24-§. O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING SUD TIZIMI
9-SINF KONSTITUTSIYAVIY
HUQUQ ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasida sud
hokimiyatining
tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari haqida;
Sudyalarning
huquq
va
majburiyatlari,
sudyani
tayinlashda uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar haqida
bilib olasiz.
Mavzu ustida ishlash natijasida:
Savol: Adolatni, haqqoniyatni qidiruvchi, adolat istovchi,
adolat ko‘rsatuvchi, adolatparvar; Buxoro va Xiva
xonliklarida yuqori martabalardan biri bo‘lib, u amir yoki
xon nomiga yozilgan iltimosnomalar-arznomalarni qabul
qilib, ularning egalariga yozma yoki og‘zaki javoblar
qaytargan mansabdor shaxs.
JAVOB: DODHOH
«Asosiy
maqsadimiz,
fuqarolarning
huquq
va
erkinliklarini
himoya
qilish
orqali
xalqimizning
sud
tizimiga
bo‘lgan
ishonchini
qat’iy mustahkamlash, sudni
tom
ma’noda
“Adolat
qo‘rg‘oni”ga
• aylantirishdan iboratdir».
Shavkat Mirziyoyev
Sud-– odil sudlovni amalga oshirishga haqli birdan
bir davlat hokimiyati organidir. Sudyalar hal qiluvchi
qarorlar va hukmlarini davlat nomidan chiqaradilar. Bu
narsa hal qiluv qarorlari va hukmlar barcha tomonidan, shu
jumladan, davlat organlari tomonidan so‘zsiz ijro etilishi
shart ekanligini anglatadi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD
TIZIMI
O‘zbekiston Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
6-aprelda mamlakat
Konstitutsiyasiga sud
tizimini yangilashni nazarda
tutuvchi o‘zgartirishlar
va qo‘shimchalar kiritilishi
to‘g‘risidagi Qonunni
imzoladi.
O‘zbekiston
Respublikasida
sud
hokimiyati
konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat
sudlovi orqali amalga oshiriladi. Sudlar orasidagi bunday
taqsimot sudga tegishlilik, ya’ni ish ko‘rib chiqiladigan
konkret sudning belgilanishi deb ataladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD
TIZIMI
Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111 va
112-moddalariga
o‘zgartirishlar
kiritildi.
Oliy
sud
fuqarolik, jinoyat, ma’muriy va iqtisodiy sudlov ishlari
sohasida sud hokimiyati yagona organiga – O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi.
Yangi institut – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar
oliy kengashi joriy etildi. U sudyalar hamjamiyati organi
bo‘lib, O‘zbekistonda sud
hokimiyati mustaqilligiga oid
konstitutsiyaviy
tamoyilga
rioya
etilishini
ta’minlashga
ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
O‘zbekiston
Respublikasi
Harbiy sudi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahar
iqtisodiy sudlari
Qoraqalpog‘ison
Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahar
ma’muriy
sudlari
Fuqarolik ishlari
bo‘yicha
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahar
sudlari
Jinoyat ishlari
bo‘yicha
Qoraqalpog‘is
ton
Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent
shahar sudlari
Harbiy
sudlar
Tumanlararo,
tuman
(shahar)
iqtisodiy
sudlari
Tuman
(shahar)
ma’muriy
sudlari
Fuqarolik
ishlari bo‘yicha
tumanlararo,
tuman (shahar)
sudlari
Jinoyat ishlari
bo‘yicha
tuman
(shahar)
sudlari
SUD TIZIMI TUZILMASI
O‘zbekiston
Respublikasida
sudlar
ish
kategoriyasiga
ko‘ra
ixtisoslashtirilishi
mumkin.
Favqulodda sudlar tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 107-
moddasi.
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini
yuritish o‘zbek, qoraqalpoq tillarida yoki o‘sha
hududdagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda
olib
boriladi.
Sud
olib
borilayotgan
tilni
bilmaydigan
sud
ishtirokchisi
uchun
tarjimon
orqali sud materiallari bilan to‘liq tanishish, sud
harakatlarida qatnashish va o‘z ona tilida so‘zga
chiqish huquqi ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
115-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyaviy
sudi
qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga
muvofiqligi
to‘g‘risidagi
ishlarni
ko‘rib
chiqadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyaviy
sudi
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar
oliy
kengashi
tavsiya
etgan
siyosat
va
huquq
sohasidagi
mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini
qo‘shgan holda saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
108-moddasi.
Konstitutsiyaviy
sudning
hujjati
rasmiy
e’lon
qilingan
kundan
e’tiboran
kuchga
kiradi.
Konstitutsiyaviy
sudni
tashkil
etish
va
uning
faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
109-moddasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy,
iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud
hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U qabul qilgan hujjatlar
qat’iy
va
O‘zbekiston
Respublikasining
barcha
hududida
bajarilishi majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi
sudlarning
sudlov
faoliyati
ustidan
nazorat
olib
borish
huquqiga ega va oliy instansiya sudi sifatida hamda nazorat
tartibida ishlarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
sudi
tomonidan
birinchi
instansiyada
ko‘rib
chiqilgan
ishlar shikoyat qilish (protest berish) huquqiga ega
shaxslar tanlashiga qarab apellatsiya yoki kassatsiya
tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin. Apellatsiya tartibida
ko‘rib
chiqilgan
ishlar
kassatsiya
tartibida
ko‘rib
chiqilishi mumkin emas.
Sudyalar
mustaqildirlar,
faqat
qonunga
bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga
oshirish
borasidagi
faoliyatiga
biron-bir
tarzda
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish
qonunga
muvofiq
javobgarlikka
sabab
bo‘ladi.
Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
112-moddasi
Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni
yopiq
majlisda
tinglashga
qonunda
belgilangan
hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
113-moddasi