O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRISHDA
HARAKATLAR STRATEGIYASINING TUTGAN O‘RNI
Reja
1. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasining ahamiyati va zarurati.
2. Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy va
siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar.
3.
Qonun ustuvorligini ta’minlash – fuqarolar huquq va erkinliklarining
muhim garovi.
4.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning zamonaviy prinsiplari va ko‘p
tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish mexanizmlari.
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik
jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga
asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot
kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning
munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik
yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib
chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq
marralarini belgilash vazifasi turgan edi.
Mazkur vazifani amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari,
jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va
mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek
amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy
materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy
mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har
bir xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga
oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Bugun
O‘zbekiston ham o‘z tarixining ana shunday mas’uliyatli chorrahasida turibdi,
desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan
ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va
yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g‘oyaga aylanmoqda.
Strategiya — bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u
izchillik bilan va to‘liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni
ta’minlaydi.
Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish
asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va Harakatlar strategiyasini
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat
dasturi tasdiqlandi.
Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in
muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga
joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi.
Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan
islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.
Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi” portalida
yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1 310 ta taklif va
mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib
chiqildi.
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar
vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan
mamlakatni
ijtimoiy-siyosiy,
sotsial-iqtisodiy,
madaniy-gumanitar
rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.
Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar
samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal
rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi
belgilangan:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash,
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va
yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. Harakatlar
strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga
beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi
tasdiqlanadi.
Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb
nomlangan birinchi yo‘nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy
Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan
yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda
tutilgan.
Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh
qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy
sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron
hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
rejalashtirilgan.
Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va
dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini
takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini
yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini
kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Prezidentimizning 2019 yil 30 oktyabrdagi “Fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish markazi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishning istiqbolli
yo‘nalishlarini belgilab bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimiz Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali
marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida “Erkin va
farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” mavzusida
qilgan nutqida ham bu borada to‘xtalib, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik
jamiyati sari” degan muhim tamoyilni amalga oshirishda biz, avvalo, ana shu
ijtimoiy institutlarning kuch va imkoniyatlariga tayanamiz” deya alohida ta’kidlab
o‘tgan edi. Shunga muvofiq mamlakatimizni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish,
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning 5 ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi tasdiqlandi. Ayni paytda Davlat dasturining “Davlat va jamiyat
qurilishini takomillashtirish” yo‘nalishi ijrosi doirasida fuqarolik jamiyati
institutlarini rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimizda
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun davlat siyosati darajasida izchil, tizimli
ishlar amalga oshirilayotganiga yaqqol dalildir.
Ma’lumki, kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan islohotlarni kompleks o‘rganish, tahlil qilish va baholashning yaxlit,
mustaqil tizimini shakllantirish lozim. Qolaversa, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik
nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirishga oid
takliflarni ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy maydon yaratish, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha
maslahat kengashining samarali faoliyatini ta’minlash bu boradagi ishlar
samaradorligini oshirishda muhim o‘ringa ega. Shu ma’noda Prezidentimizning
mazkur qarori bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil
instituti ta’sischilar kengashining institutni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
markazi” etib qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik bildirilgani ayni muddao
bo‘ldi. Shuningdek, ushbu hujjat asosida markazning asosiy vazifalari va faoliyati
yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur yo‘nalishlarning har biri fuqarolik jamiyatida
olib borilayotgan islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid
aniq bo‘limlardan iborat.
2016 yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash dolzarb
vazifalardan biri bo‘ldi. Ushbu qaror bilan endilikda bu borada olib borilayotgan
ishlarni, xalq bilan muloqot holati va rivojlanishini o‘rganish, davlat organlari
faoliyati ochiqligini tizimli tahlil qilish zarurligi yuklandi. Mamlakatimizda
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida ilmiy va ekspert doiralar ishtirokida
amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida kelajakda
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modelini yanada takomillashtirish va
strategik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Bu jarayonda yangi tashkil etilayotgan markaz tomonidan fuqarolik jamiyati
rivojlanishining normativ-huquqiy tartibga solinishi holatini hamda ushbu sohada
huquqni qo‘llash amaliyoti, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga
oshirishni o‘rganish, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan
samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va
rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar
ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, jamiyatda siyosiy partiyalar rolini oshirish,
raqobatdosh ko‘p partiyali tizimning rivojlanish darajasini tahlil qilish va siyosiy
partiyalar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarning elektorat manfaatiga xizmat
qilishini ta’minlovchi loyihalar joriy etiladi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat
tashkilotlari ishtirokining muammolarini tizimli o‘rgangan holda fuqarolik
jamiyatini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy-amaliy
konferensiyalar, seminarlar va jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi. E’tiborlisi,
rivojlangan demokratik davlatlar tajribasi asosida davlat va jamiyat o‘rtasida ochiq
muloqotni tashkil etib, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishning optimal
yondashuvlarini ishlab chiqish ham Markazning asosiy vazifalaridan biri etib
belgilandi.
Markazga fuqarolik jamiyati rivojlanishini, uning institutlarining davlat
organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini, ularning mamlakatni
sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan, 2030
yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga
oshirish doirasida qo‘shgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va
tasdiqlash tavsiya etilgan. Bu esa islohotlarning ilmiy va tahliliy jihatdan puxta
ishlab chiqilishi va natijada mamlakatimizning kelajakda har tomonlama
rivojlanishida muhim poydevor vazifasini o‘taydi.
Mamlakatimiz tub o‘zgarishlarga yuz tutgan hozirgi paytda mazkur
vazifalarni bajarishda davlat organlari rahbarlari Markazga har tomonlama
ko‘maklashadi, so‘ralgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etadi, undan olingan
materiallar va tavsiyalarni ko‘rib chiqadi. Markaz o‘z vazifalarini bajarishi uchun
shartnoma asosida yetakchi, shu jumladan, xorijiy muassasalar ekspertlarini jalb
etish huquqiga egadir. Aynan qarorda ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganib,
O‘zbekiston sharoitida uni joriy etish uchun 2020-2022 yillarda Markaz
xodimlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy
tadqiqot va tahliliy institutlariga ish o‘rganish uchun yuborish bo‘yicha Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritish zarurligi alohida belgilab qo‘yildi.
Bugungi axborot asrida har bir ish ko‘lami, uning sifati hamda samaradorligi
oshib borishi targ‘ibot-tashviqot ishlariga bog‘liq. Shu boisdan hujjatda fuqarolik
jamiyati rivojlanishini o‘rganish va tahlil qilish natijalari ommaviy axborot
vositalarida, markaziy davlat telekanallarida, matbuot nashrlarida doimiy
yoritilishi belgilab qo‘yildi. Bundan ko‘zlangan maqsad jamiyatdagi islohotlarda
fuqarolarning faolligini oshirishdir.
Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning
chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan,
qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud
kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga
oshirish rejalashtirilmoqda.
Yurtimizda
sud-huquq
tizimini
demokratlashtirish,
sudlar
tomonidanfuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi
vazifalarumume’tirof
etilgan
normalar
asosida
takomillashib
bormoqda.Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi
engmuhim
yo‘nalishlaridan
biri
–
qonun
ustuvorligi
va
qonuniyliknimustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya
qilishgaqaratilgan
sud-huquq
tizimini
izchil
demokratlashtirish
valiberallashtirish.O‘tgan davr mobaynida sud-huquq tizimini isloh qilish va
jinoyatqonunchiligini liberallashtirish borasida amalga oshirilganislohotlar
izchilligini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich, 1991-2000 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda, yangi
davlatvajamiyatbarpoetishningoqilonastrategiyasiishlabchiqildi.
Sudhokimiyatiningmustaqilliginita’minlashninghuquqiyasoslari
yaratilib,
mamlakatimiztarixidailk
bor
Konstitutsiyaviy
sud
qarortopib,yangimazmundagiumumiy
yurisdiksiya
sudlari,
xo‘jaliksudlarijoriyetildi. “Sudlarto‘g‘risida”giQonun, Jinoyatkodeksi, Jinoyat-
protsessualkodeksi,
odilsudlovgaoidboshqaqonunchilikbazasivujudgakeldi.Fuqarolarning
sud
himoyasiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari
kafolatlandi.2000 yil 14 dekabrda “Sudlar to‘ .risida”gi Qonunning yangi
tahrirdaqabul
qilinishi
protsessual
qonunchilikka
sudlarda
ish
yuritishdatortishuvchilik prinsipini ta’minlash va amalga oshirish, jinoyat
vafuqarolik tartibidagi ishlarni ko‘rishning barcha bosqichlarida prokurorhamda
advokatning tengligini ta’minlash, odil sudlovni sifatli va tezkoramalga oshirish,
sud qarorlari adolatliligini ta’minlash, yuqori turuvchisudlarni yakuniy qaror qabul
qilishda mas’uliyatini kuchaytirishgaqaratilgan qator o‘zgartish hamda
qo‘shimchalar kiritilishini belgilabberdi. Shu maqsadda ishlarni apellyatsiya
bosqichida ko‘rish tartibi joriyetilib, kassatsiya instansiyasi isloh qilindi. Natijada
fuqarolik vajinoyat sudlarida birinchi instansiya va tergov organi tomonidan
yo‘lqo‘yilgan xato kamchiliklarni tez hamda samarali ravishda bartaraf
etishimkoniyati yuzaga keldi.
Ikkinchi bosqich, 2001-2009 yillarni o‘z ichiga olib, ushbu bosqich
faoldemokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri
bo‘lib,bunda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, siyosiy hayot, qonunchilik,sud-
huquq tizimi va ijtimoiy sohalarni izchil isloh qilish ta’minlandi.Jinoiy jazolarni
liberallashtirishning yangi bosqichi 2001 yil29 avgustda “Jinoiy jazolarning
liberallashtirilishi munosabati bilanO‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-
protsessual kodekslari hamdaMamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga
o‘zgartishlar va qo‘shimchalarkiritish haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan
boshlandi. MazkurQonunga ko‘ra:
- jinoyatlarning tasnifi o‘zgartirilib, og‘ir va o‘ta og‘ir toifadagijinoyatlarning
qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va unchaog‘ir bo‘lmagan jinoyatlar
toifasiga o‘tkazildi;
- jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zidbo‘lgan mol-
mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi;
- iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo‘yicha qamoq va ozodlikdanmahrum etish
jazolari o‘rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyaniqo‘llash imkoniyati ancha
kengaytirildi, 11 ta moddaga yetkazilgan moddiyzararning o‘rni qoplangan
taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagijazo qo‘llanmasligi haqidagi
qoidalar kiritildi;
- jinoyat qonunchiligiga o‘zbek xalqining rahmdillik va kechirimlilikkabi ko‘p
asrlik an’analariga mos bo‘lgan yarashuv instituti kiritilib,o‘tgan yillar davomida
yarashganlik munosabati bilan jinoiyjavobgarlikdan ozod qilish mumkin bo‘lgan
jinoyatlar doirasi hamkengaytirib borildi. Respublikamiz bo‘yicha 2015 yilda
14.482 nafar shaxs,2016 yilda esa 14.843 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan
jinoyat ishitomonlarning yarashganligi munosabati bilan tugatilib, ushbu
shaxslar“sudlangan” degan ijtimoiy-huquqiy oqibatdan xalos bo‘lgan;
- ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olishning bir yarim yildan o‘noygacha
qisqartirilishi, alohida hollarda esa, bir yilgacha muddatgauzaytirilishi
mumkinligining belgilanishi, tuman va shaharprokurorlarining tergov va
ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini
uzaytirish huquqlari bekor qilinishi odil sudlovni amalga oshirishga,sudga qadar
ish yuritishning tezkorligi va sifatini oshirishga, ayblanuvchitariqasida jalb
qilingan shaxslarni asossiz ravishda uzoq muddatdaqamoqda saqlanishining oldini
olishga imkon berdi;
- jinoyat ishini sudda ko‘rishning 2 oylik muddatining belgilanishi vasudlarda ishni
ko‘rish muddatini uzaytirish tartibining joriy etilishijinoyat ishlarini ko‘rishni
asossiz ravishda kechiktirilishining oldiniolishga xizmat qildi.
Bu davr jinoiy jazolar tizimidagi o‘lim jazosini bekorqilinishibilan ham
ahamiyatlidir. Favqulodda jazo chorasi hisoblangano‘lim jazosi2008 yil 1
yanvardan e’tiboran jinoiy jazolar tizimidan chiqarilib,o‘rniga og‘irlashtiruvchi
holatlarda qasddan odam o‘ldirish vaog‘irlashtiruvchi holatlarda terrorizm
jinoyatini sodir etganlik uchunumrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
Mazkurbosqichningo‘zigaxosxususiyatiyanashundaniboratki, bunda
sud
hokimiyatibosqichma-bosqichmustahkamlandi,
sudlarningmustaqilligita’minlandi,
buesao‘znavbatida
sud
tiziminiijroetuvchihokimiyatorganlarinazorativata’siridanchiqarishimkoniniberdi.J
umladan, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, sudtizimi uchun kadrlar
masalalari bilan shug‘ullanish vazifasi maxsus organ –O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash valavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha
oliy malaka komissiyasiga yuklatildi.
O‘z navbatida, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariniijro etish
to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi natijasida sudhujjatlari majburiy ijro
etilayotganda yuzaga keladigan mulkiy yokinomulkiy munosabatlarni tartibga
solib, sudlar sud qarorlarini ijroetish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan
ozod qilindi.Shuningdek, prokuratura organlarining sud jarayoniga
aralashuvinicheklash, prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga
o‘tkazishmaqsadida 2005 yil 8 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish
to‘g‘risida”giFarmoni qabul qilinib, mazkur tartib 2008 yil 1 yanvardan
e’tiboranamalga oshirilishi belgilandi.
Ushbu bosqichda amalga oshirilgan islohotlar natijasida siyosiy,iqtisodiy,
davlat-huquqiy munosabatlarning butun tizimi modernizatsiya
qilinib, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarini himoya
etishning huquqiy asoslari yaratildi.
Uchinchi bosqich, 2010 yildan 2016 yilga qadar bo‘lgan davrni o‘zi
ichigaolib, mazkur bosqichdagi sud-huquq islohotlari O‘zbekiston
RespublikasiPrezidentining 2010 yil 12 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik
palatasiva Senatining qo‘shma yig‘ilishida so‘zlagan “Mamlakatimizda
demokratikislohotlarni
yanada
chuqurlashtirish
va
fuqarolik
jamiyatinirivojlantirish Konsepsiyasi” bilan bog‘liq bo‘lib, unda kuchli
fuqarolikjamiyatiga asoslangan huquqiy davlat barpo etishda sud-huquq
tiziminiizchil isloh qilishning eng muhim jihatlari aks etdi.Natijada, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2012 yil18 sentyabrdagi “Sud-huquq tizimini
yanada isloh qilish munosabati bilanO‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartish vaqo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq
lavozimdanchetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish
tarzidagiprotsessual majburlov choralarini sudyaning sanksiyasi asosida
qo‘llashtartibi joriy etilib, jinoyat protsessida “Xabeas korpus” institutiniqo‘llash
sohasini yanada kengaytirish imkonini berdi. Bundan tashqariushbu Qonunga
muvofiq sudning jinoyat ishi qo‘zg‘atishga doir vakolatichiqarildi.Amaldagi
qonunchilikda prokurorning sud majlisida ayblov
xulosasini o‘qib eshittirish bo‘yicha majburiyati aniq belgilanmaganligi
sudningmaqsadvavazifalarigazidravishdaayblovxulosasinisudyalar
tomonidano‘qibeshittirilishigasababbo‘lgan.
YuqoridagiQonungako‘ra,
O‘zbekistonRespublikasiJinoyat-protsessualkodeksining
439-moddasiga
o‘zgartishkiritilib,
birinchi
instansiya
sudidaishbo‘yichaayblovxulosasinio‘qibeshittirishmajburiyati
prokuror
zimmasigayuklatildi.
Shuningdek, jinoiyjazolarniliberallashtirishborasidagiislohotlarhamdavomettirilib,
2015
yil
11
avgustda
“O‘zbekistonRespublikasiningayrimqonunhujjatlarigao‘zgartishvaqo‘shimchalarki
ritishto‘g‘risida”giQonunningqabulqilinishinatijasidajinoiyjazolartizimigaozodlikd
anmahrumqilishjazosigamuqobilbo‘lganyangijazo
turi
–
ozodliknicheklashjazosikiritildi.Yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning maqsaditadbirkorlik sub’ektlariga erkinliklar yaratish, ularni
jadalrivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 2015 yil 20 avgustdagi
“O‘zbekistonRespublikasining
ayrim
qonun
hujjatlariga
xususiy
mulkni,tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada
kuchaytirishga,ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf
etishgaqaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga
ko‘ra,Jinoyat
kodeksi
189-moddasining
birinchi
va
ikkinchi
qismlaridekriminalizatsiya
qilinib,
jinoiy
qilmishlar
doirasidan
chiqarildi,shuningdek, 184-moddasi: “Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs,
agar u
soliqtekshiruvimateriallariniko‘ribchiqishnatijalaribo‘yichadavlat
soliqxizmatiorganiningqaroriniolgankundane’tiborano‘ttiz
kun
ichidasoliqlarvaboshqamajburiyto‘lovlar,
shu
jumladan,
penyalarvaboshqamoliyaviysanksiyalartarzidadavlatgaetkazilganzararningo‘rninito
‘liqqoplasa, javobgarlikdanozodqilinadi”, deganbeshinchiqismbilanto‘ldirildi.
Sud-huquq tizimini isloh qilishning to‘rtinchi bosqichi 2016 yil
sentyabr oyidan keyingi davr bo‘lib, ushbu bosqichda O‘zbekistonRespublikasi
Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tiziminiyanada isloh qilish,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchlihimoya qilish kafolatlarini
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giFarmoni, 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni
bilan
tasdiqlangan
“2017-2021yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvoryo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, 2017
yil 20 fevraldagi“O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini
tubdantakomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-
tadbirlarito‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bilan sifat jihatdan yangidavr
boshlandi.
Qabul qilingan ushbu normativ hujjatlarda:
- sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyaliklavozimiga
birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga,
shundan so‘ng muddatsiz davrga tayinlash (saylash);
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlashva
lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi tugatilib,uning o‘rniga
Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan vaO‘zbekiston Respublikasida
sud hokimiyati mustaqilliginingkonstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini
ta’minlashga ko‘maklashadiganO‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sud hokimiyatining fuqarolik, jinoiy,
ma’muriy va iqtisodiy sudlov sohasida yagona oliy organi sifatida davr talablari
asosida yangidan shakllantirilgani, odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo
to‘g‘ri kelmaydigan holat – sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qo‘shimcha
tergovga qaytarish amaliyotiga chek qo‘yilgandi. Bugungi kunda xalqimiz
kutayotgan adolatli qarorlar qabul qilishga har tomonlama qodir, irodasi
mustahkam, yuksak kasb va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan sud xodimlari
tarkibini shakllantirish eng muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.
- 2017 yil 1 iyundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliyxo‘jalik sudini
birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiysud ish yurituvi sohasidagi
sud hokimiyatining yagona oliy organi –O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini
tashkil etish, ommaviy-huquqiymunosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy
nizolarni,shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni
ko‘ribchiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
vaToshkent shahar ma’muriy sudlarini, tuman (shahar) ma’muriy sudlarini
tashkil etish belgilandi.
Mazkur Farmon va Harakatlar strategiyasida qayd etilgan vazifalardankelib
chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2017yil 29 aprelda
“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishkafolatlarini ta’minlashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabulqilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasi ayrim qonunhujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi, 2017 yil6 aprelda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
o‘zgartishlar vaqo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalaroliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi.Sud hokimiyatining
chinakam mustaqilligini ta’minlash,fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli
himoyaqilish kafolatlarini kuchaytirish, odil sudlovga erishish darajasinioshirish
kabi vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil etadi.
2017 yilning 1 aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolikprotsessual va
boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklariustuvorligini ta’minlash, sud
muhokamasini adolatli va o‘z vaqtidao‘tkazish, jazoning adolatli va insoniyligi
kafolatlarini kuchaytirishniinobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini
oshirishga qaratilganbir qator o‘zgartishlar kiritilmoqda.Jumladan, qamoq tarzidagi
jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rnigaozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq
bo‘lmagan jazoning muqobilturlarini qo‘llash imkoniyati kengaytirilmoqda.Ya’ni,
jinoiy jazolar tizimidan nisbatan qattiq ta’sir choralaridanbiri chiqarilayotganligi
jinoiy jazolarni liberallashtirishga,huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish
ta’sir choralarining ilg‘orshakl va uslublarini keng qo‘llash bo‘yicha olib
borilayotgan siyosatningmantiqiy davomi hisoblanadi.Jinoyat protsessida
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyaqilishning huquqiy kafolatlarini
kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov
qilishning tezkorligini oshirish maqsadida jinoyat sodir etishda gumon
qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa
olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning,shuningdek, jinoyat
ishlari bo‘yicha dastlabki tergovning eng ko‘pmuddatlari 1 yildan 7 oyga
qisqartirilmoqda.
Shuningdek, “Xabeas korpus” institutiqo‘llanishdoirasiniyanada
kengaytirishhamko‘zdatutilmoqda.Fuqarolikishibo‘yicha
sud
qarorininazorattartibidaqaytako‘ribchiqishimkoniyatiniberuvchimuddatning
3
yildan
1
yilgaqisqartirilishifuqarolikhuquqiymunosabatlarningbarqarorligi,fuqarolikprotsess
iishtirokchilarininghuquqvaqonuniymanfaatlarihimoyaqilinishinita’minlashgaxizm
atqiladi.Yarashuv institutini jinoyat protsessida qo‘llash doirasinikengaytirish,
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim turdagi jinoyattarkiblarini jinoyat toifasidan
chiqarish, jabrlanuvchining arizasiasosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin
bo‘lgan jinoyat tarkiblariro‘yxatini kengaytirish nazarda tutilmoqda.Bundan
tashqari, qonuniylikni ta’minlash va mamlakatimizdaislohotlarni samarali
ro‘yobga chiqarishda yuridik xizmatlar rolinioshirish maqsadida davlat
organlarining yuridik xizmatlari faoliyatiniyanada takomillashtirishga doir aniq
chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.Darhaqiqat, yurtimizda amalga oshirilayotgan
sud-huquqislohotlarining tub mohiyati sud hokimiyatining chinakam
mustaqilligi,fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini
ta’minlash,shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirishga xizmat qiladi1.
Ma’muriy sudlarni, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya
sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish orqali sudlarni kelgusida
ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.
Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz
cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini
takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf
etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining
vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu yo‘nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat
organlari, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish chora-
tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta’minlash,
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi
to‘g‘risidagi murojaatlarning, xabarlarning o‘z vaqtida olinishini ta’minlash
nazarda tutilmoqda.
Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish
va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek ushbu yo‘nalish 2018-2021 yillarda jinoyat va jinoyat-
protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab
chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o‘qitish,
tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam
tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni,
advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYo organlarini isloh qilishni
ham o‘z ichiga oladi.
2017 yil 13 iyun kuni Toshkent shahrida sud organlari tizimida odil
sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi
1Қурбонов. М. Фидойинг бўлгаймиз сенинг Ўзбекистон. Ўқув қўлланма, Тошкент: Маънавият, 2017.
vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so‘zladi. Davlatimiz
rahbari adolat xalqimiz uchun azal-azaldan tinch va farovon hayot mezoni, barcha
ezguliklar manbai bo‘lib kelgani, Sohibqiron Amir Temur bobomiz "Kuch –
adolatda" degan hikmatga amal qilib, davlat boshqaruvini tashkil qilish, el-
yurtning tinchligi va obodligini ta’minlashga erishganini qayd etib, bugungi kunda
mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishda
qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash eng muhim vazifa bo‘lib qolayotganini
ta’kidladi. Bu borada davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i bo‘lgan sud
tizimining o‘rni va ahamiyati g‘oyat katta. Bu haqiqatni biz bugungi kunda,
mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan keng ko‘lamli
islohotlar jarayonida tobora chuqur his etmoqdamiz, dedi Prezidentimiz2.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash
va nufuzini oshirish, uni ilgarigi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qiladigan, jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlarning muhim
vositasi bo‘lgan institutga aylantirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Jamoat tartibini saqlash, avvalambor, voyaga yetmagan va yoshlar
o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish
samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzg‘unchi
tahdidlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha yakdil harakatlarni, ularni hamkorlikda va
sifatli bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida 2018 yil 14 fevralda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash,
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat
jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu
qarorga ko‘ra taraqqiy etayotgan poytaxt xavfsizligining garovi sifatida harakatlar
yakdilligi asosida barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik
2Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ
фаровонлигининг гарови. - Тошкент: Ўзбекистон, 2017.