O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
29
Faytl hajmi
59,0 KB
Ilmiybaza.uz
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika shaxs tarbiyasi va
rivojlanishi to‘g‘risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va
metodlari
Reja:
1.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning
tarkibiy qismlari.
2.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ta’lim tizimi
va turlari.
3. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. Pedagogika fanining
paydo bo’lishi va rivojlanishi.
4. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
5. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish.
Tayanch iboralar: Milliy model, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi”, shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab
chiqarish, bakalavriat, magistratura. Pedagogika, didaktika, tarbiya nazariyasi,
shaxs, bilim, ko'nikma, malaka, ma'lumot, rivoilanish, korreksion (maxsus)
pedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika, logopediya,
metodika
I.1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi o`zining milliy istiqlol
rivojlanish yo`lini belgilab oldi.
Ilmiybaza.uz
O`ziga xos rivojlanish yo`lini tanlash orqali jamiyat taraqqiyotini
ta`minlashda uning yaratuvchi bo`lgan yosh avlodni har tamonlama kamol
etkazish muhim ekanligi to`g`risidagi xulosaga kelindi. Bu borada Prezidentimiz
SH.M.Mirziyoyevning “Yoshlar Ittifoqini” tashkil etishi unga bo`lgan e`tabor
shu kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Shuni unutmaslik kerakki har bir davlatning istiqboli, xalqning farovonligi,
osoyishta hayot kechirishi yoshlarda ma`naviy komil inson fazilatlarini
shakllantirish ko`p jihatdan yosh avlodga, umidli o`g`il qizlarimizga bog`liq,
chunki ertangi kunimiz ularning qo`lidadir.
Shuning uchun ham Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev O`zbekiston
Respublikasi “Yoshlar Ittifoqi” tashkilotini qayta tiklar ekan, uni jamiyatning
etakchi kuchiga aylantirish alohida ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlab o`tadilar.
O`zbekiston kelajagi buyuk degan goyaga amal qilib, butun e`tiborini yoshlarga
qaratib, farzandlarimiz bizlardan ko`ra bilimli, baxtli, kuchli, aql zakovatli, or-
nomusli va g`ururli bo`lishini qayta-qayta ta`kidlab o`tmoqdalar. Shu munosabat
bilan O`zbekiston glloballashuv va axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal
rivojlanib borayotgan bugungi kunda yosglarga oid siyosatni shakllantirish va
amalg oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan va halqaro huquqiy xujjat bo`lgan
“BMTning Yoshlar huquqlari to`g``risidagi halqaro konvensiyasini” ishlab
chiqishda taklif etadi.
Bu bilan yoshlarga bo`lgan ishonch va e`tiborni yanada kuchli ekanligini
ko`rsatib o`tadilar. Bu yosh avlodga o`z eliga, halqiga, yurtiga nisbatan kuchli
g`urur, or-nomus va odob ahloq me`yorlariga amal qilishni asosiy maqsad qilib
quymoqda. Bu borada “Mard o`g`lon” davlat mukofatini ta`sis etilishi alohida
axamiyatga egadir.
Bu boradagi say – harakatlarning samarasi sifatida 1992-yil iyul oyida mustaqil
O'zbekistonning ilk «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun
mazmunida Respublika ta'limi tizimi, uning asosiy yo'nalishlari, maqsad, vazifalari,
ta'lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o'z ifodasini topdi. Biroq,
1997-yilga kelib, O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va
uning mazmunida ilgari surilgan g'oyalarning amaliyotga tatbiqi tahlil etilganda, bu
borada muayyan kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi. O'tkazilgan tahlil
Ilmiybaza.uz
natijalariga ko'ra, ta'lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat o'rinlarda chuqur
ilmiy asoslarga ega bo'lmaganligi ma'lum bo'ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini
isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
IX sessiyasida yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi
Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Xo'sh, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qanday hujjat? Uning mazmunida
qanday g'oyalar ifoda etilgan?
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim
to'g'risida»gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta'lim
tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy
va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda
mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol
vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini
shakllantirishga yo'naltirilgandir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi — ta'lim sohasini tubdan isloh
qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to'la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan
iboratdir2.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadni to'laqonli
ro'yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi.
Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko'rsatiladi:
— «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta'lim
tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar
tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona
o'quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash;
— ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan
demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;
— kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan
ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarish;
— kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va
Ilmiybaza.uz
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
— ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning
samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
— ta'lim va kadrlartayyoiiash, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o'tkazish va
akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
— yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta'limning talab qilinadigan darajasi va
sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko'rsatishi va barqaror
rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovchi normativ, moddiy-texnika
va axborot bazasini yaratish;
— ta'lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta'minlash,
tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini,
shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini
shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
— uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag'lar,
shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy etish;
— kadrlar tayyorlash sohasida o'zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi1 nazarda tutiladi. Ushbu
vazifalar quyidagilardan iboratdir:
Birinchi bosqich (1997—2001 -yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining
ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish
uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni
yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001 —2005-yillar) - Milliy dasturni to'liq ro'yobga
chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni
hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta'lim
muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to'ldirish
ta'minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro'yobga chiqarishning ikkinchi
bosqichida
ta'lim
muassasalarining
moddiy-texnika
va
axborot
bazasini
Ilmiybaza.uz
mustahkamlash davom ettiriladi, o'quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli.o'quv
adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash, uzluksiz ta'lim
tizimini axborot lashtirish vazifalarining ham hal etilishiga alohida urg'u beriladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to'plangan tajribani tahlil etish
va
umumlashtirish
asosida,
mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish vayanada
rivojlantirish. Bu bosqichda, yana shuningdek,
— ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada
mustahkamlash;
— o'quv – tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik
texnologiyalar bilan to'liq ta'minlanishi;
— milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish;
— ta'lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta'lim tizimi jahon axborot
tarmog'iga ulanadigan komputer axborot tarmog'i bilan to'liq qamrab olinishiga
erishish kabi vazifalarning ham ijobiy yechimi ta'minlanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan
iboratdir:
1. Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim
sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Shaxs
uzluksiz ta'lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o'zlashtiradi, fan asoslarini
puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o'zida ijtimoiy
ta'sirlar yordamida ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda
o'zlashtirilgan bilim, faoliyat ko'nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat
ham shakllanib boradi. Yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi
kasbiy malakaga ega bo'1 ish uchun shaxs o'z oldiga muayyan maqsadni qo'ya olishi
hamda unga erishish yo'lida tinimsiz izlanishi, o'qib-o'rganishi lozim. Shundagina u
ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo'lib shakllanadi.
O'z-o'zini anglash tuyg'usiga ega bo'lish, ta'lim sohasidagi xizmatlardan
to'laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o'zlashtirishga
erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo'la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson
kamoloti, eng avvalo, uning o'ziga bog'liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va
uning kamolotini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.
Ilmiybaza.uz
«Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga davlat ta'limini olish va
kasb-hunar tayyorgarligidan o'tish kafolatlanadi. Ta'lim olish jarayonida shaxs
davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta'lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini
olgach, ta'lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko'rsatish sohasida
faoliyat ko'rsatadi va o'z bilimi hamda tajribasini o'rgatishda ishtirok etadi».
2. Davlat va iamiyat ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib
olishning kafillaridir.
Shaxs kamoloti nafaqat o'zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi
uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma'naviyatga
ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
Shaxs va davlat (jamiyat) o'rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega.
Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o'z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi,
iqtidori va salohiyatini ro'yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli
darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta'lim tizimida davlat va
jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o'zligini namoyon eta olishi uchun
yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas'uliyatini o'z zimmasiga oluvchi
subyekt sifatida namoyon boiadi.
Davlat va jamiyat ta'lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh
mutaxassislarni tayyorlash yo'lidagi faoliyatini ham uyg'unlashtiradi hamda
quyidagilarga kafolat beradi:
—fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o'z malakasini oshirish
huquqlarining ro'yobga chiqarilishiga;
—majburiy umumiy o'rta ta'lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar
kollejida ta'lim olish yo'nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o'rta maxsus, kasb-
hunar ta'limini olishga;
—davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta'lim va oliy o'quv
yurtidan keyingi ta'limni olish huquqiga;
—davlat ta'lim muassasalarini mablag' bilan ta'minlashga;
—ta'lim oluvchilarning o'qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar
yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini
Ilmiybaza.uz
rivojlantirishga;
—ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga;
—sog'liq va rivojlanishida nuqsoni bo'lgan shaxslarning ta'lim olish iga1.
3. Uzluksiz ta'lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi
bo'lib, ta'limning barcha turlari, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi.
Uzluksiz
ta'lim
kadrlar
tayyorlash
tizimining
asosi,
O'zbekiston
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustuvor soha boiib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxsning
shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi
uchun zarurshart-sharoitlarni yaratadi.
Uzluksiz ta'lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng
qulay davrsanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar
ma'lumotlarini o'zlashtiradi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va
malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim Davlat ta'lim standartlari hamda
o'quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi. Uzluksiz ta'limni tashkil etish
muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:
—ta'limning ustuvorligi;
—ta'limning demokratlashuvi;
—ta'limning insonparvarlashuvi;
—ta'limning ijtimoiylashuvi;
—ta'limning milliy yo'naltirilganligi;
—ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol
topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi;
—iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
4. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi,
ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo'lib, «kadrlar
tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to'g'risidagi
yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va
Ilmiybaza.uz
ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta'lim tizimida unumli
foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy tadqiqotlar
infrastrukturasini yaratish, ta'limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun
bilimning turli sohalari bo'yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy
tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-
pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqeyi va obro'sini oshirishni va shu kabilarni
qamrab oladi».
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana
shuningdek, «ta'lim mazmunini tubdan yangilashda: ta'lim standartlari, ta'lim
dasturlari, o'quv darsliklari va qo'llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta'minotni
amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».
5. Ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan
ta'minlash jarayonining qatnashchisi.
«Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo'nalishi,
darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va
mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta'limning zamonaviy
texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo.etadi. Ishlab chiqarish pirovard
natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi».
Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni
tayyorlashni, guruhlarni va o'quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib,
mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag'batlantiradi, ularni
moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi».
Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi
iste'molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo'lsa, bugungi kunda ushbu
faoliyatning mazmuni tubdan o'zgardi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni
tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o'z talablarini qo'ya oladi. Shu bilan birga
sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yo'lida uzluksiz
ta'lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo'llab-
quvvatlash majburiyatini o'z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash
tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.
Ilmiybaza.uz
I.2. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ta’lim
tizimi va turlari.
Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o'zbek xalqining milliy turmush tarzi
va ma'naviy-axloqiy an'analari bilan hamnafasdir. Zero, xalq orasida qadimdan
«ma'rifatli inson» tushunchasi qo'llanilib kelingan bo'lib, u o'zida keng ma'noni ifoda
etadi. Bilim olishga intilish, ma'rifatli bo'lish o'zbek xalqi, millatining ruhiyatida
ustuvor o'rin tutuvchi omil sanaladi.
Har qanday faoliyat, ayniqsa, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lsa, aniq
belgilangan maqsad asosida amalga oshiriladi. SHu bilan birga faoliyat o’zida
ustuvor tamoyillarni ham ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasining ta’lim
sohasidagi davlat siyosati ham muhim, ahamiyatli tamoyillarga asoslanadi.
Respublikaning ta’limga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilar:
(“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun 3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining
asosiy prinsiplari.)
-
ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda
ekanligi;
-
ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
-
umumiy o`rta, shuningdek o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining
majburiyligi;
-
o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo`nalishini: akademik liseyda
yoki kasb-hunar kollejida o`qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
-
ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
-
davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun
ochiqligi;
-
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan
yondashuv;
-
bilimli bo`lishni va iste'dodni rag`batlantirish;
-
ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg`unlashtirish.
Davlat siyosatining ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillari fuqarolarning ijtimoiy kelib
chiqishi, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ta’lim olishda teng huquqqa ega
ekanliklarini ifodalaydi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da uzluksiz ta'limni isloh qilish yo'nalishlari
Ilmiybaza.uz
ham aniq ko'rsatib berilgan. Mazkur yo'nalishlar sirasiga quyidagilar kiradi: kadrlar
salohiyatini tubdan yaxshilash; pedagoglarning kasbiy nufuzini oshirish; davlat va
nodavlat ta'lim muassasalarining turlarini rivojlantirish; ta'lim tizimini tarkibiy
jihatdan qayta qurish; ta'lim dasturlarini tubdan o'zgartirish; majburiy o'rta umumiy
ta'limdan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga o'tilishini ta'minlash; yangi tipdagi
o'quv muassasalarini vujudga keltirish; yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar
bo'yicha kadrlar, shu jumladan, boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish; ta'limning barcha daraja va bo'g'inlarida
ta'lim oluvchilarning ma'naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; ta'limni
boshqarish tizimini takomillashtirish, ta'lim muassasalarini mintaqalashtirish;
shaxsga ta'lim berish va uni tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari,
mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish; ta'lim jarayoni va
kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish; ta'lim tizimini
moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta'minlash
mexanizmlarini shakllantirish; uzluksiz ta'limni fan va ishlab chiqarish bilan
integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish; chet el va xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish; tub yerli millatga mansub bo'lmagan
shaxslar zich yashaydigan joylarda ularning o'z ona tillarida ta'lim olishlari uchun
tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; ta'limning barcha darajalarida
ta'lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyena ta'limi
hamda tarbiyasini takomillashtirish.
Ta’lim tizimi va turlari.
Uzluksiz ta'lim quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim;
umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o'quv yurtidan
keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan
tashqari ta'lim.
Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam
ta'lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat
maktabgacha ta'lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta'lim
muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya
tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Ilmiybaza.uz
Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi tarmog'i shakllanib
bormoqda. Bu o'rinda «Xonadon bog'chasi» hamda «Bolalar bog'chasi - boshlang'ich
maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta'lim
muassasalarida bolalarga tasviriy san'at, musiqa, til va komputer savodxonligini
o'rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta'lim
yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ma'naviy-
axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.
Umumiy o'rta ta'lim to'qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch
yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidan iborat.
Umumiy o'rta ta'lim boshlang'ich ta'limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda
o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish
chtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning
o'zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-
axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lish,
shuningdek, kasb tanlash ko'nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-
sharoit
yaratiladi.
Davlat
tomonidan
tasdiqlangan
namunadagi
attestat
o'quvchilarning umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga egaliklarini
belgilaydi.
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar
hamkoriigida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik
tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
O'qish muddati uch yil bo'lgan maiburiv o'rta maxsus. kasb-hunar ta'limi
uzluksiz ta'lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o'rta ta'lim negizida tashkil
etiladi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining ikki muhim yo'nalishi bo'lgan —
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta'lim olish o'quvchilar tomonidan
ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik litsey o'quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan
holda
ularning
jadal
intellektual
rivojlanishi
chuqur,
sohalashtirilgan,
tabaqalashtirilgan, kasbga yo'naltirilgan ta'lim olishlarini ta'minlash maqsadida
davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'rta maxsus ta'lim beruvchi, yuridik maqomga
ega ta'lim muassasasidir.
Akademik litseylarda o'quvchilar o'zlari tanlab olgan ta'lim yo'nalishi
Ilmiybaza.uz
(gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo'yicha bilim saviyalarini oshirish
hamda o'zlarida fanni chuqur o'rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar
ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Akademik litseylar asosan oliy o'quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-
hunar kollejlari esa o'quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari,
bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo'nalishlar
bo'yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va
ko'nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki
bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta'lim
standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini beruvchi, yuridik
maqomga ega ta'lim muassasasidir.
Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta'lim muassasalari bo'lib, ularning
jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlanganligi, shuningdek,
o'quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi
alohida e'tiborga loyiq.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan
tasdiqlangan
namunadagi
diplomlar
beriladi.
Ushbu
diplomlar
asosida
bitiruvchilarta'limning keyingi bosqichlarida o'qishni davom ettirish yoki
egallangan ixtisos va kasb-hunar bo'yicha mehnat faoliyati bilan shug'ullanish
huquqini qo'lga kiritadilar.
Oliy ta'lim o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanib, ikki bosqich
(bakalavriat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo'nalishlari
bo'yicha xalq xo'jaligining turli sohalariga oliy ma'lumotli mutaxassislarni
tayyorlaydi. Oliy ta'lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari
negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat — mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy
bilim beradigan, ta'lim olish muddati kamida to'rt yil davom etadigan tayanch oliy
ta'lim.
Bakalavr darajasiga ega bo'lgan shaxs oliy ta'lim tizimi yo'nalishidagi o'zi
tanlagan soha bo'yicha oliy ma'lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat
klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo'ladi.
Ilmiybaza.uz
Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy
ta'lim boiib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga
muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma'lum ixtisoslik bo'yicha
ta'lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab
chiqarishning mas'uliyatli lavozimlarida faoliyat ko'rsatadi. U aspiranturaga kirish
huquqiga ega.
Oliv o'quv yurtidan keyingi ta'lim iamivatning oliy malakali ilmiy va ilmiy
pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim — kasb-
hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot
muassasalarida aspirantura, ad'yunktura va doktoranturada ta'lim olish, shuningdek,
mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o'quv
yurtidan keyingi ta'lim nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi
bilan yakunlanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi
tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan
nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi diplomga ega bo'lish huquqini beradi.
Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan
mutaxassisliklar bo'yicha oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan
iborat.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e'tibor
mutaxassislarning
kasb
bilimlari
va
ko'nikmalarini
yangilash
hamda
chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
ana shu yo'nalishda faoliyat yurituvchi ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu
muassasa tinglovchilari o'qish natijalariga ko'ra davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo'ladilar.
Maktabdan tashqari ta'lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim
muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda yo'lga
qo'yilib, bolalar hamda o'smirlarning taiimga bo'lgan, yakka tartibdagi, ortib
boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularningbo'sh vaqti va dam olishini tashkil
Ilmiybaza.uz
etish maqsadida olib boriladi.
I.3.Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.
Pedagogika
(yunoncha
paidagogike
bo'lib,
paidagogos
«bola»
va
«yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda
yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim
berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar
tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g'oyalari
asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi. Pedagogikaning fan
sifatida taraqiy etish jarayoniga turli pedagog olimlar tomonidan turlicha fikrlar
beriladi.
Pedagogika kontekstlik ma’nosiga ega bo‘lib o‘rganuvchining turli xil
faoliyatlarida o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Amerikalik pedagog olim Bernstein
fikriga ko‘ra pedagogika bir insonning ongli faoliyati boshqa bir insonni
o‘rganishini ta’minlaydi. Uning fikricha pedagogika shaxsning yangi jihatlarini
kashf qilish, fikrlarni bog‘lash, bilim, amaliyot va shaxs fikrini ta’minlovchi
vosita
xisoblanadi.Shu
bilan
birga
u
o‘qituvchining
tashkilotchiligi,boshqaruvchanligi, talaba fikrini tahlil qila olishi va talabaga
nisbatan o‘qituvchi masxuliyatini ko‘rsatuvchi hisoblanadi.1
Alexander’s fikriga ko‘ra pedagogika ham faoliyat ham tahlil turi
xisoblanadi. Pedagogika o‘qituvchilarning fikrlashi, ularning e’tiqodi,
munosabati, bilimi, talabalarni o‘qitish va o‘rganish jarayonida dars rejasini
tushunishi, shuningdek ularni o‘qitish jarayonidagi ta’siridir va pedagogika
ijtimoiy, madaniy, siyosiy jarayonlar bilan bog‘langan2.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati — uni o'qitish va
tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va
tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o'rgatuvchi». didasko
1 Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education in Developing Countries.13-
betPedagogy, Curriculum, Teaching Practices and
2.Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education in Developing Countries.13-
betacher Education in Developing Countries
Ilmiybaza.uz
«o'rganuvchi») ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari,
qonuniyatlari, o'qituvchi va o'qituvchi faoliyatlari, ta'limning maqsadi, mazmuni,
shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va
hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy
ta'lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil
eta olishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni berishga yo'naltiriladi. Umumiy ta'lim
asosida o'zlashtirilgan ma'lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini
ta'minlashga imkon beruvchi maxsus ta'lim olishi uchun asos bo'ladi. Maxsus ta’lim
— o'zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy
faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko'nikma
hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta'lim, shuningdek, turli darajadagi ta'lim dasturlarini amalga oshirishiga ko'ra
maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim,
oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta'lim kabi turlarga bo'linadi.
Tarbiya nazarivasi — pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib,
tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish
muammolarini o'rganadi.
Tarbiva muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik,
iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo'nalishlarda tashkil etiladi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek
ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa
qo'shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy
munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, lining hayotida yetakchi o'rin
tutuvchi g'oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni
barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol
g'oyasi asosida ta'lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi.
Ilmiybaza.uz
Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor qaratiladi:
1. Ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni
tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o'rganish.
2. Shaxsni hartomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelibchiqqan holda, rivojlangan xorijiy
mamlakatlar ta'lim tizimi tajribasini o'rganish asosida uzluksiz ta'lim tizimini
takomillashtirish.
4. Ta'lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati
mazmunini asoslash.
5. Ilg'or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta'lim – tarbiya
usullari bilan qurollantirish.
7. Ta'lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo'nalishlari o'rtasidagi o'zaro
aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart- sharoitlarini o'rganish.
8. O'qitish hamda tarbiyalash jarayoniningsamarali texnologiyalarini yaratish.
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-
metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma'lumki, har bir fan
o'zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega.
Aynan mana shu holat uning fan sifatida e'tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning
mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriva deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya
samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlaming umumiy mohiyatini yoritadi.
Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta'lim (o'qitish,
o'qish), bilim, ko'nikma, malaka, ma'lumot, rivojlanish.
Shaxs — psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va
dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyat a'zosi.
Tarbiva — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni hartomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni.
Ta'lim —o'quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar bilan
Ilmiybaza.uz
qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini
shakllantirishga yo'naltirilgan jarayon.
Bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar
ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui.
Ko'nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka — muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan
shakli.
Ma'lumot — ta'lim-tarbiya natijasida o'zlashtirilgan va tizimlashtirilgan
bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash
majmui.
Rivoilanish — shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'Iadigan
rniqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Pedagoglik kasbining
shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq. Terib-termachlab kun
kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov
qilish, turli daraxt mevalarini terish, o'simliklarning ildizini kovlab olish, suv
manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o'rgatganlar. Bunday
harakatlar qabila (urug')ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga
oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo'lida olib borilayotgan xatti-
harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma'lumotlarni berib, ularda
amaliy ko'nikmalarni shakllantirganJar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida
atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning
namunalari asosida o'zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo'lgunga qadar bu kabi
harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni
sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo'lishi, shuningdek, urug' jamoasi tomonidan
bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan
munosabatning ilg'or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
Turli tabiiy ofatlar ta'siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan
kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga
bo'lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma'lum mehnat faoliyati
yo'nalishida yetarlicha bilimga ega bo'lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga
muvofiq ekanligini ko'rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o'rgatuvchi
Ilmiybaza.uz
kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma'lum yo'nalishlar bo'yicha bilimlarni
berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.
Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo
bo'lib, ularda bolalarga ma'muriy-xo'jalik boshqaruvi asoslari o'rgatilgan.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim
tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
Qadimgi
Yunonistonda
bunday
joylar
akademiya
deb
nomlangan.
«Akademiya» so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan.
Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi
joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil
etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. Qadimgi Rim va
Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim
maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog»
deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma'nosi «bola yetaklovchi» demakdir.
Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish
bilan doimiy shug'ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.
Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida)
yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda
yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o'rgatilgan.
O'rta asrlar davrida, Sharqda akademiya ko'rinishidagi ta'lim muassasalari ham
faoliyat yuritgan bo'lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag'dod), «Ma'mun
akademiyasi» (XI asrboshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV
asr, Samarqane) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo'nalishlari bo'yicha
kuchli bilimga ega bo'lgan qomusiy olimlar jalb etilgan bo'lib, ular tomonidan
matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina, astronomiya kabi yo'nalishlarda
keng ko'lamli tadqiqotlar olib borilgan.
O'rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda
akademiya (Sharqda madrasa)lar ko'rinishidagi maktablarda ma'naviy-axloqiy
jihatdan yetuk, turli sohalar bo'yicha mukammal bilimga ega pedagoglarning
faoliyat yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan. Chunonchi, Muhammad
Tarag'ay Ulug'bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o'z davrining taniqli
Ilmiybaza.uz
olimlari — Ali Qushchi, Taftazoniy, Qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad,
G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar
talabalarga ta'lim berganlar.
XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining
asoschilari, taniqli ma'rifatparvarlar — Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori,
Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla
Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat
murabbiy, balki ma'naviy yetuk inson sifatida ham nom qozondilar. Insoniyatning
yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo'lida olib brogan
harakatlari tarbiya g'oyalarining shakllanishiga asos bo'lib xizmat qilgan. Ibtidoiy
jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo'lib hayot kechirishi sababli boJalarga
tirikchilik o'tkazish yo'lidagi faoliyat (o'simlik mevalari, ildizlarini terish,
hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o'rgatish guruh a'zolari
tomonidan birdek amalgam oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o'yin
jarayonlarida o'zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega
bo'lganligi bois o'g'il va qiz bolalarni tarbiyalashda o'ziga xos jihatlar ko'zga
tashlangan. Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo'lishi ijtimoiy tarbiya
mazmunida ham tub o'zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo'lishiga
olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari
asosida yo'lga qo'yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari,
mazmuni va vositalari borasidagi flkrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning
asarlarida muhim o'rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar
mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni
tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda
tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang'ich asoslar qo'yildi.
Quldorlik tuzumida erkin bo'lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari
cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun
xizmat qilgan.
Quldorlik tuzumi o'rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g'oyalar
feodallar manfatlarini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil
etishda diniy g'oyalar yetakchi o'rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda
diniy muassasalar (G'arbda cherkov, Sharqda esa masjidlar)ning roli osha borib,
Ilmiybaza.uz
bolalarni o'qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi
dunyoviy g'oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ'ib etishning din
peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko'zga tashlangan bo'lsa-da,
ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko'lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi
keskin chora ko'rish ehtiyoji ilmiy bilimlarni rivojlantirish hayotiy zaruriyat
ekanligini isbotladi. Insoniyat tarixidan mustahkam o'rin olgan Sharq Uyg'onishi deb
nom olgan tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi — o'rta asrlar davrida sodir boidi.
Sharqda buyuk allomalar - Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg'oniy, G'arbda esa T.Mor,
T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar tomonidan har
tomonlama rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom, antik dunyo va
burjuaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o'zlashtira olgan shaxsni
tarbiyalash g'oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab
chiqarishni yanada takomillashtirish yo'lidagi amaliy harakatlar bu boradagi
muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga
hal etilishini tasdiqladi. Mazkur davrda ilg'or, progressiv pedagogik g'oyalar ilgari
surildi. Aksariyat g'oyalar mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror
toptirish borasidagi qarash o'z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy
jihatdan asoslandi. Bu o'rinda pedagogika fani rivojiga o'zining munosib hissasini
qo'shgan mutafakkirlar: G'arbda — Ya.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo, F.Gerbart,
V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, Sharqda
I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.Shakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, H.H.Niyoziy,
M.Abdurashidov, M.Behbudiylar shaxsga ta'lim berish va uni tarbiyalash borasidagi
qarashlarni yanada boyitdilar hamda ta'lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini
tatbiq etish, o'qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish
kabi g'oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq Sho'ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va
texnologiya yutuqlari asosida boyidi, ta'lim muassasalari tizimi shakllantirildi,
shuningdek, har tomonlama (gormonik) rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi
asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g’oyalarini amaliyotga tatbiq etishning puxta
Ilmiybaza.uz
asoslangan mexanizmi yaratilmadi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga
kiritgach,
rivojlanish
va
taraqqiyot
yo'li
demokratik,
insonparvar
va
huquqiyjamiyatni barpo etishdan iboratligi e'tirof etilib, «Ta'lim tizimini tubdan
isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos
etish»' davlat siyosatining usluvoryo'nalishlaridan bin deya belgilandi. Asosiy e'tibor
yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni
tayyorlashga qaratildi.
Respublikada ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy
mazmun hamda yo'nalishlari O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi
Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi me'yoriy hiyjatlarda belgilab
berilgan.
Demak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali
mutaxassisni tayyorlashga yo'naltirilgan ijtimoiy harakat istiqbollari, bu boradagi
muammolar va ularni hal etish yo'Ilarini o'rganadi.
I.4.Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan
aloqasi.
Shaxs kamolotini ta'minlash, uning intellektual, ma'naviy-axloqiy hamda
jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning
o'ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga
olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni
tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o'rganiladi. Ular quyidagilardir:
1. Umumiy pedagogika — maktab yoshidagi boialarni tarbiyalash va ularga ta'lim
berish masalalarini o'rganadi.
2. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi — maktabgacha ta'lim yoshidagi boialarni
tarbiyalash, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga
yetkazish masalalarini o'rganadi.
3. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi - boshlang'ich sinflar o'quvchilarini
tarbiyalash, ularga ta'lim berish, ularning o'ziga xos psixologik hamda fiziologik
xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va
jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi.
4. Korreksion (maxsus) pedagogika — rivojlanishida turli psixologika fiziologik
nuqsonlari bo'lgan boialarni tarbiyalash va o'qitish bilan bog'liq muammolarni
Ilmiybaza.uz
o'rganadi.
O'z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika
psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir: 4-1. Surdopedagogika va
surdopsixologiva — eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o'qitish va
tarbiyalash masalalarini o'rganadi.
4.2. Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiva — aqli zaif bolalarni
rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi.
4.3. Tiflopedagogika va tifiopsixologiya — ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni
rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi.
4.4. Logopediya va nutqiv buzilishlar psixologivasi — nutqi, shuningdek,
motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlari bo'lgan bolalar (ko'r, soqov va
kar bolaIar)ni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi.
5. Metodika — xususiy fanlarni o'qitish xususiyatlarini o'rganadi.
6. Pedagogika tarixi - ta'lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan
tarixiy davrlarda yetakchi o'rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini
o'rganadi.
7. Pedagogik texnologiya — ta'lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo'llash, texnologik yondashuv asosida ta'lim va tarbiya jarayonining
samaradorligini oshirish muammolarini o'rganadi.
8. Pedagogik mahorat — bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish,
takomillashtirish muammolarini o'rganadi.
9. Ta'limni boshqarish — ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish,
boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o'rganadi.
10. Ijtimoiy pedagogika — ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik
g'oyalarning tutgan o'rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo'naltirish
muammolarini o'rganadi.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma'lum pedagogik
hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo'lish qonuniyatlarini bilishni taqozo
etadi. Bizga ma'Iumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo'lib, uning
umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga
tayaniladi. Ana shu nuqtayi nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o'rtasida
yaqin aloqadorlik mavjud:
Ilmiybaza.uz
1. Falsafa — shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan
pedagogik g'oya, qarash hamda ta'limotlarning falsafiyjihatlari kabi masalalarni tahlil
etishga imkon beradi.
2. Iqtisod — ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, o'quv binolarini qurish,
ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy
texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga
xizmat qiladi.
3. Sotsiologiva — ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari
xususida ma'lumotlarga ega bo'lish asosida ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining
o'zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika— shaxs ma'naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy
ong va ma'naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o'rin tutuvchi nazariy
g'oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o'rin tutadi.
5. Est etika — shaxs tomonidan go'zallikning his etilishi, unga intilishi,
shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo'nalishlarni aniqlashga
xizmat qiladi.
6. Fiziologiva— o'quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik
xususiyatlarining inobatga olinishi uchun boshlang'ich asoslarni beradi.
7. Gigivena — o'quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan
to'g'ri shakllantirishda nazariy va amaliy g'oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiva — shaxsda ma'naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy- irodaviy
sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix — pedagogika fani taraqqiyoti, ta'lim-tarbiya jarayonlarining dinamik,
dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g'oyalarini
kelgusi avlodga uzatish uchun yo'naltiriladi.
10. Madanivatshunoslik — o'quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va
ma'naviy madaniyat asoslari haqidagi tasawurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-
atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiv fanlar - shaxsning fiziologik-anatoinik jihatidan to'g'ri rivojlanishini
ta'minlash, uning organizmida namoyon bo'layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf
etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli boialarni o'qitish hamda tarbiyalash
muammolarini o'rganishda ko'maklashadi.
Ilmiybaza.uz
I.5.Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish.
Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish
maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g'oyasi, mazmuni hamda natijalari
hisobiga ta'minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi,
shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik
shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma'naviyatiga ziyon yetkazuvchi
holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash
ularni keng yoki tor doirada o'rganish, mavjud ko'rsatkichlar vositasida ularning
sodir bo'lish sabablarini o'rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy
izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning
samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog'liq. jylazkur
jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo'lgan
metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilmiv-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan
yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyektiv
va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, O'zbekiston Respublikasida pedagogik yo'nalishda olib
borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa,
voqelik va ularning qonuniyatlarini aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa
va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning
fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomillashtirib borishini
ta'minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o'rni va roli,
shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e'tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni
taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi
xususiyatlarga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator
shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to'g'ri belgilanganligi;
4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;
Ilmiybaza.uz
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik
va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to'g'ri
hisobga olinganligi;
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o'tish;
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib oorishda
quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 1- Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suhbat metodi. 3.Anketa metodi. 4.Intervyu metodi.
5.Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6.Test metodi. 7.Pedagogik tahlil metodi. 8.Bolalar ijodini o'rganish metodi.
9.Pedagogik tajriba metodi. 10. Matematik-statistik metod.
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo'llash jarayonida, ta'Iim muassasalarining
o'quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq etiiayotgan muammo holat
aniqlanadi, tajriba— avvali va yakunida qo'Jga kiritilgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi
farq to'g'risidagi ma'iumotga ega bo'linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o'ziga
xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli
amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo'lga kiritish murfikin. Olib borilayotgan
pedagogik kuzatish ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, o'quvchi shaxsini shakliantirishga
xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. Pedagogik kuzatuvni
tashkil etishda xatoga yo'l qo'ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan
quyidagilar talab etiladi:
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo'lga qo'yish;
3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o'rganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo'lingan
ma'lumotlarni boyitish, mavjud holatga to'g'ri baho berish, muammoning yechimini
topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari
subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat
maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi.
Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to'la-to'kis namoyon bo'lishiga
Ilmiybaza.uz
erishish muhimdir. Uning samarali bo'lishi uchun quyidagilarga amal qilish
maqsadga muvofiq:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savolJarning
mazmunini aniqlash hamda savollar o'rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta'minlash;
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma'lum to'xtamga kelish;
4) suhbatdosh to'g'risida avvaldan muayyan ma'lumotlarga ega bo'lish;
5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo'lish;
6) suhbatdoshning o'z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;
7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma'lumotlarni o'z vaqtida tahlil qilish.
Anketa metodi (fransuzcha — tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik
kuzatish va suhbat jarayonida to'plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham
tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan niuioqotni tashkil etishga
asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko'p hollarda, yozma ravishda olinadi.
O'rganilayotganjarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari
quyidagicha bo'ladi:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun
imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy»,
«qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga
javob beradilar).
Anketa metodini qo'llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular
quyidagilardir:
1) anketa savollari tadqiq etiiayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat
qilishi lozim;
2) anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo'lmasligi kerak;
3) anketa savollari o'quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini
inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
4) anketa savollari respondentlar tomonidan to'la javoblar berilishini ta'minlovchi
vaqtni kafolatlay olishi zarur;
5) anketa o'quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish
Ilmiybaza.uz
manbayiga aylantirib yuborilmasligi zarur;
6) anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etiiayotgan muammoning u yoki
bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta'minlaydi.
Intervyu respondent e'tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o'tkaziladi.
Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat
bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta’lim muassasasi huiiatlarini tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa Va
dalillarni tekshirish maqsadida ta'Iim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi
ma'lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Vlazkur metod O'zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» talablarining ta'Iim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o'rganish,
bu boradagi faollik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni
aniqlash, ilg'or tajribalarni ommalashtirish va ta'lim muassasasi pedagogik tajribasini
oshirish maqsadida qo'llaniladi.
Ta'lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi huiiatlar quyidagilardan
iborat: O'quv mashg'ulotlarining jadvali, o'quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari,
o'quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig'ilishi
bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta'lim muassasasi
smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o'quv-tarbiya ishlarini tashkil etish
borasidagi hisobotlar, ta'lim muassasasi jihozlari (o'quv partalari, stol-stullar,
yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur metod muayyan yo'nalishlarda o'quv-tarbiya ishlari samaradorligi
darajasi, o'quvchilarda hosil bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar hajmi, ilg'or
pedagogik tajribalar mazmunini o'rganishda muhim ahamiyatga ega.
Test metodi. Ushbu metod respondentlartomonidan muayyan fan sohasi yoki
faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo'yicha o'zlashtirilgan nazariy bilim va
amaliy ko'nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o'z mohiyatiga
ko'ra quyidagi savollardan iborat:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun
imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy»,
Ilmiybaza.uz
«qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga
javob beradilar).
3) to'g'ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o'z
yondashuvlariga ko'ra to'g'ri deb topgan javob variantini belgilaydiiar).
Test metodini qo'llashda aniqlanishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va
malakalarni turkum asosida berilishiga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu
metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo'yicha tahlil etish
imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod
ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma
ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini
tanlashi zarur. Shu bois respondent o'z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyatiga ega
emas.
Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni
qo'llashdan ko'zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda
pedagogik yo'nalishlarda o'rganilganlik jarajasini aniqlashdan iborat bo'lib,
tadqiqotchi ilgari surayotgan g'oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga
xizmat qiladi.
Bolalar ijodini o'rganish metodi. Mazkur metod o'quvchilarning muayyan
yo'nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma'lum fan sohalari bo'yicha bilim,
ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Uni qo'llashda
o'quvchilarning ijodiy ishlari - kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari,
hisobotlari muhim vosita boiib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u
ma'lum o'quvchiga xos bo'lgan individual imkoniyatni ko'ra olish, baholash va uni
rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o'rganishning quyidagi shakllari mavjud:
1) fan olimpiadalari;
2) turli mavzulardagi tanlovlar;
3) maktab ko'rgazmalari;
4) festivallar;
5) musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment — lotincha «sinab ko'rish», «tairiba qilib
ko'rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish
Ilmiybaza.uz
imkoniyatlarini o'rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishni
kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o'z in'ikosiga ega boia
olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo
yechimini topishga yo'naltirilgan pedagogik tajriba ma'lum doirada, soni aniq
belgilangan respondentlar ishtirokioa amalga oshiriladi. Mazkur metoddan
foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning
samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.
Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi.
Xususan:
1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;
2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
3) tadqiqot obyektlari va usullarining to'g'ri tanlanishi;
4) tajriba o'tkazilish vaqti hamda davomiyligining aniqlanishi;
5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning
yaratilganligi;
6)
taj'riba ma'lumotlarini umumlashtirish, tahlii qilish va natijalarni qayta
ishlash.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib uinumiy xulosaga
kelinadi va ilrniy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda
tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qoilaniladi, muammo
holatini ifodalovchi ko'rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta
tahlii etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko'rsatkich
hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlar olib borishda Styudent,
Ko'virlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan keng
foydalanilmoqda.