O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAVJUD ERKIN IQTISODIY ZONALAR ISTIQBOLLARI
Yuklangan vaqt
2024-07-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
530,5 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAVJUD ERKIN IQTISODIY
ZONALAR ISTIQBOLLARI
Tayanch iboralar: iqtisodiy salohiyat, eksport, institutsional yurisdiksiya,
izolyatsiyalangan qishloq, o‘sish nuqtalari, Davlat sektori, xususiy sektor, Davlat
sektori va xususiy sektorning sherikchiligi, Maxsus iqtisodiy zonalar, maxsus
ma’muriy rayon, maxsus iqtisodiy boshqaruv tizimi,
Reja:
1. Respublika xududlarida iqtisodiy salohiyatni tahlili.
2.O‘zbekiston Respublikasida mavjud erkin iqtisodiy zonalar istiqbollari.
1.Respublika xududlarida iqtisodiy salohiyatni tahlili. Respublikaning Jizzax,
Navoiy viloyatlarining iqtisodiy salohiyatini tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu mintaqalar
o‘zining ham qishloq xo‘jalik, ham sanoat ishlab chiqarish darajasi bilan hududida
eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, erkin tadbirkorlik va erkin
savdo zonalarini tashkil etish uchun qulay hisoblanadi. Har bir hudud o‘zining
hududida u yoki bu tarmoqni rivojlanish darajasi va mavjudligi bilan farq qiladi. Bu
omil Erkin iqtisodiy zonaning malum yo‘nalishdagi modelini tanlashda rivojlanishi
strategiyasini ishlab chiqarishda va infratuzilmasini yaratishda muhim hisoblanadi.
O‘zbeiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Erkin iqtisodiy zonalar
samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat
hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ana shu kabi kamchiliklarni bartaraf
qilishda muhim o‘rin tutadi. Jumladan, mazkur qarorga binoan, Erkin iqtisodiy
zonalar hududida klaster yondashuvlaridan samarali foydalangan holda,
ishtirokchilar o‘rtasida mustahkam kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilib, mahalliy
xom ashyo va materiallar asosida raqobatdosh tayyor mahsulotlar, butlovchi
buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali ilg‘or
korxonalar tashkil etiladi. Bu jarayonda ishlab chiqarish, muhandislik-
kommunikatsiya, yo‘l-transport hamda sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish
bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, malakali mutaxassislar tayyorlash
kabi chora-tadbirlar qo‘llaniladi. “Urgut”, “Qo‘qon”, “G‘ijduvon” va “Hazorasp”
erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmasevtika yo‘nalishidagi erkin iqtisodiy
hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish
ishlari da faollik talab etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini
elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan
barqaror ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda.
Kelgusi yillardagi ustuvor yo‘nalishlardan biri mamlakatimizda, eng avvalo, jalb
qilinayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, chet el
investorlari uchun kafolatlar yaratish hamda ularning ishonchini mustahkamlash
maqsadida yanada qulay investitsiya muhitini shakllantirishdan iborat. Hozirgi
paytda raqobatdosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan,
mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga
xizmat qiladigan yangi sanoat korxonalarini tashkil etish bo‘yicha chet el
investorlari ishtirokidagi yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish ishlariga jiddiy
e’tibor bilan qaralmoqda.
"O‘zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida" Qonun loyihasini
ishlab chiqish 1995 yilda boshlangan 1 . O‘zbekiston Hukumati EIZ larning
mexanizmi sifatida taklif qilish mumkin bo‘ladigan imkoniyatlarni va milliy
iqtisodiyotning istitutlarining ushbu mexanizmdan muvaffaqiyatli va samarali
foydalanishga tayyorligini diqqat bilan tahlil qilgan. Natijada 1996 yilda
1 www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida» gi Qonuni qabul
qilingan2.
