O‘ZBEKISTON UCHUN OB-HAVO MA’LUMOTI
REJA:
1. O‘zbekiston va unga tutash o‘lkalarda iqlim o‘zgarishi.
2. O‘zbekistonning agroiqlimiy okruglari va rayonlari.
3. Suv resurslariga iqlim o‘zgarishining ta’sirini kompleks baholash.
O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi iqlim o‘zgarishining oqibatlariga,
birinchi navbatda, agroiqlimiy va suv resurslari o‘zagrishlarini kiritish mumkin.
Ulardagi o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligida hamda Orolbo‘yi
ekologik holatida va xususan Orol dengizida salbiy ko‘rinishda aks etadi.
Agroiqlimiy resurslarning o‘zgarishi va uning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga
ta’sirini baholashda bazaviy iqlimiy ssenariyalar sifatida yuqorida ko‘rib chiqilgan
regional iqlimiy ssenariyalar tanlab olingan. Ular 2030 yilgacha bo‘lgan
o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi. Umumiy senariyaviy qiymatlar
O‘zbekiston hududining real iqlimiy xilma-xilligiga moslashtirilgan va shundan
keyin ular agroiqlimiy okruglar va rayonlar guruhlariga bog‘langan. Agroiqlimiy
okruglar va rayonlar bo‘yicha kelajakdagi 2015-2030 yillar davomida o‘rtacha
mavsumiy haroratning o‘zgarishi 3-jadvalda ko‘rsatilgan.
3-jadval
Agroiqlimiy okruglar va rayonlar bo‘yicha o‘rtacha mavsumiy havo
haroratining o‘zgarishi (1995-2005 2005-2010 yillar, 2 2-2020 2020-2030 yillar)
Okruglar
Rayo
nlar
Qish
Bahor
YOz
Kuz
1
2
1
2
1
2
1
2
Ustyurt,
SHimoliy
Qoraqum
1,4
1,0
2,0
0,5
1,0
0,5
1,2
0,7
1,5
Orol
2,3
1,3
2,8
0,5
0,9
0,8
1,6
0,8
1,3
Quyi Amudaryo
5
1,0
2,7
0,2
0,6
0,5
1,0
0,4
0,6
Qizilqum
6-8
1,0
2,5
1,0
1,3
0,4
0,9
0,2
0,5
9-10
1,0
2,5
0,1
0,2
0,2
0,7
1,6
2,2
Sandiqli
11
1,1
1,9
0,1
0,2
0,1
0,3
0,3
1,4
CHirchiq-
Ohangaron
12-14
0,7
1,7
0,2
0,4
0,4
0,8
0,6
1,9
O‘rta Sirdaryo
15-17
0,5
0,5
0,1
0,3
0,3
0,7
0,4
1,1
18-19
0,6
1,2
0,2
0,4
0,1
0,2
0,3
0,7
Farg‘ona
20-26
0,7
1,6
0,3
0,8
0,6
1,0
0,7
2,0
Zarafshon
27-29
0,4
1,0
0,4
1,0
0,4
1,0
0,6
0,9
Qashqadaryo
30-31
0,5
1,2
0,6
1,4
0,3
0,8
0,7
1,6
Surxondaryo
32,33
0,6
1,5
0,1
0,4
0,2
0,2
0,2
0,6
Izoh: okruglar (rayonlar nomeri): 1-Ustyurt, 2,3 - Orol, 4 – SHimoliy
Qoraqum, 5 –Quyi Amudaryo, 6-10 - Qizilqum, 11 – Sandiqli, 12-14 –CHirchiq-
Ohangaron, 15-19 – O‘rta Sirdaryo, 20-26 - Farg‘ona, 27-29 – Zarafshon, 30-31 -
Qashqadaryo, 32-33 - Surxondaryo. Manba: V.Ye.CHub «Izmenenie klimata i ego
vliyanie na prirodno-resursiy potensial Respubliki O‘zbekistan»
3-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, cho‘l va chala cho‘l yaylovlari, Quyi
Amudaryoning sug‘oriladigan dehqonchilik rayonlari hamda CHirchiq-Ohangaron
agroiqlimiy rayonlar guruhi uchun sezilarli darajadagi qishki isish xosdir. Bahorgi
isish esa respublika shimolidagi yaylovlarda va Qizilqum okrugi rayonlari hamda
Zarafshon va Qashqadaryo okrugining sug‘orma dehqonchilik rayonlarida
namoyon bo‘ladi. YOzgi isish shimoliy cho‘l yaylovlari, Quyi Amudaryodagi
sug‘oriladigan erlar va Farg‘ona, Zarafshon hamda Qashqadaryo okruglari (1-8,
12-14, 30-31) ning sug‘oriladigan rayonlari uchun xosdir.
O‘zbekiston shimolidagi cho‘l rayonlarida kuz davri bir muncha isiydi va
uning davomiyligi ortadi. Asosiy isish esa Qizilqum okrugining janubiy qismiga
CHirchiq-Ohangaron, O‘rta Sirdaryo, Farg‘ona va Qashqadaryo okruglari (1-4, 9-
11, 20-26, 30, 31)ga tegishlidir. Umuman, mamlakatning cho‘l va chala cho‘l
rayonlarida eng yuqori darajadagi harorat o‘zgarishlari qish – bahor davrlariga,
sug‘oriladigan hududlarda esa yozgi-kuzgi davrga to‘g‘ri keladi.
Qoraqalpog‘istonda barcha mavsumlarda havo haroratining sezilarli darajada
ko‘tarilishi kutiladi. Natijada hududning termik resurslari ortadi. Qashqadaryo,
Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida bahor 0,5 – 2,0 0S,
yoz – 1,5-2,5 0S, kuz – 0,5 – 2,0 0S, qish esa 1,5 – 3,5 0S ga isiydi. Boshqa
viloyatlarda havo haroratining bahorgi–yozgi–kuzgi davrlardagi o‘zgarishi 1,5 0S
dan ortmaydi. Isish natijasida quruq tropiklar bilan mo‘‘tadil iqlim mintaqalari
orasidagi chegara shimolga tomon 150–200 km ga suriladi, balandlik iqlim
mintaqalarida esa 150 – 200 metrga ko‘tariladi. Agroiqlimiy resurslarning asosiy
ko‘rsatkichlari, ya’ni 10 0S dan yuqori samarali haroratlar yig‘indisi, bahor va
kuzda havo haroratining 0, 5, 10, 15 0S dan o‘tish muddatlari, oxirgi bahorgi va
erta kuzgi qora sovuqlarning muddatlari o‘zgarishlarida umumiy trend bilan bir
qatorda ma’lum sikllik qayd etiladi. Agrometeorologik parametrlar qiymatlarini
2020 –2030 yillargacha ekstropolyasiya qilish uchun havo haroratining regional
o‘zgarishidagi orttirmaning qiymatlari aniqlashtirildi va bu holat birinchi regional
iqlimiy ssenariy bilan moslashtirildi.
Agroiqlimiy rayonlar bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun bahor va
kuzda havo haroratining 0, 5, 10, 150S dan o‘tish muddatlari o‘rtasidagi davrlar
davomiyligining mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari baholandi. Bunda iqlim
o‘zgarishining issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar emissiyasini hisobga oluvchi
ssenariysidan foydalanildi. O‘zbekiston bo‘yicha sovuq bo‘lmagan davrlar
davomiyligi o‘rtacha 8-15 kunga ortadi, havo haroratining 5-10 0S dan o‘tish
muddatlari bahorda 5-10 kunga erta muddatga surilsa, kuzda esa 5-15 kunga kech
muddatga suriladi.
O‘zbekiston tog‘ zonasi (Turkiston va Hisor tog‘ tizmalari tarmoqlari, G‘arbiy
Tiyanshan) termik resurslarining o‘zgarishini baholash natijalari shuni ko‘rsatdiki,
bahorda havo haroratining +50S dan barqaror o‘tish muddatlari ko‘p yillik
me’yorga nisbatan G‘arbiy Tiyanshan tog‘larida 3-8, Samarqand viloyatida 6-7,
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 9-12 kun erta kuzatiladi. SHunga mos
ravishda yaylov o‘simliklarining vegetatsiyasi ham shuncha kun erta boshlanadi.
Respublika agroiqlimiy resurslarining xilma-xilligi, ularning yillaro
o‘zgargaruvchanligi va iqlimning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda
havo haroratining taxmin qilinayotgan o‘sishi, ularning qishloq xo‘jaligi ekinlari
hosildorligiga har tomonloma ta’sirini hisobga olishni talab etadi. Atrof muhitda
karbonat angidrid konsentratsiyasining ortishidan kelib chiqadigan bevosita effekt
ko‘pgina qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi va mahsuldorligiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. O‘simliklar vegetatsiyasining barcha qulay sharoitlari bilan bir qatorda
karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining ikki marta ko‘payishi jo‘xori, paxta,
tariq, sabzavot ekinlari hamda bug‘doy, sholi, arpa, suli hosildorligini 1 % dan 10
% gacha oshiradi. Karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining o‘sishi, ayrim
noqulay sharoitlarda, masalan, nam etishmasligida ham, ekinlar mahsuldorligiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga qo‘rg‘oqchilikka uchragan lalmikor
dehqonchilikda hosildorlikning yillararo tebranishi ham kamayishi mumkin. Lekin
karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining o‘sishi sharoitida ekinlarni
parvarishlash, tuproqni zarur moddalar bilan to‘yintirish hosildorlikning yanada
yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. Barcha qishloq xo‘jalik ekinlari uchun
hosildorlikning eng yuqori darajada ortishi o‘rtacha 20 – 40 % ga etishi mumkin.
Organik moddalar, ayniqsa, fosfor etishmaganda, hosildorlik ortishi tufayli
olinadigan foydali imkoniyatni yo‘qotishimiz ham mumkin.
Iqlimiy ssenariyalarga ko‘ra, yozgi haroratning o‘sishi uncha katta emas, lekin
qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda noqulay hisoblangan o‘ta issiq kunlar
soni ortishi mumkin. O‘zgidrometga qarashli NIGMI olimlari A.X.Abdullaev va
F.A.Mo‘minovlarning ma’lumotlaridan ma’lumki, maksimal havo haroratining
400S yuqori bo‘lishi tropik va mo‘‘tadil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini
etishtirishda, ayniqsa, ularning gullashi davrida, noqulaylik keltirib chiqaradi. Havo
haroratining 25 0S dan yuqori bo‘lishi karamga, 27-29 0S dan yuqori bo‘lganda
kartoshkaga, 35-40 0S–pomidorga, 39-40 0S dan yuqori bo‘lishi esa poliz va
texnika ekinlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Havo haroratining 25 0S dan yuqori bo‘lgan kunlar sonining 10-30 kundan 50-
70 kunlargacha ortishi karam hosildorligini 10-55 % ga kamaytiradi. 35-40 0S
haroratli kunlar sonining 10 dan 50-80 kungacha ko‘payishi pomidor hosildorligini
10-50 % ga kamaytiradi. Poliz ekinlari uchun havo haroratining 40 0S dan yuqori
bo‘lgan kunlar sonining 5 dan 25 gacha ortishi, hosildorlikni 9-42 % ga
kamaytiradi.
Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 30 0S dan yuqori harorat
kuzatilgan kunlar sonining me’yorga nisbatan 15 dan 30 kungacha ortishi, paxta
hosildorligini 9-22 % ga, qolgan paxta etishtiruvchi rayonlarda esa 0-8 % ga
kamaytiradi. Hozirgi kunda va kelajakda O‘zbekistonning asosiy sug‘oriladigan
maydonlari barcha viloyatlarda g‘o‘za ekinlari bilan band bo‘ladi. Maydoni
bo‘yicha ikkinchi o‘rinni donli ekinlar, so‘ng sholi va kartoshka egallaydi.
Orol dengizi havzasi asosiy daryolari suv resurslarining mumkin bo‘lgan
o‘zgarishlarini baholash. O‘tmishda ishlab chiqilgan va amaliyotda mavjud bo‘lgan
gidrologik va suv xo‘jaligi hisoblashlari oqimning va uning hosil bo‘lishini
belgilaydigan gidrometeorologik jarayonlarning barqarorligiga asoslanadi. Keyingi
yillarda global iqlim o‘zgarishi oqibatida bunday qarashlar qayta ko‘rib
chiqilmoqda. Hozirgi kunda kechayotgan iqlim o‘zagrishlari global gidrologik
siklning faollashishiga olib keladi va regional suv resurslariga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Oqimning hosil bo‘lish shart-sharoitlari va buning oqibatida daryolar
havzalarining suv balansi tashkil etuvchilari ham o‘zgaradi. Regionda amalga
oshirilgan uzoq davrli gidrometeorologik kuzatishlar ma’lumotlarining
ko‘rsatishicha, hozirgi kunda kechayotgan global isish O‘rta Osiyo sharoitida
gidrologik siklning ayrim komponentlarida trend sifatida aks etmoqda: bug‘lanish
qatlami ortmoqda, qor qoplami kamaymoqda, tog‘lardagi muzlanish sezilarli
darajada qisqarmoqda, gidrometeorologik qatorlarning o‘zgaruvchanligi ham
o‘smoqda.
Suv resurslariga iqlim o‘zgarishining ta’sirini kompleks baholash murakkab
vazifa hisoblanadi. Bu masala turli yondoshuvlardan foydalanish yo‘li bilan bir
necha marta o‘rganilgan va qator baholashlar bir-biriga yaqin natijalarni bergan.
O‘zgidrometga qarashli NIGMI mutaxassislari tog‘ daryolari oqimi hosil
bo‘lishining matematik modeli asosida iqlim o‘zgarishining turli ssenariyalarini
e’tiborga olib, tegishli hisoblashlarni bajarganlar. Natijalarning dalolat berishicha,
yaqin 20-30 yil davomida, iqlimiy parametrlar o‘zgarishining yuqorida ko‘rib
chiqilgan diapazonlarida, suv resurslarining jiddiy o‘zgarishi kutilmaydi. SHu bilan
birga iqlimiy parametrlarning yillik o‘zgarishi daryo oqimiga ham sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Havo haroratining yillik bir tekis ko‘tarilishi sharoitida iqlimning isishi
tufayli vegetatsiya davridagi o‘rtacha suv sarflari kamayadi.
Muz suvlari hisobiga to‘yinuvchi daryolarda haroratning yil davomida
sezilarli darajada ko‘tarilishi oqimning asosiy ko‘rsatkichlari qiymatlarining
kattalashishiga olib kelishi mumkin. Lekin, oqimning bu davrdagi mumkin bo‘lgan
o‘zgarishi tabiiy o‘zgaruvchanlik chegrasida bo‘ladi va oqim miqdoridagi o‘zgarish
3–10% dan 2–7% gacha oraliqda baholanadi. Qatorichi korrelyasiyasini baholash
va garmonikani ajratishga asoslangan hisoblashlar yaqin kelajakda asosiy daryolar
oqimida kuzatilishi mumkin bo‘lgan trendni aniqlashga imkon berdi. Karki
(Amudaryo) va Bekobod-CHaqir (Sirdaryo) gidrologik stvorlari uchun tiklangan
shartli-tabiiy oqim qatorlarini tahlil qilish misolida aytish mumkinki, yaqin yillar
davomida daryolarning suvliligi o‘rtacha ko‘p yillik miqdor darajasida bo‘ladi.
2030 yilda, hatto region uchun eng maqbul hisoblangan iqlimiy ssenariya (oqim
hosil bo‘lish zonasida atmosfera yog‘inlarining 10-20 % ga ortishi va haroratning
0,5 0S ga ko‘tarilishi) dan foydalanilganda ham ko‘rib chiqilayotgan zonada yuza
oqimning bazaviy o‘rtacha qiymatga nisbatan 10 % ga ko‘payishini kutish
mumkin. YOg‘inlarning yog‘ish rejimining turlichaligini nazarda tutadigan
ssenariyalardan foydalanish bilan bog‘liq holda daryolar oqimining o‘rtacha
miqdori hozirgi me’yorga nisbatan 90 – 110 % atrofida, variatsiya koeffitsienti esa
ko‘p suvli yillarni qamrab olgan hisob davridagi kabi ortishi mumkin.
Yirik daryolar havzalarida hosil bo‘ladigan suv resurslarining iqlim
o‘zgarishiga nisbatan reaksiyasi, birinchi navbatda, daryolarning asosiy to‘yinish
manbalari nisbatlarining o‘zgarishida aks etadi. Bu esa ular gidrologik rejimining
o‘zgarishiga olib keladi. Agar hozirgi kunda Piskom daryosi havzasi oqimining
hosil bo‘lishida qor suvlarining hissasi 60-75 % deb baholansa, iqlim
o‘zgarishining turli ssenariyalaridan foydalanishga asoslangan modelli
hisoblashlarda bu miqdor 15-30 % ga kamayadi.
Sirdaryo havzasi daryolari yillik oqimida turli baholashlar bo‘yicha muzlik
suvlarining hissasi 8-15 % bo‘lsa, kelajakda uning 20 % gacha ortishi kutilmoqda.
Amudaryo havzasi daryolarida muzlik suvlari hisobiga to‘yinish 32-39 % gacha
ortishi mumkin. Daryolar oqimining yomg‘ir suvlari hisobiga to‘yinishi hozirgi
kunda 12-15 % ni tashkil esa, kelajakda bu miqdor 20-35 % gacha ortishi mumkin.
Havo haroratining ko‘tarilishi bilan atmosfera yog‘inlarining katta qismi yomg‘ir
ko‘rinishida yog‘adi, oqimning bug‘lanish hisobiga yo‘qotilishi ortadi, tog‘larda
qishki qor to‘planishi kamayadi, muzlanishning qisqarishi davom etadi. Bu
jarayonlar boshqa gidrologik parametrlarda, jumladan, anomal jarayonlar, ya’ni sel
hodisalari va tog‘ ko‘llari to‘g‘onlari buzilishining faollashuvida salbiy ko‘rinishda
aks etadi. SHu bilan birga, ular boshqa ko‘rinishdagi, ya’ni daryolar suv rejimiga u
yoki bu darajada ta’sir etadigan oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
O‘zgidrometga qarashli NIGMI da ishlab chiqilgan kichik tog‘ daryolari oqimi
hosil bo‘lishining matematik modeli O‘zbekistonning turli balandlik va iqlimiy
zonalaridagi kichik havzalar oqimining iqlimning mumkin bo‘lgan o‘zgarishiga
nisbatan reaksiyasini baholashga imkon berdi. Mazkur model bo‘yicha baholash
meteorologik parametrlarning o‘zgarishi asosida amalga oshiriladi. Kichik