OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TASHKILOTLARGA QOʻSHILISHI
Yuklangan vaqt
2024-03-03
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
32
Faytl hajmi
51,1 KB
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI
KURS ISHI
MUSTAQIL OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO
TASHKILOTLARGA QOʻSHILISHI
Qabul qildi: ___________________
Toshkent - 2023
1
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………...….3
I
BOB.
MUSTAQIL
OʻZBEKISTON
RESPUBLIKASINING
XALQARO TASHKILOTLARGA QOʻSHILISHI……………...…….5
I.1. Mustaqil Oʻzbekistonning BMTga qabul qilinishi, uning tarixiy
ahamiyati……………………………………………………………….….5
I.2. Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Xamdoʻstligidagi oʻrni va
mavqeyining oshib borishi……………………………………………..…18
II BOB. OʻZBEKISTONNING TASHQI SIYOSATA YEVROPA VA
OSIYO DAVLATLARI BILAN ALOQALARI……………………….24
II. 1. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan qardoshlik
munosabatlarining yanada rivojlanishi……………………….…………..24
II.2. Mustaqil Oʻzbekistonning Yevropa davlatlari bilan doʻstona tashqi
aloqalari……………………………………………………………..……27
Xulosa……………………………………………………………….……30
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..…33
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekiston Respublikasi umumbashariyat
tafakkurining beshiklaridan biri bo`lmish diyordir. O`zbekiston ko`hna va boy
tarixga ega bo`lgan mustaqil davlatdir. O`zbekiston davlatchiligi tarixi “o`z ildizlari
bilan asrlar qa’riga borib taqaladi va uch ming yildan ko`proq davrni o`z ichiga oladi.
Qadimiy Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar jahon
madaniyatini rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan.” Istiqlol yillari mobaynida biz
o`zbek milliy davlatchiligimiz va huquqiy tizimimizni shakllantirishda butun bir
tarixiy davrni bosib o`tdik, davlat qurilishi va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida
tub burilishlar yasadik. Hayotimizning barcha sohalari: siyosat, iqtisodiyot,
ma’naviyat, madaniyatda dalil odimlar tashlanmoqda, o`zbek xalqining ezgu
niyatlari ushalmoqda.Mustaqil O`zbekistondagi barcha tub o`zgarishlar O`zbekiston
Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov yuritgan faol
tashqi siyosat bilan ham kata ulushda bog`liqdir. “O`zbekiston Respublikasining
qonuniy yo`l bilan saylangan birinchi prezidenti I.A.Karimov xizmatlari natijasida
vatanimiz tarixini o`rganishda, vatan tarixshunosligi sohasida bir qator ishlar amalga
oshirildi. O’zbekistonning tashqi aloqalari yo`nalishini teran o`rganish hozirgi
paytda kun tartibidagi dolzarb masala hisoblanadi. Birinchi prezidentimiz
I.A.Karimovning chop etilgan har bir asarlarida vatanimiz tarixini o`rganishning
naqadar muhimligi bilan bir qatorda, u inson asos solgan do’stona tashqi siyosat
asoslari aniq dalillar bilan yoritilgan. Shu sababli marhum yurtboshimiz
I.Karimovning merosi, uni abadiylashtirish masalasi yana bir dolzarb vazifalardan
biri hisoblanadi. Bundan tashqari huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini
o`rnatishda, faol diplomatik aoqalarni yo’lga qo’yishda I.A.Karimovning rahbarlik
faoliyatidagi o`rni juda beqiyosdir. I.A.Karimovning “O`zbekiston – kelajagi buyuk
davlat1, “Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang”2, “Buyuk maqsad yo`lidan
og`ishmaylik”3, “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
1 Karimov I.A. O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O’zbekiston, 2008. 431-bet.
2 Karimv I.A. Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang. – T.: O’zbekiston, 2008. 41-bet.
3 Karimov I.A. Buyuk maqsad yo`lidan og`ishmaylik. – T.: O’zbekiston, 2013. 213-bet.
3
shartlari va taraqqiyot kafolatlari”4 kabi va yana boshqa bir qator asarlarida ushbu
masalalar aniq yoritib berilgan.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Mustaqil O’zbeistonda yuritilgan tasqi
aloqalar masalasi to`laqonli va sermazmun siyosiy jamoatchilik faoliyati haqida
xorijiy olimlar L.Levitin, D.S Karlayl, M.S. G`attorli, A.Ch. Kasayev, N.L. Mishin
va shuningdek, o`zbek mualliflari N.To`xliyev, A.Ibrohimov, A.Erkayev,
S.Xolboyev, Q.Radjabov, N.Quvvatov, Sh.Qobilov kabilarning asarlarida
ma’lumotlar mavjud. “Ayniqsa, taniqli sharqshunos olim S.Xolboyevning “Milliy
mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli” nomli salmoqli monografiyasida
I.A.Karimovning tashqi siyosat sohasidagi qarashlari tahlil qilingan5.
Jumladan, Leonind Levitin Islom Karimov faoliyatiga oid bo`lgan asari
“Islom Karimov –yangi O`zbekiston prezidenti” asarida Karimovning faoliyatini
o`rganish sababini Avstriya Respublikasi federal kansleri Frans Vraniski so`zlari
bilan quyidagicha izohlaydi: “Sovet ittifoqi parchalanishi bilan O`rta Osiyo
mintaqasi chekkachekkalardan jahon hamjamiyati siyosiy manfaatlarining
markaziga siljib o`tdi. Mintaqaning yangidan tashkil topgan mamlakatlari:
kommunizm merosidan xalos bo`lish, bozor iqtisodiyoti, baquvvat infrastruktura,
zamonaviy boshqaruv apparatini yaratish zaruriyatlari singari katta muammolarga
to`qnash keldi. Bir vaqtning o`zida demokratiyani va huquqiy davlat prinsiplarini
ularning ming yillik tarixi bilan bog`langan holda hayotning barcha sohalarida
mustahkamlash zarur. Bu bir necha yil davomida hal etilishi mushkul bo`lgan ulkan
va murakkab vazifalardir. Prezident Karimov davlat rahbarlarining yangi avlodini
o`zida boshqalardan ko`ra tugalroq mujassam etgan. Kitob aynan shu jihati bilan
Yevropa va butun dunyo uchun nihoyatda muhim bo`gan mintaqaning nufuzli
siyosiy arboblaridan birining shakllanishi va siyosiy istiqbollari bilan jamiyatning
keng qatlamlarini tanishtirgan holda axborot kemtigini to`ldiradi6.
4 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
– T.: O’zbekiton, 2007. 132-bet.
5 Xolboyev S. Milliy mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli. – T.: O’qituvchi, 2015. 213-bet.
6 Levitin L. Islom Karimov –yangi O`zbekiston prezidenti. T.: Sharq, 2008. 156-bet.
4
Mavzuning maqsad va vazifalari: O`zbekistonda prezidentlik institutining
joriy etilishi. I.A.Karimov O`zbekistonning birinchi prezidentiI.A. Karimov
prezidentlik faoliyatining jahon hamjamiyatidagi e’tirofi Buxoroning 2500 yillik
yubileyining nishonlanishida Islom Karimov xizmatlari Islom Karimov siymosini
abadiylashtirish masalasiShu masalalarni yoritib berish bitiruv malakaviy ishning
maqsad va vazifasi hisoblanadi. Ayniqsa, O`zbekiston Respublikasining birinchi
prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning faoliyati dunyo hamjamiyati
tomonidan e’tirof etiladi. Misol tariqasida Qirg`izistonning birinchi prezidenti
A.Akayev I.Karimovga quyidagicha ta’rif beradi: “Islom Karimov – do`stni hech
qachon kulfatda qoldirmaydigan odam. Ma’lum ma’noda, men uni o`zimga ustoz
deb bilaman. O`zbekistonda endilikda qilinganlarni astoyidil o`rganish va qabul
qilishga munosibdir.Yoki bo`lmasa Ukraina rahbari bo`lgan Leonid Kuchmaning
quyidagi fikrlarini ham misol tariqasida keltirishimiz mumkin: “Islom Karimov
bilan suhbatlar chog`ida men, shogird singari, undan u bozor islohotlarining yuqori
amaliy natijalariga qanday erishgani, u qanday qilib ishlab chiqarish darajasi tushib
ketishiga, odamlarning qashshoqlashuviga yo`l qo`ymagani va xususan,
O`zbekistonning jinoyatchilik bilan kurashdagi muvaffaqqiyatining asosiy prujinasi
nimalarda mujassamlashganini bilib olishga intildim. Endilikda kuchli ijroiya
hokimiyatini saqlab, oldingi davlat tuzilmalarini inqilobchasiga buzib tashlanishiga
yo`l qo`ymagan Karimovning qanchalik haq ekanligi hammaga ayon bo`layotir”.
Kurs ishning tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikkita bob, to`rtta reja, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
5
I.1. Mustaqil Oʻzbekistonning BMTga qabul qilinishi, uning
tarixiy ahamiyati
Birlashgan millatlar tashkiloti yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va
xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida
tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi
qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi
kengashida 1943-yilda, nizomi esa San-Fransisko konferensiyasida 1945-yilda
qabul qilindi7.
BMT nizomiga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189
taga yetdi. BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) New York BMT nizomida
koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli
boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida
doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni
hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu
umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan
markaz hisoblanadi. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp
oʻtmay-1992-yil 21martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi
binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. BMTning
Toshkentdagi
vakolatxonasi
ochildi.
BMTda
Oʻzbekiston
Respublikasi
vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning Taʼlim, fan va
madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti YUNESKOga ham aʼzo
boʻldi8.
Oʻzbekiston oʻz ovozi va mavqeiga ega boʻlgan aʼzo sifatida BMT oldiga
muhim va dolzarb masalalarni qoʻyyapti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 193-yil sentabrda 48-sessiyasida BMT
tashkil etilganining 50 yilligiga bagʻishlangan sessiyada (1995-yil oktabr), BMT
Bosh Assambleyasining „Mingyillik sammiti“ (2000-yil sentabr) da soʻzlagan
nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotdi. Xususan, ushbu xalqaro
7 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. T.: Akademnashr, 2019. 12-bet.
8 Karimov I.A. O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O’zbekiston, 2008. 31-bet.
6
tashkilotning XX asr soʻnggidagi eng yirik anjumanida Oʻzbekiston rahbari xalqaro
terrorizm va narkobiznes bilan bogʻliq muammolarni hal etish; mintaqaviy
xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni
taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy
tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi. Oʻzbekiston Respublikasi
BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad
va qoidalariga qatʼiy amal qilmoqda9.
Bugun yurtimizda BMTning oʻndan ortiq dasturi, jamgʻarmasi va agentligi,
jumladan, Taraqqiyot dasturi, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha
tashkiloti YUNESCO, Aholi qatlamlari fondi YUNFPA, Xalqaro bolalar tashkiloti
YUNISEF, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti WHO, Giyohvand moddalar va
jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi YUNODC, OIV/OITS boʻyicha qoʻshma dasturi
YUNAIDS, Axborot va ijtimoiy aloqalar boʻyicha boʻlimi, Qochoqlar ishlari
boʻyicha Oliy Komissar boshqarmasi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti UNIDO,
Koʻngillilar dasturi UNV faoliyat olib bormoqda. Nyu-York va Jenevadagi BMT
qarorgohlarida Oʻzbekistonning doimiy vakolatxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston yangi suveren, mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga 1992-yil 2-martda a’zo bo‘ldi10. Mamlakatimiz ushbu tarixiy voqeadan
keyin o‘tgan vaqt mobaynida BMT va uning turli sohalardagi ixtisoslashgan
muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xavfsizlikka qarshi
zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, Afg‘onistonda barqarorlikka
erishish va mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash, ommaviy qirg‘in qurollarini
tarqatmaslik, ekologik muammolarni hal qilish, xususan, Orol inqirozi oqibatlarini
yumshatish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va ilgari
surish, turizmni rivojlantirish kabi ustuvor masalalar ko‘p qirrali hamkorlikning
asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. Toshkentda 1993 yildan buyon BMT vakolatxonasi
faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT Taraqqiyot dasturi BMTTD, Aholishunoslik
jamg‘armasi BMTA, Bolalar jamg‘armasi YUNISEF, Jahon sog‘liqni saqlash
9 Xolboyev S. Milliy mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli. – T.: O’qituvchi, 2015. 23-bet
10 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 62-bet.
7
tashkiloti JSST, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti
YUNESKO, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi
BMTGMJB, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi
(BMTMOPDMM), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXT),
shuningdek, Ko‘ngillilar dasturi O‘zbekistonda “BMT oilasi”ni tashkil qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO),
Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YuNEP) va Yevropa iqtisodiy komissiyasi
(BMTEIK) ham BMT faoliyatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Shuningdek, Jahon banki BMTning mustaqil ixtisoslashgan organi sifatida
tuzilmaning mamlakatimizdagi ishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda11.
Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirish
doirasida so‘nggi to‘rt yilda O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasida yuqori darajadagi
siyosiy hamkorlik sezilarli faollashdi. Buni BMT Bosh Assambleya va
ixtisoslashgan tuzilmalaridagi O‘zbekiston ishtirokining jonlanganidan ham bilish
mumkin. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish 2017 yil iyun oyida mamlakatimizga
tashrif buyurdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan
uchrashdi. Davlatimiz rahbarining BMT Bosh kotibi bilan uchrashuvi, shuningdek,
2017 yil sentyabr oyida AQShning Nyu-York shahrida o‘tgan BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasi hamda Pekinda 2019 yil aprel oyida o‘tgan "Bir
makon, bir yo‘l" ikkinchi xalqaro forumi doirasida Prezidentimizning BMT Bosh
kotibi bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu muloqotlar natijasida O‘zbekiston –
BMT hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha uchta amaliy chora-tadbirlar rejasi qabul
qilindi va amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh
Assambleyaning 72-sessiyasidagi ishtiroki mamlakatimizning xalqaro tashkilot
bilan samarali va o‘zaro manfaatli hamkorligida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu
tadbir davomida qator muhim xalqaro tashabbuslar ilgari surilib, muvaffaqiyatli
amalga oshirib kelinmoqda.Hamkorlikdagi yangi muhit tufayli O‘zbekiston
BMTning barcha sohalardagi jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylandi. Bu a’zo
11 Xolboyev S. Milliy mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli. – T.: O’qituvchi, 2015. 213-bet
8
davlatlarning
mamlakatimizga
bo‘lgan
ijobiy
munosabatida
namoyon
bo‘lmoqda.Xususan, so‘nggi ikki yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh
Assambleyasi doirasida uchta rezolyutsiya ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bu
haqiqatan O‘zbekiston diplomatiyasi uchun katta yutuqdir. Mamlakatimiz hozirgi
kunda ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi ruhini qo‘llab-quvvatlagan holda, a’zo
davlatlar bilan birgalikda Bosh Assambleyaning yana bir muhim rezolyutsiyasi va
Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilinishi ustida ish olib
bormoqda12.
O‘zbekiston qurolsizlanish va ularni tarqatmaslik sohasida barcha muhim
xalqaro shartnomalar, xususan, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma,
Yadro sinovlarini har tomonlama taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma, Kimyoviy va
biologik qurollar to‘g‘risidagi konvensiya va boshqa xalqaro bitimlarga
qo‘shilgan.1993 yil O‘zbekiston tomonidan BMT Bosh Assambleyasi minbaridan
turib ilgari surilgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish
bo‘yicha tashabbus yadro qurolini tarqatmaslik va mintaqaviy xavfsizlikni
mustahkamlashga qo‘shilgan muhim hissa bo‘ldi. Ushbu tashabbus bo‘yicha
shartnoma 2006 yil sentyabr oyida Semipalatinsk shahrida imzolandi. 2009 yil mart
oyida esa ushbu shartnoma Markaziy Osiyo mintaqasining besh davlati tomonidan
ratifikatsiya qilingach, kuchga kirdi. Tashkilotning Nyu-Yorkdagi shtab-
kvartirasida 2014 yil 6 may kuni tarixiy voqea sodir bo‘ldi – BMT tashkil etilganidan
buyon ilk bor yadro quroliga ega besh davlat – AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Xitoy va Rossiya vakillari bir vaqtning o‘zida va bir ovozdan muhim xalqaro hujjat
– Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to‘g‘risidagi shartnomaga
Xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Shu tariqa Markaziy Osiyo
mintaqasi sayyoramizning shimoliy yarim sharidagi yadro qurolidan xoli yagona
zonaga aylandi13.
12 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
– T.: O’zbekiton, 2007. 152-bet.
13 Xalq so’zi gazetasi. // 1991. 2016. 07. 09.
9
I.2. Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Xamdoʻstligidagi oʻrni va
mavqeiyining oshib borishi
MDH davlatlari bilan o'zaro hamkorlikni rivojlantirish mamlakatimiz tashqi
siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Bu borada 2020 yil tariximizda muhim
iz qoldirdi. Joriy yilda O'zbekiston MDHga raislik qilishdek mas'uliyatli vazifani ilk
bor o'z zimmasiga oldi.Shu o'rinda, O'zbekistonning MDHga raislik davri
pandemiya va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash sharoitiga to'g'ri kelganini
ta'kidlash joiz. Rejalashtirilgan tadbirlarning ko'p qismi yangi noodatiy sharoitlarda
va onlayn formatlarda bo'lib o'tdi. Shunga qaramay, keskin vaziyatda, har qanday
sharoitda ham O'zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarishda o'ziga xos salohiyatni
namoyish etdi. Hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlashga bag'ishlangan
70 dan ortiq muhim ko'p tomonlama hujjatlarning qabul qilinishi MDHning ushbu
davrdagi samarali faoliyatidan dalolat beradi. SHu bilan birga, ushbu yil davomida
qabul qilingan hujjatlarning ko'p qismi dasturiy xarakterga ega ekanligi bilan ajralib
turdi. ya’ni, rejalashtirilgan tadbirlar aniq ko'rsatilgan holda dasturlar, strategiyalar
va yo'l xaritalari shaklida qabul qilindi14.
Yana bir jihat - O'zbekistonning savdo-sotiq doirasidagi alohida sheriklar
bilan bu yilgi savdosi 20 foizdan oshdi. MDH doirasidagi O'zbekiston faoliyatining
samarali ekanligi ekspertlarning yuqori bahosi bilan ham tasdiqlanadi. Ushbu davr
mobaynida O'zbekiston MDH doirasida ikkita shartnomaga qo'shildi. Bular -2006
yil 28 noyabrda Minsk shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida
imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi davlatlarining gumanitar
hamkorlik bo'yicha kengashi to'g'risidagi bitim;2008 yil 10 oktyabrda Bishkek
shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida imzolangan Mustaqil
Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining hududlararo va chegara oldi
hamkorligi bo'yicha kengashi to'g'risidagi bitim. MDH doirasidagi ushbu yangi
kelishuvlarga qo'shilish mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat
qiladi.Bundan tashqari, 20 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
14 Karimov I.A. O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O’zbekiston, 2008. 401-bet.
10
Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan
ishlash sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitimiga O'zbekistonning qo'shilishi
to'g'risida farmonni imzoladi. Ma'lumki, O'zbekiston BMTning 72-sessiyasida
Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyani qabul qilish tashabbusini ilgari surgan
edi.Joriy yilda ushbu konventsiya loyihasi muhokamasiga bag'ishlangan yoshlar
huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumi bo'lib o'tdi. MDHning yoshlar bilan
ishlash sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi bitimiga qo'shilish davlatimizning yoshlar
huquqlarini
ta'minlash
borasidagi
sa'y-harakatlarining
mantiqiy
davomi
hisoblanadi15.
Ushbu davrning eng muhim natijasi MDHning 2030 yilgacha bo'lgan davr
uchun iqtisodiy rivojlanish strategiyasining qabul qilinishi bo'ldi. 29 may kuni MDH
davlatlari Hukumat rahbarlari kengashining videokonferentsiya orqali yig'ilishi
bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida MDHning 2030 yilgacha bo'lgan davrda iqtisodiy
rivojlanish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi, keyinchalik strategiya MDH
hukumatlari rahbarlari tomonidan ma'qullandi. Strategiya keng qamrovli hujjat
hisoblanadi. Ushbu hujjatda hozirgi paytda “global iqtisodiyot yuqori turbulentlik
va noaniqlik bilan ajralib turishi” ta'kidlangan. Strategiya ishtirokchi davlatlar
o'rtasida iqtisodiy o'zaro aloqalarning 30 dan ortiq yo'nalishlari bo'yicha o'zaro
manfaatli
hamkorlikni
izchil
rivojlantirish,
milliy
iqtisodiyotlarning
raqobatbardoshligi va Hamdo'stlik mamlakatlari fuqarolari farovonligini oshirishni,
uning
ishtirokchi-davlatlarining
jahon
iqtisodiy
aloqalarida
mavqeini
mustahkamlashni nazarda tutadi. Strategiyani amalga oshirish ikki bosqichga
(2021–2025 va 2026–2030 yy.) bo'lingan rejalar asosida amalga oshiriladi. MDHga
raislik nafaqat O'zbekistonning imiji va obro'sini mustahkamladi, davlatimizning
ishonchli xalqaro sherik sifatida yuqori salohiyatini namoyish etdi, balki MDH
maqomini mustahkamlashga ham hissa qo'shdi. Jumladan, BMT Bosh
Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishda muhim qadam bo'ldi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi o'rtasidagi
15 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 126-bet.
