O‘ZBEKISTON XUDUDI TUPROQLARINING OKRUGLAR BO‘YICHA
GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH
REJA
1. O’zbekiston territoriyasidagi tuproqlarning geografik rayonlashtirish
tartiblari va tarqalish qonun –qonuniyatlari.
2. Cho’l zonasi tuproqlari.
3. Gidromorf tuproqlar
Kalit so’zlar: Tuproq, gorizontal zonallik, cho’l tuproqlari, tuproq okurugi,
tuproq rayoni tuproqlar sistematikasi,Tayga-o’rmon, Podzollar, gleyli podzol,
genezisi.
Tuproqlarni geografik rayonlashtirish, ularning zonalligi va fasialligi.
MDH va O’zbekiston jumhuriyati bepoyon sarhadlari tuproq qoplamining
nihoyatda xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Bu mamlakatlarda shimoldagi tundra
gleyli tuproqlardan boshlab, subtropik kengliklardagi qizil va sariq tuproqlarga
qadarli bo’lgan deyarli barcha tuproq tiplari uchraydi. Tuproqlarning kenglik
bo’yicha tarqalishida ma’lum geografik qonuniyat mavjud.
Tuproqlarni geografik rayonlashtirish prinsiplari V.V.Dokuchayevning
tuproqlarning yer yuzasida zonal tarqalish ta’limotiga asoslangan. Tabiiy tuproq
qatlamining gorizontal (kenglik) va vertikal (balandlik bo’ylab) yo’nalishda asta-
sekin bir-biri bilan almashib borish qonuniyatlari mavjud. Tuproqning geografik
tarqalishi tuproq paydo qiluvchi omillar bilan bevosita bog’liq bo’lib, shunga ko’ra
tuproq tiplari ham o’zgarib boradi. Jumladan, iqlim sharoitining kenglik yo’nalishi
bo’yicha, ya’ni shimoldan janubga qarab o’zgarishi bilan, shu yo’nalishda o’simlik
va tuproq qoplami ham o’zgarib boradi. Demak, tabiiy sharoitlari deyarli bir xil
bo’lgan muayyan geografik kengliklarda ma’lum tuproq tiplari tarqaladi va
mintaqalarni hosil qiladi. Tekislik territoriyalari bo’ylab tuproqlarning ana shunday
tarqalishini V.V. Dokuchayev gorizontal zonallik deb atadi. O’simlik qoplamining
tarkibi bilan bog’liq bo’lgan, u yoki bu tuproq tipi ko’pchilikni tashkil etadigan
territoriya - gorizontal tuproq zonalari deb ataladi. Quyidagi asosiy tabiiy tuproq
zonalari ajratiladi: tundra, podzol yoki tayga-o’rmon, o’rmon-dasht, qora tuproq
yoki dasht, kashtan tuproq yoki quruq dasht, qo’ng’ir yoki cho’l-dasht, cho’l va
dasht, tog’ oldi cho’l-dasht zonasi.
V.V.Dokuchayevning gorizontal tuproq zonalari haqidagi qonuni hozirgi
vaqtda butun yer shari tuproqlari uchun ham qo’llaniladi. V.V.Dokuchayev yer
sharida: boreal (arktika), o’rmon, qora tuproqli dasht, aeral (cho’l) va laterit
tuproqlari kabi 5 ta zonani ajratadi.
V.V.Dokuchayev davrida tabiatshunoslik, haqiqatan ham, tabiiy xodisalarga
geografik tahlil bergan. Ammo bu kontenentlar, ko’pchilik hollarda esa,
mamlakatlar geografiyasi edi. Kontenentlar ayrim qismlari, ularning mamlakatlari
tavsiflangan va shu sohada ko’pgina olimlar tabiatni ilmiy bilishda chuqur hissa
qo’shganlar. Tabiatning global taqsimlanishi sohasidagi V.V.Dokuchayevning
zonallik qonunini asosiy mohiyati quyidagilardan iborat. Tundra, tayga, dashtlar,
cho’llar, savannalar va x.z. – yaxlit tabiiy xosilalardir, qaysiki o’simliklar,
hayvonot dunyosi, tuproqlar, nurash po’stlog’i, yer usti qatlami, atmosfera qatlami
va boshqalar, bir-biridan ajralgan holda faoliyat ko’rsata olmaydigan, tarkibiy
qismi hisoblanadi. Ushbu tabiiy hosilalar zonal joylashishni namoyon etadi yoki
Yer sharida tarqalishi poyas, zona shakliga ega. V.V.Dokuchayevning ta’limoti
Yer usti xususiyatlarini o’rganadigan, ko’pgina tabiiy-geografik fanlarda o’z aksini
topdi. V.V.Dokuchayev tuproqshunos sifatida eng avval o’zi tomonidan yaratilgan
qonuniyatni Yerda tarqalgan tuproq qoplamini analiz qilishda qo’lladi. Uning
ta’kidlashicha, tuproq va gruntlar, bir tomondan havo, suv va yer o’rtasidagi
birgalikdagi asriy o’zaro ta’sirlashuvning, ikkinchi tomondan tirik va o’lik
organizmlarning birgalikdagi o’zaro ta’sirlashuvi natijasining to’g’ridan-to’g’ri
ko’zgusi, tasviri ekanligi aniq haqiqat hisoblanadi. Tuproq paydo bo’lishining
keltirilgan omillari yer yuzasida zonal taqsimlanar ekan, unda, tuproq ham yer
yuzasida zonal, iqlim, o’simliklar va boshqalarga qat’iy bog’liq holda, joylashishi
muqarrardir. V.V. Dokuchayev kenglik zonallik qonunini ham ta’riflab berdi:
Tuproqning asosiy tiplari ekvatordan polyuslarga tomon, kengliklarga u yoki bu
darajada parallel tarzda, polosa yoki zonalar shaklida taqsimlanadi.
V.V.Dokuchayev birinchi marta, tabiatning makonda geografik tarqalish
qonuniyatining boshqa imkoniyatlarini ham ta’kidladi. Hozir, zonalarning kenglik
bo’ylab joylashishi zonallik qonuniyatining faqat bitta shakli hisoblanadi. Zonalar,
ko’p hollarda kenglik oriyentasiyasiga bo’y sunmaydi va kontenentning barcha
qismini kenglik polosalar bilan qoplamaydi. Zonalarning submeridional tarzda,
shuningdek konsentrik oriyentasiyalari ham uchraydi.
Tabiiy zonalarning geografiyasini o’rganish har bir tabiiy zonaning fasialligi
(provinsialligi) haqidagi ta’limot bilan to’ldiriladi. Tuproq xossalari va
tuzilishining xususiyatlari bo’yicha zonalarning bir xilda emasligi aniqlangan.
Rossiyaning janubi (Shimoliy Kavkaz, Qirim) G’arbiy va Sharqiy Sibirga
o’xshamaydi, garchi tuzilishida umumiy tip belgilarga ega bo’lsa ham. Iqlimning
gidrologik, va geologik sharoitlari, relyeflarning mahalliy uzunlik va boshqa
o’zgarishlari, dune geografik poyaslarining ko’pchilik qismida gorizontal
zonallikning radikal murakkablashuvini belgilaydi va spesifik mahalliy
xodisalarning paydo bo’lishi, zonal taqsimlanishning maxsus qonuniyatlarining
shakllanishiga olib keladi.
Shunday qilib, tabiiy zonalarning fasialligi, ularning doimiy kompleksi-
tuproq kabi tabiiy omillarning o’ziga xos kompleksi bilan belgilanadi.
V.V.Dokuchayev shuningdek, tog’li o’lkalarda tuproklarning vertikal
yo’nalish bo’yicha almashinib tarqalish qonunini ham kashf etdi. Vertikal tuproq
zonalari tekislikdagi kengliklar bo’ylab tarqalgan tuproqlar singari, tog’larning
pastidan boshlab shimoliy qismiga qarab ma’lum qonuniyat asosida tarqalsada,
ba’zan undan farq qiladi.
Jumladan, tog’larda tuproq tiplarining chegarasi yoki o’rni keskin o’zgaradi.
Tekisliklardagi ayrim tuproqlar tog’li ulkalarda uchramaydi yoki to’liq
ifodalanmagan bo’ladi. Umuman olganda V.Dokuchayevning tuproqlar zonalligi
qonuniyati bu yerda saqlab qolinadi. Hozirgi vaqtda uning tuproq zonalari haqidagi
ta’limoti tuproqshunoslikning ko’p sohalarida keng ishlatilmokda.
Tuproq-gegrafik rayonlashtirish prinsiplari haqidagi ta’limot keyinchalik
L.I. Prasolov, I.P.Gerasimov, P.A.Letunova, Ye.N.Ivanova, N.N.Rozov va
boshqalar tomonidan yanada rivojlantirildi. Ular tomonidan o’tkazilgan ko’plab
tadqiqotlar natijasida tuproq qoplamining ilgari noma’lum bo’lgan geografik
qonuniyatlari ochildi.
Tuproq geografik rayonlashtirishda taksonomik birliklar sistemasi.
Hozirgi vaqtda tuproq-geografik rayonlashtirishda taksonomik birliklarning
quyidagi sisitemasi: tuproq-bioiqlim mintaqasi, tuproq-bioiqlim oblasti, tuproq
zonasi, tuproq zonachasi, bioiqlim fasiyasi, tuproq provinsiyasi, tuproq okrugi va
tuproq rayoni qabul qilingan.
Tuproq-bioiqlim mintaqasi taxminan termik mintaqalarga to’g’ri keladigan
katta teritoriyani o’z ichiga olib, tuproq paydo bo’lish jarayonlari va o’simliklar
rivojlanish termoenergetik rejimlarining o’xshashligi bilan xarakterlanadi. Tuproq-
bioiqlim mintaqasi o’zining atmosfera yog’inlari bilan namlanish darajasi va
harakteriga ko’ra quyidagi: nam (gumid va ekstragumid), o’tuvchi (subgumid va
subarid), va quruq (arid va ekstraarid) oblastlarga bo’linadi.
Birinchi oblastga o’rmon-tayga va tundra zonasi, ikkinchisiga – dasht
kserofit o’rmon va savannalar, uchinchisi esa chalacho’l va cho’l o’simliklari
qoplamli zona kiradi.
Tuproq zonasi tekis territoriyalarni tuproq-geografik rayonlashtirishdagi
asosiy birlik hisoblanadi.
Tuproq zonasi muayyan tuproq tiplarini ba’zan intrazonal tuproqlarni o’z
ichiga oladigan tuproq-bioiqlim oblastlari maydonining bir qismidir. Tuproq
zonasida olib boriladigan dehqonchilik sistemasni o’zining geografik jixatdan
deyarli bir xilligi bilan xarakterlanadi.
Tuproq zonachasi tuproq zonasining bir qismi bo’lib, zonal tuproqlar
orasida ma’lum tuproq tipchalari ifodalangan bo’ladi.
Tuproq fasiyasi – tuproqlari o’zining temperatura rejimi va mavsumiy
namlanishi bilan farq qiladigan tuproq zonasining bir qismi hisoblanadi.
Tuproqlarning fasiyalar bo’yicha tarqalishi avtomorf tuproqlar zonasida yaxshi
o’rganilgan.
Tuproq provinsiyalari. Tekisliklardagi tuproq provinsiyalari deb, mahalliy
tuproq hosil bo’lish xususiyatlari bilan farqlanadigan tuproq zona yoki
zonachasining bir qismiga aytiladi.
Tog’li o’lkalardagi yirik taksonomik birlik sifatida, tuproq provinsiyadari
vertikal tuproq zonalarining yirik strukturasini o’z ichiga oladi.
Tuproq qoplamining provinsial xususiyatlari dehqonchilikning mahalliy
zonal sistemasini ishlab chiqishini talab etadi.
Tuproq okrugi – tuproq provinsiyasining bir qismi bo’lib, tuproq paydo
bo’lishiga ta’sir etuvchi omillar: joyning relyefi, iklimi, o’simliklar tarkibi,
gidrogeologik singari sharoitlarning o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Tuproq rayoni – tuproq okrugining bir qismi bo’lib, tuproq qoplamini ancha
bir xilligi bilan ajralib turadi, hamda tuproqning samarali unumdorligini oshirishga
qaratilgan deyarli bir xildagi tadbirlarni olib borishini talab etadi.
MDH xududida tarqalgan quyidagi tuproq – bioiqlim mintaqalarini, ularni
tashkil etadigan zonalari va tog’li tuproq provinsiyalariga nisbatan batafsilroq
ko’rib chiqamiz.
1). Sovuq (qutbiy): 2) Mo’tadil sovuq (boreal): 3) Mo’tadil (subboreal): 4)
Mo’tadil iliq (subtropik) kabi tuproq bioiqlim mintaqalari ajratiladi.
Q u t b i y (sovuq) m i n t a q a d a bitta Yevroosiyo tuproq bioiqlim oblasti
ajratiladi va bu o’z navbatida Arktika va subarktika tundra tuproqlari kabi ikki
tuproq zonasini hamda uchta tog’ provinsiyalar (Ural-Yangiyer, Chukotka va
Taymir singari) ni o’z ichiga oladi. Ekinlar faqat issiqxonalarda yetishtirilib, uncha
katta bo’lmagan maydonlardagi dehqonchilik esa faqat eng janubiy rayonlarda olib
boriladi. Bu yerdagi asosiy chorvachilikning yo’nalishi-bug’uchilikdir.
B o r ye a l (mo’tadil sovuq) m i n t a q a d a 4 ta: g’arbiy o’tloq-o’rmon;
markaziy tayga-o’rmon; Sharqiy Sibir muzloq-tayga va Uzoq sharq tayga-o’tloq-
o’rmon oblastlari ajratiladi.
Markaziy Sibir tayga-urmon oblastida kuzgi va baxorgi ekinlar, shuningdek,
qisqa vegetasiya davriga ega bo’lgan sabzavot ekinlari ekiladi, Sharqiy Sibir
oblastining qattiq sovuq iqlimi sharoitida dehqonchilik chegaralangan bo’lib,
asosan o’rmon xo’jaligi va mo’ynali xayvonlar boqishda foydalaniladi.
S u b b o r ye a l (mo’tadil) m i n t a q a d a: G’arbiy qo’ng’ir tuproqli
o’rmon oblasti; markaziy o’rmon-dasht va dasht; Sharqiy ko’ng’ir tuproqli o’rmon;
cho’l-dasht, dasht va baland tog’ cho’llari kabi 5 ta viloyatlar ajratiladi. Bu
mintaqa 8 tuproq zonasini va 13 tog’ provinsiyalarini o’z ichiga oladi.
Qora va kashtan tuproqli Markaziy o’rmon-dasht va dasht viloyatlari
dehqonchilik uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, g’allachilikning asosiy bazasi
hisoblanadi.
S u b t r o p i km i n t a q a Territoriyada uchta tuproq viloyatini: mo’tadil
iliq kserofit-o’rmon-subtropik (Kavkaz orti); mu’tadil iliq va iliq cho’l-dasht va
cho’l subtropik (O’rta Osiyo) oblastini o’z ichiga oladi.Maydoni va qishloq
hujaligining o’rniga ko’ra bo’z tuproqli O’rta Osiyo viloyati katta ahamiyatga ega.
Sug’oriladigan sharoitda paxta, g’alla, sabzavot, sholi, kanakunjut, kunjut va
boshka ekinlardan yuqori hosil olinadi.
V.G.Popov (1990 y) o’ziga xos kenglik bo’yicha zonallik va vertikal
mintaqa hamda provinsional qonuniyatga ko’ra O’zbekistonda ikkita tuproq-
bioiqlim (mo’tadil va iliq subtropik) mintaqasini ajratadi.
Ch o’ l (arid) z o n a s i tuproqlarining morfogenetik xususiyatlaridagi keskin
farqlar asosida bu ikki: Orol-Kaspiy, O’rta Osiyo (subtropik) provinsiyalariga
ajratiladi va u o’z navbatida Shimoliy, Markaziy va Janubi provinsiyalarga
bo’linadi.
V e r t i k a l m i n t a q a n i n g och tusli bo’z va tipik bo’z tuproqlari
tarqalgan pastki tog’oldi-tekislik va qisman tog’oldi qismida o’ziga xos subtropik
chala cho’llar zonasi hosil bo’lib, uni O’rta Osiyoning tog’oldi-chala cho’llar
provinsiyasiga kiritiladi. Bu provinsiya ham Shimoliy, Markaziy va Janubiy
provinsiyachalarga ajratiladi.
To’q tusli bo’z tuproqlari mintaqasidan yuqorida o’ziga xos xususiyatlari
bilan harakterlanuvchi O’ r t a O s i yo t o g’ viloyatlari tarqalgan.
O’zbekistonning barcha territoriyasidagi yog’in rejimining va biotuproq sikllari
yoki bosqichlarining yaqin bo’lishi, bu yerdagi tog’ o’lkalarini G’arbiy Tyanshan,
Oloy-Turkiston va Hisor provinsiyalarini o’z ichiga birlashtiruvchi yagona O’rta
Osiyo tog’ viloyatiga kiritish imkonini beradi.
Shunday qilib, tuproq-geografik rayonlashtirishning umumiy sxemasiga
ko’ra, hozir O’zbekiston territoriyasida o’ziga xos 6 provinsiya, 27 okrug va 83
tuproq nohiyalari ajratiladi.
Kavkaz orti viloyatining xam halk xo’jaligidagi ahamiyati kam emas. Bu
yerda qator subtropik ekinlari (jumladan sitrus, choy) o’stiriladi. Bu oblastlarda
boshqalarga nisbatan tog’ tuproqlaridan dehqonchilikda foydalanish samarasi
yuqori. Tog’ yonbag’irlari uzumchilikda, choy plantasiyalarida, mevali bog’lar
yaratishda foydalaniladi.
Agrotuproq rayonlashtirish prinsiplari.
Agrotuproq rayonlashtirish tuproq-geografik rayonlashtirish asosida
o’tkazilib, lekin bunda tuproqning agronomik xarakteristikasi, joyning tabiiy va
ishlab chiqarish sharoitlariga alohida e’tibor beriladi hamda bu hususiyatlar
batafsil o’rganiladi. Agrotuproq rayonlashtirishda, dastlab zona va zonachalar,
so’ngra rayon va rayonchalar ajratiladi. Alohida xo’jaliklarda faqat yirik
masshtabli tuproq kartalari tuzilayotgandagina rayon va rayonchalarga ajratish
imkoniyati bo’ladi.
Xo’jalik (fermer yoki jamoa) chegarasida tarqalgan va asosiy agronomik
xossalari (mexanik tarkibi, gumus mikdori, oziqa elementlari, suv-havo xossalari
va boshqalari) yaqin bo’lgan tuproqlar agroishlab chiqarish gruppalariga
birlashtiriladi va alohida kartogramma tarzida tuzib chiqiladi.
Agroishlab chiqarish gruppalari xarakterlanayotganda tuproqlar va yer
uchastkalarining salbiy xossalariga alohida e’tibor beriladi. Chunki bu hususiyatlar
asosida yerlarni tubdan yaxshilash uchun qator meliorativ tadbirlar o’tkazish zarur
bo’ladi. Ana shunday salbiy xossalarga tuproqning eroziyalanishi, botkoqlanishi,
sho’rtob va sho’rxoklanishi, toshloqlik darajasi, yerda namning yetishmasligi
kabilar kiradi. Xo’jaliklarda tuzilgan agroishlab chiqarish kartogrammalari
agrotuproq rayonlari va rayonchalarini ajratish uchun asosiy material bo’lib xizmat
qiladi. Bunda tuproqlarning xarakteristikasi, tabiiy va ishlab chiqarish sharoitlari
batafsil yoritiladi. To’plangan materiallar asosida har bir agrotuproq rayon va
rayonchaning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi xususiyatlari aks ettiriladi.
Natijada alohida maydonlar uchun qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirishni
planlashtirish va agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyati tug’iladi.
Hozirgi vaqtda aksariyat respublika, o’lka va viloyatlarda tabiiy-iqtisodiy
sharoitlari e’tiborga olingan holda agrotuproq rayonlashtirish o’tkazilgan bo’lib
tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish,
chorvachilikni rivojlantirish va tuproq unumdorligini yaxshilashga qaratilgan
differinsial tadbirlar sistemasi ishlab chiqilgan.
Har bir agronom o’z xo’jaligida mavjud bo’lgan yirik mashtabli kartalar va
ularga beriladigan tuproqning agroishlab chiqarish gruppalariga doir materiallarni
yaxshi o’rganib olishlari zarur.
Cho’l zonasining tuproqlari.
Cho’llar – doimiy quruq va issiq iqlimli viloyatlarda shakllangan,
lanshaftlarning alohida tiplaridir. Yer sharida cho’llar mo’tadil iliq (subboreal), iliq
(subtropik) va issiq (tropik) bioiqlim mintaqalarida tarqalgan. Cho’llar barcha
qit’alarda katta maydonlarni egallaydi. MDH da cho’l zonasi chala cho’llar
zonasining Janubida joylashgan bo’lib, Rossiya, O’rta Osiyo va Janubiy
Qozog’istonning Turon pasttekisligi deb ataluvchi, nihoyatda katta tekislik
maydonlarini egallaydi. Kura-Araks pasttekisligining dengizga chegaradosh qismi
ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g’arbda Ustyurt platosini o’z
ichiga olib, Orol dengizi orqali Balxash ko’ligacha boradi. Janub va sharq
tomonidan cho’l zonasining Kopettog’, Pomir-Oloy va Tyanshan tog’larining
etaklariga tutashadi. G’arbda esa Kaspiy dengiz bilan chegaralanadi.
O’zbekiston respublikasi yer maydonining deyarli 70 foizi cho’l zonasida
joylashgan bo’lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho’l, Sherobod, Qarshi cho’llari va
boshqa territoriyalarni o’z ichiga oladi. Cho’l zonasining maydoni 130 mln/ga.
Cho’l zonasining zonal tuproqlari: sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar, taqir va
taqirli tuproqlardan iborat bo’lib, qumli cho’l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan
qumlar (maydonining 40 foizi) va sho’rxoklar (13 foizga yaqin) ham keng
tarqalgan. Cho’l zonasi tuproq qoplami nihoyatda murakkab va o’zining
kompleksli bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Shuningdek, cho’l zonasida sho’rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o’tloq,
o’tloq-botqoq va sho’rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil
etadi.
Tuproq paydo qiluvchi tabiiy sharoitlari.
Iqlimi. Cho’l zonasi iqlimining nihoyatda quruq bo’lishi, yozgi davrda
haroratning yuqoriligi, mavsumiy va sutkali haroratning keskin farq qilishi,
atmosfera yog’inlari miqdorining kamligi (namlanish koeffisiyenti 0-0,15) bilan
xarakterlanadi. Zonaning turli nohiyalarida atmosfera yog’inlarining o’rtacha
miqdori 75 dan 200 mm ni tashkil etadi. Bu zonada yog’inlarga nisbatan namning
bug’lanishi 10-20 barobar ko’p .
O’rtacha harorat 18 0C (15-200). 5 0C yuqori harorat li davr 194-235 va 230-
275 kun davom etadi.
Sovuq bo’lmaydigan davr shimolda 160-200 kun, janubda 195-248 kunga
barobar.
Cho’l zonasining 10 0C dan yuqori harorat yig’indisi 4000-5000 0C bo’lib,
quyosh radiasiyasining intensivligi ham yuqori ekanligi zona iqlimining quruq
subtropiklarga yaqinligini ko’rsatadi. Iqlimning yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlari
o’simliklar olamiga, tuproq paydo bo’lish jarayonlariga va tuproqlardan qishloq
xo’jaligida foydalanish xarakteriga ta’sir qiladi.
Relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari. Cho’l zonasining relyefi
juda murakkab va xilma-xil. Qoraqum, Qizilqum va Muyunqum kabi qumli
cho’llarni o’z ichiga oluvchi Turon pasttekisligi nihoyatda katta maydonni
egallaydi (20-rasm). Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryo, Tajang, To’rg’ay, Murg’ob
va Atrek daryolarining qadimgi va hozirgi zamon deltalari hamda O’zboyning
qadimgi vodiysi katta territoriyani tashkil etadi. Sari-Qamish botig’i massivi ham
ancha katta.
Cho’l zonasida turli mexanik tarkibli, har xil sho’rlangan va karbonatli
qadimgi va hozirgi –zamon allyuvial va ko’lallyuvial jinslar, uchlamchi davrning
gipsli, ohakli va gil yotqiziqlari, dengiz qum va gilli jinslarning ellyuviy va
dellyuviysi, turli ohaktoshlar, slanes, mergelli gillardan iborat cho’kindi jinslari,
magmatik jinslarining elyuviysi, delyuviysining ancha skeletli jinslari va x.z.lar
uchraydi.
Cho’l zonasi landshafti.
Cho’l zonasida qadimgi allyuvial qumli yotqiziqlar va qumlar ham keng
tarqalgan.
O’simliklari o’zining kserofitligi, juda siyrak va kompleksli bo’lishi bilan
xarakterlanadi. Iqlimining juda quruqligi sababli o’simliklar qoplamida ildizlari
ancha chuqurda o’sadigan turli yarim butalar va butalar asosiy rol o’ynaydi. Efimer
o’simliklari yozda kuyib , kuzda yana tiklana boshlaydi.
20 - rasm
Joyning relyefi, tuproqning namlanish va tuz rejimlarining xususiyatiga
ko’ra o’simlik turlari ham o’zgaradi. O’simliklar qoplamining xarakteriga ko’ra:
qumli cho’l o’simliklari, gilli cho’llar o’simligi va gipsli sho’rxokli o’simliklar
ajratiladi.
Qumli cho’llarda efemer va efemeroidlar asosiy rol o’ynaydi. Shuningdek,
ko’p yillik o’simliklar, jumladan cho’l butalaridan, ko’proq boyalich buyurg’un,
juzg’un yoki qandim, qum akasiyasi, cherkezlar, oq saksovul (Holoxylon persium)
singarilar asosiy rol o’ynaydi.
Ustyurt, Betpakdala platosi, Qoraqum va Qizilqumning gipslangan gilli
cho’llarida biroz efemer va efemeroidlar aralashgan shuvoq-sho’rali o’simliklar
asosiy rol o’ynaydi. Gilli cho’llar yuzasida suv o’tlari va lishayniklar tez-tez
uchraydi. sho’rxokli yerlarda bir yillik va ko’p yillik sho’ralar asosiy rol o’ynaydi.
Sur – qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlar, ularning kelib chiqishi va klassifikasiyasi.
O’zbekistonda sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar Ustyurtda, Qizilqum, Malik,
Qarshi, Sherobod-Surxon cho’llarida, shuningdek tog’ oldi past tekisliklarida keng
tarqalgan. Respublikamizda bu tuproqlar maydoni 10882 ming ga yoki 40,30%
tashkil etadi.(U.Tojiyev, X.Namozov va boshqalar, 2004 y).
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar uzoq yillar davomida alohida tipga ajratilmasdan
bo’z tuproqlar bilan birga qarab kelindi. S.S.Neustruyev va N.A.Dimo uni dastlab
strukturali och tusli tuproq, A.N.Rozanov esa qir bo’z tuproqlari, B.V.Gorbunov
primitiv (yosh) bo’z tuproqlarning tipchasi sifatida qarab keldilar. Keyinchalik
I.P.Gerasimov sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlarni alohida mustaqil tipga ajratishni
tavsiya etadi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning genetik xususiyatlarini asoslash, ularni har
tomonlama o’rganish va aloxida tipga ajratish soxasida B.V. Gorbunov,
R.V.Kimberg, S.A.Shuvalov (1949), G.I.Dolenko (1953) va Ye.V.Lobova
(1960)larning olib borgan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bundan
tashqari O’zbekiston cho’l mintaqasi sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning genezisi,
geografiyasi, ekologiyasi va meliorasiyasini o’rganishda A.Rasulov (1969),
N.V.Kimberg (1974), B.V.Gorbunov, G.M.Konobeyeva, A.I.Tverdostup (1928),
R.Q.Qo’ziyev (1978), A.E.Ergashev, U.K.Kosimov, A.T.Jo’rayev (1978) va
boshqalar katta hissa qo’shganlar.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarining genezisi bo’yicha ikki fikr mavjud. Birinchi
fikrga ko’ra, sur qo’ng’ir tusli tuproqlar o’ziga xos iqlim va o’simlik omillari
ta’sirida rivojlanadi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi va xossalari o’ta quruq cho’llarning
kserofit-efemerli o’simliklari ta’sirida kechadigan tuproq paydo bo’lish
jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Cho’llarining ana
shunday sharoitida tuproq paydo bo’lish jarayonlari, jumladan, tuproqda
gumusning to’planishi qisqa va davriy xarakterga ega bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Qisqa bahor mavsumida o’simliklar jadal rivojlanib, mikroorganizmlar va
jonivorlarning ham biologik aktivligi kuchayadi. Natijada o’simlik qoldiqlari bir
mavsumning o’zida deyarli to’liq ravishda parchalanib, minerallashadi. Shu
sababli tuproqda gumus nihoyatda kam to’planadi. Yozning juda issiq va quruq
davrlarida tuproqdagi biologik jarayonlar deyarli to’xtab qoladi.
Cho’l tuproqlarida gumusning kam to’planishi, deyarli barcha joylarda
tuproqning sho’rlanganligi moddalar biologik aylanishining xususiyatlari bilan
bog’liq. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda o’sadigan o’simliklarning yer ustida va
ildizlari hisobida to’planadigan organik massasi miqdori har gektarga o’rtacha 10s
ni tashkil etadi va bu dashtlardagiga nisbatan bir necha barobar kamdir. Cho’l
o’simliklari biomassasining 80 foizi ildizlarga to’g’ri keladi. Bu yerdagi
o’simliklarning qoldiqlarida kul moddasining ko’p bo’lishi xarakterlidir.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlaridagi cho’l o’simliklari biomassasida 200 kg/ga
miqdorida har xil kimyoviy elementlar to’planadi. Bunda kalsiy va magniy bilan
bir qatorda natriy ham ancha ko’p to’planadi. Natriy miqdorining ko’payishi bilan
tuproq eritmasining ishqoriyligi oshadi va sho’rtoblanish jarayoni ham rivojlanadi.
Sho’ra o’simliklari tarkibida natriy bilan bir qatorda xlor va oltigugurt ham ancha
ko’p saqlanadi.
Yog’ingarchilik juda kam bo’lganligi sababli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda
yuvilmaydigan suv rejimi yuzaga keladi. Tuproq profilining kam namlanishi bu
tuproqlarda karbonatlanish va sho’rxoksimonlanish jarayonlarining rivojlanishiga
sabab bo’ladi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar yuzasida qatqaloqli gorizontning hosil bo’lishi,
tuproqdagi organik va mineral moddalarning yuqori dispers (mayda zarrachalar)
holati va tuproqning gidrotermik rejimi bilan bog’liq. Tuproqlarning yuqori
dispersligi tuproq eritmasining o’ta ishqoriyligi bilan belgilanadi. Shuvoq-sho’ra
o’simliklarining qoldiqlari parchalanib, minerallanganda natriy, kalsiy bikarbonati
va karbonatlari hosil bo’lib, ishqoriyligini oshiradi. Natriy va kalsiy
bikarbonatlarining karbonatlarga o’tishi tufayli tuproqning massasi sementlanib,
qatqaloqning mustahkamligi ham oshadi. Tuproqning qatqaloqli qatlam ostidagi
tangachasimon qatlamli gorizonti dispers kolloid zarrachalarning, tuproq yuqori
qatlamlaridan yuvib olib kelinishi natijasida yuzaga keladi. Tuproq profilining
o’rta qismlari kolloid zarrachalar bilan boyiganligi sababli, bu qatlamda suvning
o’tishi sekinlashib, alyumosilikatlarning nurash jarayonlari esa kuchayadi va qator
gilli minerallar hosil bo’ladi. Tangachasimon qatlamli gorizontning hosil bo’lishini
ba’zi tadqiqotchilar qish mavsumidagi tuproqning muzlashi bilan bog’laydi.
Qishning izg’irin sovuq davrida tuproq eritmasi, uning yuqori qatlamlariga qadar
ko’tarilib muzlagach tangacha-qatlamli struktura hosil bo’ladi.(V.G.Zolnikov,
Ye.V.Lobova). Tuproqning temir birikmalari bilan boyishining sababi: tarkibida
temir (II oksidi) bo’lgan minerallarning nurashi va shuningdek tuproqdagi qisqa
muddatli anaerob jarayonlarning yuzaga kelishidir. Keyinchalik bu temir
birikmalari oksidlanib va degidratasiyalanib (suvsizlanib) minerallar yuzasida
temir pardasi hosil bo’ladi.
Boshqa nuqtai nazarga qaraganda (V.A.Kovda 1946, 1973; N.G.Minashina,
1974; I.N.Stepanov,1975 va boshqalar) bu tuproqlar qadimiy nam iqlim davrlarida
hosil bo’lgan bo’lib, ularning qatlamlaridagi karbonatlar, gipslar va oson eruvchan
tuzlarning to’planishi hamda shu tuproqlarga mansub bo’lgan gillanish, temirlanish
jarayonlari, o’sha uzoq davrlarda yer yuzasiga yaqin joylashgan sizot suvlarining
(gidromorf tuproq paydo bo’lish omillari) ta’sirida rivojlangan va taraqqiy topgan.
Klassifikasiyasi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar ikki tipchaga: karbonatli tipik
sur-qo’ng’ir tusli va oz karbonatli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarga bo’linadi
(Ye.V.Lobova, 1966).
Birinchi tipchasi – Turon pasttekisligining g’arbiy cho’llarida va Ustyurt
baland tekisligida keng tarqalgan. Ikkinchisi esa Betpakdala baland tekisligining
Sharqida va Balxash atrofida tarqalgan. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar tipi termik
rejimlari va rivojlanish sharoitiga ko’ra hozirgi vaqtda 3 tipchaga bo’linadi:
Muzlaydigan juda iliq sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari (Mangqishloq,
Markaziy Ustyurt, Qizilqum va Betpaqdalaning shimoliy qismi va boshqa joylarda
tarqalgan).
Qisqa muddatli muzlaydigan subtropik sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari
(Mangqishloq, Ustyurg va Qizilqumning Janubiy qismi, Krasnovod yarim oroli,
Zaunguz Qoraqumi, Farg’ona vodiysining tog’oldi tekisliklari);
Issiq subtropiklarning muzlaydigan sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari
(Qoraqum, Kopetdog’ va boshqa joylarda uchraydi).
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar quyidagi avlodlarga ajratiladi: Sho’rxoksimon
oddiy sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar (suvda oson eriydigan tuzlar 30sm chuqurlikda
joylashgan);
Bu tuproqlarning o’simliklar kam bo’lgan ochiq yuzasida har xil darz ketgan
yoriqchalar bo’ladi va yuzasidagi qatqalog’i uncha mustahkam emas. Oq shuvoq
va boyalich o’simligi xarakterli;
Sho’rxokli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar, deyarli yuza qismida suvda oson
eriydigan tuzlar (0,3 foizdan ko’p) saqlangan bo’ladi. Xarakterli o’simliklari
buyurgun va sho’raning har xil turlari hisoblanadi.
Gipsli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar 50-70sm chuqurlikda biroz qum saqlagan
noto’g’ri shakldagi ignasimon yoki tabletkasimon gips kristallarini saqlagan
bo’ladi. 12-15sm chuqurlikda ko’p miqdorda labsimon ignachali gips saqlovchi
sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar alohida avlodga ajratiladi;
Sho’rxokli sur-qo’ng’ir tusli gipsli tuproqlar ko’p miqdorda (70-80 foiz)
gips saqlovchi gorizontning mavjudligi bilan xarakterlanadi;
Taqirli sho’rtobsimon sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar mustahkam qatqaloq
qatlamli bo’lishi, poligonal (yuzasi har xil shakldagi yorilib turadigan) yuzasi va
umumiy ishqoriyligining yuqori bo’lishi bilan farqlanadi.
Uncha katta bo’lmagan maydonlarda o’tloq-sur-qung’ir tusli cho’l
tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar sizot suvlari yaqin bo’lgan pastqam joylarda
boshoqdoshlar va shuvoqli o’simliklar ostida hosil bo’ladi.
O’tloq – sur – qo’ng’ir tusli tuproqlar ona jinslarining xossalariga va relyef
sharoitlariga ko’ra to’rli darajada ishqorsizlangan va sho’rlangan bo’ladi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi, tarkibi, xossalari va
agronomik tavsifi. Morfologik tuzilishi
. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning profili
bir-biridan keskin farq qiladigan quyidagi gorizontlardan iborat: tuproqning yuzasi
2-4 sm, ba’zan 5sm qalinlikdagi sarg’ish bo’z tusli mayda g’ovak, teshiklardan
iborat qatqaloq (Aq) bilan qoplangan. Qatqaloqqa ba’zan chag’irtosh yoki qum
yopishgan bo’ladi. Qatqaloq ostida deyarli shunday tusli tangacha-qatlamli (5-
7sm) A gorizont ajralib turadi. Bu gorizontdan pastda rangi to’qroq, ko’pincha och
jigarrang tusli zich ba’zan temirga boy va gil ko’p to’plangan, uvoqli, prizmatik-
uvoqli gorizont (B) joylashgan. Zichlangan gorizontning yuqori qismida (ba’zan
barcha profil bo’ylab) karbonatlarning oqish dog’lari, konkresiyalari ajralib turadi.
Karbonatlar tuproq profilining yuqori va o’rta qismlarida ko’proq to’planadi.
Zichlangan qatlamning pastki qismida, 18-25 sm chuqurlikda sarg’ish tusli gips
kristallari va suvda oson eriydigan tuzlar bo’lgan qatlam ajralib turadi. Zichlangan
gorizont qumoq tarkibli tuproqlarda 25-30sm chuqurlikka qadar bo’ladi. (21 -
rasm).
Ustyurtning sho’rtoblanmagan sur-qo’ng’ir tusli tuproqlari profilining
qalinligi 60 sm ga qadarli bo’lib, qatqalog’i 5 sm dan oshmaydi, tangachali-
qatlamli gorizonti 12-19 sm chuqurlikda tugaydi.
Shunday tuzilishli profil Ustyurt, Qizilqum, Qoraqum, Janubiy
Turkmaniston, Janubiy O’zbekiston (Sherobod vodiysi) ning sur-qo’ng’ir tusli
tuproqlari uchun xarakterli.