O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORPORATIV BOSHQARUVNING HUQUQIY ASOSLARI
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
9
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
129,5 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUXANDISLIK TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENT KAFEDRASI
KORPORATIV BOSHQARUVNI TARITIBGA SOLISH FANIDAN
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORPORATIV
BOSHQARUVNING HUQUQIY ASOSLARI
TOSHKENT-2023 y.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORPORATIV
BOSHQARUVNING HUQUQIY ASOSLARI
Mundarija
Kirish
1. O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning huquqiy tartibga solish
bosqichlari
2. O‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirishning
tashkiliy va iqtisodiy asoslari
3. Korporativ boshqaruvning global standartlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bugungi kunda mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida aksiyadorlik
jamiyatlar iqtisodiy negizi keskin o‘zgarib bormoqda. Ko‘p pog’onali iqtisodiyot
bo‘lganligi uchun turli mulk shakllariga asoslangan aksiyadorlik jamiyatlar amaliy
faoliyat olib bormoqdaki, ularning tahlilini olib borish, baholash, ular tuzilmasidagi
o‘zgarishlarni keng ilmiy tadqiq etish, ularning faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni
o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan 2017 yil 20 aprelda imzolangan “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»”gi qarorda “har bir oliy ta’lim muassasasi
jahonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari
o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or
pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng
joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka
oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali
o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda
respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy
xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirishni tashkil qilish” vazifalari alohida ta’kidlangan.
Iqtisodiyotning joriy va prognozlanayotgan xolati tashkilot maqsadlariga
salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. iqtisodiy muhitdagi ba’zi omillar (inflyatsiya va
deflyatsiya sur’atlari, bandlik darajasi, xalqaro to’lov balansi va boshqalar) doimiy
tarzda baholanishi lozim. Ushbu omillardan har biri firma uchun yoki havf, yoki
yangi imkoniyat tug’dirishi mumkin. Biron tashkilot uchun iqtisodiy havf boshqasi
uchun imkoniyat bo’lishi mumkin. Avtomobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab
chiqaruvchi tarmoq turg’unlik davrida yaxshi rivojlanadi, chunki bunday davrda
iste’molchilar yangi avtomobillarni sotib olish o’rniga eskilarini ta’mirlashni afzal
ko’radilar.
Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak.
SHAVKAT MIRZIYOYEV
1. O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning huquqiy tartibga solish
bosqichlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720 sonli
“Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2015 yil 1 iyulidan aksiyadorlik
va boshqa xo‘jalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan
qat’i nazar “davlat” so‘zidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaslik belgilanganligini
keltirishimiz mumkin.
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va mutanosib rivojlanishi, jahon
bozorida mustahkam o‘rin egallashi, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi
turmush darajasi va farovonligini yanada oshirish olib borilayotgan iqtisodiy
siyosatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu esa jahon iqtisodiyotining
globallashuv ko‘lami tobora kengayib borayotgan bir sharoitda har qanday
kon’yunktura o‘zgarishlari qarshi tura oladigan, ichki va tashqi bozor talablariga
tezlik bilan moslasha oluvchi korxonalarni shakllantirishni taqozo etadi. SHuning
uchun innovatsiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy etish hamda mahsulot
va xizmat turlarini muttasil yangilab borish hisobiga raqobatbardoshlikni
ta’minlovchi korporativ tuzilmalarni rivojlantirish zarur.
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga o‘tish davrining dastlabki yillarida
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida”, “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar
to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlar hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qator farmonlari va hukumat qarorlaridan iborat
korporativ boshqaruvni rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari yaratildi.
Ushbu qonunchilik hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi,
Kuzatuv kengashi kabi korporativ boshqaruv organlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bu boradagi qonunchilikning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston
korporativ boshqaruvning dunyodagi mavjud “ingliz-amerika”, “nemis” va “yapon”
modellari orasidan “nemis” modeliga ko‘proq o‘xshash bo‘lgan tizimni
shakllantirish yo‘lidan bordi. Ushbu modelning afzallik xususiyati shundaki,
boshqaruvda Kuzatuv kengashi va ijro organi vazifalari aniq ajralib turishi, bundan
tashqari, bir yoki bir necha yirik aksiyadorlarning mavjudligi, ya’ni aksiyadorlik
kapitalining konsentratsiyalashuvi yuqori ekanligi bilan belgilanadi. Germaniya
modelidan O‘zbekistondagi tizimning farqli jihati esa aksiyadorlik jamiyatlaridagi
korporativ boshqaruvda tijorat banklari rolining yuqori emasligidadir. O‘zbekiston
Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirishga alohida
e’tibor qaratilib, uning huquqiy asoslari takomillashtirilib borilmoqda.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini
himoya qilish bo‘yicha qator qonunlar qabul qilindi hamda qimmatli qog‘ozlar
bozori faoliyatining huquqiy asoslari shakllantirildi. Hozirgi kunda mavjud
aksiyadorlik jamiyatlari milliy iqtisodiyotning istiqbolini belgilashda katta
ahamiyatga ega bo‘lib, ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini
yaratish borasida muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarmoqda. Aksiyadorlik
jamiyatlarida korporativ boshqaruv amaliyotidan samarali foydalanish korxonalar
boshqaruvini samarali tashkil etish, unga ichki hamda tashqi investitsiyalarni jalb
etishni kengaytirish, istiqbolli innovatsiya strategiyalarini amalga oshirish bo‘yicha
bir qator ishlar davom etmoqda.
Korporativ boshqaruvning me’yoriy-xukukiy asoslari ma’lum bir qoida,
me’yor va andozalar asosi va doirasida ishlaydi. Ushbu qoida, me’yor va
andozalarning majmuasi korporativ boshqaruvning institutsional asoslarini tashkil
qiladi.
Korporativ boshqaruvning me’yor va qoidalari – davlat tomonidan ishlab
chiqarilib, aksiyadorlik jamiyatlar faoliyatini tartibga soladi.
Ularga aksiyadorlik jamiyatlari tugrisida qonunlar, qimmatli qog‘ozlar
haqidagi qonunchilik, aksiyadorlar huquqlarini va investitsiyalarni himoya qilish
qonunlari, bankrotlik, soliq qonunchiligi va boshqalar kiradi.
2-jadval Mamlakatimizda korporativ boshqaruvning me’yoriy-huquqiy
asoslari
Korporativ boshqaruv kodeksini qabul qilinishi aksiyadorlik jamiyatlarida
ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik qayta
jihozlash, raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish va uni tashqi bozorlarga eksport
qilish maqsadlarini ko‘zlaydi hamda bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Kodeksda
keltirilgan tavsiyalar bo‘yicha aksiyadorlar uchun yozma va elektron murojaatlar
yuborish, aksiyadorlarning ulanish manzillari hamda bank rekvizitlari o‘zgargani
to‘g‘risidagi axborotni yo‘llash orqali ularning aksiyadorlik jamiyati bilan aloqasini
soddalashtiradi. Bu ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, aksiyadorlarning
aksiya egalari ulushidan qat’i nazar, teng huquqlilik asosida boshqaruvda hamda
qarorlar qabul qilishda amaliy ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bundan
tashqari, mazkur huquqiy hujjat aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimidagi
tamoyillar va yondashuvlar tubdan o‘zgarishiga, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy
hamda investitsiya sohalariga korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy
etishga, xalqaro standartlarning implementatsiya qilinishiga imkon beradi. Hozirgi
1. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari
4.
Idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar (vazirliklar, davlat
qo‘mitalarining buyruqlari, qarorlari)
5.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1996)
6.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrir, 06.05.2014)
7.
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrir,
2015 y.)
8.
“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun (2012 y.)
9.
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrir, 2000 y.)
10.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrir, 2016 y.)
11.
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrir, 2003 y.)
12.
“Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyatlar
to‘g‘risida”gi Qonun (2001 y.)
13.
“Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonun (2001 y.)
14.
“Korporativ boshqaruv kodeksi” (2015 y.)
vaqtda barcha aksiyadorlik jamiyatida yil davomida Korporativ boshqaruv kodeksi
qoidalari va tamoyillariga rioya etish ustidan nazorat tizimi joriy qilinadi hamda har
bir moliya yili natijalari bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini
baholash yuzasidan kompleks tahlil amalga oshirilishi bir qator taklif va tavsiyalar
ishlab chiqish imkonini beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlar tomonidan kuchga kiritiladigan va uning ichki
hayotini tartiblashtiradigan me’yorlar (aksiyadorlik korporativ me’yorlar):
korporativ boshqaruvning ixtiyoriy qabul qilingan andozalari haqidagi o‘zaro
kelishuv va kompaniya darajasida ularni amalga oshirilish tartibini belgilaydigan
ichki me’yorlar (korporativ qimmatli qog‘ozlar listingiga talablar, kodekslar va
korporativ boshqaruv bo‘yicha tavsiyalar) kiradi.
Tashkiliy deb nomlanuvchi shartnomalarda, ya’ni boshqa tomonlar bilan ish
aloqalarini o‘rnatish, davom ettirish, to‘xtatish (bir so‘z bilan aytganda tashkil
qilishga) qaratilgan kelishuvlarda berilgan me’yorlar;
Korporativ huquq bu – korxonada ishlab chiqilgan qoidalar tizimi bo‘lib,
manfaatdor tomonlarning irodasini ifodalaydi va tashkilot faoliyatining turli
tomonlarini tartibga soladi.
Korporativ huquqning belgilari:
- korporativ huquq me’yorlardan, ya’ni umumiy xarakterga ega bo‘lgan
o‘zaro munosabatlar qoidalaridan tarkib topgan;
- korporativ huquq o‘zi bilan tashkilot faoliyatining barcha btartibga soluvchi
me’yorlar tizimini tashkil qiladi;
- korporativ me’yorlar, odatda, yozma shaklda ifodalanadi va ularni o‘rnatish
shakli sifatida korporativ hujjatlar xizmat qiladi;
- korporativ me’yorlar korxonada qabul qilinadi va alohida mustaqil
birlashma jamoasining irodasini ifodalaydi;
- korporativ me’yorlar buzilganda, majbur qilish yo‘li bilan ta’minlanadi.
3-rasm. Korporativni tartibga solish faoliyati
Korporativ me’yoriy hujjatlar quyidagi talablarga javob berishi shart:
- obyektiv haqqoniylikni aks ettirishi;
- amaldagi qonunchilikka zid kelmasligi;
- kompaniyaning barcha a’zolari va xodimlari uchun tushunarli bo‘lishi;
- me’yorlarning betartib to‘plamini tashkil qilmasdan, balki ma’lum bir
tuzilmaga ega bo‘lishi;
- barcha zarur rekvizitlarga ega bo‘lishi.
Ayrim aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv va nazorat tizimi
organlari faoliyati bo‘yicha ijobiy tajribaga ega samarali mulkdor-aksiyadorlar
mavjud bo‘lishiga qaramay, ko‘pgina aksiyadorlik jamiyatlarida, ayniqsa, ustav
fondida davlat ulushi ko‘p bo‘lgan yoki birgina aksiyadori mavjud bo‘lgan
jamiyatlarda korporativ boshqaruv nomigagina amal qilmoqda. Aksiyadorlarning
Umumiy yig‘ilishlari va Kuzatuv kengashlari majlislarining o‘tkazilishi ham
talab darajasida emas. Tahlillar davomida aksiyadorlik jamiyatlaridagi boshqaruv va
nazorat faoliyatida muhim rol o‘ynovchi Taftish komissiyalari va tashqi hamda ichki
audit xizmatlari ishlari ham davr talabiga javob bermayotganlik holatlari
kuzatilmoqda.
Mamlakatimizda korporativ boshqaruv tizimi va uning ichki tuzilishi jahon
amaliyotida qabul qilingan umumqoidalarga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, uning
asosida haqqoniylik, javobgarlik, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillari yotsada, bu
jarayonda ayrim salbiy ta’sirga ega omillar ham mavjud. Bular asosan, ko‘pgina
aksiyadorlik jamiyatlarida foyda, natija beradigan mulkdorning yo‘qligi, korporativ
boshqaruvning huquqiy
bazasi
takomillashmagani,
aksiyadorlar
Umumiy
yig‘ilishining rasmiyatchilik uchungina o‘tkazilayotgani, aslida qonunchilikka etarli
darajada amal qilinmayotgani, aksiyadorlik jamiyatlaridagi ichki hujjatlarning
sifatsizligi, ularda korporativ boshqaruvga daxldor savollarga javoblarning mutlaqo
yo‘qligi, korporativ boshqaruv qonunchiligi ijrosini ta’minlovchi mexanizm va
huquqiy madaniyatning etishmasligi kabilardir.
Bundan tashqari, korporativ boshqaruvni tatbiq etishning uslubiy va ilmiy-
uslubiy bazasi, qimmatli qog‘ozlar bozorining etarli darajada rivojlanmagani, fond
birjasida aksiyalar kotirovkasining mavjud emasligi, aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyati oshkoraligining sustligi kabi qator kamchiliklar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi bank tiimida tashqi va ichki audit samaradorligini
oshirish, ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlaridagi
korporativ boshqaruvda davlatning ishtiroki samaradorligini oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish ham dolzarb masaladir.
SHu bilan birga, aksiyadorlar, salohiyatli investorlar va kreditorlar uchun
aksiyadorlik tijorat bankida axborot ochiqligi holatini yanada oshirish, xorijiy tajriba
umumlashmasi asosida “Xalq bakni”da minoritar aksiyadorlar tashkil qilish va
ma’qul bo‘lgan ishonchnoma asosida birlashgan tarzda ovoz berish mexanizmini
aniqlash ham muhim.
Hozirda vujudga kelgan korporativ boshqaruvning o‘zbek modeli asosan uch
omil negizida tarkib topdi:
* amaldagi korporativ qonunchilik;
* ichki korporativ andozalar;
* joylardagi korporativ amaliyot.
Demak, korporativ boshqaruvning milliy modelini takomillashtirish masalasi
quyidagi uch asosiy yo‘nalishdan iborat bo‘lar ekan:
* korporativ qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish;
* aksiyadorlik jamiyatlari ustavlari, nizomlari va boshqalar kabi ichki
me’yoriy hujjatlar – korporativ andozalarning yangilarini ishlab chiqish yoki
amaldagilarini takomillashtirib borish;
* korporativ manfaat tomonlari o‘rtasida munosabatlarni qurish amaliyotini
xalqaro tan olingan korporativ boshqaruv tamoyillari asosida takomillashtirish.
Korporativ boshqaruvning o‘zbek modelini takomillashtirishdagi birinchi
yo‘nalish: korporativ qonunchilikka o‘zgartirishlar masalasi kiritilgan bo‘lib, quyida
bayon etilgan mulohaza va tavsiyalar aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining
qonunchilik
asoslarini
takomillashtirishga
qaratilgan.
Bunda,
korporativ
qonunchilikni takomillashtirishning quyidagi dolzarb masalalariga alohida e’tibor
berildi:
* Korporativ boshqaruv va nazorat organlarining vakolatlari, huquqlari va
javobgarligini yanada aniq belgilash;
* Aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlari, umumiy yig‘ilishlari,
taftish komissiyalarining roli va ahamiyatini oshirishning me’yoriy mexanizmlarini
mustahkamlash;
* minoritar aksiyadorlarning manfaatlarini chuqurroq hisobga olish orqali
kafolatlarini ko‘proq ta’minlash;
*
barcha
aksiyadorlarni
va
potensial
investorlarning
aksiyadorlik
kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida axborot olish usullari, doirasi va imkoniyatlarini
kengaytirish.
Aksiyadorlik tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirib
borish, xususan:
– korporativ boshqaruv, shu jumladan, xatarlarni boshqarish va ichki
nazoratni yaxshilash usullarini etakchi xorijiy banklar hamda moliya institutlarida
boshqaruvni
tashkil
etish
tizimini
chuqur
o‘rganish
asosida
yanada
takomillashtirish;
– banklar aktivlari va kredit portfeli sifatini yaxshilash, bank faoliyati bilan
bog‘liq xatarlarni (kredit, valyuta, operatsion, foiz va boshqalar) baholash tizimini
yanada rivojlantirish;
– tavakkalchiliklarga qarshi bar¬qarorlikni oshirish, banklar faoliyatida
nazorat sifatini va samarasini yanada oshirish;
– banklar faoliyatiga sog‘lom va xavfsiz bo‘lgan bank amaliyotini amalga
oshirishni o‘z ichiga olgan bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi
tahrirdagi «Korporativ boshqaruvning samarali omillari»ni joriy etish, malaka
etikasi andozalarini o‘rnatish, banklar faoliyatining shaffofligini ta’minlash;
– banklar faoliyati bo‘yicha axborotlar ommaviyligini, shu jumladan, banklar
veb-saytlariga yillik va oraliq moliyaviy hisobotlarni joylashtirish hamda bank siri
to‘g‘risidagi qonunchilikka xilof bo‘lmagan ravishda o‘rnatilgan tartibdagi boshqa
usullar orqali yanada oshirish ishlari davom ettiriladi.
Umuman olganda so‘nggi yillarda bank tizimiga xususiy kapitalni jalb qilish
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida rivojlanish darajasiga har tomonlama
ko‘maklashish muhim masalalardan hisoblanadi.
2. O‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirishning tashkiliy
va iqtisodiy asoslari
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini zamonaviy xalqaro standartlar
asosida innovatsion rivojlantirish masalalari deyarli o‘rganilmagan. SHuning uchun
ushbu maqola bu sohadagi mavjud adabiѐtlarni to‘ldirishga muayyan darajada
xizmat qiladi.
O‘zbekistonda oxirgi yillarda amalga oshirilgan huquqiy, tartibga soluvchi va
institutsional tadbirlar natijasida korporativ boshqaruvning o‘ziga xos tizimi ham
mikrodarajada, ya’ni korporativ munosabatlarning ichki ishtirokchilarini o‘z ichiga
olgan aksiyadorlik jamiyatlari miqyosida1 (1-rasm), ham makrodarajada, ya’ni
korporativ munosabatlarning tashqi ishtirokchilarini o‘z ichiga olgan mamlakat
miqyosida (2-rasm) shakllandi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi milliy korporativ
qonunchilikka muvofiq hamda xalqaro amaliѐt inobatga olingan holda rivojlanib
keldi, va hozirda u mamlakatimizda faoliyat yuritaѐtgan barcha aksiyadorlik
jamiyatlarida namuna sifatida qo‘llanilib kelinmoqda. Biroq, mamlakat miqѐsidagi
korporativ boshqaruvning makrodarajadagi tizimi, fikrimizcha, korporativ
boshqaruvning rivojlanishini targ‘ib qiluvchi va ko‘maklashuvchi ko‘proq jamoat
tashkilotlarining yaratilishini talab etadi. CHunki, ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda
aynan o‘z-o‘zini tartibga soluvchi, ya’ni nodavlat jamoat tashkilotlari ham
korporativ boshqaruv tizimini rivojlanishida asosiy rolni o‘ynaydi
Shu bilan birga, milliy korporativ boshqaruv tizimini shakllanishi va
rivojlanishining muayyan ijobiy jaraѐnlariga qaramasdan, korporativ boshqaruv
sohasida ayrim muammolar va hal etilmagan masalalar to‘planib qolmoqdaki, ularni
hal etmasdan turib, korporativ boshqaruv tizimini keyingi davrda rivojlantirish,
qolaversa, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakat raqobatbardoshligiga
erishish jarayoni qiyinlashishi mumkin.
- korxonalarni boshqarishda eskirgan ma’muriy-rejali ѐndashuvlar saqlanib
qolinishi oqibatida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida korporativ boshqaruv
shartlarini bajarishga haliyam rasmiyatchilik bilan qaralmoqda;
- aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining faoliyati (ayniqsa, davlat ishtiroki
bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida), ularning korxonani strategik rivojlantirishdagi
roli deyarli sezilmaydi, aksariyat kuzatuv kengashlari a’zolari etarli bilim va
malakaga ega emas;
- aksiyadorlik jamiyatlarida minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasini tashkil etish va
uning faoliyatini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmi yo‘qligi tufayli u
aksiyadorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha
vakolatlarini to‘la ro‘ѐbga chiqara olmayapti;
- respublika fond bozori va korporativ boshqaruv o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yo‘q,
fond birjasining samarali korporativ boshqaruvni rivojlantirish, korporativ
boshqaruv standartlarini targ‘ib qilishdagi roli sezilarsiz;
- aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligi pastligi tufayli ularning
aksiya paketlarini, shu jumladan davlat ulushlarini sotishda xorijiy investorlarni
jalb qilishning qiyinligi;
- aksiyadorlik jamiyatlarida samarali korporativ boshqaruvni amalga oshirishda
axborot-kommunikatsiya texnologiyasi salohiyatidan foydalanish darajasi juda
past;
- Korporativ boshqaruv kodeksi juda jo‘n ishlab chiqilgan, uning ayrim tavsiyalariga
rioya etishning mexanizmlari va metodik jihatlari ta’minlanmagan (masalan,
kuzatuv kengashining qo‘mitalari qanday tashkil etiladi, qanaqa nomdagi qo‘mitalar
tashkil etiladi, ularning vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi, kuzatuv kengashining
mustaqil a’zoligiga nomzodlar qanday tanlanadi va saylanadi, “comply or explain”
(“rioya qil yoki tushuntir”) xalqaro tamoyiliga rioya qilish tavsiyasi qanday amalga
oshiriladi va h.k.).
Bundan tashqari, 2015 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiѐt tashkiloti tomonidan
yangi tahrirda tasdiqlangan “G20/IHTT ning korporativ boshqaruv tamoyillari” da
keltirilgan adolatlilik, javobgarlik, shaffoflik va hisobdorlik kabi korporativ
boshqaruvning xalqaro e’tirof etilgan tamoyillari O‘zbekiston korporativ
qonunchiligida to‘la-to‘kis hali o‘z aksini topgani yo‘q.
SHuning uchun korporativ boshqaruv milliy tizimini innovatsion rivojlantirish
istiqbollarini belgilab beruvchi quyidagi asosiy yo‘nalishlar taklif etiladi:
O‘zbekistonda uzoq muddatga mo‘ljallangan “Korporativ boshqaruv tizimini
rivojlantirish konsepsiyasi” ni ishlab chiqish va amalga oshirish, unda korporativ
boshqaruv sohasidagi davlat siѐsatining maqsadi, vazifalari va tamoyillari,
shuningdek mazkur siѐsatni amalga oshirish mexanizmlarini belgilash
respublikada korporativ boshqaruv rivojlanishini targ‘ib qiluvchi va
ko‘maklashuvchi jamoat tashkilotlarining kamligini inobatga olib, kelgusida turli
nodavlat notijorat shakldagi jamoat tashkilotlarining (mas. O‘zbekiston korporativ
boshqaruv forumi, Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari uyushmasi, Korporativ
direktorlar uyushmasi, Korporativ maslahatchilar jamiyati, Institutsional va
strategik investorlar gildiyasi, Ichki auditorlar uyushmasi va h.k.) yaratilishiga
sharoitlar yaratish;
- fond bozori aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ munosabatlar samarali
yurgizilishi ustidan nazorat qilishning asosiy mexanizmlaridan biri ekanligini
inobatga olib, koporativ boshqaruv va respublika fond bozori o‘rtasidagi uzviy
aloqani fond birjasining listing mexanizmi orqali ta’minlash, buning uchun
quyidagilarni amalga oshirish:
- “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasida keltirilgan
aksiyalarni birja listingiga qo‘yish tartib-taomillari ro‘yxatiga emitentning
korporativ boshqaruv tizimini baholash borasidagi tartibni ham kiritish;
“Toshkent” RFB ning listing qoidalariga emitentning Korporativ boshqaruv
kodeksi tavsiyalariga rioya etish to‘g‘risidagi majburiyatni qabul qilish talabini
nazarda tutadigan o‘zgartirishlar kiritish.
respublikada korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyil va standartlarini samarali
joriy etish maqsadida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:
-AJ larni aksiyalari erkin sotiladigan va sotilmaydiganlarga ajratish uchun
qonunchilikda “ommaviy aksiyadorlik jamiyati” degan tushunchani kiritish hamda
bunday ommaviy AJ larning asosiy xususiyatlarini (mas. AJ da cheklanmagan
miqdorda aksiyadorlarning borligi, aksiyalarning bozorda erkin aylanishi va h.k.)
belgilab qo‘yish;
-Qonunning 10-moddasida ko‘zda tutilgan AJ ustav kapitalida chet ellik
investorning ulushi 15% dan kam bo‘lmasligi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish;4
Qonunning 17-moddasida AJ ustav kapitalining eng kam miqdoriga qo‘yilgan
talabni 400 ming AQSH dollaridan 400 mln. so‘mgacha kamaytirish;5
-AJ ijroiya organi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy
yig‘ilishini chaqirish huquqini ta’minlash uchun Qonunning 65- moddasida
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ijroiya organi rahbarinining
ѐzma talabi asosida ham o‘tkazilishini inobatga olish;
- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishda ishtirok etishiga sun’iy to‘siqlarni olib
tashlash uchun sirtdan elektron tarzda ovoz berish, shu jumladan umumiy yig‘ilish
materiallarini elektron tarzda tarqatish va ovozlarni ishonchli tasdiqlash tizimlaridan
foydalanishni joriy etish;
- kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzodlarni berish va tanlash jaraѐnini
takomillashtirish, bunda kuzatuv kengashiga nomzodlarning tajribasi va malakasi
to‘g‘risidagi axborotni to‘liq va o‘z vaqtida oshkor qilish lozimdir, natijada
aksiyadorlar har bir nomzodning qobiliyati va maqbulligi to‘g‘risida xabardor
bo‘ladi;
- shunday mexanizmni yaratish lozimki, unga muvofiq AJ iqtisodiy nochor ahvolga
kelganda bankrotlik qonunchiligi asosida kuzatuv kengashi a’zolariga korporativ
boshqaruvda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan kreditorlarning manfaatlarini
himoya qilish majburiyati yuklanadi;
- shunday amaliѐtni yo‘lga qo‘yish lozimki, unga muvofiq AJ o‘zining korporativ
boshqaruv amaliѐti bo‘yicha hisobotni muntazam ravishda chop etadi, va unda
qonun bo‘yicha oshkor etilishi lozim bo‘lgan axborotdan tashqari, kuzatuv kengashi
a’zolari va rahbariyatga beriladigan mukofotlar, kuzatuv kengashi a’zolarining
malakasi va ular bilan affillangan boshqa AJ lar, prognoz qilinadigan risk omillari,
ishlovchilar va manfaatdor shaxslar borasidagi masalalar to‘g‘risidagi axborotni
oshkor etadi;
- kuzatuv kengashi a’zolari o‘z vazifalarini aniq va talabchanlik bilan olib borishlari,
ularning yuqori xulq-atvor standartlariga rioya qilib faoliyat ko‘rsatishlari,
rahbariyatni nazorat qilishda va manfaatdor tomonlarning manfaatlarini inobatga
olishda yuqori xulq va professional standartlarni qo‘llashlari uchun AJ larda
Korporativ xulq va odob-axloq kodekslarini ishlab chiqish va qabul qilish;
-qonunchilikda yoki Korporativ boshqaruv kodeksida kuzatuv kengashining
vakolatlariga qo‘shimcha tarzda quyidagi vazifalarni ham kiritish: AJ ning risklarni
boshqarish tizimini ishlab chiqish va nazorat qilish; AJ direktori va uning
o‘rinbosarlari, kuzatuv kengashi a’zosidir.
3.Korporativ boshqaruvning global standartlari
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv
tizimini takomillashtirish komissiyasi Korporativ boshqaruv kodeksini tasdiqlandi.
Ushbu hujjat aksiyadorlik jamiyatlariga tavsiyanoma xususiyatiga ega bo‘lib, 42 ta
banddan iborat. Unda belgilanishicha, aksiyadorlik jamiyatlari tarmoqqa oid
xususiyati va faoliyati turidan kelib chiqib, Kodeks tavsiyalarini joriy etish bo‘yicha
ichki korporativ harakatlarni amalga oshirishi mumkin. ajlarga zamonaviy
korporativ boshqaruv uslublari joriy qilinadi
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ
boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan Korporativ boshqaruv
kodeksi tasdiqlangan bo‘lib, unda korporativ boshqaruvning ilg‘or uslublarini joriy
qilish, shu jumladan:
uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat
tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan o‘zaro
hamkorlikning samarali mexanizmlarini belgilash;
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ko‘lami, tarmoq xususiyatlari va
yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy
qilish;
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan
xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini chop etish
ko‘zda tutilgan.
Konferensiya
ishtirokchilari
ta’kidlaganlaridek,
O‘zbekistonda
korporativ
boshqaruv tizimidagi tamoyil va yondashuvlarini tubdan o‘zgartirish, ishlab
chiqarish, tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiya jarayonlariga korporativ
menejmentning xalqaro zamonaviy standartlarini joriy qilish, boshqaruvning
eskicha uslublari o‘rniga yangi korporativ tashkilotlarni shakllantirish bo‘yicha faol
ishlar amalga oshirilmoqda.
KORPORATIV BOSHQARUVNING XALQARO TAMOYILLARI
Yevroaksiyadorlar korporativ boshqaruvi asosiy tamoyillari 1990 yil Evropa
aksiyadorlar (qisqacha nomi- Evroaksiyadorlar) assotsiatsiyalari Konfederatsiyasi
tashkil qilingan bo‘lib, uning tarkibiga sakkizta milliy aksiyadorlar assotsiatsiyasi
(Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Daniya, Ispaniya, Fransiya va
SHvetsiya) kirgan. Tashkilotning asosiy vazifasi – Evropa Ittifoqi alohida
aksiyadorlarining manfaatlarini ifodalash, mayda aksiyadorlarni himoya qilish,
kapitallar bozori ochiqligini ta’minlash, Evropa kompaniyalarida aksiyadorlik
kapitali qiymatini oshirish, korporativ boshqaruv masalalarini qo‘llab - quvvatlash
hisoblanadi.
Evropa ittifoqi hamkorligi tashkiloti (EIHT)ning beshta tamoyili asosida
Evroaksiyadorlar o‘z dasturlarini, Korporativ boshqaruv asosiy tamoyillarini ishlab
chiqqan bo‘lib, unda kompaniya maqsadlari, ovoz berish huquqlari, qo‘shib olishdan
himoya qilish, axborot huquqi va direktorlar kengashining roliga nisbatan qator
tavsiyalar aks ettirilgan. Ular quyidagilardan iboratdir:
■ kompaniya avvalo uzoq muddatli istiqbolda aksiyadorlik kapitali qiymatini
maksimallashga intilishi lozim. Kompaniyalar o‘z moliyaviy maqsadlari va
strategiyasini yozma shaklda aniq ko‘rsatishi va buni yillik hisobotga kiritishi lozim;
kompaniya tabiati, hajmi, strukturasi va riskiga jiddiy ta’sir etuvchi asosiy
qarorlar va kompaniya aksiyadori uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin
bo‘lgan qarorlar aksiyadorlar tomonidan tasdiqlanishi yoki aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishida qabul qilinishi lozim;
qo‘shib olishga qarshi himoya vositalari yoki aksiyadorlar ta’sirini
cheklaydigan boshqa vositalardan qochish zarur;
qo‘shib olish va birlashtirish jarayonlari tartibga solinishi, bu qoidalarga amal
qilinishi nazorat ostida bo‘lishi lozim;
agar aksiyadorning mulk ulushi belgilangan miqdorga etadigan bo‘lsa,
bunday aksiyador qolgan aksiyalarni oqilona shartlarda, ya’ni kompaniya ustidan
nazoratni qo‘lga kiritish uchun to‘lov sifatida to‘lanadigan narxda sotib olishi kerak;
kompaniyalar aksiyalar qiymatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan axborotni,
shuningdek, 5% mulk chegirmasidan o‘tgan (kamaygan yoki ko‘paygan)
aksiyadorlar haqida axborotni darhol ma’lum qilishlari lozim. Bu talabga rioya
qilinmagan hollarda jiddiy jarima choralari qo‘llanadi;
auditorlar mustaqil bo‘lishi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida saylanishi
lozim;
aksiyadorlar yig‘ilish kun tartibiga masalalar kiritish imkoniyatiga ega
bo‘lishi lozim;
axborot tarqatish oddiy kanallaridan tashqari, kompaniya aksiyadorlarga
aksiyalar qiymatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan axborotni etkazish uchun elektron
vositalardan foydalanishi lozim;
aksiyadorlar kengashning kamida bitta a’zosini saylash huquqiga,
shuningdek, Kengash a’zosini bo‘shatish masalasini ko‘tarish imkoniyatiga ega
bo‘lishlari lozim. Saylangunga qadar aksiyadorlar Kengash tarkibiga saylash uchun
nomzodlar taklif qilish imkoniyatiga ega;
Kuzatuv kengashi a’zosi sifatida bir pog‘onali tizimda ham, ikki pog‘onali
tizimda ham noijrochi direktorlarning Kengash tarkibidagi a’zoligi 12 yilgacha
bo‘lgan muddat bilan cheklanishi lozim;
Kengash tarkibida Kengash sobiq ijrochi a’zolari qatoridan bo‘lgan bittadan
ortiq noijrochi a’zo bo‘lishi mumkin emas.
Kaliforniya pensiya fondining korporativ boshqaruv buyicha global
tamoyillari (CalPRES). Aksiyadorlik harakatining rivojlanishida institutsional
investorlar, masalan, AQSHda eng yirik va faol pensiya fondlaridan biri bo‘lgan
CalPRES (California Public Employees' Retirement System) muhim rol o‘ynaydi.
Bu fond 80 - yillarning boshlarida tashkil etilgan bo‘lib, amerika moliya bozorida
harakat qilishdan tashqari xorijiy kompaniyalarga investitsiyalar kiritadi.
1996 yil CalPRES e’lon qilgan Korporativ boshqaruv global tamoyillari
(matnda keyinchalik – CalPRES tamoyillari) quyidagilardan iborat:
1. Hisobot berish:
direktorlar Kengashi yoki Kuzatuv kengashi aksiyadorlar oldida hisobot
berishi lozim;
direktorlar Kengashi menejmentni nazorat qilish imkoniyatiga, investorlar esa
direktorlar Kengashini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim;
menejmentni mukofotlash kompaniya faoliyatining uzoq muddatli natijalari
bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.
2.SHaffoflik:
global raqobatli bozorlar kompaniyalar taqdim etayotgan axborotning
ishonchliligi va shoffofligiga bog‘liq bo‘ladi;
kompaniyalar buxgalteriya hisobi xalqaro andozalarini tan olishlari lozim;
■ kompaniyalar aksiyadorlar oldida eng yaxshi amaliyot kompaniya
kodeksiga amal qilish haqida hisobot berishlari lozim.
3. Adolatlilik:
■ kompaniyalar minoritar aksiyadorlarni hurmat qilishi lozim. Ular barcha
aksiyadorlarga nisbatan adolatli munosabatni ta’minlashlari lozim;
■ bitta aksiya uning egasiga umumiy yig‘ilishda bitta ovoz huquqini berishi
kerak.
4. Ovoz berish usullari:
ishonch qog‘ozlari aniq, qisqa bo‘lishi va aksiyadorlarga mos keluvchi
axborot taqdim etishi lozim;
aksiyadorlarning shaxsan yoki ishonch qog‘ozi asosida berilgan barcha
ovozlari rasman hisoblab chiqilishi va e’lon qilinishi lozim;
■ ishonch qog‘ozi asosida ovoz berish jarayonini soddalashtirish uchun yangi
texnologiyalardan foydalanish lozim.
5.Eng yaxshi amaliyot kodekslari:
barcha bozorlar kompaniya menejmenti va direktorlari ularga amal qilishi
mumkin bo‘lgan mos keluvchi eng yaxshi amaliyot kodekslarini ishlab chiqishi
lozim;
kompaniyalar eng yaxshi amaliyot kodekslarida bayon qilingan tamoyillarga
amal qilishlari lozim;
bozor qatnashchilari vaqti - vaqti bilan eng yaxshi amaliyot kodekslarini qayta
ko‘rib chiqishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2003 yildagi PF-3202-sonli
Farmoni va Vazirlar Mahkamasining korporativ boshqaruvni takomillashtirish
bo‘yicha 19.04.2003 yildagi 189 - onli Qaroriga binoan:
- ayrim me’yorlar o‘z kuchini yo‘qotdi: davlat aksiya paketi boshqaruvchisi
ovoz bergandagina Kuzatuv kengashi qarori qabul qilishi, davlat ishonchli vakili
umumiy yig‘ilish qarorining bajarilishini to‘xtatishi mumkinligi, davlat aksiya
paketlari xo‘jalik birlashmalariga boshqarish huquqi bilan berilishi;
- Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasiga a’zolik bilan aksiyadorlik
jamiyatda yollanma mehnat bilan bog‘liq faoliyatni qo‘shib olib borilishiga yo‘l
qo‘ymaslik;
- ko‘proq tanlov asosida direktorni (Boshqaruv xay’ati raisini) aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanish tartibi o‘rnatildi, yollash shartnomasi bir
yil muddatga har yili umumiy yig‘ilish tasdig‘i bilan tuziladi, ayrim hollarda esa
uning muddatini uzaytirish yoki to‘xtatish haqidagi qaror Kuzatuv kengash
tomonidan qabul qilinadi;
- biznes - rejaning bajarilishi haqida Ijroiya organi har chorakda Kuzatuv
kengashi oldida hisobot berish tartibi qabul qilindi. Qo‘pol chetlashishlarda yoki
mazkur rejaning bajarilishi xavf ostida qolganda Kuzatuv kengashi zudlik bilan
yollash shartnomasini muddatidan ilgari to‘xtatish huquqiga ega;
- ijro etuvchi direktorlarning va Kuzatuv kengashlarining moddiy
rag‘batlantirilishi aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samarasiga bevosita bog‘liqligi
belgilangan;
- korxona faoliyatiga xo‘jalik birlashmalarining asossiz aralashuvini oldini
olish bo‘yicha chora - tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, korxonalarni
moddiy texnik resurslar bilan ta’minlanishining bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini
keng ko‘lamda tatbiq qilish masalalari qo‘yilgan;
-
davlat
aksiya
paketlarini
(ulushini)
professional
boshqaruvchi
kompaniyalarga bosqichma - bosqich ishonchli boshqaruvga berish nazarda tutilgan;
- davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) boshqarish bo‘yicha xarajatlar davlat
aksiya paketlariga hisoblangan dividendlar hisobiga, ular etmaganda davlat mulkini
hususiylashtirilishidan tushgan umumiy mablag‘ hisobiga amalga oshirilishi
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Republikasi Davlat
mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ
– 335 - son 26.04.2006 yildagi Qaroriga binoan:
- xususiylashtirish va korporativ sektorda davlat aktivlarini boshqarish
usullari tubdan qayta ko‘rib chiqildi;
- yillik biznes - rejalarni tasdiqlash va amalga oshirishda ijro intizomining
oshirilishi, hamda biznes - rejalarning bajarilishi ustidan korporativ nazoratning
ta’minlanishi bo‘yicha kuzatuv kengashlari, davlat ishonchli vakillari va ishonchli
boshqaruvchilarning mas’uliyatini kuchaytirish zaruriyati belgilandi;
kuzatuv kengashlarining hisobot berish mas’uliyatini kuchaytirish va xo‘jalik
jamiyatlaridagi korporativ boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini baholash
tizimini ishlab chiqish lozimligi belgilandi;
- Davlat mulki qo‘mitasi organlari ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish,
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, korporativ boshqaruv tizimini
mustahkamlash, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishni ta’minlashga doir
tadbirlar tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini
yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida” PQ – 475 - son 27.09.2006
yildagi Qarorida 2006-2007 yillarda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish
dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda:
- korxonalarni to‘liq davlat tasarrufidan chiqarish va yangi aksiyadorlik
jamiyatlarini tashkil qilish hisobiga qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorini
yanada rivojlantirish;
- qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini jadal rivojlantirish va ko‘lamini
kengaytirish;
- aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish;
- fond bozori zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish va uning moddiy -
texnik bazasini mustahkamlash;
- qimmatli qog‘ozlar bozori uchun kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish
bo‘yicha chora - tadbirlar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat
ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarni samarali boshqarishni va davlat mulki hisobi
lozim darajada yuritilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar haqida” 215 - son
16.10.2006 yildagi Qarori aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni
mustahkamlash ishida navbatdagi qadam bo‘lib, unda asosiy e’tibor korporativ
nazorat tizimiga qaratilgan va quyidagi xujjatlar qabul qilingan:
- davlat korxonalari haqida nizom;
- ichki audit xizmati haqida nizom;
-davlat aksiya paketlarini (ulushi) ishonchli boshqaruvga berish tartibi haqida
nizom.
XULOSA
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, korxonaning har jihatdan muhim rivojlanishida
uning ko’rsatkichlarini aniqlash, to’gri tahlil qila bilish va muomuolarni o’rganib
muqobil yechimlarni taklif qila olish qobilyatlarini shakllantirish, dunyo
standartlariga mos bo’lgan biznes modellini qurishda korxonaning faoliyati ustida
muhim izlanishlar qilishni taqozo etmoqda. Buning uchun korxona ko’rsatkichlarini
aniqlash uslubiyatlaridan boxabar bo’lishlik, baholash jarayonlarini boshqarish va
nazorat qilish ko’nikmalarini o’zida shakllantirish har bir menejer,boshqaruvchini
muhim vazifasi sanaladi.
Korporativ boshqaruvning samarali rivojlanishiga erishish uning asl
mohiyatini chuqur anglash va tushunishni, uning ilmiy soha sifatida
shakllanishiga imkon bergan ilmiy-nazariy ѐndashuvlarini tadqiq qilishni taqozo
etadi. Shuni ham aytish joizki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida xalqaro
aloqalarning mustahkamlanib borishi samarali korporativ boshqaruv tizimi
kengroq joriy qilinishini talab etmoqda. Demak, aksiyadorlik jamiyatlarida
korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish iqtisodiyotning barcha
sohalariga investitsiyalarni jalb etishning muhim omili hisoblanadi. SHu bois
O‘zbekiston Respublikasida o‘z milliy korporativ boshqaruv modelini
shakllantirish jarayoni boshlang‘ich bosqichlarida turganligi sababli korporativ
boshqaruvni tadbiq etish va uni kelajakda istiqbolli rivojlantirish,
iqtisodiyotning u yoki bu modeli muammolarini hal etishga qaratilishi kursning
asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida aksiyadorlik
jamiyatlar iqtisodiy negizi keskin o‘zgarib bormoqda. Ko‘p ukladli iqtisodiyot
bo‘lganligi uchun turli mulk shakllariga asoslangan aksiyadorlik jamiyatlar
amaliy faoliyat olib bormoqdaki, ularning tahlilini olib borish, baholash, ular
tuzilmasidagi o‘zgarishlarni keng ilmiy tadqiq etish, ular faoliyatiga ta’sir
qiluvchi omillarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy adabiyotlar
1. Mc Connell, Brue. Economics. 17th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA,
2014.
2. N. Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th edition. Amazon,
USA 2016.
3. Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19th Edition.
McGraw-Hill Companies. USA. 2015.
4. Xodiev B.YU., Berkinov B.B. “Korporativ boshqaruv va raqobatni
rivojlantirish” O‘quv qo‘llanma. -T.: 2011 y.
5. Xodiev B.YU., Karlibaeva R.X., Akramova N.I. O‘quv qo‘llanma.-
TDIU, 2010. – 280 bet.
6. SHodmonov SH.SH., G‘ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. –
T.: Iqtisod-moliya, 2010. – 728 bet.
7. Zaynutdinov SH.N. Korporativ boshqaruv asoslari. O‘quv qo‘llanma. -
T.: O‘zbekiston, 2008. – 260 b.
. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. – 46
8.Saotov F.Y. Korporatv boshqarish va tartibga solish. Darslik - T.: «TashDTU»,
2021. - 371 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF №4720
“Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2015 yil 24 aprel;
10. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni №233-I “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida (yangi tahriri)”, 1996 yil
26 aprel. YAngi tahriri O‘RQ-370 son bilan 2014 yil 06 mayda tasdiqlangan.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni №310-II «Mas’uliyati cheklangan
hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida», 2001 yil 06 dekabr;
12. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Raqobat to‘g‘risida”, 2012 yil 6
yanvar.
13. Mirziyoev SH.M. “Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy majlis palatalarining qo‘shma
majlisidagi nutqi/ SH.Mirziyoev. Toshkent: O‘zbekiston,2016.-56 b.
14. Mirziyov SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017
yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11.
15. Mirziyoev SH.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash
yurt tarqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimidagi ma’ruza.
16. Mirziyoev SH.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz
bilan birga quramiz”. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
SHavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar saylovchilari
vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin
olgan. SH.Mirziyoev. Toshkent “O‘zbekiston”, 2017 – 488 b.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida" gi Farmoni. //
O‘zbekistan Respublikasi Qonunlari to‘plami. 2017 y., № 6, st. 70.
18.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan
2017 yil 22 dekabr kuni birinchi marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy
Majlisga Murojaatnomasi Toshkent : O‘zbekiston, 2017 y., 104 b...
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori №207 “Davlat
ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”, 2015 yil
28 iyul.
Internet saytlari
20 http://www.xb.uz – O‘zbekiston Respublikasi AT “Xalq banki” rasmiy
sayti
21. http://www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi milliy Qonunchilik
bazasi rasmiy sayti.
22. http://www.minfin.cov.uz - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
rasmiy sayti.
23. http://www.cbu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy
sayti
24. http://ebiblioteka.ru – Rossiya federatsiyasining elektron kutubxonasi
rasmiy say