O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari
Yuklangan vaqt
2024-10-17
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
22,6 KB
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning
konseptual asoslari
Mavzu rejasi:
1.
Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida jadal taraqqiyot
va yangilanish sari.
2.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. Ta’lim
sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
3.
Ta’lim tizimi va turlari.
4.
Professional ta’lim mazmuni.
5.
Ta’limning xalqaro standart tasniflagich darajalari.
1.
Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida jadal
taraqqiyot va yangilanish sari.
Yangi O’zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda.
Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – eng muhim
qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda. Eng asosiysi: Yangi O’zbekiston
taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat –
inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev taqdim etgan Yangi O’zbekistonning 2022–
2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida belgilab berilgan
ustuvor yo’nalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat
beradi.
Yangi hujjat – Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi
O’zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk
bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo’lgan davrni qamrab oladi va yilma-yil
amalga oshirib boriladi. Shunday qilib, Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga
mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasida quyidagi yettita ustuvor yo’nalish nazarda
tutilgan:
birinchi ustuvor yo’nalish – inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik
jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi ustuvor yo’nalish – mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi
tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
uchinchi ustuvor yo’nalish – milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o’sish
sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
to’rtinchi ustuvor yo’nalish – adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson
kapitalini rivojlantirish;
beshinchi ustuvor yo’nalish – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu
sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchi ustuvor yo’nalish – umumbashariy muammolarga milliy
manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
yettinchi ustuvor yo’nalish – mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa
salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
Eng asosiysi, Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 ustuvor
yo’nalishning
bosh
g’oyasi
–
inson
qadrini
ta’minlashdir.
Chunki,
Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy g’oya ham “Inson qadri uchun”
tamoyili edi.
Muxtasar aytganda, Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasi
negizida bir qancha yangi dasturlar, yangi konsepsiyalar, yangi qonun hujjatlari
qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. Bu bilan mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy va ekologik rivojlanishining keyingi bosqichida amalga
oshiriladigan islohotlar keng qamrab olinmoqda.
Shunday ekan, Taraqqiyot strategiyasining tasdiqlanishi va muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish hamda
erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali inson qadrini ulug’lashga qaratilgan
ulkan maqsad va vazifalarimizga erishish imkonini beradi.
Insoniyat mavjud ekan, har doim taraqqiyot sari intiladi va yangidan-yangi
fan yutuqlarini qo’lga kiritib boradi. Ta’lim tizimi esa ana shu fan yangiliklarini
kelajak avlodga yetkazib berishni ta’minlaydi. Shu bois ta’lim tizimining dunyoviy
xarakterda bo’lishi talab etiladi. Shuningdek, ta’lim oluvchilarning ushbu
yutuqlardan oqilona foydalangan holda ulardan to’g’ri xulosalar chiqarib, kelajakda
o’zlarining munosib o’rinlarini topishga zamin yaratadi.
2.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat
siyosati darajasiga ko’tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos
sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy
jihatdan yetuk insonlar bo’lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va
iste’dodi, intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona
yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-
fevraldagi "O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar
strategiyasi to’g’risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan
sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalardan
kelib chiqib, ta’lim tizimini takomilashtirish, o’quv adabiyotlari bilan sifatli
ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida ta’rbiyalash shuningdek, amaldagi
ta’lim tizimini isloh qilish va ilg’or xorijiy tajribaga mos ravishda ta’lim tizimini
yaratish bo’yicha bir qancha o’zgarishlar bo’ldi.
Jumladan, ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan O’zbekiston
Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni qabul qilinib,
mazkur qonun 2020-yilning 23-sentabrdagi O’RQ-637-son kunidan kuchga kirdi.
Ushbu qonunga ko’ra ilk bor inklyuziv ta’lim joriy etildi. Inklyuziv ta’lim alohida
ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda
barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo’lgan teng
imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan ta’lim olish shakli hisoblanadi. Bunda ta’lim
olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
-
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi,
kechki, masofaviy);
-
nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish
joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
-
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
-
katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish;
-
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar
(shaхslar) uchun inklyuziv ta’lim;
-
eksternat tartibidagi ta’lim - o’quv dasturlarini mustaqil ravishda
o’zlashtirishni o’z ichiga olib, uning yakunlari bo’yicha ta’lim oluvchilardan davlat
ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o’tish;
-
mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida
kadrlar tayyorlash.
Qonunga muvofiq, davlat oliy ta’lim, o’rta maxsus, professional ta’lim
muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o’rta
maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki
Hukumat qarorlari bilan tashkil etilishi hamda nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil
etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yildi. Nodavlat
ta’lim tashkilotlariga litsenziya esa Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
tomonidan berish joriy etildi. Bundan tashqari mazkur qonun bilan pedagog
xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari belgilab qo’yildi. Xususan,
pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinishi, pedagog
xodimlar ijtimoiy qo’llab-quvvatlanashi, o’z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi,
ularning ijtimoiy maqomi va obro’sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-
sharoitlar yaratilishi, shuningdek o’z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga
oshirish uchun kafolatlar berilishi nazarda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, ushbu qonun bilan joriy qilinayotgan yangiliklar ta’lim
muassasalarida pedagog kadrlar salohiyati va ta’lim sifatining oshirilishida, oliy
ta’lim muassasalariga eng iqtidorli yoshlarning qabul qilinishida, mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan keng qamrovli hamda tizimli o’zgarishlarda ta’lim
muassasalarining faol ishtirok etishini ta’minlashda qo’l keladi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari O’zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining 3-moddasida ta’lim sohasidagi
davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko’rsatib o’tilgan. Ular quyidagilardan iborat:
-
ta’lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo’lishi,
-
ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;
-
umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining
yo’nalishlarini tanlashning ixtiyorligi;
-
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standarti
doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
-
ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
-
bilimli bo’lishni rag’batlantirish;
-
ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg’unlashtirish.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining 3-
moddasida ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta’lim va
tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo’lishi ko’rsatilgan. Ta’lim va
tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama
barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ta’limni insonparvarlashtirish
shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga imkon yaratadi. Bir so’z bilan
aytganda, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini
ta’minlashga yo’naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi.
Shuningdek, davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan
uzluksiz ta’lim tizimi mazmuniga ko’ra bir tipdagi o’quv yurtlarining biridan
ikkinchisiga o’tib o’qish imkoniyati mavjud. Chunonchi, ta’lim oluvchilar bir
maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga
bir shaharda faoliyat yuritayotgan oliy o’quv yurtidan ikkinchi shaharda joylashgan
oliy o’quv yurtiga o’tib ta’limni davom ettirish huquqiga egalar. Ta’lim tizimining
dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta’lim taraqqiyotining rivoji ilmiy
asoslarga ega bo’lib, u fan-texnika, madaniyatning yuksala borishi bilan
chambarchas holda rivojlanib borishini nazarda tutadi.
3.
Ta’lim tizimi va turlari. Ta’lim tizimi:
- davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o’quv rejalari va o’quv
dasturlarini;
- davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o’quv dasturlarini
amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
- ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
- ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur
bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
- ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning
tasarrufidagi tashkilotlarni o’z ichiga oladi. Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
-
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
-
umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim;
-
professional ta’lim;
-
oliy ta’lim;
-
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
-
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
-
maktabdan tashqari ta’lim.
4.
Professional ta’lim mazmuni. Professional ta’lim egallanadigan kasb
va mutaxassislik bo’yicha quyidagi darajalarni o’z ichiga oladi:
- boshlang’ich professional ta’lim;
- o’rta professional ta’lim;
- o’rta maxsus professional ta’lim.
Boshlang’ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf
bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha umumta’lim
fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari
asosida amalga oshiriladi.
O’rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to’lov-shartnoma
asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda,
davomiyligi ikki yilgacha bo’lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari
bo’yicha umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’lim hamda boshlang’ich professional ta’lim
negizida amalga oshiriladi.
O’rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o’rta, o’rta maxsus,
boshlang’ich professional va o’rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi
yoki to’lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan
kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo’lgan kunduzgi, kechki va sirtqi
ta’lim shakllari bo’yicha amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
(to’qqiz yillik umumiy o’rta va uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan
fuqarolar ham o’rta professional va o’rta maxsus professional ta’lim olish huquqiga
ega. Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o’zi
tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo’lishini ta’minlaydi. Fuqarolar shartnoma
asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni olish huquqiga ega.
5.
Ta’limning xalqaro standart tasniflagich darajalari. 2019-yil 6-
sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini
yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5812-
son farmoni qabul qilindi. Farmonga ko’ra 2020-2021 o’quv yilidan boshlab
yurtimizda Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg’unlashgan
yangi boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda
tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog’i
tashkil etiladi. Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga idoraviy
bo’ysunuvidan qatinazar o’quv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat
siyosatini yuritish Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Farmon bilan 2020-2021 o’quv yilidan boshlab xalqaro tasniflagichning
tegishli darajalariga mos keluvchi dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan
ta’lim muassasalari ro’yxatlari tasdiqlandi:
- Boshlang’ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim
muassasalari (Kasb-hunar maktablari) ro’yxati;
- O’rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim
muassasalari (kollejlar) ro’yxati;
- Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladigan texnikumlar.