O'ZBEKISTONDA BANK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VAZIFALARI VA ASOSIY YO'NALISHLARI
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
6
Sahifalar soni
32
Faytl hajmi
80,9 KB
O'ZBEKISTONDA BANK TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH VAZIFALARI VA ASOSIY
YO'NALISHLARI
1
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………. 1
1. Banklarning mohiyati va ularning asosiy funksiyalari…………………. 3
2. O’zbekistonda bank tizimining shakllanish bosqichlari………………... 9
3. Banklarni iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati……………………… 13
4. O’zbekiston bank tizimini rivojlanish tendensiyalari tahlili……………. 20
Xulosa…………………………………………………………………….... 27
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….. 29
2
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Istiqlolga erishganimizdan so’ng, bank tizimida ham sezilarli darajada
o’zgarishlar yuzaga keldi.
Mamlakatimizda bank tizimining uzluksiz rivojlanishi bozor munosabatlari
sharoitidagi ob’yektiv zaruriyat bo’lib, bu o’z navbatida tijorat banklar foalyatini
uzluksiz nazorat qilishni va ularni samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar
bazasining yaratilishining uslubiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi.
Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini
ta’minlashda eng muhim omil hisoblanadi. Shu sababli ham ushbu sohani
rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Biroq shuni tan olish lozimki mamlakatimiz bank tizimi yetarli darajada
rivojlanmagan. Bu kabi fikrlar prezidentimi Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ham bir
necha bor ta’kidlab o’tilgan. Xususan, Prezidentimiz o’z nutqlarida “Endi banklar
resurs jalb etish bo’yicha "o’z aravasini o’zi tortishi” kerak. Shundagina bozor
sharoitiga mos, zamonaviy boshqaruv tizimiga ega moliyaviy institutga aylana
oladi” degan edilar1.
O’zbekiston bank tizimi o’z sifatini yangi bosqichini boshidan kechirmoqda.
Bu makroiqtisodiy vaziyatdagi jiddiy o’zgarishlar, umuumiqtisodiy vazifalarni hal
etishda banklarning faoliyati va ta’sirining o’sishi bilan bog’liq. Chunki kredit va
moliya operatsiyalarini asosiy qismini qamrab oladigan kredit tizimining hal
qiluvchi bo’g’ini bank tizimidir.
O’zbekistonda bank tizimi mustaqil davlat iqtisodiy siyosatining muhim
yo’nalishlaridan biri bo’ladi.
Aynan yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlar mazkur kurs ishining ahamiyatini
belgilab beradi.
Kurs ishining maqsadi Respublikada bank tizimini rivojlantirish va ularni
takomillashtirish yo’nalishlariga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 25 oktyabr kuni “Bank tizimini isloh qilish va
banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag’ishlangan yig’ilishidan. 2019 yil 25
oktyabr. https://president.uz/oz/2961
3
chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab
olindi:
- O’zbekiston Respublikasining moliyaviy qonunlari va bank-moliya tizimini
tadqiq qilish hamda o’rganish va moliyaviy islohatlarning o’tkazishning
muhimligini asoslash;
- O’zbekiston Respublikasida bank tizimini takomillashtirishning mavjud
imkoniyatlarini aniqlash;
- Banklarning kreditlash tizimida tutgan iqtisodiy o’rnini aniqlash va uning
asosiy tuzilmalarini ko’rib chiqish;
- Bank tizimi faolyatini tahlil qilish, iqtisodiy mohiyatini o’rganish ularni
xorijiy tajriba bilan solishtirish.
Kurs ishining obyekti O’zbekiston Respublikasi bank tizimi hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti bank tizimida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlardan iborat.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning
bank tizimiga doir amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari
tashkil etadi.
4
1. Banklarning mohiyati va ularning asosiy funksiyalari
O'zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - bu tijorat muassasasi
bo'lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo'sh turgan pul-mablag'larini jalb qilish
va ularni o'z nomidan, to'lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida
joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.
Ba'zi adabiyotlarda bank - bu korxona deb ham izox beriladi. Ma'lumki, bank
yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi.
Tijorat bankalarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o'xshatish
mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o'z faoliyatini o'z asoschilari-
aksionerlarning manfaatlarini, ikkinchidan, o'z mijozlarining manfaatlarini himoya
qilishni ta'minlashdan iborat.
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo'gini bo'lib, kredit resurslarining
asosiy qismi shu bankarda yig'iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga
xizmatlarini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy
bankdan keyingi ikkinchi pog'onasi hisoblanadi.
Bank tizimi orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida, iqtisodiyotni boshqarishning
moliyaviy sohasida markaziy bo’g’in sifatida bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida
hukumron mavqega ega bo’lgan, tovar, pul muomalasini boshqarish va u orqali
tushum xo’jalik faoliyatini boshqarish muammosini olg’a suradi.
Shu sababli banklar, moliya - kredit jarayonlarini boshqarish markazlari
sifatida faqat bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z ahamiyatlarini to’la namayon etadilar,
moliyaviy tizimni markaziy bo’g’iniga, pul muomilasini tashkil qilish, uning
barqarorligini ta’minlashning bosh sifatchisiga aylanadilar.
Shuni unutmaslik kerakki, banklar orqali pul saqlaydigan joy, uni tarqatadigan
yoki kredit beradigan kassa emas. Banklar iqtisodiyotni boshqarish va tuzilmaviy
siyosatni amalga oshirishning qudratli qurolidir. Ma’lumki, bunday siyosatni
moliya, kapital zaxiralarini qayta taqsimlash yo’li bilan ustivor yo’nalishlarda
bo’lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlar yaratiladi. Banklar endi mablag’larni
5
moliyaviy resiruslarni kreditlar tarzida, ya’ni yaxshi foyda va samara beradigan
markazlarga, sohalarga, mintaqalarga yo’naltiriladi.
Kreditlashtirish borasida puxta o’ylanmagan siyosat yurtimizning su’niy
ravishda o’rnatilgan past foiz stavkalari, mablag’larini havoga sovirishga, davlat
byudjetida katta kamomadlarga va oxir oqibatda halokatga inflyatsiyaga olib keladi.
Bularning hammasi mamlakatning qashshoqlashuviga olib keladi. Mashhur
multimellioder Genri-Fordning fikriga ko’ra, “qashshoqlik ko’p jihatdan uning
yuklarini joydan-joyga tashish tufayli sodir bo’ladi. Uzluksiz yotayotgan qor uyumi
kabi, katta pul to’dasini hech bir maqsadsiz joydan-joyga ko’chirish va bunda tobora
qashshoqlashib borayotganini sezmaslik mumkin”2.
Demak, zamonaviy bozor munasabatlariga asoslangan bank tizimini yaratish
bozor islohatlarini, iqtisodiy qayta qurishni asosiy yo’nalishidir. Chunki, hozirgi
zamonda samarali faoliyat yuritayotgan bank tizimiga ega bo’lmasdan turib,
samarali ishlaydigan iqtisodiyotni yaratib bo’lmaydi.
Bank tizimiga banklardan tashqari ayrim iqtisoslashgan moliyaviy institutlar
ham kiradi. Ular bank maqomiga ega bo’lmaslarda, bank operatsiyalarini amalga
oshiradilar. Bundan tashqari bank tizimiga bank infratuzilmasini tashkil qiluvchi,
pul kredit institutlarining ish faoliyatini ta’minlovchi boshqa muassasalari ham
kiradilar.
Banklar mohiyati qanchalik bir xil bo’lmasin, mol sotishda ularning ko’p
turlari faolyat oli b boradi. Eng avvolo emissiya kerak. Emissiya banklar naqd pul
belgilarini muomalaga chiqaruvchi markaziy banklardan iborat.
Bajaradigan operatsiyalarining harakatiga qarab, universal va ixtisoslashgan
banklarni farqlanaadi. Universal bank bir o’zi mijozlarga rang- barang operatsiya va
xizmatlarni ko’rsatishga qodir bo’ladi. Universallikning boshqa qirralari ham bor, u
faolyatni cheklanmaganligini ham bildirish mumkin.
Bunday bank faolyatini xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha xizmat
ko’rsatadigan mijozlarning tarkibi operatsiyalar soni va hajmi, hamda mintaqalar
2 www.ford.com/Brief history of the Company.
6
boyicha ham xizmat doirasi chegaralanmagan bo’ladi. Ya’ni universal bank
ko’pchilik tarmoqlarda kredit bersa, ixtisoslashgan bank ko’pincha xalq
xo’jaligining bir tarmog’i yoki tarmoqchasiga korxonalar turkumiga xizmat
ko’rsatadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo’lmagan mamlakatlarda bank tiziming
o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
Bank tizimi tushunchasi oddiygina talqin qilganda, u o’z ichiga banklar va
bankka xos funksiyalarini bajaruvchi nobank muassasasalarini oladi.
Tashkiliy jihatdan bir bo’g’inli va ikki bo’g’inli bank tizimlari mavjud.
Rivojlangan davlatlarda ikki darajali bank tizimi mavjud bo’ladi. Unda birinchi
bo’gin Markaziy banklar bo’lib, ular mamlakatdagi pul muomalasini tashkil va
nazorat qilish rolini bajaradilar.
Ikkinchi bo’ginda esa o’zlari mustaqil bo’lgan, ammo, Markaziy bank
nazorati ostida faolyat olib boruvchi tijorat va ixtisoslashgan banklar hamda
banklarga xos funksiyalarni bajaruvchi nobank muassasasalar kiradi.
Bir bo’g’inli tizimda Markaziy va tijorat banklari bir xil darajada teng huquqli
agentlar rolini bajaradilar, ya’ni barcha banklar davlatning banki bo’lib, Markaziy
bank bo’limlari sifatida ish olib boradilar. Bunday tizim iqtisodi rivojlangan totalitar
rejimlar hukmronlik qilayotgan mamlakatlarga qodir.
Bank tizimi xususiyatlari haqida biz yuqorida ta’kidlab, uning asosiy elimenti
bo’lgan banklar va ularning turlari haqida umumiy tushunchalar bergan edik.
Rivojlangan mamlakatlar bank tizimiga xos bo’lgan yana bir xususiyati shundaki
ularda banklar bilan bir qatorda bank bo’lmagan ammo banklarga xos funksiyalarni
bajaruvchi ixtisoslashgan moliya-kredit muassasalari va pochta jamg’arma
institutlari ham va mavjud bo’ladi. Bunday moliyaviy tashkilotlarda bo’sh bank
tizimi deyiladi. Ular ma’lum toifadagi mijozga, odatda bir yoki ikkita o’ziga xos
moliyaviy xizmat turini taklif qiladilar. Ularning faolyati ko’pincha moliyaviy
bozorning kichikroq bir segmentiga qaratilgan bo’ladi.
Uzoq yillar davomida jamiyatning rivojlanishi va unga mos tovar-pul
munosabatlarning o’sib takomillashib borishi banklarning operatsiyalari va
7
ko’rsatadigan xizmatlari ko’lamining kengayib borishiga olib kelgan. Davlat,
jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatini muvofiqlikda olib borish, davlat va
jamiyat a’zolarining pul mablag’lariga bo’lgan talablarini qondirgan holda
davlatning iqtisodiy jihatdan o’sishi va barqarorligini ta’minlash maqsadida banklar
o’rtasida ular bajaradigan funksiya va operatsiyalar ko’lami taqsimlana borgan,
ya’ni davlat tomonidan, davlat manfaatlarini himoya qilgan holda faolyat
ko’rsatuvchi banklar alohida jamiyat a’zolari bilan ishlovchi banklar yoki
yuqoridagi ikki yo’nalishi ham o’zida mujassamlashtirilgan banklar shakllana
borgan3.
Hozirgi zamonda umuman qabul qilingan tizim bo’lib, ikki pog’onali bank
tizimi xizmat qiladi va u quyidagi tarmog’ni o’z ichiga oladi (1-rasm):
1. Markaziy bank
2. Tijorat bank.
1-rasm. Bank tizimining pog’onalari4
Markaziy bank banklarning banki sifatida bank va moliya muassasalari
faolyatining barqarorligini ta’minlaydi. Birinchi navbatda, u ko’pchilik moliya
institutlari, banklarning faolyati moliyaviy jihatda muammolar yuzaga kelganda,
banklar omonatchilar oldidagi o’z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda
moliyaviy sarosima bo’lishini oldini olish kerak. Bu masalani hal qilish uchun
Markaziy bank, avvolo, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini ikkinchi
pog’ona-tijorat banklar tizimiga nisbatan bajaradi. Markaziy bank majburiyatiga
tijorat banklarning har kunlik faolyatiga aralashish kirmaydi. Markaziy bank tijorat
banklarning me’yoriy boshqarilishi, ularning to’lovga qobiliyatligi va likvidligini
3 Mullajonov F. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. - T.: 2020
4 www.wikipedia.org sayti ma’lumotlariga asoslanib muallif tomonidan tayyorlandi
1. Markaziy bank
2. Tijorat banklari
8
ta’minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar manfaatlarini himoya qilish kerak.
Bularning barchasi nazorat me’yorlari tizimi yordamida amalga oshirilib tijorat
banklari pog’onasiga o’tkaziladi.
Markaziy bank pul siyosatini o’tkazish yo’li bilan muomaladagi pul massasi
ustidan nazorat amalga oshiradi va inflyatsiya, ishsizlikning past darajasini
ta’minlash va iqtisodiy o’sish uchun shart-sharoitlar yaratish kerak. Bunda markaziy
bank emission muomaladan olish huquqiga ega bo’ladi. Markaziy bank ya’ni tijorat
banklari o’rtasida hisob kitoblarni olib borishga imkoniyat yaratadi.
Bank tizimining ikkinchi pog’onasi bu - xalq xo’jaligi va aholiga xizmat
ko’rsatishdagi bosh bo’gin bo’lgan mustaqil tijorat banklarining tarmog’idir. Ular
yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob - kitob va kredit
operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar ko’rsatish hamda boshqa turli bank
xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq operatsiyalarini amalga oshiradilar5.
Bank tizimida yuzaga kelayotgan holatlar, bugungi kunda bank menejmenti
va marketingini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda. Banklar sonini ko’payishi
bu raqobatning kuchayishidir. Bu esa bank boshqaruvida yangi yangi vazifalar
degani, shuning uchun bank tizimidagi menejment va marketingni rivojlantirish
yo’llarini ishlab chiqishdan iborat. Bank tizimidagi samarali boshqaruv faoliyatini
amalga oshirishda quyidagi vazifalarni belgilab olish zarur.
- bank boshqaruvining iqtisodiy mohiyatini nazariy o’rganish ularni xorij
tajribasi bilan solishtirish;
- banklarning yangi xizmat turlarini taklif etish, bankdagi operatsiyalarni
boshqarishni yaxshilash;
- bank xodimlarini boshqarishni yaxshilash tufayli mijozlarga sifatli xizmat
ko’rsatish.
Har bir mamlakatda tijorat banklarining soni turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, Shvetsiyada davlat banki 40ga yaqin tijorat banki faoliyatini nazorat qiladi
5 Abdullaeva SH.Z. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari.-T.: TMI, 2018
9
xolos, AQSh da 13000ga yaqin tijorat banklari mavjud. Shvetsariyada esa har 10000
aholiga bittadan moliya muassasasi to’g’ri keladi.
Markazlashtirilgan bank boshqaruvi asosida faoliyat ko’rsatayotgan
respublika banklari tor doirada pul resurslari harakatini boshqarish, lekin uni
boshqaruvchiligini nazorat qilish sobiq ittifoq davlat banki qo’lida edi.
Iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilgan usulidan voz kechish va
bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlar qo’yilishi bilanoq markazlashtirilgan
bank tizimining qator kamchiliklarini ro’yobga chiqardi. Bu esa bank tizimida tub
o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etardi.
Bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi. Bu jarayonda bank
tizimining tashkiliy tuzilmsini o’zgartrish, banklarning rolini oshirish, iqtisodiy
tizimning rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kredit haraktdagi iqtisodiy
dastaklarga aylantirish ko’zda tutilgan edi. Qayta tashkil etish jarayonining birinchi
bosqichi davlat banklarning yangi tuzilmasini tashkil etish bilan bog’lanadi. Qayta
tashkil etish modeli quyidagilarni o’z ichiga oladi.
- ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: markaziy emission bank va
bevosita xo’jaliklarga xizmat ko’rsatuvchi bevosita davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan davlat banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-
o’zini moliyalashga o’tkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ldigan kredit
munosabatlari uslublari va shkalalarini takomillashtirish va boshqalar.
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o’zining
kredit tizimidagi markaziy o’rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga
kredit berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib borish funksiyasini maxsus
ixtisoslashgan banklarga topshiradi. Ya’ni bankning emission faoliyatini kreditlash
faoliyati bilan birga olib borish funksiyasiga chek qo’yiladi. Davlat banki
ixtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi boshqa barcha banklar uchun bir xil
pul kredit siyosatini olib burvchi muassasasaga aylanadi. Bank tizimining
takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan banklar tashkil
qilinib xo’jaliklar bilan banklar o’rtasidagi aloqalarni tobora yaqinlashtirildi,
10
ixtisoslashtirilgan davlat banklari o’zlarida ma’lum darajada boshqaruvchilik rolini
saqlab qoldilar.
2. O’zbekistonda bank tizimining shakllanish bosqichlari
Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari
tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham
kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor
iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati
tug’ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
- ikki pog’onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va
bevosita xo’jalik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini
moliyalashga o’tkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit
munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o’z ichiga
oladi.
O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini
tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:
- Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan
va ikki pog’onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha
bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini
yaratish bo’yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan
O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni6
asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq SSSR davlat bankining
respublika muassasi asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’zildi
(1992 yil sentyabr) va unga respublikada pul muomilasini tartibga solish, tijorat
banklari tizimini vujudga keltirish va tulov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi.
6 O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi - www.lex.uz - https://lex.uz/acts/-2681
11
Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat
qurilish banki, kommunal qurilish va sosial taraqqiyot banki, agrosanoat banki,
tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg’arma banki va boshqa banklarni kiritish
mumkin.
O’zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy
valyuta muomilaga kiritilgan (1994 yil 1 iyul) va ikki pog’onali bank tizimining
xuquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o’z ichiga oladi.
1994
yil
18
martdagi
Vazirlar
Mahkamasining
«Bank
tizimini
takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo’yicha chora-
tadbirlari to’g’risida»gi qarori7, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va
bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini
jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevor
yaratdi.
Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995 yildan boshlab O’zbekistonda
maxsus nobank kredit tashkilotlari (investisiya kompaniyalari, sug’o’rta
kompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi.
O’zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000
yillarni o’z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish
va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida
nazoratni ko’chaytirishdan iborat.
Bu bosqichda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tijorat
banklari tashkil qilishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1997 yil 24
aprel), «Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi (1998 yil 2 oktyabr), «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh
qilish borasidagi chora-tadbirlari to’g’risida»gi (2000 yil 21 mart) farmonlari muhim
ahamiyatga ega.
7 O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi - www.lex.uz - https://www.lex.uz/docs/-
270371
12
Shu kabi 1999 yil 15 yanvarda O’zbekiston Respublikasining «Bank tizimini
isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida» gi, 2000 yil 24 martdagi «Bank tizimini
isloh qilishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida» gi qarorlari qabul qilindi.
Bank tizimiga chet el sarmoyasi keng jalb qilina boshlandi va 2006 yilning
boshiga 5 ta bank chet el kapitali ishtirokida faoliyat kursatmokda. Bulardan tashqari
xalq xo’jaligiga 3 ta bank davlat mulki asosida. 12 ta aksiyador-tijorat va 9 ta xususiy
bank xizmat ko’rsatmokda.
Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi to’zildi,
mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o’rta biznesni yanada
rivojlantirishga, ichki nazorat ta’sirchanligini oshirishga e’tibor qaratildi.
Bank tizimi rivojlanishining to’rtinchi bosqichi 2001 yildan boshlandi va
uning asosiy xususiyatlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga
bo’lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2004 yilni boshiga tijorat banklar kapitali
791 mlrd so’mdan 2005 yilni boshiga 824,1 mlrd. so’mga, ya’ni 104,2% ga oshgan
bo’lsa, shu davrda axolining banklardagi pul jamgarmalari (yangi omonat turlari,
yukori foizlar va boshqalar xisobiga) 244,7 mlrd. so’mdan 322,6 mlrd. so’mga yoki
131,8 foizga oshdi, 2005 yilni boshiga esa banklardagi aholi jamg’armalari 450
mlrd. so’mga yetdi.
2. Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznes
subyektlariga
ko’rsatgan
yordami
ortdi.
Ma’lumki,
kichik
tadbirkorlik
subyektlarining soni yil sayin oshib bormoqda va ularni soni 1.01.2004 yilga 235,4
ming tani tashkil etadi. 2005 yilda kichik biznes subyektlariga berilgan kredit 419,9
mlrd. so’mni tashkil etib shundan 287,4 mlrd. o’zoq muddatli kreditni tashkil etadi.
Kichik biznes subyektlarining YaIMdagi ulushi 2005 yilda 38 foizni tashkil etdi,
2006 yilni rejasiga ko’ra uni 45 foizga yetishi muljallangan.
3. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo’yicha ishlar jadallashtirildi. Bu
bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga
oshirildi va 2003 yil 15 oktyabridan boshlab joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha
so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.
13
Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 11 dekabridagi 557 son qarori bilan
«Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuniga o’zgartirishlar kiritildi.
Shu asosda Respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi
davom etmoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi
«Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi
qarori muhim ahamiyatga ega.8
8 O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi - www.lex.uz - https://lex.uz/acts/-72266
14
3. Banklarni iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati
Tijorat
banklari
bozor
munosabatlari
sub’ekti
sifatida
mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Ularning o’rni quyidagi
holatlarda yaqqol nomoyon bo’ladi:
1. Tijorat banklari iqtisodiyotni kreditlash faoliyati bilan shug’ullanadi.
Buning natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hajmi oshadi. Bu esa
pirovard natijasida mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanish ko’rsatkichi bo’lmish
YAIM ning kengayishiga olib keladi.
2. Tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozorining faol ishtirokchisi
hisoblanadi. Banklar bu bozorda ham investitsion faoliyatni amalga oshiradi.
Banklarning investitsion faoliyati emitentlarning likvidligini oshishiga, moliyaviy
resurslarni ko’payishiga va qimmatli qog’ozlar savdosida rivojlanishiga olib keladi.
Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish orqali aholi va korxonalarning
ixtiyoridagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jalb etadilar va ularni kredit
investitsiya sifatida joylashtiradi.
3. Tijorat banklari iqtisodiyot subektlari o’rtasidagi hisob-kitoblarni amalga
oshiradi.
4. Tijorat banklarining kreditlari hisobidan Xo’jalik yurituvchi subektlarning
majburiyatlari bo’yicha to’lovlar amalga oshiriladi. Demak T/B iqtisodiyotda
likvidlikni ta’minlaydi.
5. Tijorat bank Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda faol
ishtirok etadi, chunki Markaziy bankning tuman va shahar filiallari yo’q.
6. Tijorat banki Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirishda
muhim o’rin tutadi. Markaziy bank pul aylanmasini tashil qiladi, lekin pullari tijorat
banklari orqali aylanadi. Jahon amaliyotida universal tijorat banklari bilan birga
Investitsion banklar ham faoliyat ko’rsatmoqda. Masalan AQSH da investitsion
banklarning faoliyati yuksak rivojlangan. Investitsion banklar depozit qabul qilish
va kreditlar berish huquqiga ega emas.
15
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yilgi Statistik
byulleteniga e’tibor qaratadigan bo’lsak, mamlakat iqtisodiy faoliyatida bank
tizimining o’rni yaqqol nomoyon bo’lganiga guvoh bo’lamiz.
2019 yilning 1 yanvar holatiga bank aktivlari hajmi jami YaIMning 52,7
foizinin tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2020 yilning 1 yanvar holatiga kelib
53,3 foizni yetgan.
2020 yilning 1 yanvar holatiga kredit qo’yilmalari miqdori 211 trln 580 mlrd.
so’mni tashkil qilib, YaIMga nisbatan 41,3 foizga teng bo’lgan (1-jadval).
1-jadval
Bank tizimini iqtisodiyotda tutgan o’rni (mlrd. so’mda)9
Ko’rsatkichlar nomi
01.01.2019 y.
01.01.2020 y.
YaIM
406 648,5
511 838,1
Bank aktivlari
214 419,6
272 726,9
Aktivlarning YaIMga nisbati, foizda
52,7
53,3
Kredit qo’yilmalari
167 390,6
211 580,5
Kredit qo’yilmalarining YaIMga nisbati,
foizda
41,2
41,3
Depozitlar
70 001,4
91 009,0
Depozitlarning YaIMga nisbati, foizda
17,2
17,8
Kapital
26 678,9
51 030,7
Kapitalning YaIMga nisbati, foizda
6,6
10,0
Banklarning mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan operatsiyalari
va ko’rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi.
Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning vujudga kelish
omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim.
Banklarning roli ularning funksiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga
egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bo’lishidan qa’tiy
9 “O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni”, 2019 yil, Toshkent, 48-bet
16
nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo’lgan operatsiyalarni bajaradi. Shu
bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bo’lishidan
qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi.
Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko’pqirrali bo’lib,
ularning asosiylari quyidagilardan iborat10:
- jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni tegishli shartlar asosida
o’ziga jalb etadi;
- qo’shimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoji mavjud xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to’lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida
mablag’lar beradi;
- milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini
ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
- pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
- iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o’rtasida hisob – kitob va
to’lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
- bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini
amalga oshiradi;
- aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jamg’arish asosida ularni iqtisodiyotning
tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, jamiyatda
faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga
qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha
bo’lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab
chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo’shimcha moliyaviy mablag’larga
ehtiyoj tug’ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish
siklining turli – tumanligi (qishloq xo’jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish
10 Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik. - T.: "Moliya", 2020
17
sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag’lar vaqtinchalik ishlab chiqarish
jarayonidan chetlashtiriladi.
18
2-jadval
Tijorat banklari kredit qo’yilmalarining tarmoqlar bo’yicha ulushi11
Ko’rsatkichlar nomi
01.01.2020 й.
01.03.2020 й.
O’zgarishi,
foizda
mlrd. so’m
ulushi, foizda
mlrd. so’m
ulushi, foizda
Jami kreditlar
211 581
100%
215 815
100%
2,0%
Sanoat
75 636
35,7%
76 864
35,6%
1,6%
Qishloq xo’jaligi
17 205
8,1%
18 162
8,4%
5,6%
Qurilish sohasi
5 930
2,8%
6 033
2,8%
1,7%
Savdo va umumiy xizmat
14 480
6,8%
15 035
7,0%
3,8%
Transport va kommunikatsiya
23 516
11,1%
24 286
11,3%
3,3%
Moddiy va texnik ta'minotni
rivojlantirish
3 302
1,6%
3 465
1,6%
4,9%
Uy-joy kommunal xizmati
2 512
1,2%
2 559
1,2%
1,9%
Jismoniy shaxslar
39 934
18,9%
42 158
19,5%
5,6%
Boshqa sohalar
29 065
13,7%
27 252
12,6%
-6,2%
11 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti – www.cbu.uz - https://cbu.uz/oz/statistics/bankstats/144091/
19
2020 yilning 1 yanvar holatiga O’zbekistondagi mavjud tijorat banklari tomonidan
iqtisodiyotga qo’yilgan kredit qo’yilmalari qoldig’i 211 trln 581 mlrd so’mni tashkil
qilgan. Ushbu kredit qo’yilmalarining 35,7 foiz yoki 75,6 trln so’mi sanoat
tarmog’iga yo’naltirilgan (2-jadval).
Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot
sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu
mablag’larga ehtiyoji bo’lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni
qo’shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo’jalik sub’ektlariga qayta
taqsimlab beradi.
Bizningcha, ushbu munosabatlarni bankdan bo’lak birorta moliyaviy tashkilot
samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o’ziga xos jihati iqtisodiyotdagi
rolini belgilaydi.
Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o’ziga xos xususiyatlaridan
biri, bu ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi va davlat tashkilotlari o’rtasida
amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan tegishli
nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti
sharoitida xo’jalik sub’ektlari o’rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul
o’tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga
oshiriladi va tartibga solib turiladi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir
qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchining mustahkamligi.
Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o’tilgan qisqa davrda
yig’ilgan tajribalarning natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining
asosiy o’zagi asosan o’zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni
aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchi yo’qolishi bilan bog’lab
ko’radigan bo’lsak, banklarga nisbatan ishonch yo’qolishi oqibatida ularning
jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi.
20
Aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar
sabab bo’lishi mumkin:
– banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o’z vaqtida bajarmasa;
– aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo’lgan talabi to’liq va
o’z vaqtida qondirilmasa;
– mijozlarning hisobvaraqlari bo’yicha mablag’lar qoldig’i va aylanmalari
haqida bank siri ta’minlanmasa;
– mijozlarning pul o’tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli
manzilga o’tkazilmasa;
– bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va
boshqalar.
2. Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari
samaradorligini oshirish lozim. Tijorat banklarining xo’jalik sub’ektlariga
kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo’lgan talabini qondirish dolzarb
masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini
yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning
sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va
raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan
ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.
Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni
emissiya qilishini oladigan bo’lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar
massasi bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyasiya
darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak,
muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan
bo’lishi lozim.
Bu o’z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi
samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi.
21
4. O’zbekiston bank tizimini rivojlanish tendensiyalari tahlili
Hozirda mamlakatimizda mavjud barcha 30 ta tijorat banklarining barchasi
universal faoliyat olib borishmoqda (3-jadval). Barcha tijorat banklarining faoliyati
yuqori darajada rivojlantirilmoqda va banklarning barqarorligi ta'minlanmoqda.
Islohotlar samarasi o'laroq so'ngi yillarda banklarimiz lahzali likvidlilik me'yori
2020 yil 1 mart holatiga 49,8% ni tashkil etmoqda, bu esa minimal talabdan qariyib
5 baravar ko'pdir12.
Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar
o’rtasidagi raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va
ko’lamining oshishiga xizmat qilmoqda.
2-rasm. O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan banklar soni
(2018-2020 yillar oralig’i)13
2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, respublikamizda 28 ta tijorat banki
faoliyat yuritayotgan bo’lib, ularning 11 tasi davlat ulushi mavjud bo’lgan tijorat
banki, 17 tasi davlat ulushi mavjud bo’lmagan tijorat banklari hisoblanadi (2-rasm).
12 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti – www.cbu.uz -
https://cbu.uz/oz/statistics/bankstats/144089/
13 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yilgi Statistik byulleteniga asoslanib muallif tomonidan
tayyorlandi
28
11
17
29
13
16
30
13
17
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
Jami tijorat banklari
Davlat ulushi mavjud bo'lgan
Davlat ulushi bo'lmagan
01.01.2018
01.01.2019
01.01.2020
22
2019 yilda tijorat banklarining respublika hududlaridagi filiallar tarmog’i
yanada kengayib, 2020 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, ularning soni 850 taga yetdi.
Bank muassasalarini aholi va ishlab chiqarish korxonalari hududlariga
yaqinlashtirish orqali bank xizmatlaridan foydalanish sharoitlarini yanada
qulaylashtirish maqsadida tashkil etilgan bank xizmatlari offislari soni o’tgan yilda
90 taga ko’payib, ularning soni 1050 taga etdi.
Bundan tashqari, 2019 yilda 907 ta 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan o’ziga-
o’zi xizmat ko’rsatish shoxobchalari tashkil etildi (3-jadval).
3-jadval
Kredit tashkilotlari va ularning tarkibiy bo’linmalari soni14
01.01.
2018 й.
01.01.
2019 й.
01.04.
2019 й.
01.07.
2019 й.
01.10.
2019 й.
01.01.
2020 й.
1. Markaziy bank
tomonidan ro’yxatga
olingan kredit tashkilotlari,
jami
104
121
121
131
140
147
shu jumladan:
1.1. Tijorat banklari,
shundan:
28
29
29
30
30
30
Davlat ulushi mavjud
banklar
11
13
13
13
13
13
Kapitalida davlat ulushi
bo’lmagan banklar
17
16
16
17
17
17
1.2. Nobank kredit
tashkilotlari, shundan:
76
92
92
101
110
117
Mikrokredit tashkilotlari
30
37
37
45
51
56
Lombardlar
46
55
55
56
59
61
2. Tijorat banklari filiallari,
jami
862
876
870
864
847
850
14 “O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni”, 2019 yil, Toshkent, 46-bet
23
3. Bank xizmatlar ofisi (shu
jumladan mini-banklar)
980
1 151
1 139
1 021
960
1 050
4. 24/7 rejimida faoliyat
yuritadigan o’ziga-o’zi
xizmat ko’rsatish
shoxobchalari
907
Respublikamizdagi tijorat banklari bilan keng qamrovli va o’zaro manfaatli
hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda xorijiy yirik
banklarning 6 ta vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. Bank infratuzilmasining
engayib borayotganligi, o’z navbatida, moliya bozorida raqobat muhitining
kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
3-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, so’nggi yillarda mamlakatimizda kredit
tashkilotlari soni kengayib bormoqda. 2018 yilda kredit tashkilotlari soni 104 tani
tashkil etgan bo’lsa, 2019 yilda ularning soni 121 taga va 2020 yilda 147 taga yetgan.
Bu ijobiy holatlardan bo’lib, mamlakatimizda bank xizmatlari ko’lami va sifat
darajasi oshib boayotganligidan dalolat beradi.
3-rasm. O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kredit tashkilotlari
sonining o’zgarish dinamikasi (2018-2020 yillar oralig’i)15
15 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yilgi Statistik byulleteniga asoslanib muallif tomonidan
tayyorlandi
104
121
121
131
140
147
0
20
40
60
80
100
120
140
160
01.01.2018 y.
01.01.2019 y.
01.04.2019 y.
01.07.2019 y.
01.10.2019 y.
01.01.2020 y.
24
2019 yilda bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli islohotlar
banklar kapitallashuv darajasi va depozit bazasining yuqori sur’atlarda o’sishiga
imkon berdi va natijada bank tizimining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib,
moliyaviy vositachilik roli kengaydi hamda ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifati
yanada oshdi.
Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va rivojlanishi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464-sonli Qarori bilan
tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan tahlil qilinganda, bank tizimining barcha
ko’rsatkichlari «yuqori darajada»gi indikator baholariga muvofiq kelmoqda.
Xususan, bugungi kunda bank tizimi kapitalining monandlik darajasi 23,0
foizni tashkil etmoqda. 2020 yilning 1 mart holatiga ko’ra, banklarning umumiy I
darajali kapitali 47,9 trln. so’mdan oshib ketdi (4-jadval).
4-jadval
Bank tizimi jami kapitali monandlilik darajasi16
Ko’rsatkichlar nomi
01.01.2020 y.
01.03.2020 y.
mlrd.
so’m
ulushi,
foizda
mlrd.
so’m
ulushi,
foizda
I darajali kapital
43 659
83,2% 47 912 88,8%
Asosiy kapital
43 622
83,1%
47 874 88,7%
Qo’shimcha kapital
38
0,1%
38
0,1%
II darajali kapital
8 808
16,8%
6 059
11,2%
Jami regulyativ kapital
52 467
100%
53 971
100%
Kapital monandlilik darajasi
23,5%
23,0%
I darajali kapital monandlilik darajasi
19,6%
20,4%
16 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti – www.cbu.uz -
https://cbu.uz/oz/statistics/bankstats/139624/
25
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tijorat banklari I darajali kapitali
yuqori sur’atlarda o’sib borish tendensiyasiga ega bo’lgan. Xususan, tijorat banklari
I darajali kapitali 2020 yil 1 martda 2020 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 5,6 foizga
oshib, 47,9 trln. so’mga yetdi. 2020 yil 1 yanvarda esa 43,7 trln.so’mni tashkil qildi
(4-jadval).
Mamlakatimizning bugungi kundagi bank tizimi holati tez suratlarda o’sib
bormoqda. Buning natijasida tijorat banklarining kreditlash hajmi va aholi
omonatlarini qabul qilishi kengayib bormoqda. Kundan – kunga aholining banklarga
ishonchi ortib borishini banklardagi aholi omonatlari hajmi o’sib borishida ko’rib
borishimiz mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimdek respublikamizdagi barcha tijorat banklari
universal banklardir. Universal tijorat banklari faoliyatini so’nggi yillar davomida 3
ta xalqaro reyting agentliklari o’rganib chiqishmoqda. Ular «Moody’s»,
«FitchRaytings» va «Standard&Poors» xalqaro reyting agentliklaridir. Bu
agentliklar har yili o’zlarining hisobotlarida O’zbekiston bank tizimida mavjud
holatni xalqaro reyting ko’rsatkichlariga taqqoslagan holda o’z xulosalarini
bildirishadi. «Moody’s» xalqaro reyting agentligi shu yili 15 aprel kuni «O’zbekston
bank tizimining rivojlanish istiqbollari» yangi hisobotini nashr qilib, unga ko’ra
ketma – ket beshinchi yil O’zbekiston bank tizimi rivojlanish istiqbollari «barqaror»
darajada tasdiqlandi.
«Moody’s» agentligining fikriga ko’ra, barqaror prognozi O’zbekiston
iqtisodiyotining, shu jumladan iqtisodiyotga katta hajmdagi investitsiyalar
yo’naltirilishi hisobiga, yuqori suratlarda o’sayotganligi bilan izohladi. Shuningdek
iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining o’sishini ta’minlovchi manba hisoblangan
universal tijorat banklarningistiqbollariga ijobiy ta’sir qiluvchi muhim omillar
qatoriga
kiritilmoqda.
«Moody’s»
xalqaro
reyting
agentligi
tomonidan
O’zbekistonda oxirgi 10 yil mobaynida yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari
ta’minlangani hamda O’zbekiston eksporti tarkibining MDXdagi boshqa davlatlarga
nisbatan
diversifikatsiyalanganligi
hisobiga
iqtisodiy
o’sish
sur’atlari
o’zgaruvchanligining sezilarli darajada past bo’lgani ta’kidlanmoqda.
26
5-jadval
Bank tizimi faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida MA'LUMOT (mlrd. so’m)17
17 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti – www.cbu.uz - https://cbu.uz/oz/statistics/bankstats/139622/
Ko’rsatkichlar nomi
01.01.2020 y.
01.03.2020 y.
Nominal
o’sishi,
foizda
Haqiqiy
o’sishi,
(devalvatsiya
ni hisobga
olmagan
holda) foizda
jami
shundan,
xorijiy
valyutada
ulushi,
foizda
jami
shundan,
xorijiy
valyutada
ulushi,
foizda
Bank aktivlari, jami
272 727
129 077
47,3%
278 948
132 550
47,5%
2,3%
2,2%
Kredit qo’yilmalari, jami
211 581
100 947
47,7%
215 815
103 775
48,1%
2,0%
1,9%
Jalb qilingan jami depozitlar
91 009
39 969
43,9%
90 775
39 249
43,2%
-0,3%
-0,3%
Jami kapital
51 031
305
0,6%
52 943
305
0,6%
3,7%
3,7%
27
Xo’jalik yurituvchi subektlar depozitlari va aholi omonatlari, shuningdek,
moliyalashtirishning boshqa manbalari kelgusida bank tizimi likvidliligini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Jumladan tijorat banklaridagi depozitlarning umumiy hajmi 2020 yil 1
yanvarda 51,0 trln so’mni tashkil qildi, uning 305 mlrd. so’mi yoki 0,6 foizi xorijiy
valyutada. Shu ko’rsatkichning o’ziyoq aholining banklarga ishonchi o’tib
borayotganligi yaqqol isboti bo’la oladi (5-jadval).
«Moody’s» agentligi tomonidan prognoz davrida tijorat banklari likvidliligi
va daromadlilik ko’rsatkichlarining barqaror darajada saqlanib turishi kutilmoqda.
Umumiy xulosa o’rnida «Moody’s» agentligi 12-18 oyni tashkil etuvchi prognoz
davrida mamlakat iqtisodiyotining yuqori o’sish sur’ati banklar uchun qulay
amaliyot muhitini ta’minlaydi.
“Fitch Ratings” agentligi tahlilchilari mamlakatimiz bank tizimining
rivojlanishi va baholanishi bo’yicha o’zlarining xulosalarini shu yilning 20 may kuni
O’zbekiston Respublikasi va “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi bilan
hamkorlikda O’zbekiston bank tizimining rivojlanishini baholash va tijorat
banklarining xalqaro reyting olish masalalariga bag’ishlangan navbatdagi yillik
konfrensiyada taqdimot qilishdi. unda ta’kidlanishicha, makroiqtisodiy muhitning
qulayligi, yalpi ichki mahsulotning barqaror o’sishi, davlat budjeti profitsit bilan
bajarilishi, davlat budjetining past darajasi bank tizimi rivojlanishining «barqaror»
darajada baholanishi uchun asos bo’lmoqda. “Fitch Ratings” banklarning respublika
iqtisodiyotini kreditlashning barqaror o’sishini ta’minlamoqda. Kreditlashning
kengayishi iqtisodiyotning real tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmini oshirish
hisobiga yalpi ichki mahsulotning o’sishiga sharoit yaratmoqda.
28
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida bank
tizimini takomillashtirish banklarning iqtisodiyotdagi roli nafaqat banklarning
o’ziga, balki milliy iqtisodiyotning rivoji va raqobatbardoshligiga bevosita bog’liq.
O’z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi mamlakatda
barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita bog’liqdir. Bir
so’z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir – biridan ayri holda
rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri – birini to’ldirgan holda, bir –
biriga o’zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy –
moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi.
Aynan
yuqoridagilardan
kelib
chiqib
O’zbekiston
bank
tizimini
takomillashtrish jarayonlarini jadallashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish
maqsadga muvofiq.
- tijorat banklarida mijozlarga sifatli xizmatlar ko’rsatish maqsadida
zamonaviy va ilg’or axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish zarur;
- mamlakatimiz banklarining moliya bozridagi faoliyat ko'lamini oshirish,
ularga ushbu bozorda ishtirok etishlarini rag’batlantiruvchi imtiyozlar joriy qilish;
- tijorat banklarining xizmatlari sifatini oshirish birinchi navbatda mijozlarga
xizmat ko’rsatadigan bank xodimlarining muomala madaniyatiga nihoyat darajada
bog’liq bo’lib, bugungi kunda tijorat banklari xodimlarining bu boradagi malakasini
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi;
- tijorat banklari moliyaviy barqarorligini oshirish va bu orqali
ko’rsatilayotgan bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish lozim;
- mamlakatimizning chekka hududlarida aholiga ko’rsatilayotgan bank
xizmatlari sifatini oshirish orqali bank tizimiga bo’lgan ishonchni yanada
mustahkamlash;
- kredit kartalar faoliyatini yo’lga qo’yish va takomillashtirish. Jumdladan,
overdraft kreditlash tizimini rivojlantirish;
29
- qisqa muddatli mikroqarzlarni yo’lga qo’yish. Hech qanday hujjat, kafil,
garov talab etmasdan, EKIHning 10 barobarigacha bo’lgan miqdorda mikroqarzlarni
bir necha soniya ichida berish onlayn tizimi yaratish;
- bank aksiyalarining onlayn ommaviy sotuvini yo’lga qo’yish;
- aholi mablag’larini sarmoyaga yo’naltirish tizimini ishlab chiqish;
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillikning ilk davrlaridayoq
mamlakatimizda mustahkam bank infratuzilmasi shakllandi. Tobora taraqqiy etib
borayotgan bank tizimi mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirishda, xalq
farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni
muvaffaqiyatli davom ettirishda o’zining salmoqli hissasini qo’shib boraveradi.
30
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 25 oktyabr
kuni “Bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish
borasidagi ustuvor vazifalarga bag’ishlangan yig’ilishidan. 2019 yil 25 oktyabr.
https://president.uz/oz/2961
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli
Farmoni. 2017 yil 7 fevral.
3. O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to’g’risida (yangi tahriri)”gi Qonuni. 2019 yil 11 noyabr.
4. O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi
Qonuni. 2019 yil 5 noyabr.
5. O’zbekiston Respublikasining “Bank siri to’g’risida”gi qonuni. 2020 yil 30
avgust.
6. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda
ular faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni. 2018 yil 17 dekabr.
7. O’zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to’g’risida”gi qonuni 2019 yil 11
sentyabr.
8. O’zbekiston Respublikasining “Elektron to’lovlar to’g’risida (yangi
tahriri)”gi Qonuni. 2020 yil 16 dekabr.
9. Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik. - T.: "Moliya", 2020 yil.
10. Abdullaeva SH.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: TMI, 2020.
11. Abdullaeva SH.Z. Xalkaro valyuta va kredit munosabatlari - T.: TMI, 2019
yil.
12. Y. Abdullaev, T.Qoraliev va b. Bank ishi. O’quv qo’llanma. -T.: "Iqtisod-
Moliya", 2021 yil.
13. Mullajonov F. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. - T.: 2020
14. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni, 2019
yil, Toshkent.
31
15. Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik;
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi. – T.: IQTISOD-
MOLIYA, 2020
Foydalanilgan saytlar
16. www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb-
sayti;
17. www.minfin.uz - O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining rasmiy
veb-sayti.
18. www.bankir.uz - norasmiy veb-sayt.
19. www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik tizimining veb-
sayti.
20. www.bis.org – Xalqaro Bazel Qo’mitasining rasmiy veb-sayti.
21. www. wikipedia.org – Global internet tarmog’i ensiklopediyasi
22. www.adb.org – Osiyo Taraqqiyot Bankining rasmiy veb-sayti.
23. www.imf.org – Xalqaro Valyuta Fondining rasmiy veb-sayti.
24. www.worldbank.org – Jahon bankining rasmiy veb-sayti.