O‘ZBEKISTON SANOATINING HUDUDIY TASHKIL ETILISHIGA TASIR QILUVCHI OMILLAR
Yuklangan vaqt
2024-02-25
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
26
Faytl hajmi
1,7 MB
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA GEOINFORMATSION TIZIMLAR FAKULTETI
“O’ZBEKISTON GEOGRAFIYASI” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: O‘ZBEKISTON SANOATINING HUDUDIY TASHKIL
ETILISHIGA TASIR QILUVCHI OMILLAR
Qabul qildi: ______________________________
Toshkent -2023
1
MUNDARIJA
Kirish
…
3
I BOB. Sanoat tarmoqlarining hududiy joylashishi, rivojlanishiga tabiiy
va iqtisodiy omillarning ta’siri….……………………………….....
4
1.1
Sanoat tarmoqlarini joylashtirishda hududning ahamiyati……....…..
4
1.2
Tabiiy boyliklar, iqlim, suv bilan ta’minlanish imkoniyatlari,
organik. olam. Sanoatning tabiatga ta’siri……………….……………
5
1.3
Sanoatning rivojlanishida aholining tutgan o‘rni……………………. 7
1.4
Sanoat tarmoqlarini joylashtirishda shaharlarning roli va
ahamiyati…………………………………………………………….
8
II.BOB O‘zbekiston sanoatining hududiy tashkil etilishiga tasir qiluvchi
omillar…………………...…………...……………….…….………..
10
2.1
O`zbekiston Respublikasi sanoatini hududiy tashkil etishda tabiiy
omillarning ta’siri………………………………………….....………
10
2.2
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’siri……..……………………………….
12
2.3
Sanoatning hududiy va davriy tashkil etish xususiyatlari……...…….. 20
Xulosa………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………
25
27
2
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. O’zbekiston iqtisodiy salohiyatini shakllanishi
va yuksalishida eng avvalo sanoat ishlab chiqarishining o`rni salmoqlidir.
Viloyatlardagi
mavjud
sanoat
o`zining
hududiy
mujassamlashuvi
va
ixtisoslashuviga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Biroq, bunday tafovutlar uncha
kuchli emas. Viloyatlar sanoatining tarmoqlar bo`yicha tahlili shundan dalolat
beradiki, barcha hududlarda ko`proq yengil va oziq-ovqat sanoatlari nisbatan
yaxshi rivojlangan. Shu bilan birga ayrim viloyatlarda tog`-kon, kimyo,
mashinasozlik va qurilish materiallari sanoati ham biroz taraqqiy etgan. Chunonchi
rangli metallurgiya Navoiy, Toshkent va qisman Jizzax viloyatlarida, qora
metallurgiya asosan Toshkent viloyatida, kimyo sanoati Toshkent, Navoiy va
Farg`ona viloyatlarida mavjud. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati
Toshkent, Andijon va qisman Namangan hamda Samarqand viloyatlarida, qurilish
materiallari sanoati Toshkent Farg`ona, Navoiy viloyatlarida rivojlangan.
Kurs ishining maqsadi. Kurs ishini yozib, tahlil qilishdan asosiy maqsad
O’zbekiston sanoatini hududiy tashkil etishga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish.
Kurs ishining obyekti. O‘zbekiston sanoatining hududiy tashkil etilishi.
Kurs ishining predmeti. «sanoatni joylashtirish omillari», «sanoatni
ijtimoiy tashkil etish shakllari», «sanoatni hududiy tashkil etish shakllari»
tushunchalarining mazmuni ochib berish.
Kurs ishining vazifalari • sanoat tarmoqlarining joylanish, tamoyil va
qonuniyatlarini
o‘rganish,
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
ishlab
chiqarish
kuchlarining hududiy tashkil qilish xususiyatlari va bu borada davlatning
mintaqaviy siyosatini o‘rganish, sanoat geografiyasiga doir ilmiy tadqiqotlami
tashkil etish, mehnat taqsimoti, iqtisodiy rayon, sanoat tugunlari va markazlari,
tarmoqlararo majmualar haqida tushuncha berish;
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Kurs ishining to’liq matni 27 betdan
iborat.
3
I.BOB. Sanoat tarmoqlarining hududiy joylashishi, rivojlanishiga tabiiy
va iqtisodiy omillarning ta’siri
1.1. Sanoat tarmoqlarini joylashtirishda hududning ahamiyati
Sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ko‘pgina omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy sharoit - jamiyatning ishlab chiqarish faoiiyati natijasida yaratilgan
sharoitlar: aholi guruhlari va ulaming ishlab chiqarish ko‘nikmalari, aholi
punktlari, sanoat korxonalari, sanoat markazlari mavjudligi va joylashishi,
hududlar va markazlarning rivojlanish darajasi va sanoat tuzilmasi, transport va
transport tarmoqlari va boshqalar. Iqtisodiy sharoit sanoat rivojiga va
joylashishiga, ba’zan esa atrof-muhit sharoitlariga nisbatan ham juda katta ta’sir
kо‘rsatadi. Iqtisodiy geografik o‘rin. Iqtisodiy-geografik o‘rin odamlar (shaharlar,
korxonalar, aloqa vositalari, transport yo‘llari va h.k.) mehnat faoliyati natijasida
yuzaga kelgan va ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadigan hamda tabiiy obyektlarga
nisbatan pozitsiyani tashkil etuvchi iqtisodiy obyektlar (yaqin va uzoq) munosabati
(xomashyo va energiya resurslari, tabiiy qurilish materiallari, suv manbalari, tabiiy
o‘simliklar, toza havo va h.k.).
4
Sanoat korxonalarini joylashtirishni rejalashtirishda sanoat va uning
iqtisodiy samaradorligi, sanoat markazlari va tugunlami rivojlantirishga ko‘pincha
hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan hududlar va punktlaming iqtisodiy hamda
geografik joylashuvini atroflicha hisobga olish va to‘g‘ri baholash zarur. Iqtisodiy-
geografik o‘rin va uning bahosi o‘zgarishsiz qolmaydi, lekin uning holati
baholanadigan obyektning iqtisodiy rivojlanishi va unga nisbatan baholanadigan
obyektlar natijasida o‘zgaradi. Sanoat va transport sohasida texnik baholash,
xomashyo va energiyani ishlatish uchun yangi imkoniyatlar yaratib berish, yangi
iqtisodiy aloqalami yo‘lga qo'yish, tovarlar va odamlaj tashilishini tezlashtirish
hamda kamaytirish iqtisodiy va geografik vaziyatni baholashga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
1.2. Tabiiy boyliklar, iqlim, suv bilan ta’minlanish imkoniyatlari,
organik. olam. Sanoatning tabiatga ta’siri
Atrof-muhitnirig ifloslanishiga eng awalo ishlab chiqarish tarmoqlarining
joylashi.shi ta’sir etadi. Bu xususda sanoat ishlab chiqarishi oldinda turadi. Ammo
barcha sanoat tarmoqlarining ekologik jihatdan «xavfsizligi» bir xil emas. Tog‘-
kon sanoati natijasida texnogen landshaftlar vujudga keladi, yomon yerlar paydo
bo‘ladi, joy relyefi, geomorfologiyasi buziladi. Bunday sanoat rayonlarida
shakllangan hududiy majmualar yaxlit birlikka ega emas, ularda transport va
boshqa aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini tashkil qilish murakkablashadi. Shu
bilan birga, tog‘-kon sanoati rayonlarida yerosti bo‘shliqlari vujudga keladi,
ayniqsa, temir rudasi, qo‘ng‘ir ko‘mir, turli tuz konlari va boshqalami ochiq usulda
(karyerlarda) qazib olishda landshaftning tabiiy «qiyofasi». buzir ladi, qimmatbaho
va serhosil tuproq, unumdor ekin maydonlari qishloq xo‘jaligi foydalanishidan
chiqib ketadi, Elektr energetikaning ekologik xususiyatlari ham o‘ziga xos.
Masalan, suv elektr stansiyalari, umuman olganda, ekologik jihatdan toza, bezarar
korxona hisoblanadi. Ular faqat suv omborlari uchun katta yer maydonlarini talab
qiladi, xolos. Qolgan masalalarda esa bunday elektr stansiyalar atrof ekologiyasini
yaxshilaydi. Ayni vaqtda issiqlik elektr stansiyalarining ekologik oqibatlari ancha
salbiy.
5
Xususan, shahar ichkarisidagi IESlar, yirik shaharlar yaqinida joylashgan
IESlar atrofga yomon ta’sir qiladi - zaharli gazsimon tutunlar atmosfera havosini
ifloslantiradi, yonilg’i yondirilgandan qolgan chiqindi kullar esa suii*iy tepaliklami
hosil qiladi. Shuning uchun katta quwatga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalari
joyning relyefi, shamol yo‘nalishi va boshqa meteorologik omillami hisobga olgan
holda qurilishi kerak. Tadqiqotlarga ko‘ra, respublikamizdagi yirik Sirdaryo, Yangi
Angren kabi IES asosida vujudga kelgan sanoat majmualarining havosi va suv
tarkibi o‘zgargan, tuproq qatlami, ekin maydonlari va hayvonot dunyosi ancha
zarar ko‘rgan. Qora va rangli metallurgiya ham ekologik nuqtai nazardan «toza»
emas. Yirik qora metallurgiya korxonalari atrofida katta miqdorda shlaklar hosil
bo‘ladi (domna pechining chiqindisi), shahar havosi va suvi ifloslanadi. Ayniqsa,
rangli metallurgiyaning tabiatga salbiy ta’siri kuchli. Jumladan, yirik tog‘-
metallurgiya kombinatlari yaqinida radioaktiv ifloslanish xavfi vujudga kelishi
ham mumkin. Ma’lumki, rangli metallar odatda kompleks holda uchraydi. Ularni
qazib olish va qayta ishlashda gazsimon chiqindilar ko‘p ajraladi. Masalan, mis
yoki qo‘rg‘oshin eritish zavodlaridan katta hajmda oltingugurt gazi chiqadi, uni
qayta ishlash asosida oltingugurt kislotasini olish mumkin. Umuman, qora va
rangli metallurgiyada ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash, ulardan
foydalanish (utilizatsiya qilish) iqtisodiy va ekologik jihatdan olta muhimdir.
Sanoat tarmoqlari ichida kimyo sanoatining suv, havo va tuproqqa, inson
salomatligiga ta’siri eng kuchli. Xususan, sintetik tola, kauchuk, ammiak, qishloq
xo‘jaligi zararkunandalari uchun turli gerbitsid va zaharli moddalar, mineral
o‘g‘itlar ishlab chiqarish ekologik jihatdan xavflidir. Mashinasozlik zavodlarining
ekologik xavfi uncha yuqori emas. Ammo ular yirik suv elektr stansiyalari kabi
katta yer maydonini talab qiladi. Shu bois bunday korxonalaming, ayniqsa,
sug‘orma dehqonchilik rayonlarida joylashtirilishi puxta asoslashni talab qiladi.
Selluloza-qog‘oz sanoati atrof-muhitoi, eng awalo suvni, sement sanoati esa shahar
havosini chang va chiqindilar bilan ifloslantiradi. Bularga nisbatan yengil hamda
oziq-ovqat sanoati korxonalarining ekologik ta’siri kamroq. Biroq paxta tozalash,
6
konserva, vino zavodlarining yaqin atroflarida ekologik muhit o‘zgarishini ham
inkor etish noto‘g‘ri.
Hozirgi
kunda
respublikamiz
va
alohida
viloyatlar
xo‘jaligini
sanoatlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki aynan sanoat makro-iqtisodiy
yoki real iqtisodiy sohalar ichida eng muhimi sanaladi. Biroq sanoat korxonlarini
joylashtirishda ulami tashkil etish shakllari, ya’ni ixtisoslashuv, mujassamlashuv,
kooperatsiya va kombinatlashuvga jiddiy ahamiyat bennoq zarur. Bir vaqtlar,
ayniqsa, o‘tgan asming 30-50-yillarida yirik, gigant sanoat korxonalarining
quvurlaridan chiqayotgan tutun hajmi bilan faxrlangan bo‘lsak, bugungi kunda
ulardan xavotirlanamiz. Shu bois hozirda ekologik jihatdan toza, kichik va o‘rta
sanoat korxonlarini barpo etish, ulami zamonaviy (chiqindisiz) texnologiyalar bilan
ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
1.3. Sanoatning rivojlanishida aholining tutgan o‘rni
Asosiy ishlab chiqarish kuchlari bo‘lgan odamlar sanoatni rivojlantirish va
joylashtirish uchun eng muhim shartlardan biri hisoblanadi. Tabiiy resurslami
o‘zlashtirish, sanoat korxonalarining normal faoliyat yuritishi uchun tegishli ishlab
chiqarish qobiliyatiga (mehnat resurslariga) ega bo‘lgan mehnatga layoqatli
kishilaming ma’lum soni talab qilinadi. Mintaqa aholisining kamligi, zarur mineral
xomashyo resurslarining mavjud emasligi, tabiiy resurslami o‘zlashtirish va
sanoatni rivojlantirish juda qiyin kechadi yoki imkonsiz boiadi. Hududlaming
tabiiy resurslari teng bo‘lgan sharoitlarda aholi zich joylashgan hududlar
muvaffaqiyatliroq rivojlanmoqda. Sanoatning ayrim sohalari turli darajadagi
mehnat intensivligi bilan ajralib turadi, ya’ni ishlab chiqarish birligiga har xil
miqdorda mehnat talab etiladi. Natijada, mehnat bilan kam ta’minlangan
hududlarda (misol uchun, Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) kam
mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishning katta imkoniyatlari va rivojlanish
istiqbollari mavjud. Aksincha, aholi zich joylashgan, xomashyo va yonilg‘i
zaxiralari tanqis hududlarda ishclii kuchi bilan ta’minlangan eng ko’p mehnat talab
qiladigan tarmoqlar rivojlanmoqda.
7
Aholi sanoatda nafaqat asosiy ishlab chiqarish kuchi sifatida, balki uning
mahsulotlarini iste’molchisi sifatida ham ta’sir qiladi. Mahsulotlari xalq
iste’moliga mo‘ljallangan va kam transportabelli yoki uzoq muddat saqlab
bo‘lmaydigan sohalar aholisi zich hududlar va ulaming mahsulotlarini
iste’molchilari markazlashgan punktlarda joylashtiriladi. Sanoat tarmoqlarini
joylashtirsh nazariyasi turli mamlakatlar olimlarining asarlarida ham atroflicha
ko‘rib chiqilgan (Germaniyada V. Rosher, Angliyada E. Ross, Italiyada A. Loria
va boshqalar). Iqtisodchi A. Loriya alohida ishlab chiqarish korxonasini
joylashtirishda ishchi kuchining imkoniyatlarini hisobga olishga e’tibor qaratgan.
U mehnat sig‘imi yuqori sanoat tarmoqlari aholi zichligiga ega va qishloq xo‘jalik
hududlariga yaqin joylashishi kerak, deydi.
1.4. Sanoat tarmoqlarini joylashtirishda shaharlarning roli va
ahamiyati
Nemis iqtisodchisi va sotsiologi A. Sheffl sanoat katta shaharlarda va
bevosita ulaming yaqinida joylashishi kerak («Shefflning gravitatsion modeli»)
degan xulosaga kelgan. Ushbu nazariyaga ko‘ra, katta shaharlar sanoatni olziga
«tortadi», uning tortishish kuchi ular orasidagi masofa kvadratiga teskari
proporsionaldir deydi. Shaharlar katta bo‘lgani sari sanoatni lokalizatsiyalash
kuchliroq, sotuv bozorlariga yaqin bo‘ladi. Bu modeldan chetlashish sanoatga
xomashyo manbalari va yonilg‘iga yaqin joylashishni talab etadi. Katta shahar
aholisi, shu jumladan, malakali ishchi xodimlar, sanoatni joylashtirishga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Sanoat markazlari bo‘lgan shaharlar, boshqa tomondan, sanoatni
joylashtirish uchun qulay. Rivojlangan sanoat markazlarida joylashgan yangi
korxonalar ko‘p va kam darajada mavjud bo’lgan ishlab chiqarish va energetika
bazasi, kommunal xizmatlar, suv ta’minoti, sun’iy suv havzalari, uy-joy va
madaniymaishiy muassasalar, transport tarmoqlari, omborxonalar va boshqalardan
foydalanadilar. Bunday sharoitda yangi korxonalami qurish uchun investitsiya va
ulaming xarajatlari kamayadi, ulami xomashyo, yordamchi materiallar va energiya
bilan
ta’minlash
shartlari
yaxshilanadi,
korxonalar
iktisoslashuvi
va
8
kooperatsiyalashuvi, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash uchun yangi
imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Natijada sanoatning ma’lum sohalarida va ishlab chiqarish punktlarida
rivojlanish va konsentratsiyalash natijasida yaratilgan shart-sharoitlar yangi sanoat
korxonalarini joylashtirish uchun juda muhim omil bo‘ladi. Biroq yirik sanoat
shaharlarida sanoaming ortiqcha konsentratsiyasi va aholining markazlashuvi
darajasi oitishining sezilarli salbiy jihatlari mavjud. Tabiiy sharoitlardan
foydalanishda katta bosim tug‘diradi. Suv ta’minoti yanada murakkablashadi va
qimmatga tushadi, Shuningdek, oqova suv, sanoat, maishiy chiqindilami yo‘q
qilish va tozalashni amalga oshirish muammoga aylanadi. Atmosferaning tozaligini
saqlab qolish juda qiyin masala bo‘lib qoladi. Korxonalami ishchi kuchi bilan
ta’minlashda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. ishchilaming ish joylariga boradigan
o‘rtacha masofa ortadi va hokazo. Shu bois, mamlakatimizdagi yirik shaharlarda
sanoatning ortiqcha konsentratsiyasi bolyicha umumdavlat chora-tadbirlari amalga
oshirilmoqda, ayni paytda o‘rta va kichik shaharlarda sanoat korxonalarini qurish
orqali uning rivojlanishini tezlashtirish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Bu tabiiy
sharoit va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga yordam beradi.
Katta sanoat korxonalarining faoliyati barcha turdagi tovarlar: xomashyo,
yonilg‘i, yordamchi materiallar, asbob-uskunalar, qurilish materiallari va tayyor
mahsulotlaming katta hajmlarini tashishni talab qiladi. Bu transport vositalariga
yuqori talablar qo‘yadi va transportning ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda
joylashtirishga bo‘lgan ta’siri ortadi. Yangi sanoat qurilishi hali o‘zlashtirilmagan
hududlarda amalga oshirilsa, temiryo‘llami yotqizish bilan boshlanadi. Bu qurilish
xarajatlarini oshiradi. Tabiiyki, mavjud aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyati
sanoat uchun juda foydali. Natijada transport tarmog‘i, ayniqsa, transport
yo‘nalishlarining kesishish nuqtalari yoki turli xil transport-temiryo‘1 uchastkalari,
temiryo‘1 tarmog‘iga ulangan dengiz va daryo portlari sanoat ishlab chiqarishga
katta ta’sir ko‘rsatadi. Transport tarmog‘i va uning geografik joylashuvi sanoat
korxonalarining joylashishi va ulaming samarali ishlashi uchun juda muhimdir.
9
II.BOB. O‘zbekiston sanoatining hududiy tashkil etilishiga tasir
qiluvchi omillar
2.1. O`zbekiston Respublikasi sanoatini hududiy tashkil etishda tabiiy
omillarning ta’siri
Sanoatni joylashtirish o’ziga xos xususiyatiga ega. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida tadbirkor albatta foydali, qo’shimcha daromadni ko’zlaydi, davlat esa
ish o’rinlarini ko’paytirish, mehnat resurslarini band qilish, ijtimoiy va ekologik
muammolarni ham qilish, hududlar rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirishga
intiladi. Demak, bunday vaziyatda har ikki yo’nalishni muvofiqlashtirgan holda
masalani yechish talab etiladi.
Sanoatni joylashtirish uchun eng avvalo joy, ya‘ni yer, maydon kerak. Biroq,
buning uchun har qanday joy ham to’g’ri kelavermaydi. Qolaversa, hudud ham har
qanday korxona yoki ekinlarni «istamaydi»va aksincha, xo’jalikning barcha
tarmoqlari ham to’g’ri kelgan joyga o’rnashtirilmaydi. Agar ishlab chiqarish yer,
maydonning imkoniyati va sharoitidan qat‘iy – nazar joylashtirilsa, u holda
geografik nomuvofiqlik vujudga keladi, tabiatning xususiyati inkor etiladi, «soch
teskarisiga taraladi». Ayni vaqtda xo’jalik tarmoqlarini to’g’ridan – to’g’ri,
xohlagan joyda tashkil etilsa, u ko’zda tutilgan iqtisodiy manfaatlarga olib
kelmasligi, ekologik muammolarga, ortiqcha harajatlariga sabab bo’lishi aniq.
Ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda ham hudud, ham
tarmoq xususiyatlari inobatga olishini zarur.
Tabiatda, go’yoki yer maydonining muayyan joylari aynan qandaydir
xo’jalik tarmog’ini joylashtirish uchun yaratilgandek. Boshqacha qilib aytganda,
har bir joyning o’ziga xos va o’ziga mos funktsiyasi mavjud. Binobarin, hudud
«nafasi va haroratini» chuqur his qila olish, joy xususiyatini atroflicha o’rganish
talab etiladi. Tajribalar shundan dalolat beradiki, cho’l mintaqasini haddan tashqari
o’zlashtirib, sug’orma dehqonchilikni rivojlantirish ko’p o’tmay o’z o’chini
olmoqda – tuproq ikkilamchi sho’rlanib, katta – katta maydonlar qishloq xo’jalik
oborotidan chiqib ketmoqda. Ayni chog’da chorva mollari yem – xashaksiz,
10
yaylovsiz qolmoqda. Demak, cho’llarning bir qismi cho’lligicha qolib, yaylovlar
o’z vazifasini o’tagani maqsadga muvofiq ekanligi sezilmoqda.
Ijtimoiy hayotda har kishi o’z ishini, vazifasini bajarganidek, tabiatda ham
har birj oy o’ziga muvofiq xo’jalik korxonasini joylashtirishi kerak. Bu o’rinda, joy
yoki hududning sig’imi to’g’risida fikr bildirish lozim. Gap shundaki, har bir joy
xo’jalik va aholini muayyan miqdorda sig’dira oladi, undan ortig’i esa tabiiy
muvozanatni, ekologik vaziyatni buzadi. Ammo bu sig’im darajasi, ko’lami birday
bo’lmaydi va balki doim o’zgarib turadi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga turli omillar ta‘sir qiladi.
Modomiki, ta‘sir etuvchi omillar ko’p ekan, so’z ularning ta‘sir darajasi to’g’risida
borishi kerak. Shu nuqtai – nazardan muayyan tarmoqlar yoki korxona uchun bir
yoki ikki omil hal qiluvchi ahamiyatga ega, qolganlari esa ikkinchi, uchinchi va
hokazo darajali hisoblanadi, asosiy maqsad esa ana shu asosiy omilni aniqlashdan
iborat bo’lmog’i lozim.
Umuman aytganda, har bir korxona yoki qishloq xo’jaligi ekini uchun
ma‘lum miqdorda xom – ashyo, yer, suv, harorat, ishchi kuchi, texnika vositalari,
elektr energiyasi, transport va boshqalar kerak. Bu omillarni shartli ravishda tabiiy
va ijtimoiy – iqtisodiy omillarga ajratish mumkin.
Tabiiy omillarga ega avvalo yer va uning ustki tuzilishi, qazilma boyliklar,
iqlim, suv, harorat, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Bu xususda tabiiy
geografik bilimlar zarur bo’ladi. Biroq, tabiiy geografiya uchun tabiat
komponentlarining kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish talab qilinsa,
iqtisodiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyotda ana shu qonuniyatlarga tayangan
holda bu komponentlardan xo’jalik faoliyatida foydalanish yo’llarini o’rganish
lozim bo’ladi. Shu jihatdan, tabiiy sharoit va boyliklarga baho berish, tabiiy va
iqitisodiy geografiya (mintaqaviy iqtisodiyot) o’rtasidagi «ko’prikdir».
Ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadida tabiiy komponentlar avval
«donalab» tahlil qilinadi va baholanadi. So’ngra asosiy e‘tibor tabiiy boyliklarning
hududiy birikmalariga qaratiladi. Bu esa, ob‘ektga kompleks, ya‘ni atroflicha
yondoshuvni taqozo etadi.
11
Yana shuni ta‘kidlash kerakki, ma‘lum bir tabiiy komponent qaysi bir
xo’jalik tarmog’iga sharoit bo’lib xizmat qilsa, boshqasi uchun u resurs «ya‘ni
boyliklardir». Masalan, yer qishloq xo’jaligida resurs, boshqa tarmoqlar sanoat,
transportda u asosan sharoit vazifasini o’taydi. Ob – havo, harorat ham xudi
shunday. Yoki rekreatsiya sohasini olaylik: bu yerda quyosh nuri, suv, qumlik,
o’rmonzor sharoit emas, balki resurs hisoblanadi va h.k. Shu bilan birga ilmiy
texnika taraqqiyoti natijasida sharoit resursga aylanishi ham mumkin. O’z –
o’zidan ma‘lumki, ishlab chiqarishni joylashtirishda, yoki aniqrog’i – joy tanlashda
avvalambor resurs xisobga olinadi.
Hudud bo’yicha mutaxassis unga atroflicha baho bera olishi, qaysi soha
qulay, qaysinisiga esa noqulayligini aniqlash kerak. Unutmaslik kerakki: tabiatda
umuman yomon joy yo’q, balki nodon mutaxassis bor; har bir joy nima uchundir
qulay ekanligini aniqlashdan iborat.
Masalan, yer usti tuzilishining (relef) tekislik yoki tog’likdan iboratligi
xo’jalikning bir tarmog’i uchun qulaylik tug’dirsa, ikkinchisidan qiyinchilikni
vujudga keltiradi. Chunonchi, agar hudud tekislik bo’lsa, u holda bu yer qishloq
xo’jaligi, sanoat transport va aholini joylashtirish juda qulay. Lekin, Ayni paytda
bunday sharoitda daryo va daryochalar mo’l (ko’priklarni ko’plab qurish kerak), bu
daryolarda yirik elektr stantsiyalarini qurish sharoiti yo’q. Tog’lik bo’lsa, bu yerda
dam olish, tog’ – kon sanoati, suv energetikasi, o’rmon xo’jaligini rivojlantirish
mumkin. Ammo bunday sharoit sug’orma dehqonchilik, qayta ishlash sanoati,
aholi manzilgog’larini joylashtirish uchun qulay emas. Shunga o’xshash misollarni
juda ko’plab keltirish mumkin.
2.2. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’siri
Ijtimoiy – iqtisodiy omillar aholi va mehnat resurslari, transport, ilmiy –
texnika taraqqiyoti, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasi kabilardan tashkil
topadi. Aholi ayni vaqtning o’zida ham yaratuvchi, ham iste‘molchi bo’lganligi
sababli uning barcha demografik ko’rsatkichlari – aholi soni, o’sishi, zichligi, yosh
va jinsiy tarkibi hisobga olinadi. Jumladan, aholi soni iste‘mol mollar ishlab
chiqarishda, ko’p yoki kam mehnat talab qiladigan korxonalarni qurishda
12
ahamiyatlidir. Uning yosh va jinsiy tarkibi turli xo’jalik tarmoqlarini
joylashtirishga (sog’liqni saqlash, maorif, aholiga xizmat ko’rsatish, og’ir yoki
yengil sanoat va h.k.) o’z ta‘sirini ko’rsatadi.
Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida, (talab va taklif), raqobat, u yoki bu
mahsulot ishlab chiqaradigan makonni, bozor muhitini belgilaydi. Binobarin,
talabning nafaqat miqdor jihatdan o’sib borishini, balki uning xususiylashuvini,
sifatini e‘tiborga olish, ixcham, harakatchan, boshqarishi oson bo’lgan kichik va
o’rta korxonalarni joylashtirish o’tish davri uchun ayniqsa xosdir. Shu boisdan
ham hozirgi vaqtda o’rta kichik biznesni rivojlantirishga katta e‘tibor berilmoqda.
Ishlab chiqarish tarmoklarini hududiy tashkil qilishda joyning iqtisodiy
geografik o’rniga ham ahamiyat bermoq zarur. Agar tanlangan joy yoki geografik
nuqta transport bilan yaxshi bog’langan bo’lsa, xom ashyo iste‘mol rayonlarga
yaqin, elektr energiya va qurilish materiallari ham uzoq bo’lmasa, bu yerda
joylashtirilgan korxona albatta katta iqtisodiy samara beradi.
Joyning, ayniqsa shaharning iqtisodiy geografik o’rni aksariyat hollarda uning
iqtisodiy ixtisoslashuvini belgilab beradi. Masalan, Bokobodda O’zbekiston
metallurgiya zavodining joylashtirilganligi, Yangier yoki Qarshida qurilish
materiallari sanoatining rivojlanganlik sababini ularning iqtisodiy geografik o’rni
orqali izohlash mumkin. Guliston yoki Termizning nisbatan sust rivojlanganligi
ham ma‘lum darajada ularning geografik va geosiyosiy o’rinlariga bog’liqdir.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart – sharoitlar, omillar
hisobga olinadi. Lekin ma‘lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar
emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol o’ynaydi.
Jumlandan,
mashinasozlik
tarmog’iga
kiruvchi
ba‘zi
bir
korxonalarni
joylashtirishda xom ashyo (metall) ko’proq ahamiyatga ega bo’lsa, boshqasi uchun
malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi.
Xom ashyo omili. Ma‘lumki, barcha mahsulot xom ashyosiz yaratilmaydi.
Ammo ayrim mahsulotlarni olish uchun xom ashyo boshqalariga qaraganda
ko’proq sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga
13
ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar ashyo rayonlariga yaqin
joylashtiriladi.
Sanoatning ba‘zi tarmoqlari, masalan, tog’ – kon, o’rmon, baliqchilik sanoati
tarmoqlarining joylashuvi xom ashyo bo’lmagan rayonlarda rivojlanmaydi.
Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy
boyliklar geografiyasi bilan belgilanadi. Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy
tashkil etilishi esa biroz murakkabroq tusga ega. Bu borada bir qator fakt va
raqamlar keltirish o’rindi. Masalan, 1 t paxta tolasini olish uchun taxminan 3 t xom
paxta, 1 t paxta yog’i uchun 5 t chigit, 1 t pista yog’i uchun 3 t kungaboqar, 1 t
shakar uchun 7 t qand lavlagisi ishlatiladi. Ushbu raqamlarni nisbiy (foiz)
ko’rinishida berish foydali holi emas. Chunonchi, paxta tolasining oq paxtadan
chiqishi 32 – 33 foiz, paxta yog’ining chigitdan olinishi 19 – 20, shakarni qand
lavlagidan tayyorlash 14 – 15 foiz va shunga o’xshash. Demak, bu korxonalar xom
ashyo rayonida yoxud unga yaqin maskanda joylashtirilishi shart.
Mineral o’g’itlar ichida kaliy o’g’itini ishlab chiqarish geografiyasi batamom
xom ashyo omili bilan belgilanadi, chunki uni olish uchun ko’p miqdorda kaliy
tuzi sarflanadi. Masalan, shu boisdan kelajakda Dehqonobod tumanida mavjud
kaliy xom ashyosi hisobiga kaliy o’g’iti ishlab chiqaradigan zavod qurilishi
rejalashtirilayotgani fikrimizning isbotidir.
Xom ashyoga asoslangan sanoat tarmoqlarining geografiyasini o’rganish eng
avvalo mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi. Xom
ashyo
omiliga asoslanib ishlab chiqarishning hududiy tashkil etish masalalari tabiiy
boyliklardan oqilona foydalanish, atrof – muhit tozaligini saqlash muammolarini
hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Yoqilg’i omili – issiqlik elektr stantsiyalari, qora metallurgiya sanoatining
dastlabki – cho’yan eritish (domna pechida) bosqichini joylashtirishda asosiy rol
o’ynaydi. Ammo uning ta‘siri har doim ham yetakchi kuchga ega emas. Issiqlik
elektrostantsiyalari yoki metallurgiya zavodlari iste‘mol rayonlarida ham
joylashtirilishi mumkin. Bunday hol neft va uning mahsuloti mazut, tabiiy gaz
14
asosida ishlovchi issiqlik elektr stantsiyalarini qurishga taalluqli (yoqilg’i
quvurlarda keltirilishi iqtisodiy jihatdan ma‘qulroq) bo’ladi.
Yoqilg’i omillarini ko’proq matellurgiya korxonalarini joylashtirishda
ko’rish mumkin, masalan, Qozog’iston davlatidagi Qarag’anda to’liq tsiklli
metallurgiya kobinati bevosita ko’mir havzasi rayonida joylashtirilgan. Lipetsk,
Tula, Krivoy Rog kombinatlari esa ashyo, ya‘ni temir rudasi konlariga yaqin
qurilgan, bunda ko’mir boshqa regionlardan olib keltriladi.
Shuningdek, ko’mir va temir rudasini bir – biri bilan hududiy almashuvi
asosida har ikkala rayonda shakllangan qora metallurgiya markazlari mavjud. Bu
borada 30 – yillarda amalga oshirilgan Ural – Kuznetsk kombinati (UKK)ni
ko’rsatish o’rinli. Ushbu dastur hududiy ishlab chiqarish majmuining dastlabki
ko’rinishi bo’lib, uni hayotga tatbiq etishda ham xom ashyo rayonida – Janubiy
Ural temir rudasi konlari asosida (dunyodagi eng yirik Magnitogorsk metallurgiya
kombinati), ham yoqilg’i rayoni – Kuznetsk toshko’mir havzasida, ya‘ni
Novokuznetskda bunday ulkan korxonalar bunyod etilgan edi.
Elektr quvvati omili. Hozirgi zamon ishlab chiqarishini, hatto transport va
qishloq xo’jaligini ham elektr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu sohaning o’ziga
xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya‘ni elektr quvvatini jamg’arib,
omborhonalarga yig’ib bo’lmaydi, undan ayni paytning o’zida foydalanish kerak.
Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida
eng avvalo uning arzon turiga urg’u beriladi. Arzon elektr quvvati suv
stantsiyalaridan olinadi, chunki suv suvligicha GESdan keyin ham qolaveradi,
Respublikamizda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 80% ziyodi issiqlik
elektr stantsiyalaridan olinadi. XICHM shakllanishida, masalan, Talimarjon TRES
ahamiyati katta …. yoqilg’i elektr stantsiyalarida esa ko’mir, mazut yoki tabiiy gaz
sarflanadi.
Demak, elektr quvvati bir qator sanoat korxonalarini o’z atrofiga omil
sifatida “yig’ar” ekan. Shu sababli u yirik rayon va majmua hosil qilish qudratiga
ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o’zlashtirish uchun ham
kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos
15
stantsiyalari vositasi bilan sug’oriladi. Elektr quvvati Norak – Tursunzoda (Regar)
– G’uzor orqali keladi.
Suv va iqlim sharoiti omili ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda
katta ahamiyatga ega. Suv manbalari ayniqsa kimyo, yog’och – tsellyuloza,
metallurgiya zavodlarining faoliyatiga sezilarli ta‘sir qiladi. Jumladan, cho’yan
erituvchi pechlarni sovitish uchun ham suv kerak.
Suv va iqlim sharoitlari omili boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham
e‘tiborga olinadi. Bu omilning ahamiyati qishloq xo’jaligi, dehqonchilik uchun
katta. Chunonchi, O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston Respublikasida an‘anaviy
dehqonchilik uning issiq va quruq iqlimiy sharoitida faqat sun‘iy sug’orish asosida
olib boriladi. Paxta, meva, sabzavot, uzum va boshqa qishloq xo’jalik
mahsulotlariga suv hamda issiq iqlim (ma‘lum miqdordagi vegetatsiya haroratining
miqdori) juda zarur. Shu bilan birga issiq iqlim sharoitida sanoat korxonalarini
ochiq usulda qurish, suv va boshqa alkogolsiz ichimliklar, ip gazlama ishlab
chiqarishga o’xshash tarmoqlarni ko’proq rivojlantirish talab etiladi.
Ijtimoiy - iqtisodiy omillari ichida eng muhimi aholi va mehnat resurs
omilidir. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo’lmaydi. Bu
o’rinda ikki holni qayd qilish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga
son jihatdan ko’p ishchi kerak. Masalan, tikuv fabrikasi, konserva zavodi, paxta
yetishtirish, uni qayta ishlash va h.k. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarga
mehnat resurslarining miqdori ko’p bo’lishi shart emas, «oz bo’lsa ham soz
bo’lsin» ma‘nosida ularga malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxonalar
va tarmoqlar (radio yoki priborsozlik, aniq mashinasozlik va shunga o’xshash)
malakali ishchi kuchi mavjud bo’lgan shaharlarda, ilmiy texnik markazlarida
joylashtiriladi.
O’zbekistonda mahalliy aholi tabiiy ko’payishining yuqoriligi va uning
migratsion harakatini faolsizligi mehnat zaxiralarini ko’plab shakllanishiga olib
keladi. Shu sababli bizda mehnatga layoqatli aholi soni juda ko’p. Ularning
miqdori qishloq joylarda va sust rivojlangan kichik shaharlarda juda yuqori.
16
Binobarin, bunday joylarda ish o’rinlarini kengaytirish, yangi sanoat va boshqa
korxonalar, madaniy - maishiy muassasalarni qurish zarur.
Ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishda iste‘molchi omili katta
ahamiyatga ega.
Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste‘molchi hamdir. Bu
omilning roli esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va darajasini yaxshilash
doirasida keskin oshib borishi bilan bog’liqdir. Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham
berish alohida kerak bo’lgan oziq - ovqat, kiyim - kechak va uning boshqa
ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqyosda ishlab chiqarishni taqozo
etadi. Shu sababli iste‘mol omili oziq - ovqat korxonalarini o’ziga «tortadi», ya‘ni
bunday zavod yoki fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarda joylashtiriladi.
Iste‘mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning
o’zining talabi, boshqa xil maxsulotlarning keng miqdorda sarflanishi, ularning
transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste‘mol
rayonlarida qurilishini nazarda tutadi. Masalan, qishloq xo’jalik mashinasozligi
o’sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi
zarur.
Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa shunga mos mashinasozlik
tarmog’i bu yerda yaxshi rivojlangan bo’lishi qonuniy bir holdir. O’zbekistonda
paxta teruvchi, Belorussiyada - kartoshka, Ukrainada qand lavlagi, Shimoliy
Kavkaz va Volga bo’yicha g’alla yig’uvchi, Qirg’izistonda pichan taxlovchi,
Gruziyada choy teruvchi mashinalarni ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bo’la
oladi. Huddi shunday, rayonlarni ma‘lum yuqori sanoat tarmoqlariga ixtisoslashuvi
o’sha sohalarga tegishli mashina, asbob - uskuna, jihozlar ishlab chiqarilishini
talab etadi. Chunonchi, Uralda metallurgiya sanoati uchun, Bokuda - neft,
Donbassda - ko’mir, Petrozavodskda - o’rmon, O’zbekistonda to’qimachilik
mashinasozligi rivojlangan.
Go’sht sanoatini joylashtirish ham o’ziga xos xususiyatga ega. Bu sanoat
bevosita chorvachilik rayonlarida rivojlantirilsa, unda iste‘molchiga faqat
muzlatilgan go’sht keltiriladi. Bunday go’shtdan esa kolbasa, konserva va boshqa
17
go’sht mahsulotlarini ishlab chiqarib bo’lmaydi. Agar go’sht sanoati iste‘mol
rayonlarida joylashtirilsa - maqsaga muvofiq bo’ladi.
Transport omili Ishlab chiqarishni joylashtirishda juda muhim, chunki u
ishlab chiqarishning bevosita davom ettiruvchi tarmog’i hisoblanadi. Transport
shohobchalarisiz xom ashyo ham keltirilmaydi, mahsulot ham iste‘molchilarga
yetkazilmaydi. Eng muhimi, hududiy mehnat taqsimoti rivojlanmaydi. Shuning
uchun transportning ahamiyati barcha boshqa omillar bilan qo’shilib, uyg’unlashib
ketadi va uni «sof» holda ajratib olish qiyin. Omillar bilan ham chambarchars
bog’liq bo’lib, iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishga katta ta‘sir ko’rsatadi.
Ilmiy - texnika taraqqiyoti chetlab o’tolmaymiz, albatta omilning ta‘siri bir
qator tarmoqlarni hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko’rinadi
(mashinasozlik, elektroenergetika va kimyo). Shubhasizki, mazkur sanoat
tarmoqlariga tegishli ko’pgina korxonalar, ayniqsa mashinasozlik zavodlari yuksak
darajada ilmiy - texnika qudratiga ega bo’lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Yuqorida ko’rilgan barcha omillarning ahamiyati katta. Ammo ularning
barchasi pirovard natijada ekologik omil bilan «hisoblashishlari» kerak. Zotan
vujudga kelgan vaziyat buni qat‘iylik bilan talab etadi. Hozirgi kunda ayrim sanoat
korxonalarining ishlashi shu nuqtai - nazardan to’xtatilganligi bejiz emas.
Ekologik jihatdan ko’p sanoat tarmoqlari va eng avvalo kimyo, yog’och -
tsellyuloza, go’sht, vino, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektr stantsiyalari va
shunga o’xshash korxonalar «nomaqbul» hisoblanadi. Binobarin, ular aholi
joylashgan markazlardan uzoqroqda bo’lishi «SHo’rtan gaz kimyo», majmuasi,
Muborak gazni qayta ishlash zavodi va boshqa sanoat korxonalari misolida ko’rish
mumkin.
Kimyo sanoati misolida ekologik omilning ishlab chiqarishning hududiy
tashkil etilishiga ta‘sirini ko’rish mumkin, chunki bu sanoat korxonalarini
joylashtirilishi chinakam erkin xususiyatga ega. Zero kimyo sanoati o’simlik,
hayvonot, mineral xom ashyosi, suv, havo (azot) asosida ham, boshqa sanoat
chiqindisi (qora va rangli metallurgiya) negizida ham rivojlanishi mumkin.
18
Shunday qilib, kimyo sanoati korxonalarini har qaerda qursa bo’ladi, ammo
bu masalaning bitta nozik tomoni bor - bu ham bo’lsa ekologik omildir. Bu omil
bilan hozirgi kunda hisoblashmasdan iloj yo’q, zero mamlakatimiz hududida
ekologik sog’lom joyning o’zi juda sanoqli.
Yuqoridagi omillardan tashqari bozor iqtisodiyoti omilini ham unutmaslik
kerak. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti to’g’risida barcha - olimu oddiy xalq,
katayu kichik so’z yuritadi, ba‘zan bu ibora dissertatsiya va boshqa ilmiy ishlar
nomiga ham kiritiladi. Lekin bu juda murakkab tushuncha va iqtisodiy
munosabatdir. Unga xorijiy mamlakatlar, xususan Yevropa davlatlari boy tajribaga
ega, chunki bu munosabat mazkur davlatlarda o’n va yuz yillar davomida
shakllanib kelgan.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga birdaniga o’tib bo’lmaydi, buning uchun
barcha shart va sharoit yaratish kerak, ya‘ni uning o’zini moddiy, maishiy va
madaniy infrastrukturasi bo’lmog’i lozim. Shuning uchun bu munosabatlarga
o’tish tarixan birmuncha uzoq davrni talab etadi va unga bosqichma - bosqich
o’tish, evolyutsion rivojlanish iborasini qo’llash to’g’riroq bo’ladi.
Sodda qilib olganda, bozor iqtisodiyoti - bu ishlab chiqarish erkinligi va
xarid erkinligidir, bu raqobatdir. Demak, ishlab chiqarishni rejali (planli) va
proportsional, tekis joylashtirish o’rniga hududiy tengsizlik, musobaqa, o’rniga
raqobat tushunchalarini qo’llashga to’g’ri keladi. Bunday sharoitda ko’p ukladli
iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va sog’lom raqobat muhitini vujudga
keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin,
bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga
nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi, an‘anaviy fikr
yuritishlarimiz tamomila o’zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda aksariyat narsani,
shu jumladan nimaga ixtisoslashuvi va qaerda joylashtirishni pirovard natijada
bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi. davlat esa o’zining regional (hududiy) va
soliq siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.
19
2.3. Sanoatning hududiy va davriy tashkil etish xususiyatlari
Viloyatlar iqtisodiy salohiyatini shakllanishi va yuksalishida eng avvalo
sanoat ishlab chiqarishining o`rni salmoqlidir. Viloyatlardagi mavjud sanoat
o`zining hududiy mujassamlashuvi va ixtisoslashuviga ko`ra bir-biridan farq qiladi.
Biroq, bunday tafovutlar uncha kuchli emas. Viloyatlar sanoatining tarmoqlar
bo`yicha tahlili shundan dalolat beradiki, barcha hududlarda ko`proq yengil va
oziq-ovqat sanoatlari nisbatan yaxshi rivojlangan. Shu bilan birga ayrim
viloyatlarda tog`-kon, kimyo, mashinasozlik va qurilish materiallari sanoati ham
biroz taraqqiy etgan. Chunonchi rangli metallurgiya Navoiy, Toshkent va qisman
Jizzax viloyatlarida, qora metallurgiya asosan Toshkent viloyatida, kimyo sanoati
Toshkent, Navoiy va Farg`ona viloyatlarida mavjud. Mashinasozlik va metallni
qayta ishlash sanoati Toshkent, Andijon va qisman Namangan hamda Samarqand
viloyatlarida, qurilish materiallari sanoati Toshkent Farg`ona, Navoiy viloyatlarida
rivojlangan.
Yengil sanoat tarmoqlari mamlakatning deyarli barcha viloyatlariga mansub
soha hisoblanadi. Ularning bunday tarqalishi asosan xom ashyo yetarli darajadagi
ishchi kuchi va iste`mol omillari bilan izohlanadi. Ammo ushbu tarmoq o`zining
keng geografiyasiga qaramay u ko`proq Farg`ona vodiysi viloyatlari hamda
Toshkent va Samarqand viloyatlarida yaxshi rivojlangan, so`nggi yillarda bu soha
Qoraqalpog`iston respublikasi, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida ham faol
shakllanib kelmoqda. Shuningdek, oziq-ovqat sanoati ham mamlakatning barcha
viloyatlarida mavjud. Bog`dorchilik, uzumchilik va sabzavot yetishtirish negizida
va aholi talabining o`sib borishi ta`sirida ushbu sanoat tarmog`I ko`pgina viloyat
va tumanlarda tashkil etilgan.
Viloyatlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi xo`jalik yoki sanoatning
faqat bir sohasini mavjudligida emas, balki uning tarmoqlari bo`yicha tarqalishi va
turlanishida, ularning mukammal majmua shaklida va mushtarakligida to`laroq o`z
ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda sanoat ishlab chiqarishi,
avvalombor, eng avvalo Toshkent hamda Farg`ona viloyatlarida yaxshi
rivojlangan. Chunonchi Toshkent viloyatida mashinasozlik, qora va rangli
20
metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalari
faoliyat kjo`rsatmoqda. Ayni paytda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm va
Sirdaryo
viloyatlari
sanoatining
turlanish
darajasi
ancha
past.
Jadval
ma`lumotlarining tahlili shundan dalolat beradiki, respublika sanoat ishlab
chiqarishi hajmining asosiy qismi Toshkent shahri va Toshkent viloyati, Farg`ona,
Qashqadaryo va Navoiy viloyatlariga to`g`ri keladi. Mazkur viloyatlar mamlakat
ichki yalpi sanoat mahsulotini yaqin 70 foizini ta`minlaydi. Shu jumladan
Toshkent viloyati 16,7 foiz, Toshkent shahri va Farg`ona viloyatining hissalari
15,6 foizga barobar. Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining har biriga esa
mamlakat sanoat mahsulotining 1/10 qismidan ko`prog`i to`g`ri keladi.
Toshkent shahri va viloyati sanoatining nisbatan yuksakligi avvalombor
uning iqtisodiy –geografik o`rni, infrastruktura tizimining rivojlanganligi, yoqilg`I
va turli mineral xom ashyo hamda yuqori malakali ishchilarning mavjudligiga
bog`liq. Farg`na viloyatida ham bunday tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart –
sharoitlar sanoat rivojlanishiga ancha qulaylik tug`diradi. Bu viloyatlardan farqli
o`laroq, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida sanoat, asosan, uning tog`-kon va
qazib olish tarmoqlariga tayanadi. Jumladan, Navoiy viloyatida rangli, nodir va
qimmatbaho metallar zahiralari katta ahamiyatga ega. Qolaversa, hali bu
viloyatning tabiiy boyliklari to`la o`rganilmagan. Hozirgi kunda viloyat markazida
rangli metallurgiya , qurilish materiallari, elektroenergetika va ximiya sanoatining
korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. Ayni paytda bu yerda respublikamiz uchun
an`anaviy bo`lgan yengil va oziq-ovqat sanoatlari sust rivojlangan.
Mamlakatimizning
iqtisodiy
mustaqilligini
shakllanishi
va
bozor
munosabatlariga o`tish davrida Qashqadaryo viloyatining o`rni beqiyos. Ayniqsa
uning respublikaning yoqilg`i va don mustaqilligiga erishishida mavqei sezilarlidir.
Hozirgi paytda Qashqadaryo viloyatiga O`zbekistonda qazib olinadigan neft va
gazning asosiy qismi to`g`ri keladi. Shu bilan bu yerda so`nggi yillarda yengil
sanoat jadal sur`atlar bilan rivojlanib kelmoqda. Ushbu viloyat kelajakda
respublikada ishlab chiqiladigan oltingigurtning 100 foizi, tabiiy gazning 96 foizi
va neftning taxminan 89-90 foizini ta`minlaydi.
21
Sanoat salohiyatiga ko`ra
keyingi o`rinlarni Andijon, Namangan,
Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari egallaydi. Bu guruhda xususan, Andijon
va Buxoro viloyatlari yaqin kelajakda o`z sanoat qudratini yanada oshirishning real
imkoniyatlariga ega. Masalan, agar Andijon viloyatida (Asaka) Janubiy
Koreyaning “DEU” firmasi bilan hamkorlikda qurilgan yengil mashinalar ishlab
chiqaruvchi yirik va zamonaviy yirik sanoat korxonasi ishga tushirilgan bo`lsa,
Buxoro viloyatining Qorovulbozor shahrida neftni qayta ishlash zavodi barpo
etildi. Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari sanoatining rivojlanishi esa
ko`proq yengil va oziq-ovqat tarmoqlariga bog`liq bo`lib qolmoqda.
Boshqa viloyatlarning respublika sanoat ishlab chiqarishidagi mavqei
sezilarli darajada past. Biroq, sanoatning hududiy rivojlanganligi yalpi
mahsulotning umumiy hajmi bilan emas, balki uning aholiga nisbatan solishtirma
ko`rsatkichida o`z ifodasini topadi. Shunga muvofiq keltirilgan jadval
ma`lumotlariga k`ora, mamlakatimizda birinchi o`rinda Navoiy viloyati, ikkinchi
o`rinda Toshkent shahri va uchinchida poytaxt viloyati turadi. To`rtinchi va
beshinchi o`rinlarni Farg`ona va Qashqadaryo viloyatlari egallaydi.
22
Navoiy
viloyatida
sanoatning
mujassamlashuv
darajasi
respublika
ko`rsatkichiga nisbatan 3,22, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida esa u 1,70 ni
tashkil etadi. Farg`ona va Qashqadaryo viloyatlarida ham mazkur raqamlar 1,00
dan yuqori. Ayni paytda Surxondaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari va
Qoraqalpog`iston Respublikasida sanoatning mujassamlashuv darajasi ancha past.
Iqtisodiy- geografik jihatdan sanoatning rivojlanganlik holatini viloyatlar
hududiga nisbatan ham tahlil qilish mumkin. Bunday holda viloyatlar darajasida
hududlarning sanoat sig`imi yoki ularning imkoniyatlaridan qay miqdorda
foydalanganlik aniqlanadi. Shu bilan birga sanoatning hududga bo`lgan nisbati
mazkur joyning ekologik vaziyatini ham belgilab beradi.Albatta, bunday sof
iqtisodiy ko`rsatkich yer maydoni kichik bo`lgan viloyatlarda yuqori bo`lishi aniq.
Masalan, Farg`ona viloyatida -9,75, Toshkent viloyatida-4,77, Andijonda-6,11,
Buxoroda-4,89 va Xorazm viloyatida-3,21 ga barobar. Demak, bu viloyatlar
hududi mamlakatning o`rtacha holatiga ko`ra 3-10 marta ko`proq sanoat ishlab
chiqarish
bilan
to`ldirilgan.
Tabiiyki,
hududi
bo`yicha
katta
bo`lgan
Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Navoiy viloyatida bu ko`rsatkich ancha
past.(0,07 va 0,41) Lekin o`xshash vaziyat maydoni uncha katta bo`lmagan Jizzax
va Sirdayo viloyatlarida ham ko`zga tashlanadiki, bu mazkur rayonlarda
sanoatning chindan ham sust rivojlanganligidan dalolat beradi.
Shuni ta`kidlash joizki, sanoatning hududiy mujassamlashuv ko`rsatkichi
yuqori bo`lgan viloyatlarning ba`zilarida ekologik holat uncha yaxshi emas.
Bumga Andijon, Farg`ona va Toshkent viloyatlarini keltirish mumkin. Ammo
ekologik vaziyatnifaqat viloyatlarning umumiy maydonidan kelib chiqqan holda
baholash hamma vaqt ham to`g`ri bo`lavermaydi. Jumladan, Navoiy viloyatida shu
nuqtai nazardan yondoshganda ekologik muvozanat ancha yaxshi ko`rinadi. Aslida
esa ushbu viloyatning iqtisodiy jihatdan yaxshi o`zlashtirilgan janubiy voha
qismida va xususan, Navoiy shahri va uning atroflarida ekologik holat ancha
nosog`lom.
Viloyatlarning sanoat salohiyati avvalombor ularda shakllangan sanoat
tuguni yoki majmualarida va yirik markazlarda namoyon bo`ladi. O`rganishlar
23
shuni k`rsatadiki, nisbatan rivojlangan viloyatlarda sanoat ishlab chiqarishini
hududiy tashkil etishning ana shunday mukammal shakllari mavjud. Chunonchi
Toshkent viloyatida qator sanoat tugunlari, Chirchiq, Angren, Olmaliq kabi yirik
va tipik industrial markazlari rivoj topgan. Ulardan keyingi o`rinlarda Bekobod,
Yangiyo`l va Ohangaron turadi. Bunday o`rta va yirik shaharlar tufayli poytaxt
viloyati respublika sanoatida yetakchilik qiladi.
Xulosa
Sanoat korxonalarni ilmiy asosda joylashtirish g`oyalari dastlab shu
toifadagi tarmoqlarni hududiy tashkil qilish bilan bog`liq. Bu g`oya nemis olimi
Alfred Veber nomi bilan mashhurdir. U 1909 yilda sanoatni joylashtirish yoki
“sanoat shtandorti” to`g`risida maxsus asar yozadi. Ungacha germaniyalik V.
Launxardt ham 1882 yilda alohida sanoat korxonasini joylashtirishda xom ashyo
va mahsulotni realizatsiya qilish omillariga e`tibor qaratgan. Bu olim transport
xarajatlarini qisqartirishni muhim shart qilib olgan edi. A. Veber esa faqat transport
chiqimlari emas, balki umumiy sarf-xarajatlarni kamaytirishni hisobga olgan. A.
Veber sanoat korxonasi joylashuvining optimal nuqtasini uning iqtisodiy foydadan
kelib chiqqan holda belgilaydi. Buning uchun u xom ashyo va yoqilg`i, ishchi
kuchi va transport omillariga urg`u beradi. Keyinchalik xom ashyo va yoqilg`i
xarajatlari ham transport omiliga kiritiladi va qolgan barcha shart-sharoitlarni
alohida aglomeratsiya omillari bilan belgilanadi. Shunday qilib, bu olim fanga
sanoat korxonasini joylashtirishning ko`p omilli tahliliga asos soladi va buning
uchun u matematik usuldan keng foydalanadi.
Hozirgi davrda yangi yuqori texnologiyalarning (“nau xau”) rivojlanishi
natijasida global mashtabda sanoat tarmoqlari o`zlarining ekologik jihatdan
tozaligi, bexatarligi, mehnattalabligiga ko`ra turli mamlakatlarda joylashmoqda.
Chunonchi yuqori darajada taraqqiy etgan mamlakatlardan an`anaviy sanoat
korxona va tarmoqlar- qurilish materiallari, mineral o`g`itlar ishlab chiqarish,
mashinasozlikning ta`mirlash qismlari va hatto to`qimachilik ham asta- sekin
24
rivojlanayotgan mamlakatlarga ko`chmoqda. Agar rayon va mamlakatlar xo`jaligi
shu
asosda
industriyalashmoqda,
yuqori
bosqichdagi
mamlakatlar
esa
postindustriyaga qadam qo`ymoqda. Bu ikki qutb oralig`ida yangi industrial
mamlakatlar qatlami vujudga kelib, ularning safi tobora oshib bormoqda.
Respublikamizning mustaqillik yillarida barpo etilgan sanoat markazlari-
Asaka, Qorovulbozor, kelajakda o`ziga xos o`sish qutblariga aylanishi mumkin.
Bunday qutblar mamlakat miqyosida yirik va o`rta shaharlar asosida ham
shakllanib boradi. Navoiy, Zarafshon, Muborak, Jizzax, Qarshi, Qo`ng`irot va hk.
Rivojlangan mamlakatlardagi fan-texnika yutuqlariga asoslangan sanoatni
hududiy tashkil etish shakllaridan texnopolis, naukograd kabilar ham milliy va
mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda ahamiyatlidir. Ular ko`pincha universitet
va ilmiy- tekshirish institutlari, fan infrastrukturasi muhayyo bo`lga joylarda barpo
etiladi. Yaqin kelajakda o`ziga xos texnopolisni Ulug`bek shaharchasida vujudga
kelish imkoniyati ko`zda tutilmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoat parklari tashkil qilinmoqda. Buning
uchun maxsus tanlab olingan joy infrastrukturasi tizimi bilan jihozlanadi, yo`l, yer
osti va yer usti inshootlari, elektr energiyasi va suv manbalari bilan ta`minlanadi.
Bunday joylar odatda chet el sarmoyalarini kirib kelishi, qulay investitsiya
muhitini yaratish omillaridan eng muhimlaridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1.Зиядуллаев С.К. Региональные проблеmы эконоmики Узбекистана. Т. 1986
2.Ленц А. Географическое разmещение хозяйства. M. 1959
3.Mаксаковский В.Р. Жаҳон иқтисодий ва ижтиmоий географияси.Т. 1995
4.Mорозова Т.Г. Территориально – производственные коmплексы. M. 1983
5.Рўзиев А. Қишлоқ хўжалик ишлаб чиқариши 15. асослари. Т. 1990
6.Солиев А.С. Иқтисодий ва ижтиmоий географиянинг долзарб mасалалари.
Т. 1995
25
7.Солиев А.С., Mахmадалиев Р. Иқтисодий география асослари. Т.
Ўзбекистон 1995
8.Солиев А.С. Ишлаб чиқариш кучларини жойлаштириш. Т. 2001
9.Солиев А.С ва бошқалар. Mинтақавий иқтисодиёт. Т. 2003
10.Тухлиев Н. Ўзбекистон республикаси иқтисодиёти. Т. 1998
11.Қурбонниёзов Р. Қишлоқ хўжалик иқтисодиёти асослари. Т. 1995