11
hamkorlik maxsus rezolyutsiyasi 2020 yil 23 noyabrda N`yu-Yorkdagi (AQSH)
Birlashgan Millatlar Tashkilotining shtab-kvartirasida 75-sessiya doirasida qabul
qilindi16.
O'zbekistonning ushbu tashabbusi nafaqat MDH a'zolari o'rtasidagi o'zaro
aloqalarni kuchaytirishga, balki, MDHni global darajada mustahkamlashga ham
hissa qo'shdi.18 dekabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida
davlatimiz rahbari O'zbekistonning MDHdagi raisligi yakunlarini sarhisob qilib,
kelajakja o'zaro hamkorlikning barcha yo'nalishlarini qamrab olgan bir qator
tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, iqtisodiy sohada quyidagi chora-tadbirlarni
taklif etdi:Hamdo'stlik doirasida “yashil” va soddalashtirilgan yo'laklar amaliyotini
amalga oshirish, elektron tijoratni rivojlantirish bo'yicha yagona platformani ishga
tushirish va “Yo'l xaritasi” ni qabul qilish; sanoat kooperatsiyasining keng qamrovli
dasturini ishlab chiqish ijtimoiy sohada: sanitariya-epidemiologiya tusdagi
favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va ularga barvaqt javob qaytarishning
samarali tizimini shakllantirish;har yili ommaviy sport va madaniy tadbirlarni
tashkil etgan holda “MDH salomatlik marafoni”ni o'tkazish.huquqiy sohada:
huquqiy axborot almashish uchun MDHning yagona elektron platformasini yaratish
va radikallashuvdan qaytarish sohasidagi hamkorlik dasturini ishlab chiqish; inson
huquqlari sohasida: mehnat migrantlarining hujjatlarini o'zaro tan olishning yagona
mexanizmini yaratish va bu sohada alohida dastur qabul qilish; madaniyat sohasida:
2021
yilda
Toshkentda
“Hamdo'stlik
mamlakatlari
madaniy
merosi”
konferentsiyasini o'tkazish. Ushbu tashabbus BMT Bosh Assambleyasining 75-
sessiyasida BMT doirasida ilgari surilgan - 2021 yilda Xiva shahrida YUNESKO
bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro
forumini o'tkazish to'g'risidagi yana bir tashabbusini mukammal tarzda to'ldiradi.
Ikkala tashabbus ham xalqaro miqyosda O'zbekistonning madaniy aloqalarini
mustahkamlashga
hissa
qo'shadi.Shunday
qilib,
O'zbekiston
COVID-19
koronavirus pandemiyasiga qaramay, MDHga raislik qilish kontseptsiyasini to'liq
16 Karimov I.A. O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O’zbekiston, 2008. 211-bet.
12
amalga oshirdi. MDH doirasida ilgari surilgan O'zbekistonning yangi tashabbuslari
mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi17.
17 Xolboyev S. Milliy mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli. – T.: O’qituvchi, 2015. 253-bet
13
II. 1. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan qardoshlik
munosabatlarining yanada rivojlanishi
Oʻzbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida, mintaqa va
global darajada faol tashqi siyosatni yoʻlga qoʻyib, xorijiy hamkorlar bilan oʻzaro
manfaatli munosabatlarni rivojlantirmoqda. Bunday izchil, aniq va konstruktiv
tashqi siyosatni xalqaro ekspertlar va kuzatuvchilar ham eʼtirof etmoqda. Jahon
boʻylab tarqalgan koronavirus infeksiyasi va global darajadagi inqirozli xavf-
xatarlar davrida ham mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik taʼminlanib,
mintaqa davlatlari va jahon hamjamiyati bilan hamkorlik aloqalarini davom
ettirishga alohida eʼtibor qaratildi. Maʼlumki, Oʻzbekiston tashqi siyosiy
faoliyatining asosiy vazifalaridan biri – oʻz hududi atrofida tinchlik, barqarorlik va
xavfsizlik muhitini shakllantirish hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, Prezident
Shavkat Mirziyoyev qoʻshnilarimiz – Markaziy Osiyo davlatlari bilan doʻstona,
yaqin qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni
asosiy ustuvor tashqi siyosiy yoʻnalish sifatida belgilab berdi. 2020-yil – “Ilm,
maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida
Oʻzbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosiy faoliyatini, jumladan, Markaziy
Osiyo yoʻnalishida ham izchil davom ettirdi. Xususan, Markaziy Osiyo
mintaqasidagi mamlakatlar bilan barcha sohalarda oʻzaro doʻstlik, yaxshi
qoʻshnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni sifat va mazmun
jihatidan yangi bosqichga olib chiqish borasida 2020-yil davomida tashqi siyosiy va
iqtisodiy faoliyat boʻyicha davlat idoralari tomonidan 23 ta oliy darajada va 12 ta
yuqori darajada tashrif va turli tadbirlar amalga oshirildi18.
Bu jarayonda “xalq diplomatiyasi” amalda juda faol boʻlgani kuzatildi.
Xususan, xalq vakillari – olimlar va rassomlar, madaniyat va din arboblari,
ishbilarmonlar va yoshlar, turizm va sport tashkilotlari, jamoat birlashmalari va
nodavlat tashkilotlar ishtirokida 90 dan ortiq turli uchrashuv, anjuman,
videokonfrensiya va boshqa shu kabi tadbirlar oʻtkazildi. Qayd etish joizki, soʻnggi
18 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 132-bet.
14
yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari qoʻshni davlatlar rahbarlari
tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi natijasida Markaziy Osiyoda siyosiy muloqot va
oʻzaro
ishonch
mustahkamlandi.
Davlat
rahbarlarining
Maslahatlashuv
uchrashuvlari yoʻlga qoʻyildi. Natijada mintaqadagi ikki va koʻp tomonlama
hamkorlik darajasi yangi bosqichga koʻtarildi. Xususan, 2017-2019-yillar davomida
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi yillik oʻrtacha 50 foizdan
koʻproqqa oʻsib, 5,2 milliard dollarga yetgan. 2020-yil natijalariga koʻra esa, global
pandemiya sharoitiga qaramay Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan
savdo aylanmasining umumiy hajmi 5 milliard dollarni tashkil etdi. Jumladan,
Oʻzbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Markaziy Osiyo davlatlarining
ulushi 2019-yildagi 12,4 foizdan, 2020-yilda 13,6 foizga oshgan. Oʻzbekistonning
mintaqadagi umumiy tashqi savdo aylanmasida esa Qozogʻistonning ulushi 61 foiz,
Qirgʻiziston – 18,2 foiz, Turkmaniston – 10,6 foiz va Tojikistonning ulushi 10,2
foizni tashkil etdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy
munosabatlarning mana shunday yaxshilanishi, umuman aytganda, mintaqaning
investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yordam berdi. Xususan, 2017-2020-yillar
oraligʻida Oʻzbekiston va mintaqa mamlakatlari oʻrtasida 300 dan ortiq shartnoma,
shuningdek, qariyb 75 milliard dollarga teng shartnoma va bitimlar imzolangan19.
2017-2020-yillar davomida Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga
nisbatan ochiq, konstruktiv, puxta oʻylangan va pragmatik siyosati natijasida suvdan
foydalanish, Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi davlat chegaralarini
delimitatsiya va demarkatsiya qilish, transport kommunikatsiyalaridan foydalanish,
davlat chegaralarini kesib oʻtish kabi murakkab va chalkash muammolarga yechim
topildi. Agar besh yil oldin Oʻzbekiston – Qirgʻiziston davlat chegarasini kuniga
200-300 kishi kesib oʻtgan boʻlsa, global pandemiya taʼsirida joriy qilingan
cheklovlarga qadar bu koʻrsatkich kuniga 30 ming kishiga yetgan. Oʻzbekiston –
Tojikiston chegarasini esa kuniga 20 ming fuqaro kesib oʻtgan. Oʻzbekistonning
Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan olib borayotgan ochiq va konstruktiv
19 Karimov I.A. O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O’zbekiston, 2008. 81-bet.
15
siyosati naqadar toʻgʻri ekanini global pandemiya davrida mintaqa rahbarlarining
oʻzaro yordam va koronavirus tarqalishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha amalga
oshirgan qoʻshma chora-tadbirlari ham isbotladi. Global pandemiya xavfiga
qaramay, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy muloqoti taʼminlandi va
mamlakatlar oʻrtasida faol hamkorlik aloqalari davom ettirildi. Mintaqa davlatlari
koronavirus infeksiyasi tarqalishining dastlabki kunlaridanoq bir-birlariga ijtimoiy
yordam koʻrsatishni boshladilar20.
Oʻzbekiston Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga bir necha bor
gumanitar yordam yubordi. Bunga javoban Qirgʻiziston va Tojikiston singari
qoʻshnilarimiz Sardoba suv omborini tiklash uchun insonparvarlik yordamini
koʻrsatdilar. Shuningdek, 2020-yilning dekabr oyida Oʻzbekiston koʻmagi bilan
Qirgʻizistonda zarur tibbiy jihozlar va mebellar bilan toʻliq jihozlangan 200 oʻrinli
yuqumli kasalliklar shifoxonasi foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari,
pandemiya davrida koronavirusga qarshi kurashda tibbiyot sohasida axborot va
tajriba almashinuvi, oʻzaro gumanitar yordam koʻrsatish, chegaralarda yuklarning
uzluksiz harakatlanishini yoʻlga qoʻyishga erishildi. Bu esa mintaqada dunyoning
boshqa davlatlariga nisbatan koronavirus bilan kasallanish va uning natijasidagi
oʻlim sonining kamligini taʼminlash imkonini berdi. Qolaversa, joriy yil yanvar
oyida Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlari AQSH bilan hamkorlikda mintaqada
iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladigan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash
uchun besh yil ichida kamida 1 milliard dollarga teng mablagʻlarni jalb etish
maqsadida “Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” tashabbusini yoʻlga qoʻydi.
“C5+1” platformasi orqali amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus Markaziy Osiyo
mamlakatlari iqtisodiyotini mustahkamlash va oʻsishini taʼminlash, koʻp tomonlama
aloqalarni chuqurlashtirishga xizmat qiladi21.
20 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
– T.: O’zbekiton, 2007. 232-bet.
21 Xalq so’zi gazetasi. // 1991. 2016. 07. 09.
16
II.2. Mustaqil Oʻzbekistonning Yevropa davlatlari bilan doʻstona tashqi
aloqalari
Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy
ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro
manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda.Bu
jarayonda, ayniqsa, Yevropaning bir qator davlatlari bilan oʻzaro manfaatli
hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YEXHT, SHHT, IHT va
boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan
yangi bosqichga koʻtarildi22.
Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni oʻz
tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb biladi. Soʻnggi yillarda
Oʻzbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari
jadal surʼatlarda rivojlanib borishi natijasida oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi
davri boshlandi, deb aytsak boʻladi. Prezidentimizning Fransiya (2018-yil oktyabr),
Germaniya (2019-yil yanvar) va Turkiyaga (2017-yil oktyabr va 2020-yil fevral)
rasmiy tashriflari tashkil etilib, ularning natijalari boʻyicha siyosiy, savdo-iqtisodiy,
investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga
erishildi. Oʻz navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019-yil may)
va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan (2018-yil aprel) mamlakatimizga
javob tashrifini amalga oshirganini alohida qayd etish joiz.Hozirgi vaqtda Vengriya,
Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi davlatlar bilan bilan oliy
darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har tomonlama ishlar olib
borilmoqda.Soʻnggi bir yil davomida Yevropaning Avstriya, Germaniya, Buyuk
Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya, Shveysariya,
Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Litva kabi mamlakatlari Tashqi ishlar
vazirliklari bilan 20 dan ziyod siyosiy maslahatlashuv oʻtkazildi.Biz soʻnggi
vaqtlarda Yevropa Ittifoqi bilan eng yuqori va oliy darajadagi muloqot ilgari
kuzatilmagan darajada faollashayotganiga guvoh boʻldik. Xususan, 2019-yil may
22 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 182-bet.
17
oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk marotaba Oʻzbekistonga tashrif
buyurdi. Bundan tashqari, YEIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha
endilikda sobiq oliy vakili Federika Mogerini ikki marta (2017-yil noyabr va 2018-
yil mart oylari) respublikamizga tashrif buyurdi. 2020-yilning aprel oyida
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel
oʻrtasida telefon muloqoti oʻtkazildi. Tashqi ishlar vaziri A.Komilov YEIning
Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili, Yevropa Ittifoqi
Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel (2020-yil yanvar oyida Berlin shahrida va
may oyida telefon orqali) bilan ikki marta suhbatlashdi. Muzokaralar chogʻida
Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy,
investitsiyaviy va gumanitar sohalarda koʻp qirrali hamkorlikning dolzarb
masalalari muhokama qilindi.Mazkur muzokaralar chogʻida Yevropa tomoni
iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va investitsiya, transport, ilm-fan, taʼlim va sogʻliqni
saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini
bildirdi23.
Shu oʻrinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yoʻnalishda
hamkorlikni sezilarli tarzda oʻsib, rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab oʻtish
lozim. Jumladan, 2019-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston va YEI mamlakatlari
oʻrtasidagi savdo hajmi 2016-yil bilan taqqoslaganda deyarli 60 foiz oʻsib, 4 milliard
AQSH dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish 1,5 baravar ortgan holda 580 millionAQSH
dollari miqdoriga yetgan boʻlsa, bu davrda import hajmi 1,5 barobar oshdi va 3,42
milliard dollarni tashkil etdi.
Joriy yil yanvar-may oylarida tovar ayirboshlash hajmi 1,315 milliard dollarni, shu
jumladan, eksport 196,6 million dollarni, import 1,11 milliard dollarni tashkil etdi24.
Oʻzaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi va yuqori darajaga koʻtarish
maqsadida rasmiy Toshkent va Bryussel oʻrtasida yangi keng qamrovli ikki
23 Xolboyev S. Milliy mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli. – T.: O’qituvchi, 2015. 163-bet
24 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 423-bet.
18
tomonlama hujjat — Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni
tuzish boʻyicha 2019-yildan boshlab faol muzokaralar oʻtkazilmoqda.Yevropa
Ittifoqi bilan koʻp jabhali muloqotni rivojlantirishga xizmat qilayotgan mazkur
yoʻnalishga, asosan, 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasi
doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar tufayli erishildi.Soʻnggi
yillarda Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan hamkorlikning ijobiy dinamikasi,
shuningdek, Oʻzbekistonning mintaqa davlatlariga nisbatan yaxshi qoʻshnichilik
munosabatlarini mustahkamlash va konstruktiv muloqot orqali barcha masalalarni
hal etishga qaratilgan yangi siyosati asosida Bryussel mintaqaga nisbatan siyosatini
mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sari tubdan qayta koʻrib chiqdi.Bularning
barchasi Bryussel tomonidan Markaziy Osiyo uchun tasdiqlangan (2019-yil iyun
oyida) yangi strategiyada yaqqol namoyon boʻldi. Yevropa tomonining
pozitsiyasiga koʻra, Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar Markaziy Osiyoning
siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishidan, shuningdek, ikki mintaqa oʻrtasidagi
integratsiya aloqalarini faol rivojlantirishdan manfaatdordir.Mintaqamizdagi
barqaror vaziyatni eʼtirof etgan holda, rasmiy Toshkent tomonidan ilgari surilgan
yaxshi qoʻshnichilik siyosati tufayli rasmiy Rim ilk marta “Italiya — Markaziy
Osiyo” formatidagi vazirlar uchrashuvini (2019-yil dekabr) oʻtkazdi. Oʻz navbatida,
Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida rasmiy Parij ham shu
singari muloqotning ikkinchi bosqichini davom ettirishga qaror qildi.2020-yilning
aprel va iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari –
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa Ittifoqi savdo komissari
F.Xogan bilan ikki marotaba videokonferensiya shaklida uchrashuvlar oʻtkazdi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va YEI oʻrtasida kengaytirilgan sherikchilik va
hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim loyihasi boʻyicha kelishish jarayonini faollashtirish
borasida kelishuvga erishildi. Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi
guruhning 4-yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish doirasida amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlarga, shuningdek, Oʻzbekistonning YEI “PBT+” imtiyoz tizimida benefitsiar
mamlakat maqomini olishi jarayoniga alohida eʼtibor qaratildi.Taʼkidlash kerakki,
bugungi kunda COVID-19ning global miqyosda tarqalishi va butun dunyo
19
iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri sharoitida Yevropa Ittifoqi uning salbiy oqibatlarini
bartaraf etish uchun Oʻzbekistonga 30 million yevrodan koʻproq mablagʻ ajratishga
qaror qildi.Bundan tashqari, BMT shafeligida Oʻzbekistonning Orolboʻyi mintaqasi
uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik Trast fondiga Yevropa Ittifoqi 5
million yevro, Norvegiya 1,1 million AQSH dollari va Finlyandiya 1 million yevro
miqdorida mablagʻ ajratdi.Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasi uchun
2014 — 2020-yillarga moʻljallangan begʻaraz yordami toʻgʻrisidagi koʻp yillik
indikativ dasturi doirasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga
oshirish uchun qariyb 168 million yevro mablagʻ ajratildi.Shu bilan birga, biz
Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan
Afgʻonistondagi mavjud vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha olib borayotgan
xalqaro maydondagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdormiz25.
Oʻzbekiston uchun qoʻshni davlatda uzoq kutilgan tinchlikni oʻrnatish ustuvor
ahamiyatga egadir.Biz Yevropa bilan ikki va koʻp tomonlama istiqbolli
munosabatlarni davom ettiramiz. Savdo-sotiq, investitsiya va moliya, yuqori
texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, taʼlim, ekologiya, sogʻliqni saqlash va
madaniyat
sohalaridagi
hamkorlik,
shuningdek,
mintaqaviy
xavfsizlikni
mustahkamlash Oʻzbekiston — Yevropa munosabatlarining asosiy ustuvor
yoʻnalishlari hisoblanadi26.
Mamlakatimizning milliy manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va
uzoq xorijiy davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq,
pragmatik va chuqur o'ylangan tashqi siyosiy yo'nalishni rivojlantirish bo'yicha
muayyan natijalarga erishildi.Muhtaram Prezidentimizning “Yangi O'zbekiston
strategiyasi” asarida “Mamlakatimizning tashqi siyosat sohasidagi muhim ustuvor
yo'nalishi dunyoning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan strategik
sheriklik hamda hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat”
ekanligi ta'kidlandi.Barchamizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
25 Karimov I.A. O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O’zbekiston, 2008. 342-bet.
26 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 154-bet.
20
Qonunchilik palatasining 2022 yil 24 iyundagi qarori bilan «O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi
O'zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyaviy
qonuni
loyihasini
umumxalq
muhokamasiga qo'yish to'g'risidagi qaror qabul qilindi.Konstitutsiyaviy qonun
loyihasida Konstitutsiyaning muqaddimasida ham bir qator o'zgartirish va
qo'shimchalar
kiritilganligini
kuzatish
mumkin.
Ma'lumki,
Konstitutsiya
muqaddimasi uning kirish qismi sifatida u konstitutsiyani qabul qilish maqsadini
o'zida mujassam etadi. Muqaddimada Konstitutsiyaning asosiy qismida batafsil
ochib beriladigan konstitutsiyaviy tuzum belgilari va yo'nalishlari mazmuni
ifodalaydi.Binobarin, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida muqaddima qismida
“O'zbekistonning jahon hamjamiyati va eng avvalo, qo'shni mamlakatlar bilan o'zaro
bir-birini qo'llab-quvvatlash, hamkorlik va hurmat qilish, tinchlik va totuvlik
asosidagi
uyg'un,
do'stona
munosabatlarini
mustahkamlashga
hamda
rivojlantirishga intilib” degan mazmundagi band kiritilgan.Inson huquq va
erkinliklarini xurmat qilish tamoyili. BMT Nizomining 1-moddasida tashkilot
a'zolari orasidagi hamkorlik nazarda tutilib, “inson huquqlari va barchaning irqi,
jinsi, tili va dinidan qat'i nazar asosiy huquqlarining hukumat tomonidan
rag'batlantirilishi va rivojlantirilishi” nazarda tutilgan. Qonun loyihasiga ushbu
tamoyilning kiritilishi inson huquqlariga oid xalqaro huquq normalarini milliy
qonunchilikka implementatsiya qilinishini ta'minlaydi.Tashqi chegaralarning
buzilmasligi (yaxlitligi) tamoyili. Xalqaro huquqning an'anaviy tamoyili bo'lgan
davlat chegaralari daxlsizligi tamoyiliga juda o'xshash bo'lib, davlat chegaralari
daxlsizligi tamoyilining mazmun va mohiyati davlatlarning ma'lum joydagi mavjud
chegara chizig'iga rioya qilish majburiyatlarini o'z ichiga oladi, bu ma'lum joydagi
chegara chizig'ining bemalol o'zgartirilishi va tegishli ruxsatsiz yoki qoidadan
tashqari ravishda uni kesib o'tishga yul kuymaslikning oldini oladi.Davlatlarning
hududiy yaxlitligi tamoyili27.
