Ilmiybaza.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA’LIM TIZIMI
Reja
1. O‘zR “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mohiyati.
2. O‘zRning Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati.
3. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
tizimidagi o‘zaro hamkorlik masalalari.
4.
O‘zR “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mohiyati.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasida aniq va ravshan hamda ilmiy
asoslangan davlat siyosati mavjud bo‘lib, u insonparvarlik va demokratik
tamoyillarga asoslanadi hamda har bir fuqaroning bilim olishi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida qonuniylashtirilgan.
Ta’lim soxasida «Ta’lim to‘g‘risida» Qonun kabul kilinganligi, 1996-1997
yildan boshlab birinchi sinflarda o‘kishning lotin yozuviga asoslangan yangi
alifboda olib borilgani, ular uchun yangi alifboda dastur, ko‘llanma, darsliklarning
yaratilganligi - bu ta’lim sohasida ko‘yilgan dastlabki odimlar edi.
O‘tgan davrda yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o‘kuv
yurtlari qoshida akademik litseylar ochildi. Qobiliyatli o‘quvchilar chet ellarda
ta’lim ola boshladi. o‘qituvchilar xorijiy davlatlarda bo‘lib, ilg‘or tajribalarni
o‘rganib kela boshladilar.
Viloyatlarda yangi - yangi biznes maktablari, kichik va o‘rta kasb hunar
kurslari ochila boshladi va bozor iqtisodi sharoitida fermer, soliq va bojxona
xodimlari, audit v.b. yangi mutaxassisliklar kiritildi.
Oliy maktab sohasida test usuli joriy etildi. Viloyatlardagi pedagogika
institutlari universitetlarga aylantirildi, chet el mutaxassislari respublikamiz o‘kuv
muassasalariga jalb etildi.
Respublikamizda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi, Bank va Moliya
Ilmiybaza.uz
akademiyasi tashkil etildi.
Oliy ta’lim sohasida ham islohot o‘tkazishni talab qila boshladi. Bularning
barchasi hisobga olinib, 1997 yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga
muvofiq, ta’lim tizimini isloh etilish, kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talabi
darajasida o‘zgartirishlar kiritish maqsadida maxsus komissiya tuzildi va natijada
«Kadrlar tayyorlash milliy dastur» xamda «Ta’lim to‘g‘risida» Qonun Oliy Majlis
sessiyasida qabul qilindi.
Bu ikki hujjatga binoan ta’lim tizimi isloh qilishni bosqichma - bosqich
amalga oshirish nazarda tutiladi :
Birinchi bosqich - o‘tish davri. 1997 - 2001 yillar. Bu yillarda yangi talab
doirasida pedagog kadrlar tayyorlash, ta’lim standartlarini yaratish, o‘quv dasturlari
ustida ishlash, umumta’lim maktablarini qayta qurish, o‘rta - maxsus va kasb - xunar
bilim yurtlari tizimigi zamin tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimiga asos solish.
Ikkinchi bosqich - 2000-2005 yillarga mo‘ljallanadi. Bu davrda milliy
dasturni to‘liq amalga oshirish mo‘ljallanadi. Uning ba’zi g‘oyalari va qoidalariga
o‘zgartirishlar kiritilish ham ko‘zda tutilgan.
Uchinchi bosqich - 2005 yil va undan keyingi yillar bo‘lib, isloxot tajribalari
tahlil etilib, umumlashtiriladi xamda kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilib,
rivojlantirilib boriladi.
«Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunga asosan Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi
ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e’lon qilindi.
Ta’lim sohasidagi davlatning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat deb
ko‘rsatildi :
-Talim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterida ekanligi;
-Ta’limning uzluksiz va izchilligi;
-Umumiy o‘rga, shuningdek o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limining
majburiyligi;
-O‘rta maxsus, kasb - xunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litsey va kasb -
xunar kollejida o‘qishni tanlash ixtayoriyligi:
-ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
Ilmiybaza.uz
-davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqlish:
-ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv:
-bilimli bo‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish:
-ta’lim tizmida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlantirish:
Xalq ta’limining asosiy bo‘g‘ini - uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasida kuyidagi uzluksiz ta’lim tizimi asos qilib olingan.
Uzluksiz ta’lim bir nechta ta’lim turlarini o‘z ichiga oldi. Ya’ni: maktabgacha
ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash,
maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam
ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat
maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim
muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat, xayriya tashkilotlari,
xalqaro fondlar ishtirok etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim to‘qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy
(boshlang‘ich va umumiy) va uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. O‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy-
ixtiyoriy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi
bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim negizida tashkil etildi.
Akademik litsey (AL) o‘quvchilarning imkoniyatlari, qiziqishlariga ko‘ra ularning jadal
intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan
ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida DTSga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik
maqomga ega ta’lim muassasasi
Kasb-hunar kolleji (KHK) o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini
chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni
egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli DTS doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi
Ilmiybaza.uz
AL va KHKning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom
beriladi. Diplom asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom
ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish
huquqini berdi.
Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida ikki bosqich (bakalavriyat,
magistratura)da tashkil etildi, yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli
sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga
talabalarni qabul qilish davlat grantlari va pullik-shartnomaviy asosda amalga
oshiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning kasb-hunar
manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil
etish asosida amalga oshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy
e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda
chuqurlashtirishga qaratiladi.
Maktabdan tashqari ta’lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim
muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda
yo‘lga qo‘yilib, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi,
Magistr ma’lum ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olgan yuqori malakali, aspiranturaga kirish huquqiga ega
mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat
ko‘rsatadi
Bakalavr o‘zi tanlagan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib, davlat klassifikatorida
belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega
Ilmiybaza.uz
ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini
tashkil etish maqsadida olib borildi.
Keyingi vaqtlarda ota- onalar va jamoatchilikning fikrlari va takliflari
e’tiborga olinib, 2018 yil 25 yanvarda “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar
ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-
sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.Unga ko‘ra;
- 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limi
11 yillik muddatda;
- 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab kasbiy ta’limga umumiy o‘rta maktabni
11 sinf bitiruvchilari ixtiyoriylik asosida tegishli mutaxassislikka ega
bo‘lishi uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘qishi belgilangan.
O
‘
t
a
’
o‘quvchilarni baholash dasturi (PISA) reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta
i
l
g
‘
t
a
’
o
‘
t
a
’
t
a
’
o
‘
t
a
’
o
‘
t
a
’
ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim, oliy ta’lim, oliy
t
a
’
t
a
’
t
a
’
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ –
2909 – sonli qarori chiqarildi. Ung ko‘ra, oliy ta’lim jarayoniga zamonaviy
m
a
’
O
‘
t
a
’
Hududlarda davlat va nodavdat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish,
oliy ta’lim qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobatni
Ilmiybaza.uz
yaratish, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini
mamlakat ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish, respublikada kamida 10
ta oliy ta’lim muassasini xalqaro e’tirof etilgan ta’lim reytingining birinchi 1000 ta
o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan,O‘zbekiston Milliy
universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim
muassasalari ro‘yxatiga kiritish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini
bosqichma – bosqich kredit – modul tizimiga o‘tkazish kabi masalarni qamrab
oldi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. Mustaqillik yillarida
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limi tizimini takomillashtirish ustuvor
yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. Respublikaning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida
uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning
huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan.
Ta’lim O‘zR ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’tirof qilindi. Ta’lim
sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari fuqarolarning ijtimoiy kelib
chiqishi, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ta’lim olishda teng
huquqqa ega ekanliklarini ifodalaydi. Davlat ta’limiy siyosatining asosiy
prinsiplari quyidagilar:
Ta’limning insonparvar va demokratik xarakterda ekanligi shaxsning
ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta’lim
jarayonida uning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va qiziqishlarini
hisobga olishni nazarda tutadi. Ya’ni, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama
kamol topishini ta’minlashga yo‘naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan
yondashiladi.
Ta’lim mazmunining ochiqligi, o‘quv materiallari, ta’lim shakl va
metodlarining xilma-xilligi, milliy-hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi,
shuningdek, tarbiya jarayonining demokratik g‘oyalarga muvofik tashkil etilishini
anglatadi. Tamoyil mazmuniga ko‘ra o‘quvchilarning xohishlariga ko‘ra dars
jadvaliga qo‘shimcha fanlar kiritiladi, yuqori sinflarda muayyan fanlar
chuqurlashtirilib o‘rgatiladi, fakultativ mashg‘ulot va to‘garaklar tashkil etiladi,
Ilmiybaza.uz
darslarning yakka va guruhli shaklda bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.
Ta’limning uzluksizligi va izchilligi uzluksiz ta’lim tizimining barcha
bosqichlarida o‘qitish o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik asosida yo‘lga qo‘yilishini
ifodalaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv dasturlari akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarining, o‘z navbatida ularning o‘quv dasturlari oliy o‘quv yurti
o‘quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o‘zidan avvalgi bosqichda
o‘zlashtirilgan ma’lumotni boyitadi va rivojlantiradi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limining majburiyligi
o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal
intellektual rivojlanishi, kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur
rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni
egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi.
O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini tanlashning ixtiyoriyligi
yangi turdagi o‘quv muassasalarida ta’lim olish yo‘nalishining o‘quvchi tomonidan
ixtiyoriy tanlanishi mumkinligini anglatadi. Akademik litsey yoki kasb-hunar
kollejida ta’lim olishni o‘quvchilar o‘z iqtidorlari va xohish-istaklariga ko‘ra
tanlaydilar.
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta’lim
taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo‘lib, u fan-texnika, madaniyatning
yutuqlariga bog‘liq holda rivojlanib borishini anglatadi.
O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (4-modda)da fuqarolar millati, tili,
jinsi, yoshi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, xizmat turi, turar joyi,
respublika hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar bilim olish
huquqiga egaliklari aytiladi.
Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun
ochiqligi tamoyili aynan mana shu holatni yoritishga xizmat qiladi. Ushbu tamoyil,
shuningdek, chet ellik fuqarolarning respublika hududida xalqaro shartnomalarga
muvofiq bilim olish huquqiga egaliklarini ham ifodalaydi. O‘zRda istiqomat
qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda respublika fuqarolari bilan
teng huquqlarga ega bo‘ladilar.
Ilmiybaza.uz
Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv.
O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (7-modda)da o‘z ifodasini topgan. Davlat
ta’lim standartlari (DTS) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim
mazmuni, sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Davlat ta’lim
standartlarini bajarish barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Biroq, ta’lim
muassasalari DTS asosida o‘quv dasturlari variantini ishlab chiqib, undan
foydalanishlari mumkin.
Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi davlat
siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanalib, ta’limning barcha bosqichlarida bu
tamoyilga to‘la amal qilinadi. Ta’lim oluvchilarning iste’dod va qobiliyatlari davlat
tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi.
Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish ta’limni
tashkil etish, sifatini oshirish, bunda davlat va jamiyatning hamkorlikka erishishni
nazarda tutadi. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim samaradorligini
oshirishga zamin yaratadi.
Bugungi kunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
ham quyidagicha belgilab berildi:
Ta’lim va tarbiya uyg‘unlikda olib borilishi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xususiyatga egaligi;
ta’limning uzluksizligi, uzviyligi va izchilligi;
12 yillik (6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar bir yil davomida umumiy o‘rta
ta’limga tayyorlash hamda 11 yillik umumiy o‘rta va o‘rta maxsus) ta’limning
majburiyligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga egaligi, davlat ta’lim standartlari va
davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo‘lish va ist’edodni rag‘batlantirish;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagog xodimlar ijtimoiy himoyasining kafolatlanganligi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.