O‘zbekiston va jahon hamjamiyati

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

27

File size

Fayl hajmi

68,8 KB


O‘zbekiston va jahon hamjamiyati
1.
O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatining  asosiy  ustuvor
tamoyillari.
2.
O‘zbekiston  Respublikasining  BMTga  a’zo  bo‘lishi  hamda  jahon
hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini ortib borishi.
3.
O‘zbekistonning  Yevropa  Ittifoqi  mamlakatlari  bilan  istiqbolli
hamkorliklari.
4.
O‘zbekistonning ShHT bilan aloqalari.
5.
O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan
o‘zaro hamkorlik aloqalari.
XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri
bo‘lib kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga
qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy
tuzum,  ikki  harbiy-siyosiy  blok  barham  topdi.  Sotsialistik  tuzum  yemirilishi
bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida
har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin
olish  uchun  harakat  boshladi.  Shular  qatori  O‘zbekiston  ham  jahon
hamjamiyatidan  munosib  o‘rin  olish  maqsadida  o‘zining  ijtimoiy-siyosiy
yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari
uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi
Logotip
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati 1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari. 2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi hamda jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini ortib borishi. 3. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. 4. O‘zbekistonning ShHT bilan aloqalari. 5. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari. XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish maqsadida o‘zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi
siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi.
Xususan,  O‘zbekistonning  Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi  o‘rni,  bu  xududda
istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo‘lib kelgani Markaziy Osiyo
mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda. 
Ma’lumki,  sobiq  ittifoq  davrida  O‘zbekiston  tashqi  siyosatda  boshqa
davlatlar  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aloqa  qilish  imkonidan  mahrum  bo‘lib,
respublikaning  o‘rni  faqat  qog‘ozlarda  federatsiya  sub’ekti  sifatida
mustahkamlangan edi, xolos. O‘zbekiston o‘z imkoniyatlarini dunyo miqyosida
ko‘rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati
bilan amalga oshirilar edi. 
Istiqlolning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  O‘zbekistonda  xalqaro
tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik
aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali
milliy  kadrlar  etishtirish  ehtiyoji  kelib  chiqdi.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,
O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
 “Xalqaro  hamjamiyatning  to‘la  huquqli  a’zosi  bo‘lgan  O‘zbekiston
Respublikasi  xalqaro  munosabatlarda  mustaqil  davlat,  xalqaro  huquq  sub’ekti
sifatida  qatnashadi,  uning  maqsadlari  mustahkam  tinchlik,  qurolsizlanish,  o‘z
hududini qurol-yarog‘lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy
qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal
etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”, - deb 1991 yil 31
avgustda  Oliy  Kengash  VI  sessiyasida  qabul  qilingan  “Mustaqillik  haqidagi
Bayonot”da  o‘z  tashqi  siyosatining  asosiy  yo‘lini  belgilab  olgan  O‘zbekiston
Respublikasi  1992  yil  8  dekabrda  qabul  qilingan  Konstitutsiyamizning  17-
moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi
siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi: 
·
milliy-davlat  manfaatlarini  ustun  qo‘ygan  holda  tashqi  siyosatda
davlatlarning suveren tengligini hisobga olish;
·
umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘ygan xolda nizoli mojarolarni
tinch yo‘l bilan hal etish;
Logotip
siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni, bu xududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo‘lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda. Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo‘lib, respublikaning o‘rni faqat qog‘ozlarda federatsiya sub’ekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos. O‘zbekiston o‘z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko‘rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar etishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi. “Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq sub’ekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”, - deb 1991 yil 31 avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17- moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi: · milliy-davlat manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish; · umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘ygan xolda nizoli mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
·
tashqi  siyosatdagi  teng  huquqlilik  va  o‘zaro  manfaatdorlikni
o‘rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik 
·
barcha  tinchliksevar  davlatlar  bilan  tashqi  aloqalarni  o‘rnatishga
intilish;
·
xalqaro  huquq  normalarini  tan  olgan  xolda  jahon  hamjamiyatida
xalqaro talablarga rioya qilish;
·
tashqi  siyosatda  ko‘p  tomonlama  aloqalarni  o‘rnatishda  xalqaro
tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  butun  jahon  jamoatchiligi  oldida  xalqaro
huquqning  umumjahon  e’tirof  etgan  normalariga  sodiqligini  Konstitutsiya
darajasida ham mustahkamladi. Halqaro huquqning tamoyillari va normalarining
butun  bu  majmui  Konstitutsiyaga  BMT  Ustavidan,  Inson  huquqlari  umumiy
deklaratsiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa halqaro huquq bitimlardan,
Xelsinki  bitimi,  Parij  va  Madrid  xartiyalariga  asoslandi.  Shuningdek,  asosiy
qonunga  kiritilgan  qonunlarni  rivojlantirish  maqsadida  “Diplomatik
munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish,
ijro  etish  va  bekor  qilish”  haqida  aktlar  ham  qabul  qilindi.  Ularda  tashqi
siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi. 
Shu o‘rinda aytib o‘tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning
asosiy tashqi siyosiy doktrinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar
yo‘nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish
imkonini  berdi.  Mamlakatimizni  jahon  xalqlari  tinchligi  va  xavfsizligini
mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida
mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasi
o‘zining  tashqi  siyosatdagi  yo‘nalishlarini  demokratik  pritsiplarga  asoslangan
holda olib borar ekan, 1991 yil dekabrdan 1992 yil iyul oyigacha bo‘lgan davr
ichida respublikani 111 davlat, 2015 yilga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini
180 dan ortiq davlat tan oldi. 2018 yilga kelib, ularning 134 tasi bilan diplomatik,
siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda
AQSh,  Turkiya,  Germaniya,  Fransiya,  Buyuk  Britaniya,  Xitoy,  Hindiston,
Logotip
· tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlikni o‘rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik · barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o‘rnatishga intilish; · xalqaro huquq normalarini tan olgan xolda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish; · tashqi siyosatda ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya darajasida ham mustahkamladi. Halqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa halqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi. Shu o‘rinda aytib o‘tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktrinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo‘nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik pritsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991 yil dekabrdan 1992 yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, 2015 yilga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi. 2018 yilga kelib, ularning 134 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston,
Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Poytaxtda
44  ta  davlat  diplomatik  missiyasi  akkreditatsiyadan  o‘tdi.  Shuningdek,
O‘zbekistonda  88  ta  xorijiy  mamlakatlar  va  xalqaro  tashkilotlarning,  24  ta
hukumatlararo  va  13  ta  nohukumat  tashkilotlarning  vakolatxonalari  faoliyat
ko‘rsatmoqda.  O‘z  navbatida  O‘zbekistonning  elchilari  dunyodagi  46  ta
davlatlarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. 
Mustaqil  O‘zbekiston  tashqi  siyosatining  asosini  ochiq-oydinlik,  teng
huquqlik, demokratik pritsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash,
respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil
etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof
etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992 yil 2 martda O‘zbekiston xalqaro
munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga
a’zo bo‘lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat
sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin olishda ham katta ahamiyatga ega
bo‘ldi. 1993 yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid
Malik BMTning O‘zbekistondagi vakili etib tayinlandi. 
O‘zbekiston  BMTning  to‘laqonli  a’zosi  sifatida  Birlashgan  Millatlar
Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o‘zining xalqaro hamjamiyatga
kirish  jarayonini  davom  ettirdi.  O‘zbekiston  rahbariyatining  dunyodagi  global
muammolarga  jahon  miqyosida  e’tiborini  qaratishi  O‘zbekistonning  tashqi
siyosatda  tutgan  aniq  o‘rnini  belgilab  berdi.  Chunonchi,  1993  yil  Birlashgan
Millatlar  Tashkiloti  Bosh  Assambleyasining  48-sessiyasidagi  ma’ruzasida
O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning  ilgari  surgan
birinchi  xalqaro  tashabbusi  O‘zbekistonning  xalqaro  miqyosdagi  adolatparvar
siyosatidan darak berdi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  1995  yil
BMTning ellik yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali
yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ham asosiy e’tiborni bu tashkilotning faoliyatini
yanada kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik,
ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. Prezident
Logotip
Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Poytaxtda 44 ta davlat diplomatik missiyasi akkreditatsiyadan o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida O‘zbekistonning elchilari dunyodagi 46 ta davlatlarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik pritsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992 yil 2 martda O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin olishda ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1993 yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O‘zbekistondagi vakili etib tayinlandi. O‘zbekiston BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o‘zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi. O‘zbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi O‘zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o‘rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak berdi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1995 yil BMTning ellik yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ham asosiy e’tiborni bu tashkilotning faoliyatini yanada kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. Prezident
muayyan “olovli nuqtalar” deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib,
tinchlik va barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi va
O‘zbekiston  “ommaviy  qirg‘in  qurollarini  tarqatmaslikni  ta’minlash  bo‘yicha
kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini butunlay to‘xtatish
xaqidagi shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori” ekanligini ham ko‘rsatib o‘tdi. 
Ushbu  yig‘ilishda  Orol  dengizi  qurishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  global
muammo ham ko‘tarildi. Prezident I.A.Karimov “Orol dengizining qurishi bilan
bog‘liq ekologik fojea, butun yer yuzini qamrab oladigan biosfera, o‘nlab million
kishilarning  hayot  sharoitlari,  salomatligi,  nasliga  halokatli  ta’sir  ko‘rsatuvchi
global muammo” ekanligini ko‘rsatib, bugungi kunda BMTning tashkilotchilik
faoliyatisiz bu muammoni hal etish mumkin emasligini ham asoslab berdi. 
1995 yil 16 sentyabrda Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik
va  hamkorlik  masalalariga  bag‘ishlangan  seminar-kengashi  ish  boshladi.
Dunyoning ko‘p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda O‘zbekiston rahbarining
so‘zlagan nutqi bosh hujjat sifatida qabul qilindi. 
Xalqaro  munosabatlar  ravnaqi  mamlakatimizda  xavfsizlik  va
barqarorlikning,  aholi  turmush  darajasini  yuksaltirishning  o‘ziga  xos  kafolati
ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois ham O‘zbekiston rahbariyatining tashqi
siyosatda  mintaqaviy  barqarorlikni  saqlab  qolish  maqsadida  ilgari  surgan
tashabbuslari ko‘pgina davlatlar va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi.
BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik
Tashkiloti  sammitidagi  yig‘ilishlarda  O‘zbekiston  prezidentining  kiritgan  aniq
tashabbuslari,  mintaqa  xavfsizligini  ta’minlashga  qaratilgan  taklifi,  BMT
boshchiligidagi “6+2” guruhining tuzilishiga asos bo‘lgan edi. (O‘zbekiston, XXR,
Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va
“Tolibon” harakati) Ushbu guruhning    1999 yil iyul oyida Toshkentda o‘tkazgan
uchrashuvi muhim xalqaro voqea bo‘ldiki, bu uchrashuv mintaqaning o‘zida bo‘lib
o‘tdi. Uchrashuvning yakuni sifatida 19 iyul kuni “Afg‘onistondagi mojarolarni
tinch  yo‘l  bilan  hal  qilishning  asosiy  pritsiplari  to‘g‘risidagi”  tarixiy  hujjat
imzolandi.  Ushbu  hujjat  BMTning  rasmiy  hujjati  sifatida  tarqatildi.  Mazkur
Logotip
muayyan “olovli nuqtalar” deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib, tinchlik va barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi va O‘zbekiston “ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslikni ta’minlash bo‘yicha kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini butunlay to‘xtatish xaqidagi shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori” ekanligini ham ko‘rsatib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan global muammo ham ko‘tarildi. Prezident I.A.Karimov “Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik fojea, butun yer yuzini qamrab oladigan biosfera, o‘nlab million kishilarning hayot sharoitlari, salomatligi, nasliga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi global muammo” ekanligini ko‘rsatib, bugungi kunda BMTning tashkilotchilik faoliyatisiz bu muammoni hal etish mumkin emasligini ham asoslab berdi. 1995 yil 16 sentyabrda Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashi ish boshladi. Dunyoning ko‘p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda O‘zbekiston rahbarining so‘zlagan nutqi bosh hujjat sifatida qabul qilindi. Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o‘ziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois ham O‘zbekiston rahbariyatining tashqi siyosatda mintaqaviy barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko‘pgina davlatlar va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi. BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi yig‘ilishlarda O‘zbekiston prezidentining kiritgan aniq tashabbuslari, mintaqa xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklifi, BMT boshchiligidagi “6+2” guruhining tuzilishiga asos bo‘lgan edi. (O‘zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va “Tolibon” harakati) Ushbu guruhning 1999 yil iyul oyida Toshkentda o‘tkazgan uchrashuvi muhim xalqaro voqea bo‘ldiki, bu uchrashuv mintaqaning o‘zida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning yakuni sifatida 19 iyul kuni “Afg‘onistondagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning asosiy pritsiplari to‘g‘risidagi” tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Mazkur
anjuman O‘zbekiston rahbariyatining ko‘p yillik sa’y-harakatlari natijasi edi. 2017
yil 4-6 dekabr kunlari Afg‘oniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi
ikki davlat  munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Muzokaralar yakuni  bo‘yicha
siyosiy,  savdo-iqtisodiy  va  madaniy-gumanitar  sohalarga  oid  qator  hujjatlar
imzolandi. O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish
yo‘lida  e’tiborga  molik  tashabbuslar  bilan  chiqdi.  Xususan,  Prezident
Sh.M.Mirziyoev  tashabbusi  bilan  2018  yilning  26-27  mart  kunlari  “Tinchlik
jarayoni,  xavfsizlik  sohasida  hamkorlik  va  mintaqaviy  sheriklik”  mavzuida
Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib
o‘tdi.  Ushbu  anjumanda  20  dan  ortiq  davlatlar,  nufuzli  xalqaro  tashkilotlar
delegatsiyalari ishtirok etdi.
2010  yil  sentyabrda  bo‘lib  o‘tgan  BMTning  insoniyat  rivojlanish
maqsadlariga bag‘ishlangan “Ming yillik” sammitida O‘zbekiston ushbu nufuzli
xalqaro  tashkilot  tomonidan  qo‘yilgan  ijtimoiy  dasturlarni  bajarish  borasidagi
e’tirofga molik mulohazalar bilan chiqdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil sentyabrda
bo‘lgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zlab, zamonaviy
dunyodagi ma’lum global muammolarga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratdi.
Jumladan, Prezident o‘z nutqida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, Orol fojeasi,
yoshlar  ta’lim-tarbiyasi,  ma’rifat,  bag‘rikenglik  masalalariga  alohida  to‘xtaldi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” tamoyilini
xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinishi to‘g‘risidagi taklif davlat rahbarlari va
delegatsiyalari o‘rtasida yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ushbu tamoyil 50 dan
ziyod davlatning qo‘llab-quvvatlashi natijasida 2018 yil 12 dekabr kuni BMT
tomonidan  qabul  qilindi.  BMT  Bosh  kotibi  A.Guterrish  bilan  O‘zbekiston
Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoevning  2017  yil  10  iyunda  Samarqand
shahridagi  uchrashuvi  va  keyingi  bir  qator  uchrashuvlar  xalqaro  nufuzli
tashkilotning  O‘zbekistonning  jahonda  tinchlik  va  barqarorlik,  hamjihatlik  va
hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdagi sa’y-harakatiga berilgan yuqori bahosidan
darak beradi. 
Logotip
anjuman O‘zbekiston rahbariyatining ko‘p yillik sa’y-harakatlari natijasi edi. 2017 yil 4-6 dekabr kunlari Afg‘oniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarga oid qator hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish yo‘lida e’tiborga molik tashabbuslar bilan chiqdi. Xususan, Prezident Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 2018 yilning 26-27 mart kunlari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda 20 dan ortiq davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etdi. 2010 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan BMTning insoniyat rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan “Ming yillik” sammitida O‘zbekiston ushbu nufuzli xalqaro tashkilot tomonidan qo‘yilgan ijtimoiy dasturlarni bajarish borasidagi e’tirofga molik mulohazalar bilan chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil sentyabrda bo‘lgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zlab, zamonaviy dunyodagi ma’lum global muammolarga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratdi. Jumladan, Prezident o‘z nutqida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, Orol fojeasi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ma’rifat, bag‘rikenglik masalalariga alohida to‘xtaldi. Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” tamoyilini xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinishi to‘g‘risidagi taklif davlat rahbarlari va delegatsiyalari o‘rtasida yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ushbu tamoyil 50 dan ziyod davlatning qo‘llab-quvvatlashi natijasida 2018 yil 12 dekabr kuni BMT tomonidan qabul qilindi. BMT Bosh kotibi A.Guterrish bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 10 iyunda Samarqand shahridagi uchrashuvi va keyingi bir qator uchrashuvlar xalqaro nufuzli tashkilotning O‘zbekistonning jahonda tinchlik va barqarorlik, hamjihatlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdagi sa’y-harakatiga berilgan yuqori bahosidan darak beradi.
O‘zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda
xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi
istiqbolli  natijalarni  ko‘rsatdi.  Ko‘pgina  mintaqaviy  tashkilotlar,  chunonchi,
NATO, EKO, Islom konferensiya, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham
samarali hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. 1994 yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning
“Tinchlik  yo‘lidagi  hamkorlik”  Dasturiga  qo‘shildi.  Bu  dasturga  ko‘ra,
O‘zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi Kemp Lejyup dengiz
piyodalari  poligonida  o‘tkazilgan  harbiy  mashqlarda,  O‘zbekiston  xududida
amerikaliklar  bilan  o‘tkazilgan  desantchilarning  “Ultrabalans  96”  harbiy
mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997
yil  Norvegiyada  o‘tkazilgan  “Kooperativ  bankers-97”  mashqlarida  ham
qatnashdilar.  Bu  kabi  hamkorliklar  jangchilarimiz  uchun  o‘ziga  xos  mahorat
maktabi, tajriba bo‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam
berdi. O‘zbekistonning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” Dasturida ishtiroki Markaziy
Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga
keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi. NATO Bosh
kotibi  X.Solana  va  AQShning  NATOdagi  doimiy  vakili  R.Xanterning
O‘zbekistonga  tashriflari  O‘zbekiston  va  mazkur  tashkilot  o‘rtasidagi  tinchlik
yo‘lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko‘rsatdi. 
O‘zbekiston  BMTga  a’zo  bo‘lib  kirgan  yillari  Yevropa  xavfsizlik  va
hamkorlik  tashkilotining  (EXHT)  katta  mansabdor  xodimlari  qo‘mitasining
Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib
kirishi masalasi ko‘tarildi. 1992 yil 26 fevralga kelib O‘zbekiston ham bu tashkilot
kengashining  yakunlovchi  hujjatiga  imzo  chekdi.  Mazkur  hujjat  imzolangan
vaqtdan  beri  O‘zbekistonning  Yevropa  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti
bo‘linmalaridagi  ishtiroki  tobora  kengayib  bormoqda.  YeXHTning  Markaziy
Osiyo  bilan  aloqalari  bo‘yicha  Byurosi  mintaqada  barqarorlikni  ta’minlash
maqsadida  mintaqadagi  respublikalar  bilan  hamkorlikni  yo‘lga  qo‘yib  olgani
quvonarli  holdir.  Ushbu  byuroning  tashabbusi  bilan  Toshkentda  YeXHTning
“Inson  xuquqlari  bo‘yicha  milliy  institutlar”,  “Ommaviy  axborot  vositalari
Logotip
O‘zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko‘rsatdi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konferensiya, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. 1994 yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” Dasturiga qo‘shildi. Bu dasturga ko‘ra, O‘zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda, O‘zbekiston xududida amerikaliklar bilan o‘tkazilgan desantchilarning “Ultrabalans 96” harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil Norvegiyada o‘tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. O‘zbekistonning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi. NATO Bosh kotibi X.Solana va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O‘zbekistonga tashriflari O‘zbekiston va mazkur tashkilot o‘rtasidagi tinchlik yo‘lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko‘rsatdi. O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lib kirgan yillari Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) katta mansabdor xodimlari qo‘mitasining Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi masalasi ko‘tarildi. 1992 yil 26 fevralga kelib O‘zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. YeXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda YeXHTning “Inson xuquqlari bo‘yicha milliy institutlar”, “Ommaviy axborot vositalari
demokratlashtirish  sharoitida”  mavzusidagi  bir  qator  anjumanlari  o‘tkazildi.
Seminarlar  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropada  inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy
institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining
inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda
O‘zbekistonning  ishtiroki  tanchlikparvar  tashqi  siyosat  yuritishida  asosiy  omil
bo‘lib qoldi. O‘zbekistonning 1996 yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika
rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon
berdi. 
1999 yil 18-19 noyabr kunlari 54 mamlakat  rahbarlarining Turkiyaning
Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib, mazkur anjumanda ancha
dolzarb  muammolar,  jumladan  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlikni
mustahkamlashning  asosiy  tamoyillari  ishlab  chiqilgan  edi.  Yig‘ilishda
O‘zbekiston  rahbarining ma’ruzasi  dunyo mamlakatlari  iqtisodiy  taraqqiyotini,
fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta’minlagandagina
amalga  oshirish  mumkinligiga  qaratildi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi
Prezidenti yig‘ilishda global ahamiyatga ega bo‘lgan terorrizmga qarshi markaz
tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan
tashkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini ta’minlash
mumkinligini alohida ta’kidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga
qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini
qo‘shmoqda.  Buni  AQSh  senatorlaridan  biri  bo‘lgan  Liberman  tasdiqlab,
quyidagilarni  ta’kidlagan  edi:  “O‘zbekistonsiz  bizning  Afg‘onistondagi
aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, - deydi. 
Bu o‘rinda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga
ham to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim
bo‘yicha ishlar respublikada 1995 yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996
yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan
Yevropa  Ittifoqi  o‘rtasidagi  bitim  1996  yil  21-22  iyun  kunlari  Italiyaning
Florensiya  shahrida  Yevropa  Ittifoqi  davlatlari  rahbarlarining  yig‘ilishida
imzolandi.  Florensiyaning  “Fortezza  de  basso”  qal’asida  Yevropa  Ittifoqiga
Logotip
demokratlashtirish sharoitida” mavzusidagi bir qator anjumanlari o‘tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda O‘zbekistonning ishtiroki tanchlikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo‘lib qoldi. O‘zbekistonning 1996 yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon berdi. 1999 yil 18-19 noyabr kunlari 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib, mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti yig‘ilishda global ahamiyatga ega bo‘lgan terorrizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda. Buni AQSh senatorlaridan biri bo‘lgan Liberman tasdiqlab, quyidagilarni ta’kidlagan edi: “O‘zbekistonsiz bizning Afg‘onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, - deydi. Bu o‘rinda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo‘yicha ishlar respublikada 1995 yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996 yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi bitim 1996 yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga
kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi-sammitda
imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon
hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta
ahamiyat  kasb  etdi.  2017  yil  noyabrida  Yevropa  Ittifoqi  delegatsiyasining
Samarqandga tashrifi o‘zaro hamkorlik borasida yangi sahifani ochdi.  2018 yil 23
noyabrda Bryusselda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari
tashqi  ishlar  vazirlarining  uchrashuvida  bir  qator  dolzarb  masalalarga  e’tibor
qaratildi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Islom konferensiyasi tashkiloti”, “Qo‘shilmaslik
harakati” kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o‘rnatdi. Bular
orasida, ayniqsa, 1985 yilda tuzilgan, yuzdan ortiq a’zoga ega “Qo‘shilmaslik
harakati”  tomonidan  olib  borilayotgan  siyosat  O‘zbekiston  tashqi  siyosatining
asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish, turli
harbiy-siyosiy  bloklar  faoliyatida  qatnashmaslik,  tinchliksevarlik  kabi
yo‘nalishlarga to‘la mos keladi. O‘zbekiston bu tashkilotga 105-a’zo bo‘lib kirdi.
O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida
jaxon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifalar
qatoriga  kirdi.  Shu  bois  O‘zbekiston  jahon  iqtisodiyotida  integratsiyalashish
yo‘lidan  borib,  Jahon  banki,  Xalqaro  Valyuta  fondi,  Xalqaro  moliya
korporatsiyasi,  Iqtisodiy  taraqqiyotga  ko‘maklashuv  tashkiloti  va  boshqa
moliyaviy iqtisodiy  tashkilotlarga a’zo bo‘lib  kirdi  va ular  bilan  hamkorlikni
yo‘lga qo‘yib oldi. Shu bilan birga O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan
muassasalar - Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon
intellektual  mulk  tashkiloti,  BMTning  bolalar  fondi,  Xalqaro  pochta  ittifoqi,
Yelektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro
olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan
o‘zaro aloqalarni tiklab oldi. Ularning vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va
faoliyat  ko‘rsatmoqda.  BMTning  ta’lim,  ilm-fan  va  madaniyat  masalalariga
ixtisoslashgan  YuNESKO  tashkiloti  bilan  ham  Respublikamiz  o‘rtasidagi
Logotip
kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi-sammitda imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi. 2017 yil noyabrida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining Samarqandga tashrifi o‘zaro hamkorlik borasida yangi sahifani ochdi. 2018 yil 23 noyabrda Bryusselda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida bir qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi “Islom konferensiyasi tashkiloti”, “Qo‘shilmaslik harakati” kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o‘rnatdi. Bular orasida, ayniqsa, 1985 yilda tuzilgan, yuzdan ortiq a’zoga ega “Qo‘shilmaslik harakati” tomonidan olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish, turli harbiy-siyosiy bloklar faoliyatida qatnashmaslik, tinchliksevarlik kabi yo‘nalishlarga to‘la mos keladi. O‘zbekiston bu tashkilotga 105-a’zo bo‘lib kirdi. O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida jaxon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga kirdi. Shu bois O‘zbekiston jahon iqtisodiyotida integratsiyalashish yo‘lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib oldi. Shu bilan birga O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar - Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMTning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Yelektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni tiklab oldi. Ularning vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. BMTning ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YuNESKO tashkiloti bilan ham Respublikamiz o‘rtasidagi
hamkorlik  munosabatlari  shu  kunlarda  muhim  ahamiyat  kasb  etib  bormoqda.
O‘zbekiston 1993 yil YuNESKOga a’zo bo‘lgan edi. 
1994  yilga  kelib  esa  O‘zbekiston  Respublikasining  YuNESKO  ishlari
bo‘yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi va bu ham o‘zaro hamkorligimizning
samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. 1996 yilga kelib Toshkentda
YuNESKOning vakolatxonasi ochildi. Shu o‘tgan vaqtdan beri O‘zbekiston va
YuNESKO tashkiloti o‘rtasidagi aloqalar yildan-yilga kengayib bordi. 
1996 yil O‘zbekiston Prezidenti ham YuNESKO qarorgohiga rasmiy tashrif
bilan bordi. Bu tashrif chog‘ida I.A.Karimov YuNESKO Ijroiya kengashining 149-
sessiyasida nutq so‘zladi. YuNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti
ishtirokida  YuNESKO  qarorgoxida  “Temuriylar  davrida  fan,  madaniyat  va
ma’rifatning gullab-yashnashi” ko‘rgazmasini ochdi. 
O‘zbekiston bilan YuNESKOning o‘zaro hamkorligi kengayshi natijasida
YuNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000
yil 28 dekabrda esa Shahrisabz shahri YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Shaxrisabz
bu ro‘yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo‘ldi. Bunday aloqalar
o‘z  navbatida  munosabatlarimizni  yanada  yuqori  pog‘onaga  ko‘tarib,
hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari respublikada o‘tkazilgan
barcha tadbirlarda YuNESKO ishtirok etmoqda. Xususan, Amir Temur tavallud
topgan kunining 660 yilligi, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Jaloliddin
Manguberdi  kabi  buyuk  shaxslarning  yubiley  tantanalari,  Buxoro  va  Xiva
shaharlarining  2500  yilligi,  Samarqandda  shahrining  2750  yilligi,  Toshkent
shahrining 2200 yilligi, Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi, “Alpomish” dostonining
1000 yilligi kabi tadbirlar bevosita YuNESKO homiyligida o‘tkazildi. Keyingi
yillarda bu aloqalar yanada kengaymoqda. 
Xususan,  2018  yil  8  oktyabr  kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev Fransiya davlatiga bo‘lgan rasmiy tashrifi chog‘ida YuNESKO
Bosh  direktori  Odri  Azule  bilan  uchrashib,  birgalikda  O‘zbekiston  bilan
YuNESKO  aloqalarini  rivojlantirishga  qaratilgan  2021  yilgacha  hamkorlik
dasturini imzoladilar. 2019 yil avgust oyining oxirgi o‘n kunligida YuNESKO
Logotip
hamkorlik munosabatlari shu kunlarda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. O‘zbekiston 1993 yil YuNESKOga a’zo bo‘lgan edi. 1994 yilga kelib esa O‘zbekiston Respublikasining YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi va bu ham o‘zaro hamkorligimizning samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. 1996 yilga kelib Toshkentda YuNESKOning vakolatxonasi ochildi. Shu o‘tgan vaqtdan beri O‘zbekiston va YuNESKO tashkiloti o‘rtasidagi aloqalar yildan-yilga kengayib bordi. 1996 yil O‘zbekiston Prezidenti ham YuNESKO qarorgohiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu tashrif chog‘ida I.A.Karimov YuNESKO Ijroiya kengashining 149- sessiyasida nutq so‘zladi. YuNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti ishtirokida YuNESKO qarorgoxida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ma’rifatning gullab-yashnashi” ko‘rgazmasini ochdi. O‘zbekiston bilan YuNESKOning o‘zaro hamkorligi kengayshi natijasida YuNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000 yil 28 dekabrda esa Shahrisabz shahri YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Shaxrisabz bu ro‘yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo‘ldi. Bunday aloqalar o‘z navbatida munosabatlarimizni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarib, hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari respublikada o‘tkazilgan barcha tadbirlarda YuNESKO ishtirok etmoqda. Xususan, Amir Temur tavallud topgan kunining 660 yilligi, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslarning yubiley tantanalari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, Samarqandda shahrining 2750 yilligi, Toshkent shahrining 2200 yilligi, Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi kabi tadbirlar bevosita YuNESKO homiyligida o‘tkazildi. Keyingi yillarda bu aloqalar yanada kengaymoqda. Xususan, 2018 yil 8 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Fransiya davlatiga bo‘lgan rasmiy tashrifi chog‘ida YuNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, birgalikda O‘zbekiston bilan YuNESKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladilar. 2019 yil avgust oyining oxirgi o‘n kunligida YuNESKO
Bosh direktori Odri Azule Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan XII xalqaro “Sharq
taronalari” musiqa festivalida bevosita ishtirok etdi. 
Mustaqil  O‘zbekiston  2001  yilning  iyun  oyida  “Shanxay  beshligi”  deb
yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni Shanxay shahrida chaqirilgan Sammitida
bu tashkilotning to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi.  1998 yili tashkil etilgan  “Shanxay
beshligi”da Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari
a’zodir. Shundan keyin “Shanxay hamkorlik tashkiloti” nomi bilan yuritilib bosh
maqsad  har  tomonlama hamkorlik o‘rnatishdan  iborat  bo‘lib, ayni  bir  vaqtda
xalqaro  terrorizm  va  ekstremizmga  qarshi  kurashni  tashkilotning  faoliyat
markazida  turadigan  bo‘ldi.  Terrorizmga  qarshi  kurash  qarorgohi  (shtabi)
Bishkekdan Toshkentga ko‘chirildi. Tashkilotning aniq vazifalarini tashqi ishlar,
mudofaa vazirliklarining kengashlarida hal qilinadi. 
2005  yilning  2  iyul  kuni  Qozog‘istonning  Astana  shahrida  “Shanxay
hamkorligi” tashkilotining o‘ninchi marta uchrashuvi o‘tdi. Sammitda doimiy a’zo
davlat  rahbarlaridan  tashqari  Mo‘g‘uliston  Respublikasining  vakili  kuzatuvchi
sifatida qatnashdi. Kengash Hindiston, Pokiston va  Eron davlatlarini tashkilotga
kuzatuvchi sifatida qabul qilingan edi. 2016 yil iyun oyida Toshkent shahrida
bo‘lib o‘tgan ShHT yig‘ilishidaPokiston va Hindiston tashkilotning teng a’zosi
sifatida  qabul  qilindi.  Astana  uchrashuvi  qatnashchilari  “Terrorizm  va
ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi”ni yakdillik bilan qabul qildi. O‘zaro
iqtisodiy  aloqalarni  kengaytirish  to‘g‘risida  hujjatlarni  imzoladi.  Tashkilotning
faoliyat  ko‘lamini  kengaytirish  maqsadida  2005-2006  yillarda  ShHTning
Banklararo birlashmasi, Ishbilarmonlar kengashi va Forumi tashkil qilindi.
2017  yil  9  iyunda  Astanada  bo‘lib  o‘tgan  ShHT  davlatlari  yig‘ilishida
iqtisodiy  va  madaniy-ma’rifiy  hayot  bobidagi  qator  masalalar  bo‘yicha  fikr
almashilib, umumiy xulosalarga kelindi.
2018 yil 9-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik
tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. A’zo davlatlar rahbarlari
2017  yilgi  Astana  sammiti  yakunlarining  ijrosini  hamda  jahon  siyosati  va
iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlar asnosida ShHTni yanada rivojlantirishga
Logotip
Bosh direktori Odri Azule Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan XII xalqaro “Sharq taronalari” musiqa festivalida bevosita ishtirok etdi. Mustaqil O‘zbekiston 2001 yilning iyun oyida “Shanxay beshligi” deb yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni Shanxay shahrida chaqirilgan Sammitida bu tashkilotning to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi. 1998 yili tashkil etilgan “Shanxay beshligi”da Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari a’zodir. Shundan keyin “Shanxay hamkorlik tashkiloti” nomi bilan yuritilib bosh maqsad har tomonlama hamkorlik o‘rnatishdan iborat bo‘lib, ayni bir vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni tashkilotning faoliyat markazida turadigan bo‘ldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) Bishkekdan Toshkentga ko‘chirildi. Tashkilotning aniq vazifalarini tashqi ishlar, mudofaa vazirliklarining kengashlarida hal qilinadi. 2005 yilning 2 iyul kuni Qozog‘istonning Astana shahrida “Shanxay hamkorligi” tashkilotining o‘ninchi marta uchrashuvi o‘tdi. Sammitda doimiy a’zo davlat rahbarlaridan tashqari Mo‘g‘uliston Respublikasining vakili kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Kengash Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga kuzatuvchi sifatida qabul qilingan edi. 2016 yil iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT yig‘ilishidaPokiston va Hindiston tashkilotning teng a’zosi sifatida qabul qilindi. Astana uchrashuvi qatnashchilari “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi”ni yakdillik bilan qabul qildi. O‘zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish to‘g‘risida hujjatlarni imzoladi. Tashkilotning faoliyat ko‘lamini kengaytirish maqsadida 2005-2006 yillarda ShHTning Banklararo birlashmasi, Ishbilarmonlar kengashi va Forumi tashkil qilindi. 2017 yil 9 iyunda Astanada bo‘lib o‘tgan ShHT davlatlari yig‘ilishida iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy hayot bobidagi qator masalalar bo‘yicha fikr almashilib, umumiy xulosalarga kelindi. 2018 yil 9-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. A’zo davlatlar rahbarlari 2017 yilgi Astana sammiti yakunlarining ijrosini hamda jahon siyosati va iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlar asnosida ShHTni yanada rivojlantirishga
doir birinchi galdagi vazifalarni ko‘rib chiqdilar. Tomonlarning o‘zaro kelishilgan
pozitsiyasi qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi.
A’zo davlatlar ShHT Xartiyasining maqsad va prinsiplariga rioya etgan
hamda “Shanxay ruhi”ga tayangan holda ShHTni 2025 yilgacha mo‘ljallangan
rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari
qayd etildi. Bugungi kunda ShHT noyob, nufuzli va obro‘li mintaqaviy birlashma
sifatida qaror topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘lgandan so‘ng
uning salohiyati sezilarli darajada oshgani ta’kidlandi.
Mustaqil  O‘zbekiston  Respublikasi  dunyo  mamlakatlari  bilan  ko‘p
tomonlama aloqalar o‘rnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan davlatlar va qo‘shni
mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirdi. 
Keyingi yillarda yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari
uchun dini, urf-odatlari va an’analari yaqin bo‘lgan Sharq mamlakatlari bilan
o‘zaro  aloqalar  olib  borish  imkoniyatlari  bu  mamlakatlar  o‘rtasidagi
munosabatlarni kengaytirdi. Shuningdek, O‘zbekiston 1992 yil 6 fevralda Turkiya,
Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib
kirdi va 1992 yil Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston davlat va
hukumat rahbarlari bilan imzolangan “Trans-Osiyo” temir yo‘l aloqasini tiklash
maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad yo‘li qurilishi haqidagi bitimda faol ishtirok
etdi. Bu O‘zbekiston uchun dengiz yo‘llariga, xalqaro transport tarmog‘iga, tovar
va kapital xalqaro bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Arab mamlakatlari bilan
olib borilgan aloqalar madaniy va diniy tomondan ham uzviy bog‘liq bo‘ldi. Bu
yo‘ldagi  harakatlar  natijasida  savdo-sotiq,  turizmni  rivojlantirish  va  kadrlarni
o‘qitish imkoniyatlariga yo‘l ochildi. 
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarida
Qozog‘iston alohida o‘rin egallaydi. 2018 yilga kelib Qozog‘iston bilan o‘zaro
hamkorlik aloqalariga oid 170 dan ziyod hujjatlar imzolangan bo‘lib, ular orasida
“Abadiy do‘stlik” va “Strategik sheriklik” to‘g‘risidagi shartnomalar alohida o‘rin
egallaydi.  Oxirgi  yillarda  bu  hamkorlik  aloqalariga  katta  ahamiyat  berilib,
Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat rahbarlari o‘rtasida oliy darajadagi bir qator
Logotip
doir birinchi galdagi vazifalarni ko‘rib chiqdilar. Tomonlarning o‘zaro kelishilgan pozitsiyasi qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi. A’zo davlatlar ShHT Xartiyasining maqsad va prinsiplariga rioya etgan hamda “Shanxay ruhi”ga tayangan holda ShHTni 2025 yilgacha mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari qayd etildi. Bugungi kunda ShHT noyob, nufuzli va obro‘li mintaqaviy birlashma sifatida qaror topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘lgandan so‘ng uning salohiyati sezilarli darajada oshgani ta’kidlandi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan davlatlar va qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirdi. Keyingi yillarda yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari uchun dini, urf-odatlari va an’analari yaqin bo‘lgan Sharq mamlakatlari bilan o‘zaro aloqalar olib borish imkoniyatlari bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirdi. Shuningdek, O‘zbekiston 1992 yil 6 fevralda Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi va 1992 yil Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston davlat va hukumat rahbarlari bilan imzolangan “Trans-Osiyo” temir yo‘l aloqasini tiklash maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad yo‘li qurilishi haqidagi bitimda faol ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston uchun dengiz yo‘llariga, xalqaro transport tarmog‘iga, tovar va kapital xalqaro bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Arab mamlakatlari bilan olib borilgan aloqalar madaniy va diniy tomondan ham uzviy bog‘liq bo‘ldi. Bu yo‘ldagi harakatlar natijasida savdo-sotiq, turizmni rivojlantirish va kadrlarni o‘qitish imkoniyatlariga yo‘l ochildi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarida Qozog‘iston alohida o‘rin egallaydi. 2018 yilga kelib Qozog‘iston bilan o‘zaro hamkorlik aloqalariga oid 170 dan ziyod hujjatlar imzolangan bo‘lib, ular orasida “Abadiy do‘stlik” va “Strategik sheriklik” to‘g‘risidagi shartnomalar alohida o‘rin egallaydi. Oxirgi yillarda bu hamkorlik aloqalariga katta ahamiyat berilib, Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat rahbarlari o‘rtasida oliy darajadagi bir qator
uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, 2017 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan Prezident
Sh.M.Mirziyoevning  Qozog‘istonga  rasmiy  tashrifi  yaxshi  qo‘shnichilik
aloqalarini  yanada  rivojlantirishda  yangi  sahifani  ochdi.
 O‘zbekistonda
qozog‘istonlik investorlar ishtirokida 260 ta korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan
bo‘lsa, qo‘shni davlatda yurtimiz ishbilarmonlari ishtirokida 105 ta biznes sub’ekti
faoliyat olib bormoqda. 2017 yil Ostona va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tgan
biznes-forumlar  natijasi  bo‘yicha  umumiy  qiymati  1,2  milliard  AQSh  dollari
miqdoridagi kelishuvlarga erishildi. Siyosiy jabhadagi muloqotlar rivoji iqtisodiy
aloqalarni yanada jadallashtirish uchun qulay muhit yaratadi. Bu nafaqat savdo
aylanmasi va sarmoyalar hajmini kengaytirishga xizmat qiladi, balki madaniy-
gumanitar aloqalar rivojini ham kafolatlaydi. O‘tgan yilning sentyabr oyida ikki
davlat rahbarlari 2018 yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili hamda 2019 yilda
O‘zbekistonda  Qozog‘iston yilini  o‘tkazishga  kelishib olgan edi.  Qozog‘iston
Respublikasi 2018 yilni mamlakatda O‘zbekiston yili deb e’lon qildi. Bu qozoq eli
va Qozog‘iston davlatining o‘zbek xalqiga hurmati, yurtimizga yuksak ehtiromi
ramzidir. Shuningdek, 2017 yildan boshlab Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston,
Afg‘oniston davlatlari bilan ham o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish
masalasida qator amaliy ishlar hayotga tatbiq etildi. A’zo davlatlar rahbarlari 2017
yilgi Ostona sammiti yakunlarining ijrosini hamda jahon siyosati va iqtisodiyotida
kechayotgan  jarayonlar  asnosida  ShHTni  yanada  rivojlantirishga  doir  birinchi
galdagi vazifalarni ko‘rib chiqdilar. Tomonlarning o‘zaro kelishilgan pozitsiyasi
qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi.
A’zo davlatlar ShHT Xartiyasining maqsad va prinsiplariga rioya etgan
hamda “Shanxay ruhi”ga tayangan holda ShHTni 2025 yilgacha mo‘ljallangan
rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari
qayd etildi. Bugungi kunda ShHT noyob, nufuzli va obro‘li mintaqaviy birlashma
sifatida qaror topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘lgandan so‘ng
uning salohiyati sezilarli darajada oshgani ta’kidlandi.
O‘zbekistonning AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi,
Hindiston,  Yaponiya,  Germaniya,  Turkiya,  Italiya,  Buyuk  Britaniya,  Koreya
Logotip
uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, 2017 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan Prezident Sh.M.Mirziyoevning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini yanada rivojlantirishda yangi sahifani ochdi. O‘zbekistonda qozog‘istonlik investorlar ishtirokida 260 ta korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, qo‘shni davlatda yurtimiz ishbilarmonlari ishtirokida 105 ta biznes sub’ekti faoliyat olib bormoqda. 2017 yil Ostona va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tgan biznes-forumlar natijasi bo‘yicha umumiy qiymati 1,2 milliard AQSh dollari miqdoridagi kelishuvlarga erishildi. Siyosiy jabhadagi muloqotlar rivoji iqtisodiy aloqalarni yanada jadallashtirish uchun qulay muhit yaratadi. Bu nafaqat savdo aylanmasi va sarmoyalar hajmini kengaytirishga xizmat qiladi, balki madaniy- gumanitar aloqalar rivojini ham kafolatlaydi. O‘tgan yilning sentyabr oyida ikki davlat rahbarlari 2018 yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili hamda 2019 yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yilini o‘tkazishga kelishib olgan edi.  Qozog‘iston Respublikasi 2018 yilni mamlakatda O‘zbekiston yili deb e’lon qildi. Bu qozoq eli va Qozog‘iston davlatining o‘zbek xalqiga hurmati, yurtimizga yuksak ehtiromi ramzidir. Shuningdek, 2017 yildan boshlab Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston davlatlari bilan ham o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalasida qator amaliy ishlar hayotga tatbiq etildi. A’zo davlatlar rahbarlari 2017 yilgi Ostona sammiti yakunlarining ijrosini hamda jahon siyosati va iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlar asnosida ShHTni yanada rivojlantirishga doir birinchi galdagi vazifalarni ko‘rib chiqdilar. Tomonlarning o‘zaro kelishilgan pozitsiyasi qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi. A’zo davlatlar ShHT Xartiyasining maqsad va prinsiplariga rioya etgan hamda “Shanxay ruhi”ga tayangan holda ShHTni 2025 yilgacha mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari qayd etildi. Bugungi kunda ShHT noyob, nufuzli va obro‘li mintaqaviy birlashma sifatida qaror topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘lgandan so‘ng uning salohiyati sezilarli darajada oshgani ta’kidlandi. O‘zbekistonning AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Koreya
Respublikasi   bilan  aloqalari  kengayib,  bu  davlatlar  bilan  o‘zaro  manfaatli
hamkorlik  bir-birining  ishiga  aralashmaslik,  xalqaro  huquq  normalarida
belgilangan qoidalarga va tamoyillara asoslandi. 
Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun
voqeligi  isbotlab  turibdi.  O‘zbekiston  rahbariyatining  bu  vaziyatga  chuqur
yo‘ndoshishi  orqali  tashqi  iqtisodiy  aloqalarda  Respublikamiz  iqtisodiyotiga
xorijiy  sarmoyalarni  jalb  etishga  katta  ahamiyat  berildi.  Iqtisodiyotga  xorijiy
sarmoyalarni jalb etishda O‘zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi: 
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;
-  O‘zbekiston  iqtisodiyotiga  xorijiy  sarmoyadorlarni  keng  jalb  qilishni
ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va
muassasalar tuzish;
- Ilg‘or texnologiyaning kirib kelishiga, xo‘jalik tarkibini zamonaviylashiga
ko‘maklashadigan  xorijiy  sarmoyalarga  nisbatan  “ochiq  eshiklar”  siyosatini
o‘tkazish; 
-  Respublika  mustaqilligini  ta’minlaydigan  o‘ta  muhim  sohalarni  ishlab
chiqarish  vositalar  bilan  ta’minlash  hamda  raqobat  bardosh  mahsulot  ishlab
chiqarishga qaratish;
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni
erkinlashtirishida  huquqiy  jihatdan  ta’minlovchi  qonunlarning  ahamiyati  katta
bo‘ldi.  “Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to‘g‘risida”,  “Chet  el  investitsiyalari
to‘g‘risida”gi  va  “Xorijiy  investorlar  va  investitsiyalarga  kafolat  berish
to‘g‘risida”gi, “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar
shular jumlasiga kiradi. Shu qatorda respublika chet el investitsiyalarini ishonchli
sug‘urta bilan himoyalashni ham ta’minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy
faoliyatni kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart-
sharoitlar yaratdi. Amaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan
bir qatorda soliq sohasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda O‘zbekiston
iqtisodiga  umumiy  hajmi  50  million  dollardan  ortiq  miqdorda  qilinadigan
investitsiyalar  boj  to‘lashdan  ozod  qilindi.  Bu  investitsiyalarning  davlat
Logotip
Respublikasi bilan aloqalari kengayib, bu davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik, xalqaro huquq normalarida belgilangan qoidalarga va tamoyillara asoslandi. Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun voqeligi isbotlab turibdi. O‘zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur yo‘ndoshishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etishda O‘zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi: - Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; - O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va muassasalar tuzish; - Ilg‘or texnologiyaning kirib kelishiga, xo‘jalik tarkibini zamonaviylashiga ko‘maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini o‘tkazish; - Respublika mustaqilligini ta’minlaydigan o‘ta muhim sohalarni ishlab chiqarish vositalar bilan ta’minlash hamda raqobat bardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratish; O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlarning ahamiyati katta bo‘ldi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi va “Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida”gi, “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Shu qatorda respublika chet el investitsiyalarini ishonchli sug‘urta bilan himoyalashni ham ta’minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart- sharoitlar yaratdi. Amaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan bir qatorda soliq sohasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda O‘zbekiston iqtisodiga umumiy hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan investitsiyalar boj to‘lashdan ozod qilindi. Bu investitsiyalarning davlat
investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda ishtiroki natijasida yetti yil mobaynida
foydadan  soliq  to‘lashdan  va  korxonalar  daromadlarining  ishlab  chiqarishni
kengaytirishga va texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham
soliq to‘lashdan ozod qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish
uchun bojxona to‘lovlari ancha kamaytirildi. 
Bu o‘rinda shuni aytib o‘tmoq lozimki, chet ellik investorlarga yordam
ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar
tarmog‘i  tashkil  etildi.  Bular  qatorida  “O‘zbekinvest”  Milliy  eksport-import
sug‘urta  kompaniyasi,  chet  el  investitsiyalari  bo‘yicha  agentlik,  tovar  ishlab
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Mustaqillikning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  O‘zbekistonga  12  milliard
amerika  dollari  miqdorida  xorijiy  investitsiyalar  jalb  qilindi.  O‘zbekistonga
kiritilgan chet el kapitali yordamida respublika hududida qayd qilingan qo‘shma
korxonalarning soni esa shu kunlargacha 1810 taga etdi. 
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda o‘z mavqeiga ega bo‘lib borishi
quvonarli holdir. Bu o‘rinda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab AQSh
bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari bu ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni keng
miqyosda  olib  borilishi  xususida  to‘xtab  o‘tmoq  lozim.  O‘zbekistonda
mustaqillikning dastlabki yillaridan AQSh bilan O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan
o‘zaro manfaatli shartnomalar asosida O‘zbekistonga AQShning sarmoyalari kirib
keldi. Bu sarmoyalar ishtirokida respublikada qo‘shma korxonalar tashkil topib
faoliyat  ko‘rsatib  turibdi.  O‘zaro  tuzilgan  shartnomalarga  ko‘ra, AQSh
O‘zbekistondagi bepoyon yer osti va yer usti boyliklarini o‘zlashtirish uchun katta
sarmoya  mablag‘larni  ajratishni  o‘z  zimmasiga  oldi,  natijada  respublikaga
Amerikaning  zamonaviy  texnikasi  kirib  keldi.  O‘zbekistonda  Amerikaning
“Nyumont-Mayning”  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  oltin  qazib  oladigan
“Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasi qurib ishga tushirildi.  
Shuningdek, xorjiy sarmoyalar natijasida O‘zbekistonda “SamKuchavto”,
“UzDEUavto”, Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash
zavodi va boshqalar qurildi. 
Logotip
investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda ishtiroki natijasida yetti yil mobaynida foydadan soliq to‘lashdan va korxonalar daromadlarining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham soliq to‘lashdan ozod qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona to‘lovlari ancha kamaytirildi. Bu o‘rinda shuni aytib o‘tmoq lozimki, chet ellik investorlarga yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar tarmog‘i tashkil etildi. Bular qatorida “O‘zbekinvest” Milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasi, chet el investitsiyalari bo‘yicha agentlik, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonga 12 milliard amerika dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. O‘zbekistonga kiritilgan chet el kapitali yordamida respublika hududida qayd qilingan qo‘shma korxonalarning soni esa shu kunlargacha 1810 taga etdi. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda o‘z mavqeiga ega bo‘lib borishi quvonarli holdir. Bu o‘rinda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab AQSh bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari bu ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni keng miqyosda olib borilishi xususida to‘xtab o‘tmoq lozim. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan AQSh bilan O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan o‘zaro manfaatli shartnomalar asosida O‘zbekistonga AQShning sarmoyalari kirib keldi. Bu sarmoyalar ishtirokida respublikada qo‘shma korxonalar tashkil topib faoliyat ko‘rsatib turibdi. O‘zaro tuzilgan shartnomalarga ko‘ra, AQSh O‘zbekistondagi bepoyon yer osti va yer usti boyliklarini o‘zlashtirish uchun katta sarmoya mablag‘larni ajratishni o‘z zimmasiga oldi, natijada respublikaga Amerikaning zamonaviy texnikasi kirib keldi. O‘zbekistonda Amerikaning “Nyumont-Mayning” kompaniyasi bilan hamkorlikda oltin qazib oladigan “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasi qurib ishga tushirildi. Shuningdek, xorjiy sarmoyalar natijasida O‘zbekistonda “SamKuchavto”, “UzDEUavto”, Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar qurildi.
Koreya  Respublikasi  sarmoyadorlari  bilan  “O‘zDEUavto”,  “O‘zDEU
elektroniks” hissadorlik birlashmalari keng faoliyat natijasi o‘laroq O‘zbekiston
jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoridan o‘rin egalladi va
yuqori  baholarga  sazovor  bo‘ldi.  Bu  mamlakat  bilan  hamkorlikda  telefon
tarmoqlari yangilandi. 
1991 yil 8 dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham topishi
munosabati  bilan  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligiga  asos  solindi.  MDHning
vujudga  kelishi  haqidagi  hujjatga  dastlab  Rossiya  Federatsiyasi,  Ukraina  va
Belorusiya davlatlari imzo chekdilar. 13 dekabrda Ashxobodda o‘tgan O‘rta Osiyo
va Qozog‘iston Respublika rahbarlarining kengashida hamdo‘stlikni kengaytirish
zarur deb topdi. Natijada shu yili 21 dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda jami
11  davlat  MDHga  a’zo  bo‘lib  kirdi.  Ular  bu  bitimda  davlatlarning  hududiy
butunligini  tan  olish,  amaldagi  chegaralar,  ularning  ochiqligi,  fuqarolarning
harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va
qurol-yarog‘  tarqatishning  oldini  olishda  birgalikda  harakat  qilishga  kelishib
oldilar. 
MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:
- tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi
chegarani muxofaza qilish;
- umumiy iqtisodiy muhitni  rivojlantirish va Umumevropa, YevroOsiyo
bozorini shakllantirish;
- iqtisodiy islohot o‘tkazish;
- bojxona siyosatini birga olib borish;
-transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
- ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash;
- uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish;
Umuman aytganda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Hamdo‘stlik
mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga
alohida ahamiyat berdi. 
Logotip
Koreya Respublikasi sarmoyadorlari bilan “O‘zDEUavto”, “O‘zDEU elektroniks” hissadorlik birlashmalari keng faoliyat natijasi o‘laroq O‘zbekiston jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoridan o‘rin egalladi va yuqori baholarga sazovor bo‘ldi. Bu mamlakat bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilandi. 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos solindi. MDHning vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorusiya davlatlari imzo chekdilar. 13 dekabrda Ashxobodda o‘tgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston Respublika rahbarlarining kengashida hamdo‘stlikni kengaytirish zarur deb topdi. Natijada shu yili 21 dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda jami 11 davlat MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar. MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi: - tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muxofaza qilish; - umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, YevroOsiyo bozorini shakllantirish; - iqtisodiy islohot o‘tkazish; - bojxona siyosatini birga olib borish; -transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish; - ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash; - uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish; Umuman aytganda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi.
O‘zbekiston  MDH  doirasidagi  hamkorlikka  katta  e’tibor  berib,  uning
ishtiroki quyidagi holatlarda belgilab berildi: 
-  yangi  mustaqil  davlatlarning  ko‘p  yillar  mobaynida  tarkib  topgan
munosabatlari chuqurlashishi halqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib
kelishi mumkinligi; 
- respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bo‘lgan
sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligi, mustaqillik yillarida
bo‘lsa,  MDH  doirasidagi  davlatlarning o‘zaro aloqalarini  uzib qo‘yishi  ishlab
chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi;
-  MDH  doirasidagi  davlatlarda  chegaralarning  ochiqligini  saqlab  qolish
respublikada  ijtimoiy-iqtisodiy  barqarorlikni  va  millatlararo  munosabatlarda
totuvlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynashi;
- mustaqil davlatlarning o‘zaro hamkorligi xalqaro maqomda o‘z mavqeini
saqlab qolishi uchun muhim omil bo‘lib hisoblanishi;
1991-2000 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari
bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari,
tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlalaro
iqtisodiy  qo‘mita  tuzish,  iqtisodiy  integratsiyani  to‘laqonli  amalga  oshirish,
bojxona  va  ittifoq  to‘lovi  masalalarini  izga  solib  olish  kabilar  muhim  o‘rin
egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha
shartnoma  hamda  kelishuvlarni  Rossiya,  Ukraina,  Belorussiya,  Moldaviya  va
boshqa mamlakatlari bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun
mustahkam asos yaratdi.
Ayni  vaqtda  O‘zbekiston  1996  yil  Venada  sobiq  ittifoqdosh  davlatlar
Gruziya,  Ukraina,  Ozarbayjon,  Moldova  davlatlari  asos  solgan  o‘ziga  xos
tuzilmaga  ham  1999  yil  aprel  oyida  a’zo  bo‘ldi.  Natijada,  bu  tuzilma  unga
uyushgan  davlatlarning  nomidan  olingan  bosh  harflar  asosida  GUUAM  deb
yuritila  boshlandi.  Mazkur  tuzilma  mintaqaviy  hamkorlik  doirasidagi  Osiyo-
Kavkaz-Yevropa  transport  yo‘lagini  rivojlantirish,  iqtisodiy  hamkorlikni
kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo
Logotip
O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikka katta e’tibor berib, uning ishtiroki quyidagi holatlarda belgilab berildi: - yangi mustaqil davlatlarning ko‘p yillar mobaynida tarkib topgan munosabatlari chuqurlashishi halqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib kelishi mumkinligi; - respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bo‘lgan sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligi, mustaqillik yillarida bo‘lsa, MDH doirasidagi davlatlarning o‘zaro aloqalarini uzib qo‘yishi ishlab chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi; - MDH doirasidagi davlatlarda chegaralarning ochiqligini saqlab qolish respublikada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni va millatlararo munosabatlarda totuvlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynashi; - mustaqil davlatlarning o‘zaro hamkorligi xalqaro maqomda o‘z mavqeini saqlab qolishi uchun muhim omil bo‘lib hisoblanishi; 1991-2000 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlalaro iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlari bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston 1996 yil Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan o‘ziga xos tuzilmaga ham 1999 yil aprel oyida a’zo bo‘ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo- Kavkaz-Yevropa transport yo‘lagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo
davlatlarning  uchrashuvi  bo‘lib,  unda  O‘zbekiston  ham  ishtirok  etdi.  Yaltada
bo‘lib o‘tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko‘rib
chiqildi. 
So‘nggi  yillarda  GUUAM  davlatlarining  ko‘pchiligida  ichki  va  tashqi
siyosatida yuz bergan keskin o‘zgarishlar yuz berishi oqibatida O‘zbekiston bu
tashkilotga a’zoligini bekor qildi. 
Rossiya  Federatsiyasi  bilan  mustaqillik  yillarida  bo‘layotgan  o‘zaro
manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o‘tmoq
joizdir. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi 1992 yil o‘rnatilgan diplomatik aloqalardan
so‘ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi. 
2003  yilning  avgustida  ikki  mamlakat  Prezidentlarining  navbatdagi
uchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning “Gazprom” va “Lukoyl”
kompaniyalarining O‘zbekistonda  neft  va gaz manbalarini  qidiruv ishlayotgan
korxonalarni texnika jihatidan qayta qurish masalalarini muhokama qildi. Ikki
davlat o‘rtasidagi tovar almashuv 2002 yili bir milliard AQSh dollarini tashkil
etgan bo‘lsa, 2003 yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi.  
2004  yili  Rossiya  va  O‘zbekiston  o‘rtasidagi  munosabatlar  yana  ham
mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami yetti marta uchrashdi.
O‘zbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu
jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining raisi, Mudofaa, Tashqi ishlar,
Transport  vazirlari  O‘zbekistonlik  davlat  rahbarlari  bilan  muhim  masalalar
bo‘yicha bitimlar tuzdi. Shu yili 16 iyunda ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik
to‘g‘risida bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy
va boshqa masalalar bo‘yicha alohida bitimlar imzolandi. 
O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan
300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O‘zbekiston-Rossiya
qo‘shma korxonalari ishga tushdi. 
Rossiya  Federatsiyasi  Prezidenti  V.V.Putin  O‘zbekiston  bilan  o‘zaro
munosabatlarga to‘xtalib: “...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan
manfaatdormiz” - degan edi. 
Logotip
davlatlarning uchrashuvi bo‘lib, unda O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Yaltada bo‘lib o‘tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko‘rib chiqildi. So‘nggi yillarda GUUAM davlatlarining ko‘pchiligida ichki va tashqi siyosatida yuz bergan keskin o‘zgarishlar yuz berishi oqibatida O‘zbekiston bu tashkilotga a’zoligini bekor qildi. Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida bo‘layotgan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o‘tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi 1992 yil o‘rnatilgan diplomatik aloqalardan so‘ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi. 2003 yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning “Gazprom” va “Lukoyl” kompaniyalarining O‘zbekistonda neft va gaz manbalarini qidiruv ishlayotgan korxonalarni texnika jihatidan qayta qurish masalalarini muhokama qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar almashuv 2002 yili bir milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2003 yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi. 2004 yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yana ham mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami yetti marta uchrashdi. O‘zbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining raisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari O‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha bitimlar tuzdi. Shu yili 16 iyunda ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa masalalar bo‘yicha alohida bitimlar imzolandi. O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonalari ishga tushdi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putin O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarga to‘xtalib: “...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz” - degan edi.