27 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
– T.: O’zbekiton, 2007. 213-bet.
21
BMTning Nizomi kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid solish, davlatning
hududiy yaxlitligi (daxlsizlik) va har qanday davlatning siyosiy mustaqilligiga
qarshi qo'llanishini ta'qiklab qo'ygan.Inson huquq va erkinliklarini xurmat qilish
tamoyili. BMT Nizomining 1-moddasida tashkilot a'zolari orasidagi hamkorlik
nazarda tutilib, “inson huquqlari va barchaning irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar
asosiy huquqlarining hukumat tomonidan rag'batlantirilishi va rivojlantirilishi”
nazarda tutilgan. Qonun loyihasiga ushbu tamoyilning kiritilishi inson huquqlariga
oid xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishini
ta'minlaydi.Yangi O'zbekistonning har bir davlat bilan tashqi siyosat olib borishdagi
do'stona munosabati, tashqi siyosiy faoliyatning eng muhim vazifalari sifatida
O'zbekistonning xalqaro maydondagi imidji, o'rni va obro'sini mustahkamlashga
qaratilgan barcha davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik
va do'stlik munosabatlarining barqaror tizimini barpo etish, xorijiy mamlakatlar
bilan do'stona, teng huquqli munosabatlarni va o'zaro manfaatli hamkorlikni muttasil
va izchil rivojlantirishga qaratiladi.Yangi O'zbekistoning tashqi siyosatida
tinchliksevar davlat sifatida jahonga yuzlanshi mamlakatimizning tashqi siyosatda
tinchlikparvarlikka asoslangan, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni
faqat tinch, siyosiy vositalar bilan hal etishga qaratilgan yo'ldan boradi.Muhtasar
aytganda, yangi O'zbekistonning tashqi siyosatda do'stona va tinchliksevar davlat
sifatida konstitutsiyaviy e'tirof etilishi uning diplomatik imidjini yanada oshirishda
muhim o'rin tutadi. Shu bois, qonun loyihasidagi Konstitutsiyaning O'zbekiston
tashqi siyosatiga oid normalarga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar xalqaro va
davlatlararo munosabatlarda yangicha yondoshuv va samarali tashqi siyosiy
faoliyatni amalga oshirishni ta'minlashga xizmat qiladi28.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq,
o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning
zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan
vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib
shakllanadi.O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi –
28 Xolboyev S. Milliy mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli. – T.: O’qituvchi, 2015. 113-bet
22
davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini
mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini
shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.
Respublika harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik kursiga sodiq bo'lib, o'z hududida
xorijiy harbiy bazalar va ob'ektlarni joylashtirishga, shuningdek, mamlakat harbiy
xizmatchilarining chet eldagi tinchlikparvarlik amaliyotlarida yoki harbiy
mojarolarda ishtirok etishiga yo'l qo'ymaydi. O'zbekiston barcha qarama-
qarshiliklar
va
nizolarni
faqat
tinch
siyosiy
yo'llar
bilan
hal
qilish
tarafdori.O'zbekiston davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch
bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik; xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish, inson huquqlarini
hurmat qilish va himoya qilish va xalqaro huquqning boshqa umume'tirof etilgan
tamoyilllari va normalari; xavfsizlikning bo'linmasligi, ochiqlik va pragmatizm,
qo'shni mamlakatlar bilan har tomonlama yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini
rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash kabi asosiy
tamoyillarga tayangan holda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo'lida barcha
sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor29.
Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir.Ushbu
maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va
iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish
uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash,
mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish;
- jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik
qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish;
29 Karimov I.A. O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O’zbekiston, 2008. 41-bet.
23
- O‘zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha
xalqaro tashabbuslarini ilgari surish;
- mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish
borasida ko‘maklashish;
- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar
va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish;
- mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish
borasida amaliy yordam ko‘rsatish;
- transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda
hamda xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni
rivojlanishiga ko‘maklashish;
- xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va
manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash;
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash30.
Mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan xalqaro sa’y-
harakatlarda faol ishtirok etishni davom ettiradi. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston
iqtisodiyotini qayta tiklanishiga, uning transport, ishlab chiqarish, energetik va
ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirishga ko‘mak berishda davom etadi. Barqaror
va ravnaq topayotgan Afg‘oniston Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlikning
kafolatidir.MDH malakatlari bilan hamkorlik ham O‘zbekiston tashqi siyosatining
ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur davlatlar bilan respublikamiz tarixan
shakllangan siyosiy, iqtisodiy, transport-kommunikatsion va boshqa aloqalarga ega.
O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tenglik, o‘zaro foydalilik, bir-birining
manfaatlarini hurmat qilish va e’tiborga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama
hamkorlik munosabatlarini qurishni davom etadi.O‘zbekiston Afg‘oniston bilan
aloqalarni kengaytirishni, mazkur mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal
etishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarda faol ishtirok etishni davom ettiradi.
O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklanishiga, uning transport,
30 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 153-bet.
24
ishlab chiqarish, energetik va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirishga ko‘mak
berishda davom etadi. Barqaror va ravnaq topayotgan Afg‘oniston Markaziy
Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlikning kafolatidir.MDH malakatlari bilan hamkorlik
ham O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur
davlatlar bilan respublikamiz tarixan shakllangan siyosiy, iqtisodiy, transport-
kommunikatsion va boshqa aloqalarga ega31.
O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tenglik, o‘zaro foydalilik, bir-
birining manfaatlarini hurmat qilish va e’tiborga olish tamoyillari asosida ikki
tomonlama hamkorlik munosabatlarini qurishni davom etadi.O‘zbekiston Rossiya
bilan 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik hamkorlik, 2005-yil 14-noyabrdagi
Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar hamda 2012-yil 4-iyunda
imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik
hamkorlikni
chuqurlashtirish
to‘g‘risidagi
deklaratsiya
asosida
do‘stona
munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va tadrijiy rivojlantirish ikki
mamlakat manfaatlariga to‘liq mos keladi hamda mintaqadagi tinchlik va
xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ikki tomonlama munosabatlarning eng
muhim vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-
yil 4-5-aprelda Rossiyaga davlat tashrifi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
V.V.Putinning 2018 yil 18-19 oktyabrda O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida
erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir32.
O‘zbekiston Respublikasi global muammolarni hal etishda muhim rol
o‘ynaydigan, yaqin mintaqaviy qo‘shni Xitoy bilan strategik hamkorlikni
kuchaytirish tarafdori. Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish 2012-yil 6-iyundagi
Strategik hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2013-yil 9-
sentyabrdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va
chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyasi hamda 2017 yil 12 maydagi Har
tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to'g'risida
31 Xolboyev S. Milliy mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli. – T.: O’qituvchi, 2015. 313-bet
32 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
– T.: O’zbekiton, 2007. 412-bet
25
qo'shma
bayonotga
asoslangan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 24-27 aprelda «Bir makon, bir yo‘l» Ikkinchi xalqaro
forum doirasida ilgari surgan tashabbus va takliflarni to'liq va o'z vaqtida amalga
oshirish ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi.O‘zbekiston tashqi siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan 2002-yil 12-mart
oyida imzolangan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Strategik sherikchilik va
hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asnosida o‘zaro manfaatli va
konstruktiv hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston AQSh bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan fuqarolik
jamiyati asoslarini mustahkamlash va xalq turmush darajasini yaxshilashga
qaratilgan modernizatsiya jarayoni va islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitiaviy-texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda
hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor33.
Ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlari Afg‘onistonda tinchlik
va barqarorlikni mustahkamlash, transmilliy tahdid va xatarlarga qarshi kurashga
ko‘maklashishdan iboratdir.O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari
bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat beradi. Yevropa
mamlakatlari bilan hamkorlikni asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish,
investitiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim,
ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar
hisoblanadi. O‘zbekiston asosiy e’tiborini Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan
Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa
davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga
alohida e’tibor beradi.Respublikamiz ko‘p asrlik umumiy tarix, yagona til va din,
umumiy qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlarga ega bo‘lgan Turkiya davlati bilan
do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni izchil davom ettiradi.
Mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni, jumladan savdo-
sotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarda rivojlantiradi.Osiyo-Tinch okeani hududi
33 www.arboblar.uz
26
mamlakatlari, xususan Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan hamkorlik
O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi34.
O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan investitsiya, savdo-sotiq, yuqori
texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalaridagi keng qamrovli hamkorlikni davom
ettiradi.O‘zbekiston Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlar – Malayziya,
Indoneziya,
Singapur,
Vetnam
kabi
davlatlar
bilan
hamkorligini
rivojlantiradi.O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakatlari, xususan Hindiston va
Pokiston bilan savdo-sotiq, transport-kommunikatsiya, turizm kabi sohalarda har
taraflama
va
o‘zaro
manfaatli
hamkorlikni
rivojlantirishni
qo‘llab
quvvatlaydi.O‘zbekiston musulmon dunyosi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli
aloqalarni iqtisodiyot, transport kommunikatsiyasi, moliya, investitsiya va sayyohlik
sohalarida, shu jumladan Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki
doirasida faol rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor.O‘zbekiston BMT
ishida faol ishtirok etishni davom ettiradi, hamda uni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni
ta’minlashga, tezkor globallashuv jarayonida davlatlarning barqaror rivojlanishida
ko‘maklashishga
mas’ul
bo‘lgan
yagona
universal
tashkilot
sifatida
ko‘radi.Mamlakatimiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay
hamkorlik tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotlati bilan ushbu
tuzilmalarning mexanizmlaridan zamonaviy muammolar va tahdidlarga qarshi
kurashishda, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda samarali foydalanish
maqsadida o‘zaro sherikchilikni yanada rivojlantiradi.O‘zbekiston xalqaro moliya
institutlari bilan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro
valyuta jamg‘armasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma
investitsiyalari banki va Yevropa investitsiya banklari bilan energetika, transport,
qishloq xo‘jaligi, uy-joy qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish bo‘yicha
yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni
faollashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni olib boradi35.
34 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
– T.: O’zbekiton, 2007. 122-bet.
35 Karimv I.A. Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang. – T.: O’zbekiston, 2008. 411-bet.
27
Xulosa
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyonO‘zbekiston BMT ishida faol
ishtirok etishni davom ettiradi, hamda uni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni
ta’minlashga, tezkor globallashuv jarayonida davlatlarning barqaror rivojlanishida
ko‘maklashishga
mas’ul
bo‘lgan
yagona
universal
tashkilot
sifatida
ko‘radi.Mamlakatimiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay
hamkorlik tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotlati bilan ushbu
tuzilmalarning mexanizmlaridan zamonaviy muammolar va tahdidlarga qarshi
kurashishda, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda samarali foydalanish
maqsadida o‘zaro sherikchilikni yanada rivojlantiradi36.
O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot
banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot
banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Yevropa investitsiya banklari
bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, uy-joy qurilishi, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishda
hamkorlikni faollashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni olib boradi.Bugungi
kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik
aloqalar o‘rnatgan. Toshkentda 44 ta chet el elchixonalari, 1 ta bosh konsullik, 8 ta
faxriy konsullar, 17 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 13 ta xorijiy xalqaro
hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga
ega savdo vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro
tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 55 ta diplomatik va konsullik
vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi
bo‘lib, mamlakatimiz turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro
sherikchilik
aloqalarini
rivojlantiradi.nasi
faoliyat
ko‘rsatmoqda.Xorijiy
mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 55 ta
diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud.
36 Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
– T.: O’zbekiton, 2007. 332-bet.
28
Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi qonunlari
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2003. 285
bet.
Prezident asarlari
1.
Karimov I.A. O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O’zbekiston,
2008. 431 bet.
2.
Karimov I.A. Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang. – T.:
O’zbekiston, 2008. 411 bet.
3.
Karimov I.A. Buyuk maqsad yo`lidan og`ishmaylik. – T.: O’zbekiston,
2013. 213 bet.
4.
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiton, 2007. 421 bet.
5.
Karimov I.A. Ona yurtiiz baxt-u iqboli va kelajagi yo’lida xizmat qilish
– eng buyuk saodatdir. – T.: O’zbekiston, 2015. 453 bet.
Asosiy adabiyotlar
1.
Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr,
2019. 62-bet.
2.
Shamsutdinov R. Karimov Sh. Vatan tarixi.Uchinchi kitob. – T.: Sharq,
2000. 540 bet.
3.
Jo’rayev N. Fayzullayev T. Mustaqil O’zbekiston tarixi. T.: Sharq,
2000. 220 bet.
4.
Bo’riyev O. O’zekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning
tarixiy merosu. T.: O’zbekison, 2010. 321 bet.
5.
Xolboyev S. Milliy mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli. – T.:
O’qituvchi, 2015. 213-bet
6.
Asqarov A. O’zbek xalqining kelib chiqish tarixi. T.: O’zbekiston,
2015. 324 bet.
7.
O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 1-12- jildlar. T.: O’zbekiston
milliy ensiklopediyasi, 2000-2006.
29
8.
Shamsutdinov R., Karimov Sh. O’zbekiston tarixidan materiallar.
Uchinchi kitob. T.: Akademnashr, 2018. 432 bet.
9.
Mualliflar jamoasi: O’zbekistonning tarixi. Birinchi kitob. T.: Sharq,
2000. 231 bet.
10. Azamat Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: Sharq, 2000. 410 bet.
Davriy matbuot nashrlari
1.
Xalq so’zi gazetasi. // 1991. 1997. 21.10.
2.
Xalq so’zi gazetasi. // 1991. 2016. 07. 09.
Internet saytlari
3.
www.xorazmiy.uz
4.
www.arboblar.uz
5.
www.O’zLiDep.uz
30
31