Qonun
o‘zida
investorlarning
zonalar
hududidagi
faoliyatini
amalda
liberallashtirishni ko‘zda tutadigan o‘ta progressiv hujjatni taqdim qiladi. Shuni
qayd qilish lozimki, unda investorlarning, jumladan zonalar hududidagi xorijiy
investorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga rioya qilinishini kafolatlash,
natsionalizatsiya qilishning hech qanday shakliga yo‘l qo‘ymaslik, har qanday
investorlarga davlat organlarining hatti-harakatlaridan ko‘rilgan zararlarni qoplash
kabi muhim masalalar birinchi marta o‘z aksini topgan. Shuningdek zonada faoliyat
ko‘rsatuvchilar uchun erkin narx belgilash va erkin pul muomalasi (valyuta rejimi)
qonun bilan mustahkamlangan, xorijiy korxonalarni ro‘yxatga olish tartibi va
hokazolar kiritilgan.
Mazkur Qonunga muvofiq, erkin iqtisodiy zona deganda aniq belgilangan ma’muriy
chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan, mamlakat ning o‘zining
kapitali va xorijiy kapitalni, ilg‘or texnologiyalar va zonani tezlashtirilgan ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur bo‘ladigan boshqarish tajribasini jalb qilish
maqsadida yaratiladigan maxsus ajratilgan hudud tushuniladi. Erkin iqtisodiy zona
hududida yuridik shaxslar va fuqarolarning (jismoniy shaxslarning) O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligi bilan ta’qiqlangan faoliyat turlaridan tashqari har
qanday xo‘jalik, moliya va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga yo‘l
qo‘yiladi.
2.O‘zbekiston Respublikasida mavjud erkin iqtisodiy zonalar istiqbollari.
EIZ larning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashda mamlakat Hukumati
tomonidan taklif qilinadigan imtiyozlar va yengilliklar katta rol o‘ynaydi.
O‘zbekistondagi turli EIZ larning rezidentlari uchun imtiyozlar paketini ishlab
chiqishda EIZ joylashgan mintaqaning bir qator ijtimoiy-iqtisodiy omillaridan kelib
chiqish bilan individual yondashuv qo‘llanilgan. Boshqacha qilib aytganda,
“Angren” va “Jizzax” MSZ larning rezidentlari uchun amal qiladigan paket
“Navoiy” ESIZ da amal qiladigan imtiyozlar paketidan farq qiladi.
2 www.press-service.uz
3.1- jadval
EIZ larning potensiali
Maxsus hududlar
“Navoiy” ESIZ
“Angren” MSZ
“Jizzax”MSZ
Joylashuvi
Markaziy zona
Shimoliy-sharqiy
zona
Markaziy zona
Mintaqaning
sanoat potensiali
Kimyo
sanoati,
neft-kimyo
sanoati,
yengil
sanoat,
foydali
qazilmalarni qazib
olish,
qurilish
materiallari
Foydali
qazilmalarni qazib
olish,
qurilish
materiallari,
yengil sanoat va
oziq-ovqat sanoati
Mineral-xomashyo
resurslari
va
qishloq
xo‘jaligi
xomashyosini
chuqur
qayta
ishlash,
yengil
sanoat,
qurilish
materiallari
Logistika
Aeroport
(“Navoiy” xalqaro
aeroporti),
temir
yo‘l, avtomagistral
Xalqaro avtomagistral, temir yo‘l
Maxsus afzalliklar
Havo
yo‘lagi,
Buxoro
bilan
Samarqandning
orasida
joylashganlik,
Turkmaniston,
Afg‘oniston
va
Yaqin
Sharq
bozorlariga
chiqishning
qulayligi
“Angren” logistika
markazi, poytaxt
bilan
Farg‘ona
vodiysi
o‘rtasida
transport
tugini
sifatidagi strategik
joylashuv,
Qozog‘iston,
Rossiya,
Xitoy
bozorlariga
chiqishning
qulayligi
Sanoat
zonasi
mavjud, Toshkent
bilan
Samarqandning
orasida
joylashganlik,
Tojikiston,
Qozog‘iston,
Rossiya
bozorlariga
chiqishning
qulayligi
Individual yondashuv faqatgina soliq imtiyozlarini belgilashda emas, bu
imtiyozlarni taqdim qilish shartlari va muddatlarini belgilashda ham amalga
oshirilgan. Masalan, “Angren” va “Jizzax” MSZ lar holatida taklif qilinadigan
imtiyozlar va yengilliklarni qo‘lga kiritish zarur bo‘ladigan investitsiyalar hajmining
pastki plankasi “Navoiy” ESIZ ga qaraganda pastroq qilib o‘rnatilgan.
EIZ lar o‘rtasida imtiyozlarni qo‘lga kiritish shartlari va ularning amal qilish
muddatlari bo‘yicha farqlar “Angren” va “Jizzax” MSZ larda mavjud bo‘lgan va
xorijiy investorlar uchun qo‘shimcha rag‘batlar bo‘lib xizmat qiladigan boshqa
afzalliklar bilan ham shartlanadi.
Masalan, ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Angren shahri hozirgi
kunda xorijiy investorlarning asosiy qismi joylashgan poytaxtga yaqin joyda
joylashgan. Angren va Ohangaron shaharlari avval-boshda sanoat shaharlari sifatida
yaratilgan va shundan kelib chiqqan holda, yillar davomida qurilgan, biroq hozir
ishlamayotgan ko‘plab ishlab chiqarish ob’ektlariga ega, ko‘p sonli kichik va o‘rta
korxonalar yaratilgan taqdirda ularni unchalik katta mablag‘ sarflamasdan ishga
tushirish va ulardan maksimal darajada samarali foydalanish mumkin. Yuqorida
aytilgan omillar bilan bir qatorda Angren va Ohangaron shaharlarida mehnat
resurslarining o‘sayotganligi omili ham mavjud. Poytaxtda mehnatga layoqatli aholi
sonining o‘sib borayotganligi muammosini ham Toshkent shahrining chegaralaridan
tashqarida yangi, zamonaviy va yaxshi haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish bilan
qisman hal qilish mumkin. Bu omillarni hisobga olish bilan “Angren” MSZ da
mablag‘talab ishlab chiqarishdni yaratishdan ko‘ra ko‘proq mehnattalab ishlab
chiqarishlarni yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
«Angren» va «Jizzax» MSZ lardan farqli o‘laroq, “Navoiy” ESIZ uchun ajratilgan
hudud hech qanday qurilmalarga ega bo‘lmagan. Shuningdek ESIZ mablag‘talab va
ilmtalab ishlab chiqarishlar uchun mo‘ljallangan hudud sifatida rejalashtirilgan. Bu
sanoat ishlab chiqarishining birligini yaratishga «Angren» va «Jizzax» MSZ larga
qaraganda anchagina katta investitsiyalarni kiritishni talab qiladi.
“Navoiy” ESIZ, “Angren” va “Jizzax” MSZ larda loyihalarni amalga oshirish
bo‘yicha joriy vaziyat.
Erkin iqtisodiy zonalarning yaratilishi keyingi yillarda sanoat ishlab chiqarishini
modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash uchun Respublika iqtisodiyotiga
investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirishning muhim omiliga aylanmoqda.
O‘zbekiston hududida erkin iqtisodiy zonalarning bo‘lishi xorijiy investorlarga
ularning investitsion faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha jalb qiluvchan shart-
sharoitlarni
taqdim
qilishni
ta’minlagan
va
mamlakatimizdagi
ishlab
chiqaruvchilarga telekommunikatsion asbob-uskunalar, neft-gaz asbob uskunalari,
kimyo, avtomobil va elektrotexnika sanoati mahsulotlari, zamonaviy qurilish va
pardozlash materiallari, sifatli iste’mol tovarlari, boshqa yuqori texnologik sanoat
mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan yangi turlarini
ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga ko‘maklashgan.
2009-2014 yillar davrida erkin iqtisodiy zonalarda xorijiy kapitalga ega bo‘lgan 33
ta korxona yaratilgan, ularga qilingan investitsiyalarning umumiy hajmi 296 mln
dollarni tashkil qiladi. Yana 123 million dollarlik 23 ta qo‘shma investitsion
loyihalar amalga oshirilmoqda, 50 tacha yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish
amalga oshirilmoqda. Quyida 3 ta zonaning har biri bo‘yicha loyihalarni amalga
oshirishning joriy holatini ko‘rib chiqamiz.
“Navoiy” ESIZ
Bugungi kunda “Navoiy” ESIZ ga xorijiy investorlar tobora ko‘proq qiziqish
bildirmoqda. Zona hududida Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur,
Hindiston,
Birlashgan
Arab
Amirliklari
kabi
mamlakatlarning
xorijiy
investorlarining ulushiga ega bo‘lgan 16 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatmoqda. “Navoiy” ESIZ yaratilgan momentdan buyon 100 million dollar
atrofida umumiy summaga ega bo‘lgan 19 ta investitsion loyihalar bo‘yicha ishlab
chiqarishlar ekspluatatsiyaga kiritilgan. Yuqori texnologiyalar asosida modemlar va
TV-pristavkalar, kuch kabellari, mobil va statsionar telefon apparatlari, kosmetika
buyumlari, avtomobil akkumulyator kabellari va simlari, avtomobillar uchun
kompressorlar va generatorlar, tayyor dori vositalari va boshqalar kabi mahsulot
turlarini ishlab chiqarish tashkil qilingan. 2013 yilning yakunlariga ko‘ra, ESIZ dagi
korxonalar tomonidan 100 mlrd so‘mlikdan oshiq mahsulot ishlab chiqarilgan,
o‘tgan yilga qaraganda o‘sish 25,8% ni tashkil qilgan.
3.4-rasm.“Navoiy” ESIZ sarmoyalarni jalb qilish jozibadorligi.
“Navoiy” ESIZ dagi rezident korxonalarning faoliyatiga alohida misollarni ko‘rib
chiqamiz.
«UzEraeCable» O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi bugungi kunda
avtomobillar uchun 39 turdagi kabellar va simlarni ishlab chiqarmoqda. Mahsulot
asosan «GM-Uzbekistan», «SamAuto», «UzKoje» qo‘shma korxonalari uchun
mo‘ljallangan.
«UzEraeCable» qo‘shma korxonasining quvvati yiliga 130 ming km turli
o‘lchamdagi kabellarni tashkil qiladi. Mahalliylashtirish Dasturiga muvofiq
«Chevrolet Sobalt» avtomobili uchun akkumulyator jgutlarini ishlab chiqarish
o‘zlashtirilgan. Natijada ilgari import qilingan bu ehtiyot qism hozirgi kunda
O‘zbekistonning o‘zida tayyorlanmoqda.
«Polietilen quvurlar» qizlik korxonasida raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yilgan. 2013 yilda iste’molchilarga 3,4 mlrd so‘mlikdan ziyod turlicha
hajmdagi vodoprovod quvurlari yetkazib berilgan.
«UzMinda» O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasi «GM-Uzbekistan» qo‘shma
korxonasining avtomobillari uchun 20 dan ziyod turdagi ehtiyot qismlarni ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan. Yiliga avtomobillar uchun 250 ming dona ehtiyot
qismlarni ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan bu korxonada hozirgi kunda yangi
istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. O‘tgan yili bu
yerda 17,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
2014 yilda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va «Landi Renzo S.p.A.»
italyan kompaniyasi “25 000 birlik hajmda siqilgan tabiiy gazga o‘tkazish uchun
mo‘ljallangan kapot osti uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish” investitsion
loyihasini amalga oshirish uchun «Avtosanoat – Landi Renzo» qo‘shma korxonasini
yaratgan.
Investitsion loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichida qo‘shma korxonaning
ta’sischilari tomonidan 0,6 mln AQSh dollari investitsiya qilinadi. Loyihani amalga
oshirish doirasida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ishlab chiqarish jarayonida
uning ulushini asta-sekin oshirib borish, shuningdek yangi ish o‘rinlarini yaratish
ko‘zda tutilgan.
«Angren» MSZ
Faoliyat ko‘rsatish davri davomida MSZ hududida umumiy summasi 224,7 mln
dollar bo‘lgan 16 ta loyihani amalga oshirish boshlangan. Shulardan umumiy
summasi 163 mln dollardan oshiq bo‘lgan 8 ta loyiha amalga oshirib bo‘lingan, 840
ta atrofida yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
3.5-rasm.«Angren» MSZ sarmoyalarni jalb qilish jozibadorligi.
100% lik xorijiy kapitalga ega bo‘lgan, sutkasiga 1000 t shakar ishlab chiqaradigan
“Angren-shakar” korxonasi (550 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan), turlicha diametrli
mis quvurlar ishlab chaqaradigan, uning mahsulotiga jahon bozorida talab katta
bo‘lgan “Angren quvur zavodi” unitar korxonasi, energiya tejamkor yoritgichlar
ishlab chiqaradigan ELG-NUR qo‘shma korxonasi va boshqalar kabi korxonalarni
ishga tushirish amalga oshirilgan.
Mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, yangi “Angren-shakar” zavodining 2015
yilning oxirigacha loyiha quvvatiga chiqishi importni qisqartirish va Respublika
aholisining shakar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish imkonini beradi.
2013 yilning dekabrida tashkil qilingan “EGL-NUR” O‘zbekiston-Janubiy Koreya
qo‘shma korxonasi “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “EG
Lightings” Janubiy Koreya kompaniyasi hamkorligining natijasi bo‘lib hisoblanadi.
u tashqi yoritish (ko‘chalar, istirohat bog‘lari, yo‘llar va avtomobillar uchun
turargohlar) va ichki yoritish (idoralar, do‘konlar, yashash uylari va boshqa binolar),
shunindek sanoat korxonalari uchun mo‘ljallangan diodli lampalarni ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan. Hozirgi kunda korxonada oyiga 4 ming dona 120-175
vatt quvvatli lampalar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada ilg‘or texnologiyalar
asosida ishlab chiqariladigan diodli lampalar yuqori sifatliligi, energiyani tejashi,
har qanday iqlim sharoitlariga barqarorligi, xalqaro standartlarga mosligi, ekoloogik
xavfsizligi va raqobatbardoshligi tufayli iste’molchilarning katta talabiga ega. Ular
barcha zaruriy sertifikatlarga ega, ISO 9001:2008 xalqaro standartlariga mos keladi.
2014 yilning oxirigacha umumiy qiymati 10 mln dollarlik mahsulot ishlab chiqarish
ko‘zda tutilgan. 2015 yilda “EGL-NUR” bu ko‘rsatkichni 20 mln dollargacha, 2016
yilda – 35 mln dollargacha yetkazishni rejalashtirgan.
MSZ da shuningdek «Angren» xalqaro logistika markazi ham faoliyat ko‘rsatadi,
uning faoliyati ham tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradigan korxonalar uchun
qulay shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Angren logistika markazi
Farg‘ona vodiysi va O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalaridagi yukni
qabul qilib oluvchilarga “eshikdan-eshikkacha” tamoyili bo‘yicha yuklarni yetkazib
berishning to‘liq majmuasini taqdim qiladi:
xalqaro va mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha avtomobil va temir yo‘l transporti bilan
distribyusiyalash;
tashishlarda barcha turdagi xavf-xatarlardan foydali sug‘urta polisini olishga
ko‘maklashish;
yukning joylashgan joyi to‘g‘risida operativ ma’lumotlarni berish;
yuklarni yo‘lda kuzatib va qo‘riqlab borish;
yuklarni bojxona nazorati ostida tashishni tashkil qilish;
eksport va import yuklarni “eshikdan-eshikkacha” yetkazib berish tizimi;
barcha turdagi yuklarni yuklash-tushirish va saqlash;
eksport-import yuklarni maxsus bojxona omborlarida saqlash.
Toshkent viloyatini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘laydigan Angren-Pop temir
yo‘lining ishga tushirilishi “Angren” MSZ ni yanada rivojlantirish uchun katta
imkoniyatlarni taqdim qiladi.
«Jizzax» MSZ
“Jizzax” MSZ yaratilgandan buyon qisqa vaqt o‘tganligiga qaramasdan, zona
hududida allaqachon Xitoy kompaniyalarining ishtiroki bilan mobil telefonlar,
quyosh issiqligidan foydalanish bilan suv isitadigan tizimlar (kollektorlar),
chorvachilik mahsulotlariga qayta ishlov berish va omuxta yem, santexnika
buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 12 mln AQSh dollari bo‘lgan
5 ta loyiha amalga oshirilgan.
Xususan, Hangzhou zhongwu electronic meters co.Ltd (Xitoy Xalq Respublikasi)
kompaniyasi bilan birgalikda tashkil qilingan «Quyosh issiqlik energiyasi»
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida quyosh energiyasidan foydalanish bilan
suv isitadigan tizimlarni (quyosh kollektorlarini) ishlab chiqarish boshlangan.
Loyihaning umumiy qiymati 3,3 mln dollarni, rejalashtirilgan ishlab chiqarish
quvvati esa – yiliga 50 mingtagacha kollektorlarni ishlab chiqarishni tashkil qiladi.
Yangi korxona 17 turdagi zamonaviy xitoy asbob-uskunalari bilan jihozlangan, bu
butun texnologik jarayonni avtomatlashtirish imkonini bergan. Amalda to‘liq
kompyuterlashtirilgan ishlab chiqarishda 40 tacha yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Korxona suvni 150-, 250- va 300-litrlik idishlarda yozgi vaqtda 70 gradusgacha va
qishki vaqtda 40 gradusgacha isitishga qodir bo‘lgan kollektorlarni ishlab
chiqarishga mo‘ljallangan. Bundan ularni faqatgina suvni isitish uchun emas, balki
yashash xonalarini isitish uchun ham qo‘llash mumkinligi kelib chiqadi.
Boshlang‘ich bosqichda ishlab chiqarish ichki bozorga qaratiladi, kelgusida tashqi
bozorlarni o‘zlashtirish ham rejalashtirilgan.
Shu bilan bir qatorda glazurlangan va dekoratsiyalangan keramik plitalar, CDMA-
450 sanoat modemlari, video va IP–telefon apparatlari, optik tarmoqlarni qurish
uchun passiv asbob-uskunalar va aksessuarlar, telekommunikatsion asbob-
uskunalar, barcha transport turlari uchun tormoz kolodkalari va nakladkalari,
metizlar, gipsokarton listlarni montaj qilish uchun metall profillar va aksessuarlar,
polipropilen quvurlar, quvurlarni montaj qilish uchun fitinglar, ventillar va
aksessuarlar (qisqmchlar) va hokazolarni ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati
29,2 mln dollar bo‘lgan 9 ta loyiha amalga oshirilmoqda[19].
Shu bilan birgalikda 2013-2015 yillarda “Jizzax” maxsus sanoat zonasining
transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsion infratuzilmasini jadal
rivojlantirish Dasturi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Uning doirasida
29,5 mln AQSh dollari miqdorida kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.