O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI. O’ZBEKISTONNING O’ZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO’LI
Yuklangan vaqt
2024-04-14
Yuklab olishlar soni
7
Sahifalar soni
36
Faytl hajmi
60,0 KB
Ilmiybaza.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING
TARIXIY AHAMIYATI. O’ZBEKISTONNING O’ZIGA XOS ISTIQLOL
VA TARAQQIYOT YO’LI
Reja:
1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy –iqtsodiy va siyosiy ahvol.
2. O‘zbekiston siyosiy tizimidagi o‘zgarishlar.
3. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi e’lon qilinishi va uning
olamshumul ahamiyati.
4. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida
Islom Karimovning tarixiy xizmatlari
5. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O’zbekistonning
o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi.
6. Taraqqiyotning “O’zbek modeli” va uning o’ziga xos xususiyatlari.
O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va
taraqqiyot yo’li.
7. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya
asoslari. Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.
8. Davlat ramzlari. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning qabul qilinishi
va uning tarixiy ahamiyati
Ilmiybaza.uz
Tayanch iboralar: Sobiq sovet Ittifoqini saqlab qolish haqidagi
harakatlar. 1991 yil 19-21 avgustda Moskvada davlat to‘ntarishiga bo‘lgan
urinish.
Favqulodda
holat
davlat
qo‘mitasining tuzilishi (FHDQ)
O‘zbekistonning mustaqillik yo‘li to‘g‘risidagi bayonoti. O‘zbekiston mustaqil
davlat. O‘zbekiston Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustdagi XII chaqiriq
VI sessiyasi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
«Mustaqillik», «suverenitet», «erkinlik» tushunchalari aynan o‘xshash,
bir xildagi tushunchalar sifatida talqin etiladi va bular davlat o‘zining ichki va
tashqi siyosatini yurgizishda, davlat qurilishini, hokimiyat va muhim
boshqaruv tizimlarini belgilashda hech kimga tobe bo‘lmagan oliy huquqga ega
ekanligini, hududning daxlsizligini va unda joylashgan barcha ishlab chiqarish
korxonalari, tabiiy boyliklar madaniy qadriyatlardan foydalanish va tasarruf
etishga xech qanday cheklanmagan huquqni bildiradi. SHunday bo‘lsa ham,
xalqaro va davlat ichkarisidagi siyosiy tajribalar, bu tushunchalardagi bir
qadar izchil bosqichma-bosqichlikni va ularning muayyan siyosiy-iqtisodiy
belgilar va alomatlar bilan shartli bog‘lanishini ko‘rsatib beradi.
№
Mustaqillik
Suverinitet
Erkinlik
Siyosiy jihatdan
Iqtisodiy jihatdan
1.
O‘zining ijtimoiy siyosiy
qurilishini
belgilashda,
ichki va tashqi siyosatini
yurgizishda
davlatning
hech kimga qaram tobe
bo‘lmaganligini bildiradi.
Barcha ishlab chiqarish,
ilmiy-texnik kuch - qudrat
va imkoniyatlarga, tabiiy
boyliklarga to‘la egalik
qilish huquqi.
Xalqaro munosabatlarda teng
huquqli
sub’ekt,
xalqaro
tashkilotlarda, ikki
va
ko‘p
tomonlama
davlatlararo
munosabatlar
o‘rnatish,
to‘la
huquqli vakolatlilik.
2.
Davlat
ramzlari
Gerb
(davlat tamg‘asi), bayroq,
madxiya.
Davlat boshlig‘i
Jahon hamjamiyati davlatlari
tomonidan tan olinishi.
Ilmiybaza.uz
Yuqorida ko‘rsatib berilgan jadvaldan ko‘rinadiki, mustaqillikni e’lon qilinishi
uning amalda tashkil topishi, mustahkamlanishi va rivojlanishi-murakkab ko‘p
qirrali, mas’uliyatli, bosqichma-bosqichli jarayon bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan ulkan masalalarni hal etish bilan
bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov
o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» (1992 yil) nomli
asarida yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlab shunday degan edi: «O‘zbek
xalqining ajralmas huquqi o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi ruyobga
chiqarildi. 1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Respulikasining mustaqilligini
e’lon qildi. Muqaddas orzu ushaldi, O‘zbekiston tinch parlament yo‘li bilan
o‘zining haqiqiy davlatchiligiga erishdi. Bu xalqning ko‘p asrlik tarixida buyuk
voqeadir. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunda respublikadagi ko‘p millatli aholining
xohish-irodasi mustahkamlanib qo‘yildi va umumxalq, referendumi buni
3
Davlat mukofotlari
Milliy valyuta jahon va
davlatlararo
xalq,
xo‘jaligida ishtirok etish.
BMT
va
boshqa
xalqaro
tashkilotlarga a’zolik.
4.
O‘z kuchlari va aholining
hayot
faoliyatini
ta’minlash.
Boshqa
davlatlar
bilan
diplomatik
munosabatlar
o‘rnatish.
5.
Mulkchilik shakllari va
munosabatlarini
qonunchilik yo‘li bilan
belgilash.
Eng
muhim
xalqaro
bitim,
shartnoma
va
kelishuvlarga
qo‘shilish.
6.
Jahon bozorida ikki va
ko‘p tomonlama iqtisodiy
munosabatlarda
teng
huquqli hamkorlik qilish.
Ilmiybaza.uz
qat’iy tasdiqladi. Bu tarixiy voqea davlatimiz yilnomasiga zarhal harflar bilan
yozib qo‘yildi.
1991 yil 19-20 avgust kunlari Moskvada davlat to‘ntarishi qilishga urinib
ko‘rildi. Favqulodda Holat Davlat Qo‘mitasi (FHDQ) tuzilib, SSSRning
Prezidenti
M.S.Gorbachev
zo‘ravonlik
bilan
o‘z
vazifasidan
chetlashtirildi. Fitnachilar Prezident vakolatlari vitse-prezident G.YAnaevga
o‘tkazilganligini e’lon qildilar. Ularning maqsadlari ittifoq hududida yashovchi
barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga, o‘z taqdirlarini o‘zlari hal
qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov Hindiston safaridan
qaytishi bilanoq, 19 avgustь kuni kechqurun Toshkent shahrining faolllari bilan
uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtai-nazarini ma’lum qildi. Respublika
rahbariyati markazdan yuboriladigan va qonunga xilof bo‘lgan har qanday
ko‘rsatmalarini bajarishni man etdi. 20 avgustda O‘zbekiston SSR Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna
munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, O‘zbekistonning
mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.
Bayonotda respublikada vaziyat barqaror ekanligi va favqulodda holat joriy
etishga hojat yo‘qligi ta’kidlandi. Unda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, har
qanday ig‘vogorona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom
va tartibni saqlash vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston
Mustaqillik Deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish yo‘lidan boraveradi,
deb ko‘rsatildi.
SHu kuni O‘zbekiston SSR Prezidenti I. Karimov Respublika ahliga
murojaat bilan chiqdi. Murojaatda O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish
yo‘li qat’iy ekanligi yana bir bor alohida uqtirildi. Jumladan, unda «O‘zbekiston
jumhuriyati, uning rahbariyati qayta qurish davrida ham hech qachon birovning
gapiga kirib ish tutgan emas. Markazdan, boshqa ba’zi bir jumhuriyatlardan
qanday qarorlar chiqmasin, va’dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar,
Ilmiybaza.uz
da’vatlar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishda harakatlar bo‘lmasin biz o‘zimiz tanlagan
yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Bu yo‘l bizning
xalqimiz tarixiga, urf-odatlariga, tabiatimiz shart-sharoitlariga, xullas, xalqimiz
manfaatlariga mos yo‘ldir» deb qat’iy ta’kidladi. SHuningdek, turli ijtimoiy
siyosiy guruhlar o‘rtasidagi ixtiloflarni hal etish uchun kuch ishlatish, eng avvalo
harbiy kuch ishlatish ochiq-oydin qoralandi. Prezident xalqni og‘ir sinovlardan
o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash
maqsadida jipslashishga chaqirdi.
1991 yil 21 avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Favqulodda
Holat Davlat Qo‘mitasining (GKCHP) O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda
qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon
qilindi. I.Karimov Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKCHP) faoliyatiga o‘z
munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeida turgan KPSS
Markaziy
Qo‘mitasi
byurosi
va
Markaziy
nazorat
komissiyasini
Kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi.
Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat
to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora
aytdi.
I.Karimov
bundan
buyon
KPSS
Markaziy
Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi.
Mazkur bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi Mrkaziy Qo‘mitasi byurosi va
Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi. O‘zbekiston Prezidentining
1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va
Davlat xavfsizligi qo‘mitasi (KGB) qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga
olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligi, Davlat
Xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qo‘shinlar, Turkiston
harbiy okrugi qismlari va boshqa qo‘shilmalar partiyadan butunlay holi qilindi.
Markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib,
markaz muhim boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir mintaqa, har bir
respublika o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri
baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti I.Karimov Oliy
Ilmiybaza.uz
Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston mustaqilligi haqida qonun
qabul qilishni talab qildi. CHunki har bir milliy respublikaning
chinakam
teng
huquqliligi
va
mustaqilligi
ta’minlangandagina
tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun haqiqiy mustaqillik yo‘lidagi
barcha to‘siqlar, olib tashlanishi, har bir respublika so‘zda emas, amalda
tenglar orasida teng bo‘lishi lozim.
Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O‘zbekistonning davlat
mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy
Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. O‘zbekiston Kompartiyasi
Markaziy Qo‘mitasi va Markaziy Nazorat qo‘mitasining 1991 yil 28 avgustda
bo‘lib o‘tgan qo‘shma Plenumi Respublika kompartiyasining KPSS MK bilan har
qanday aloqasini to‘xtashishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chaqirib
olishga uning o‘z vakillarini chiqarib olishga qaror qiladi.
Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston Oliy Kengashining XII-chaqiriq
navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi 1991 yil 31 avgust kuni o‘z ishini boshladi.
O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta
tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlash lozim. Unda «O‘zbekiston
Respublikasining
"Davlat
mustaqilligi
to‘g‘risida»
hamda
«O‘zbekiston
respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib,
qizg‘in muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov ma’ruzasi tinglandi. U o‘z nutqida 1991 yil
o‘rtalarida markaziy xukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21
avgust kunlari Moskvada Favqulotda holat Davlat qo‘mitasi (GKCHP)
a’zolarining odamlar boshiga azob-uqubatlar solish, butun xalqlarning
ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo‘lganliklarini
xalqqa ro‘yi-rost bildirdi. Alg‘ov-dalg‘ovli kunlarda ham O‘zbekistonning o‘z
yo‘li va maqsadi borligi bu xalq, manfaatiga mos yo‘l ekanligi, qanday sharoit
bo‘lmasin, undan qaytmasligi aytildi.
Ilmiybaza.uz
Birinchi Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida mustaqil davlatlar maqomiga
to‘xtalib quyidagilarni ta’kidladi: «Bo‘lajak mustaqil davlatlar erkin, mustaqil va
teng huquqli bo‘lib qolishlari, o‘zlarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga
chiqish, o‘zi ma’qul topgan barcha mamlakatlar bilan xalqaro munosabat
o‘rnatish, diplomatik konsullik aloqalari masalalarini mustaqil hal etishlari
kerak. YAna ta’kidlab aytaman bu hech kimning buyrug‘isiz va aralashuvisiz
mustaqil amalga oshirilishi kerak. Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib,
xalqimiz hohish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir
masalani qo‘ymoqchiman: O‘zbekistonning mustaqilligi haqidagi qonunni
muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy
va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning
hohish-irodasi o‘z ifodasini topgan. Xalqimizning bu ezgu hohish-irodasi biz
uchun muqaddasdir.
Oliy
kengash
deputatlari
moddama-modda
muhokamadan
so‘ng
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul
qildilar. O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston respublikasi deb o‘zgartirildi.
So‘ngra «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy
Kengash bayonoti» qabul qilindi. Oliy Kengash mazkur Bayonot orqali
xalqaro-huquq xujjatlarida qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga
asoslanib, respublika xalqlarining taqdiri uchun butun ma’suliyatni anglab
O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat O‘zbekiston
respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qildi.
Oliy
Kengash
sessiyasida
«O‘zbekiston
respublikasining
Davlat
mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorda 1-sentyabrь
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb" belgilansin va 1991 yildan
boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab
qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu xujjatlar o‘zbek
xalqining asriy orzusi ruyobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi
qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun bu muhim hujjat haqida
Ilmiybaza.uz
batafsil to‘xtab o‘tish lozim. Mazkur qonun asosida O‘zbekistonning
huquqiy holati tubdan o‘zgardi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu hujjat respublika
uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi. 17 moddadan iborat
ushbu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab
berdi.
1-Moddada, O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston
respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi.
2-Moddada, O‘zbekiston Respublikasining suveren ekanligi va u
respublika davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi ta’kidlandi.
