O‘zbekiston Respublikasi xo‘jaligining umumiy tavsifi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

50,1 KB


O‘zbekiston Respublikasi xo‘jaligining umumiy tavsifi
Reja
1. Respublika xo‘jaligining tarmoqlar tuzilishi va shakllanish xususiyatlari.
2. O‘zbekiston  xo‘jaligini  modyernizatsiya  va  diversifikatsiyalash
muammolari.
Tayanch iboralar
Milliy  iqtisodiyot,
 xo‘jalik,  sanoat  tarmoqlari,  modyernizatsiya,
diversifikatsiya,  yoqilg‘i  sanoati,  elektroenergetika  sanoati,  gaz  sanoati,  neft
sanoati, ko‘mir sanoati
1. Respublika milliy iqtisodiyotining tarmoqlar tuzilishi va shakllanish
xususiyatlari.
 Muammoli  vaziyat:  Sizningcha,  mamlakatimiz  mustaqillika  erishgach,
milliy iqtisodiyot tarmoqlarida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan beri o‘tgan tarixan qisqa davr
ichida katta iqtisodiy yutuqlarga erishdi. Ana shu davr mobaynida yuz bergan
olamshumul  o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilgan natijalar  va eng asosiysi   iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishda to‘g‘ri va oqilona yondoshish mamlakat ichidagina
emas, balki jahon hamjamiyatida ham haqli ravishda tan olindi. Mamlakatimiz
iqtisodiyoti ko‘p tarmoqli hududiy  ishlab chiqarish majmuidan iborat bo‘lib, uning
poydevorini ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi. Yoqilg‘i, mashinasozlik, rangli
va qora metallurgiya, kimyo, yyengil va oziqovqat sanoati kabilar ana shunday
makroiqtisodiy  tarmoqlar  turlariga  kiradi. O‘zbekiston  O‘rta  Osiyo  davlatlari
orasida iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar mavjudligi jihatidan
ajralib  turadi.  Eng  avvalo  tabiiygeografik  sharoitning  qulayligi,  zaminimizda
Mendeleev davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlarining topilganligi, serunum
1
Logotip
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jaligining umumiy tavsifi Reja 1. Respublika xo‘jaligining tarmoqlar tuzilishi va shakllanish xususiyatlari. 2. O‘zbekiston xo‘jaligini modyernizatsiya va diversifikatsiyalash muammolari. Tayanch iboralar Milliy iqtisodiyot, xo‘jalik, sanoat tarmoqlari, modyernizatsiya, diversifikatsiya, yoqilg‘i sanoati, elektroenergetika sanoati, gaz sanoati, neft sanoati, ko‘mir sanoati 1. Respublika milliy iqtisodiyotining tarmoqlar tuzilishi va shakllanish xususiyatlari. Muammoli vaziyat: Sizningcha, mamlakatimiz mustaqillika erishgach, milliy iqtisodiyot tarmoqlarida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi? O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan beri o‘tgan tarixan qisqa davr ichida katta iqtisodiy yutuqlarga erishdi. Ana shu davr mobaynida yuz bergan olamshumul o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilgan natijalar va eng asosiysi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda to‘g‘ri va oqilona yondoshish mamlakat ichidagina emas, balki jahon hamjamiyatida ham haqli ravishda tan olindi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti ko‘p tarmoqli hududiy ishlab chiqarish majmuidan iborat bo‘lib, uning poydevorini ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi. Yoqilg‘i, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo, yyengil va oziqovqat sanoati kabilar ana shunday makroiqtisodiy tarmoqlar turlariga kiradi. O‘zbekiston O‘rta Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar mavjudligi jihatidan ajralib turadi. Eng avvalo tabiiygeografik sharoitning qulayligi, zaminimizda Mendeleev davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlarining topilganligi, serunum 1
yerlarimiz borligi va ayniqsa xalqimizning mehnatsevarligi milliy iqtisodiyotning
barcha tarmoqlarini rivoj topishiga olib keldi.
Respublikamiz  iqtisodiyoti  o‘zining  ma’lum  tarixiga  ega. Boy  tabiiy
resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘lkasi bo‘lgan O‘zbekiston Sharq va
G‘arb mamlakatlarini bir-biri bilan bog‘lovchi yo‘lda joylashgan. Bu yerda ishlab
chiqarish, fan va madaniyat yuksak darajada rivojlangan. XVI asrning birinchi
yarmidan boshlab G‘arbiy va Janubiy Yevropa bilan Sharqiy Osiyo mamlakatlari
o‘rtasida qulay dengiz yo‘llarining ochilishi oqibatida O‘rta Osiyo orqali o‘tgan
«Buyuk  ipak  yo‘li»  inqirozga  yuz  tutdi.  O‘z  vaqtida  ancha  bozorgir  bo‘lgan
mahalliy mahsulot paxta, ipak, qorako‘l teri, qog‘oz, metal, zargarlik buyumlari
ishlab chiqarish izidan chiqdi. O‘rta Osiyo xonliklarida sanoat mahsulotlari asosan
hunarmandchilik asosida ishlab chiqilar edi. Shahar hayoti XVIII asr oxirlaridan
XIX asr o‘rtalarigacha Buxoro, Samarqand, Shaxrisabz, Xiva, Urganch, Xorazm,
Qo‘qon, Marg‘ilon, Toshkent  kabi  shaharlarda  ancha  jonlangan bo‘lib, ularda
ko‘plab to‘qimachilik, kulolchilik, zargarlik, chilongarlik, duradgorlik halq badiiy
hunarmandligi buyumlari ishlab chiqarilar edi. Ushbu mahsulotlar karvonlar orqali
Hindiston,  Eron  va  Qashqarga,  Qozoq  o‘lkalari  hamda  ular  orqali  Sibir  va
Rossiyaning ichki bozorlariga chiqarilar edi. O‘rta Osiyo iqtisodiyotining eng sust
rivojlangan sohalaridan biri transport edi. O‘lkaning uzoq yillar davomida jahon
bozorlaridan ajralib qolishi va tez-tez takrorlanib turiladigan qonli urushlar tufayli
bir vaqtlar obod bo‘lgan karvon yo‘llari qarovsizlik holga kelgan edi.
XIX asrning 2-yarmidan boshlab, Rossiya O‘rta Osiyoni bosib ola boshladi.
Dastlab Qozog‘istonning shimoliy qismlari va Turkmaniston, keyinchalik qolgan
hududlar Rossiyaning  mustamlakasiga  aylanibgina  qolmay, balki  imperiya
tarkibiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shib olindi. Birinchi navbatda Chor Rossiyasi uchun
nihoyatda  zarur  qimmatli  tovar  mahsuloti  hisoblanadigan  paxta  yetishtirish
imkoniyati katta bo‘lgan o‘lkalarga temir yo‘llar keltirishga kirishildi. Rossiya
o‘lkani  avvalo  to‘qimachilik  sanoati  uchun  xom  ashyo  bazasiga  aylantirishga
harakat  qiladi.  O‘rta  Osiyo  Rossiyaning  oddiy  mustamlakasiga  aylanibgina
qolmay, balki u hududiy jihatdan imperiya tarkibiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shib
olindi.  Xali Sibir rayonlariga nisbatan ham ancha oldinroq, XIX asr 80-yillari
2
Logotip
yerlarimiz borligi va ayniqsa xalqimizning mehnatsevarligi milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini rivoj topishiga olib keldi. Respublikamiz iqtisodiyoti o‘zining ma’lum tarixiga ega. Boy tabiiy resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘lkasi bo‘lgan O‘zbekiston Sharq va G‘arb mamlakatlarini bir-biri bilan bog‘lovchi yo‘lda joylashgan. Bu yerda ishlab chiqarish, fan va madaniyat yuksak darajada rivojlangan. XVI asrning birinchi yarmidan boshlab G‘arbiy va Janubiy Yevropa bilan Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida qulay dengiz yo‘llarining ochilishi oqibatida O‘rta Osiyo orqali o‘tgan «Buyuk ipak yo‘li» inqirozga yuz tutdi. O‘z vaqtida ancha bozorgir bo‘lgan mahalliy mahsulot paxta, ipak, qorako‘l teri, qog‘oz, metal, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish izidan chiqdi. O‘rta Osiyo xonliklarida sanoat mahsulotlari asosan hunarmandchilik asosida ishlab chiqilar edi. Shahar hayoti XVIII asr oxirlaridan XIX asr o‘rtalarigacha Buxoro, Samarqand, Shaxrisabz, Xiva, Urganch, Xorazm, Qo‘qon, Marg‘ilon, Toshkent kabi shaharlarda ancha jonlangan bo‘lib, ularda ko‘plab to‘qimachilik, kulolchilik, zargarlik, chilongarlik, duradgorlik halq badiiy hunarmandligi buyumlari ishlab chiqarilar edi. Ushbu mahsulotlar karvonlar orqali Hindiston, Eron va Qashqarga, Qozoq o‘lkalari hamda ular orqali Sibir va Rossiyaning ichki bozorlariga chiqarilar edi. O‘rta Osiyo iqtisodiyotining eng sust rivojlangan sohalaridan biri transport edi. O‘lkaning uzoq yillar davomida jahon bozorlaridan ajralib qolishi va tez-tez takrorlanib turiladigan qonli urushlar tufayli bir vaqtlar obod bo‘lgan karvon yo‘llari qarovsizlik holga kelgan edi. XIX asrning 2-yarmidan boshlab, Rossiya O‘rta Osiyoni bosib ola boshladi. Dastlab Qozog‘istonning shimoliy qismlari va Turkmaniston, keyinchalik qolgan hududlar Rossiyaning mustamlakasiga aylanibgina qolmay, balki imperiya tarkibiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shib olindi. Birinchi navbatda Chor Rossiyasi uchun nihoyatda zarur qimmatli tovar mahsuloti hisoblanadigan paxta yetishtirish imkoniyati katta bo‘lgan o‘lkalarga temir yo‘llar keltirishga kirishildi. Rossiya o‘lkani avvalo to‘qimachilik sanoati uchun xom ashyo bazasiga aylantirishga harakat qiladi. O‘rta Osiyo Rossiyaning oddiy mustamlakasiga aylanibgina qolmay, balki u hududiy jihatdan imperiya tarkibiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shib olindi. Xali Sibir rayonlariga nisbatan ham ancha oldinroq, XIX asr 80-yillari 2
davomida  Kaspiy  bo‘yidagi  Turkmanboshi  (oldingi  Krasnovodsk)dan
Samarqandga,  so‘ngra  Farg‘ona  vodiysi  va  Toshkentga  olib  kelingan  temir
yo‘llarni faqat paxta tufayligina deb tushunish lozim.
XIX asr oxiri o‘n yilliklaridan boshlab o‘lkada sanoat korxonalarini qurish
tezlashib bordi. Bu korxonalar negizida asosan paxta tozalash, pilla chuvish, jun
yuvish, paxta yog‘i ishlab chiqarish korxonalari  tashkil  qilar  edi. Shuningdek
o‘lkadagi dastlabki elektr stansiyalari va g‘isht zavodlari ham xuddi shu davrda
qurilgan edi. Sanoatning hududiy joylashuvi tarkib topa boshladi. Og‘ir sanoatning
yaxshi taraqqiy etmaganligi mustamlaka mamlakatlar uchun xosdir. 1913 yilda
hozirgi O‘zbekiston hududida 425 ta sanoat korxonasi bo‘lib, ularning 208 tasi
paxta tozalash, 80 tasi oziq-ovqat, 18 tasi objuvoz, 35 tasi ko‘nchilik, 20 tasi
xumdon yasash, 14 tasi metallsozlik korxonalari edi. Yalpi sanoat mahsulotining
86%i qishloq xo‘jalik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlovchi (paxta tozalash va
o‘simlik yog‘i ishlab chiqaruvchi) korxonalarda, 12% oziq-ovqat va ko‘nchilik
korxonalarida, faqat 2%i og‘ir sanoat korxonalarida ishlab chiqilardi. 
Og‘ir sanoat tarkibida metalsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi
korxonalardan tashqari u qadar katta bo‘lmagan «Chimyon» neft va «Sho‘rsuv»
oltingugurt konlari hamda Oltiariqda joylashgan Vannanovskiy neftni qayta ishlash
zavodlari  bor  edi.  Barcha  sanoat  korxonalarining  70%i  Farg‘ona  vodiysi
shaharlarida to‘plangan edi. Hozirgi tabiiy resurs konlari u vaqtlarda xali ma’lum
bo‘lmagan.  Shu boisdan yoqilg‘i, binokorlik materiallari, metall kabilar minglab
kilometr masofalardan tashib keltirilar edi. Jumladan, po‘lat va cho‘yan - Ural va
Sibirdan, ko‘mir  -  Donbassdan,  neft   - Bokudan  keltirilgan.  Bu hol  Oktyabr
to‘ntarishidan so‘ng ham saqlanib qoldi. Qishloq xo‘jaligida, Farg‘ona vodiysida
paxta, pilla, Buxoro va Toshkent vohalarida paxta, Zarafshon vodiysi o‘rta qismida
bug‘doy,  Zarafshon  qo‘yi  qismida  ko‘proq  qora  ko‘l  teri  ishlab  chiqarish
ixtisoslashdi. Yangi ekin turlaridan kartoshka, qand lavlagi ekish ham rasm bo‘la
bordi. Metall pluglar kirib kela boshladi. 
O‘zbekiston murakkab tarmoq va hududiy tarkibga ega iqtisodiyotga ega.
Unda  sanoatning  ahamiyati  tobora  ortib  bormoqda.  Respublika  sanoati  ko‘p
tarmoqli bo‘lib qishloq xo‘jalik  mashinasozligi, elektr-energetika, neft va gaz,
3
Logotip
davomida Kaspiy bo‘yidagi Turkmanboshi (oldingi Krasnovodsk)dan Samarqandga, so‘ngra Farg‘ona vodiysi va Toshkentga olib kelingan temir yo‘llarni faqat paxta tufayligina deb tushunish lozim. XIX asr oxiri o‘n yilliklaridan boshlab o‘lkada sanoat korxonalarini qurish tezlashib bordi. Bu korxonalar negizida asosan paxta tozalash, pilla chuvish, jun yuvish, paxta yog‘i ishlab chiqarish korxonalari tashkil qilar edi. Shuningdek o‘lkadagi dastlabki elektr stansiyalari va g‘isht zavodlari ham xuddi shu davrda qurilgan edi. Sanoatning hududiy joylashuvi tarkib topa boshladi. Og‘ir sanoatning yaxshi taraqqiy etmaganligi mustamlaka mamlakatlar uchun xosdir. 1913 yilda hozirgi O‘zbekiston hududida 425 ta sanoat korxonasi bo‘lib, ularning 208 tasi paxta tozalash, 80 tasi oziq-ovqat, 18 tasi objuvoz, 35 tasi ko‘nchilik, 20 tasi xumdon yasash, 14 tasi metallsozlik korxonalari edi. Yalpi sanoat mahsulotining 86%i qishloq xo‘jalik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlovchi (paxta tozalash va o‘simlik yog‘i ishlab chiqaruvchi) korxonalarda, 12% oziq-ovqat va ko‘nchilik korxonalarida, faqat 2%i og‘ir sanoat korxonalarida ishlab chiqilardi. Og‘ir sanoat tarkibida metalsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalardan tashqari u qadar katta bo‘lmagan «Chimyon» neft va «Sho‘rsuv» oltingugurt konlari hamda Oltiariqda joylashgan Vannanovskiy neftni qayta ishlash zavodlari bor edi. Barcha sanoat korxonalarining 70%i Farg‘ona vodiysi shaharlarida to‘plangan edi. Hozirgi tabiiy resurs konlari u vaqtlarda xali ma’lum bo‘lmagan. Shu boisdan yoqilg‘i, binokorlik materiallari, metall kabilar minglab kilometr masofalardan tashib keltirilar edi. Jumladan, po‘lat va cho‘yan - Ural va Sibirdan, ko‘mir - Donbassdan, neft - Bokudan keltirilgan. Bu hol Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng ham saqlanib qoldi. Qishloq xo‘jaligida, Farg‘ona vodiysida paxta, pilla, Buxoro va Toshkent vohalarida paxta, Zarafshon vodiysi o‘rta qismida bug‘doy, Zarafshon qo‘yi qismida ko‘proq qora ko‘l teri ishlab chiqarish ixtisoslashdi. Yangi ekin turlaridan kartoshka, qand lavlagi ekish ham rasm bo‘la bordi. Metall pluglar kirib kela boshladi. O‘zbekiston murakkab tarmoq va hududiy tarkibga ega iqtisodiyotga ega. Unda sanoatning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Respublika sanoati ko‘p tarmoqli bo‘lib qishloq xo‘jalik mashinasozligi, elektr-energetika, neft va gaz, 3
ko‘mir, mineral o‘g‘itlari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, yyengil va oziq-ovqat
sanoati kabilardir. Mamlakat rivojlangan qishloq xo‘jaligiga ega. O‘zbekistonning
inqilobdan keyingi yillardagi sanoat taraqqiyoti jarayonida bir qator bosqichlarni
o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich-tiklanish davri. Respublikada fuqarolar urushi
va milliy ozodlik kurashi vaqtida izdan chiqqan sanoat korxonalari qayta tiklandi
va bir qancha yangi sanoat korxonalari qurildi. Jumladan Toshkent va Farg‘ona
ipakchilik  fabrikalari,  Bo‘zsuv  GESi,  Samarqand  va  Quvasoyda  dizel  elekt
stansiyalari ishga tushirildi.
Ikkinchi bosqich-urushgacha bo‘lgan besh yilliklar davri. Birinchi (1928-
1932y) va ikkinchi (1932-1937y) besh yilliklar davrida O‘zbekistonda 831 ta yangi
zavod  va  fabrikalar  ishga  tushirildi.  Bular  orasida  Toshkent  qishloq  xo‘jalik
mashinasozlik zavodi, Toshkent to‘qimachilik kombinati kabilar bor edi. Ikkinchi
besh yillik oxirida O‘zbekiston industrial-agrar respublikaga aylangan edi. Chunki
bu vaqtda kelib yalpi mahsulot ishlab chiqarishda sanoatning hissasi 1913 yiligi
32%dan 1940 yilda 70%gacha ko‘tarildi.
Uchinchi bosqich-II jahon urushi yillarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda Sobiq
ittifoqning G‘arbiy hududlaridan 90ta og‘ir sanoat korxonalari ko‘chirib keltirilib
joylashtirildi.  Jumladan,  Toshkent  samolyotsozlik  ishlab  chiqarish  birlashmasi,
O‘zbekiston  qishloq  xo‘jalik  mashinasozligi  zavodi,  Chirchiq  qishloq  xo‘jalik
mashinasozligi  zavodi, transformator zavodlari misol bo‘la oladi. Shu yillarda
O‘zbekistonda  neft,  mis,  qo‘rg‘oshin,  volfram  va  molibdenning  yangi  konlari
o‘zlashtirildi, yirik ko‘mir shaxtalari ishlay boshladi va 6 ta yangi elektr stansiyasi
ishga  tushirildi,  Bekobod  metallurgiya  zavodi  qurilishi  boshlandi.  Natijada
O‘zbekiston  sanoatining  tarkibida  keskin  o‘zgarishlar  yuz  berdi,  og‘ir  sanoat
salmog‘i 1940-1943 yillar orasida 14,3%dan 48%gacha o‘sdi.
Sanoat  taraqqiyotining  to‘rtinchi  bosqichi urushdan  keyingi  sanoat
yuksalishi yillarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda O‘zbekiston xo‘jaligini yangi davr
talabi asosida qisqa muddat ichida qayta qurish bosh masalalardan biri edi. Sanoat
tarmoqlarini  qayta  tuzish  va  kengaytirish,  qishloq  xo‘jalik  ishlarini
mexanizatsiyalash ekin maydonlarini kengaytirish keng ko‘lamda olib borildi.
4
Logotip
ko‘mir, mineral o‘g‘itlari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, yyengil va oziq-ovqat sanoati kabilardir. Mamlakat rivojlangan qishloq xo‘jaligiga ega. O‘zbekistonning inqilobdan keyingi yillardagi sanoat taraqqiyoti jarayonida bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich-tiklanish davri. Respublikada fuqarolar urushi va milliy ozodlik kurashi vaqtida izdan chiqqan sanoat korxonalari qayta tiklandi va bir qancha yangi sanoat korxonalari qurildi. Jumladan Toshkent va Farg‘ona ipakchilik fabrikalari, Bo‘zsuv GESi, Samarqand va Quvasoyda dizel elekt stansiyalari ishga tushirildi. Ikkinchi bosqich-urushgacha bo‘lgan besh yilliklar davri. Birinchi (1928- 1932y) va ikkinchi (1932-1937y) besh yilliklar davrida O‘zbekistonda 831 ta yangi zavod va fabrikalar ishga tushirildi. Bular orasida Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozlik zavodi, Toshkent to‘qimachilik kombinati kabilar bor edi. Ikkinchi besh yillik oxirida O‘zbekiston industrial-agrar respublikaga aylangan edi. Chunki bu vaqtda kelib yalpi mahsulot ishlab chiqarishda sanoatning hissasi 1913 yiligi 32%dan 1940 yilda 70%gacha ko‘tarildi. Uchinchi bosqich-II jahon urushi yillarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda Sobiq ittifoqning G‘arbiy hududlaridan 90ta og‘ir sanoat korxonalari ko‘chirib keltirilib joylashtirildi. Jumladan, Toshkent samolyotsozlik ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi, Chirchiq qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi, transformator zavodlari misol bo‘la oladi. Shu yillarda O‘zbekistonda neft, mis, qo‘rg‘oshin, volfram va molibdenning yangi konlari o‘zlashtirildi, yirik ko‘mir shaxtalari ishlay boshladi va 6 ta yangi elektr stansiyasi ishga tushirildi, Bekobod metallurgiya zavodi qurilishi boshlandi. Natijada O‘zbekiston sanoatining tarkibida keskin o‘zgarishlar yuz berdi, og‘ir sanoat salmog‘i 1940-1943 yillar orasida 14,3%dan 48%gacha o‘sdi. Sanoat taraqqiyotining to‘rtinchi bosqichi urushdan keyingi sanoat yuksalishi yillarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda O‘zbekiston xo‘jaligini yangi davr talabi asosida qisqa muddat ichida qayta qurish bosh masalalardan biri edi. Sanoat tarmoqlarini qayta tuzish va kengaytirish, qishloq xo‘jalik ishlarini mexanizatsiyalash ekin maydonlarini kengaytirish keng ko‘lamda olib borildi. 4