O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI.MAHALLIY DAVLATHOKIMIYATI ASOSLARI. FUQOROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI

Yuklangan vaqt

2025-03-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

38

Faytl hajmi

39,6 KB


 
 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI.MAHALLIY 
DAVLATHOKIMIYATI ASOSLARI. FUQOROLARNING O‘ZINI O‘ZI 
BOSHQARISH ORGANLARI. 
1O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 
2. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari. 
3. Saylov tizimi. 
4. Sud hokimiyati. 
5. Advokatura. 
6. Prokuratura. 
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi 
hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning 
samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini 
ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 
yangi tahrirdagi qonun 2019-yil 10-dekabrda O‘RQ-591 sonli qaror bilan 
imzolangan va bu qonun 50 moddadan iborat bo‘lib unda vazirlar mahkamasining 
maqsad va vazifalari, tarkibi va aloqalari bayon qilingan. 
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona 
tizimiga 
rahbarlik 
qiladigan 
kollegial 
organdir. 
O‘zbekiston 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI.MAHALLIY DAVLATHOKIMIYATI ASOSLARI. FUQOROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI. 1O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 2. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. 3. Saylov tizimi. 4. Sud hokimiyati. 5. Advokatura. 6. Prokuratura. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida yangi tahrirdagi qonun 2019-yil 10-dekabrda O‘RQ-591 sonli qaror bilan imzolangan va bu qonun 50 moddadan iborat bo‘lib unda vazirlar mahkamasining maqsad va vazifalari, tarkibi va aloqalari bayon qilingan. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir. O‘zbekiston
 
 
Respublikasi  Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi, inson hamda fuqaroning 
huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, kollegiallik, hokimiyat tarmoqlarining 
bo‘linishi va hamkorligi, shuningdek ochiqlik va shaffoflik Vazirlar Mahkamasi 
faoliyatining asosiy prinsiplaridir. Yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda Mazirlar 
Mahkamasi  to‘g‘risida quyidagi moddalar kiritilgan. 
114-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi 
hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iborat. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi 
tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. 
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yo‘nalishlari 
doirasida amalga oshiradi.. 
115-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va byudjet siyosati amalga oshirilishi, 
ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy 
sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturlarning ishlab chiqilishi 
hamda bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi; 
2) barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, 
kambag‘allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, 
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, 
hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi; 
3) aholini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya 
qilish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi; 
4) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-
xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi 
kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati 
amalga oshirilishini ta’minlaydi; 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi, inson hamda fuqaroning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, kollegiallik, hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi va hamkorligi, shuningdek ochiqlik va shaffoflik Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplaridir. Yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda Mazirlar Mahkamasi to‘g‘risida quyidagi moddalar kiritilgan. 114-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshiradi.. 115-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va byudjet siyosati amalga oshirilishi, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturlarning ishlab chiqilishi hamda bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi; 2) barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi; 3) aholini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi; 4) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma- xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
 
 
5) yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi, oilani 
qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, 
an’anaviy oilaviy 
qadriyatlarni saqlash bo‘yicha choralar ko‘radi; 
6) fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini 
amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik 
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning ishtirok etishini 
ta’minlaydi; 
7) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
8) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis 
palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; 
9) ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, 
ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi; 
10) ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, 
qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga 
qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish 
imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi; 
11) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzalarni 
taqdim etadi; 
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni 
amalga oshiradi. 
     116-modda. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va 
qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha 
organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar 
tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 
5) yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi, oilani qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash bo‘yicha choralar ko‘radi; 6) fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning ishtirok etishini ta’minlaydi; 7) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 8) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; 9) ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi; 10) ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi; 11) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzalarni taqdim etadi; 12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 116-modda. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
 
 
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. 
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar 
Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi. 
117-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri: 
1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, 
uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi; 
2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini 
imzolaydi; 
3) xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
nomidan ish ko‘radi; 
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni 
bajaradi. 
Yangi kiritilgan o‘zgarishga  ko‘ra, Bosh vazirni tayinlash va unga 
ishonchsizlik votumi bildirishda Senatning ishtiroki bekor qilindi. Endilikda buning 
uchun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismi ovoz berishi yetarli (avval har 
ikki palata a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi zarur edi; eslatib o‘tamiz, 
ishonchsizlik votumi e’lon qilinsa, prezident bosh vazirni lavozimidan ozod etadi). 
Bosh vazir va hukumat a’zolarining hisobotlarini eshitish ham quyi palataning 
vakolatiga o‘tkazildi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi hukumat a’zolarini 
iste’foga chiqarish to‘g‘risida prezidentga taklif kiritish vakolatiga ega bo‘ldi. 
118-modda.O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va 
organlari shakllangandan so‘ng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod 
etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi 
iste’foga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi va 
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi. 117-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri: 1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi; 2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi; 3) xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi; 4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi. Yangi kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, Bosh vazirni tayinlash va unga ishonchsizlik votumi bildirishda Senatning ishtiroki bekor qilindi. Endilikda buning uchun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismi ovoz berishi yetarli (avval har ikki palata a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi zarur edi; eslatib o‘tamiz, ishonchsizlik votumi e’lon qilinsa, prezident bosh vazirni lavozimidan ozod etadi). Bosh vazir va hukumat a’zolarining hisobotlarini eshitish ham quyi palataning vakolatiga o‘tkazildi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi hukumat a’zolarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida prezidentga taklif kiritish vakolatiga ega bo‘ldi. 118-modda.O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan so‘ng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste’foga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi va
 
 
ma’qullashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy 
partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisining 
Qonunchilik 
palatasi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran o‘n 
kun ichida ko‘rib chiqadi. 
Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik 
palatasida 
uning 
nomzodi 
ko‘rib 
chiqilayotganda 
Vazirlar 
Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini 
taqdim etadi. 
Bosh vazir nomzodi uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz 
berilgan taqdirda ma’qullangan hisoblanadi. 
Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari ularning 
nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
tomonidan ma’qullanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
lavozimga tayinlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki a’zosini iste’foga chiqarishga 
haqli. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisining 
Qonunchilik 
palatasi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosining o‘z faoliyatiga oid 
masalalar yuzasidan hisobotini eshitishga haqli. Vazirlar Mahkamasi a’zosining 
hisobotini eshitish yakunlariga ko‘ra Qonunchilik palatasi uni iste’foga chiqarish 
ma’qullashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqadi. Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi. Bosh vazir nomzodi uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda ma’qullangan hisoblanadi. Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari ularning nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki a’zosini iste’foga chiqarishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosining o‘z faoliyatiga oid masalalar yuzasidan hisobotini eshitishga haqli. Vazirlar Mahkamasi a’zosining hisobotini eshitish yakunlariga ko‘ra Qonunchilik palatasi uni iste’foga chiqarish
 
 
to‘g‘risidagi taklifni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun 
kiritishga haqli. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
a’zolari 
parlament 
so‘rovlariga va Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovlariga 
qonunda belgilangan tartibda javob berishi shart. 
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi 
qonun bilan belgilanadi. 
Bosh vazir nomzodini endi prezident taqdim etadi. Prezident bosh vazir nomzodini 
taqdim etishdan oldin parlamentga kirgan barcha partiyalarning fraksiyalari bilan 
maslahatlashuvlar o‘tkazishi belgilandi. Qonunchilik palatasi prezident taqdim 
etgan nomzodni ko‘rib chiqadi, agar deputatlarning yarmidan ko‘pi ma’qullasa, bosh 
vazir lavozimga tasdiqlanadi. Agar deputatlar nomzodni uch marta rad etsa, 
prezident bosh vazirni tayinlab, Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli. 
Avvalgi tartibga ko‘ra, bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasida eng ko‘p 
o‘rinni egallagan partiya taklif qilar, prezident ma’qullagach, nomzod ikki palata 
tomonidan tasdiqlanishi talab etilardi. 
 
119-modda.O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus 
olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir 
qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan 
taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 
muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi 
masala kiritiladi. 
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan 
ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul 
to‘g‘risidagi taklifni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari parlament so‘rovlariga va Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovlariga qonunda belgilangan tartibda javob berishi shart. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi. Bosh vazir nomzodini endi prezident taqdim etadi. Prezident bosh vazir nomzodini taqdim etishdan oldin parlamentga kirgan barcha partiyalarning fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi belgilandi. Qonunchilik palatasi prezident taqdim etgan nomzodni ko‘rib chiqadi, agar deputatlarning yarmidan ko‘pi ma’qullasa, bosh vazir lavozimga tasdiqlanadi. Agar deputatlar nomzodni uch marta rad etsa, prezident bosh vazirni tayinlab, Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli. Avvalgi tartibga ko‘ra, bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasida eng ko‘p o‘rinni egallagan partiya taklif qilar, prezident ma’qullagach, nomzod ikki palata tomonidan tasdiqlanishi talab etilardi. 119-modda.O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul
 
 
qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh 
vazir bilan birga iste’foga chiqadi. 
Ma’lumki, “jamiyat taraqqiyoti ko’p jihatdan hokimiyatni to’g’ri tashkil 
qilishga, boshqaruvda eng samarali vositalardan foydalanishga bog’liq”. Albatta, 
mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ijro hokimiyati faoliyatini isloh qilish orqali 
uning vakolatlari, mas’uliyati va davlat hokimiyati tizimidagi mavqeini oshirishga 
qaratilgan islohotlarning izchillik bilan amalga oshirilayotganligi, tarixiy tajriba va 
milliy davlatchilik an’analarini hisobga olgan holda hokimiyatning to’g’ri tashkil 
qilinayotganligi haqida xulosaga kelishga asos bo’ladi. O’zbekistonda davlat 
hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sharoitida Vazirlar Mahkamasi 
vakolatlari va mas’uliyatining kengayishiga oid munosabatlar o’rganilar ekan, 
mamlakatimizda 2002 - yil 27 - yanvarda o’tkazilgan umumxalq referendumining 
huquqiy, siyosiy va tarixiy ahamiyatini esdan chiqarmasligimiz zarur. Chunki ushbu 
referendum mamlakatimizda bevosita demokratiyaning muhim amaliy ifodasi 
bo’lib, uning natijasida milliy parlamentimiz bikameral tizimda qayta shakllantirildi, 
davlat rahbarining maqomi takomillashtirilib, Vazirlar Mahkamasining, jumladan, 
Bosh vazirning vakolatlari va mas’uliyati ortdi. 2003 - yil 24 - apreldagi 
“O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar 
kiritish to’g’risida”gi Qonunga ko’ra, Vazirlar Mahkamasining Raisi lavozimining 
tugatilishi Prezidentning aynan davlat boshlig’i sifatidagi maqomini yorqin 
namoyon qilib, o’z - o’zidan Hukumat faoliyatiga rahbarlik qiluvchi shaxs - Bosh 
vazirning ijro hokimiyatidagi rolini, shu bilan birga butun Vazirlar Mahkamasining 
davlat hokimiyati tizimidagi mavqeini yuksalishiga xizmat qildi. Konstitutsiyaning 
hukumat faoliyatiga oid 98 - moddasining yangi tahririda, Vazirlar Mahkamasining 
konstitutsiyaviy maqomi va tarkibi, uning shakllantirilish tartibi, Bosh vazirning 
vazifa va vakolatlari, Prezidentning Vazirlar Mahkamasi faoliyatidagi ishtirokining 
ayrim jihatlari hamda ushbu organning ikki taraflama javobgarligi masalalarini 
tartibga soluvchi normalar o’z aksini topdi. Vazirlar Mahkamasi mamlakatda ijro 
hokimiyatini amalga oshirishi, Bosh vazir esa Vazirlar Mahkamasi Raisiga xos 
bo’lgan funksiyalarni bajarishi Konstitutsiyada belgilab qo’yildi. Demak, bu 
qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi. Ma’lumki, “jamiyat taraqqiyoti ko’p jihatdan hokimiyatni to’g’ri tashkil qilishga, boshqaruvda eng samarali vositalardan foydalanishga bog’liq”. Albatta, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ijro hokimiyati faoliyatini isloh qilish orqali uning vakolatlari, mas’uliyati va davlat hokimiyati tizimidagi mavqeini oshirishga qaratilgan islohotlarning izchillik bilan amalga oshirilayotganligi, tarixiy tajriba va milliy davlatchilik an’analarini hisobga olgan holda hokimiyatning to’g’ri tashkil qilinayotganligi haqida xulosaga kelishga asos bo’ladi. O’zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sharoitida Vazirlar Mahkamasi vakolatlari va mas’uliyatining kengayishiga oid munosabatlar o’rganilar ekan, mamlakatimizda 2002 - yil 27 - yanvarda o’tkazilgan umumxalq referendumining huquqiy, siyosiy va tarixiy ahamiyatini esdan chiqarmasligimiz zarur. Chunki ushbu referendum mamlakatimizda bevosita demokratiyaning muhim amaliy ifodasi bo’lib, uning natijasida milliy parlamentimiz bikameral tizimda qayta shakllantirildi, davlat rahbarining maqomi takomillashtirilib, Vazirlar Mahkamasining, jumladan, Bosh vazirning vakolatlari va mas’uliyati ortdi. 2003 - yil 24 - apreldagi “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunga ko’ra, Vazirlar Mahkamasining Raisi lavozimining tugatilishi Prezidentning aynan davlat boshlig’i sifatidagi maqomini yorqin namoyon qilib, o’z - o’zidan Hukumat faoliyatiga rahbarlik qiluvchi shaxs - Bosh vazirning ijro hokimiyatidagi rolini, shu bilan birga butun Vazirlar Mahkamasining davlat hokimiyati tizimidagi mavqeini yuksalishiga xizmat qildi. Konstitutsiyaning hukumat faoliyatiga oid 98 - moddasining yangi tahririda, Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy maqomi va tarkibi, uning shakllantirilish tartibi, Bosh vazirning vazifa va vakolatlari, Prezidentning Vazirlar Mahkamasi faoliyatidagi ishtirokining ayrim jihatlari hamda ushbu organning ikki taraflama javobgarligi masalalarini tartibga soluvchi normalar o’z aksini topdi. Vazirlar Mahkamasi mamlakatda ijro hokimiyatini amalga oshirishi, Bosh vazir esa Vazirlar Mahkamasi Raisiga xos bo’lgan funksiyalarni bajarishi Konstitutsiyada belgilab qo’yildi. Demak, bu
 
 
holatda, qonunchilikda “Vazirlar Mahkamasi Raisi” degan ibora o’rnini “Bosh 
vaziri” degan ibora egalladi, deb qayd etish o’rinli bo’ladi. Bosh vazir lavozimining 
tarixiga qisqacha to’xtaladigan bo’lsak, u eng avvalo 18 - asrda Angliyada vujudga 
kelganligini bilamiz. 18-asrning 1-choragida Angliya qiroli asli Gannoverlar 
sulolasidan bo’lgan qirol Georg I edi.U yurtga begona bo’lgan qirol bo’lib, ingliz 
tilini yaxshi bilmas, atrofidagi voqealar, hatto hukumat faoliyatidan ham bexabar 
edi. Bunday vaziyatda, hukumatdagi vazirlar orasidan bir vazirni qirol va hukumat 
o’rtasidagi munosabatlarni soddalashtirish uchun tayinlash zarur edi. Bu vazir 
birinchi (prime) vazir bo’lib hisoblanadigan bo’ldi. Keyinchalik Bosh vazir nafaqat 
birinchi vazir, balki hukumat boshlig’i sifatida e’tirof etiladigan bo’ldi. 
 
3. Saylov tizimi 
 
Saylov tizimi-demokratik davlatning asosiy belgisi. Saylov  demokratik 
davlatning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, u orqali mamlakatning taraqqiyoti va 
istiqboli namoyon bo‘ladi. Bu xalqning o‘z xohish-irodasini bildirishi, fuqarolarning 
davlat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etishining asosiy shaklidir. O‘z 
navbatida, saylovda qatnashish asosida faol fuqarolik pozitsiyasini ilgari surish 
xalqimizning yuksalib borayotgan siyosiy tafakkurini, ijtimoiy faolligi va elektoral 
madaniyatini namoyon qiladi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladigan 
saylovlarda saylovchilar o‘z tanlovlarini berilgan varaqaga yozib, saylov qutisiga 
tashlashadi. 
Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish 
organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil yetish vositasi. Fuqarolarning o‘z saylov 
huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok yetishining eng 
muhim shakllaridan biri. Saylov o‘tkazish tartibi va qoidalari, odatda, har bir 
davlatning 
konstitutsiyasi 
va 
boshqa 
konstitutsiyaviyhuquqiy 
hujjatlarda 
belgilanadi. Saylov turli ko‘rinishda bo‘ladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning 
vakillarigina ishtirok yetishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li 
bilan o‘tkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki 
holatda, qonunchilikda “Vazirlar Mahkamasi Raisi” degan ibora o’rnini “Bosh vaziri” degan ibora egalladi, deb qayd etish o’rinli bo’ladi. Bosh vazir lavozimining tarixiga qisqacha to’xtaladigan bo’lsak, u eng avvalo 18 - asrda Angliyada vujudga kelganligini bilamiz. 18-asrning 1-choragida Angliya qiroli asli Gannoverlar sulolasidan bo’lgan qirol Georg I edi.U yurtga begona bo’lgan qirol bo’lib, ingliz tilini yaxshi bilmas, atrofidagi voqealar, hatto hukumat faoliyatidan ham bexabar edi. Bunday vaziyatda, hukumatdagi vazirlar orasidan bir vazirni qirol va hukumat o’rtasidagi munosabatlarni soddalashtirish uchun tayinlash zarur edi. Bu vazir birinchi (prime) vazir bo’lib hisoblanadigan bo’ldi. Keyinchalik Bosh vazir nafaqat birinchi vazir, balki hukumat boshlig’i sifatida e’tirof etiladigan bo’ldi. 3. Saylov tizimi Saylov tizimi-demokratik davlatning asosiy belgisi. Saylov demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, u orqali mamlakatning taraqqiyoti va istiqboli namoyon bo‘ladi. Bu xalqning o‘z xohish-irodasini bildirishi, fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etishining asosiy shaklidir. O‘z navbatida, saylovda qatnashish asosida faol fuqarolik pozitsiyasini ilgari surish xalqimizning yuksalib borayotgan siyosiy tafakkurini, ijtimoiy faolligi va elektoral madaniyatini namoyon qiladi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladigan saylovlarda saylovchilar o‘z tanlovlarini berilgan varaqaga yozib, saylov qutisiga tashlashadi. Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil yetish vositasi. Fuqarolarning o‘z saylov huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok yetishining eng muhim shakllaridan biri. Saylov o‘tkazish tartibi va qoidalari, odatda, har bir davlatning konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatlarda belgilanadi. Saylov turli ko‘rinishda bo‘ladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigina ishtirok yetishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki
 
 
prezidentlikka saylash, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun saylov 
o‘tkazilishiga qarab yalpi yoki qisman saylov bo‘lishi mumkin. Hududiga qarab 
umumdavlat yoki mahalliy; o‘tkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan 
oldingi; bir partiyali, ko‘p partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil 
(agar yagona nomzod ko‘rsatilsa); to‘g‘ri yoki ko‘p bosqichli; asosiy yoki 
qo‘shimcha saylov o‘tkazilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident 
saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar 
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishlicha ularning konstitutsiyaviy 
vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-o‘n kunligining 1-yakshanbasida 
o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida 
yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi (yana qarang Saylov tizimi, Saylov 
huquqi) . 
2021-yil 8-fevral kuni qabul qilingan "Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish 
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunga binoan saylovlar oktyabr oyida 
o‘tkazilishi belgilandi. Ya’ni Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, 
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha 
ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi 
o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida 
edi) . Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan qonunning konsepsiya 
variantida saylovlarni mart oyiga ko‘chirish haqidagi taklif ham bo‘lgan. Fuqarolar 
bilan o‘tkazilgan semenar tadbirlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali kelib 
tushgan takliflarda ham mart, may, avgust va sentabr oylari qayd yetilgan. Biroq 
saylovlarni oktabr oyida o‘tkazish bo‘yicha 70 foizdan ortiq taklif fuqarolardan 
kelganligi bois shu oyga ko‘chirilgan . 
Aslida  saylov tizimi – jamiyatda davlatning vakillik organlarini saylash yo‘li 
bilan yuzaga keluvchi davlat siyosiy  munosabatlari tizimidir. Saylov tizimi iborasi, 
prezidentlikka saylash, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun saylov o‘tkazilishiga qarab yalpi yoki qisman saylov bo‘lishi mumkin. Hududiga qarab umumdavlat yoki mahalliy; o‘tkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, ko‘p partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod ko‘rsatilsa); to‘g‘ri yoki ko‘p bosqichli; asosiy yoki qo‘shimcha saylov o‘tkazilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishlicha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-o‘n kunligining 1-yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi (yana qarang Saylov tizimi, Saylov huquqi) . 2021-yil 8-fevral kuni qabul qilingan "Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunga binoan saylovlar oktyabr oyida o‘tkazilishi belgilandi. Ya’ni Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida edi) . Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan qonunning konsepsiya variantida saylovlarni mart oyiga ko‘chirish haqidagi taklif ham bo‘lgan. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan semenar tadbirlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushgan takliflarda ham mart, may, avgust va sentabr oylari qayd yetilgan. Biroq saylovlarni oktabr oyida o‘tkazish bo‘yicha 70 foizdan ortiq taklif fuqarolardan kelganligi bois shu oyga ko‘chirilgan . Aslida saylov tizimi – jamiyatda davlatning vakillik organlarini saylash yo‘li bilan yuzaga keluvchi davlat siyosiy munosabatlari tizimidir. Saylov tizimi iborasi,
 
 
shuningdek, deputatlik mandatlariga nomzodlar ko‘rsatish, deputatni saylash uchun 
yetarli bo‘lgan saylovchilar ovozining miqdori, deputatlik mandatlarining nomzod 
ko‘rsatgan siyosiy partiyalar o‘rtasida qanday taqsimlanishi, saylov natijalarini 
aniqlash tartibi kabi omillar yig‘indisini ham bildiradi. 
 Saylov tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: saylanadigan organlarni 
shakllantirishda ishtirok etish tamoyillari va shartlari; saylovlarni tashkil etish va 
o‘tkazish tartibi. Saylov tizimining quyidagi turlari mavjud: 1. Mojaritar saylov 
tizimi. 2. Proporsional saylov tizimi.         3. Aralash saylov tizimi. 
Majoritar saylov tizimida saylov okrugida ko‘pchilik ovoz olgan siyosiy 
partiyadan yoki tashabbuskor guruhdan bo‘lgan bir nomzod (bir mandatli okrugda) 
yoki bir necha nomzodlar (ko‘p mandatli okrugda) saylangan hisoblanadi. Ozchilik 
ovoziga ega bo‘lgan siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlar nomzodlari 
belgilangan  o‘rinlarga saylana olmaydi. Majoritar saylov tizimi ko‘pchilik ovozi 
prinsipiga asoslanadi. Ushbu saylov tizimida aksariyat hollarda nisbatan va mutlaq 
ko‘pchilik ovozlarning saylovlarda yutib chiqish qoidasi asos qilib olingan bo‘ladi. 
Respublikamizda ham ushbu saylov tizimidan bevosita saylovlar amaliyotida 
qo‘llaniladi. 
Proporsional saylov tizimi ko‘ppartiyaviylikka asoslanadi. Bu saylov tizimida 
har bir saylov okrugidagi mandatlarga ularning har birida to‘plangan ovozlar 
bevosita ta’sir qiladi. Odatda, bu tizimdagi saylovlarda xorijiy mamlakatlar 
tajribasida ovozlarning me’yoriy qismi belgilanadi. Bunga asosan u yoki bu siyosiy 
partiyaning nomzodlari ana shu belgilangan ovozlarni olgandan keyingina 
mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Bunday tizimda saylovchi amalda nomzod 
uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi.      
 Aralash saylov tizimida saylovchilar deputatlarning ayrim mikdorini majoritar 
saylov tizimi asosida, ayrimlarini esa proporsional saylov tizim asosida saylaydilar. 
Aralash tizimning qo‘llanilishi ikki turdagi deputatlarning saylanishiga olib keladi. 
Birinchisi, saylov okrugidagi saylovchilar bilan ancha bog‘liq bo‘lgan deputat 
bo‘lib, u saylovchilari oldida o‘z ma’suliyatini sezadi. Ikkinchisi, partiya ro‘yxati 
vositasida saylangan deputat bo‘lib, u ma’lum okrug saylovchilariga uncha tanish  
shuningdek, deputatlik mandatlariga nomzodlar ko‘rsatish, deputatni saylash uchun yetarli bo‘lgan saylovchilar ovozining miqdori, deputatlik mandatlarining nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar o‘rtasida qanday taqsimlanishi, saylov natijalarini aniqlash tartibi kabi omillar yig‘indisini ham bildiradi. Saylov tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: saylanadigan organlarni shakllantirishda ishtirok etish tamoyillari va shartlari; saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi. Saylov tizimining quyidagi turlari mavjud: 1. Mojaritar saylov tizimi. 2. Proporsional saylov tizimi. 3. Aralash saylov tizimi. Majoritar saylov tizimida saylov okrugida ko‘pchilik ovoz olgan siyosiy partiyadan yoki tashabbuskor guruhdan bo‘lgan bir nomzod (bir mandatli okrugda) yoki bir necha nomzodlar (ko‘p mandatli okrugda) saylangan hisoblanadi. Ozchilik ovoziga ega bo‘lgan siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlar nomzodlari belgilangan o‘rinlarga saylana olmaydi. Majoritar saylov tizimi ko‘pchilik ovozi prinsipiga asoslanadi. Ushbu saylov tizimida aksariyat hollarda nisbatan va mutlaq ko‘pchilik ovozlarning saylovlarda yutib chiqish qoidasi asos qilib olingan bo‘ladi. Respublikamizda ham ushbu saylov tizimidan bevosita saylovlar amaliyotida qo‘llaniladi. Proporsional saylov tizimi ko‘ppartiyaviylikka asoslanadi. Bu saylov tizimida har bir saylov okrugidagi mandatlarga ularning har birida to‘plangan ovozlar bevosita ta’sir qiladi. Odatda, bu tizimdagi saylovlarda xorijiy mamlakatlar tajribasida ovozlarning me’yoriy qismi belgilanadi. Bunga asosan u yoki bu siyosiy partiyaning nomzodlari ana shu belgilangan ovozlarni olgandan keyingina mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Bunday tizimda saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi. Aralash saylov tizimida saylovchilar deputatlarning ayrim mikdorini majoritar saylov tizimi asosida, ayrimlarini esa proporsional saylov tizim asosida saylaydilar. Aralash tizimning qo‘llanilishi ikki turdagi deputatlarning saylanishiga olib keladi. Birinchisi, saylov okrugidagi saylovchilar bilan ancha bog‘liq bo‘lgan deputat bo‘lib, u saylovchilari oldida o‘z ma’suliyatini sezadi. Ikkinchisi, partiya ro‘yxati vositasida saylangan deputat bo‘lib, u ma’lum okrug saylovchilariga uncha tanish
 
 
bo‘lmasligi mumkin, chunki saylovchi ovoz berganda alohida nomzod uchun emas, 
balki partiya ro‘yxati uchun ovoz beradi. Natijada, saylangan deputat o‘zini 
muayyan saylov okrugi saylovchilari oldida emas, balki uni ro‘yxatga kiritgan 
partiya rahbarlari oldida hisobdor sezadi. 
Saylov tizimining o‘ziga  xos jihatlari. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri saylov huquqi asosida  yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. 
 Umumiy saylov huquqi prinsipi. Bu prinsipga ko‘ra, fuqarolar jinsi, irqiy va 
milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy 
va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar 
saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat 
tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida 
muqim yashagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga yigirma besh yoshga 
to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim 
yashayotgan fuqarolar egadirlar. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
Kengashlariga, saylov kunigacha yigirma bir yoshga to‘lgan O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar. Sud tomonidan muomalaga 
layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum 
etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovlarda 
qatnashmaydilar.         
  Teng saylov prinsipi. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. Har bir 
saylovchining tegishli saylov uchastkasida ro‘yxatga olinishi va shu yerdagina ovoz 
berishi mumkinligining o‘rnatilishi teng saylov huquqini kafolatlaydi. Tenglik 
saylashda ham, saylanishda ham bevosita ta’minlanadi. 
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov prinsipi. Bu davlat hokimiyati vakillik organlariga 
saylov to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilishini bildiradi. Saylovchilar nomzodlarga saylov 
vaqtida bevosita ijobiy yoki qarshi ovoz berishlari mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
bo‘lmasligi mumkin, chunki saylovchi ovoz berganda alohida nomzod uchun emas, balki partiya ro‘yxati uchun ovoz beradi. Natijada, saylangan deputat o‘zini muayyan saylov okrugi saylovchilari oldida emas, balki uni ro‘yxatga kiritgan partiya rahbarlari oldida hisobdor sezadi. Saylov tizimining o‘ziga xos jihatlari. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan- to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Umumiy saylov huquqi prinsipi. Bu prinsipga ko‘ra, fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga, saylov kunigacha yigirma bir yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovlarda qatnashmaydilar. Teng saylov prinsipi. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. Har bir saylovchining tegishli saylov uchastkasida ro‘yxatga olinishi va shu yerdagina ovoz berishi mumkinligining o‘rnatilishi teng saylov huquqini kafolatlaydi. Tenglik saylashda ham, saylanishda ham bevosita ta’minlanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov prinsipi. Bu davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilishini bildiradi. Saylovchilar nomzodlarga saylov vaqtida bevosita ijobiy yoki qarshi ovoz berishlari mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
 
 
saylov huquqlarining amalga oshirilishi saylovchilarning deputat bilan bevosita 
aloqasini kuchaytiradi. 
  Yashirin ovoz berish prinsipi. O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, 
hokimiyatning vakillik organlariga saylovlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan 
o‘tkaziladi. Yashirin ovoz berish saylovchining o‘z irodasini bildirish ustidan 
nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaslikni nazarda tutadi. 
  Saylov jarayonlarini amalga oshirishda quyidagi asosiy huquqiy manbalardan 
foydalaniladi. Bular  “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovi to‘g‘risida”gi,  ”Xalq deputatlari 
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston 
Respublikasi “Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi , ”Fuqarolar saylov 
huquqlarining  kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlardir . 
   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga va boshqa vakillik organlariga  saylovlarni tayyorlash va ularni o‘tkazish 
ochiq va oshkoralik asosida amalga oshiriladi. Saylovlarning oshkoralik prinsipi 
asosida o‘tkazilishini ta’minlab beruvchi muhim bir jarayon – saylovchilarning 
respublika Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni va hokimiyatning vakillik 
organlariga ko‘rsatilgan nomzodlarni yoqlab yoki ularga qarshi tashviqot yuritish 
huquqiga egaligidir. 
O‘zbekistonda siyosiy, davlat va huquqiy sohalarning izchil, bosqichma-
bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida eng yuksak demokratik talablarga javob 
beradigan saylov tizimi yaratildi. Xususan, so‘nggi besh yilda saylov qonunchiligini 
izchil takomillashtirish hamda saylov o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi 
bosqichga ko‘tarildi. 
Bunda saylov qonunchiligi xalqaro umume’tirof etilgan tamoyillar, nufuzli 
xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va xalq fikri asosida takomiliga yetkazildi hamda 
mamlakatdagi demokratik islohotlar bilan uyg‘unlashtirildi. 
Yangilangan Konstitutsiyamizning XXII bobida saylov tizimiga oid asosiy 
qoidalar mustahkamlandi. Xususan, Bosh qonunimizga ko‘ra, O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va 
saylov huquqlarining amalga oshirilishi saylovchilarning deputat bilan bevosita aloqasini kuchaytiradi. Yashirin ovoz berish prinsipi. O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlariga saylovlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Yashirin ovoz berish saylovchining o‘z irodasini bildirish ustidan nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaslikni nazarda tutadi. Saylov jarayonlarini amalga oshirishda quyidagi asosiy huquqiy manbalardan foydalaniladi. Bular “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovi to‘g‘risida”gi, ”Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi “Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi , ”Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlardir . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va boshqa vakillik organlariga saylovlarni tayyorlash va ularni o‘tkazish ochiq va oshkoralik asosida amalga oshiriladi. Saylovlarning oshkoralik prinsipi asosida o‘tkazilishini ta’minlab beruvchi muhim bir jarayon – saylovchilarning respublika Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni va hokimiyatning vakillik organlariga ko‘rsatilgan nomzodlarni yoqlab yoki ularga qarshi tashviqot yuritish huquqiga egaligidir. O‘zbekistonda siyosiy, davlat va huquqiy sohalarning izchil, bosqichma- bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida eng yuksak demokratik talablarga javob beradigan saylov tizimi yaratildi. Xususan, so‘nggi besh yilda saylov qonunchiligini izchil takomillashtirish hamda saylov o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bunda saylov qonunchiligi xalqaro umume’tirof etilgan tamoyillar, nufuzli xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va xalq fikri asosida takomiliga yetkazildi hamda mamlakatdagi demokratik islohotlar bilan uyg‘unlashtirildi. Yangilangan Konstitutsiyamizning XXII bobida saylov tizimiga oid asosiy qoidalar mustahkamlandi. Xususan, Bosh qonunimizga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va
 
 
saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, 
o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. 
Endilikda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, 
shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga 
ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok 
etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum 
etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi qonstitutsion norma 
sifatida belgilandi. 
Konstitutsiyaning takomillashtirilishi asosida saylov jarayonlari bilan bog‘liq 
bunday normalar mustahkamlanishi saylovning qonuniylik, ochiqlik va oshkoralik 
tamoyillari asosida, jahonda umume’tirof etilgan demokratik standartlarga mos 
holda o‘tishini, fuqarolarning saylov huquqi kafolatlarini hamda davlat va jamiyat 
boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengroq ta’minlashga xizmat qiladi. 
Milliy saylov qonunchiligini kodifikatsiyalashtirilishining ahamiyati.Milliy 
saylov qonunchiligimizning o‘ziga xos jihati saylov jarayonlariga oid barcha 
normalarning kodifikatsiyalashtirilganidir. 
Saylov kodeksi va saylov tizimidagi islohotlar. Xususan, Saylov kodeksi 
saylov huquqiga oid ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va huquqiy kafolatlar 
tizimini mustahkamlash bilan birga fuqarolarning saylov huquqini amalga oshirishni 
ta’minlovchi shart-sharoit va mexanizmlarni yaratishga oid huquqiy normalarni 
o‘zida aks ettiradi. 
Saylov qonunchiligi kodeks shakliga keltirilgunga qadar mazkur tizimda bir 
vaqtning o‘zida beshta qonun parallel ravishda amal qilardi. Ushbu normativ-
huquqiy hujjatlarning ayrim normalari bir-biriga zid bo‘lib, turli huquqiy kolliziya 
mavjud edi. 
Mazkur holat esa saylov komissiyalari, ayniqsa, chekka joylardagi uchastka 
saylov komissiyalari a’zolari muayyan vaziyatda qanday yo‘l tutishni bilmay, turli 
noaniqliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. 
saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. Endilikda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi qonstitutsion norma sifatida belgilandi. Konstitutsiyaning takomillashtirilishi asosida saylov jarayonlari bilan bog‘liq bunday normalar mustahkamlanishi saylovning qonuniylik, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida, jahonda umume’tirof etilgan demokratik standartlarga mos holda o‘tishini, fuqarolarning saylov huquqi kafolatlarini hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengroq ta’minlashga xizmat qiladi. Milliy saylov qonunchiligini kodifikatsiyalashtirilishining ahamiyati.Milliy saylov qonunchiligimizning o‘ziga xos jihati saylov jarayonlariga oid barcha normalarning kodifikatsiyalashtirilganidir. Saylov kodeksi va saylov tizimidagi islohotlar. Xususan, Saylov kodeksi saylov huquqiga oid ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va huquqiy kafolatlar tizimini mustahkamlash bilan birga fuqarolarning saylov huquqini amalga oshirishni ta’minlovchi shart-sharoit va mexanizmlarni yaratishga oid huquqiy normalarni o‘zida aks ettiradi. Saylov qonunchiligi kodeks shakliga keltirilgunga qadar mazkur tizimda bir vaqtning o‘zida beshta qonun parallel ravishda amal qilardi. Ushbu normativ- huquqiy hujjatlarning ayrim normalari bir-biriga zid bo‘lib, turli huquqiy kolliziya mavjud edi. Mazkur holat esa saylov komissiyalari, ayniqsa, chekka joylardagi uchastka saylov komissiyalari a’zolari muayyan vaziyatda qanday yo‘l tutishni bilmay, turli noaniqliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
 
 
Kodeks qabul qilingach, milliy saylov qonunchiligi va amaliyotida ayrim 
bo‘shliqlar va yechimini kutayotgan muammolar hamda turli noaniqlik va 
ovoragarchiliklar barham topganini nafaqat milliy saylov amaliyotchilari, balki 
xalqaro ekspertlar ham keng e’tirof etdi. 
Milliy 
saylov 
tizimimiz 
umumjahon 
talablari 
va 
tendensiyalariga 
muvofiqlashtirildi. Kodeks kuchga kiritilishi munosabati bilan o‘ttizga yaqin qonun 
bekor qilindi hamda qonunosti hujjatlarga keyinchalik kiritilgan o‘zgartish va 
qo‘shimchalar, shuningdek, ba’zi hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotdi.  
Chunonchi,  Yangi Konstitutsiyaning 128-moddasida keltirilganidek: 
“O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga 
saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz 
berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan 
kafolatlanadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
saylovi, 
O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati 
vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati 
tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida 
o‘tkaziladi, bundan ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov 
o‘tkazish hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov 
huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston 
Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga ega. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
muddatidan 
ilgari 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, 
viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining 
tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida 
ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. 
Tabiiyki, 129-moddada qayd etilganidek: “O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyatlar, tumanlar, 
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, shuningdek 
Kodeks qabul qilingach, milliy saylov qonunchiligi va amaliyotida ayrim bo‘shliqlar va yechimini kutayotgan muammolar hamda turli noaniqlik va ovoragarchiliklar barham topganini nafaqat milliy saylov amaliyotchilari, balki xalqaro ekspertlar ham keng e’tirof etdi. Milliy saylov tizimimiz umumjahon talablari va tendensiyalariga muvofiqlashtirildi. Kodeks kuchga kiritilishi munosabati bilan o‘ttizga yaqin qonun bekor qilindi hamda qonunosti hujjatlarga keyinchalik kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shuningdek, ba’zi hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotdi. Chunonchi, Yangi Konstitutsiyaning 128-moddasida keltirilganidek: “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi, bundan ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov o‘tkazish hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Tabiiyki, 129-moddada qayd etilganidek: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, shuningdek
 
 
O‘zbekiston Respublikasining referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari 
mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari 
tizimiga boshchilik qiladi, o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi hamda o‘z 
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal 
qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va 
Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan komissiya a’zolari orasidan besh 
yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki 
muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi 
etib saylanishi mumkin emas”. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb 
topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida 
saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. 
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir 
va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan 
mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan 
faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. 
Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki 
bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir 
vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bo‘lishi 
mumkin emas.Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”. 
Xalqaro saylov standartlariga mos, puxta, ixcham va yaxlit shaklda qabul 
qilingan 
bunday 
mukammal 
Saylov 
kodeksidan 
shu 
paytgacha 
milliy 
O‘zbekiston Respublikasining referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan komissiya a’zolari orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi etib saylanishi mumkin emas”. Shuni alohida ta’kidlash joizki, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emas.Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”. Xalqaro saylov standartlariga mos, puxta, ixcham va yaxlit shaklda qabul qilingan bunday mukammal Saylov kodeksidan shu paytgacha milliy
 
 
saylovchiligimizda bo‘lmagan o‘nlab yangi norma va qoida joy oldi, amaldagi ayrim 
byurokratik tartib-qoidalar bekor qilindi. 
Har bir saylovchi – diqqat-e’tiborda.Mamlakatimizda davlat siyosatining 
o‘ziga xos jihati O‘zbekiston fuqarolarining qaerda yashab turganidan qat’i nazar, 
davlat himoyasida bo‘lishi, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini 
ta’minlashga yo‘naltirilganidir. Aynan 2019 yildagi saylovda xorijda istiqomat qilib 
turgan saylov yoshidagi barcha vatandoshlarimiz uchun ilk bor ovoz berish 
imkoniyati yaratilgani ana shunday yuksak e’tiborning amaldagi ifodasi bo‘ldi. 
Avvallari bunday siyosiy tadbirlarda faqat konsullik vakolatxonalaridan 
rasman ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar qatnashgan. 
Saylov kodeksida ilk bor chet davlatlarda yashab turgan O‘zbekiston 
fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo‘lishi yoki 
bo‘lmasligidan qat’i nazar, saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi, xorijiy 
mamlakatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida ko‘chma qutilar 
orqali ovoz berishning huquqiy asoslari mustahkamlandi. 
Vatandoshlarimiz uchun chet eldagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik 
muassasalari huzurida tashkil etiladigan saylov uchastkalarining saylovchilar 
ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha elektron murojaat qilish imkonini beruvchi 
saylov.mfa.uz kommunikatsion tizimi ishga tushdi . 
Saylov jarayonida suiiste’molchilik, tanish-bilishchilik kabi salbiy holatlarning 
oldini olish maqsadida qonunchilikda “uchastka saylov komissiyasi a’zolarining 
yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas”ligi alohida qayd 
etilgan. 
Biroq shifoxonalar, dam olish uylari, harbiy qismlar, chet ellardagi diplomatik 
vakolatxonalar kabi muassasalarda, ularning qat’iy ichki tartib-qoidalari talablaridan 
kelib chiqib, saylov uchastkasi a’zolarini bunday tartibda tuzish qiyinligi amaliyotda 
muammolarni keltirib chiqarar edi. 
Shu sababli, kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mazkur qoida endilikda chet 
davlatlardagi diplomatik muassasalar huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va 
dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash 
saylovchiligimizda bo‘lmagan o‘nlab yangi norma va qoida joy oldi, amaldagi ayrim byurokratik tartib-qoidalar bekor qilindi. Har bir saylovchi – diqqat-e’tiborda.Mamlakatimizda davlat siyosatining o‘ziga xos jihati O‘zbekiston fuqarolarining qaerda yashab turganidan qat’i nazar, davlat himoyasida bo‘lishi, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga yo‘naltirilganidir. Aynan 2019 yildagi saylovda xorijda istiqomat qilib turgan saylov yoshidagi barcha vatandoshlarimiz uchun ilk bor ovoz berish imkoniyati yaratilgani ana shunday yuksak e’tiborning amaldagi ifodasi bo‘ldi. Avvallari bunday siyosiy tadbirlarda faqat konsullik vakolatxonalaridan rasman ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar qatnashgan. Saylov kodeksida ilk bor chet davlatlarda yashab turgan O‘zbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi, xorijiy mamlakatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida ko‘chma qutilar orqali ovoz berishning huquqiy asoslari mustahkamlandi. Vatandoshlarimiz uchun chet eldagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari huzurida tashkil etiladigan saylov uchastkalarining saylovchilar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha elektron murojaat qilish imkonini beruvchi saylov.mfa.uz kommunikatsion tizimi ishga tushdi . Saylov jarayonida suiiste’molchilik, tanish-bilishchilik kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida qonunchilikda “uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas”ligi alohida qayd etilgan. Biroq shifoxonalar, dam olish uylari, harbiy qismlar, chet ellardagi diplomatik vakolatxonalar kabi muassasalarda, ularning qat’iy ichki tartib-qoidalari talablaridan kelib chiqib, saylov uchastkasi a’zolarini bunday tartibda tuzish qiyinligi amaliyotda muammolarni keltirib chiqarar edi. Shu sababli, kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mazkur qoida endilikda chet davlatlardagi diplomatik muassasalar huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash
 
 
muassasalarida va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil qilingan saylov 
uchastkalariga tatbiq qilinmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi  Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarni, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish 
uchun tuziladi hamda o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi. Markaziy 
saylov komissiyasining tarkibi Oliy Majlis palatalari tomonidan tuziladi. 
 Saylov jarayonlarida okrug saylov  komissiyasining hamda uchastka saylov 
komissiyasining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Okrug saylov komissiyasi  
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida 
tuziladi. Uchastka  saylov komissiyasi  saylovga qirq  kun qolganida okrug saylov 
komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov  komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish  
va  uni o‘tkazish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  masalalar yuzasidan  davlat  hamda jamoat  
birlashmalari  organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor 
shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega hamda uch kun ichida murojaatga javob 
qaytarishlari shart. 
      Saylovoldi tashviqoti nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 
ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Nomzodlarga Markaziy saylov 
komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalaridan 
foydalanishda teng huquq beriladi. Mahalliy hokimiyat organlari va jamoat 
tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
nomzodlarga yig‘ilishlar o‘tkazish uchun jihozlangan binolar ajratishlari, 
nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni tashkil etishda, zarur 
ma’lumot va axborot materiallari olishda yordam ko‘rsatishlari shart. 
 Siyosiy partiyalar va tashabbuskor guruhlar nomzodlarining dasturlari 
davlatning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan bo‘lmasligi, 
ularda urush, milliy, irqiy va diniy adovat targ‘iboti, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik 
bilan o‘zgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini  
kamsituvchi  xatti-harakatlarga da’vat bo‘lmasligi kerak. Nomzod qilib ro‘yxatga  
muassasalarida va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil qilingan saylov uchastkalariga tatbiq qilinmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun tuziladi hamda o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi. Markaziy saylov komissiyasining tarkibi Oliy Majlis palatalari tomonidan tuziladi. Saylov jarayonlarida okrug saylov komissiyasining hamda uchastka saylov komissiyasining faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida tuziladi. Uchastka saylov komissiyasi saylovga qirq kun qolganida okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan davlat hamda jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega hamda uch kun ichida murojaatga javob qaytarishlari shart. Saylovoldi tashviqoti nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Nomzodlarga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Mahalliy hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari nomzodlarga yig‘ilishlar o‘tkazish uchun jihozlangan binolar ajratishlari, nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni tashkil etishda, zarur ma’lumot va axborot materiallari olishda yordam ko‘rsatishlari shart. Siyosiy partiyalar va tashabbuskor guruhlar nomzodlarining dasturlari davlatning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan bo‘lmasligi, ularda urush, milliy, irqiy va diniy adovat targ‘iboti, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlarga da’vat bo‘lmasligi kerak. Nomzod qilib ro‘yxatga
 
 
olingan shaxs saylovchilar  bilan uchrashuvlar o‘tkazish, televidenie ko‘rsatuvlari 
va radio eshittirishlarida  qatnashish  huquqiga  ega. 
Bundan tashqari, Saylov kodeksi imkoniyati cheklangan shaxslarning ovoz 
berish yo‘li bilan mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish huquqlarini 
amalga oshirishi uchun barcha mexanizmlarni o‘zida mujassam etdi. Ya’ni saylov 
kuni ovoz berish binolaridagi texnologik jihozlar — jadvallar, kabinalar va ovoz 
berish qutilari nogironlar aravachasidan foydalanuvchilar ehtiyojlarini hisobga 
olgan holda o‘rnatilishi lozimligi mustahkamlandi. 
Shu bilan birga, agar sog‘lig‘i yoki nogironligi tufayli saylovchi o‘z xohish-
irodasini erkin ifoda etish uchun saylov uchastkasining ovoz berish xonasiga kela 
olmasa, unga ovoz berish xonasidan (saylov uchastkasidan) tashqarida, yashash 
joyida ovoz berish huquqidan foydalanish imkoniyati yaratiladi. 
Yangilangan Konstitutsiya saylov tizimida yangi bosqich. Bu, o‘z navbatida, 
zamonaviy saylov qonunchiliging muhim jihati ko‘rinishida jamiyatimizning a’zosi 
sifatida nogironligi mavjud fuqarolarimiz ham boshqalar bilan teng ravishda siyosiy 
va ijtimoiy hayotda bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali samarali va har 
taraflama ishtirok etishi, jumladan, saylash va saylanish huquqlariga oid 
imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. 
Saylov qonunchiligimizda har bir saylovchining huquq va erkinliklari inobatga 
olingani jarayonlarda siyosiy huquqga ega har bir shaxsning o‘z saylov huquqlarini 
hech to‘sqinliksiz amalga oshirishi, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokining eng 
muhim kafolatlaridan biridir. 
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati Saylovning ko‘ppartiyaviylik va 
muqobillik, oshkoralik va transparentlik tamoyillari asosida, demokratik saylov 
talablariga muvofiq o‘tishini ta’minlash zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan 
holda jarayonlarni raqamlashtirish masalalariga bog‘liqdir. 
Jumladan, Saylov kodeksida respublika miqyosida saylovchilarning ro‘yxati 
elektron tarzda tuzilishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur ro‘yxatni tuzish, unga 
o‘zgartishlar kiritish va yangilab turish saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi 
yordamida amalga oshiriladi. 
olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, televidenie ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish huquqiga ega. Bundan tashqari, Saylov kodeksi imkoniyati cheklangan shaxslarning ovoz berish yo‘li bilan mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish huquqlarini amalga oshirishi uchun barcha mexanizmlarni o‘zida mujassam etdi. Ya’ni saylov kuni ovoz berish binolaridagi texnologik jihozlar — jadvallar, kabinalar va ovoz berish qutilari nogironlar aravachasidan foydalanuvchilar ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘rnatilishi lozimligi mustahkamlandi. Shu bilan birga, agar sog‘lig‘i yoki nogironligi tufayli saylovchi o‘z xohish- irodasini erkin ifoda etish uchun saylov uchastkasining ovoz berish xonasiga kela olmasa, unga ovoz berish xonasidan (saylov uchastkasidan) tashqarida, yashash joyida ovoz berish huquqidan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Yangilangan Konstitutsiya saylov tizimida yangi bosqich. Bu, o‘z navbatida, zamonaviy saylov qonunchiliging muhim jihati ko‘rinishida jamiyatimizning a’zosi sifatida nogironligi mavjud fuqarolarimiz ham boshqalar bilan teng ravishda siyosiy va ijtimoiy hayotda bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali samarali va har taraflama ishtirok etishi, jumladan, saylash va saylanish huquqlariga oid imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Saylov qonunchiligimizda har bir saylovchining huquq va erkinliklari inobatga olingani jarayonlarda siyosiy huquqga ega har bir shaxsning o‘z saylov huquqlarini hech to‘sqinliksiz amalga oshirishi, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokining eng muhim kafolatlaridan biridir. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati Saylovning ko‘ppartiyaviylik va muqobillik, oshkoralik va transparentlik tamoyillari asosida, demokratik saylov talablariga muvofiq o‘tishini ta’minlash zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda jarayonlarni raqamlashtirish masalalariga bog‘liqdir. Jumladan, Saylov kodeksida respublika miqyosida saylovchilarning ro‘yxati elektron tarzda tuzilishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur ro‘yxatni tuzish, unga o‘zgartishlar kiritish va yangilab turish saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi yordamida amalga oshiriladi.
 
 
O‘z navbatida, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati vakolatli davlat 
organlarining axborot bazalariga muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va 
vaqtincha yashash joylari manzillari haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan davlat 
axborot resursi hisoblanadi. 
Aynan saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati va Saylov jarayonini 
boshqarish axborot tizimini yanada takomillashtirish orqali fuqarolarning doimiy va 
vaqtinchalik yashash joylari, hududlar, ko‘chalar, uylar va xonadonlarning nomlari 
hamda raqamlarining elektron shaklda aniq-ravshan belgilanishiga imkon yaratiladi. 
Bu shunchaki saylovchilar haqidagi ma’lumotlar bazasi emas, balki saylovning 
tenglik prinsipini ta’minlashga xizmat qiladigan vosita hamdir. Chunki mazkur 
axborot tizimi va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati orqali fuqarolarning 
faqat bir marotaba ovoz berganini nazoratga olish imkoniyati mavjud bo‘ladi. 
Ayniqsa, yuqori migratsiya sharoitida saylovchining tegishli saylov okrugiga 
biriktirish va “bir saylovchi – bir ovoz” qoidasini amalda qo‘llashni ta’minlovchi 
tizimni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tartibotga ko‘ra, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati barcha saylov 
uchastkalari kesimida tegishli uchastka komissiyalariga onlayn tarzda yetkaziladi. 
Shunday bo‘lsa-da, har bir uchastka saylov komissiyasi uchastka hududida 
yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan ro‘yxatga aniqlik kiritadi. 
Qonunga muvofiq, saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga 
to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki 
vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga 
kiritiladi. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin 
bo‘ladi. 
Bunday tizim o‘rnatilmasidan avval bir saylovchining ham doimiy ro‘yxatda, 
ham vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidan turib ovoz berish holatlari natijasida 
fuqarolarning teng saylov huquqi, ya’ni saylovda bitta ovozga egaligi tamoyilining 
buzilish holatlari kuzatilishi mumkin edi. 
Shu asosda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati fuqarolarning teng 
saylov huquqi prinsipini ro‘yobga chiqarib fuqarolarimizga davlat boshqaruvida 
O‘z navbatida, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati vakolatli davlat organlarining axborot bazalariga muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan davlat axborot resursi hisoblanadi. Aynan saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini yanada takomillashtirish orqali fuqarolarning doimiy va vaqtinchalik yashash joylari, hududlar, ko‘chalar, uylar va xonadonlarning nomlari hamda raqamlarining elektron shaklda aniq-ravshan belgilanishiga imkon yaratiladi. Bu shunchaki saylovchilar haqidagi ma’lumotlar bazasi emas, balki saylovning tenglik prinsipini ta’minlashga xizmat qiladigan vosita hamdir. Chunki mazkur axborot tizimi va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati orqali fuqarolarning faqat bir marotaba ovoz berganini nazoratga olish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Ayniqsa, yuqori migratsiya sharoitida saylovchining tegishli saylov okrugiga biriktirish va “bir saylovchi – bir ovoz” qoidasini amalda qo‘llashni ta’minlovchi tizimni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Tartibotga ko‘ra, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati barcha saylov uchastkalari kesimida tegishli uchastka komissiyalariga onlayn tarzda yetkaziladi. Shunday bo‘lsa-da, har bir uchastka saylov komissiyasi uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan ro‘yxatga aniqlik kiritadi. Qonunga muvofiq, saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin bo‘ladi. Bunday tizim o‘rnatilmasidan avval bir saylovchining ham doimiy ro‘yxatda, ham vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidan turib ovoz berish holatlari natijasida fuqarolarning teng saylov huquqi, ya’ni saylovda bitta ovozga egaligi tamoyilining buzilish holatlari kuzatilishi mumkin edi. Shu asosda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati fuqarolarning teng saylov huquqi prinsipini ro‘yobga chiqarib fuqarolarimizga davlat boshqaruvida
 
 
saylov orqali ishtirok etishdek siyosiy huquqlaridan foydalanishda aniqlik va 
qulaylikni ta’minlaydi. 
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning zamonaviy saylov qonunchiligi  
demokratik tamoyillar, umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga, erkin va adolatli 
saylov mezonlariga muvofiqdir.Zero, mamlakatimiz saylov tizimi huquqiy asoslari 
milliy qadriyatlarimizga tayanilgan holda xalqaro tamoyillar, ilg‘or xorijiy 
mamlakatlar qonunchiligi va amaliyotini o‘rganish hamda mustaqillik yillarida 
mamlakatimizda o‘tkazilgan saylovlar tajribasining tahlili natijasida tadrijiy 
takomillashtirilib borilmoqda. 
 
4. Sud hokimiyati. 
 
Mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq 
va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlash hamda odil sudlovga erishish 
darajasini oshirish – sud-huquq tizimini isloh qilish borasida davlat siyosatining 
ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. 
O'zbekiston Respublikasini rivojlanishida sud hokimiyatining chinakam 
mustaqilligini ta'minlash, sud tizimini demokratlashtirish hamda fuqarolarning 
huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, 
qonuniylikni mustahkamlash mazkur sohadagi islohotlarning ustuvor yo'nalishi etib 
belgilandi. Bu chuqur ramziy ma'noga ega. Chunki, sud hokimiyati davlat 
hokimiyatining alohida mustaqil tarmog'i bo'lib, u jamiyat hayotida odil sudlovni 
amalga oshirishga safarbar etilgan. Odil sudlov o'z mohiyatiga ko'ra, davlat faoliyati 
hisoblanadi, bunda vakolatli sud muassasasi huquq normalari talablarini buzish 
oqibatida kelib chiquvchi nizoli holatlarni muhokama etib, tegishli huquqiy yechim 
topadi. Demokratik huquqiy davlatda qonun davlat idoralari, fuqarolarning turli-
tuman uyushmalari va alohida shaxslar o'rtasidagi munosabatlarning mezonidir. 
Mazkur munosabatlarning qonun doirasida kechishini va hal etilishini ta'minlash sud 
hokimiyati zimmasiga yuklatilgan. Odil sudlovning oliy maqsadi: kuch va 
zo'ravonlik g'oyasini – huquq va adolat g'oyalari bilan almashtirishdan iborat. 
saylov orqali ishtirok etishdek siyosiy huquqlaridan foydalanishda aniqlik va qulaylikni ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning zamonaviy saylov qonunchiligi demokratik tamoyillar, umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga, erkin va adolatli saylov mezonlariga muvofiqdir.Zero, mamlakatimiz saylov tizimi huquqiy asoslari milliy qadriyatlarimizga tayanilgan holda xalqaro tamoyillar, ilg‘or xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va amaliyotini o‘rganish hamda mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘tkazilgan saylovlar tajribasining tahlili natijasida tadrijiy takomillashtirilib borilmoqda. 4. Sud hokimiyati. Mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish – sud-huquq tizimini isloh qilish borasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasini rivojlanishida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash, sud tizimini demokratlashtirish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, qonuniylikni mustahkamlash mazkur sohadagi islohotlarning ustuvor yo'nalishi etib belgilandi. Bu chuqur ramziy ma'noga ega. Chunki, sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida mustaqil tarmog'i bo'lib, u jamiyat hayotida odil sudlovni amalga oshirishga safarbar etilgan. Odil sudlov o'z mohiyatiga ko'ra, davlat faoliyati hisoblanadi, bunda vakolatli sud muassasasi huquq normalari talablarini buzish oqibatida kelib chiquvchi nizoli holatlarni muhokama etib, tegishli huquqiy yechim topadi. Demokratik huquqiy davlatda qonun davlat idoralari, fuqarolarning turli- tuman uyushmalari va alohida shaxslar o'rtasidagi munosabatlarning mezonidir. Mazkur munosabatlarning qonun doirasida kechishini va hal etilishini ta'minlash sud hokimiyati zimmasiga yuklatilgan. Odil sudlovning oliy maqsadi: kuch va zo'ravonlik g'oyasini – huquq va adolat g'oyalari bilan almashtirishdan iborat.
 
 
130-modda. O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan 
amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan 
mustaqil holda ish yuritadi. 
Sud – bu davlat tomonidan o'rnatilgan qonunlarning buzilishiga qarshi yuridik 
sanksiyalar qo'llash yordamida jazo tayinlaydigan davlat organidir. Shu sababdan 
sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash, uni fuqarolar huquq va erkinliklarini 
ishonchli himoya qila oladigan mustaqil davlat institutiga aylantirish erkin fuqarolik 
jamiyati qurishning eng muhim shartlaridan biri sanaladi. 
Davlatchilikning muhim atributi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan sudlar 
bundan 3-3,5 ming yil avval ham mavjud bo'lgani manbalarda keltirilgan. Biroq, 
uning tarixi qanchalik ko'hna bo'lmasin, zamon talablariga muvofiq takomillashib 
borishi zarur. 
Sud hokimiyati davlat hokimiyati bo'linishiga ko'ra, qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlardan alohida faoliyat yuritadi. Sud orqali inson huquq va 
erkinliklarini ishonchli himoya qilishga asoslangan konstitusiyaviy prinsipga qat'iy 
rioya etilishi sud-huquq islohotlarida markaziy o'rinni egallaydi. 
 
Demokratik jamiyatda sud davlat hokimiyatining to'laqonli, teng huquqli 
subyektidir. Sud – adolat, adliya etuvchi ijtimoiy institut. Sud – insoniyat aql 
zakovatining butun sivilizasiya tarixi davomida yaratgan eng buyuk yutug'idir. Zero, 
sud ijtimoiy nizolarni o'rnatilgan qonun-qoidalar asosida xolis va oshkora 
muhokama tarzida hal etishni ta'minlaydi. Sud – qonuniylik va huquqiy tartibotni 
o'rnatishning o'ta nozik sayqal topgan, eng takomiliga yetgan vositasidir. 
131-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi va sudlar faoliyatining 
tartibi qonun bilan belgilanadi. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
2021-yil 28-iyulda yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi 
Qonunning 2-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi: 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; 
130-modda. O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi. Sud – bu davlat tomonidan o'rnatilgan qonunlarning buzilishiga qarshi yuridik sanksiyalar qo'llash yordamida jazo tayinlaydigan davlat organidir. Shu sababdan sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash, uni fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qila oladigan mustaqil davlat institutiga aylantirish erkin fuqarolik jamiyati qurishning eng muhim shartlaridan biri sanaladi. Davlatchilikning muhim atributi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan sudlar bundan 3-3,5 ming yil avval ham mavjud bo'lgani manbalarda keltirilgan. Biroq, uning tarixi qanchalik ko'hna bo'lmasin, zamon talablariga muvofiq takomillashib borishi zarur. Sud hokimiyati davlat hokimiyati bo'linishiga ko'ra, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan alohida faoliyat yuritadi. Sud orqali inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga asoslangan konstitusiyaviy prinsipga qat'iy rioya etilishi sud-huquq islohotlarida markaziy o'rinni egallaydi. Demokratik jamiyatda sud davlat hokimiyatining to'laqonli, teng huquqli subyektidir. Sud – adolat, adliya etuvchi ijtimoiy institut. Sud – insoniyat aql zakovatining butun sivilizasiya tarixi davomida yaratgan eng buyuk yutug'idir. Zero, sud ijtimoiy nizolarni o'rnatilgan qonun-qoidalar asosida xolis va oshkora muhokama tarzida hal etishni ta'minlaydi. Sud – qonuniylik va huquqiy tartibotni o'rnatishning o'ta nozik sayqal topgan, eng takomiliga yetgan vositasidir. 131-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi va sudlar faoliyatining tartibi qonun bilan belgilanadi. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 2021-yil 28-iyulda yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; 
harbiy sudlar; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar 
ma’muriy sudlari; 
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari; 
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari; 
tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari; 
tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
ishlarning 
toifalariga 
ko‘ra 
sudlarning 
ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin. 
Mazkur Qonunning 4-moddasida esa sudning asosiy vazifalari belgilab 
berilgan. Ya’ni sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson 
huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda 
erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka 
tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini 
himoya qilishdan iborat. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, 
fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. 
132-modda. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyaviy 
sudi 
qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi 
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi. Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat 
va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilini 
qo‘shgan holda saylanadi. Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish 
huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
sudi o‘z tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va 
uning o‘rinbosarini besh yillik muddatga saylaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari; fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari; jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari; tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari; tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga ko‘ra sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin. Mazkur Qonunning 4-moddasida esa sudning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Ya’ni sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. 132-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi. Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilini qo‘shgan holda saylanadi. Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o‘z tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o‘rinbosarini besh yillik muddatga saylaydi.
 
 
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi tarixiga nazar soladigan 
bo'lsak, davlatimiz mustaqillikni qo'lga kiritgan davrlardan boshlab faoliyat yuritib 
kelmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining faoliyatini tartibga solishga 
qaratilgan, dastlabki qonun 1993 yil 6 may kuni qabul qilinib, bu qonun 
«O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida» deb nomlandi. 
«O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida»gi qonunining 
keyingi tahrirlari 1995 yil 30 avgust hamda 2017 yil 31 mayda qabul qilingan. 
Konstitusiyaviy 
sudning 
faoliyatini 
tartibga 
soluvchi 
«O'zbekiston 
Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida»gi qonunning yangi tahriri 2021 
yil 27 aprel kuni qayta qabul qilindi va o'z-o'zidan avval qabul qilingan qonunlar o'z 
kuchini yo'qotdi. Konstitusiyaviy qonunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng 
qamrovli demokratik islohotlarga hamoxang tarzda, inson huquqlari va 
qonunchilikni liberallashtirish g'oyalari ilgari surilgan bo'lib, unda bir qator 
prinsipial yangiliklar, xususan yangi konstitusiyaviy shikoyat instituti joriy qilindi. 
Konstitutsiyaning 133-moddasida Konstitusiyaviy sudning vakolatlari belgilab 
berilgan: 
133-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi: 
1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, 
qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari 
qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa 
majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini 
aniqlaydi; 
2) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar 
— O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish 
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro 
shartnomalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini 
aniqlaydi; 
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi tarixiga nazar soladigan bo'lsak, davlatimiz mustaqillikni qo'lga kiritgan davrlardan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining faoliyatini tartibga solishga qaratilgan, dastlabki qonun 1993 yil 6 may kuni qabul qilinib, bu qonun «O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida» deb nomlandi. «O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida»gi qonunining keyingi tahrirlari 1995 yil 30 avgust hamda 2017 yil 31 mayda qabul qilingan. Konstitusiyaviy sudning faoliyatini tartibga soluvchi «O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida»gi qonunning yangi tahriri 2021 yil 27 aprel kuni qayta qabul qilindi va o'z-o'zidan avval qabul qilingan qonunlar o'z kuchini yo'qotdi. Konstitusiyaviy qonunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli demokratik islohotlarga hamoxang tarzda, inson huquqlari va qonunchilikni liberallashtirish g'oyalari ilgari surilgan bo'lib, unda bir qator prinsipial yangiliklar, xususan yangi konstitusiyaviy shikoyat instituti joriy qilindi. Konstitutsiyaning 133-moddasida Konstitusiyaviy sudning vakolatlari belgilab berilgan: 133-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi: 1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi; 2) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
 
 
3) referendumga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; 
4) 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; 
5) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga 
sharh beradi; 
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim 
bo‘lgan 
normativ-huquqiy 
hujjatlarning 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan 
murojaatini ko‘rib chiqadi; 
7) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish 
natijalari yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentiga 
mamlakatdagi 
konstitutsiyaviy 
qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi; 
8) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan 
vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi. 
Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha 
vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan 
muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning 
Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli. 
Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga 
kiradi. 
Konstitutsiyaviy sudning qarori qat’iy va uning ustidan shikoyat qilinishi 
mumkin emas. 
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan 
belgilanadi. 
 
3) referendumga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; 4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; 5) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi; 6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqadi; 7) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi; 8) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi. Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli. Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Konstitutsiyaviy sudning qarori qat’iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas. Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
 
 
134-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va 
ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy 
hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bajarilishi 
majburiydir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan 
nazorat olib borish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
taqdimiga 
binoan 
O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. 
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas. 
Mamlakatda mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish va uning nufuzini 
oshirish yuzasidan qator islohotlar amalga oshirilayotganligini sud hokimiyatiga 
tegishli yangi normalar yangi tahrirda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga kiritilganligidan ham kuzatishimiz mumkin. 
Kun sayin amaliyotda yangidan yangi ijtimoiy munosabatlar paydo bo'layotgan 
bir davrda sudyalardan yuqori ko'nikma, bilim, mantiqiy fikrlash qobiliyati, keng 
dunyoqarash va qobiliyatlarni talab etmoqda. Sud'yalik lavozimi O'zbekiston 
Respublikasida yuqori lavozimlardan biri ekanligini inobatga olib, tizim 
rahbarlarining almashinuv tendensiyasi orqali rivojlantirish bugungi kunda yuqori 
natijalarni berib kelmoqda. Mazkur lavozimdagi shaxslarning o'zgarib turishi 
birinchi navbatda 
xolislikni ta'minlashga 
xizmat 
qiladi. 
Shunga 
ko'ra, 
Konstitusiyaga ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi raisi va o'rinbosari lavozimiga saylanishi mumkin emasligi 
haqidagi qoida kiritilganligi xalqaro amaliyotga ham mos keladi. Ko'plab 
rivojlangan davlatlar Konstitusiyalarida shu kabi qoida mavjud. 
2021-yil 28-iyulda yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi 
Qonunning 18-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 
vakolatlari belgilab berilgan. Unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
134-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bajarilishi majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas. Mamlakatda mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish va uning nufuzini oshirish yuzasidan qator islohotlar amalga oshirilayotganligini sud hokimiyatiga tegishli yangi normalar yangi tahrirda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilganligidan ham kuzatishimiz mumkin. Kun sayin amaliyotda yangidan yangi ijtimoiy munosabatlar paydo bo'layotgan bir davrda sudyalardan yuqori ko'nikma, bilim, mantiqiy fikrlash qobiliyati, keng dunyoqarash va qobiliyatlarni talab etmoqda. Sud'yalik lavozimi O'zbekiston Respublikasida yuqori lavozimlardan biri ekanligini inobatga olib, tizim rahbarlarining almashinuv tendensiyasi orqali rivojlantirish bugungi kunda yuqori natijalarni berib kelmoqda. Mazkur lavozimdagi shaxslarning o'zgarib turishi birinchi navbatda xolislikni ta'minlashga xizmat qiladi. Shunga ko'ra, Konstitusiyaga ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va o'rinbosari lavozimiga saylanishi mumkin emasligi haqidagi qoida kiritilganligi xalqaro amaliyotga ham mos keladi. Ko'plab rivojlangan davlatlar Konstitusiyalarida shu kabi qoida mavjud. 2021-yil 28-iyulda yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi Qonunning 18-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari belgilab berilgan. Unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
 
 
fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud 
hokimiyatining oliy organidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning 
sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.  
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi: 
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellatsiya va kassatsiya instansiyasi 
sudi sifatida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi 
ochilgan holatlar bo‘yicha ko‘rib chiqadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida sud amaliyotining dolzarb 
masalalarini 
ko‘rib 
chiqadi 
va 
qonunchilikning 
qo‘llanilishi 
yuzasidan 
tushuntirishlar beradi; 
harbiy sudlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va 
Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, 
viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar 
sudlarining tashkiliy faoliyatini o‘rganadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar 
tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi; 
sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha 
ishlarni tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham 
amalga oshirishi mumkin. 
135-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar 
hamjamiyatining mustaqil organi bo‘lib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini, 
sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini 
ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o‘rinbosari 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
taqdimiga 
binoan 
O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. 
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar 
oliy kengashining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas. 
fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi: o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi sifatida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ko‘rib chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida sud amaliyotining dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadi va qonunchilikning qo‘llanilishi yuzasidan tushuntirishlar beradi; harbiy sudlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining tashkiliy faoliyatini o‘rganadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi; sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 135-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi bo‘lib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas.