O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR
Yuklangan vaqt
2024-03-11
Yuklab olishlar soni
10
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
47,2 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA
AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR
Reja:
1. Mustaqillik ostonasida O‘zbekiston SSRda ta’lim tizimining holati.
2. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar.
3. Ta’lim tizimining mazmun mohiyatining jaxon standartlariga mos keltirish borasidagi
o‘zgarishlar.
4. Yangilanayotgan
O‘zbekistonda
ta’lim
sohasining
sifat
o‘zgarishlari
hamda
xalqarolashtirish tamoyillari.
5. Fan, oliy ta’lim va ishlab chiqaruvchilar integrsiyasining qabul ko‘rsatkichlardagi o‘rni.
Aholi turmush farovonligi darajasi mamlakatning faqat iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilan
emas, balki ijtimoiy sohalar taraqqiyoti darajasi bilan ham ifodalanadi. Aynan ijtimoiy sohada
davlatning insonparvarlik darajasi har tomonlama yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy soha
taraqqiyotining qay darajadaligi ma’lum jihatdan mamlakatdagi siyosiy va psixologik muhitni,
aholining umumiy kayfiyatini belgilaydi. Ijtimoiy sohalarning o‘sishi xududlarning umumiy
iqtisodiy taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lib xizmat qiladi.
Sovetlar tuzumi yillarida partiya yakkaxokimlikning vujudga kelishiga jamiyat ijtimoiy
hayotining barcha jabhalarida o‘z mafkuraviy ta’sirini o‘tkazib bordi. Ayniqsa, bu kishilar ongini
o‘zgartirishda muhim olim bo‘lgan ta’limda, ilmda va madaniyatda jiddiy tus oldi. Xalqning
ma’rifatga, fanga va milliy madaniyatga bo‘lgan intilishi xukmron kuchlar tomonidan uzoqni
ko‘zlamay va yaxshi o‘ylamay olib borgan siyosatlari natijasida siyosiy manfaatlar yo‘liga burildi.
Yangi ziyoli kadrlarni shakallantirish, eski mavjud ziyolilarni yo‘q qilish ana shu
maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirildi. Savodxonlik darajasini o‘sishi byurokratik boshqaruv
tizimini mustahkamlanib borishi, texnika taraqqiyoti tomon yurish va ilmiy muassasalarning
tashkil topish jarayonlari ular ustidan qattiq mafkuraviy nazoratning o‘rnatilishi bilan hamohang
ravishda yuz berdi.
Savodsizlik davri tugatildi. 1941-yilga kelib maktablar soni 5504 taga, ularda o‘qiyotgan
o‘quvchilar soni esa 1 mln 315 taga etdi. Sovetlarning “madaniy inqilob” tadbiri jamiyatning
barcha jabhalarini, ayniqsa uning har bir sohasini qamrab oldi. Maktablarda siyosiy tarbiyani
yo‘lga qo‘yishga va uni takomillashtirib borishga e’tibor berildi.
Ikkinchi jahon urushidagi katta yo‘qotishlar oliy ma’lumotli xodimlarning son va sifat
jihatidan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida urushdan keyingi yillarda oliy ta’limni
rivojlantirish zarur ekanligini taqazo etardi. Oliy ta’limni rivojlantirish dinamikasi quyidagicha
kechdi. 1950-1953 yillarda 16.600 ta mutaxassis tayyorlandi. 1959-yilda 31 ta oliy o‘quv yurtida
88 ming kishi ta’lim oldi. 1985-yilga kelib, 42 ta oliy o‘quv yurtlarida 285.5 ming kishi ta’lim
oldi. 1960-yilda 30 ta oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlangan bo‘lsa, 1985-yilda ularning
soni 42 tani tashkil etdi.
Biroq, bular miqdor ko‘rsatkichlaridagi ayrim siljishlar edi. Lekin masalaning asosiy jihati
– oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning sifati va saviyasi masalasida
ko‘plab muammolar mavujud edi. Shu o‘rinda jahon fanlar tizimida o‘z mavqesiga ega olimlar
qatlami etishib chiqganligi va texnikada katta yutuqlar qo‘lga kiritilganli gini inkor etib bo‘lmaydi.
Ammo ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan ulkan siyosiy va iqtisodiy boshqaruv bu
yutuqlarni xalq xo‘jaligiga jalb eta olmadi. Novatorlik ishlanmalarni byurokratik chig‘iriqdan
o‘tgunicha ahamiyatini yo‘qotar edi. Fanning ko‘p tarmoqlari militarlashgan harbiy uslubga
yo‘naltirildi. Shu bilan birga, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni
mafkuraviy andozaga solish kuchaydi, xalqaro fanlararo aloqalar qattiq nazorat ostiga olindi.
O‘zbekistonda malakali kadrlarni tayyorlashdagi, aholining ilmiy madaniy,ta’lim-tarbiyaviy
taraqqiyotini ta’minlashda etarlicha natijalar an’analarni o‘zida jamlagan kuchli potensial
jamlangan. Shuning uchun O‘zbekistondagi oliy ta’lim oldida to‘plangan ijobiy tajribalarni
saqlash va mazmunan boyitish dunyo ta’lim kengliklarida o‘zining munosib o‘rnini egallash kabi
favqulodda jiddiy vazifa turib qoldi. Ayniqsa, bir necha o‘n yillab mafkuraviy iskanjada bo‘lgan
fan, madaniyat, ta’limning undan bo‘shatish, yangi qadriyatlar, innovatsiyalar orqali jonlantirish
mustaqil O‘zbekiston xalqi oldida sharafli va sermashaqqat vazifalardan biri edi.
O‘zbekiston mustaqillik ostonasida turar ekan, respublika rahbariyati dastlabki vazifalardan
biri ilm-fanni, ta’lim tizimini isloh qilish, modernizatsiya qilish lozimligini chuqur anglar edi.
O‘zbekiston rahbari I.Karimov 1988-yil 20-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasida
bo‘lgan uchrashuvda shunday degan edi: “Respublika hayotining barcha sohalarida ilm-fan
mavqeini prinsip e’tibori bilan yangi sifat darajasiga ko‘tarish respublika Fanlar Akademiyasining
asosiy vazifasidir, deb o‘ylaymiz. Ilm-fan ahliga buyruq berish, quruq ma’muriyatchilik, olimlarga
apparat xodimlari kabinetlarida paydo bo‘ladigan “ijtimoiy buyurtmani” ro‘baro‘ qilish davri o‘tib
ketdi. Ijodiy izlanishlarning natijalarini qamrab olgan Fanlar akadepmiyasi olimlarining asarlari
va tavsiyalari respublika taraqqiyotining istiqbolini belgilaydigan keklajakdagi hisob-kitoblar va
siyosatning poydevori bo‘lishi darkor… . Fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash
uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada oliy maktabning, hatto
umumiy ta’lim maktablarining faoliyatini tubdan qayta qurish kerak”.1
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida islohotlarni boshidan kechirgan va
natijasini ko‘rsata olgan sohalardan biri ta’lim tizimidir. O‘zbekiston ilm-fanga alohida e’tibor
qaratila boshlandi. Zamonning tezkor taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yangi fan sohalari bo‘yicha
tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi. Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar olib borish davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni rivojlantirishda O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasining o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, respublika oliy ta’lim
muassasalaridagi professor-o‘qituvchilar faoliyatining salmoqli qismi ilmiy tadqiqotlargna
qaratilganligi o‘z samarasini bera boshladi. “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi”
O‘zbekistonda ilmu-fan rivojlanishiga bosh maqsadlardan biri etib belgilandi.
1992-yilda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining farmoniga binoan
Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya Komissiyasi tashkil etilishi
munosabati bilan Fanlar Akademiyasiningning mavqei ortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishni
takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-fevraldagi farmoni ilmiy tadqiqotlar va texnologik
ishlanmalar sifatiga qo‘yilgan talablarga muvofiq iolmiy texnika va innovatsiya faoliyatini yanada
rivojlantirishda, shuningdek, mamlakat ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashda
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Respublikaning ilmiy tadqiqot majmuini Akademiya, oliy ta’lim va boshqa tarmoqlaridagi
350 dan ortiq muassasani, jumladan, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlaridagi ilmiy
tadqiqot bo‘linmalari, loyiha konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va
tajriba korxonalari, axborot-hisoblash markazlari o‘z ichiga oladi. 2006-yildagi natijalar bo‘yicha
fanning turli tarmoqlari bo‘yicha 34 mingdan ortiq ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatgan. Ularning 2.4
mingi fan doktori, 2.4 mingi fan nomzodlari edi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi xalq ta’limi tizimi taraqqiyotiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi. Milliy pedagogik tafakkur ta’sirichan ta’limning sog‘lomlashtirish jarayoni boshlandi.
Uzoq vaqt mobaynida tashqi dunyodan uzib qo‘yilgan, o‘zga mamlakatlar tarixiy tajribasidan
ham, milliy
ma’rifiy merosdan ham bahramand bo‘lmagan milliy pedagogika jahon maydoniga
chiqdi. Erishilgan natijalarni o‘zgalarniki bilan qiyoslash, boshqalardan ijobiy jihatlarni
o‘zlashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda O‘zbekiston xukumati
tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi.
Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida
takomillashtirilib, uning moddiy-texnik bazasini zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va
O‘zbekiston ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun
ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qildi. Ushbu qonun o‘z vaqtida muhim
1 Каримов И. “Илм-фан имкониятларидан тўлароқ фойдаланалайлик”, Ўзбекистон мустақилликка эришиш
остонасида, Тошкент, “Ўзбекистон”. 2012, 72-б.
bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo ta’lim tizimini isloh qilishning amaliy chora-tadbirlari, ta’lim tarbiya va
o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksizlikni
ta’minlash muammolarini echa olmadi. Ta’lim tizimidagi yig‘ilib qolgan muammolar 1997-yil 29-
avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonunni va kadrlar tayyorlash milliy
dasturining yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Milliy dastur muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari, milliy
dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlashning ilmiy
modeli, kadarlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari kabi bo‘limlarni
qamrab olgan. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunning mohiyatini o‘zida aks
ettirgan bu dastur respublika ta’lim tizimining istiqbolli kelajagiga mo‘ljallangan bo‘lib, uni
kompleks rivojlantirishga qaratilgan. Milliy Dastur va dasturlarning xayotga tatbiq etilishi
natijasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’lim va tarbiya tizimi yaratildi.
Mamlakatimizda yangicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllanayotgan maktabgacha
ta’lim tizimi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi
tarmog‘i paydo bo‘lmoqda. Misol tariqasida “Xonadon bog‘chasi”, “Fermer xo‘jaligi bog‘chasi”,
“Bolalar bog‘chasi – boshlang‘ich maktab” majmualari vujudga kelmoqda. So‘nggi uch yilda
yangi ijobiy yutuqlardan biri maktabgacha ta’lim muassasalari xususiy sektorning ulushi oshib
bormoqda. MDH davlatlari doirasida noyob tajribalardan biri maktabgacha ta’lim xalq ta’limidan
mustaqil Vazirlik tasarrufida boshqarilmoqda. Zero bu soha ulkan xajmga ega. 2006-yilda 6565 ta
maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lib, 571157 bola ta’lim tarbiya olgan. 59595 nafar pedagog
xodim shu sohaga jalb etilgan. Ammo bu raqam shuni ham ko‘rsatadiki, 21,4 %gina maktabgacha
bolalarni qamrab olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Miziyoevning 2017-yil 30-sentyabrdagi Qaroriga
muvofiq yurtimizda birinchi marta Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Bu sohada faoliyat
tubdan yangiga negizga qurildi. O‘tgan qisqa davrda 980 dan ortiq bog‘chalar ishga tushirildi.
So‘nggi 2 yil ichida esa bolalar bog‘chalari soni 1 ming 400 taga ortib, 6 ming 367 taga etdi.
Ularda ta’lim va tarbiya ishlari mazmun va sifat jihatidan eng ilg‘or usul va vositalar yordamida
olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Miziyoev Oliy majlisga Murojaatida
O‘zbekistonda ta’lim tizimi taraqqiyoti davlat siyosatining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlab
shunday dedi: “Uchinchidan, ilm-fan, zamonaviy va
uzluksiz
ta’lim
tizimini
yanada
takomillashtirish zarur. Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan bir xikmatli
so‘z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga etaklaydi. Shu sababli, ta’lim
sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya’ni, ta’lim bog‘chadan
boshlanishi va butun umr davom etishi lozim”.2
Ta’lim tizimi aholining katta qismini jalb qiladi. Umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz ta’lim
tizimidagi asosiy bo‘g‘in bo‘lib, u bilimlarni zarur xajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik
qobiliyati va amaliy tajriba ko‘rikmalarini rivojlantiradi.
1997-yilda O‘zbekistonda 59 ta oliy o‘quv yurti, 258 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti, 75 ta kollej
faoliyat yuritdi.
1998-2000 yillarda mamlakatda 160 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan 47 ta akademik litsey
va 260 ta kasb-xunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi. Shu maqsadlar uchun 135
mlr.so‘m sarflandi.
2000-yil boshiga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 25 ta o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, shu
jumladan, 75 ta kollejlarda 360 mingdan oshiq talaba tahsil oldi.
O‘zbekistonda 2006-yilda 9748 ta maktab bo‘lib, ularda 5 mln 926860 ta o‘quvchilar ta’lim
oladi. Ular uchun 451567 ta o‘qituvchilar faoliyat yuritib 463 nomda 16,8 mln nusxa darslik nashr
etiladi.
Ta’lim tizimining eng mas’uliyatli bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan oliy ta’limni tubdan
o‘zgartirilishi mustaqil O‘zbekistonda islohatlarning tarkibiy qismi bo‘ldi. Mamlakat kelajagi va
taraqqiyoti bevosita yoshlarning milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalanganligi bilan belgilanadi.
2 Мирзиёев Ш. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. Тошкент,
“Ўзбекистон, 2019, 29-б.
Bu murakkab vazifa esa zamonaviy ta’lim va tarbiya tizimini vujudga keltirish orqali amalga
oshiriladi. Shu bois ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari darajasida
rivojlantirish ustivor vazifa sifatida belgilangan. Yoshlarning tegishli mutaxassislik, hunar va
kasblarini chuqur egallashlari Vatan va millat manfaatlari yo‘lida fidoyilik ko‘rsata oladigan
barkamol shaxsni tarbiyalash ham oliy ta’lim zimmasidagi asosiy vazifa ekanligi belgilangan.
Oliy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimini bosh bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Bu soha
jamiyatning iqtisodiyoti, fani, madaniyati va texnologik jarayoni bilan yaxlit xolda chasbarchas
bog‘liqdir. Shuning uchun uning taraqqiyoti umummilliy rivojlanish strategiyasining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi. XXI asr globalizatsiya bilan bog‘liq holda oliy ta’limga yangi an’analar
va yangi muammolarni etkazib berdi. Bu jarayon dunyoning barcha universitetlariga o‘z ta’sirini
o‘tkazmoqda. Bugungi kunda barcha universitetlar uchun dunyo ta’lim kengliklarida o‘z mavqeini
saqlab qolish, teng huquqli hamkor sifatida bo‘lish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.3
Birinchi galda universitetlar ta’lim tizimini zamonaviy loyihasi tayyorlanib, ta’lim
tizimining asosi bo‘lgan yangi o‘quv rejalar, dasturlar yaratildi. 1993-yildan davlat ta’lim
standartlari ishlab chiqildi va bakalavrlar tayyorlashda qo‘llanila boshladi. Viloyat markazlarida
tashkil etilgan oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ularning ilmiy
intellektual imkoniyat va moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 1995-yil 31-mayda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy oliy o‘quv
yurtlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi ning “Ta’lim to‘g‘risida” qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish,
ularni zamonaviy o‘quv laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash, darslik va
o‘quv uslubiy materiallar, pedagog kadrlar bilan ta’minlash amalga oshirildi. Bu davrda Toshkent
Islom universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatika universiteti kabi o‘nlab universitet va
institutlar tashkil etildi. Moskva Davlat universitetining filiali, xalqaro Vestminstr universiteti,
Turin politexnika instituti kabi nufuzli oliy ta’lim dargohlari minglab yoshlarga ilg‘or xorijiy
tajribani qo‘llab, ta’lim berishi mamlakatimizda kadrlar tayyorlashni yana bir pog‘ona yuqori
ko‘tarilishiga omil bo‘ldi. Shuningdek, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirish,
xorijda tayyorlanadigan mutaxassisliklarni qo‘shma fakultet va institutlar ko‘magida tayyorlash
tajribasi yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim
maskanlari sonini ko‘paytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni
kuchaytirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi 2008-yil 28-yanvardagi Farmoni bilan Toshkent Davlat
universitetiga “Milliy universitet” maqomi berildi. Respublikamizda emas balki Markaziy
Osiyoda oliy ta’limni tashkil topishida va rivojlanishida Toshkent Davlat Universiteti katta o‘rin
tutadi. Davrlar mobaynida ushbu universitetning qator fakultetlari negizida bir nechta mustaqil
institutlar tashkil topdi. “Milliy universitet” mustaqillik yillarida oliy ta’lim rivojiga munosib
xissasini qo‘shdi va kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining ijrosida haqiqiy bayroqdorlik qildi.4 Shu
o‘rinda oliy ta’lim sohasida ko‘plab sohalarga bosh mezonni belgilovchi O‘zbekiston Milliy
universitetida 30 dan ziyod ilmiy maktablar shakllangan bo‘lib, ulardagi ilmiy natijalar ilmu fan
taraqqiyotiga xizmat qilayotganligi quvonarli xoldir.
2006-yil respublikada 62 ta oliy o‘quv yurtida 265438 talabaga 21409 ta professor-
o‘qituvchi, jumladan 1662 nafar fan doktori va professorlar, 7360 ta fan nomzodlari va dotsentlar
ta’lim berdi.
Oliy ta’limdagi tubdan o‘zgarishning asosiylaridan biri yangi avlod darsliklarini yaratilishi,
davlat ta’lim standartini shakllantirish bo‘ldi. Bu oliy ta’lim, shuningdek, akademik tizimdagi
olimlarning ulkan hajmdagi mashaqqatli, mas’uliyatli vazifalaridan biri bo‘lib, zamonaviy ilmiy
qarashlarni o‘zida jamlagan bilimlar to‘plami vujudga keldi.
3 Сиддиқов Р.Б. Вопросы инноваций в изучении реформирования высшего образования Республики
Узбекистан. Ўзбекистон тарихи фанидаги инновациялар (илмий тўплам), “Noshir”, Тошкент, 2012, 232 б.
4 С.Ғуломов, Э. Убайдуллаева, Э.Ахмедов. Мустақил Ўзбекистон, “Меҳнат”, Тошкент, 2001. 61-б.
Oliy ta’limning maqsadi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojini ta’minlashga,
o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli,
yuqori malakali, raqobatdardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat. Respublika oliy o‘quv yurtlarida
talabalar bilim olish bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib boradilar. Ilmiy mavzularp
ko‘pincha talabalarning ixtisosligi bo‘yicha tegishli ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy tadqiqot
muassasalari bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasaldari bilan
aloqani kuchaytirish, chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etishga alohida e’tibor
qaratilgan. Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorligi ta’lim tizimini takomillashtirish va
uni jahon andozalariga ko‘tarish, malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, xorijiy ta’lim
muassasalari bilan o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish, professor-o‘qituvchi, doktorant aspirant va
talabalarning til va kasbiy malakasini oshirish hamda ta’limning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba
almashtirish maqsadlarida amalga oshirilmoqda.
AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya hamda Yevropa mamlakatlarining etakchi oliy o‘quv
yurtlarida malaka oshirishning tizimli asosi yaratildi. Shuningdek, oxirgi yillarda yana bir ijobiy
yutuq xorijdagi vatandoshlarimiz ilmiy salohiyatidan unumli foydalanish, iqtidorli xorijlik
olimlarning O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida dars berishlari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek,
o‘qitishning yangi texnologiya va usullarini o‘rgatmoqdalar. Ilm ahli chet eldagi olimlar bilan
mustahkam ijodiy aloqalar o‘rnatildi. “Umid”, “Iste’dod” hamda “El-yurt umidi” fondlari
tomonidan ilm fan, ta’lim namoyondalarini jorijiy tajribaga o‘rganish muhim vazifa qilib qo‘yildi.
Buning natijasida tabiat va texnika-texnologiya haqidagi fanlar ham jahon andozasi darajasiga
ko‘tarila boshlandi. 1997-yilning dekabrida “Ustoz” jamg‘armasi tashkil topdi. Ushbu
jamg‘armaning asosiy maqsadi professor-o‘qituvchilar orasidan yuqori malakali pedagog-
ustozlarni tayyorlashdan iborat. Bu jarayonni amalga oshirishda rivojlangan demokratik
mamlakatlarda mavjud bo‘lgan tajribalar o‘rganildi va ular tatbiq etildi.
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 25-sentyabrdagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi
huzurida “El yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘arma chet ellarda faoliyat
ko‘rsatayotgan salahiyatli vatandagi olimlar, mutaxassislar va ekspertlarini O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarga faol jal etishga shuningdek iqtidorli yoshlarning
rivojlangan mamlakatlarda ta’lim olish, etakchi xalqaro institutlar xamda xorijiy tashkilotlarda
malaka oshirishda ko‘maklashadi.
Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekan bilimdon, ma’naviyatli, mustaqil fikrlab,
mustaqil ish yuritadigan yoshlarni, mamlakat rahbari ta’biri bilan aytganda, jamiyatimizning eng
katta boyligi, millatimizning intellektual, aql-zakovat boyligi bo‘lmish yigit-qizlarimizni
tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa ekanligi ko‘p bor ta’kidlandi.5
Respublikadan tashqarida ham keng tanilgan – Toshkent va Samarqand davlat
universitetlari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlari, Jahon tillari universiteti, Toshkent
iqtisodiyot universiteti, Texnika universiteti, Agrar universitet, Konservatoriya, San’at instituti,
shuningdek, respublikaning barcha mintaqalarida joylashgan tibbiyot, gumanitar tarmog‘i ta’lim
tizimining o‘zagi bo‘lib qoldi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish, xo‘jalik yuritishning ilg‘or usullari va ishlab
chiqarishni ilmiy-texnikaviy rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bilim sohalari
bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash kengayib bordi. Shu yillarda oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida 360 mingdan ortiq talaba o‘qib, malaka egalladi.6
Ta’kidlash joizki, 2011-2016-yillarda oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sharoitini tubdan yaxshilash chora-
tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’lim muassasasining 202 ta ob’ektida
yangi qurildi, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi. Iqtisodiyotni real sektori
5 Муртазаева Р.Х. Ўзбекистон тарихи.
6 Каримов И. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. “Ўзбекистон”, Тошкент, 1997, 25-б.
talablaridan kelib chiqib, muhandislik ishlab chiqarish va qurilish yo‘nalishlari va ixtisosliklari
bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33.2 foizga oshdi.
Mamlakatimizda 2016-yilda siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalar bilan bir qatorda,
ijtimoiy sohalarda ham chuqur sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Jamiyat ijtimoiy sohasining eng
muhim tarkibiy qismlaridan biri ta’lim-tarbiya sohasi bo‘lib, uning rivoji siyosiy, huquqiy
iqtisodiy va ma’naviy sohalarga bevosita ta’sir etadi hamda ijtimoiy sohalar me’yoriy mohiyati,
kamolot darajasini belgilab beradi.
2017-yil yilda ta’lim davlat siyosatining eng ustivor yo‘nalishiga aylandi. Davlat
byudjetidan ta’limga ajratilgan mablag‘lar byudjet xarajatilari qismining 33.7 foizi darajasida
rejalashtirilib, ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan harajatlar hajmi mamlakatimiz YAIM tarkibida
10-12 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston ta’lim maydoni ulkan hajmga ega bo‘lib, 10 mingga yaqin maktab, 1556 ta
litsey va kollejlar, 100 dan ziyod oliy o‘quv yurtlarida yangi ta’lim tizim asosida bilim va tarbiya
olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo‘lib, mamlakatimiz ta’lim modelining samarasini
namoyon etmoqdalar.
Yangilanayotgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar
zamirida oliy ta’limning o‘rni va ahamiyatiga ulkan xissa qo‘shildi. O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan ilm-fan taraqqiyoti, ta’lim rivojlanishining kelgusidagi har bir muvaffaqiyati,
muammoli masalalari echim topishi xayotiy masala ekanligi teran tushuntirildi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek ta’lim tizimi bir necha million fuqaroni birlashtirib,
mamlakatning ertangi kuniga birinchi galdagi daxldor soha ekanligi barchamizga ayon bo‘lib
bormoqda. Shuningdek, globallashuv jarayoni shiddat bilan rivojlanishni taqazo etayotganligi ham
kundek ravshan. Bejizga 2016-2020 yillarning may oyigacha oliy ta’lim tizimini yangi bosqichga
olib chiqishga qaratilgan 62 dan ortiq me’yoriy huquqiy xujjatlar qabul qilinmaganligini teran
anglamog‘imiz lozim. Biz shu o‘rinda ularning ba’zilariga to‘xtalib o‘tsak, mavzuning mazmun
moxiyatini tushunarli bo‘ladi. Oliy ta’limning yangi sifat bochqichiga ko‘tarilishiga xizmat
qiluvchi ushbu Farmon va qarorlarning qabul qilishni yoshlarimizning jaxonning rivojlangan
mamlakatlardagi ta’lim standartlariga to‘la mos keladigan bilimlarni egallashlariga, ularning
ijodiy va intelektual salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu me’yoriy xujjatlar yana
shunisi bilan e’tiborliki unda faqatgina yutuqlar sanab o‘tilmay, ishchan tanqid, muammolarni
e’tirof etish orqali kelajak taraqqiyot uchun konstruktiv g‘oya va takliflar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakat Bosh Vaziri
Sh.Mirziyoev 2016-yil 30-sentyabrda “1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati
bilan yo‘llagan tabrigida shunday degan edi: “Ayni paytda bugungi kunda oldimizda yanada
muhim va dolzarb vazifalar turganini hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu borada ilm-fan va ta’lim
tarbiya sohasini moddiy texnika bazasini yanda mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan
hamohang bo‘lishini, balki zamondanoldinda yurishini ta’minlash,pedagog kadrlarni tayyorlash
va qayta tayyorlashning ilg‘or usullarnidan keng foydalanish, bu ishlarni xorijdagi nufuzli
markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish,
o‘qituvchi va domlalarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish
bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch bo‘lib
kirayotgan yanrgi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar
safarbar etiladi”.7
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining
VIII s’ezdi (2016-yil 19-oktyabr) O‘zbekiston rahbari Sh.Mirziyoev ilm ahliga, ta’lim
namoyandalarini sharaflab shunday degan edi: “Ma’lumki, O‘zbekiston ulkan tabiiy zahiralar,
iqtisodiy va insoniy salohiyatga boy mamlakat. Ammo Yaratganning o‘zi ato etgan yana bir
bebaho boyligimiz borki, u ham bo‘lsa, xalqimizning beqiyos intellektual va ma’naviy
salohiyatidir.
7 Мирзиёев Ш. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз (1-қисм),
Ўзбекистон, Тошкент, 2018, 25-б.
Ilm-fan namoyondalarining, ta’bir joiz bo‘lsa “igna bilan quduq qaziydigan” zahmatkash
olimlarimizning mashaqqatli ilmiy izlanishlari mamlakatimiz, uning bugungi va kelgusi ravnaqi
uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu fidoyi insonlar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish
maqsadida biz bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Bugungi kunda dunyoda
innovatsion g‘oyasiz, ilm-fan yutuqlarisiz bironta sohani rivojlantirish mumkin emas.8 Ushbu
niyat va fikrlar kelgusida aniq rejalar asosida amalga oshirildi va ta’lim tizimida ulkan sifat
o‘zgarishlariga asos bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Miziyoyev prezidentlik lavozimiga kirishgan
kunlardanoq O‘zbekistonda ilmu-fanni taraqqiy toptirish, ta’lim tizimini shu jumladan, oliy
ta’limni zabardast sohaga aylantirishga tizimli amaliy ko‘mak berishga bosh bo‘ldi. O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi salohiyati oshirildi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimi
takomillashtirildi, moddiy texnika bazasi mustahkamlandi, uning tarkibida bir qator ilmiy tadqiqot
institutlari va markazlar faoliyati tiklandi. Ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng Fanlar akadmiyasiga
saylov o‘tkazilib, o‘zining ilmiy ishlari bilan mamlakatimiz va xalqaro miqyosda nom qozongan
iste’dodli olimlar akademik degan yuksak sharafga sazovor bo‘ldilar. 2016-yil 30-dekabrda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizning etakchi ilm-fan namoyondalari
bilan uchrashuvida qayt etilganidek, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga yanada
takomillashtirishni muhim axamiyatga ega. Bugun jahonnning etakchi universitetlari iliy
markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy xamkorlikni yanada mustaxkamlashni zamonni o‘zi
talab etmoqda. Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasi rivojlanishini ilm-
fansiz tasavvur qilish qiyin.
Olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarni yangi bosqichga ko‘tarish ilmu fanni
iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushini oshirish maqsadida Innovatsion rivojlanish Vazirligi tashkil
etildi. Bunda istiqbolli ilmiy loyihalarga katta hajmda davlat grantlari ajratilmoqda.
Davlatimiz rahbari 2019-yil 24-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va
ilm-fan namoyondalari bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida bugunda ilmiy tadqiqotlar, ta’lim
tizimida sifat jihatidan tubdan yaxshilash borasida qator fikrlar bildirildi va moddiy texnika
bazasini yaxshilash uchun 6 mln dollar hajmida moliyaviy ko‘mak ajratishga ko‘rsatmalar berildi.
Olim va pedagoglarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalari alohida e’tibor qaratib,
ular uchun ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shunga muvofiq Talabalar
shaharchasi 6 ta 9 qavatli uylardagi 216 ta xonadosh tayyor xolda foydalanishga topshirildi.
Davlatimiz rahbari Olmazor massiviga tashrifi doirasida mazkur uylarda yaratilgan sharoitlarni
ko‘zdan kechirdi, xonadon egalari bilan suhbatlashdi. Xonadon egalarini tabriklar ekanlar, “Biz
olim va pedagoglardan natija kutardig-u, sharoitini so‘ramasdik. Sizlarni ham rozi qiladigan vaqt
soat keldi. Ilmli odamlar – mamlakatimizni oltin fondi. Ularning qo‘lida kelajagimiz bo‘lgan
bolalarimiz tarbiyalanadi”- deb niyat bildirdi. yuqoridagi fikrlar, niyatlar amaliy ish xarakatga
aylanayotganligi xayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
Ushbu safar davomida Innovatsion rivojlanish Vazirligining yangi binosi bilan tanishish
chog‘ida Prezident: “Mamlakatimiz yuqori texnologik sohalar bo‘yicha dunyoda ortda qolib
ketgan. Barcha sohalarni modernizatsiya qilish, jahon bilan hamqadam bo‘lish uchun Innovatsion
rivojlanish Vazirligi tashkil etilib, shunday sharoitlar yaratdik. Bu jamoa yil yakuni bo‘yicha aniq
amaliy natijalarni ko‘rsatishi kerak,- deya ta’kidladi.
Bugungi kunda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilm-fan va ishlab chiqarish
o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash uchun zarur tizim yaratildi. Ilmiy tadqiqot muassasalari va
olimlarning innovatsion g‘oya va loyihalari qo‘llab-quvvatlanib, qiymati 28.2 milliard so‘mlik 31
ta startap loyiha moliyalashtirildi. Xalqaro hamkorlik doirasida 2020-yil birinchi choragi davrida
Germaniya, Rossiya, Belorusiyadagi sheriklar bilan 9.6 mlrd so‘mlik 38 ta qo‘shma loyiha amalga
oshirilmoqda.
Olimlarga yaratilayotgan sharoitlar, ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishuv chog‘ida
davqlatimiz rahbari talaba yoshlarning chuqur bilim olishlari masalasiga to‘xtalib, “Yoshlar
8 Мирзиёев Ш. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз (1-қисм),
Ўзбекистон, Тошкент, 2018, 85-б.
imtixondan o‘tish uchun emas, bilimli mutaxassis bo‘lish uchun o‘qishlari lozim”, deb ta’kidladi.
Chunki davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan barcha sa’yi-harakatlar, xalqimizning orzu-
umidi yoshlarimizning etuk, bilimdon, sog‘lom fikrli bo‘lishida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktyabrdagi Farmoyishiga ko‘ra
tuzilgan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir
qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy pedagogik salohiyatni pastligi, ta’lim jarayonlarini
axborot uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi,
ularning moddiy-texnika bajasini tizimli yangilashga muxtojligi aniqlandi. Oliy ta’lim tizimida
o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, etakchim xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim
muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqfalarini yo‘lga qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar
malakasini oshirish borasida ishlar talab darajasida emasligi ham ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori oliy ta’lim
rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Qarorda “har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi
yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga
qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik
texnilogiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv metodik materiallarini keng joriy etish, ilmiy-pedagogik
faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish” belgilandi.
Shuningdek, belgilangan vazifalar sirasiga “oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini
mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik
ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati
samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb
etish”ga ham e’tibor berildi.
Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturi qabul qilindi.
Dasturga muvofiq 48 ta OTMlarda 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va
ijtimoiy-muxandislik infratuzilmalarida qurilish va kapital ta’mirlash olib boriladi. 53 ta
OTMlarda 400 ta o‘quv laboratoriyalari bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya
uskunalari bilan jihozlanadi. Bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishni 2021-yilgacha
18 foizga oshirish ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu Dasturning amalga oshirilishiga yo‘naltiriladigan
mablag‘lar 1.7 trillion so‘mdan ziyod ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Stategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Harakatlar
stratugiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat
dasturining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishida maktabgacha
ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini
yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlari turadi.
2017-yilda yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohija e’tibor
qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta
maktab kapital ta’mirlandi.
Ko‘plab ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan
bildirilgan takliflar asosida 11 yillik ta’lim qayta tiklandi.
Joylardagi o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida Chirchiq
davlat pedagogik instituti tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta oliy ta’lim muassasalarida tashkil
etilgan maxsus sirtqi bo‘limlrda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar
uchun oliy ma’lumotlar olish imkoniyati yaratildi.
Ta’lim tizimidan innovatsion va kreativ yondashuvlar asosida Muxammad Xorazmiy va
Mirzo Ulug‘bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan maxsus maktablar
tashkil etildi.
O‘zbekistonda 2017-yilda yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi
oliy ta’lim muassasalari soni 81 tani, hududlardagi filiallar soni 15 taga, xorijiy universitetlar
filiallari 7 taga etdi. Oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot real sektordagi talab va ehtiyojlardan
kelib chiqib, sirtqi va kechki bo‘limlar ochildi. Bunda 260 mingdan ziyod talaba 850 dan ortiq
yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha bilim olishdi.
2018-yil Investitsiya dasturi doirasida 356 ta ta’lim muassasasida 684 milliard 700 mln
so‘mlik” “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha 371 ta umumta’lim maktablarida
424 mlrd so‘mdan ziyod qurilish rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. 2018-yilning avgust
oyiga qadar davlat byudjetidan 12 trillion 366 mlrd. so‘m yoki yalpi xarajatlarning 26 foizdan
ziyoda aynan ta’lim-tarbiya sohasiga yo‘naltirilganligini hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu
tizimdagi islohotlarimizning ko‘lami va miqyosi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ta’lim tizimining keyingi bosqichi oliy ta’lim sohasida ham ulkan islohatlar olib
borishmoqda. 2018-yilda yurtimizda xalqaro talablarga javob beradigan oliy ta’lim tizimini
yaratish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. 2018-yilning o‘zida mamlakatimizda jami
13 ta oliy ta’lim muassasasi jumladan Samarqanda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti,
Janubiy Koreyaning Puchon universiteti, Inxa universitetlari filiallari, AQShning Vebster
universiteti filiali ish boshladi. Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining
Toshkent shahridagi filiali, Toshkent shahridagi ““MEI” Milliy tadqiqot universiteti” Federal
davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal
davlat avtonom OTMning Toshkent filiali, Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma
tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti faoliyat olib bormoqdalar. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ–4740-son qaroriga muvofiq Geologiya
fanlari universiteti tashkil etildi.
2018-yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytinggi
yaratildi, ta’lim ilmiy tadqiqot jarayoni taxlil etildi.
Mazkur taxlil sohada qator muammo xamda kamchiliklar borligini ko‘rsatdi. Xususan oliy
ta’lim muassasalari qabul kvotasi qamrovi umumta’lim maktablar, akademik litsey va kasb-xunar
kolleji bitiruvchilarining atigi 7-9 foizini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 74, Koreya
respublikasida 96 foizdir.
Oliy ta’lim 2019-yilda: Yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi va oliy ta’limga
qamrovning oshishi quyidagicha bo‘ldi:
2019-yilda jami 14 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi: 6 ta mahalliy oliy ta’lim
muassasasining filiali; 8 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasining filiali.
Yangi tashkil etilgan 14 ta oliy ta’lim muassasasida:
40 ta yangi ta’lim yo‘nalishi (bakalavriatura); 41 ta yangi mutaxassislik (magistratura)
ochildi.
Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan olis, chekka va tog‘li hududlarda
joylashgan umumta’lim maktablari uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi.
Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi 20 foizga etkazildi. Oliy ta’lim muassasalarida
talabalar soni 423 ming nafardan oshdi (2016-yilda 273 ming nafar). Oliy ta’lim muassasalariga
qabul ko‘rsatkichlari 121 mingdan oshdi (2016-yilga nisbatan ikki barobar).
Magistraturaga qabul 7705 tani tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 1,5 barobarga (54%)
oshirildi:
Tabiiy va muhandis-texnik soha mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq davlat granti asosida
belgilandi hamda davlat granti ulushi 54 % ga oshirildi;
55 ta oliy ta’lim muassasasida 21 ta xorijiy davlatning (AQSH, Germaniya, Turkiya,
Finlyandiya, Fransiya, Gollandiya, Indoneziya, Isroil, Italiya va boshqa) etakchi universitetlari
bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Jumladan:
83 ta ta’lim yo‘nalishi (bakalavriatura)
64 ta mutaxassislik (magistratura) bo‘yicha.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-iyunda O‘zbekiston
yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigida oliy ta’limda kechayotgan taraqqiyot va sifat o‘zgarishlariga
to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, shunday degan edilar:
- Bugungi shiddatli zamonda, global miqyosda raqobat kuchayib borayotgan murakkab
vaziyatda yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlarga ehtiyoj har qachongidan ham ortib
bormoqda. Shu bois biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan va mas’uliyatli vazifalardan kelib chiqib,
mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni amalga oshirmoqdamiz.
Jumladan, keyingi uch yilda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari soni 60 foizga oshib, 116
taga etdi. Ular orasida nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari borligi alohida e’tiborga loyiq.
Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari soni izchil oshirib borilmoqda.
Agar 2016-2017 o‘quv yilida bu raqam 58 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 150
mingtaga etadi. Ya’ni, bu yil maktab bitiruvchilarining 25 foizi oliy o‘quv yurtlarida o‘qish
imkoniga ega bo‘ladi. Holbuki, 2017-yilda bu raqam 9 foizga teng edi.
Prezidentimizning 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish
va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha ko‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi qarori oliy ta’lim tizimidagi
mavjud muammolarini bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan
ahamiyatlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or
texnologiyalarni tadbiq etish markazi faoliyatini takil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risidagi” Qarori 2020-yil 10 fevral O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlarda Faol ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qarori (2018-yil 5-iyun, PQ-
3775) sohasidagi qator muammolar keltirib o‘tilgan: “birinchidan, oliy ta’lim tizimida o‘qitishni
tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga
javob bermayapti; ikkinchidan, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini bilimini va pedagogik
ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizim mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.Miziyoyevning
2019-yil
8-oktyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida” Farmoni imzolandi. Ushbu Farmon yuqoridagi fikrlarni izchillik bilan
amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berganligini oliy ta’limda to‘planib qolgan uzoq yillik
muammolarga echim topib berish barobarida, oliy ta’lim jahon standartlariga javob bera oladigan,
mamlakatning kelajagi uchun xizmat qila oladigan darajada ko‘tarishning yangi bir davrini
boshlab berganligini mushohada qilamiz.
Ushbu konsepsiyada oliy ta’lim sohasida davlat – xususiy sheriklikni rivojlantirish,
hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim
bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobot muhitini yaratish;
O‘zbekiston milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim
muassasalarining filialiga aylashtirish;
Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar
(Quacquarelli Symondg Wotld University Ranking, Times Higher Education yoki Akademic
Ranking of World Universites) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari
ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti birinchi
500 o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini kiritish oliy ta’lim muassasalarini akademik
mustaqilligi ta’minlash kabi qator muhim vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Farmonda nodavlat notirojat tashkilot shaklidagi Respublika oliy ta’lim
Kengashi tuzish belgilandi. Kengash vazifalari sirasiga professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida
so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish beruvchining fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy
tajribalarni taxlil qilish orqali oliy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
ta’lim berishda yuqori sifatni ta’minlash yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini
o‘rnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan
yaqindan hamkorlik qilish” kiritildi.
Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari:
- Xorijiy oliy ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitish tashkil qilingan OTMlar soni 23
tadan 45 taga ko‘payadi.
- O‘quv va ilmiy adabiyotlarning elektron shaklini yaratish 20 foizdan 30 foizga oshiriladi.
- Magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari ilmiy faoliyatga yo‘naltirish 15 foizdan 45
foizgacha ko‘tariladi.
- Xorijda malaka oshirgan va stajirovka o‘tagan professor-o‘qituvchilarning ulushi 2 foizdan
20 foizgacha oshiriladi.
- Muxandislik – texnik ta’lim yo‘nalishlarida taxsil olayotgan talabalar ulushi 20 Foizdan 50
foizgacha ko‘payadi.
- 2019-yil aholini oliy ta’lim bilan qamrab olish 20 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2030-yilga
borib 50 foizga oshadi.
- Nodavlat, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy ta’lim uasasalari soni
35 taga etkaziladi.
- Kredit – moodle tizimi joriy etiladigan oliy ta’lim muassasalari soni ham 2 tadan 85 taga
ko‘payadi.
Ushbu Farmonning ilovasida mamlakatda 114 ta oliy ta’lim muassasi mavjud bo‘lib, ulardan
93 tasi mahalliy hamda 21 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasi va ularning filiallari hisoblanishi aytib
o‘tildi. Jumladan, so‘nggi 3 yilda yangi 6 ta oliy ta’lim muassasi, 17 ta filial va 14 ta xorijiy oliy
ta’lim muassasi filiallari tashkil etildi. Kadrlar buyutmachilari takliflari asosida Oliy ta’lim
yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga 329 ta ta’lim yo‘nalishi va 582 ta magistratura
mutaxassisliklari kiritildi. 2019-2020 o‘quv yilida 59 ta oliy ta’lim muassasisida sirtqi ta’lim, 10
ta oliy ta’lim muasssasida kechki ta’lim joriy etildi.
Respublikada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim tahsil olayotgan talabalar soni bakalavriat
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 410 ming, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 13 ming nafarni
tashkil etib, so‘nggi uch yilda 1,7 baravarga oshdi. So‘nggi 3 yilda 1693 693 nafar professor
o‘qituvchi doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy
darajaga ega pedagog xodimlar soni 9636 taga etdi.
So‘nggi 3 yilda oliy ta’lim muassasalaring 1611 nafar professor o‘qituvchisi xorijiy oliy
ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashi malaka oshirishi ta’minlandi. Xalqaro hakorlik doirasida
xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar magistratura mutaxassisliklariga 112 nafar,
doktoranturasiga 51 nafar yoshlar ta’lim olishga qabul qilindi.
Ushbu Farmonning ilovasida bugungi ta’lim tizimining shaffofligi va demokratik ruxda
ekanligi butkul namoyon bo‘ladi. Muammolarni xaspo‘shlanmay ochiq berildi va faqat tanqid
bilan cheklanmay, uning echimi yo‘llari batafsil yoritib berildi.
Yuqorida keltirilgan me’yoriy xujjatlarning amalga oshirilishidan kelgan natijalar oliy ta’lim
muassalarining taraqqiyotida qanday aks etganligi bugungi kun uchun xam kelajak rivojlanishimiz
uchun xam katta axamiyatga molik masaladir. Oliy ta’lim muassasalarining real imkoniyatlaridan
kelib chiqib, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimi joriy etishga yo‘l ochildi. Shu bilan
birgalikda bu oliy ta’lim olish istagidagi yoshlarimizga bir vaqtning o‘zida bir necha oliy o‘quv
yurtlariga xujjat topshirish imkoniyati oliy ta’lim olishda teng imkoniyatlar yaratilishini
ta’minlaydi. Oliy ta’lim tizimida kvota institutning yo‘q qilish sari izchil qadam tashlanmoqda.
Fuqarolarimizning chet davlat OTM larda O‘zbekiston OTM lariga o‘qitishni ko‘chirish
soddalashtirildi. 2019-2020 o‘quv yilida o‘qishni ko‘chirishga yalpi ravishda ruxsat berildi.
Minglab talaba yoshlar respublikamiz OTM larida o‘qishni davom ettirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Oliy ta’limdagi sifat o‘zgarishlari bilan birgalikda uning jamiyat xayotidagi insonparvarlik
jixatlariga xam aloxida to‘xtalib o‘tish joiz bo‘ladi. Buning uchun oliy ta’limga qabul bo‘yicha
qilingan qarorlarning mazmun mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Davlat komissiyasi majlisining
2020 yil 1-son bayoni bilan, Respublika OTMlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi
qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi
qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv
yilida xotin-qizlar uchun OTMlar bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga qo‘shimcha 940 ta
kvota ajaratildi.
2020/2021 o‘quv yili uchun respublika OTMlariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy
soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi
qabul ko‘rsatkichlari belgilandi. Unga ko‘ra, respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar
uchun jami 2799 ta kvota ajratilgan.
2020-yil 12-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4947-son qarori bilan
“2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul
qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qarori tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq respublika oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot tarmoqlari sohalarining
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari asosida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+CBHE loyihalari doirasida
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha
kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:
“CLASS” loyihasi bo‘yicha: O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat o‘zbek tili va
adabiyoti universiteti, Samarqand davlat chet tillar institutida “Kompyuter lingvistikasi”
mutaxassisligi”;
“INTRAS” loyihasi bo‘yicha: Andijon mashinasozlik instituti, Termiz davlat universiteti,
Jizzax politexnika institutida “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi;
“MECHAUZ” loyihasi bo‘yicha: Andijon mashinasozlik institutida “Mexatronika va
robototexnika” magistratura mutaxassisligi;
Farg‘ona politexnika institutida “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi.
“SPACECO” loyihasi bo‘yicha: Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Sun’iy
yo‘ldoshli aloqa tizimlari” mutaxassisligi;
“DSinGIS” (Tempus “Ge-UZ”) loyihasi bo‘yicha: Qoraqalpoq davlat universitetida
“Geodeziya va geoinformatika” mutaxassisligi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat
komissiyasi majlisining 2-son bayoni qaroriga muvofiq:
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2020/2021 o‘quv
yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga
ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan
vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
2020-yil 20-iyulda respublika bo‘yicha jami 1 452 789 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 530
496 nafar) abiturient ro‘yxatdan o‘tganligi o‘zi mamlaktimiz fuqarolarining oliy ta’limdagi
o‘zgarishlarni chuqur anglayotganligi va yurtimiz kelajagida oliy ta’limning katta o‘rni borligini
anglayotganligidan dalolatdir.
Oliy ta’limdagi katta isloxotlar ijtimoiy adolatni barqaror bo‘lishi bilan xamoxang kechdi.
Bolalarning majburiy mexnatiga chek qo‘yildi. Paxta “umumilliy xarakati” islox etildi. O‘qituvchi
va sog‘liqni saqlash xodimlari, talabalar xamda va boshqa davlat tashkilotlari xodimlarining
beminnat xizmatidan foydalanishi amaliyoti deyarli tugatildi.
Oliy ta’lim tizimidagi mavjud muammolar tan olinmoqda va ochiq munosabat
bildirilmoqda. Oliy ta’lim tizimining shaffofligi, mobil tezligi oshirib borilmoqda. Ta’lim va
sog‘liqni tizimidagi muammolar e’tirof etildi. Ularning echimiga qaratilgan islohatlar xayotga
tadbiq etilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, nufuzli universitetlar
rektorining, taniqli professor-o‘qituvchilarning olimlarning press-klublardagi ochiq muloqotda
ishtirok etishlari muammolar yuzasidan ochiq, bevosita fikr bildirishlari xam bu soxadagi
jamoatchilik bilan aloqa yo‘lga qo‘yilishida muxim qadam bo‘ldi.
Maktab o‘qituvchilarining oylik ish haqlarini oshirish yuzasidan amaliy xarakatlar qilindi.
Pedagog xodimlarni namunaviy arzon uy-joylar, avtotransport bilan ta’minlash maqsadida uzoq
muddatli imtiyozli kreditlar beprish, ularning oila a’zolariga tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli
kreditlar ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi.9 2019-yilda boshlab mutaxassis o‘qituvchilarning
9 Мирзиёев Ш. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. Тошкент,
“Ўзбекистон, 2019, 355-б.
oshirilgan haqi miqdori 54 foizga oliy toifali pedogogklarning esa 64 foizga etkazildi. Ushbu sa’iy
xarakatlar natijasida 2018-yilda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 16 ming nafar oliy ma’lumotli
yosh kadrlar bilan to‘ldirildi. Qariyib 13 ming nafar erkak o‘qituvchilar maktablarga qaytishdi.
Professor-o‘qituvchilar oyligi va mavqieni oshirish siyosati tizimli davom ettirilmoqda.
O‘qituvchilaring boshqa majburiy mehnat va jamoat ishlariga jalb etish amaliyotiga chek
qo‘yildi.10 Oylik moashlari bir necha barobar oshirildi. Ilg‘or o‘qitish tizimini kengroq joriy etish,
ilmiy tadqiqot ishlariga rag‘batlantirish maqsadida 20 foizda 60 foizgacha ustama xaq to‘lash
albatta o‘z natijasi ko‘rsatadi.
Xalqimiz azaldan ilm va ma’rifatga intilib kelgan. Istiqlol yillarida ushbu soha davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qatoridan o‘rin oldi. Buni olib borilayotgan keng ko‘lamdagi
islohotlar yaqqol tasdiqlaydi.Bu jarayonda jismonan sog‘lom, ma’naviy etuk barkamol yoshlarni
tarbiyalash va ularning bilim olishi bo‘yicha bergilangan vazifalarning amalga oshirilishi
mamlakatimizda farovon hayotni ta’minlashning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek
ustoz va shogirdlarning birgalikdagi sa’i-xarakatlari, olimlarning fidokorona mehnatlari tufayli
masafaviy ta’lim va on-layn dars berishda xam ijobiy tajribalar tuplandi. Endilikdak uzluksiz
ta’lim tizimini takomillashtirish, malakli kadrlar siyosatini rivojlantirishni xamda uning moddiy
texnik bazasini mustaxkamlash borasida qilinayotgan ishlar muxim axamiyat kasb etadi.
Shunigdek, ta’lim va o‘qitish sifatini baxolashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim
muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirish taqazo etilmoqda.
Fan-texnika tarraqiyoti va ta’lim tizimini raqobat bardosh sohaga aylantirish O‘zbekiston
uchun xayotiy masala ekanligi xalqimiz ongu-shuuridan mustaxkam o‘rin oldi. Ilmsevar,
ma’rifatga ehtirom bilan qarovchi O‘zbekiston xalqining ushbu sohadagi orzu-istaklari amalga
oshirishda barcha kuch g‘ayrat sarflanmoqda. Bu tizim yuksak ma’naviyat zaminida qurilib, davlat
ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlandi.
Oliy ta’lim sifatini, universitetlarning jaxonning nufuzli universitetlari qatoridan joy olish
O‘zbekistondagi oliy ta’lim oldiga qo‘yilgan birlamchi talablardan bo‘lib qolmoqda. Ilm-fan
taraqqiyotining yangi bosqichi, yangi fan, ilm tadqiqot, innovatsion yutuqlarning rag‘batlantirsh
va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmi yaratilmoqda. Umuman aytganda,
mustaqillik yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini jaxon talablari darajasiga ko‘tarish
doimo kun tartibida turdi
Ta’lim tuzilishini modernizatsiyalash, uni demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va
insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish tobora
kuchayib bormoqda. Ta’limni fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish,
bilishni emas, balki fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh
avlodning har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun
loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion loyihalar ishlab
chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga erishish bo‘yicha aniq chora-
tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda.
Mavzu bo’yicha GLOSSARY
MAKTAB TA'LIMINI
RIVOJLANTIRISH
DAVLAT
UMUMMILLIY
DASTURI
– Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga
oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta'limining orqada
qolishiga barham berish xamda maktablarning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta'limning yagona tizimini
shakllantirish bilan bog‘liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf
etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil
21-maydagi «2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish
davlat umummilliy dasturi to'grisida»gi Farmoniga muvofiq kuchga
kirgan. Mazkur Farmonga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
10 “Ниятингиз холис бўлса фикрингиз асосини келтиринг”. Kun.uz/news/2020/08/12
2005-yil
20-sentyabrda
PF-3661-son
Farmoniga
muvofiq
o'zgartirishlar kiritilgan.
KADRLAR
TAYYORLASH
MILLIY DASTURI
– «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'grisida»gi O'zbekiston
Respublikasi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi «Ta'lim to'grisida»gi O'zbekiston
Respublikasi Qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan
bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimining jahon
miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy
va kasb-xunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-
siyosiy xayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'gri ola bilish
mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va xal
etishga
qodir
kadrlarning
yangi
avlodini
shakllantirishga
yo'naltirilgan.
MUTAXASSISLIK
— malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy
tayyorgarlik turining nomi.
TARBIYA
— aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni
har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy
ahloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan
tizimli jarayon.
TA’LIM
— ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy
ko’nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy
bilim, malaka hamda ko’nikmalarini shakllantirishga, qobilyatini
rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
Jadid (arab)
- (arabcha) yangi usul
Jaxolat
- Ilm-ma'rifatdan mahrumlik, qoloqlik
Jaxolatparast
- Ilm-ma'rifatdan yiroq bo‘lgan shaxs
Nazorat savollari:
1. XXI asr globalizatsiya bilan bog‘liq holda oliy ta’limga qanday muhim vazifalardan
qo‘yilmoqda?
2. “El-yurt umidi” fondlari tomonidan ilm fan, ta’lim namoyondalarini xorijiy tajribaga
o‘rganishida nimalarga e’tibor qaratiladi?
3. O‘zbekiston Respublikasida Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilishidan maqsad nima edi?
4. 2017-yil yilda dvlat byudjetidan ta’limga ajratilgan mablag‘lar byudjet xarajatlari qismining
necha foizi darajasida rejalashtirilgan va ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan harajatlar hajmi
mamlakatimiz YAIM tarkibida qancha foizini tashkil etadi?
5. Mamlakatimizda aholining necha foizini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi?
6. O‘zbekistonda bepul majburiy ta’lim necha yil?
7. Bilimli, iste’dodli va qobiliyatli yoshlarni rag‘batlashtirish bo‘yicha qanday ishlar bajarilgan va
qaysi imtiyozlar bor?
8. Yoshlarni xorijiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari uchun
qanday imkoniyatlar yaratilgan?
9. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichlarini ayting?
10. Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ CBHE loyihalari doirasida 2020/2021 o‘quv yilidan
boshlab qanday ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga
qo‘yiladi?
Testlar:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilingan?
A) 1994 yil 15 avgust.
B) 1997 yil 29 avgust
V) 1998 yil 14 mart.
S) 2010 yil10 iyul.
2. O‘zbekiston Respublikasida ilk bor “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
A)1989 yil 1 oktyabr.
B) 1990 yil 1 avgust
V) 1991 yil i iyul.
S) 1992 yil 2 avgust.
3. 2014 yil qanday nomlandi?
A) Sog‘lom bola yili.
B) Mustahkam oila.
V) Sog‘lom oila yili.
S) Barkamol avlod.
4. “Nihol” mukofoti qachon ta’sis etilgan?
A)1991 yil 1 oktyabr.
B) 1994 yil 1 avgust
V) 1997 yil i iyul.
S) 2000 yil 25 avgust
5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) 1991-2001 yillar, 2001 — 2010 yillar, 2010-keyingi yillar.
B) 1991-1995 yillar, 1995 - 2000 yillar, 2000-2010 yillar.
V) 1997-2001 yillar, 2001 — 2005 yillar, 2005-keyingi yillar.
S) 1997-2000 yillar, 2001 — 2010 yillar, 2010-keyingi yillar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Miziyoevning “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol
ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ko‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi qarori qachon qabul
qilingan?
A)2017 yil 1 oktyabr.
B) 2018 yil 5 iyunda
V) 2016 yil 17 iyul.
S) 2019 yil 25 avgust
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4947-son qarori bilan “2020/2021 o‘quv yilida
O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat
buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qarori qachon qabul qilingan?
A) 2020 yil 12 iyun
B) 2018 yil 5 iyunda
V) 2019 yil 17 iyul.
S) 2020 yil 15 mart
8. 2020 yil 20 iyulda respublika bo‘yicha jami nechta abiturient ro‘yxatdan o‘tgan?
A) 1 252 768 nafar
B) 1 152 259 nafar
V) 1 452 789 nafar
S) 1 352 546 nafar
9. 2019 yilda jami respublikamizda jami nechta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi?
A) 7 ta
B) 12 ta
V) 8 ta
S) 14 ta