O’TGAN MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN TESTLAR:
1.Turkiston yagona va butun, uning yaxlitligini buzish maqsadga muvofiq emas, deb ta’kidlagan shaxni aniqlang.
A) S.Xo‘janov
B) S. Asfandiyorov
C) N.Paskutskiy
D) Q. Odinayev
2. QachonFarg‘ona vodiysi vakillari RSFSR tarkibida Farg‘ona muxtor viloyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif bilan
chiqqan edilar?
A) 1921-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 1924-yil
3. Qachon Xorazm rahbarlari RKP(b) MKga “Xorazmda milliy masalani hal qilish to‘g‘risida maktub” yuborib, unga
Xorazmni chegaralanishga qo‘shmaslikni iltimos qildilar?
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 8-may C) 1925-yil 5-dekabr D) 1926-yil 4-mart
4. Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul kotibi Qalandar Odinayev qachon vazifasidan olib tashlandi?
A) 1921-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 1924-yil
5.Qachon Xorazm Kompartiyasining yangi rahbarlari respublikaning chegaralanishiga kiritilishiga o‘z roziligini bildirdi?
A) 1923-yil 3-iyun
B) 1924-yil26-iyul C) 1925-yil 5-dekabr
D) 1926-yil 4-mart
6.1924-yil o`z vazifasidan olib tashlangan Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul kotibini aniqlang?
Q. Odinayev
B) M.Asfandiyorov C) S. Xo`janov
D) F. Xo`jayev
7. I.V.Stalinning taklifi bilan RKP(b) MK Siyosiy byurosining “O‘rta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralash
to‘g‘risida” maxsus qarori qabul qilingan sanani aniqlang?
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 12-iyun C) 1925-yil 5-dekabr D) 1926-yil 4-mart
8. RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil
etdi?
1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 12-iyun C) 1925-yil 5-dekabr D) 1924-yil 15-iyul
9. 1924-yilda tashkil etilgan O`zbeklar Byurosi tarkibiga kimlar a`zolar sifatida kiritilgan edi?
1) Fayzulla Xo‘jayev 2) Rustam Islomov 3) Akmal Ikromov 3) Qori Yo‘ldosh Po‘latov 4) Muxtorjon Saidjonov 5)
2) Kalugin 6) Inoyatov
A) 1,2,3,5
B) 1,4,5,6 C) 1,2,3,4,5
D) 3,4,5,6
10. 1924-yilda tashkil etilgan O`zbeklar Byurosiga nomzod sifatida kiritilgan shaxsni aniqlang.
A) Muxtorjon Saidjonov
B) Kalugin
C) Inoyatov
D) F.Asfandiyorov
11. RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi tashkil etgan Hududiy komissiyada, uning milliy kichik
komissiyalarida janjalli masalalarni hal qilish uchun tuzilgan maxsus komissiyalar ham faoliyat
ko‘rsatgan. Hududiy komissiya tarkibiga kirgan shaxslarni aniqlang.
1) F. Xo‘jayev 2) A. Rahimboyev 3) S. Xo‘janov 4)Q. Otaboyev 4) R. Islomov 5) N. Aytoqov
6) Y. Abdurahmonov 7) I. Aydarbekov
8) I. Vareykis 9) D. Manjara 10 I. Mejlauk 11) X.
Saxat-Muratov
A) 1,2,3,4,5,6
B) 2,3,4,5,6,9,11
C) 4,4,5,6,7,8,10,11
D) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11
12.
Turkiston
ASSR
MIKning
favqulodda
sessiyasida
O‘rta
Osiyoda
milliy-hududiy
chegaralanishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanani aniqlang.
A) 1923-yil 3-iyun
B) 1924-yil 12-iyun
B)
C) 1925-yil 5-dekabr
D) 1924-yil 16-sentyabr
13. Qoraqalpog‘iston ASSR qachondan O‘zSSR tarkibiga kirgan?
A) 1929-yildan
B) 1931-yildan C) 1935-yildan
D) 1936-yildan
14. O‘zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti (Markaziy revkom)
tashkil topgan sanani
aniqlang.
A) 1923-yil 3-iyun
B) 1924-yil 20-sentyabr
B) C) 1924-yil 31-oktyabr
D) 1924-yil 16-sentyabr
15. Qachon Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qo‘shma qaror qabul
qildilar va shu qarorga binoan o‘z vakolatlarini O‘zbekiston SSR Sovetlarining ta’sis qurultoyiga
qadar ish ko‘ruvchi O‘zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar?
A) 1923-yil 3-iyun
B) 1924-yil 20-sentyabr
B) C) 1924-yil 31-oktyabr
D) 1924-yil 18-noyabr
MAVZU: O’ZBEKISTON SSRNING TASHKIL
TOPISHI
DARS REJASI:
1. O’zbekiston SSRning tuzilishi, uning hududi va aholisi.
2. O’zbekiston
Kommunistik
partiyasining
tashkil
topishi.
3. O’zbekiston SSR – Sovet Ittifoqi tarkibidagi milliy
ittifoqdosh respublika.
4. Ozbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSRning tashkil
topishi.
5. Qoraqalpoq
avtonom
viloyatining
tuzilishi
va
Qoraqalpog’iston ASSRning O’zbekiston SSR tarkibiga
O’ZBEKISTON SSRNING TUZILISHI, UNING
HUDUDI VAAHOLISI.
1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq
uyida
Butuno‘zbek
(O‘zbekiston
SSR)
Sovetlarining
I ta’sis qurultoyi ochildi.
Qurultoy faoliyatida Moskvadan maxsus kelgan
Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi
Mixail Kalinin qatnashdi va nutq so‘zladi.
Qurultoy qatnashchilari tomonidan 17-fevralda
“O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil
etish to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilindi.
Deklaratsiyada yangi tashkil topgan O‘zbekiston SSR tarkibiga Toshkent,
Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon (Buxoro), Surxondaryo,
Xorazm
viloyatlari va Tojikiston ASSR kirganligi alohida ta’kidlandi.
Yo‘ldosh
Oxunboboyev
O’ZBEKISTON SSRNING TUZILISHI, UNING HUDUDI VA
AHOLISI.
Qurultoyda respublikaning oliy
organlari: O‘zbekiston SSR
Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi
(O‘zSSR MIK) va O‘zbekiston
SSR Xalq Komissarlari Soveti
(O‘zSSR XKS) tuzilgan. Taniqli
davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev
O‘zbekiston SSR Xalq
Komissarlari Soveti raisi,
“Qo‘shchi” uyushmasi faoli
Yo‘ldosh Oxunboboyev
O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya
Qo‘mitasi raisi lavozimlariga
saylanishdi.
• Bu paytda O‘zbekiston SSR hududi
312 394 km2, aholisi 3 963 285
kishi bo‘lgan (unga Tojikiston ASSR
vaQoraqalpog‘iston avtonom
viloyatining hududi va aholisi
kirmaydi). 1924-yil oxirida O‘rta
Osiyo respublikalarida hammasi
bo‘lib 8 131 062 kishi yashagan
bo‘lib, ularning qariyb yarmisi
O‘zbekistonda istiqomat qilgan.
Milliy – hududiy chegaralanishdan so‘ng O‘rta Osiyo respublikalari
O’ZBEKISTON SSR POYTAXTLARI:
BUXORO – SAMARQAND - TOSHKENT
O‘zbekiston SSR tashkil topgan paytda
qisqa muddat (1925-yil fevral – aprel)
davomida
Buxoro
shahri
poytaxt
bo‘ldi.
So‘ngra
1925-yil
apreldan
1930-yil
sentyabrgacha
Samarqand
shahri
O‘zbekiston SSR
poytaxti
sanalgan.
Bu
paytda Toshkentda Markazning
yangi
tuzilgan
O‘rta
Osiyo
respublikalarini
nazorat
qilishga
mo‘ljallangan
turli
tashkilotlari (VKP(b) MK O‘rta Osiyo
byurosi,
O‘rta
Osiyo
Iqtisodiy
Kengashi,
Turkiston
fronti,
O‘rta
Osiyo
harbiy
okrugi
va
b.)
joylashtirilgan edi.
Mahalliy
hokimiyat
organlari
mustahkamlanib,
ularning
markaziy
hukumat muassasalari bilan aloqalari
kuchaygandan
so‘ng
O‘zbekiston
poytaxti
1930-yil
20-sentyabrda
respublikaning eng muhim iqtisodiy,
siyosiy va madaniy markazi bo‘lgan
Toshkent
shahriga
ko‘chirildi.
O‘zbekiston SSR hukumatining raisi
Fayzulla Xo‘jayev bir kechada poytaxtni
Samarqanddan
Toshkentga
ko‘chirib
keltirgan edi.
O‘ZBEKISTON HUKUMATINING SAMARQANDDAN
TOSHKENTGA KO‘CHIRILISHI
O’ZBEKISTON SSRNING MA’MURIY-HUDUDIY
BO’LINISHI:
• O‘zbekiston SSRda 1925-yil 29-
yanvarda ilk bor ma’muriy-
hududiy bo‘linish o‘tkazildi.
Dastlabki 7 viloyat (Zarafshon,
Samarqand, Toshkent,
Farg‘ona, Surxondaryo,
Qashqadaryo, Xorazm), alohida
Konimex tumani tashkil topdi.
Bu paytda O‘zSSR tarkibida 23
ta uyezd va 241 ta volost
bo‘lgan.
• 1926-yil 29-sentyabrda O‘zbekiston SSR
Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi V
sessiyasining rayonlashtirish to‘g‘risida
qarori qabul qilindi. Unga muvofiq
O‘zbekiston SSRda mavjud bo‘lgan 7 ta
viloyat, 23 ta uyezd, 241 ta volost va 1163
ta qishloq jamoasi o‘rniga yangi
ma’muriy bo‘linish o‘tkazilib, 10 ta
okrug (Xorazm, Buxoro, O‘rta Zarafshon,
Samarqand, Toshkent, Xo‘jand, Qo‘qon,
Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo),
alohida qozoq-qoraqalpoq Konimex
tumani, 87 ta tuman va 1720 ta qishloq
sho‘rosi tuzildi.
O’ZBEKISTON KOMMUNISTIK PARTIYASINING
TASHKIL TOPISHI
O‘zSSR tuzilishi arafasida, 1925-yil 6 –
12
fevralda
eski
Buxoro
shahrida
O‘zbekiston Kommunistik partiyasining
I ta’sis syezdi ham bo‘lib o‘tdi. Syezd
ishida SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi
raisi M.I.Kalinin qatnashdi va ma’ruza
qildi.
Syezdda
O‘zbekiston
Kommunistik
(bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihat-
dan
rasmiylashtirildi.
O‘zbekiston
Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul
sekretarlari qilib Vladimir Ivanov va
Akmal
Ikromov
saylandi.
O‘zbekiston Kompartiyasi aslida Sovet
Ittifoqi
Kommunistik
partiyasi
(KPSS)ning O‘zbekiston SSRdagi filiali
hisoblangan. Sovet hokimiyati yillarida
respublika siyosiy hayotida O‘zbekiston
Kommunistik
partiyasi
yetakchi
rol
o‘ynagan. O‘zbek xalqi tarixida XX asrda
yuz
bergan
ko‘plab
fojiali
voqealar
kommunistik
partiya
faoliyati
bilan
bog‘liqdir. O‘zbekiston partiya tashkiloti
respublika va o‘zbek xalqi manfaatlarini
hisobga
olmasdan
Moskvada
ishlab
chiqilgan qarorlarni bajarib keldi.
O‘ZBEKISTON SSR – SOVET ITTIFOQI TARKIBIDAGI
MILLIY ITTIFOQDOSH RESPUBLIKA.
O‘zbekiston SSR Butunittifoq Sovetlarining III syezdida 1925-yil 13-
may kuni SSSR tarkibiga qabul qilindi. SSSR 1922-yil 30-dekabrda 4
ta ittifoqdosh sovet respublikasi (RSFSR, Ukraina, Belorusiya, ZSFSR
– Kavkazorti) asosi- da tashkil topgan edi. 1927-yil 30-martda O‘zSSR
Sovetlarining
II
syezdida
O‘zbekiston
SSRning
birinchi
Konstitutsiyasi qabul qilindi.
O‘zbekistonda ham mehnatkashlarning eng ommaviy tashkiloti
kasaba uyushmalari (profsoyuzlar) ham partiya komitetlariga to‘la-
to‘kis qaram bo‘lib qoldi. 1925-yil 21-martda bo‘lgan O‘zbekiston
kasaba uyushmalari I ta’sis syezdida unga asos solindi. O‘zbekiston
kasaba
uyushmalari
respublika
soveti
(Uzsovprof)
Butunittifoq
Kasaba uyushmalari Markaziy Soveti (VSSPS) rahbarligida ish olib
borgan
O’ZLKSM VA “QO’SHCHI” ITTIFOQI HAQIDA
• Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (VLKSM)ning
O‘zbekistondagi organi – O‘zbekiston leninchi kommunistik
yoshlar soyuzi (O‘zLKSM)
shug‘ullangan.
O‘zbekiston kom-
somoliga Samarqand shahrida 1925-yil aprelda bo‘lib o‘tgan ta’sis
qurultoyida asos solindi.
• O‘zbekistondagi dehqonlarni g‘oyaviy jihatdan birlashtirib turgan
tashkilotlardan biri “Qo‘shchi” ittifoqi bo‘lgan. U 1920 – 1933-
yillarda faoliyat ko‘rsatgan. 1925-yilda 200 000 kishini o‘ziga
birlashtirgan
bu
ittifoq
ham
asta-sekin
bolsheviklarning
qishloqdagi
zo‘ravonlik
siyosatining
asosiy
tayanchiga
aylantirilgan.