi
mustahkamlandi. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga qonuniy maqom berish, uning
huquqiy asoslarni belgilash hamda soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlarini aniq
shakllantirish maqsadida 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati
to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. 
Mazkur Qonunga muvofiq, davlat soliq organlari zimmasiga soliqlar hamda boshqa
majburiy to‘lovlarning byudjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlashdek eng muhim
Logotip
fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida” hamda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. SHu bilan birga, 1991 - 1995 yillar davomida sobiq ittifoqda o‘ziga xos an’ana tusiga kirgan hamda korxonalarning iqtisodiy holatini hisobga olmagan holda, xo‘jalik yurituvchi organlar, kooperativ va jamoat tashkilotlaridan daromad solig‘i, shuningdek, davlat korxonalari olgan foydadan undiriladigan hamda mutlaqo fiskal tusga ega bo‘lgan to‘lovlar yig‘ishdan voz kechish yo‘li bilan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirildi. SHular qatorida aslida soliq tusiga ega bo‘lmagan, go‘yoki narxlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida qaralgan va har bir tovarga yakka tartibda belgilangan narx qismi bo‘lgan oborotga solinadigan soliq bekor qilindi. Sobiq ittifoq davridagi bo‘ydoqlar, yolg‘izlar hamda kam bolali fuqarolarga solinadigan soliqlar, shuningdek, eksport va import operatsiyalaridan undiriladigan to‘lovlarga ham barham berildi. Aksincha, mazkur to‘lovlarning o‘rniga bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, masalan, sub’yektlarning amalda olgan daromadi hisoblangan korxonalarning daromadlariga solinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i singari yangi turdagi soliqlar amaliyotga joriy etildi. Eng muhimi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari berilib, soliqdan to‘liq yoki qisman ozod bo‘lishga asoslangan yangi mexanizmlar qo‘llanila boshlandi. Yurtimizda 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashkil etilishi milliy soliq tizimini shakllantirishda tom ma’noda yangi davrni boshlab berdi. 1995 - 2005 yillari soliq tizimini oqilona yuritish bosqichiga to‘g‘ri kelib, mazkur jarayonda respublikaning soliq qonunchiligiga asos solindi va uning huquqiy bazasi mustahkamlandi. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga qonuniy maqom berish, uning huquqiy asoslarni belgilash hamda soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlarini aniq shakllantirish maqsadida 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunga muvofiq, davlat soliq organlari zimmasiga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarning byudjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlashdek eng muhim
davlat vazifasi yuklandi. SHuningdek, 1997 yilda tizimda yagona huquqiy asos sifatida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi. 2019 yilda esa yangi tahriri
qabul qilindi.
SHuni aytish kerakki, Istiqlol yillarida mustaqil mamlakatimizning soliq siyosatini
belgilab beruvchi 39 ta qonun, davlatimiz rahbarining 44 ta farmoni va 96 ta qarori hamda
Vazirlar Mahkamasining 233 ta qarori qabul qilindi. Ularning orasida bevosita davlat soliq
xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan 32 ta qonun hujjati
ham mavjud. Bu, ta’kidlanganidek, tizimning puxta va ishonchli qonunchilik bazasini
shakllantirish imkoniyatini yaratdi. 
SHunday qilib, chorak asr davomida O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni
samarali amalga oshirishga ko‘maklashuvchi to‘laqonli soliq tizimini yaratishga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli sub’yekti sifatida dunyodagi
boshqa  davlatlar  bilan  soliq  solish  sohasidagi  o‘zaro  munosabatlarning  shartnomaviy-
huquqiy bazasini mustahkamlash siyosatini izchil olib bormoqda. 
1993 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Rossiya, Germaniya, Italiya,
SHveysariya, Niderlandiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Sloveniya, Irlandiya, Ispaniya va
boshqa qator davlatlar bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad
va  kapital  soliqlarini  to‘lashdan  bosh  tortishning  oldini  olish  to‘g‘risida  52  ta  bitim
imzolangani ana shu sa’y-harakatlar samarasidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma
majlisida davlatimiz rahbari tomonidan ustuvor yo‘nalishlar qatorida iqtisodiyotni isloh
qilish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, iqtisodiyotni
modernizatsiyalash,  soliq  siyosatini  takomillashtirish,  tadbirkorlik  faoliyatini
rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash singari muhim masalalar belgilab olindi. 
Shulardan kelib chiqqan holda, soliq tizimini takomillashtirish, soliq to‘lovlarini
unifikatsiya qilish, soliq stavkalarini pasaytirish hamda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini
oshirish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli ishlar ro‘yobga chiqarildi. 
2019 yilda yangi tahrirdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, soliq solish
masalalari bo‘yicha amaliyotda sinalgan xalqaro tamoyil va yondashuvlar asosida ishlab
chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi. 
Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat
Logotip
davlat vazifasi yuklandi. SHuningdek, 1997 yilda tizimda yagona huquqiy asos sifatida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi. 2019 yilda esa yangi tahriri qabul qilindi. SHuni aytish kerakki, Istiqlol yillarida mustaqil mamlakatimizning soliq siyosatini belgilab beruvchi 39 ta qonun, davlatimiz rahbarining 44 ta farmoni va 96 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 233 ta qarori qabul qilindi. Ularning orasida bevosita davlat soliq xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan 32 ta qonun hujjati ham mavjud. Bu, ta’kidlanganidek, tizimning puxta va ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish imkoniyatini yaratdi. SHunday qilib, chorak asr davomida O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashuvchi to‘laqonli soliq tizimini yaratishga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli sub’yekti sifatida dunyodagi boshqa davlatlar bilan soliq solish sohasidagi o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy- huquqiy bazasini mustahkamlash siyosatini izchil olib bormoqda. 1993 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Rossiya, Germaniya, Italiya, SHveysariya, Niderlandiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Sloveniya, Irlandiya, Ispaniya va boshqa qator davlatlar bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish to‘g‘risida 52 ta bitim imzolangani ana shu sa’y-harakatlar samarasidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida davlatimiz rahbari tomonidan ustuvor yo‘nalishlar qatorida iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, soliq siyosatini takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash singari muhim masalalar belgilab olindi. Shulardan kelib chiqqan holda, soliq tizimini takomillashtirish, soliq to‘lovlarini unifikatsiya qilish, soliq stavkalarini pasaytirish hamda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini oshirish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli ishlar ro‘yobga chiqarildi. 2019 yilda yangi tahrirdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, soliq solish masalalari bo‘yicha amaliyotda sinalgan xalqaro tamoyil va yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat
byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda byudjet tizimi deb
yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.
Yig‘im  deganda  byudjet  tizimiga  ushbu  Kodeksda  yoki  boshqa  qonunchilik
hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi
shaxsga  nisbatan  vakolatli  organ  yoki  uning  mansabdor  shaxsi  tomonidan  yuridik
ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni
yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.
Shaxsning  zimmasiga  sud  tartibida  yuklatilgan  jarimalar  va  boshqa  to‘lovlar,
shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha
tarzda olib qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.
2. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  yig‘imlar  belgilanishi  mumkin.  Yig‘imlarni
joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik
hujjatlarida belgilanadi.
Yig‘imlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga
kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im;
2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar, jumladan:
- alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im;
- umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya
qilish uchun yig‘im.
Logotip
byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda byudjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi. Yig‘im deganda byudjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi. Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi. 2. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi: 1) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 2) aksiz solig‘i; 3) foyda solig‘i; 4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 7) mol-mulk solig‘i; 8) yer solig‘i; 9) ijtimoiy soliq. O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Yig‘imlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im; 2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar, jumladan: - alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im; - umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im.
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar
ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali
tranziti uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Alkogol  mahsulotlari  bilan  chakana  savdo  qilish  korxonalari  hamda  umumiy
ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi
haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan
yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning soliq
to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Chet  davlatlar  avtotransport  vositalarining  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga
kirishi va uning hududi orqali tranziti yig‘imlarning soliq solish obyektidir.
3.Maxsus soliq rejimlari
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida
quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2)  mahsulot  taqsimotiga  oid  bitimlar  ishtirokchilariga  soliq  solishning  alohida
tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga
soliq solishning alohida tartibi;
4) O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga
soliq solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan
investitsiyalarni  amalga  oshirish hamda boshqa  shartlarni  bajarish  bilan bog‘liq holda
muayyan muddat uchun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq
stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.
4.Soliq munosabatlarining sub’yektlari va hujjatlar almashish tartibi
Soliq to‘lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining
sub’yektlaridir.
Soliq  organlari hujjatlarni  elektron  hujjat  tarzida  soliq  to‘lovchining  shaxsiy
Logotip
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish korxonalari hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti yig‘imlarning soliq solish obyektidir. 3.Maxsus soliq rejimlari Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi: 1) aylanmadan olinadigan soliq; 2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi; 3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi; 4) O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi. Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin. 4.Soliq munosabatlarining sub’yektlari va hujjatlar almashish tartibi Soliq to‘lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining sub’yektlaridir. Soliq organlari hujjatlarni elektron hujjat tarzida soliq to‘lovchining shaxsiy
kabinetiga yuboradi. YUborilgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan
keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan
deb hisoblanadi.
Agar  soliq  to‘lovchida  soliq  to‘lovchining  shaxsiy  kabineti  mavjud  bo‘lmasa,
hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh
kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan
sana ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin.
Soliq to‘lovchilar, soliq organlariga hujjatlarni ushbu hujjatlar soliq organlariga
soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda  - jo‘natilgan kun, pochta orqali
yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Xujjatlarning,  elektron  hujjat  aylanishini  ta’minlash  uchun  zarur  bo‘lgan
hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini to‘ldirish tartibi, bunday hujjatlarni
qog‘ozda  yoki  telekommunikatsiya  kanallari  orqali  elektron  shaklda  yoxud  soliq
to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan
yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
YUridik  shaxslarning  alohida  bo‘linmalari  mazkur  shaxslarning  soliqlar  va
yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va
tartibda ushbu alohida bo‘linmalar joylashgan eri bo‘yicha bajaradi.
Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan soliq to‘lovchilar alohida bo‘linmalarni
hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yig‘imlarni)
to‘laydi.
YUridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari soliq to‘lovchilar deb
e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega:
- soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida)
amaldagi  soliqlar  to‘g‘risida,  soliq  to‘g‘risidagi  qonunchilikdagi  o‘zgarishlar  haqida,
soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida axborotni, soliq hisobotining va
arizalarning shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul
olish;
Logotip
kabinetiga yuboradi. YUborilgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi. Agar soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin. Soliq to‘lovchilar, soliq organlariga hujjatlarni ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda - jo‘natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Xujjatlarning, elektron hujjat aylanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini to‘ldirish tartibi, bunday hujjatlarni qog‘ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. YUridik shaxslarning alohida bo‘linmalari mazkur shaxslarning soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu alohida bo‘linmalar joylashgan eri bo‘yicha bajaradi. Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan soliq to‘lovchilar alohida bo‘linmalarni hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yig‘imlarni) to‘laydi. YUridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: - soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to‘g‘risida, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish;
-o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli
organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish;
-soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish;
-soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan
summalarini o‘z vaqtida hisobga o‘tkazish yoki qaytarish;
-soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash;
-soliq solish ob’yektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda
o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;
-o‘z hududida o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini o‘tkazish
chog‘ida hozir bo‘lish;
-sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek
ushbu tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish;
-soliq  tekshiruvini  amalga  oshiruvchi  soliq  organlariga  soliq  to‘g‘risidagi
qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish;
-  soliq  organlari  va  boshqa  vakolatli  organlarning  hamda  ular  mansabdor
shaxslarining  soliq  to‘g‘risidagi  boshqa  qonunchilik  hujjatlariga  muvofiq  bo‘lmagan
talablarini bajarmaslik;
-  soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bo‘lmagan
hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan
belgilangan tartibda shikoyat qilish;
- soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular
mansabdor  shaxslarining  noqonuniy  harakatlari  (harakatsizligi)  tufayli  etkazilgan
zararlarning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
- soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko‘rib
chiqish jarayonida ishtirok etish;
-  soliq  munosabatlari  masalalariga  oid  o‘z  manfaatlarini  shaxsan  yoxud  soliq
maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o‘z vakillari orqali ifodalash;
- soliq siriga rioya etish va uni saqlash.
Soliq to‘lovchilar soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan
o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega
bo‘lish  huquqidan  mahrum  etmaydi,  xuddi  shuningdek  vakilning  ishtirok  etishi  soliq
Logotip
-o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish; -soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish; -soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o‘z vaqtida hisobga o‘tkazish yoki qaytarish; -soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash; -soliq solish ob’yektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish; -o‘z hududida o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini o‘tkazish chog‘ida hozir bo‘lish; -sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish; -soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish; - soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan talablarini bajarmaslik; - soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bo‘lmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; - soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli etkazilgan zararlarning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish; - soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etish; - soliq munosabatlari masalalariga oid o‘z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o‘z vakillari orqali ifodalash; - soliq siriga rioya etish va uni saqlash. Soliq to‘lovchilar soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq
to‘lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
Soliq  to‘lovchilarning  huquqlari  soliq  organlari  va  boshqa  vakolatli  organlar
mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi.
Soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik
yoki lozim darajada bajarmaganlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda
tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari
-
Soliq to‘lovchilar:
-  belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab
chiqarishi va to‘lashi;
- hujjatlarni ko‘rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati to‘g‘risida chaqiruv
xatini olganida soliq organiga kelishi;
-  tovarlarni  (xizmatlarni)  realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni,
cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi;
-  soliq  tekshiruvini  o‘tkazayotgan  soliq  organlarining  mansabdor  shaxslariga
soliqlarni  hisoblab  chiqarish  va  to‘lash  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladigan  hujjatlar,
shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini
ta’minlashi;
-  soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi,
ko‘rsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik
qilmasligi;
- soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur
bo‘lgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni to‘lash uchun belgilangan kalendar yildan
keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini ta’minlashi;
-  o‘zi  soliq  bo‘yicha  hisobga  olingan  joydagi  soliq  organlarini  O‘zbekiston
Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to‘g‘risida, agar
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart.
YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari,
o‘zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining barcha alohida bo‘linmalari
to‘g‘risida va alohida bo‘linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar
to‘g‘risida alohida bo‘linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan
e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart.
Logotip
to‘lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. Soliq to‘lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi. Soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari - Soliq to‘lovchilar: - belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va to‘lashi; - hujjatlarni ko‘rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati to‘g‘risida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi; - tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi; - soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi; - soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, ko‘rsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi; - soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni to‘lash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini ta’minlashi; - o‘zi soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to‘g‘risida, agar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart. YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, o‘zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining barcha alohida bo‘linmalari to‘g‘risida va alohida bo‘linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida alohida bo‘linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart.
Zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan
shaxslar soliq organlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan
munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida foydalaniladigan hujjatlarning
soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini
ta’minlashi kerak.
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solish ob’yekti deb e’tirof etiladigan ko‘chmas
mulkka  ega  bo‘lgan  chet  el  yuridik  shaxslari  ushbu  moddada  nazarda  tutilgan
majburiyatlardan tashqari, ko‘chmas mulk ob’yekti turgan joydagi soliq organiga ushbu
chet el yuridik shaxsining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart. 
YUridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari ko‘rsatilgan holatlarda o‘z
muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak.
CHet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu
qismda ko‘rsatilgan bir nechta mol-mulk ob’yekti mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxs
tanloviga ko‘ra, xabar mol-mulk ob’yektlarining biri turgan erdagi soliq organiga taqdim
etiladi.
O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  chegarasi  orqali  tovarlar  olib  o‘tilishi
munosabati  bilan  soliqlar  to‘laydigan  soliq  to‘lovchilar  zimmasida  O‘zbekiston
Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar
ham bo‘ladi.
Soliq to‘lovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar
ham bo‘lishi mumkin.
Zimmasiga  soliqlarni  hisoblab  chiqarish,  soliq  to‘lovchidan  ushlab  qolish  va
byudjet  tizimiga o‘tkazish  majburiyati  yuklatilgan shaxslar  soliq agentlari  deb e’tirof
etiladi.
Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
soliq to‘lovchilar kabi huquqlarga ega bo‘ladi.
Soliq agentlari:
soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjet
tizimiga o‘tkazishi;
soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo‘qligi va soliq to‘lovchining
soliq qarzi summasi to‘g‘risida bunday holatlar soliq agentiga ma’lum bo‘lgan kundan
e’tiboran bir oy ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi;
Logotip
Zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida foydalaniladigan hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini ta’minlashi kerak. Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solish ob’yekti deb e’tirof etiladigan ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ko‘chmas mulk ob’yekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el yuridik shaxsining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart. YUridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari ko‘rsatilgan holatlarda o‘z muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. CHet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu qismda ko‘rsatilgan bir nechta mol-mulk ob’yekti mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga ko‘ra, xabar mol-mulk ob’yektlarining biri turgan erdagi soliq organiga taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan soliqlar to‘laydigan soliq to‘lovchilar zimmasida O‘zbekiston Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham bo‘ladi. Soliq to‘lovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish va byudjet tizimiga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi. Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar kabi huquqlarga ega bo‘ladi. Soliq agentlari: soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjet tizimiga o‘tkazishi; soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo‘qligi va soliq to‘lovchining soliq qarzi summasi to‘g‘risida bunday holatlar soliq agentiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi;
hisoblangan va to‘langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va
byudjet tizimiga o‘tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida
yuritishi;
soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va o‘tkazilishi ustidan
nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi;
soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘tkazish
uchun  zarur  bo‘lgan  boshqa  hujjatlarning  da’vo  muddati  mobaynida  but  saqlanishini
ta’minlashi shart.
Soliq agentlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo‘lishi mumkin.
Soliq to‘lovchi soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok
etishga haqli.
Vakilning vakolatlari Kodeksga va boshqa qonunchilikka muvofiq hujjatlar bilan
tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga
qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi.
Jismoniy  shaxs  bo‘lgan  soliq  to‘lovchining  qonuniy  vakili  deb  fuqarolik
qonunchilikka muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar  e’tirof
etiladi.
YUridik  shaxs  qonuniy  vakillarining  mazkur  yuridik  shaxsning  soliq
munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi)
ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi.
Soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va
soliq  munosabatlarining  boshqa  ishtirokchilari  bilan  munosabatlarda  o‘z  manfaatlarini
ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq
to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘lishi mumkin.
YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili, agar ushbu Kodeksda
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki
fuqarolik  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  beriladigan  ishonchnoma  asosida  amalga
oshiradi.
Jismoniy  shaxs  bo‘lgan  soliq  to‘lovchining  vakolatli  vakili  o‘z  vakolatlarini
fuqarolik  qonunchilikka  muvofiq  notarial  tasdiqlangan  ishonchnoma  asosida  amalga
Logotip
hisoblangan va to‘langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va byudjet tizimiga o‘tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida yuritishi; soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi; soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning da’vo muddati mobaynida but saqlanishini ta’minlashi shart. Soliq agentlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Soliq to‘lovchi soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli. Vakilning vakolatlari Kodeksga va boshqa qonunchilikka muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi. Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonunchilikka muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi. YUridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi. Soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda o‘z manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘lishi mumkin. YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili o‘z vakolatlarini fuqarolik qonunchilikka muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga