O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYASINING ASOSIY PRINSIPLARINING MAZMUNI VA MOHIYATI
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
24,3 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YANGI TAHRIRDAGI
KONSTITUTSIYASINING ASOSIY PRINSIPLARINING MAZMUNI VA
MOHIYATI
1. Davlat suvereniteti
2. Xalq hokimiyatchiligi
3. Konstitutsiya va qonunning ustuvorligi
4. Tashqi siyosati
2023 yil 1 maydan e’tiboran, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi kuchga kirdi. Bunga 2023 yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan
referendum natijasiga bo‘yicha 11 ta moddadan iborat tegishli, O‘zbekiston
to‘g‘risida” Qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi.
Konstitutsiya matnlariga 65 foizga yangilangan va to‘ldirishlar kiritilgan.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi amalga kiritish uchun huquqiy asos va unga
og‘ishmay amal qilinishini ta’minlash maqsadida 2023 yil 8 may kuni O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Yangi
tahrirdagi
O‘zbekiston
Respublikasi
K
o
n
s
t
i
t
u
t
tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va
dunyoviy davlat ustuvor prinsiplaridan kelib chiqib, Farmonda yangi tahrirdagi
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикаси Конституциясини
амалга ошириш бўйича биринчи навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони
Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari oldida
Farmonda
Konstitutsiyani
amalga
oshirish
yo‘nalishidagi
faoliyatni
muvofiqlashtirish tizimi, bir qator yangi moddalar bo‘yicha aniq va manzilli chora-
Xususan, Farmon bilan davlat organlari va tashkilotlari,
shu jumladan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida yangi
tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarining mavjud
emasligi yoki qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmaganligi
vaji bilan uni qo‘llashni rad etish qat’iyan taqiqlandi.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan
vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha 100 ga yaqin aniq tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi
chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
rahbarligida
Yangi
tahrirdagi
Konstitutsiyani
amalga
oshirish
bo‘yicha
davlat
komissiyasi
hamda
Konstitutsiyadagi suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat
prinsiplarini izchil amalga oshirish bo‘yicha 5 ta ekspertlik kengashi tuzildi hamda
ularning vazifalari belgilab berildi.
Shu bilan birga, Farmonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha davlat
fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini reja-grafik asosida o‘qitish
bo‘yicha aniq chora-tadbirlar nazarda tutildi.
Farmon bilan Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning Oliy Majlis
Qonunchilik
palatasi
va
mahalliy
Kengashlar
deputatlari
korpusini
shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimini joriy
etish haqidagi takliflari ma’qullandi.
Farmonda yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalda ro‘yobga chiqarish va
qonunchilikning unga zid qoidalarini bekor qilish bo‘yicha bir qator kechiktirib
bo‘lmaydigan quyidagi vazifalar ham nazarda tutilgan:
– erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlashga bo‘lgan konstitutsiyaviy
huquqlarni ta’minlashga to‘sqinlik qilib kelayotgan Toshkent shahri va Toshkent
viloyatida doimiy ro‘yxatga olish bo‘yicha Qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb
topish hamda fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda xabardor
qilishning yangi tartibini joriy etish (Konstitutsiyaning 32-moddasi);
– mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasiga, bank operatsiyalarining sir
tutilishiga oid konstitutsiyaviy kafolatlarni ta’minlash maqsadida to‘lov xizmatlarini
ko‘rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari amalga
oshirilganda, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalar
rasmiylashtirish tartibini bekor qilish (Konstitutsiyaning 41-moddasi);
– tadbirkorlik faoliyati erkinligiga oid normalarni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish
maqsadida har qanday turdagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining
faoliyat ko‘rsatish vaqtiga nisbatan cheklovlarni bekor qilish (Konstitutsiyaning 65–
67-moddalari);
– fuqarolarning sud himoyasida bo‘lishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini
to‘liq ta’minlash maqsadida ma’muriy sudlarga shikoyat qilishda davlat bojini
oldindan undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha
aybdor tarafdan undirish tartibini joriy etish (Konstitutsiyaning 55-moddasi);
– huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda mutanosiblik prinsipidan kelib chiqib,
ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikda shartnomaviy va boshqa
fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javobgarlik choralarini bekor
q
i
l
i
s
h
(
K
o
n
s
t
i
– fuqarolarning ta’lim olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq
amalga oshirish uchun soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar,
farzandining maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tashkilotida ta’lim olishi uchun
to‘lovni soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritish (Konstitutsiyaning 50-
moddasi);
– huquqbuzarlikdan jabrlanganlarga yetkazilgan zarar qoplanishida davlatning
konstitutsiyaviy
majburiyatlarini
amalga
oshirish
maqsadida
jinoyatdan
jabrlanganlarga
ko‘maklashishning
aniq
mexanizmini
ishlab
chiqish
(Konstitutsiyaning 29-moddasi);
– shaxsiy daxlsizlikka bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarni so‘zsiz ta’minlash
maqsadida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashda shaxsni hibsxonaga
joylashtirishdan oldin majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini joriy etish
(Konstitutsiyaning 26-moddasi);
– advokatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomini to‘laqonli realizatsiya
qilish, jinoyat protsessida uning vakolatlarini prokuror bilan tenglashtirish
(Konstitutsiyaning 142-moddasi);
– davlatning bolalarda xalqning boy madaniy va ma’naviy merosidan
faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘usini
shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini amalga oshirish
maqsadida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning madaniy meros ob’ektlariga to‘lovsiz
kirishi tartibini joriy etish (Konstitutsiyaning 78-moddasi).
Farmonda qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish,
uni amalga oshirish jarayonini axborot-tahliliy, ilmiy-ekspertlik jihatidan ta’minlash
ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha choralar ham belgilangan. Xususan, yangi
sodda tilda tayyorlash vazifasi qo‘yildi.
Shu bilan birga, barcha ta’lim turlari va bosqichlaridagi Konstitutsiyani
o‘rganish bo‘yicha o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va ularni
yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyani o‘rgatish
bo‘yicha zamonaviy metodika asosida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va maxsus
“Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali va uning mobil
ilovasi ishga tushirilishi nazarda tutildi. Bunda, portal va uning mobil ilovasida
fuqaro va tadbirkorlar uchun qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga
muvofiqlashtirish, uni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf
etish bo‘yicha takliflarni taqdim etish imkoniyati bo‘ladi.
Farmonga
muvofiq,
qonunosti
hujjatlarini
xatlovdan
o‘tkazish
va
Konstitutsiyaga zid normalar, shu jumladan inson huquq va erkinliklarini cheklovchi
normalar aniqlangan taqdirda, ularni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritilishi
belgilandi.
Mazkur Farmon yangi tahrirdagi Konstitutsiyani so‘zsiz va to‘liq amalga
oshirish, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarni Yangi O‘zbekiston ulug‘vor
g‘oyasiga hamohang tarzda ro‘yobga chiqarish, davlat organlarining faoliyatini
yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish, fuqarolar o‘z
hayotida xalq Konstitutsiyasi ruhini yaqqol his etib turishini ta’minlashga
qaratilgan2.
1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi.
Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul
qilindi. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga,
undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra,
konstitutsiya 65 foizga yangilangan.
Jumladan, Konstitutsiyaning birinchi bo‘limiga quyidagi o‘zgarishlar
kirganligini e’tirof etish lozim.
Konstitutsiyaning ilgarigi 1-moddasi:
O‘zbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston
Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi, jumlasi yangi
tahrirda:
O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren,
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir
ma’noni anglatadi, tarzida yangi tahrir bilan yozilgan.
1. O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat:
Konstitutsiyaning
1-moddasidagi “O‘zbekiston
–
suveren
demokratik
respublika” jumlasi quyidagicha o‘zgartirildi:
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикаси Конституциясини
амалга ошириш бўйича биринчи навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони
O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren,
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Boshqaruvning respublika shakli – davlat hokimiyatining oliy organlari xalq
tomonidan muayyan muddatga saylanishini anglatadi3.
Suveren davlat – o‘z hududida to‘la-to‘kis mustaqil hukmronlik va mutlaq
yurisdiksiyaga ega bo‘lish demakdir.
Demokratiya esa xalq hokimiyatini ifoda etib, davlat boshqaruvida saylanish
va o‘z vakillarini saylash orqali barchaning teng huquqli ishtiroki ta’minlanishini
ko‘zda tutadi.
Huquqiy davlatda barcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat
xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy ko‘z bilan
qarash talab etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng
bo‘ladi, davlat hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga bo‘ysunadi va
qonunlarning muqarrar ijrosini ta’minlaydi.
O‘zbekiston o‘zini ijtimoiy davlat deb e’lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib
turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda.
Bu – mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash,
jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun
ham sifatli ta’lim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari
ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo‘llovga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash,
adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi.
Oddiyroq aytganda, eng kambag‘al oilaning bolalarida ham sog‘-salomat o‘sib-
ulg‘ayib, yaxshi ta’lim olib, farovonlikka erishish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Dunyoviy davlatda davlat va din bir-biridan ajratilgan bo‘ladi. Davlat diniy
e’tiqodidan qat’i nazar barchaga bir xil munosabatda bo‘ladi, dinga oid masalalarda
neytral pozitsiyani egallaydi.
3
Конституция нормаларига расмий шарҳлар ҳозирча йўқ, шу сабабли ундаги норма ва тушунчаларга
таҳририят умумқабул қилинган доирада, мустақил изоҳ бериб ўтмоқда.
Boshqacha aytganda, bu norma – O‘zbekiston hech qachon demokratiyadan
voz kechmasligi, huquqiy davlatchilikka sodiqligi, monarxiyaga yoki islomiy
respublikaga aylanmasligini nazarda tutadi.
Konstitutsiyaning 1 bob 5 moddasi 2 bandi:
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir, degan qo‘shimcha bilan to‘ldirildi.
Konstitutsiyaning Xalq hokimiyatchiligi deb nomlangan II bobining 13
moddasi 1 bandi ilgarigi:
O‘zbekiston
Respublikasida
demokratiya
umuminsoniy
prinsiplarga
asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, bandi, o‘zgartirilib:
Yangi tahrirda: O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy
prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-
qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb to‘ldirildi.
Konstitutsiyaning II bobining 14 moddasi ilgarigi:
Davlat o‘z faoliyatini ijtimoiy adolat prinsiplari asosida amalga oshiradi,
jumlasi o‘zgartirilib:
Davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror
rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik
prinsiplar i asosida amalga oshiradi, degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.
15-modda
ilgarigi:
O‘zbekiston
Respublikasida
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari,
fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar, deyilgan
jumlalarga....
15-moddaga quyidagicha qo‘shimchalar kiritildi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida
oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy
makonning asosini tashkil etadi.
Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi fuqarolarga nafaqat qonunlar,
balki bevosita konstitutsiyadagi normalarga ham asoslangan holda ish olib borishga,
xususan sudga murojaat qilishga imkon beradi.
Referendumda qabul qilingan qonunga binoan, Oliy sud 3 oy ichida tegishli
Plenum qarorini qabul qilishi kerak. Bu qaror asosida sudlar tomonidan konstitutsiya
normalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat sifatida qo‘llash yuzasidan
yagona sud amaliyoti joriy etiladi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 15 moddasida yana quyidagi o‘zgartirish
kiritilda va bu huquqiy norma mamlakatni jahon hamjamiyati bilan uzviy
bog‘lashga, insoniyat tarixida erishilgan demokratiya, adolat tamoyillariga
og‘ishmay amal qilishni ta’minlaydi.
15 modda, 2-chi xat boshisi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal
qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
15 modda, 3-chi xat boshisi: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari bilan
bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.
15 modda, 4-chi xat boshisi: Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi.
16-modda ilgarigi:
Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq
va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya
normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas, jumlalari,
16-modda hozirgi tahrirda:
Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasining
huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan
asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish
yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat
Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid bo‘lishi mumkin emas, deb
o‘zgartirildi
Konstitutsiyaning I bo‘lim IV bobi Tashqi siyosat bobi ilgari birgina 17 –
moddadan iborat edi. Ya’ni:
O‘zbekiston
Respublikasi
xalqaro
munosabatlarning
to‘la
huquqli
sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik
yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l
bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga
asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini
ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo
tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin, deb belgilangan edi.
Ushbu IV bob yangi tahrirda takomillashtirilib, ikkita moddaga bo‘lib
tahrir qilindi va quyidagi tahrirda ifodalandi:
17-modda:
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir.
O‘zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi,
davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi.
18-modda:
O‘zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p
tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar
tashqi siyosatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning
farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga
va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin.