O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

42,1 KB


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR
Reja
1.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi.
2.
O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.
Aholini turmush darajasini yuqori daraja ta’minlash.
4.
O‘zbekiston  Respublikasi  “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati.
O‘zbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng aholi turmush darajasini
yuqori  daraja  ta’minlash,  inson  manfaatlarini  ro‘yobga  chiqarish  va  uni  har
tomonlama  rivojlanishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratish  maqsadida  ijtimoiy
yo‘naltirilgan  barqaror  bozor  iqtisodiyoti,  ochiq  tashqi  siyosatga  ega  kuchli
demokratik huquqiy davlat  va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng
qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish
uchun  O‘zbekistonda  mustaqillikning  dastlabki  davridayoq,  davlat  ijtimoiy
siyosatining asoslari yaratilib, amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda ijtimoiy
siyosat ustuvor yo‘nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular
quyidagilardan iboratdir:
♦
Ijtimoiy  siyosatii  o‘tkazishda  davlatning  boshqarish  funksiyasiga
egaligi;
♦
Ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi;
♦
Aholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Logotip
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR Reja 1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. 2. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. Aholini turmush darajasini yuqori daraja ta’minlash. 4. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati. O‘zbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng aholi turmush darajasini yuqori daraja ta’minlash, inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va uni har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki davridayoq, davlat ijtimoiy siyosatining asoslari yaratilib, amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat ustuvor yo‘nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: ♦ Ijtimoiy siyosatii o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasiga egaligi; ♦ Ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi; ♦ Aholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
♦
Mahalliy o‘zini-o‘zi  boshqarish  idoralari  mahallalar  orqali  aholiga
aniq manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
♦
Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
♦
Aholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash;
♦
Mahsulot,  xizmat  va  uy-joyning  kuchli  ichki  iste’mol  bozorini
shakllantirish;
♦
Aholining  to‘lov  talablarini  keng  miqyosda  qondirish  va  uning
o‘sishini ta’minlash;
♦
Aholining  daromad  va  mulkka  egalik  darajasining  keskin
tabaqalashuvining oldini olish;
♦
Ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni ta’minlash.
Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarning
maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi
asosiy yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
♦
Davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning
har bir a’zosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish;
♦
Davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish;
♦
Ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan
beriladigan imtiyozlar;
♦
Ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi;
♦
Ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar;
♦
Kam ta’minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish;
♦
Bolalikdan  nogiron  va  boshqa  mehnat  qobiliyatini  yo‘qotganlarni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
♦
Talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari;
♦
Ishsizlik nafaqasi;
♦
Eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan narxlarda
sotilishini ta’minlash;
Logotip
♦ Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga aniq manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish; ♦ Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan: ♦ Aholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash; ♦ Mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki iste’mol bozorini shakllantirish; ♦ Aholining to‘lov talablarini keng miqyosda qondirish va uning o‘sishini ta’minlash; ♦ Aholining daromad va mulkka egalik darajasining keskin tabaqalashuvining oldini olish; ♦ Ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni ta’minlash. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib borilmoqda: ♦ Davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir a’zosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish; ♦ Davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish; ♦ Ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar; ♦ Ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi; ♦ Ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar; ♦ Kam ta’minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish; ♦ Bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; ♦ Talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari; ♦ Ishsizlik nafaqasi; ♦ Eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan narxlarda sotilishini ta’minlash;
♦
Ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  xizmatlar  baholaridagi  farqlarni
byudjet hisobidan qoplash;
♦
Ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (sog‘liqni saqlash, ta’lim,
jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasining rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash va mustahkamlash.
Demak,  mamlakatimizda amalga  oshirilayotgan  tub demokratik islohotlar
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo
etishga  qaratilgan.  Buni  ijtimoiy  sohadagi  islohotlarni  amalga  oshirish  orqali
ta’minlash  mumkin.  Chunki,  har  qanday  jamiyatning  rivojlanganlik  darajasi
ijtimoiy masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar
mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy
islohotlarni davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror
o‘stirib  borishdan  iboratdir.  Mamlakatimizda  aholi  daromadlari  va  turmush
darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida,
aholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalar
o‘sishining  ijobiy  dinamikasi  vujudga  kela  boshladi.  Aholining  daromadlar
tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 2010-2017 yillarda 45,0% dan
34,3% ga kamaydi, mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi
25,0% dan 34,5% ga o‘sdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF- 4848-
sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni
har  tomonlama  himoya  qilishga  va  ishbilarmonlik  muhitini  sifat  jihatidan
yaxshilashga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  farmoni  doirasida
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat
xaridlari to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi qonun
loyihalari hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va
tasdiqlash borasida faol ishlar olib borilmoqda.
Logotip
♦ Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjet hisobidan qoplash; ♦ Ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (sog‘liqni saqlash, ta’lim, jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasining rivojlantirishni qo‘llab- quvvatlash va mustahkamlash. Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali ta’minlash mumkin. Chunki, har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy islohotlarni davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror o‘stirib borishdan iboratdir. Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida, aholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalar o‘sishining ijobiy dinamikasi vujudga kela boshladi. Aholining daromadlar tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 2010-2017 yillarda 45,0% dan 34,3% ga kamaydi, mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi 25,0% dan 34,5% ga o‘sdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF- 4848- sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash borasida faol ishlar olib borilmoqda.
Kuchli  ijtimoiy  siyosat  konsepsiyasining  shakllanishi,  bosqichlari  va
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani
rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib
borish,  sog‘liqni  saqlash  tizimini  takomillashtirish,  xotin-qizlarning  ijtimoiy-
siyosiy  faolligini  oshirish,  aholini  uy-joylar  bilan  ta’minlash,  yo‘l-transport
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim,
madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga
oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy
himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
O‘zbekiston  Respublikasi  “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  to‘g‘risida”gi
Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirish,  jamiyatda  korrupsiyaga  nisbatan  murosasiz  munosabatni
shakllantirish. 
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga
yo‘llagan murojaatnomasida kambag‘allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish
siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi.
Mamlakatnmizda  ijtimoiy himoyaga  va  yordamga  muhtoj  toifalarga  kam
ta’minlanganlar, ko‘p bolali onlalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va boshqalar
kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu
darajada uchraydi. Adolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga
oladi. Shuning uchun ham  O‘zbekiston  o‘z mustaqilligiga erishganidan  keyin
kuchli ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim e’tibor hozirgi paytda ham
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish
to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan bo‘lib, bu yilgi bayram “Fidoying bo‘lgaymiz
seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy,
ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar  hamda  targ‘ibot-tashviqot  ishlari  dasturi  asosida
amalga  oshirilyapti.  Chunki  Qarorda  ushbu  Dasturni  2017-2021  yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Logotip
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo‘l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida kambag‘allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi. Mamlakatnmizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam ta’minlanganlar, ko‘p bolali onlalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va boshqalar kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu darajada uchraydi. Adolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga oladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishganidan keyin kuchli ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim e’tibor hozirgi paytda ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan bo‘lib, bu yilgi bayram “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida amalga oshirilyapti. Chunki Qarorda ushbu Dasturni 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
Davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan
edi.  Bu  beshta  ustuvor  yo‘nalishdan  to‘rtinchisida  aynan  ijtimoiy  sohani
rivojlantirish ko‘zda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan:
“Ijtimoiy  sohani  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  aholi  bandligi  va  real
daromadlarini  izchil  oshirib  borish,  ijtimoiy  himoyasi  va  sog‘lig‘ini  saqlash
tizimini  takomillashtirish,  xotin-qizlarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligini  oshirish,
arzon  uy-joylar  barpo  etish,  yo‘l-transport,  muhandislik-kommunikatsiya  va
ijtimoiy  infratuzilmalarni  rivojlantirish  hamda  modernizatsiya  qilish  bo‘yicha
maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at
va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”.
O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan beshta
tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini hisobga
olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto,
mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan
aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham nomlandi. Bu
bejiz emas edi.
Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan
tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi.
Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan
ikkinchi  tuzumga  o‘tayotganda,  xususan,  eski  ishlab  chiqarish  tizimi, mavjud
iqtisodiy  integratsiya  tabiiy  ravishda  izdan  chiqadi,  ularning  barini  yangidan
shakllantirishga  to‘g‘ri  keladi.  Shuningdek,  mulkka  egalik  qilishning  shakli
o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi
ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak,
ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi
ham tabiiy holdir.
Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga
muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu
Logotip
Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan edi. Bu beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisida aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish ko‘zda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan: “Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”. O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan beshta tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto, mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham nomlandi. Bu bejiz emas edi. Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi. Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak, ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham tabiiy holdir. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu
og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval-
boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi.
O‘zbekiston  xalqining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  hamda  ilg‘or  jahon
tajribalarini  mujassamlashtirgan  bu  taraqqiyot  modeli  negizida  kuchli  ijtimoiy
siyosat yuritish maqsadi ham yotadi.
Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati  ham shaxs,  uning manfaatlari bilan
bevosita bog‘liq, islohotlar mas’uliyati ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaro zimmasiga
tushadi. Ko‘rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil O‘zbekiston
davlat siyosatining  ustuvor yo‘nalishlaridan biri  bo‘lib keldi. Mamlakatimizda
davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan va bu qat’iy
qoidaga izchil amal qilib kelinyapti.
Birinchi Prezident I. Karimovning 1993 yili chop etilgan “O‘zbekiston -
bozor  munosabatlariga  o‘tishning  o‘ziga  xos  yo‘li”  kitobida  mazkur  besh
tamoyildan har birini sharhlash uchun bittadan maxsus bob ajratiladi. Jumladan,
“Kuchli  ijtimoiy siyosat  - iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli  kafolati” deb
nomlangan yettinchi bobda to‘rtinchi tamoyil har taraflama va batafsil tahlil etib
berilgan.
Bu besh tamoyil Birinchi Prezident I. Karimov ta’limotida o‘z-o‘zidan yoki
birdaniga  shakllanib  qolmagan.  Bu  -  uning  davlatchilik  borasidagi  tadrijiy
tafakkuri mahsuli yanglig‘ yuzaga keldi. Buning isboti shuki, uning 1992 yili
yozilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida ilgari surilgan
ayrim qat’iy pozitsiyalarning ana shu tamoyillar bilan bevosita aloqadorligi bor.
Demak, islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad - xalq hayotini yaxshilash,
fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol
shug‘ullanishi,  umrni  unumli  o‘tkazishi,  turmush  mazmunining  boyishiga
erishishdan iborat.
1997 yildan yillarni muayyan yo‘nalish bo‘yicha nomlash an’anasi yo‘lga
qo‘yildi. O‘sha yili “Inson manfaatlari yili” bo‘lgan. Inson manfaatlari deganda
esa, avvalo, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish ma’nosi ko‘zda tutilgan. E’tibor
qilinsa, o‘shandan buyon har bir yilning yo‘nalishida u yoki bu tarzda aynan
Logotip
og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval- boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi. O‘zbekiston xalqining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or jahon tajribalarini mujassamlashtirgan bu taraqqiyot modeli negizida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish maqsadi ham yotadi. Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan bevosita bog‘liq, islohotlar mas’uliyati ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaro zimmasiga tushadi. Ko‘rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakatimizda davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan va bu qat’iy qoidaga izchil amal qilib kelinyapti. Birinchi Prezident I. Karimovning 1993 yili chop etilgan “O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” kitobida mazkur besh tamoyildan har birini sharhlash uchun bittadan maxsus bob ajratiladi. Jumladan, “Kuchli ijtimoiy siyosat - iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati” deb nomlangan yettinchi bobda to‘rtinchi tamoyil har taraflama va batafsil tahlil etib berilgan. Bu besh tamoyil Birinchi Prezident I. Karimov ta’limotida o‘z-o‘zidan yoki birdaniga shakllanib qolmagan. Bu - uning davlatchilik borasidagi tadrijiy tafakkuri mahsuli yanglig‘ yuzaga keldi. Buning isboti shuki, uning 1992 yili yozilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida ilgari surilgan ayrim qat’iy pozitsiyalarning ana shu tamoyillar bilan bevosita aloqadorligi bor. Demak, islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad - xalq hayotini yaxshilash, fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol shug‘ullanishi, umrni unumli o‘tkazishi, turmush mazmunining boyishiga erishishdan iborat. 1997 yildan yillarni muayyan yo‘nalish bo‘yicha nomlash an’anasi yo‘lga qo‘yildi. O‘sha yili “Inson manfaatlari yili” bo‘lgan. Inson manfaatlari deganda esa, avvalo, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish ma’nosi ko‘zda tutilgan. E’tibor qilinsa, o‘shandan buyon har bir yilning yo‘nalishida u yoki bu tarzda aynan
ijtimoiy masala o‘rtaga qo‘yiladi.  2007 yil esa maxsus ravishda “Ijtimoiy himoya
yili” bo‘ldi.
 Istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Muhtoj qatlam
va guruhlarga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos, ya’ni miliy mexanizmi
ishlab chiqildi. Buni adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar
yig‘inlarining mas’uliyati oshirildi. Inflyatsiyani inobatga olgan holda har yili bir
necha  marotabadan  davlat  byudjetidan  ajratiladigan  maoshlar,  pensiya  va
stipendiyalar oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat
tashkilotlari  tarafidan  moddiy  yordam  ko‘rsatishning  ham  turli-turli  shakllari
paydo bo‘ldi va bu jarayon tobora takomillashib boryapti.
2017 yilning aynan “Xalq  bilan muloqot  va inson manfaatlari  yili” deb
nomlanishi amalda davlat siyosatining izchilligidan dalolat beradi.
Bugunga kelib mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi.
Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud
an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti.
Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar
ko‘lami esa har kanday kishini mamnun etadi. “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini  rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident
Farmoyishida  muayyan  ma’noda hozirgacha  amalga  oshirilgan  ishlar  sarhisob
qilindi.
Jumladan, ijtimoiy sohadagi eng muhim ishlar ham o‘z aksini topgan. Unda
qayd  etilishicha,  “faqatgina  joriy  yilning  birinchi  yarmida  2,7  ming  kilometr
avtomobil yo‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 ming 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017 -
2020 yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni
qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmokda, uning doirasida 50
ming 286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta ko‘p qavatli  uylarni, bundan
tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish
mo‘ljallangan”.
Logotip
ijtimoiy masala o‘rtaga qo‘yiladi. 2007 yil esa maxsus ravishda “Ijtimoiy himoya yili” bo‘ldi. Istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Muhtoj qatlam va guruhlarga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos, ya’ni miliy mexanizmi ishlab chiqildi. Buni adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlarining mas’uliyati oshirildi. Inflyatsiyani inobatga olgan holda har yili bir necha marotabadan davlat byudjetidan ajratiladigan maoshlar, pensiya va stipendiyalar oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat tashkilotlari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatishning ham turli-turli shakllari paydo bo‘ldi va bu jarayon tobora takomillashib boryapti. 2017 yilning aynan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi amalda davlat siyosatining izchilligidan dalolat beradi. Bugunga kelib mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi. Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti. Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami esa har kanday kishini mamnun etadi. “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Jumladan, ijtimoiy sohadagi eng muhim ishlar ham o‘z aksini topgan. Unda qayd etilishicha, “faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr avtomobil yo‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 ming 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017 - 2020 yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmokda, uning doirasida 50 ming 286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish mo‘ljallangan”.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini
yanada  takomillashtiri  va  mehnat  organlari  faoliyati  samaradorligini  tubdan
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (24.05) Farmoni qabul qilindi.
Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublika  Prezidentining  “Aholi  bandligini
ta’minlash  bo‘yicha  olib  borilayotgan  ishlar  natijadorligi  va  samaradorligini
oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari
rahbarlarini shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” (06.05),
“Kasanachilikni  yanada  rivojlantirish  uchun  kulay  sharoitlar  yaratish  chora-
tadbirlari to‘g‘risida” (24.05), “Madaniyat san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar
va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari
mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida” (14.08), “2018 - 2019 yillar, turizm sohasiki rivojlantirish
bo‘yicha  birinchi  navbatdagi  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”  (16.08)  va  boshqa
Qarorlari chiqdi.
Ayniqsa,  aholi  ijtimoiy  himoyasi  va  sog‘lig‘ini  saqlash  tizimini
takomillashtirish bo‘yicha ham ko‘p ish qilindi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Shoshilinch  tibbiy  yordamni
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (16.03), “Uy-joy kommunal
xizmat  ko‘rsatish  tizimini  boshqarishni  yanada  takomillashtiri  chora-tadbirlari
to‘g‘risida”  (18.04),  “O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida
Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish
to‘g‘risida” (18.04), “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat
boshqaruvi  tizimini  takomillashtirish  to‘g‘risida”  (21.04),  “Davlat  veterinariya
xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
(01.06) va boshqa Farmonlari qabul qilindi.
Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Sog‘liqni  saqlash
sohasida  xususiy  sektorni  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”
(01.04),  “Ikkinchi  jahon  urushi  qatnashchilarini  rag‘batlantirish  to‘g‘risida”
(04.04), “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-
Logotip
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtiri va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (24.05) Farmoni qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublika Prezidentining “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari rahbarlarini shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” (06.05), “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun kulay sharoitlar yaratish chora- tadbirlari to‘g‘risida” (24.05), “Madaniyat san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora- tadbirlar to‘g‘risida” (14.08), “2018 - 2019 yillar, turizm sohasiki rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” (16.08) va boshqa Qarorlari chiqdi. Ayniqsa, aholi ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham ko‘p ish qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (16.03), “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtiri chora-tadbirlari to‘g‘risida” (18.04), “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” (18.04), “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” (21.04), “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.06) va boshqa Farmonlari qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.04), “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” (04.04), “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” (04.04), “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida
onkologiya  xizmatini  yanada  rivojlantirish  va  aholiga  onkologik  yordam
ko‘rsatishni  takomillashtirish  chora-tadbirri  to‘g‘risida”  (04.04),  “2017  -  2021
yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish
hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2018 - 2022 yillarda
issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantir dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2017 - 2021
yillarda ko‘p xonadonli  uy-joy fondini saqlash  va undan foydalanish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (24.04), “2017 - 2021 yillarda
yer  osti  suvlari  zaxiralaridan  oqilona  foydalanishni  nazorat  qilish  va  hisobga
olishni  tartibga  solish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  (04.05),  “Toshkent  shahri
aholisiga  birlamchi  tibbiy-sanitariya  yordami  ko‘rsatishni  boshqarish  tizimini
yanada  takomillashtirish  hamda  uning  samaradorligi  uchun  rahbarlar  va
mutaxassislarning  kasbiy  mas’uliyatini  oshirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”
(06.06),  “O‘zbekiston  Respublikasi  aholisiga  2017  -  2021  yillarda
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” (20.06), “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash
tizimni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (17.07)
boshqa  Qarorlari  hamda  “Nogironlarni  davlat  tomonidan  ko‘llab-quvvatlash
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.08) Farmoyishi
chikdi.
Arzon  uy-joylar  barpo  etish  mamlakatimizda  ijtimoiy  sohada  amalga
oshirilayotgan  ishlarning  insonparvarligini  ko‘rsatib  turibdi.  Uy-joylar  arzon
narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni ko‘payadi. Eng muhimi, bu birinchi
galda aholining uy-joyga o‘ta muhtoj qatlamining manfaatlarini o‘ylagan holda
yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi  paytda  mamlakatimiz  barcha  mintaqalarida  ikki  sotixli  namunali
qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarni qurish jadal
davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa, imtiyozli kreditlar joriy etilganidan aholi
bag‘oyat minnatdor.
Logotip
tadbirlari to‘g‘risida” (04.04), “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirri to‘g‘risida” (04.04), “2017 - 2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2018 - 2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantir dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2017 - 2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (24.04), “2017 - 2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (04.05), “Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (06.06), “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 - 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.06), “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (17.07) boshqa Qarorlari hamda “Nogironlarni davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.08) Farmoyishi chikdi. Arzon uy-joylar barpo etish mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning insonparvarligini ko‘rsatib turibdi. Uy-joylar arzon narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni ko‘payadi. Eng muhimi, bu birinchi galda aholining uy-joyga o‘ta muhtoj qatlamining manfaatlarini o‘ylagan holda yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi paytda mamlakatimiz barcha mintaqalarida ikki sotixli namunali qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarni qurish jadal davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa, imtiyozli kreditlar joriy etilganidan aholi bag‘oyat minnatdor.
Bugungi  kunda  poytaxtimiz  katta  uy-joy  kurilishi  maydoniga  aylandi.
Xususan, Sergeli tumani hududida jadal sur’atlar bilan bunyod etilayotgan har
taraflama shinam, zamonaviy qulayliklarga ega arzon ko‘p qavatli uylar peshma-
pesh bitkazipyapti.
Yo‘l-transport,  muhandislik-kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilmalarni
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga
oshirish yo‘nalishiga ham jiddiy e’tibor berilyapti.
Sergeli tumanini shaharning asosiy qismi bilan bog‘lashga xizmat qilishi
mo‘ljallangan yer usti metrosining qurilayotganiga hammamiz guvohmiz. Metroga
parallel ravishda Sergelini metroning Olmazor bekatini bog‘laydigan avtomobil
yo‘li ham kuriladi. Shuningdek, Sergelini bir tomoni shahar katta Halqa yo‘liga
bog‘laydigan, ikkinchi tomoni esa Bektemir tarafga yo‘nalgan yangi magistral
yo‘lga  ulaydigan  yo‘l  qurilishi  ham  jadallik  bilan  davom  ettirilyapti.
Shahrimizning yo‘l va ko‘chalariga yangidan asfal’t yotqizilyapti.
Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish
ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishini tashkil etadi.
Bu borada  O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  “Oliy ta’lim  tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.04), “2017/2018 o‘kuv yilida
O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
to‘g‘risida” (05.05), “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” (03.06), “Ma’daniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy
uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha
xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir
chora-tadbirlar to‘g‘risida” (14.08) va boshqa Qarorlari chiqarilganini alohida kayd
etish lozim.
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tub burilish yuz
berdi.
2017  yilning  30  iyun  kuni  “Kamolot”  yoshlar  ijtimoiy  harakatining  IV
qurultoyi  bo‘lib  o‘tdi.  Unda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat
Mirziyoev qatnashib, nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatini chuqur
Logotip
Bugungi kunda poytaxtimiz katta uy-joy kurilishi maydoniga aylandi. Xususan, Sergeli tumani hududida jadal sur’atlar bilan bunyod etilayotgan har taraflama shinam, zamonaviy qulayliklarga ega arzon ko‘p qavatli uylar peshma- pesh bitkazipyapti. Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish yo‘nalishiga ham jiddiy e’tibor berilyapti. Sergeli tumanini shaharning asosiy qismi bilan bog‘lashga xizmat qilishi mo‘ljallangan yer usti metrosining qurilayotganiga hammamiz guvohmiz. Metroga parallel ravishda Sergelini metroning Olmazor bekatini bog‘laydigan avtomobil yo‘li ham kuriladi. Shuningdek, Sergelini bir tomoni shahar katta Halqa yo‘liga bog‘laydigan, ikkinchi tomoni esa Bektemir tarafga yo‘nalgan yangi magistral yo‘lga ulaydigan yo‘l qurilishi ham jadallik bilan davom ettirilyapti. Shahrimizning yo‘l va ko‘chalariga yangidan asfal’t yotqizilyapti. Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishini tashkil etadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.04), “2017/2018 o‘kuv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” (05.05), “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (03.06), “Ma’daniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” (14.08) va boshqa Qarorlari chiqarilganini alohida kayd etish lozim. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tub burilish yuz berdi. 2017 yilning 30 iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qatnashib, nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatini chuqur