3-Modda, O‘zbekiston Respublikasining to‘la davlat hokimiyatiga egaligi,
o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va muhim
boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilashi qonunlashtirildi.
5-Modda, O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonunlari
ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaruvchi,
ijroya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi belgilandi.
8-12-14 moddalar, O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab
berildi.
13-14 moddalar, O‘zbekistonning tashqi siyosiy, iqtisodiy asoslari izohlab
berildi.
15-moddada, O‘zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy
deklaratsiyaga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etildi. Fuqarolar
millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat’iy nazar, bir
xil huquqlarga egaligi va ular Respublika Konstitutsiyasi qonunlari himoyasida
bo‘lishlari qonunlashtirildi.
16-Moddada, davlat ramzi bo‘lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili
haqida gapiriladi.
17-moddada, O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston bilan munosabatlari
xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligini
tan olishi haqida fikr yuritiladi. Uning O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof
etiladi. (Bu moddada O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston munosabatlari ikki
Ilmiybaza.uz
tomonlama tenglik asosida tarkib topishi kerakligi qonunlashtirilgan).
SHuningdek,
bu
moddada
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
O‘zbekiston
Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida chiqib ketishi mumkinligi ham
e’tirof etilgan.
Bunday qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo‘lga
kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda
ma’naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
SHuning uchun ham ushbu qonunga O‘zbekiston
Respublikasi Oliy
Kengashining 1991 yil 30 sentyabrda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida qabul
qilingan qarori bilan konstitutsiyaviy qonun maqomi berildi. Jumladan, unda
shunday deyiladi:
1. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»
1991 yil 31 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi moddalariga
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi
qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal
qilinsin».
SHu tariqa qonun tarzida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan O‘zbekiston
mustaqilligi barcha dillarni quvonchlarga to‘ldirdi.
Oliy Kengashda Davlat ramzlari haqidagi masala ham ko‘rildi va quyidagi
qaror qabul qilindi:
SHu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi va ro‘yobga
chiqdi. Uzoq yillar davom etgan kurash natijalarida mamlakatimiz,
xalqimiz siyosiy mutelik, asoratidan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta-
mustaqil davlat O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida yangi
davr milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi
siyosat yuritish, xalqimiz uchun o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun
munosib turmush sharoiti yaratish imkoniyati vujudga keldi.
Ilmiybaza.uz
1.
O‘zbekiston
mustaqillikka
erishganidan
keyin
davlat
muhim
boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladi.
Prezidentlik Respublika boshqaruvi mazkur tizim o‘zagini tashkil etdi. 1991 yil
oxirida O‘zbekiston hayotida tom ma’noda ulkan tarixiy voqea sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida «O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Qonunda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib yoshi 35 dan kam bo‘lmagan va yoshi
65 dan ortiq bo‘lmagan kishi saylanish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi
saylanishi mumkindeb belgilandi.
O‘zbekiston Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi, bir fuqaroning o‘zi ketma-
ket ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lishi
mumkin emas, deb belgilab qo‘yildi. 1991 yil 29 dekabrda xalqimiz uzoq
yillik mustamlakachilikdan so‘ng tom ma’nodagi mustaqillik ramzi sifatida
birinchi bor umumxalq hohish-irodasi bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentini sayladi. Bu tarixiy voqea juda katta mehnat, siyosiy faolllik,
milliy yaxlitlik, g‘oyalar va maqsadlar mushtarakligi mahsuli bo‘ldi. Bu
sharafli ishni Markaziy saylov komissiyasi berdi, 13-saylov okrugi va qariyib 7
mingta uchastka saylov komissiyasi amalga oshirdi.
Asosiy vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash haqidagi
qonun talablarini og‘ishmay amalga oshirish, bir tomondan millionlab
fuqarolarga o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishga, ikkinchi tomondan
prezidentlikka nomzodalarga ularning saylovoldi kurashida teng sharoit yaratib
berishdan iborat edi. Saylovga tayorgarlik jarayonida Markaziy saylov
komissiyasi eng avvalo saylovga doir barcha hujjatlarni markazlashtirgan
holda tayyorlash va joylarga o‘z vaqtida etkazish choralarini ko‘rdi. Bu
vazifa muvaffaqiyatli hal etildi. Xususan Prezident sayloviga doir
byulletenlar barcha saylovchilarga etadigan miqdorda 11 mln. nushada qilib
chop etildi.
Prezidentlikka nomzodlarning har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan
3001 ming nusxadan iborat plakatlari nomzodlarning 40 ming nusxada
Ilmiybaza.uz
saylovchilarga murojaatnomalari chop etildi. Markaziy saylov komissiyasi
saylovoldi kompaniyasida nomzodlar uchun teng sharoit yaratish, ularga o‘z
saylovoldi dasturlarini ommaga namoyon qilishi uchun teng imkon yaratish
masalalariga Prezidentlik saylovi haqidagi qonun talablaridan kelib chiqqan
holda alohida e’tibor berildi. Umumxalq Prezident saylovi mamlakat tarixida ilk
bor o‘tayotganini saylovchilarimizda hali etarli tajriba va ko‘nikma yo‘qligini
inobatga olib, bu tadbirni uyushqoqlik bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazish
maqsadida faolllar keng ko‘lamda jalb qilindi. Saylov komissiyalari ishida
75 mingdan ziyod kishi qatnashdi.
Saylov komissiyalariga yordam tariqasida Oliy kengash va mahalliy
kengashlar deputatlari keng faoliyat ko‘rsatishdi.
O‘zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o‘tdi. Oliy
lavozimga ikki nomzod O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba
uyushmalari federatsiya nomzodi I. Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi
vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solix) nomzodi qo‘yildi. Saylovlar
yakuniga. Ko‘ra 86% 914 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning
86% I.Karimov nomzodini, 1 mln. 220 ming 474 saylovchi (12,3) Saloy Madaminov
nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi majlis bayonlarini
ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi
qonunning 35-moddasiga asosan I.Karimov 1991 yil 29 dekabrdan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi. O‘zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti I.Karimov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. O‘zbekiston
Oliy Kegashining 1992 yil 4-yanvarda bo‘lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida
I.Karimov qasamyod qildi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, Respublikaning barcha hududlarida
saylov
uyushqoqlik
bilan,
qonunlarga
qat’iy
amal
qilingan
holda
saylovchilarning yuksak faolligida o‘tdi. Saylov puxta tashkil e’tilgani,
saylovlarning o‘tkazilishi va uning natijalarini hisoblab chiqish uchun qonun
asosida adolatli tashkil etilgani MDH mamlakatlari, shuningdek AQSH, Turkiya
va Malaziyadan hamda bir qator xalqaro tashkilotlardan kelgan mustaqil
Ilmiybaza.uz
kuzatuvchilar tomonidan e’tirof etildi. Saylovlar natijalari o‘zbek xalqining
mustaqil taraqqiyotini va rivojlanishini, yutuqlarini I.Karimov shaxsi, uning
dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoiyligi bilan bog‘lashning yaqqol dalili
edi.
2. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning natijasida
davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini jahon taraqqiyotiga
qo‘shayotgan munosib hissasini mamlakat fuqarolari ham
xorijdagi
siyosatdonlar va davlat arboblari ham tan olmoqda. Tarixan g‘oyat qisqa muddatda
qo‘lga kiritilgan yutuqlar mazmun-mohiyati va ko‘lami bilan bir necha o‘n
yilliklarga teng. Zotan qisqa muddatda jamiyatni tubdan o‘zgartirish, huquqiy
demokratik davlatni vujudga keltirish, turmushimizda demokratik jarayonlarni
chuqurlashtirish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. Ana shu keng miqiyosli
islohotlarni uzluksiz davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi 1995 yil 26 martda Prezidentning vakolatini 1997 yildan 2000 yilgacha
uzaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o‘tkazishga qaror qildi. SHuni
alohida ta’kidlash kerakki, jamiyatni takomillashtirish aholi dunyoqarashi va
tushunchalarini yangi g‘oyalar bilan boyitish uzoq muddatli jarayon.
YOki boshqacha qilib aytganda, O‘zbekistonning yang asrdagi dasturiy
faoliyatidir. O‘tish davridagidek murakkab, ziddiyatli keng miqiyosli islohatlar avj
olgan bir paytda esa Davlat muhim boshqaruvidagi izchillikning saqlab turilishi,
boshlang‘ich og‘ir va xayirli ishlarni bir me’yorda olib borish va oxiriga etkazish
jamiyat hayotida ham fuqarolar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakatda Prezident
vakolatini 2000 yilgacha cho‘zish yuzasidan umumxalq referendumini o‘tkazish
to‘g‘risida qabul qilingan qarori, shu qaror asosida o‘tkazilgan referendum katta
siyosiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etdi, qolaversa mazkur qaror va uning sharhlarida
boshqa yana bir qator o‘ta muhim, xar bir fuqaro hayotiga daxldor masalalar aniq
ko‘rsatib berilgan.
Shu yerda o‘quvchilar e’tiborini rivojlangan mamlakatlarda (deylik AQSH,
Germaniya, Fransiya, Koreya va boshqalar) Prezident almashinuvi yoki saylovlari
Ilmiybaza.uz
va boshqa siyosiy xodisalar oddiy fuqarolar yoki umuman jamiyat hayotida keskin
burilishlarga sabab bo‘lmaydi. Chunki ular aniq, mukammal qonun asosida o‘zlarini
o‘zlari boshqarishi hayot tarziga aylanib qolgan, demak amaldagi qonunlar bo‘yicha
faoliyatlarini davom ettiraveradilar. Prezident esa jamiyat taraqqiyotining umumiy
yo‘nalishlarni, davlat siyosatining asosiy tamoyillarini yangi tarixiy sharoitlarda,
yangicha ehtiyojlar nuqtai nazaridan boyitib boraveradi, xolos.
O‘tish davrida esa vaziyat boshqacha, ya’ni ancha murakkab. Har qanday
davlat siyosatida endigina shakllanayotgan boshqaruv tizimini va qonunchilikning,
izchillikning saqlab turilishi tabiiy va samarali hodisa sifatida baholanadi.
Qolaversa, taьbir joiz bo‘lsa xalq iborasi bilan aytganda kechuvda otlar
almashinmaydi. Chunonchi qo‘shni mamlakatlarda ro‘y berayotgan noxush
voqealar bunga misol bo‘la oladi. Masalan, ijtimoiy-siyosiy vaziyat chigal bo‘lgan
Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston va Tojikistonda davlat rahbarlari uch marta,
Ukraina, Belorussiya, Moldova va Boltiq bo‘yi davlatlarida esa ikki-uch martadan
almashdi. Rossiya Federatsiyasidagi chigal holat esa butun xalq boshiga kulfat
keltirdi. Har qanday mamlakatda siyosiy barqarorlik mavjud bo‘lgan sharoitdagina
ishlab chiqarishdagi munosabat iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda umuman har
tomonlama barqarorlikni to‘la saqlash mumkin.
Kelajagi buyuk qilib barpo etilayotgan davlatimiz dunyoga yuz ochib, avvalo
eng buyuk va eng taraqqiy topgan davlatlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatib,
umumjahonssivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida ravnaq etgan boshqa xalqlar
erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanishi samarasi o‘laroq qisqa davr
ichida O‘zbekiston yonilg‘i mustaqilligiga erishdi, o‘z avtomobilsozlik sanoatiga
ega bo‘ldi. Asakada chiqarilayotgan zamonaviy engil avtomobillarimizga
taqdirning to‘g‘ri keltirganini qarangki yaqindagina "avtomabilsozlikda dunyo
bo‘yicha" oldingi o‘rinlardan birini egallab kelgan Rossiya havasmand va u
eng birinchi xaridor bo‘ldi. Dunyo aviasozlarining peshqadamlaridan bo‘lmish
AQSH lik va Rossiyalik samolyotsozlar O‘zbekistonlik hamkasblarini
salohiyat bobida teng ko‘rib, o‘zaro hamkorlik qilish haqida shartnoma
imzoladilar.
Ilmiybaza.uz
Mamlakatimizda g‘alla mustaqilligi uchun kurash bormoqda. Yaqin kelgusida
paxta hosilini gektar boshiga oltmish-etmish sentnerga yetkazish uchun chora-
tadbirlar ko‘rilmoqda. Davlat qurilishi sohasida boshqa xalqlar erishgan
tajribalar, ijtimoiy qadriyatlarga ijodiy yondoshgan holda asoslanib,
respublikamizda demokratik, huquqiy, dunyoviy davlat qurayotgani xorijliklar
tomonidan
ham
mamnuniyat
bilan
e’tirof
etilmoqda.O‘zbekistonda
o‘tkazilayotgan madaniy-ma’naviy tadbirlar vatanimiz azaldan bashariyat
taffakuri xazinasiga munosib hissa qo‘shib kelganini bugungi kunda yana bir
bor tasdiqlamoqda.
Xalqimizning ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi fazilatlari
asrlar mobaynida SHarq falsafasi va diniy ta’limoti bilan uzviy rivojlanib,
o‘z navbatida bu falsafiy-axloqiy ta’limotlarni o‘z dahosi ziyosidan bahramand
etgani ma’lum. Davlatimiz ana shu falsafaga uyg‘un holda, buyuk mutaffakir
ajdodlarimizning dono fikrlariga hamohang shakllanib tobora yuksalib
borayotgani Amir Temur, M.Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad
Farg‘oniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshbandiy, Xoja Ahrori Valiy va
boshqa
buyuk
vatandoshlarimizning
yubileylari,
Buxoro
va
Xiva
shaharlarining 2500 yillik yubileylari e’tiborga molik ishdir.
Ayonkim, har bir elsevar, yurtsevar va erkparvar kishi uchun ayniqsa, o‘z
mamlakati va millatining porloq va shon-shavkatli o‘tmish tarixidan ozmi-
ko‘pmi xabardor bo‘lgan ziyoli yozuvchi uchun o‘z ona-vatanida ona
tilining kamsitilishiga shohid bo‘lishdan ko‘ra og‘irroq va kuchliroq jabru-
sitam bo‘lmasa kerak.
1980-yillarning oxirlariga kelib bu holat kuchayganidan kuchayib xo‘rlikka
aylandi. Buning ustiga o‘sha paytda respublikada hokimiyat tepasida turganlar
milliy siyosatda, jumladan, tilga bo‘lgan munosabatda telba-teskari ish tutib, uning
yanada alanga olib ketishiga sababchi bo‘ldilar. Natijada hayot mamotlari, ijtimoiy
faoliyatlari til bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyot ahli va chin ixlosli adabiyot muxlislari-
kitobxonlar o‘zbekistonda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini erilishini talab qilib
chiqdilar Bunday talbning kun tartibiga quyilishiga xuddi o‘sha kezlari Boltiq buyi
Ilmiybaza.uz
respublikalarida Litva, Latviya va Eston tillariga davlat tili maqomi berilishi
haqidagi xabarlar ham turtki va dalda bo‘ldi, albatta. SHu tariqa respublikamizda
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi uchun kurash kuchayib bordi. Aytish
mumkinki, biz kim o‘zbeklarning milliy istiqlol uchun kurashi bu davrda ona
tilimizning jamiyatdagi o‘rnini tiklash va qadrlash uchun kurashishdan boshlandi.
Bu kurashchilar safida chindan ham o‘z xalqiga sidqi dildan xizmat qilishga
otlanganlar ham, o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab maydonga tushganlar ham
borligini keyingi voqealar, kimning aslida kimligini tarixning o‘zi ayon qildi-qo‘ydi.
3. O‘zbekistonning mustaqillikka zrishganidan so‘ng kun tartibida jahon
andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub
islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni
vujudga keltirish vazifasi turadi. CHunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy
munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi
jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni
boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini normal izga solishga ana shunday jiddiy yangilanishlarni
taqozo etardi.
SHuni aytish kerakki, jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ham
mamlakatbop tamoyillari hamma uchun tavsiya etish lozim bo‘lgan tayyor
andozalari xech qachon bo‘lmaydi. SHu bilan birga rivojlanishning madaniy,
ma’rifiy tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud
bo‘lgan O‘zbekistonday qadimiy makonda ham o‘ziga xos yo‘l tanlash uchun
ancha-muncha izlanishlar qilish zarur bo‘ldi. Biroq vaqtni boy bermay,
tezkorlik bilan ish to‘tish lozim edi. SHuning uchun ham Mustaqil O‘zbekiston
tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga o‘zi yurishga majbur edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki paytda mamlakat
ichkarisida bo‘lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan,
shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim
karomatgo‘ylar O‘zbekistonga nisbatan «o‘zlaringni mustaqil boshqarishga,
mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz,
Ilmiybaza.uz
nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xolos» deb shovinistlarcha
g‘arazgo‘ylik qilar edi. Mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o‘rtasida
esa «EndiO‘zbekiston qanday yo‘ldan boradi?» «Qanday jamiyat
quradi?» «Markazsiz yashay oladimi?», «Respublikada ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik ta’minlanadimi?»-qabilidagi savollar vujudga kelgan edi. Unga
har kim o‘zicha javob qidirar edi.
Tabiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O‘zbekiston uchun
o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish
uchun o‘z andozasini ishlab chiqish g‘oyat dolzarb va ahamiyatli edi.
O‘zbekistonda o‘z navbatida bunday vazifani uddalash O‘zbekistondagi
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan
munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e’tiqodi, ruhiyati va hulq-
atvor normalari shuni taqozo etar edi Ayni paytda, O‘zbekistonning o‘z
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan
mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish, ularning foydali qismini
o‘zlashtirish bilan birga O‘zbekiston xalqining turmush tarzi va an’analariga
ham tayanish lozim edi. SHuning uchun ham mustaqillikning dastlabki
kunlardanoq jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani
rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘lini tanlab
olishga kirishdi.
Albatta mamlakat uchun hayot-mamot bosqichi bo‘lgan bir paytda uning yangi
jamiyatga o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridagi yangi
sharoitga mos muhim boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy
asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad
atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etadi O‘zbekistonning o‘ziga
hos taraqqiyot yo‘li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat istiqlolining tashabbuskori va
rahnamosi sifatida I.Karimov mustaqillikning dastlabki davrida o‘zining qat’iy,
ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o‘rtaga tashladi. Hali
sobiq ittifoq mavjud bo‘lgan bir paytda u respublika rahbarligiga kelgan vaqtdan
Ilmiybaza.uz
boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy xayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub
o‘zgarishlarni boshlab yuborgan edi
I.Karimov umumxalq ovoz berish yo‘li bilan mamlakat prezidenti etib
saylanganidanoq o‘zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaati asosida ish
tutdi. U Oliy Kengashning 1992 yil 4-yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari IX
sessiyasida shunday degan edi; «Menga qanday yuksak ma’suliyat yuklanganini
his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday yo‘llar
tanlaganimiz haqida ba’zi fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Xalq iqtisodiyotni
barqarorlashtirish uchun qat’iy harakatlar qilishni kutayapdi. O‘tmish
qoldiqlari xalq elkasiga og‘ir yuk bo‘lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri
xalqning baxtli hayotini ta’minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayotgan
bozor iqtisodiyoti zarbalariga bardosh beruvchi qatlamni o‘z homiyligiga olish
kerak. Bular ko‘p bolali kam ta’minlangan oilalar, nogironlar.
Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo‘lib, qolaveradi»
Prezident Oliy Kengashning mazkur sessiyasida Dastur ahamiyatiga molik
bo‘lgan nutqida davlat siyosatining strategiyasini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi.
Iqtisodiy barqarorlikni, millatlararo tinchlikni ta’minlash, totuvlik va
osoyishtalikni saqlash, fuqarolarga erkinlik berish, jamiyatda ma’naviy
yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga
katta e’tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bo‘lishini
alohida ta’kidladi.
Jumladan, o‘z fikrini davom ettirar ekan, I.Karimov «Huquqiy davlatda
qurol ham qalqon ham qonundir... Qonun bu xalq irodasi va muqaddasdir»,-deb
uqtirdi. Tabiiyki, Prezident nutqidagi ushbu qoidalar O‘zbekiston istiqloli va
taraqqiyotining asosiy yo‘llarini belgilab berish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Masalaga ana shunday yondashish mustaqillikning ilk kunlaridanoq aniq tartib
intizomga rioya qilish, qonun ustivorligiga intilishi mamlakatda eng
murakkab paytlarda barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘ldi.
I.Karimov O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqar
ekan, o‘tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bo‘lib qolgan tajribadan
Ilmiybaza.uz
saboq chiqardi. Ayni chog‘da 1990-yillar boshlarida, ya’ni mustaqil
taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni
chuqur tahlil qildi. Shu asosda «soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojeali
oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yo‘l bilan normal,
madaniyatli taraqqiyotga o‘tish tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmun va
mohiyatidir»,-degan xulosaga keldi. U O‘zbekistonning chinakam
mustaqilligini ta’minlash yo‘llarini ishlab chiqishda avvalo Respublikani
rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini hisobga oldi.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi azaldan jamoa bo‘lib, uyushib yashashga
odatlangan. To‘yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga
ko‘maklashgan. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, millatidan qat’iy nazar odamlarga xayrihohlik,
o‘zgalarga yordam tuyg‘usi o‘zbek xalqiga tarixan xosdir. Shuning uchun
ham I.Karimov 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Oliy Kengashining X sessiyasida
«Istiqlol yo‘llari va muammolari» mavzusida nutq so‘zlar ekan, «Biz ijtimoiy
taraqqiyot va yangilanish borasida o‘z yo‘limiz bor, deb e’lon qildik. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tar ekanmiz, milliy tarixiy turmush tarzini, xalqimiz urf-
odatlarini, an’analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz»,-dedi
va tub islohotlarni amalga oshirish borasida dastlabki tamoyilni belgilab berdi.
Bu birinchidan va ikkinchidan, respublikadagi o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy
vaziyatdan kelib chiqib ish tutildi. Chunki O‘zbekiston aholisi va mehnat
resurslari yildan yilga o‘sib boruvchi mintaqa hisoblanadi. Ushbu omilning
ahamiyatiga e’tibor berar ekan, Prezident shunday dedi: «Xalqimizning 60 va
hatto undan ko‘proq foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi va ularning asosiy
qismi dehqonchilik sohasida ishlaydi. Xulosa shuki, qishloq, joyda va tuman
markazlarida mavjud bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchini shaharga olib kelish shart
emas, balki yangi, ixcham, zamonaviy korxonalarni qishloq joylariga ,tuman
markazlariga olib borib qurishimiz zarur. Sodda qilib aytganda, odamlarni
ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirishimiz lozim.
Ilmiybaza.uz
Uchinchidan,O‘zbekiston
taraqqiyot
yo‘linii
shlab
chiqishda
respublikaning qulay imkoniyati hisobga olindi. Demakki, mintaqalararo
aloqalar, dunyoviy integratsiyani yo‘lga qo‘yishga kirishildi.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishida ijtimoy
ong, ijtimoy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligi ham ko‘rsatib
berildi. CHunki sho‘rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tushunchasi,
ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan
fikr shakllanib, boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan, mulkka egalik
tuyg‘usidan uzoqlashgan edi. Islohotlar davrida xususiylashtirish jarayonining
chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakllantirish sari dadil qadamlar
qo‘yilishi mana shu omildan kelib chiqqan xulosadir.
Beshinchidan, I.Karimov mustaqil O‘zbekiston siyosatini belgilashda
islom diniga munosabatni tubdan o‘zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtirdi va «din
turmush tarzimizga o‘chmas muhrini bosgan. Xudoga qarshi kurashganlarning ahvoli
nima kechganini ko‘rdik. Endi bu xil besamar va quruq imkon yo‘li
yaramaydi. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizda, ayniqsa,
musulmon davlatlar bilan o‘zaro aloqalarimizni kengaytirishda katta
ahamiyatga ega»,- deb ko‘rsatdi.
Oltinchidan,
O‘zbekiston
Respublikasining
iqtisodiy
va
siyosiy
mustaqilligini himoya qilish va ta’minlash imkonini beradigan boy moddiy
ma’naviy hamda ishlab chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega
mamlakat ekanligidir. Endi hamma gap ana shu imkoniyatlardan unumli
foydalanishda edi. Ushbu xulosalar I.Karimov tomonidan muntazam to‘ldirib,
qadam-baqadam yangi qoida va yo‘l-yuriqlar bilan boyitib borildi. Xususan,
1992 yil avgust oyi oxirida O‘zbekiston mustaqilligining bir yilligi tantanalari
arafasida Prezidentning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li»
nomli asarida O‘zbekiston istiqlolining, dyomokratik jamiyat qurishning
nazariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu risola keng
jamoatchilik tomonidan ma’naviy hayotdagi yangilik va qo‘llanma sifatida
kutib olindi. Unda O‘zbekiston istiqlolining ham amaliy muammolari ilmiy
Ilmiybaza.uz
jihatdan jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma’naviy
poklanishining asosiy yo‘l–yo‘riqlari yangicha mushohada va yondoshuv bilan
ko‘rsatib berildi.
4. O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining eng maqbul yo‘lini ishlab chiqar ekan,
avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e’tibor
berdi. I.Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli
asarida yangilangan jamiyatda yashovchi kishining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
turmush tarzini kafolatlovchi yo‘llar ko‘rsatib berildi.
Jumladan, siyosiy sohada bu-xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali
davlat hokimiyatini amalga oshirishda to‘liq ishtirok etishi lozimligini;
- hokimiyat bo‘linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi tamoyilini joriy etish asosida
demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;-
jamiyatning siyosiy
tizimini, davlat idoralarining
tuzilmasini tubdan
yangilashni;- barcha fuqarolarning qonun oddidagi huquqiy tengligini va
qonunning ustunligini ta’minlashni;
- O‘zbekistonda tug‘ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat
qilayotgan har bir kishi, milliy mansublikni va e’tiqodidan qat’iy nazar
respublikaning teng huquqli fuqarosi bo‘lishiga erishishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada esa bu:-milliy boylikning ko‘payishini ta’minlaydigan
barqaror, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;- ijtimoiy jihatdan
yo‘naltirilgan
bozor
iqtisodiyotini
bosqichma-bosqich
shakllantirishni;-
iqtisodiyotni
o‘ta
markazlashtirmasdan
korxonalar
va
tashkilotlarning
mustaqilligini
kengaytirishni,
davlatning
xo‘jalik
faoliyatiga
bevosita
aralashuvidan voz kechishni bildiradi. Ijtimoiy va ma’naviy sohada bu:-
insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va daxlsizligi,
erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolinishini;-
ma’naviyatni qayta tiklashni;-o‘zbek tilini rivojlantirishni;-hurfikrlilik, vijdon
va din erkinligini qaror topdirishni;-odamlarning iste’dodi qobiliyatlarini
Ilmiybaza.uz
namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni
bildiradi.
I.Karimovning O‘zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror
toptirishning qoridagidek dasturiy qoidalari demokratik, insonparvar
jamiyat qurish orasidagi jahon tajribasini yanada rivojlantirdi va yangi
qoidalar bilan boyitdi. Prezident yangilanayotgan jamiyat mazmun mohiyatini
ko‘rsatish bilan birga dolzarb vazifa qilib, eng avvalo bozor iqtisodiyotiga o‘tish
masalasini qo‘ydi. Chunki faqat iqtisodiy baquvvat davlatgina kuchli bo‘ladi va
har qanday islohotlarga qodir bo‘lishini u yaxshi bilar edi.
Shuning uchun ham I.Karimov «O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning o‘ziga hos yo‘li» uchun tanlab olgan yo‘l ijtimoiy sohaga
respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari, hususiyatlariga eng ko‘p
darajada mos iqtisodiyotni shakllantirishga ayni mana shunday yo‘l
O‘zbekiston turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy
an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma’naviy-
axloqiy kamol topishini ta’minlash mumkin»,-deb qat’iy ko‘rsatib bergan
edi.
I.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridagi rivojlanish jarayonlarini
chuqur tahlil qilib, O‘zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh
qilish dasturining o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o‘rtaga
tashladi: Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortidan
qolmasligi kerak, u biror mafkuraga buysundirilishi mumkin emas. Buning
ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
Ikkinchidan, o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U
islohotlarning ustivor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartishlar siyosatini
ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi shart.
Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish
lozim.
To‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli
ijtimoiy siyosat o‘tkazish.
Ilmiybaza.uz
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish obektiv iqtisodiy qonunlar
talablarini
hisobga
olgan
holda,
yaqin
o‘tmishimizdagi
«inqilobiy
sakrash»larsiz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi kerak.
Ana shu muhim qoidalar O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish va
taraqqiyot yo‘liga asos qilib olindi. O‘tgan davr mobaynida bu qoidalarning
amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi
bozor munosabatlarini joriy etish yo‘lidan izchil harakat qilishni ta’minladi.
Shu bilan birga I.Karimovning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich
o‘tish haqidagi tamoyili vaqt o‘tgani sayin o‘zining hayotiy qiymatini, siyosiy
kuchini ko‘rsatdi. Binobarin, bular etakchi tamoyillar sifatida tan olindi.
Chunki ular iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantig‘ini, rivojlanish
yo‘lini va xarakterini ochib berdi. Prezident I.Karimov har bir risola va nutqida
O‘zbekiston taraqqiyotiga doir tajribalarni mushohada qilib ularni
boyitib, yangidan-yangi qoidalarni ishlab chiqadi. I.Karimov yangi o‘zbek
davlati O‘zbekiston respublikasining asoschisi bo‘lishi barobarida shu
davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining hamma sohalariga
taalluqli barcha qonunlarni va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda,
qabul qilishda shaxsan qatnashdi va davlatchiligimiz tarixida misli
ko‘rilmagan bunday qonunchilik faoliyatiga bevosita rahbarlik qildi.
Endi shu xususida mavzu mohiyatiga chuqurroq kirib borish uchun so‘zni
hozir jahonda mavjud davlatlarning turlari haqida hikoya qilishdan boshlaymiz.
Ma’lumki, hozir jahonda mavjud bo‘lgan davlatlar huquqiy jihatdan podshohlik
(monarxiya), respublika va diniy davlat turlariga bo‘linadi.
I.Karimov respublikamizning iqtisodiy mustaqillikka erishishida va ushbu
mustaqillikni qo‘lga kiritish va uni ta’minlashga qaratilgan qonun va
huquqiy hujjatlarning yaratilishi va qabul qilinishida ham beqiyos katta hissa
qo‘shdi. Uning davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i sifatidagi amaliy ishlaridan
tashqari mustaqil respublikamizda yangi davr ruhini va muammolarini ifodalovchi
qonunlarni tayyorlashdagi, ularning asosiy g‘oyasini belgilashdagi hissasi juda
Ilmiybaza.uz
ham katta. Prezidentimiz O‘zbekiston Konstitutsiyasini og‘ishmay amalga
oshirishga kafolat bo‘lib turibdi.
Ko‘hna tarixning guvohlik berishicha, hali-hanuzgacha hech bir
zamonda, hech bir tarixiy shaxs tomonidan o‘zbek davlatchilik tarixini bus-
butun holda yaratish masalasi o‘rtaga qo‘yilmagan ekan. 1998 yil iyulda
tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda davlat ahamiyatiga molik vazifa
sifatida kun tartibiga qo‘ydi. I.Karimov davlatchilik tariximiz tub burilish
pallasiga kirgan bir paytda o‘zimizning zamon va makondagi o‘rnimizni
aniq belgilab olishimiz nasl-nasabimiz kimligimizni bilishimiz kerak ekanligini
alohida ta’kidlab, bu savollarga olimlar, adiblar, noshirlar, tarixchilarimiz
birgalashib yo‘l-yo‘riq bo‘yicha «Avvalo ko‘p ming yillik boy o‘tmishimizni
tadqiq etishning yaxlit konsepsiyasi ya’ni dasturni ilmiy izlanishlarning
uslubini, qo‘yiladigan vazifani amalga oshiradigan ilmiy muassasalar, ulardagi
potensial kadrlar masalasini aniklab olishdan boshlash kerak. Bu boshlanishi
bo‘ladi. SHundan keyin ana shu aniq bosqichlari belgilangan davstur asosida har
tomonlama tadqiqotlar olib boriladi. I.Karimov bilimdon tarixchi olim sifatida
ham, davlat boshlig‘i sifatida ham o‘tmish tariximizning tolmas va rostgo‘y
targ‘ibotchisi hamdir.
Uning bu boradagi faoliyati ham respublikamizda, ham chet ellarda zuhur
etilmoqda. «Biz o‘zbeklarni ulug‘ bunyodkor xalq deb dunyoga tarranum etayapmiz
va aslida ham shunday deb, yozadi yurtboshimiz YUNESKOning Parijdagi qarorgohida
Amir Temur bobomizning to‘ylarini o‘tkazishdan maqsad nima edi? Komil bu
insonning eng avvalo buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs
bo‘lganini,
fan,
madaniyatga
homiylik
qilib,
jahonssivilizatsiyasi
taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shganini olam ahliga bildirish edi.
Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz». I.Karimov o‘tmishda
o‘tgan buyuk shaxslarga vorislik masalasiga aniqlik kiritdi, yarashiqli ajdodlarni
targ‘ib qildi. Kimgadir voris bo‘lish kerak bo‘lsa,biz Beruniylarga,
AmirTemur, MirzoUlug‘bek va Boburlarga voris bo‘lamiz», deb taьkidladi.
Ilmiybaza.uz
I.Karimov xalqimiz shu ona zaminda qadim-qadim zamonlardan beri
o‘troq holda yashab, kamida yigirma etti asrlik davlatchilik tarixiga ega
bo‘lib, jahonssivilizatsiyasiga hissa qo‘shib kelayotgani haqidagi haqiqatning
tadqiqotchisi va fidoyi targ‘ibotchisi hamdir. «Kerak bo‘lsa bu ish uchun
jonimni,borlig‘imni berishga tayyorman chunki hayotimning mazmuni shundan
iborat» deydi kuyunchaklik bilan. Bu chin vatanparvar va zukko olim bo‘lmish
haqiqiy davlat arbobining qalb so‘zlaridir. SHu o‘rinda buyuk vatandoshimiz
«Zijji jadidi Ko‘ragoniy» va «To‘rt ulus tarixi» asarlarining muallifi Mirzo
Ulug‘bekning sultonlar ichida olim, olimlar ichida sulton bo‘lganligini
beixtiyor yodga tushiramiz.
5. I.Karimov hamisha g‘urur bilan: «Men texnokrat va amaliyotchiman.
Mening kuchim ham shunda», deydi. U yangi mustaqil davlatlar rahbarlaridan
birinchi bo‘lib, tanglikdan chiqishning, o‘z xalqining kuch qudrati, tarixi,
an’analari, uning hayratomuz milliy xususiyatlari hamda mamlakatning boy
tabiiy resurslari bilan bog‘ladi. I.Karimov huquqshunos olim sifatida yangi
o‘zbek davlati O‘zbekiston respublikasining asoschisi bo‘lish barobarida shu
davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining hamma
sohalariga taalluqli barcha qonunlarni va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab
chiqishda, qabul qilishda shaxsan qatnashdi va davlatchiligimiz tarixida
misli ko‘rilmagan bunday qonunchilik faoliyatiga bevosita rahbarlik qildi.
I.Karimov tarix yaratilishining tashabbuskori, bu sohaning asoschisi va
targ‘ibotchisidir. I.Karimov iqtisodchi, huquqshunos, faylasuf va tarixchi
ekanligini keng jamoatchilik yaxshi biladi. Chet ellarda ham e’tirof etilgan.
Respublikamizda fan doktori ilmiy darajasi va chet mamlakatlardagi bir
necha universitetlar va akademiyalarning faxriy ilmiy darajalari va
unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Birinchi Prezident birinchi chaqiriq Oliy Majlisning 15-sessiyasidagi
ma’ruzasida, jumladan, bunday dedi: «Men umrbod ona xalqim bilan birga,
uning hurmatiga muyassar bo‘lganimdan, uning koriga yaraganimdan
o‘zimni baxtli hisoblayman. Tarixning burilish nuqtasida, ulug‘ bir millatni
Ilmiybaza.uz
nohaq va xo‘rlikdan asrash, uning o‘zligini anglab, qaddi-qomatini tiklash buyuk
marralarga chorlash, sodda qilib aytganda, ozodlik va erkinlik, mustaqillik va
istiqlol yo‘liga boshlash har kimga ham" nasib etavermaydi. Mening
peshonamga ana shunday taqdir, ana shunday qismat bitgan ekan. Men bu
qismatni o‘zim uchun ham baxt, ham sharaf deb bilaman. Chunki men uchun
vatan ozodligi, xalqimning omonligi, yurtimning ravnaqi iqtisodiy, mana shu
muqaddas zaminda yashaydigan har bir oilaning farovonligidan boshqa oliy
saodat yo‘q». Binobarin, yo‘lboshchimizning yo‘li porloq kelajakka eltuvchi
nurli yo‘l, huquqiy saodat yo‘lidir.»
Birinchi Prezident Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida (1992-
yil 4- yanvarda) so‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992- yil avgust oyida nashr
etilgan „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ asarida O‘zbekistonning
taraqqiyot yo‘lini har tomonlama puxta asoslab berdi.
Taraqqiyotning «o‘zbek modeli». Bu model-jamiyatni yangilash va isloh
etishning besh tamoyiliga asoslanganligi.Uning O‘zbekiston taraqqiyotini
ta’minlashda
muhim
yo‘nalish
ekanligi.
Iqtisodiyotning
siyosatdan
ustunligi.O‘zgarishlar va yangilanishlarni izchil amalga oshirishda davlatning
islohotchilik faoliyati. Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi.
Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o‘tish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, taraqqiyotning beqiyos katta
imkoniyatlari ochildi. Milliy mustaqillik tufayli xalqimiz siyosiy mutelik, qaramlik
asoratidan qutildi. Davlat suvereniteti natijasida jamiyatimizni isloh etish va
zamonaviy siyosiy taraqqiyot jarayonlarini amalga oshirish uchun mustahkam
zamin va siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda huquqiy asoslarni bosqichma-bosqich
barpo qilish uchun keng imkoniyatlar paydo bo’ldi. O’zbekiston istiqlol tufayli o’z
taraqqiyotining tamomila yangi bo’lgan tarixiy davriga qadam qo’ydi. Mana shu
davrning eng muhim xususiyatlaridan biri shunda ediki, endilikda xalqimiz o’zining
tub manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chikib, rivojlanish strategiyasini belgilab