O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning
mohiyati.
Reja:
1. Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari
2. Davlat va jamiyat.
3. Kadrlar tayyorlash tizimida fan.
4. Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari
quyidagilardan iboratdir:
shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini
tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi'kadrlar tayyorlash va ularni
qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi
bo`lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash
tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muhitini o`z ichiga oladi;
fan yukori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi,
ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish kadrlarga bo`lgan ehtiyojni, shuningdek ularning
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan
ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun
ochiq bo`lishini va hayot o`zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
O`zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi
sohasidagi shartnomalar va konventsiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash
sohasida jahon ilg`or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash
tizimining barcha jihatlariga daxldor bo`lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
Shaxs.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta’lim
tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda
tutadi. SHu tarzda fuqaroning eng asosiy konstituttsiyaviy huquqlaridan biri bilim
olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi
bo`yicha mehnat qilish huquqi ro`yobga chiqariladi.
«Ta’lim to`g`risida»gi Qonun umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek ta’lim va kasb-hunar
jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib
borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o`tish huquqini va keng
imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim
standartlari orqali sifatli ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko`rish
kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda
etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini
olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko`rsatish
sohasida faoliyat ko`rsatadi va o`z bilimi va tajribasini o`rgatishda ishtirok etadi.
Davlat va jamiyat.
Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining
kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha
ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:
-
Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o`z malakasini oshirish
huquqlari ro`yobga chiqarilishiga;
-
Majburiy umumiy o`rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar
kollejida ta’lim olish yo`nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o`rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi olishga;
-
Davlat grantlari yoki pullikshartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy
o`quv yurtidan keyingi ta’lim olish hukuqiga;
-
Davlat ta’lim muassasalarini mablag` bilan ta’minlashga;
-
Ta’lim oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun
shartsharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini
rivojlantirishga;
-
Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo`llabkuvvatlashga;
Sog`liq va rivojlanishda nuqsoni bo`lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat
beradilar.
Uzluksiz ta’lim.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O`zbekiston
Respublikasining ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
kondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur
shartsharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari
Oliy ta’lim o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi hamda ikki
(bakalavriat va magistratura) bosqichga ega.
Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida
va pullikshartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat mutaxassisliklar yo`nalishi bo`yicha fundamental va amaliy
bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to`rt yil davom etadigan tayanch oliy
ta’limdir.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so`ng bitiruvchilarga davlat
attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo`yicha "bakalavr" darajasi beriladi va
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan
shug`ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo`yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy
ta’limdir.
«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik
dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi,
kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish zarur:
-
bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab
chiqish va joriy etish;
-
oliy ta’lim muassasalari uchun professoro`kituvchi kadrlar tayyorlash,
shu jumladan chet ellardagi etakchi o`kuv va ilmiy markazlarda tayyorlash;
-
oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o`zgartishlar o`tkazish;
-
oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, Au
muassasalarning mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari,
jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;
-
ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
-
o`qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distantsion
ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o`zlashtirish;
-
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul
tizimidan foydalangan holda talabalarni o`qitishni jadallashtirish;
-
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo`nalishini ta’minlash.
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim.
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy
ta’limkasb-hunar manfaatlarini kanoatlantirishga qaratilgan.
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’limni oliy o`kuv yurtlarida va ilmiytadqiqot
muassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik)
olish mumkin. Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlari (aspirantura,
doktorantura) dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat
attestatsyasi natijalariga ko`ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy
darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’limni qo`llabquvvatlash va rivojlantirish
tadbirlari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
-
«Ta’lim to`g`risida»gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish tizimini takomillashtirish;
-
kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda
ilg`or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda
tayyorlash;
-
rivojlangan mamlakatlarning ilg`or ta’lim muassasalari va ilmiy
markazlarida ustuvor yo`nalishlar bo`yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;
-
fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan
xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb
bilimlari va ko`nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga karatilgan. Kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o`qish
natijalariga ko`ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki
sertifikat topshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish
va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:
-
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida
yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;
-
yuqori malakali o`qituvchimutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular
bilan to`ldirib borishni ta’minlash;
-
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu
sohada raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib
borishni ta’minlovchi normativ bazasini yaratish;
-
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim
muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o`tkazish tizimini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy etish;
-
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli
shaklidagi tashkilot va muassasalarning talabehtiyojlariga muvofiq kadrlar va
mutaxassislarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni
ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish va
rivojlantirishga ko`maklashish;
-
professional treningning ilg`or texnologiya va uskunalarini, shuningdek
murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini
ishlab chiqish, yaratish va amaliy o`zlashtirib olish.
Maktabdan tashqari ta’lim.
Bolalar va o`smirlarning ta’limga bo`lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi
talabehtiyojlarini qondirish, ularning bo`sh vaktini va dam olishini tashkil etish
uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va
jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa
yo`nalishlarda maktabdan tashkari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil
etadilar.
Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va
mazmunmundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni
amalga oshirish kerak:
-
ta’lim berish va kamol toptirishga yo`naltirilgan xizmatlar ko`rsatuvchi
muassasalar tarmog`ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko`paytirish;
-
milliy pedagogik kadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg`or tajribani
inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
-
o`quvchilarning bo`sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy
sport va jismoniy tarbiyasog`lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq
hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari
va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.
Kadrlar tayyorlash tizimida fan.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o`z ichiga
oladi, bu sohada: