Dars shiori: Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon!
Darsning mavzusi: O‘zbekiston-Vatanim mening!
• Kun shiori:
•
Ozod bo`lsang, ozod bo`l!
•
Erkin bo`lsang, erkin bo`l!
•
Mustaqil bo`lsang, mustaqil bo`l!
•
Islom Karimov
Darsning maqsadi:
- o’quvchilarning Vatanimiz o’tmishi, buguni va kelajagi haqidagi bilimlarini
rivojlantirish;birinchi president haqidagi tushunchalarni kengaytirish;
- o’quvchilarning o’tmish, bugun va kelajak o’rtasidagi o’zaro bog’liqligini
anglashlariga, bu haqda mushohada yuritishlariga turtki berish;
- tasavvur qilish qobiliyatini shakllantirish, mustaqil, erkin fikrlashlariga erishish,
guruhlarda hamkorlikni tashkil etish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radiyo,telefon orqali
berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi:kattalarni hurmat qilish, ularning
nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi
yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Darsning jihozi:Darslik,Vatanimizning diqqatga sazovor joylari aks etgan
rasmlar,davlatimiz ramzlari rasmlari,turli xil shiorlar,A 4 format,marker,electron
ko’rgazmalar
Darsning turi: bahs-munozaralarga asoslangan interfaol dars.
Darsning metodi:”Tilak”,” Soat mashqi”,”Baliq skeleti”,”O’zbekiston
daraxti”,”Ortiqchasini top”,”Sinkveyn”metodlari.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro etiladi.
Dars jarayoni: Aziz o’quvchilar, biz bugun taqdirning ulug’ ne’mati bo’lgan
istiqlolimizning 28 yilligini nishonlamoqdamiz. Mustaqillik xalqimizning XX asr so’ngidagi
buyuk tarixiy yutug’idir. Shu 28 yil ichida siz – u biz istiqlol ne’matlaridan bahramand
bo’ldik. Istiqlol tufayli unutilayotgan ma’naviy qadriyatlarimizni tikladik. Bugun siz bilan
“ Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon!” mavzusida fikrlashamiz, uning porloq
kelajagi to’g’risidagi bilimlarimizni boyitamiz.
O’qituvchi: Har bir inson o’z ona Vatanining o’tmishini, bugungi taraqqiyotini bilishi va
uning kelajagi yanada porloq bo’lishi uchun men nima qilishim lozim, degan savolni o’ziga
berishi kerak. Kelinglar, bu savollarga birgalikda javob izlaymiz. Menda bir taklif bor. Unga
ko’ra har bir o’quvchi o’z istaklarini do’stlari bilan o’rtoqlashadi va birgalikda
Vatanimizning yaqin o’tmishi, hozirgi kuni, kelajagi haqida fikrlari, o’y – xayollari haqida
suhbatlashadi.
“Tilak ” mashqi o’tkaziladi. Bunda o’quvchilar aylanma shaklda turib, yonidagi sherigiga
“Men sizga chin yurakdan (baxt,taxt,omad, xush kayfiyat) tilayman”, deydi. Sinfdagi barcha
o’quvchilar o’z sheriklariga tilaklarini bildiradi.
“Soat mashqi” Bunda o’quvchilar bir-ikki-uchga sanalib, ikkilar bir qadam oldinga,uchlar
bir qadam orqaga chiqadi.Sinf uch guruhga ajratib olinadi. Ular o’qituvchi belgilagan
muddatda qo’llarini bir – biriga urgunga qadar sheriklariga Vatan,O’zbekiston davlati,davlat
ramzlari haqida ma’lumot beradilar. Demak, hosil qilingan aylana bo’ylab mashg’ulot davom
ettiriladi.
1-guruh Vatan so’zini ta’riflaydi:
1-o’quvchi: -Vatan –ota-onamiz
2-o’quvchi: - Vatan –katta bo’lgan beshigimiz
3-o’quvchi: - Vatan – yashab turgan xonadonimiz
4-o’quvchi: - Vatan – ta’lim olayotgan maktabimiz.
5-o’quvchi: - Vatan – qishlog’imiz, so’lim go’shamiz
6-o’quvchi: - Vatan- mustaqil O’zbekistonimiz.
7-o’quvchi: - Vatan-taqdirimiz,baxtimiz.
8-o’quvchi: - Vatan-tayanchimiz,iftixorimiz.
9-o’quvchi: - Vatan-qadr-qimmatimiz.
10-o’quvchi:- Vatan-nurli kelajagimiz.
2-guruh:Davlat ramzlari haqida tushuncha beradi.
3-guruh:Vatan haqida she’rlar va maqollar:
1-o’quvchi:Bir o’lka bor ertak misoli,
Go’zallikda tengi yo’q makon.
Maftun etgan meni jamoli,
Qo’shiqlarim unga armug’on,
Bu ona yurt-O’zbekistonim.
Iftixorim,shavkatim-shonim,
Ona yurtim-O’zbekistonim.
2-o’quvchi:Tuprog’i zar,toshi bebaho,
Poyoni yo’q yashil o’tloqlar.
Daryolarni shoshirar hatto,
Tog’laridan sizgan buloqlar.
Bu ona yurt-O’zbekistonim.
Iftixorim,shavkatim-shonim,
Ona yurtim-O’zbekistonim.
3-o’quvchi:Bog’u rog’i saxiydan saxiy,
Mevalarin sharbati asal.
Xirmoniday rizqi mo’l,boqiy,
Eli mezbon-mehmonga mahtal.
Bu ona yurt-O’zbekistonim.
Iftixorim,shavkatim-shonim,
Ona yurtim-O’zbekistonim.
4-o’quvchi:Bulbul chamanni sevar,odam-Vatanni.
5-o’quvchi:Vatani borning baxti bor.
Mehnati borning taxti.
6-o’quvchi:Ona yerning tuprog’i-ona sutidan aziz.
7-o’quvchi:Baliq suv bilan tirik,odam-el bilan.
8-o’quvchi:Vatanni sotgan er bo’lmas.
9-o’quvchi:Ona yurting-oltin beshiging.
10-o’quvchi:O’zga yurtda shoh bo’lguncha,
O’z yurtingda gado bo’l.
O’quvchilar belgilangan joyga o’tirib oladilar.
O’qituvchi: Haqiqiy vatanparvar,
Bilar o’z tarixi.
Ona vatan ramzlarin,
So’zlangchi ta’rifini.
(Sohaga I.A.Karimov portretini va davlat ramzlarini hamda tasvirlarini ko’targan
o’quvchilar chiqadilar).
1-o’quvchi: 1989 yil 21-oktyabrda o’zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilgan.
2-o’quvchi: Ona tili, onajon tilim,
Sen men uchun jonajon tilim.
Bu tilning har kalomi ulug’,
Ulug’dirki salomi ulug’.
3-o’quvchi: 1991 yil 31-avgustda O’zbekiston mustaqillikka erishdi.
1- sentabr-“Mustaqillik bayrami” deb e’lon qilindi.
4-o’quvchi: Istiqlol tufayli keldi yurtga erk,
Istiqlol tufayli o’zgardi o’lkam.
O’zbekni ayladi o’z elida bek,
O’zbekiston bo’ldi chindanda ko’rkam.
O’quvchi: 1991 yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i tasdiqlandi.
(O’zbekiston Respublikasi bayrog’i ko’rsatiladi).
Mustaqil yurtimning rangin bayrog’i,
Balandroq xilpira besh qit’a osha.
Ko’rganda quvonsin o’zbek qarog’i,
Butun dunyo xalqi qilsin tomosha.
O’quvchi: 1992 yil 2-iyulda Davlat Gerbi qabul qilingan.
O’quvchi: Gerbdagi Xumo qushi,
Baxt-ozodlik elchisi.
Paxta va bug’doy esa,
Risq-ro’zimiz belgisi.
Daryo, tog’ hamda quyosh,
Tabiatga ishora.
O’zbekiston davlatim,
Yuksalaver tobora!
O’quvchi: (O’zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasi kitobini ko’targan).
1992 yil 8-dekabarda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan.
8-dekabr-Konstitutsiya kuni.
Baxtimiz qomusi erur bu xujjat,
Unda mujassamdir haq-huquqimiz.
Huquqni bilaylik, lekin avvalo,
Unutmaylik fuqarolik burchimiz.
O’quvchi: 1992 yil 10-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiga ega bo’lgan.
Ona yurt madhiyasin,
Kuylagayman jarangdor.
Madhiyamda onamning,
Allasiday sehr bor.
O’qituvchi:Aziz bolajonlar,yurtboshimiz 2019-yilni qanday nomladilar?
1- guruh:”O’zbekiston daraxti”metodi.
O’qituvchi:O’zbekistonni yam-yashil daraxtga qiyoslaymiz va unga O’zbekistonga
atalgan tilaklarni yozamiz.
2- guruh:“Baliq skeleti”mashqi.
“O’zbekiston mening tasavvurimda”
3- guruh:”Sinkveyn”metodi yordamida Vatan so’zini ta’riflashadi.
“Sinkveyn” metodi.
• “Sinkveyn” fransuzcha so’z bo’lib "besh
qator" degan ma'noni bildiradi.
• 1. Ot (1 so’z)
• 2. Sifat (2 so’z)
• 3. Fe'l (3 so’z)
• 4. Ibora, Tasviriy ifoda (gap bilan ta'rifi
beriladi)
• 5. Sinonimi (1 so’z yoziladi,
•
1-qatorda yozilgan so’z bilan ma'nosi
bir xil bo’lsin).
Masalan:1.Vatan
2.Bag’rikeng,serquyosh.
3.O’stiradi,kiydiradi,yediradi.
4.Kindik qonimiz to’kilgan tuproq.
5.Diyor.
Ular yozgunga qadar uch guruhdan uch o’quvchi chiqib,”Mening Vatanim”mavzusida
xattaxtaga rasm chizadilar va tayyor bo’lgan guruhlar taqdimot o’tkazishadi.
“O’zbekistonim”qo’shig’i.(Raqsda qizlar jamoasi)
”Ortiqchasini top”metodi.Har bir guruh o’ziga berilgan namunalardan ortiqcha
so’zni topadi.
“Ortiqchasini top”
• Obod
• Toza
• Saranjom
• Yagonasan
• Sarishta
• Chinni-yu chiroq
“Ortiqchasini top”
“Ortiqchasini top”
• Qizil shapkacha
• Buratino
• Vatanim
• Zumrad va Qimmat
• Ur to’qmoq
Ortiqcha so’zlar xattaxtaga yozib boriladi,ular ma’nosi ochiladi va hosil bo’lgan gap o’qiladi:
Yagonasan muqaddas Vatanim!
Uyga vazifa: “Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon!” mavzusida erkin fikrlarini
daftarlariga tushurib kelishlarini berish.
Baholash: O’quvchilar faolligi uchun guruhlarning har biri darsdagi ishtiroki asosida “Eng
bilimdon”, “Eng zukko”, “Eng inoq” nomlari bilan rag’batlantiriladi.
Dars yakunida “Nima uchun Vatanimizni sevamiz?” savoliga o’quvchilardan javob
olinadi. So’ngra birgalikda “Men nechun sevaman O’zbekistonni?” qo’shig’i kuylanadi.