O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI

Yuklangan vaqt

2025-03-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

23,8 KB


 
 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY-HUDUDIY VA 
 
 1. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi  
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi  
 
83-modda. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, 
shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 
iborat. 
Tarixiy jarayonlar va jahon davlatlarining rivojlanish tajribasi, davlat va 
ma’muriy-hududiy tuzilish muammolari siyosiy va huquqiy nuqtai nazardan juda 
dolzarb ekanligini ko‘rsatmoqda. 
Ma’lumki, har qanday davlat muayyan hududga ega bo‘ladi. Uning fuqarolari 
ham xuddi shu hududda istiqomat qilishadi. Davlat o‘z oldida turgan asosiy 
vazifalarni, masalan, aholining iqtisodiy turmushini tashkil etish, uning xavfsizligini 
ta’minlash va boshqa funksiyalarni bajarish maqsadida turli xil faoliyatni amalga 
oshiradi. Davlatda aholining soni qancha ko‘p bo‘lsa, hududiy jihatdan katta bo‘lsa, 
bu sharoitlarda uni yuqoridan turib tartibga solish mushkullashadi. 
Davlat tuzilishi yoki milliy davlat tuzilishi deganda, davlatning mohiyatidan 
kelib chiquvchi uning hududiy tuzilishi yoki milliy-hududiy tuzilishi, davlat bilan 
uning tarkibiga kiruvchi bo‘laklarni (kismlarni) davlat munosabati shakllari va 
huquqiy holatlari tushuniladi.  
Fuqarolar soni va hudud ko‘lami muayyan chegaraga yetganda, mamlakat 
hududini okruglar, viloyatlar, o‘lkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, tumanlar 
singari hududlarga bo‘lish hamda shu hududiy tuzilmalarda hokimiyatning mahalliy  
(hududiy) organlarini tuzish zarurati tug‘iladi. Shu tariqa hokimiyat va 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY-HUDUDIY VA 1. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 83-modda. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. Tarixiy jarayonlar va jahon davlatlarining rivojlanish tajribasi, davlat va ma’muriy-hududiy tuzilish muammolari siyosiy va huquqiy nuqtai nazardan juda dolzarb ekanligini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, har qanday davlat muayyan hududga ega bo‘ladi. Uning fuqarolari ham xuddi shu hududda istiqomat qilishadi. Davlat o‘z oldida turgan asosiy vazifalarni, masalan, aholining iqtisodiy turmushini tashkil etish, uning xavfsizligini ta’minlash va boshqa funksiyalarni bajarish maqsadida turli xil faoliyatni amalga oshiradi. Davlatda aholining soni qancha ko‘p bo‘lsa, hududiy jihatdan katta bo‘lsa, bu sharoitlarda uni yuqoridan turib tartibga solish mushkullashadi. Davlat tuzilishi yoki milliy davlat tuzilishi deganda, davlatning mohiyatidan kelib chiquvchi uning hududiy tuzilishi yoki milliy-hududiy tuzilishi, davlat bilan uning tarkibiga kiruvchi bo‘laklarni (kismlarni) davlat munosabati shakllari va huquqiy holatlari tushuniladi. Fuqarolar soni va hudud ko‘lami muayyan chegaraga yetganda, mamlakat hududini okruglar, viloyatlar, o‘lkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, tumanlar singari hududlarga bo‘lish hamda shu hududiy tuzilmalarda hokimiyatning mahalliy (hududiy) organlarini tuzish zarurati tug‘iladi. Shu tariqa hokimiyat va
 
 
boshqaruvning markaziy hamda mahalliy organlari o‘rtasida vakolatlarni bo‘lish 
ehtiyoji ham paydo bo‘ladi.  
Davlatshunos olimlar tomonidan davlat tuzilishi tushunchasiga ko‘plab ta’riflar 
berilgan. Ularning qariyb barchasi davlat tuzilishi shakli deganda – davlat 
hokimiyatining ma’muriy-hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi 
qismlar o‘rtasidagi, davlatning alohida qismlari o‘rtasidagi, markaziy va mahalliy 
organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakterini tushunish kerak, deb 
hisoblashadi. 
Tuzilish tarkibiga ko‘ra davlatlar oddiy – unitar hamda murakkab – federativ 
yoki konfederativ davlatlarga bo‘linadi. Davlatning tuzilish shakli nafaqat ommaviy 
hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir muhim xususiyati – aholining hududiy 
tashkiloti bilan ham chambarchas bog‘liqdir. 
Unitar1 davlat – oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat hisoblanadi. Unitar 
davlatlarning aksariyati muayyan ma’muriy-hududiy bo‘linishga ega, ya’ni 
tumanlar, viloyatlar, kantonlardan iborat bo‘ladi. Mazkur ma’muriy-hududiy 
bo‘linmalar davlat suvereniteti alomatiga ega emas. Unitar davlatlarda butun hudud 
bo‘yicha yagona oliy organlar tizimi va yagona qonunchilik tizimi mavjud bo‘ladi. 
Unitar davlatlarning tuzilishi oddiydir. 
Unitar davlatdagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni 
hal qilish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati kuchi davlatning barcha 
hududiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Unitar davlatlarga ko‘plab misollar keltirish 
mumkin. Masalan, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham unitar davlat hisoblanadi. 
Davlat tuzilishi shaklining ikkinchisi – bu murakkab davlatlar. Murakkab 
davlatlarga – federatsiya, konfederatsiya va boshqa davlat tuzilmalari kiradi.  
Federativ2 davlat – bu davlatlarning shartnoma va qonuniy tartibga solingan 
birlashuvini ta’sis etishga asoslangan ittifoqdir. Demak, o‘zaro birlashishga 
                                                           
1 «Унитар» сўзи лотинча «unus»  –   «бир» сўзидан олинган бўлиб,  «ягона» деган маънони англатади.   
2 «Федератив» сўзи лотинча «feodus» сўзидан олинган бўлиб, «иттифоқ», «шартнома» маъноларини 
англатади. 
boshqaruvning markaziy hamda mahalliy organlari o‘rtasida vakolatlarni bo‘lish ehtiyoji ham paydo bo‘ladi. Davlatshunos olimlar tomonidan davlat tuzilishi tushunchasiga ko‘plab ta’riflar berilgan. Ularning qariyb barchasi davlat tuzilishi shakli deganda – davlat hokimiyatining ma’muriy-hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar o‘rtasidagi, davlatning alohida qismlari o‘rtasidagi, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakterini tushunish kerak, deb hisoblashadi. Tuzilish tarkibiga ko‘ra davlatlar oddiy – unitar hamda murakkab – federativ yoki konfederativ davlatlarga bo‘linadi. Davlatning tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir muhim xususiyati – aholining hududiy tashkiloti bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Unitar1 davlat – oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat hisoblanadi. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma’muriy-hududiy bo‘linishga ega, ya’ni tumanlar, viloyatlar, kantonlardan iborat bo‘ladi. Mazkur ma’muriy-hududiy bo‘linmalar davlat suvereniteti alomatiga ega emas. Unitar davlatlarda butun hudud bo‘yicha yagona oliy organlar tizimi va yagona qonunchilik tizimi mavjud bo‘ladi. Unitar davlatlarning tuzilishi oddiydir. Unitar davlatdagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal qilish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati kuchi davlatning barcha hududiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Unitar davlatlarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham unitar davlat hisoblanadi. Davlat tuzilishi shaklining ikkinchisi – bu murakkab davlatlar. Murakkab davlatlarga – federatsiya, konfederatsiya va boshqa davlat tuzilmalari kiradi. Federativ2 davlat – bu davlatlarning shartnoma va qonuniy tartibga solingan birlashuvini ta’sis etishga asoslangan ittifoqdir. Demak, o‘zaro birlashishga 1 «Унитар» сўзи лотинча «unus» – «бир» сўзидан олинган бўлиб, «ягона» деган маънони англатади. 2 «Федератив» сўзи лотинча «feodus» сўзидан олинган бўлиб, «иттифоқ», «шартнома» маъноларини англатади.
 
 
intiluvchi bir qancha mustaqil davlatlar mavjud bo‘lgan joydagina federatsiya 
tashkil etilishi mumkin.  
Federativ shakldagi davlat qonun chiqaruvchi organlarga, ijro etuvchi va sud 
organlariga ega bo‘lgan bir necha davlatlar – sub’ektlar birlashmasidan, ittifoqidan 
tashkil topadi. Federativ davlatlarda sub’ektlar o‘ziga xos nomlar bilan – respublika, 
shtatlar, kantonlar, yerlar deb ataladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya 
Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi va boshqa ko‘pgina davlatlar 
federativ davlatlar hisoblanadi. 
Federativ davlat bir necha suveren davlatlarning ittifoqidan tashkil topgan 
suveren davlatdir. Federatsiyada umumfederativ davlatning hokimiyati va 
boshqaruv organlari, konstitutsiyasi, byudjeti, davlat ramzlari bo‘lishi bilan birga 
unga kiruvchi davlatlarning ham o‘z hokimiyati va boshqaruv organlari, 
konstitutsiyasi mavjud bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda davlatlarning rivojlanishi «sof holda»gi unitar va federativ 
davlat tuzilmasiga ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Unitar davlatlar ayrim huquqlarini 
ma’muriy-hududiy bo‘linmalariga bermoqda, federativ shakldagi davlatlarda esa 
ularning markaziy organlari hokimiyatlarini butun federatsiya hududida 
mustahkamlashga harakat qilmoqdalar. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning o‘rta va shimoliy qismida 
joylashgan bo‘lib, shimoliy-sharqda Qirg‘iziston, shimol va shimoliy-g‘arbda 
Qozog‘iston respublikalari, janubiy-g‘arbda Turkmaniston, janubiy-sharqda 
Tojikiston Respublikasi bilan, janubda qisman Afg‘oniston bilan chegaradosh. 
O‘zbekiston Respublikasining maydoni – 447,4 ming kv. km. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishiga keladigan bo‘lsak, u 
tuzilishiga ko‘ra, unitar (oddiy) davlat hisoblanadi. Boshqa unitar davlatlardan farq 
qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Chunki uning tarkibiga mustaqil Koraqalpog‘iston Respublikasi 
ham kiritilgan. 
intiluvchi bir qancha mustaqil davlatlar mavjud bo‘lgan joydagina federatsiya tashkil etilishi mumkin. Federativ shakldagi davlat qonun chiqaruvchi organlarga, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘lgan bir necha davlatlar – sub’ektlar birlashmasidan, ittifoqidan tashkil topadi. Federativ davlatlarda sub’ektlar o‘ziga xos nomlar bilan – respublika, shtatlar, kantonlar, yerlar deb ataladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi va boshqa ko‘pgina davlatlar federativ davlatlar hisoblanadi. Federativ davlat bir necha suveren davlatlarning ittifoqidan tashkil topgan suveren davlatdir. Federatsiyada umumfederativ davlatning hokimiyati va boshqaruv organlari, konstitutsiyasi, byudjeti, davlat ramzlari bo‘lishi bilan birga unga kiruvchi davlatlarning ham o‘z hokimiyati va boshqaruv organlari, konstitutsiyasi mavjud bo‘ladi. Hozirgi vaqtda davlatlarning rivojlanishi «sof holda»gi unitar va federativ davlat tuzilmasiga ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Unitar davlatlar ayrim huquqlarini ma’muriy-hududiy bo‘linmalariga bermoqda, federativ shakldagi davlatlarda esa ularning markaziy organlari hokimiyatlarini butun federatsiya hududida mustahkamlashga harakat qilmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning o‘rta va shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, shimoliy-sharqda Qirg‘iziston, shimol va shimoliy-g‘arbda Qozog‘iston respublikalari, janubiy-g‘arbda Turkmaniston, janubiy-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan, janubda qisman Afg‘oniston bilan chegaradosh. O‘zbekiston Respublikasining maydoni – 447,4 ming kv. km. O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishiga keladigan bo‘lsak, u tuzilishiga ko‘ra, unitar (oddiy) davlat hisoblanadi. Boshqa unitar davlatlardan farq qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki uning tarkibiga mustaqil Koraqalpog‘iston Respublikasi ham kiritilgan.
 
 
Demak, O‘zbekiston Respublikasi alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, viloyatlardan hamda Toshkent shahridan tashkil 
topgan. 
Viloyat – O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklar tizimida eng 
yuqori bo‘g‘in bo‘lib, alohida o‘rin tutadi. Viloyat o‘z tarkibiga boshqa ma’muriy-
hududiy bo‘laklarning hammasini oladi va shu tariqa muhim tashkiliy funksiyani 
bajaradi. Bu hududiy bo‘linma joylarni markaz bilan bog‘lab turadigan aloqa 
tuzilmasidir. Respublika miqyosidagi davlat organlari o‘z vazifalarini, joylardagi 
organlar bilan aloqalarini faqat viloyat va uning davlat boshqaruv organlari – viloyat 
hokimligi orqali amalga oshiradi. Shu bilan birga, viloyat o‘z tarkibiga kiruvchi quyi 
hokimiyat vakillik va ijroiya organlari  faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ularni 
umumdavlat va mahalliy manfaatlardan kelib chiqib birlashtiradi. 
Viloyat hududlari o‘z navbatida tumanlarga va viloyatga bo‘ysunuvchi 
shaharlarga bo‘linadi. Har bir viloyatda tumanlarning soni turlicha bo‘ladi. 
Viloyat yirik ma’muriy-hududiy bo‘linma sifatida barqaror bo‘lishi lozim. 
Uning tuzilishi, mustahkamlanishi, yiriklashishi yoki bo‘linishi iqtisodiy jihatdan 
asoslantirilishi lozim. Mazkur ma’muriy-hududiy birlik iktisodiyotning barcha  
sohalarini kompleks rivojlanishiga olib kelishi lozim. 
 
84-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining 
chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish 
va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga 
oshiriladi. 
Viloyat va respublikaga (Qoraqalpog‘iston Respublikasiga) bo‘ysunuvchi 
shaharlar turkumiga kamida 30 ming aholisi, muhim sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
istiqbolli iqtisodiy va madaniy markaz hisoblangan shaharlar kiradi.  
Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar toifasiga sanoat korxonalari, kommunal 
xo‘jaligi, davlat uy-joy fondi, rivojlangan ijtimoiy-madaniy muassasalari, savdo, 
umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari mavjud bo‘lgan hamda 
aholisi 7 ming kishidan kam bo‘lmagan va uning uchdan ikki qismini ishchi, 
Demak, O‘zbekiston Respublikasi alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, viloyatlardan hamda Toshkent shahridan tashkil topgan. Viloyat – O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklar tizimida eng yuqori bo‘g‘in bo‘lib, alohida o‘rin tutadi. Viloyat o‘z tarkibiga boshqa ma’muriy- hududiy bo‘laklarning hammasini oladi va shu tariqa muhim tashkiliy funksiyani bajaradi. Bu hududiy bo‘linma joylarni markaz bilan bog‘lab turadigan aloqa tuzilmasidir. Respublika miqyosidagi davlat organlari o‘z vazifalarini, joylardagi organlar bilan aloqalarini faqat viloyat va uning davlat boshqaruv organlari – viloyat hokimligi orqali amalga oshiradi. Shu bilan birga, viloyat o‘z tarkibiga kiruvchi quyi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ularni umumdavlat va mahalliy manfaatlardan kelib chiqib birlashtiradi. Viloyat hududlari o‘z navbatida tumanlarga va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarga bo‘linadi. Har bir viloyatda tumanlarning soni turlicha bo‘ladi. Viloyat yirik ma’muriy-hududiy bo‘linma sifatida barqaror bo‘lishi lozim. Uning tuzilishi, mustahkamlanishi, yiriklashishi yoki bo‘linishi iqtisodiy jihatdan asoslantirilishi lozim. Mazkur ma’muriy-hududiy birlik iktisodiyotning barcha sohalarini kompleks rivojlanishiga olib kelishi lozim. 84-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Viloyat va respublikaga (Qoraqalpog‘iston Respublikasiga) bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kamida 30 ming aholisi, muhim sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan istiqbolli iqtisodiy va madaniy markaz hisoblangan shaharlar kiradi. Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar toifasiga sanoat korxonalari, kommunal xo‘jaligi, davlat uy-joy fondi, rivojlangan ijtimoiy-madaniy muassasalari, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari mavjud bo‘lgan hamda aholisi 7 ming kishidan kam bo‘lmagan va uning uchdan ikki qismini ishchi,
 
 
xizmatchi hamda ularning oila a’zolari tashkil etgan shaharchalar va boshqa aholi 
manzillari kiritiladi. Bunda mazkur aholi punktining ma’muriy ahamiyati va 
rivojlanish istiqbollari e’tiborga olinadi.  
Shaharchalar ham ma’muriy-hududiy birlik bo‘lib, uning turkumiga sanoat 
korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida 
joylashgan hamda kamida ikki ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi 
mumkin. 
Qishloqlar – ma’muriy-hududiy bo‘linishning quyi bo‘g‘inlaridan biridir. 
Shahar hududlariga kirmaydigan, ma’lum aholi soniga ega bo‘lgan qishloq 
markazlari va ma’lum sanoat ob’ektlari atrofida istiqomat qiluvchi aholining 
yashash joylari qishloqlar bo‘lishi mumkin. 
Ovullar esa qishloqlarga qaraganda kichikroq hajmdagi yashash va turar 
joylardan iborat aholi punktlaridir. Ovullarda, ko‘p hollarda, chorvador oilalar 
istiqomat qilib, ular, aso san, ko‘chib yuruvchi bir necha cho‘ponlar oilalaridan 
tashkil topadi.  
 
XVII bob. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
85-modda. Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi 
tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston 
Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
ma’muriy-hududiy 
bo‘linishi 
tizimida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyili asosida qoraqalpoq 
millati O‘zbekiston hududida o‘z davlatini muxtor Respublika shaklida tashkil etgan 
edi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mustaqil-suveren deb e’lon qilindi. Ushbu maqom 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Mustaqillik 
deklaratsiyasida, 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Davlat 
mustaqilligi 
asoslari 
to‘g‘risidagi 
qonunda 
va 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi3da o‘z ifodasini topdi. 
                                                           
3
Қорақалпоғистон Республикаси Конституцияси 1993 йил 9 апрелда қабул қилинган. 
xizmatchi hamda ularning oila a’zolari tashkil etgan shaharchalar va boshqa aholi manzillari kiritiladi. Bunda mazkur aholi punktining ma’muriy ahamiyati va rivojlanish istiqbollari e’tiborga olinadi. Shaharchalar ham ma’muriy-hududiy birlik bo‘lib, uning turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida joylashgan hamda kamida ikki ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. Qishloqlar – ma’muriy-hududiy bo‘linishning quyi bo‘g‘inlaridan biridir. Shahar hududlariga kirmaydigan, ma’lum aholi soniga ega bo‘lgan qishloq markazlari va ma’lum sanoat ob’ektlari atrofida istiqomat qiluvchi aholining yashash joylari qishloqlar bo‘lishi mumkin. Ovullar esa qishloqlarga qaraganda kichikroq hajmdagi yashash va turar joylardan iborat aholi punktlaridir. Ovullarda, ko‘p hollarda, chorvador oilalar istiqomat qilib, ular, aso san, ko‘chib yuruvchi bir necha cho‘ponlar oilalaridan tashkil topadi. XVII bob. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 85-modda. Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy bo‘linishi tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyili asosida qoraqalpoq millati O‘zbekiston hududida o‘z davlatini muxtor Respublika shaklida tashkil etgan edi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi mustaqil-suveren deb e’lon qilindi. Ushbu maqom O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonunda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi3da o‘z ifodasini topdi. 3 Қорақалпоғистон Республикаси Конституцияси 1993 йил 9 апрелда қабул қилинган.
 
 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
ma’muriy-hududiy 
tuzilishi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, 66-
moddaga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlardan, shaharlardan, 
shaharchalardan, ovullardan iborat.  
Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yirik ma’muriy-hududiy birlik – bu 
tuman hisoblanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining shimoliy-
g‘arbida joylashgan. Maydoni 164,9 ming kv. km. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
15 ta tuman, 12 ta shahar, 16 ta shaharcha, 112 ovul bor. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti Nukus shahridir.    
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishida  Toshkent 
shahri alohida o‘rin tutadi.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6-
moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri. 
Poytaxt shahar bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Unda davlat va jamoat 
tashkilotlarining markaziy idoralari, davlat boshlig‘ining qarorgohi, chet el 
diplomatik vakolatxonalari joylashadi, davlatning asosiy siyosiy va iqtisodiy 
tadbirlari amalga oshiriladi  
Toshkent shahri Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lib, maydoni 
256 kv. km.    
Ma’muriy-hududiy bo‘linish – bu qonun asosida tuzilgan, ma’lum nomga, 
tegishli davlat-huquqiy maqomga ega bo‘lgan va boshqa ma’muriy-hududiy 
bo‘laklar bilan, boshqaruv va bo‘ysunish munosabatlari bilan bog‘liq O‘zbekiston 
Respublikasi hududining tarkibiy qismidir. 
O‘zbekiston Respublikasi hududining ma’lum ma’muriy bo‘laklarga 
bo‘linishi, davlatning asosiy funksiya va vazifalarini amalga oshirishda zarur tadbir 
bo‘lib hisoblanadi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ma’muriy-hududiy bo‘lakda o‘z 
vazifalarini shu davlat hududiy bo‘laklari orqali amalga oshiradilar. Demak, 
ma’muriy-hududiy bo‘laklarga mos ravishda davlat apparatining tegishli bo‘g‘inlari 
ham takomillashtiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, 66- moddaga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlardan, shaharlardan, shaharchalardan, ovullardan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yirik ma’muriy-hududiy birlik – bu tuman hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining shimoliy- g‘arbida joylashgan. Maydoni 164,9 ming kv. km. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 ta tuman, 12 ta shahar, 16 ta shaharcha, 112 ovul bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti Nukus shahridir. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishida Toshkent shahri alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6- moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri. Poytaxt shahar bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Unda davlat va jamoat tashkilotlarining markaziy idoralari, davlat boshlig‘ining qarorgohi, chet el diplomatik vakolatxonalari joylashadi, davlatning asosiy siyosiy va iqtisodiy tadbirlari amalga oshiriladi Toshkent shahri Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lib, maydoni 256 kv. km. Ma’muriy-hududiy bo‘linish – bu qonun asosida tuzilgan, ma’lum nomga, tegishli davlat-huquqiy maqomga ega bo‘lgan va boshqa ma’muriy-hududiy bo‘laklar bilan, boshqaruv va bo‘ysunish munosabatlari bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi hududining tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasi hududining ma’lum ma’muriy bo‘laklarga bo‘linishi, davlatning asosiy funksiya va vazifalarini amalga oshirishda zarur tadbir bo‘lib hisoblanadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ma’muriy-hududiy bo‘lakda o‘z vazifalarini shu davlat hududiy bo‘laklari orqali amalga oshiradilar. Demak, ma’muriy-hududiy bo‘laklarga mos ravishda davlat apparatining tegishli bo‘g‘inlari ham takomillashtiriladi.
 
 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida 
tumanlarni 
tuzish 
va 
tugatish 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga 
oshiriladi. 
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga 
oshiriladi. 
«O‘zbekiston 
Respublikasida 
ma’muriy-hududiy 
tuzilish, 
toponimik 
ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish 
tartibi to‘g‘risida»gi qonunning 4-6-moddalariga binoan esa Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga 
asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. 
Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli viloyatlar, 
Toshkent shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish 
tegishli 
tuman 
hokimlarining 
iltimosnomasiga 
binoan 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Qishloqlar va ovullar chegarasini o‘zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish 
tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat 
Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi qonunning 4-6-moddalariga binoan esa Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Qishloqlar va ovullar chegarasini o‘zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
 
 
Viloyatlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli viloyat 
hokimlarining iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Tumanlar, qishloqlar, ovullarning ma’muriy markazlarini belgilash va 
ko‘chirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga binoan xalq deputatlari 
viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i 
Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, 
Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va 
kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman 
hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari 
tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish 
tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlar, shaharlarga nom berish va 
ularning nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga 
asosan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning 
nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan 
Viloyatlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Tumanlar, qishloqlar, ovullarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga binoan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan
 
 
xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish 
vaqtida O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan nomlarni berishga, 
shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga esa Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi yoki ushbu viloyatda mavjud bo‘lgan nomlarni berishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, ovullar, shaharchalar, aholi 
punktlariga odamlarning nomini berishga, shuningdek ularni tarixiy voqealar 
sharafiga nomlashga qoida tariqasida yo‘l qo‘yilmaydi. 
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, 
tugatish, chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy markazlarni boshqa joyga ko‘chirish, 
aholi yashaydigan punktlarni shaharchalar toifasiga ko‘chirish, ma’muriy-hududiy 
birliklarni nomlash, nomini o‘zgartirish masalasiga bag‘ishlangan qarorlar albatta 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasida chop etilishi lozim. 
 
86-modda.  Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas. 
O‘zbekistonning 
davlat 
mustaqilligiga 
erishishi, 
o‘z 
navbatida, 
Qoraqalpog‘istonning ham davlat suverenitetini qo‘lga kiritishiga olib keldi. 
Qoraqalpog‘iston davlat suverenitetining poydevorini yaratishda dastlabki asos 
sifatida, 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 
suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”ni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Mazkur hujjatda  
Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren respublika, deb 
e’lon qilingan edi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘istonning 1990 yil 14 dekabrda 
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi”da ham uning suveren maqomi belgilab 
qo‘yilgan. Mazkur Deklaratsiyaning 9-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan nomlarni berishga, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki ushbu viloyatda mavjud bo‘lgan nomlarni berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, ovullar, shaharchalar, aholi punktlariga odamlarning nomini berishga, shuningdek ularni tarixiy voqealar sharafiga nomlashga qoida tariqasida yo‘l qo‘yilmaydi. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy markazlarni boshqa joyga ko‘chirish, aholi yashaydigan punktlarni shaharchalar toifasiga ko‘chirish, ma’muriy-hududiy birliklarni nomlash, nomini o‘zgartirish masalasiga bag‘ishlangan qarorlar albatta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasida chop etilishi lozim. 86-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, o‘z navbatida, Qoraqalpog‘istonning ham davlat suverenitetini qo‘lga kiritishiga olib keldi. Qoraqalpog‘iston davlat suverenitetining poydevorini yaratishda dastlabki asos sifatida, 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”ni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Mazkur hujjatda Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren respublika, deb e’lon qilingan edi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘istonning 1990 yil 14 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi”da ham uning suveren maqomi belgilab qo‘yilgan. Mazkur Deklaratsiyaning 9-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasining