O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining VI bob Fuqarolik
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
9
Sahifalar soni
27
Faytl hajmi
159,1 KB
OLIY TA’LIM FAN VA INNAVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMI DAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ fanidan
“O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi
Konstitutsiyasining VI bob Fuqarolik”mavzusidagi
KURS ISHI
Yurisprudensiya biznes huquqi yo’nalishi
1
MUNDARIJA
KIRISH ................................................................................................................................ 2
I O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING HUQUQ VA
ERKINLIKLAR .................................................................................................................. 4
1.1O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi. ............................................................................. 4
1.2 Fuqarolik – huquqiy munosabati ................................................................................... 7
II FUQAROLAR FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTI SIFATIDA ................... 13
2.1 Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati. ......................................................... 13
2.2 Vasiylik va homiylik,fuqarolik holati ......................................................................... 19
III XULOSA ..................................................................................................................... 24
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ..................................................................... 25
2
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilari bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy
tartibga solish bilan bevosita bog‘liqdir. Bozor munosabatlariga o‘tish, iqtisodiyotda
xususiy mulkning mavqeini oshirish, xususiy mulkdorlar sinfini shakllantirish,
tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berish, bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil
etish, raqobat muhitini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquq va
manfaatlarini himoya qilish ayni kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Darhaqiqat,
ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot
liberallashib, islohotlar chuqurlashmoqda va kishilarning tafakkuri, huquqiy ong va
huquqiy madaniyati yuksalmoqda, o‘z mulkiy va shaxsiy huquqlarini himoya qilish
borasida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.
Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tanib bo‘lmas
darajada o‘zgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda,
uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy
korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda,
iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda1.
Fuqarolik
qonunchiligi
ular
tomonidan
tartibga
solinadigan
munosabatlar
ishtirokchilarning tengligi e’tirof etishga mulkning daxlsizligiga shartnomaning
erkinligiga,xususiy ishlarga biron-bir kishining o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo’l
qo‘yilmasligiga,fuqarolik huquqlari to’sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlari
tiklanishi, ularning sud orqali himoya qilinishi taminlash zarurligiga asoslanadi.Fuqarolar
(jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq
ega bo’ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko’zlab amalga oshiradilar.Ular
shartnoma asosida o‘z huquq va burchlarini belgilashda va qonunchilikka zid bo’lmagan
har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar2.
1 Karimov I.A. Asosiy vazifamiz-jamiyatimizni isloh qilish va demokratlashtirish,mamlakatimizni modernizatsiya qilish
jarayonlarini yangi bosqichga kutarishdan iborat.O’zbekiston Respublikasi birinchi Prizedenti Islom Karimovning O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganini 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi maruzasi.//Xalq suzi
gazetasi 2015 yil 6dekabr
2 O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi I qism 1 modda.
3
Mazkur kurs ishida O‘zbekiston fuqarolari qanday huquq va erkinliklarga egaligi
ko’rsatib o’tilgan.Fuqarolarning (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslarning huquqlari
qanday ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Kurs ishi maqsadi.Fuqarolik qonun hujjatlarini o‘rganish.O‘zbekiston Respublasi
fuqarolarinng huquq erkinliklarinio‘rganish,fuqarolik huquqida shartnomaviy huquqiy
munosabatlar,sharnomaga qo‘yiladigan talablarning o‘ziga xos jihatlarini va fuqarolarning
huquqiy holatini o‘rganishdan iborat.
Kurs ishining predmeti.O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq layoqatiga
oid normativ-huquqiy hujjatlar kurs ishi mavzusining predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 2bob, 4paragraf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlardan iborat.
4
I O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING HUQUQ VA
ERKINLIKLAR
1.1O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi.
Har qanday mamlakatda jumladan O‘zbekiston Respublikasida yashovchi aholining asosiy
qismi O‘zbekiston fuqarolaridan iborat bo’lib,aholining ma’lum qismi O‘zbekiston
fuqarosi
bo‘lmasligi
mumkin.Ular
O‘zbekistonda
turli
sabablar
bilan
yashayotgan,ishlayotgan,o‘qiyotgan,safarga kelgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari yoki
fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bo‘lishi mumkin.
Shaxs ma’lum davlatga mansub bo’lsagina u fuqaro hisoblanadi.Bu tegishli hujjatlar orqali
rasmiylashtiriladi.
Fuqarolik-Konstitutsiyaviy instituti.Uning asoslari Konstitutsiyada belgilangan.
Konstitutsiyaning VI bobi “Fuqarolik”deb nomlangan.O‘zbekiston Respublikasida yagona
fuqarolik o’rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi,unga qanday asoslarda ega bo‘lganlikdan qat’iy
nazar hamma uchun tengdir.
5
Qoraqalpog’iston
Respublikasining
fuqarosi,ayni
vaqtda,O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsaiyasi 22-
moddasi.(eski
konstitutsiyaning
21-moddasi).O‘zbekistonda
yakka
fuqarolik
o‘rnatilgan,yakka fuqarolikning siyosiy ahamiyati katta.Fuqarolik shaxs bilan davlat
o‘rtasida siyosiy munosabatlarni vujudga keltiradi.Fuqarolik natijasida shaxs bilan
davlat o’rtasida siyosiy munosabatlarni vujudga keltiradi.Fuqarolik natijasida shaxs
ma’lum huquq va erkinliklarga ega bo‘libgina qolmay,ma’lum burchlarga ham ega
bo’ladi.Natijada,shaxsning davlat oldidagi mas’uliyati oshadi.
Ma’lum mamlakatlarda yashovchi hamma kishilar albatta fuqaro deb qaralmasligi
kerak,mamlakatda yashovchilar aholi bo‘lishi mumkin.Aholi tarkibida fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari ham kiradi.Ularning huquqiy holatida
sezilarli tafovutlar mavjud.Shaxsning ma’lum davlatda yashashining o‘zigina uni fuqaro
deb hisoblashga asos bo’lmaydi,shaxs fuqaro bo’lishi uchun shaxs bilan davlat o‘rtasida
alohida munosabatlar mavjud bo‘lishi kerak.Fuqarolik davlat bilan shaxs munosabatlarini
alohida tartibda amalga oshishini ta’minlaydi.
Fuqarolik konstitutsiyaviy-huquqiy institutlardan hisoblanadi.Konstitutsiyada fuqarolik
asoslari belgilangan bo’lib,fuqarolikka ega bo‘lish uni yo‘qotish qonun bilan tartibga
solinishi belgilangan.Bunday qonun 2020-yil 13-martda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonundir.Mazkur qonun avvalgi 1992-yil 2-
iyuldagi qonunning o‘rniga qabul qilindi va unda fuqarolik masalalarini hal qilishda
xalqaro hujjatlar qoidalari e’tiborga olindi.Bu BMT tomonidan ham e’tirof etildi.
Qonunning 5- moddasiga asosan quyidagilar O’zbekiston fuqarolari hisoblanadi.
a)1992-yil 20 iyul holatiga ko’ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan chet davlat
fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan
shaxs;
b)O‘zbekiston hududida yashagan va 1992-yil 28-iyulga qadar o‘qish uchun
O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan yoxud
harbiy xizmatni o’tagan va o’qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida
6
O‘zbekistonga qaytib kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy propiskadan
o’tgan shaxs,basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo’lmasa;
v)ushbu Qonun kuchga kirgan kunda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega
bo’lgan shaxs;
g)ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs.
Qonunning 13-moddasida fuqarolikni olish asoslari belgilangan bo‘lib,unga asosan:
-tug’ilganlik bo’yicha
-bola farzandlikka olganda
-O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi O’zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra ham olinishi
mumkin.
Fuqarolik-davlat tomonidan tartibga solinadi.Shuning uchun bu haqdagi qonun
fuqarolikka ega bo’lish asoslari,bu boradagi imtiyozlarni belgilash bilan birga fuqarolikni
tugatish asoslarini ham belgilab qo’ygan.Qonunning 4-bobi shu masalalarni tartibga
soladi.
Qonunning 23-moddasiga ko’ra fuqarolik 2xil asosda tugatilishi mumkin;
a)O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish
b)O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo’qotish.
O‘zbekiston fuqarosi quyidagi hollarda fuqaroligini yuqotadi;
a)shaxs chet davlatning harbiy hizmatiga,xafvsizlik organiga,huquqni muhofaza
qiluvchiorganlarga xizmatga kirganligi oqibatida;
b)agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yeti yil mobaynida konsullik ro’yxatiga olinmagan
bo’lsa
7
c)agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg’on ma’lumotlar
yoki soxta hujjatlarni taqdim etish orqali amalga oshirilgan bo’lsa;
d)agar shaxs chet davlatni foydasi ko’zlab faoliyat ko’rsatgan holda yoki tinchlik va
xafvsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo’li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga
jiddiy zarar yetkazgan bo’lsa;
e)agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo’lsa;f)agar shaxs chet
davlat fuqaroligini tug‘ilganlik bo’yicha yoki chet davlat fuqarosi bo’lgan ota onasining
fuqaroligi asosida voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshda to‘lguniga
qadar chet davlat fuqaroligida chiqishni rasmiylashtirmagan bo’lsa.
1.2 Fuqarolik – huquqiy munosabati
Fuqarolik huquqining predmeti degan tushuncha ham mavjud.Fuqarolik huquqining
predmeti sifatida mulkiy munosabatlarni ko‘rishimiz mumkin. Mulkiy munosabatlar o‘z
mazmuniga ko‘ra mol-mulk bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar, u mohiyatan moddiy-
iqtisodiy munosabat hisoblanadi. Ya’ni, turli moddiy ashyolar, ishlab chiqarish vositalari,
iste’mol buyumlari, umuman kishilarning fuqarolik huquqining boshqa subyektlarini
xuddi shunday mahsulotlarni yaratish, egallash, foydalanish, tasarruf etish, fuqarolik
muomalasiga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Fuqarolik
huquqiy normalar asosan muayyan ekvivalentlik (barobarlik, teng qiymatlik) bo‘yicha
belgilanadigan qiymat, baho, hajm, miqdor bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng
darajada ko‘riladigan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Mulkiy munosabatlardagi
ekvivalentlik subyektlarni manfaatdorligini va adolatni ta’minlovchi mezon hisoblanadi.
Fuqarolik huquqiy normalar orqali moddiy-iqtisodiy munosabatlar maxsus yuridik
shaklda
ya’ni,
mulkiy
huquqiy
munosabatlar
shaklida
rasmiylashtiriladi
va
mustahkamlanadi.
8
Mulkiy munosabatlarning katta guruhini mulk huquqi va boshqa ashyoviy
huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mulkiy huquqlarning vujudga
kelish asoslari hamda ularni amalga oshirish tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar
tashkil etadi. Jumladan, xususiy mulkdor va uning vakolatlari, ommaviy mol-mulkning
huquqiy rejimi, ixtirolar, fan, adabiyot, san’at asarlarini tijorat muomalasida bo‘lishi bilan
bog‘liq munosabatlar shular jumlasidandir. Fuqarolik huquqiy normalar ta’siri ostida
bo‘lgan mulkiy harakterda bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar o‘z navbatida ikki turga
bo‘linadi. Mulkiy munosabatlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxsiy munosabatlar va
mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan sof shaxsiy munosabatlar (shaxsiy
nomulkiy munosabatlar)ga bo‘linadi. Mulkiy munosabatlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
shaxsiy munosabatlarda mulkiy munosabat shaxsiy munosabatlarni keltirib chiqaradi
yoxud aksincha shaxsiy munosabat mulkiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Masalan,
ijodkor ijodiy asarini yozishi natijasida uni o‘z asariga nisbatan mualliflik huquqi ya’ni,
muallif sifatida e’tirof etilish shaxsiy huquqi vujudga keladi va ushbu huquq negizida asar
tijorat muomalasiga kiritilsa, asardan foydalanganlik uchun haq olish huquqiy vujudga
keladi. Bundan tashqari xizmat tartibida berilgan topshiriq natijasida haq olgan xodim
tomonidan intellektual mulk obyekti yaratiladi hamda ushbu obyektga nisbatan unda
mualliflik huquqi vujudga keladi.
Fuqarolik huquqi mustaqil huquq tarmog‘i sifatida nafaqat o‘z predmetiga balki
o‘zini tartibga solish uslubiga ega. Fuqarolik huquqi o‘zini tartibga solish uslubi orqali
fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilariga, ularning xatti-harakatlariga ta’sir
ko‘rsatadi, ularni yo‘naltiradi. Bunda qo‘llaniladigan maxsus vositalar va usullar yig‘indisi
fuqarolik huquqini tartibga solish uslubi hisoblanadi.
Fuqarolik huquqining tamoyillari ham mavjud bo’lib unga quyidagilar kiradi;
9
1) Mulk dahlsizligi tamoyili. Ushbu tamoyil mazmuni Konstitutsiyamizning 65-
moddasi, FKning 166-moddasida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra mulk dahlsizdir va u
qonun bilan qo‘Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar
ishtirokchilarini tengligi tamoyili. Ushbu tamoyil nafaqat FKning 1- moddasida, balki
muayyan ma’noda O‘zbekiston Respublikasi
2)
Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari kimligidan qat’i nazar, qanday
ijtimoiy-siyosiy maqomga ega bo‘lishidan qat’i nazar o‘zlari ishtirok etayotgan fuqarolik
huquqiy munosabatlarda bir birlariga farqlanadi. Mulkdor bo‘lmagan barcha shaxslar
mulkdorni huquqini hurmat qilishlari va unga rioya qilishlari lozim. Mulkdorni mol-
mulkini olib qo‘yishga, shuningdek, uning huquqlarini cheklashga faqat qonunlarda
nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Shartnomalar erkinligi tamoyili. Ushbu tamoyilni mazmuni FKning 354-moddasida
belgilab qo‘yilgan. Fuqarolik huquqi subyektlari o‘z manfaatlarini turli shartnomalar orqali
ro‘yobga chiqaradilar. Masalan, oldi-sotdi, haq evaziga xizmat ko‘rsatish, hadya va h.k.
Qonunda fuqarolik huquqi subyektlarini shartnoma tuzishda erkinligi belgilab qo‘yilgan.
Shartnoma tuzishga majbur tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shartnoma tuzish burchi Fuqarolik
kodeksida, boshqa qonunlarda yoki ushbu subyektning o‘zi tomonidan olingan
majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda
tutilmagan shartnomalarni ham tuzishlari mumkin. Fuqarolik huquqining asosiy vazifasi
eng avvalo jamiyatdagi normal iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Boshqacha aytganda fuqarolik huquqi huquqbuzarliklarni jazolashdan ko‘ra ko‘proq
odatdagi o‘zaro mulkiy munosabatlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Xuddi shu sababli
ham fuqarolik huquqida ta’qiqlar nihoyatda kam va yo‘l qo‘yilgan harakatlar benihoyat
ko‘pdir. Fuqarolik-huquqiy qurilmalar va ta’sir vositalari orqali mulkiy munosabatlar
ishtirokchilari o‘zlari mustaqil tashkil etadilar. Shunday qilib, fuqarolik huquqining
tartibga
soluvchi
(regulyativ)
funksiyasi
tartibga
solinayotgan
munosabatlar
ishtirokchilariga o‘z o‘zini tashkil etish, o‘z o‘zini tartibga solish imkoniyatlarini berishda
ifodalanadi. Bunga fuqarolik munosabatlari ishtirokchilari turli tijorat va notijorat yuridik
shaxslari tuzish, o‘zaro shartnomaviy munosabatlarga kirishish imkoniyatlari fuqarolik
huquqiy normalar orqali belgilab qo’yilganini misol keltirish mumkin.
10
Fuqarolik munosabatida ishtirok etuvchi shaxslar fuqarolik huquq layoqotiga, ya’ni
fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bo‘lishlari, shuningdek, fuqarolik muomala
layoqatiga, ya’ni o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zlari uchun fuqarolik huquqlari
majburiyatlarini vujudga keltirish layoqatiga molik bo‘lishlari shart.
Fuqarolik huquqiy munosabatning mazmunini ushbu munosabatda ishtirok etuvchi
shaxslarning subyektiv huquqlarini va majburiyatlari subyektiv huquq, burch va
mazmunini tashkil etadi.
Ayni
paytda
fuqarolik
munosabatning
mazmunini
bunday
munosabat
ishtirokchilarini o‘z subyektiv huquq va majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladigan
o‘zaro harakatlari, hulq-atvori faoliyati tashkil etadi degan nuqtayi-nazar mavjud. Bunda
subyektiv huquq va burchlar huquqiy munosabatning yuridik shakli deb ko‘rsatiladi.
Subyektiv huquq har doim muayyan, konkret subyektga tegishli bo‘ladi. Biroq subyektiv
huquqlar obyektiv huquq asosida ya’ni davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan huquq
normalari asosida vujudga keladi va ularga muvofiq amalga oshiriladi.
Subyektiv huquq iborasining mohiyati shundan iboratki, bu huquq har doim
muayyan subyektga tegishli bo‘ladi va uni amalga oshirish ushbu huquq subyektining erki
irodasi va xohishiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki amalda subyektiv huquq sohibi o‘zining bu
huquqlarini amalga oshirishi yoki amalga oshirmasligi yoxud qonunda nazarda tutilgan
hollarda ushbu huquqdan voz kechishi ham mumkin.
Subyektiv huquq sohibi o‘zi bilan huquqiy munosabatga kirishgan boshqa tarafdan
o‘z huquqini buzilmasligini, unga rioya qilinishini qat’i talab qilishga haqli. Masalan,
badiiy asar muallifi ushbu asarga nisbatan o‘zining shaxsiy nomulkiy huquqlarini
buzilmasligini har kimdan talab qila oladi. Shuningdek, subyektiv huquqlar o‘z
harakteriga ko‘ra mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy bo‘lishi mumkin.
1)
Mulkiy harakterdagi va mulkiy harakterda bo‘lmagan shaxsiy huquqiy
11
munosabatlar. Mulkiy harakterdagi munosabatlar deganda, muayyan moddiy-iqtisodiy
mazmunga ega bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, masalan, mol-mulk bo‘yicha
belgilanadigan, oldi-sotdi, ijaraga qo‘yish va boshqacha shaklda bir subyektdan
boshqasiga o‘tkazish, umuman mulkiy muomala bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar
anglashiladi.
Mulkiy harakterda bo‘lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar shaxs (fuqarolar va
yuridik shaxslar)ning o‘zi bilan bevosita uzviy bog‘liq bo‘lgan, o‘z sohibidan, egasidan
begonalashtirilishi va birovga o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy huquqlar,
chunonchi, shaxsning o‘z asariga nisbatan mualliflik nomiga bo‘lgan huquq , sha’ni, qadr-
qimmati va boshqa shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlardan iborat.
2)
Mutlaq (absolyut) va nisbiy huquqiy munosabatlar. Mutlaq huquqiy
munosabatlarda subyektiv huquq egalari o‘z huquqlarining buzilmasligini, ularga rioya
qilinishini har kimdan va hammadan talab qila oladilar. Mutlaq huquqlar3 nomuayyan
doiradagi shaxslar tomonidan buzilishi mumkin bo‘lgani sababli har kimdan qo‘riqlanadi.
Bunday huquqlarga mulk, mualliflik huquqlari, shaxsiy huquqlar va shu kabilar kiradi.
Nisbiy huquqiy munosabatlarda esa faqat bir subyekt (yoki subyektlar)gina huquq
yoki majburiyat oladi. Nisbiy huquqlar zimmasida majburiyat yuklangan ma’lum shaxs
(yoki shaxslar)ga nisbatangina kuchda bo‘ladi. Shartnomalarga asoslangan barcha
fuqarolik huquqlari nisbiy huquqlar hisoblanadi. Nisbiy huquqlarga asoslangan talablarga
rioya qilishi, majburiyatlarning bajarilishi, qarzga olingan pulning to‘lanishi bo‘yicha o‘z
zimmasiga shartnoma asosida majburiyat olgan subyektlardangina talab qilish mumkin
bo‘ladi.
3)
Mulkiy huquqiy munosabatlar. Mulkiy huquqiy munosabatlar moddiy
harakterga ega hamda ashyolarni, mol mulklarni egallash, ulardan foydalanish va ularni
tasarruf etishga shuningdek, ular bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni amalga oshirishga
qaratiladi. Mulkiy huquqiy munosabatlarda ushbu huquq sohibi bo‘lgan subyektlar
boshqalarni qo‘llab-quvvatlashi va ruxsat berishlariga yoki boshqacha ijobiy harakatlariga
muhtoj bo‘lmay o‘z huquqlarini o‘zlari bevosita amalga oshirish va ro‘yobga chiqarish
imkoniyatlariga egadirlar. Demak, bunday huquqiy munosabatlar mutloq (absolyut)
3 Mutloq (absolut) huquq va FKning 1034-moddasida nazarda tutilgan mutloq huquqlarni chalkashtirmaslik lozim.
12
huquqiy munosabatlardir.
Ulardan farqli ravishda majburiyat munosabatlari nisbiy harakterga ega bo‘lib
mantiqan olganda majburiyat munosabatlarining aksariyat ko‘pchiligi mulkiy harakterga
ega (ba’zi hollarda majburiyat munosabatlari shaxsiy harakterga ega bo‘lishi istisno
etilmaydi). Odatda, majburiyat munosabatlari fuqarolik huquqi subyektlari tomonidan o‘z
huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish jarayonida vujudga keladi.
Masalan, fuqaro tomonidan oldi-sotdi shartnomasi asosida kiyim-kechak harid qilish,
mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kapital qurilish shartnomasi asosida o‘z ofisini
qurish to‘g‘risida qurilish tashkiloti bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishishi.
Majburiyat munosabatlarining ba’zilari shartnoma bilan bog‘liq bo‘lmasdan balki,
zarar yetkazish (delikt) yoxud mol-mulkni asossiz olish yoki tejash bilan bog‘liq
munosabatlar (kondikt) bo‘lib hisoblanishi mumkin.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar kelib chiqishi uchun huquqiy normalarda
to‘g‘ridan to‘g‘ri bu haqda belgilab qo‘yilgan, shuningdek, belgilab qo‘yilmagan bo‘lsada
fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy asoslari va mazmuniga muvofiq keladigan
muayyan holatlar mavjud bo‘lishi kerak. Fuqarolik huquqiy munosabatlarni keltirib
chiqaradigan, o‘zgartiradigan va bekor qiladigan asoslar sifatida qabul qilinadigan yuridik
faktlar turli tuman bo‘lib subyektlar erk irodasi mazmuniga ko‘ra hodisalar va harakatlar
guruhlariga bo‘linishi mumkin
FKning 8-moddasi 2-qismida fuqarolik huquqlari va burchlari vujudga kelish
asoslari sanab chiqilgan. Ulardan quyidagilardan iborat:
1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek,
garchi qonunda nazarda tutilmagan bo‘lsada, unga zid bo‘lmagan shartnoma va boshqa
bitimlardan;
2)
davlat organlari hamda fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining
fuqarolik huquqlari va majburiyatlari vujudga kelishining asosi sifatida qonunda nazarda
tutilgan hujjatlaridan;
3)
sudning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilagan qarorlaridan;
4)
qonun yo‘l qo‘ygan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5)
fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual
13
faoliyat natijasida;
6)
boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
7)
asossiz boyib ketish natijasida;
8)
fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
9)
qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlar natijasida.
Ba’zi holatlarda muayyan mol-mulk yoki mulkiy huquqlarga nisbatan huquqlarni
vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi ular vakolatli davlat organida ro‘yxatdan
o‘tkazilgandan keyin vujudga keladi. Masalan, ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish. Fuqarolik huquqi subyektlarini harakatlari ularni o‘z erki irodasi bo‘yicha
amalga oshiriladi va ular ham yuridik faktlar sifatida qaraladi. Bu o‘rinda mexanik harakat
bilan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatni farqlash lozim. Mexanik harakat masalan,
shaxsning o‘tirishi, turishi, yotishi, qo‘lini qo‘tarishi, pastga tushirishi o‘z-o‘zidan yuridik
oqibat vujudga keltirmaydi. Mexanik harakat bilan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan
harakat o‘rtasida aniq chegara o‘rnatish qiyin. Masalan, shaxsning o‘z ruchkasini sherigiga
berishi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakat bo‘lib mol-mulkdan tekin foydalanish
asosi sifatida ko‘rilishi mumkin. Subyektlar harakatlar orqali masalan, oldi-sotdi, xizmat
ko‘rsatish va shu kabilar orqali o‘zlari uchun maqbul yuridik faktlar oqibatida vujudga
keltiradilar. Harakatlar (ko‘p holatlarda harakat faol bo‘lsada, ba’zida muayyan xulq-
atvorda bo‘lish ham harakatni to‘g‘rirog‘i harakatsizlikni anglatadi va bu ham yuridik fakt
sifatida qaraladi) o‘z navbatida ikki turga: huquq yo‘l qo‘ygan va huquq yo‘l qo‘ymagan
xatti harakatlarga bo‘linadi.
II FUQAROLAR FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTI SIFATIDA
2.1 Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati.
2.1) Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning huquq va muomala
layoqati cheklanishi mumkin emas. Fuqarolarning muomala layoqatini cheklashning
qonunda belgilab qo‘yilgan shartlari va tartibiga rioya qilmaslik davlat organining tegishli
cheklashni belgilaydigan hujjati haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi. Fuqaroning huquq
layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati
14
yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy
emasdir, bunday bitimlarga qonun tomonidan yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno4.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasiga ko‘ra jinoyat sodir
etganlik uchun shaxslar ayrim fuqarolik huquqlaridan chunonchi, xizmat bo‘yicha
cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash choralari qo‘llanilishi
mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosidan tashqari boshqa fuqarolik
huquqlarini cheklash choralari vaqtinchalik harakterga ega. Huquq layoqati inson
tug‘ilgandan boshlab to u vafot etguncha unga xos xususiyat, sifat bo‘lib hisoblanadi.
Inson o‘zini holatidan qat’i nazar chaqaloq bo‘ladimi, aqli zaif bo‘ladimi, ruhiy hasta
bo‘ladimi baribir to‘laqonli huquq layoqatiga ega.
Yuqorida ko‘rsatilganidek umumiy qoida bo‘yicha huquq layoqati subyekti
sifatida mavjudlik chaqaloq tirik tug‘ilishi bilan boshlanadi. Biroq, qonun ba’zi holatlarda
hali tug‘ilmagan ya’ni ona qornida homila sifatida mavjud bo‘lganda ham uning
kelgusidagi manfaatlarini qonun e’tiborga oladi, qo‘riqlaydi. Masalan, agar meros
qoldiruvchi fuqaro vafot etgan hollarda uning nafaqat hayot paytida tug‘ilgan farzandlari
balki, qonunda belgilangan tartibda meros ochilgandan so‘ng tug‘ilgan farzandlar ham
merosxo‘r sifatida e’tirof etiladilar5.
Uy-joy kodeksida belgilanishicha, fuqarolarga turar joylar berilganda turar joy
hajmini belgilashda oilada homilador ayollarning mavjudligi ham hisobga olinadi. Huquq
layoqati fuqaro ya’ni, huquq subyekti o‘limi bilan tugaydi.
Bugungi kunda fan texnika taraqqiyoti ba’zi og‘ir kasalliklarda kishini sun’iy
ravishda hayotini saqlab qolishga imkon beradi. Ba’zan bunday holat uzoq vaqt cho‘zilishi
mumkin (ba’zida yillab davom etadi va buni ba’zi adabiyotlarda o‘simlik hayoti deb ham
ataladi). Kishini o‘simlik hayoti (sun’iy jonlantirish holati)da bo‘lishi uni o‘lim fakti ro‘yo
bermaganligi sababli huquq layoqatini bekor bo‘lishiga olib kelmaydi.
Biologik o‘lim hollaridan tashqari qonunda fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish taomili
ham mavjud.
Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko‘ra fuqarolarning muomala layoqati
4 O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 23-moddasidan.
5 O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1118-moddasidan.
15
fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga
oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir.
Muomala layoqatini yuridik harakatlarni amalga oshirish layoqati deb ham e’tirof etish
mumkin. Ba’zida, huquq layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar fuqarolik muomala layoqatiga
ega bo‘lavermaydilar. Muomala layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar o‘z xatti harakatlarini
anglab, oqibatlarini tushunib o‘z erki irodalari asosida amalga oshiradilar.
Odatda, yangi tug‘ilgan chaqaloq garchi to‘liq huquq layoqatiga ega bo‘lsa ham
o‘z mustaqil harakatlari bilan o‘zi uchun huquq va majburiyat vujudga keltirish
qobiliyatiga ega emas. Bolalar yillar o‘tgan sayin aqliy bilimlar va hayotiy tajriba orqali
ongi to‘liqlashib boradi. 18 yoshga to‘lganda unda to‘liq muomala layoqati vujudga keladi.
Ayni paytda qonunda belgilangan tartibda va asoslarda nikohdan o‘tgan voyaga
yetmaganlar ham shu paytdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladilar.
FKning 23-moddasiga ko‘ra voyaga yetgan fuqarolar teng darajada muomala layoqatiga
ega bo‘ladilar. Fuqarolarning muomala layoqati faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda
va tartibda cheklanishi mumkin. Fuqaroning o‘zi tomonidan yoki boshqalar tomonidan
uning muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Voyaga
yetmaganlarning
fuqarolik
muomalasida
ishtiroki
masalasi
tabaqalashtirilgan holda tartibga solinadi. Ya’ni 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga
yetmaganlar va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning muomala
layoqatining hajmi va mazmunida o‘ziga xosliklar mavjud. 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga
yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar)
to‘la
ravishda muomalaga layoqatsiz
hisoblanadilar. Biroq, qonun ularga fuqarolik muomalasida qatnashish bo‘yicha muayyan
imkoniyatlar beradi. Bunga ko‘ra 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
1)
mayda maishiy bitimlar;
2)
tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar;
3)
qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan
maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi
bitimlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari,
16
farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda
amalga oshirishga haqli:
1)
o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
2)
fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual
faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga
oshirish;
3)
qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va ularni tasarruf
etish;
4)
mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.
Kishining ruhiy kasalligi, aqli zaifligi uni sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz deb topish uchun asos bo‘ladi. Bu o‘rinda shuni unutmaslik
lozimki, har qanday ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik fuqaroni ongli ravishda harakatlar
qilish va fuqarolik muomalasida faol qatnashish imkoniyatidan mahrum etmaydi.
Fuqarolik kodeksining 30-moddasida ko‘rsatilishicha ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi
oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara
olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga
layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Tabiiyki,
muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi.
Agar fuqaro ruhiy kasallikdan davolansa, tegishli tartibda sud tomonidan to‘liq
muomalaga layoqatli deb topilishi ya’ni, muomala layoqati tiklanishi mumkin.
FKning 31-moddasiga ko‘ra spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini
suiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan
fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday
fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni
homiyning roziligi bilangina tuzishi, shuningdek, ish haqi, pensiya va boshqa daromadlar
olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq bunday fuqaro o‘zi tuzgan bitimlar
bo‘yicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘laFuqarolar
yashash joylari Fuqarolik kodeksining 21-moddasiga asosan, fuqaroning doimiy yoki
asosan yashab turgan joyi uning yashash joyi hisoblanadi. U hovli, xonadon (kvartira),
17
xizmat turar joyi, maxsus uylar(yotoqxona, mehmonxona, yolg‘iz qariyalar uylari,
faxriylar, nogironlar uchun internat - uylar, shuningdek, fuqaro doimiy yoki asosan
mulkdor sifatida ijara (ikkilamchi ijara) asosida yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa
asoslarda yashab turgan boshqa joy bo‘lishi mumkin.
Fuqaroning yashash joyi yetarli darajada aniqlash belgilanishi lozim. Bu o‘rinda
faqat aholi punktinigina ko‘rsatish kifoya emas, balki ko‘chasi, uy, xonadon tartib raqami
ham albatta ko‘rsatilishi lozim.
Doimiy yashash ushbu joyda uzoq muddat istiqomat qilish shartligini anglatmaydi.
Eng muhimi tarkib topgan, vujudga kelgan sharoitlarga ko‘ra fuqaro ushbu joyda istiqomat
qilayotgan bo‘lishi lozim. Masalan, oliy o‘quv yurtini tugatgandan keyin muayyan boshqa
hududga ishga kelgan yoki mutaxassis ushbu hududdagi turar-joyga o‘rnashuvi bilan, bu
joy uning doimiy yashash joyi hisoblanadi.
FKda doimiy yashash joyi iborasi bilan birgalikda, “asosan yashab turgan joyi”
iborasi ham qo‘llaniladi. Masalan, muayyan toifadagi fuqarolarni turmush tarzi, hayoti va
faoliyati doimiy istiqomat joyi bilan bog‘liq emas. Masalan, geologlar, dengizchilar,
baliqchilar, asalarichilar va boshqa kasb-kor qilishlari o‘z hayotini ko‘p qismini o‘z uyidan
chetda- ekspeditsiyalarda, dengizda, tog‘larda o‘tkazadi. Bunday hollarda fuqarolik
yashash joyi bo‘lib uning asosan yashaydigan joyi, ya’ni u nisbatan ko‘proq yashaydigan
joy hisoblanadi.
Fuqarolar muayyan yashash joyiga ega bo‘lishi lozim degan qoida uning mamlakat
hududida erkin ko‘chib yurish, erkin harakatlanishi, erkin ravishda yashash joyini tanlash
xususini aslo istisno etmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining har bir muomalaga layoqatli fuqarosi o‘z xohishiga
ko‘ra yashash joyini tanlaydi. Yashash joyini erkin tanlash inson huquqlari bo‘yicha
xalqaro konvensiyalarda nazarda tutilgan muhim xususiyatlaridan biri. Ushbu huquq
FKning 18-moddasida huquq layoqatini tarkibiy qismi sifatida belgilab qo‘yilgan.
Pasport rejimi to‘g‘risidagi qoidalarga asosan, fuqarolar yashash joyida ro‘yxatdan
o‘tishlari lozim. Binobarin, muayyan yashash joyda fuqaro ro‘yxatga olinganidan keyin,
boshqacha hol isbotlanguncha, u joy fuqaroni doimiy yashash joyi hisoblanadi.
Umumiy qoida bo‘yicha yashash joyini erkin tanlash huquqi to‘la muomala
18
layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolarga tegishli bo‘ladi. Shu munosabat bilan qisman muomala
layoqatiga ega bo‘lgan 14-18 gacha bo‘lganlar va FKning 31-moddasida belgilangan
tartibda sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolar bunday huquqqa egami
degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob FKda mustahkamlab qo‘yilgan normalar
mazmunida aks etgan. Boshqacha aytganda, bunday fuqarolar o‘z ota- onalari,
farzandlikka oluvchilari, homiylari roziligi bilangina yashash joyini tanlashlari mumkin.
Ba’zi toifadagi fuqarolarni yashash joyi qonunda belgilab qo‘yilgan. Birinchidan,
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarni (kichik yoshdagi bolalarni) yashash joyi
ular ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yashash joyi hisoblanadi. Agar ota-ona boshqa-
boshqa joylarda yashasalar, u holda bola qay biri bilan birga yashasa, yashash joyi bo‘lib
vasiylik yashash joyi hisoblanadi6.
Yashash joyini erkin tanlash huquqi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga
tegishlidir. Biroq mamalakatimiz hududida ulardan tashqari xorijiy fuqarolar, fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar ham doimiy istiqomat qiluvchilar. Ular bilan bo‘lgan munosabatlarni
tartibga solishda davlat o‘z immigratsiya siyosatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston
Respublikasi hududida g‘ayriqonuniy va nazoratdan tashqari bo‘lgan migratsiyani oldini
olish va bartaraf etish maqsadlardan kelib chiqqan holda maxsus qoidalar belgilaydi.
Yashash joyini aniq belgilash fuqarolarning huquq va manfaatlarini muhofaza
qilishi, fuqarolik huquqiy munosabatlari barqarorligini, davlat manfaatlarini ta’minlash
uchun ahamiyatga ega.
Fuqarolik huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan qator masalalarni hal etishda fuqaroni
yashash joyini aniq belgilash zarurati mavjud. Masalan, majburiyat qayerda ijro etilishi
kerak degan masalani qonun majburiyat fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilari -
kreditor va qarzdor yashash joyiga qarab hal etadi7. Merosni ochilish joyi to‘g‘risida
masala FKning 1117-moddasiga asosan meros qoldiruvchining oxirgi yashash joyi
hisoblanadi. Yashash joyi protsessual qonunchilik bo‘yicha muhim ahamiyatgaega
6 O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 21 moddasidan.
7 O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 246-moddasidan.
19
2.2 Vasiylik va homiylik,fuqarolik holati
2.2) O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 32-moddasi 1-qismiga
binoan, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli
bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga
yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi.
Vasiylar va homiylarning bunga tegishli huquq va burchlari qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Vasiylik va homiylik o‘z huquq va manfaatlarini o‘zlari mustaqil himoya qilishga
qiynaladigan yoki eplay olmaydigan fuqarolarni himoya qilish usulidir. Voyaga
yetmaganlar uchun esa vasiylik va homiylik ularni oilada tarbiyalanishi uchun
imkoniyatdir. Umuman olganda esa, vasiylik va homiylik tarkibiga fuqarolik, oila,
ma’muriy huquq qoidalarini olgan kompleks huquqiy institut hisoblanadi.
Vasiylik va homiylikni quyidagi ikki ma’noda tushunish mumkin:
1)
keng ma’noda (fuqarolik-huquqiy) - bu muomala layoqatining etishmagan
qismini to‘ldirish va voyaga yetmagan hamda muomalaga layoqatsiz shaxslarning huquq
va manfaatlarini himoya qilish usuli;
2)
tor ma’noda (davlat organining xizmat vazifalari) - ota-ona qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularni
tarbiyalashdir.
Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1.
Vasiyning vasiylikdagi shaxs bilan munosabatlari mulkiy va shaxsiy aloqalar
bilan bog‘liq. Vasiyga vasiylikdagi shaxsga nisbatan ota- onaning o‘z bolasiga nisbatan
hokimiyat huquqi tegishli bo‘ladi va vasiyning vasiylikdagi bolaning shaxsiga nisbatan
bevosita majburiyati - unga tarbiya berish hisoblanadi.
2.
Vasiylikdagi shaxsning mol-mulkiga nisbatan munosabat vasiylikdagi
shaxsning vakili sifatida harakatlarni amalga oshirish huquqlarini ifoda etadi. Bunda
birinchi navbatda, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini uning ehtiyojlari uchun sarflash,
shuningdek, uning mol- mulkini saqlashga e’tibor qaratiladi.
3.
Vasiyning uchinchi shaxsga nisbatan munosabati bir tomondan vasiylikdagi
shaxsga nisbatan hukmronlik huquqiga ega subyekt sifatidagi, ikkinchi tomondan
20
vasiyning vasiylikdagi shaxs qonuniy vakili sifatidagi maqomidan kelib chiqadi.
4. Vasiylik bir emas, bir nechta vasiy tomonidan ifodalanganda va ba’zan vasiy
bilan birga, homiy ham tayinlanganda, vasiylar o‘rtasida, shuningdek, vasiy va homiy
o‘rtasida munosabat yuzaga keladi.
5. Vasiyning vasiylik idorasi bilan munosabati. Bu holda vasiy vasiylik
idorasining nazoratida bo‘ladi va undan tposhiriq, farmoyishlar oladi.
“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida” gi Qonunnning 3-moddasiga ko‘ra, vasiylik -
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan etim bolalarni va ota- onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni
ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;
homiylik - o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan etim bolalarni va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomala
layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy
va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida
joylashtirishning huquqiy shaklidir.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar - alohida
g‘amxo‘rlikka, shuningdek, o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya
qilinishiga muhtoj bo‘lgan etim bolalar va ota- onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda bolalarning
hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va
ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar,
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga etgan muomalaga
layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar
hisoblanadi.
Vasiylik va homiylik bo‘yicha faoliyat:
tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil
etish bo‘limlari tomonidan - voyaga yetmaganlarga nisbatan;
tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan - sud tomonidan muomalaga
layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga nisbatan;
21
tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
markazlari tomonidan - sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga
etgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi.
Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan
shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa,
vasiyning yoki homiyning yashash joyi bo‘yicha belgilanadi.
Qonunchilikka ko‘ra muayyan toifdagi shaxslar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi
mumkin emas va ular quyidagilardir:
-
ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari cheklangan
shaxslar;
-
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan
deb topilgan shaxslar;
-
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o‘z
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki lozim
darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka
olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi, surunkali alkogolizm yoki
giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi oqibatida bekor qilingan bo‘lsa;
-
o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim
darajada bajarmaganligi yoxud o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganligi uchun vasiy yoki
homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
-
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan shaxslar 8.
Qonunchilikka binoan vasiylar o‘z vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili
bo‘lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab barcha zarur bitimlarni
tuzadi.
Homiylar o‘z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo‘lib, homiyligidagi
shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida
ko‘maklashadi,
shuningdek,
ularni
uchinchi
shaxslar
tomonidan
bo‘ladigan
suiiste’molliklardan muhofaza qiladi.
8 Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi.
22
Vasiy va homiylarning, vasiylik va homiylikdagi shaxslar huquq va majburiyatlari,
vasiylik va homiylikning tugatish asoslari “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunda
nazarda tutilgan. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish yuridik faktlar tizimida alohida
o‘rin tutadi. Fuqarolik holati hujj atlari qayd etilishi bilan fuqarolik huquq va burchlar
vujudga keladi, o‘zgaradi yoki bekor bo‘ladi. Shu sababli ham qonunchilikda fuqarolik
holati hujjatlarning muayyan toifalari davlat tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasi birinchi qismiga
ko‘ra, quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak:
1)
tug‘ilish;
2)
o‘lim;
3)
nikoh tuzilganligi;
4)
nikohdan ajralish.
Inson tug‘ilishi va uning hayoti uchun muhim bo‘lgan holatlarni yuridik hujjatlarda
ifodalash hamda muayyan huquqlarning shaxsga tegishli ekanligi rasmiylashtirish
bugungi rivojlangan kishilik jamiyatda alohida o‘rin tutadi. Albatta, insonning tug‘ilishi,
uning borligi (tirikligi, yashayotganligi) muayyan rasmiylashtirishlarsiz ham mavjud
voqelik hisoblanadi. Biroq, murakkab dunyo va ijtimoiy munosabatlar sharoitida, bir shaxs
huquqlarining ikkinchi shaxs huquqlardan farqlash, insonning huquq va majburiyatlarini
aniq ifodalashda, u bilan bog‘liq barcha ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni amalga
oshirishda insonning tug‘ilishi, o‘limi kabi fuqaro uchun muhim bo‘lgan faktlar,
shuningdek, muayyan yoshga etgandan so‘ng fuqaroning nikohdan o‘tish yoki nikohini
bekor qilish holatlari tegishli ravishda rasmiylashtirilishi va muayyan tartibda “hisobda
yuritilishi” davlat va jamiyat boshqaruvi uchun muhim omillardan biri sanaladi.
Mazkur faktlarni qayd etish va ular “hisobini yuritish” mamlakatimizda maxsus
davlat organi - fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limi tomonidan
amalga oshiriladi. Ma’lumki, FHDYO organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligiga bo‘ysunuvchi organ bo‘lib, ularning asosiy vazifasi qonun hujjatlarida
belgilangan, fuqarolik-huquqiy tusdagi yuridik faktlarni yozib qo‘yish, qayd qilish va
maxsus riyestr kiritib qo‘yishdan iborat. FHDYO organlari davlat organi bo‘lishi bilan
birga, fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi, aholiga muayyan turdagi
23
xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxs ham hisoblanadi. Shu bilan birga FHDYO
organlarida qonun hujjatlarida belgilangan alohida turdagi yuridik faktlar - tug‘ilish, o‘lim,
nikoh tuzish, nikohdan ajralish, otalikni belgilash, farzandlikka olish, ism o‘zgartirish
qayd etilishi FHDYO organi uchun o‘ziga xos yuridik majburiyatlarni vujudga keltiradi.
Xususan, FHDYO organi va uning mas’ul shaxslari farzandlikka olish sirini oshkor
qilmasliklari, fuqarolarga pulli xizmat ko‘rsatishlari (masalan, joylarga chiqib nikohni
qayd etish) va shu kabi fuqarolik-huquqiy harakaterdagi “faoliyat” olib borishlari lozim.
Tug‘ilish fuqarolik holati bo‘lib, uni qayd etish yo‘li bilan ushbu yuridik fakt rasmiy
tus kasb etadi va jismoniy shaxsning huquq layoqatini rasmiy jihatdan tasdiqlaydi.
Tug‘ilganlikni qayd etish fuqarolik holati sifatida davlat tomonidan qayd etiladi va shu
yo‘l bilan jismoniy shaxsning huquqiy maqomi yuzaga keladi. Zero, jismoniy shaxsning
keyingi hayoti davomida, masalan, bolani poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bolalar
bog‘chasiga joylashtirish, maktabga o‘qishga chiqish kabi harakatlarda tug‘ilganlik
guvohnomasi asosiy hujjat sanaladi.
Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlarini paydo bo‘lishiga
sabab bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos bo‘ladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan
FHDYO organi tomonidan berilgan guvohnoma, unda ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini
tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim
ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgandan so‘ng, o‘lim haqida gerbli
guvohnoma rasmiylashtiriladi va murojaat qilgan shaxsga taqdim etiladi.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma - bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-
xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga
kelganligini ifodalovchi hujjatdir.
Nikohdan ajralganlik er-xotin o‘rtasidagi oila-nikoh munosabatlari rasman
tugaganligini anglatadi va bu haqda ularga nikohdan ajralganlik guvohnomasi beriladi
hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikohdan ajralish qayd etilganligi haqida belgi
24
qo‘yiladi9.
III XULOSA
Xulosa qilib aytish kerakki mamlakatimizda inson huquqlari yaxshi darajada himoya
qilingan.Xususan .Konstitutsiyamizning 23 moddasida “O‘zbekiston Respublikasi o’z
hududida ham uning tashqarisida ham o’z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik
ko’rsatishni kafolatlaydi” deb belgilab qo’yilgan.Darhaqiqat o’tgan yillarda dunyoda sodir
bo’lgan pandimiya davrida ham qo’shni mamlakat Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan siyosiy
mojarolar davrida ham yurtimiz hududidan tashqarida qolib ketgan fuqarolarimiz tezda
mamlakatizga chaqirib olindi yoki bo‘lmasa olib kelindi.Xususan covid-19 o‘chog’iga
aylangan Xitoyning Pekin, Uxan kabi shaharlarida o’qiyotgan talabalarimizni yurtimizga
qaytarish maqsadida qo‘shimcha reyslar qo’yildi.Mamlakatimizga olib kelinganidan so’ng
9 Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi -T.: TDYU nashriyoti, 2016. -312 bet.
25
14 kun mobaynida karantin hududida saqlanib ularning butkul sog‘lom ekanligiga ishonch
hosil qilinganidan keyin o’z uylariga qaytarildi.
Biz bilamizki o‘tgan asrda inson huquqlarini poymol qilish avj olib ketan edi.Ko‘plab
insonlarning o‘limiga sababchi bo’lgan ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoning buyuk
mamlakatlari inson huquqlarini mustahkamlash maqsadida 1948 yil 10 dekabrda Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasini tuzib chiqdilar va ko‘plab davlatlar bu
deklaratsiyani qabul qildilar.Xususan O‘bekiston Respublikasi ham bu deklaratsiyasini
qabul qilgan. Konstitutsiyamizning bazi moddalari mano jihatidan Deklaratsiya
moddalariga o’xshab ketadi.Masalan Deklaratsiyaning 3 moddasi va Konstitutsiyamzning
27 moddasida insonlarning yashash,erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqi belgilab
qo‘yilgan.Deklaratsiya va Konstitutsiyamizning qator moddalari o‘xshashlidir.
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi -T.: TDYU nashriyoti,
2016. -312 bet.
2.O.T.Husanov Konstitutsiyaviy huquq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
ta’lim vazirligining 2012 yil 26-dekabrdagi 597-sonli buyrug‘iga asosan 5240100-
yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga darslik uchun tavsiya etilgan
darslik.
3.O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari to‘plami Lex.uz
4.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
5.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi VI,VII boblar
26
6.Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi