O'zbekistonda barqaror o'sishni ta’minlashning omillari va yo'llari.
MUNDARIJA
KIRISH.......................................................................
1.BOB. MAKROIQTISODIY BARQARORLIK TUSHUNCHASINING
MOHIYATI VA IQTISODIY O'SISH MUAMMOLARINI TADQIQ
ETISHNING NAZARIY-USLUBIY
ASOSLARI...............................................................................
1.1. Oʻzbekistonda barqaror o'sishi tushunchasi va uning mohiyati.......
1. 2. Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishga ta'siretuvchi omillar.
II.BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKROIQTISODIY
BARQARORLIKNI TAMINLASH VA IQTISODIY O'SISH DINAMIKASI
TAHLILI...........................
2.1. Respublikada makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar tahlili.
2.2. O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning asosiy ko'rsatkichlari tahlili...
III BOB TAHLIL........................................................................................
3.1 O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning asosiy ko'rsatkichlari tahlili..........
XULOSA.........................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO'YXATI....................................................45
1
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish har qanday iqtisodiy
siyosatning eng asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi. Barqarorlikka erishish esa
makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada
pasayishi va ommaviy ishsizlikni oldini olish, pul qadrsizlanishini, pul
emissiyasining boshqarilishini ta'minlash, to'lov balansini bir me'yorda saqlash
sohasida aniq maqsadni ko'zlab chora–tadbirlar olib borishni taqozo etadi. Shuning
uchun ham respublikamizda bunday chora–tadbirlar mustaqillikning ilk
davrlaridan
boshlab
amalga
oshirila
boshlandi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan chora–tadbirlar, jumladan, iqtisodiyot tarkibini
o'zgartirish, ustuvor tarmoqlarda ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun qulay
sharoitlarni yaratish, davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolini yaxshilash,
pulning qardsizlanish jarayonini to'xtatish, to'lov balansi va davlat valyuta
rezervlar holatini yaxshilash va buning natijasida O'zbekistonning tashqi iqtisodiy
munosabatlarda tutgan o'rnini mustahkamlash, ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish
uchun kuchli ijtimoiy siyosat olib borish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda
muhim
omil
bo'lib
xizmat
qildi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, islohotlar mashhur besh tamoyilga asoslangan
ijtimoiy yo'naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tish modelidan kelib chiqib
amalga oshirildi. Ya'ni, iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo'lishi, iqtisodiyotning
siyosatdan ustunligida o'z ifodasini topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning
bosh islohotchi vazifasini o'z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta'minlash,
kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik
bilan amalga oshirish kabi tamoyillarga asoslanib olib borilgan iqtisodiy siyosat
mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish hamda iqtisodiy o'sishning
yuqori
sur'atlarini
ta'minlash
imkonini
berdi.
Ma'lumki, har bir navbatdagi yangi yilning boshida Prezidentimiz I.A.Karimov
an'anaviy tarzda o'tgan yilda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan natijalar,
ijtimoiy-iqtisodiy hayotning turli jabhalarida qo'lga kiritilgan yutuqlar, shuningdek,
2
keyingi yillarda alohida e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar borasida keng,
dasturiy ma'ruza qiladi. Ushbu an'anaga muvofiq holda, shu yilning 17 yanvarь
kuni, asosiy maqsadi O'zbekistonning 2014 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
yakunlarini muhokama etish va 2015 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo'nalishlarini tasdiqlab olishdan iborat bo'lgan Vazirlar
Mahkamasining kengaytirilgan majlisi bo'lib o'tdi. Davlatimiz rahbari o'tgan yilda
erishilgan yutuq va natijalar to'g'risida to'xtalar ekan, “O'tgan yil yakunlarini
sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning yetakchi
tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o'sish sur'atlariga
erishganimizni
ta'kidlash
joiz.
M amlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3
foizga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz,
chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi”, -deya e'tirof etdi. Respublikada
asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar o'zgarish sur'atlarini doimiy ravishda tahlil
qilish,
yuzaga
keladigan
muammolarni
samarali
yechimi yo'llarini ishlab chiqish va iqtisodiyotda mavjud nomutanosibliklarni o'z
vaqtida bartaraf etish hamda hozirgi kunda jahon iqtisodiyoti barqaror emasligi,
tanlangan tadqiqot ishining dolzarbligini belgilab beradi.
O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni
ta'minlash borasidagi jarayonlar ishning predmeti hisoblanadi.
Mamlakatni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish sharoitida
makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy o'sish
yo'nalishlarining nazariy va amaliy jihatlarini o'rganish asosida bu
borada taklif va tavsiyalar ishlab chiqish magistrlik Kurs sining
maqsadini
tashkil
etadi.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishi oldiga qo'yilgan maqsadga erishish
3
uchun
quyidagi
vazifalar
belgilab
olingan:
- makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish muammolarini tadqiq
etishning
nazariy
va
uslubiy
asoslarini
o'rganish;
- makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi va uning mohiyati ochib
berish;
- makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillar
tizimini
tadqiq
qilish;
- O'zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash
borasidagi
chora–tadbirlarni
o'rganish;
- makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar tahlilini
amalga
oshirish;
- iqtisodiyotga jalb etilayotgan investitsiyalarning iqtisodiy o'sish va
makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi ahamiyatini ko'rsatib
berish;
- O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni
ta'minlash yo'nalishlaridan biri sifatida pul - kredit siyosatining rolini
asoslab
berish;
- matematik modellashtirish usulidan foydalangan holda O'zbekiston
Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanish ko'rsatkichlari
prognozini
amalga
oshirish.
– iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning hozirgi holati talablaridan
kelib chiqqan holda mavzuning nazariy va uslubiy asoslari
umumlashtirildi hamda ilmiy xulosa va takliflar ishlab chiqildi;
– O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish
ko'rsatkichlari dinamikasi tahlil qilindi va yangi tendentsiyalar
aniqlandi;
– mavzu bo'yicha iqtisodiy matematik model ishlab chiqildi va u
yordamida O'zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanish
ko'rsatkichlari
prognoz
qilindi.
4
Tadqiqotda asosiy masalalar va farazlar. O'zbekiston Respublikasida
makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlash
yo'nalishlarini belgilash, iqtisodiy ko'rsatkichlar o'rtasidagi miqdoriy
bog'liqliklarni o'rganish, makroiqtisodiy barqarorlik ko'rsatkichlarini
ekonometrik
usullar
yordamida
prognozlashdir.
Muammoning o'rganilganlik darajasi. Makroiqtisodiy barqarorlik va
iqtisodiy o'sishni ta'minlash, bu boradagi muammolarni hal etishga
bo'lgan yondashuvlar turli maktablar vakillari sanalgan iqtisodchilar
va tadqiqotchilarning ilmiy asarlarida o'z aksini topgan.
O'rganilayotgan muammoga oid fikr va mulohazalarni iqtisodiyot
nazariyasining “otasi” sanalgan A.Smit, angliyalik mashhur iqtisodchi
A. Marshall asarlarida uchratish mumkin. Masalaning turli jihatlarini
mashhur iqtisodchilardan Y.Shumpeter, K.Gelbreyt, N.Klark, Dj.M.
Keyns, Ye.Domar, R.Xarrod, R.Solou, V. Mutalimov va boshqalar
chuqur
tadqiq
etganlar.
O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy
o'sishga erishish yo'nalishlari, mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni
ta'minlashning o'ziga xos xususiyatlari respublikamiz iqtisodchi-
olimlari – E.A. Ahmedov, T.M. Ahmedov, K.N. Bedrintsev, S.S.
G'ulomov, A. Nabixo'djayev, V. Golishev, G. K. Saidova, B. B.
Berkinov, S.K. Ziyodullayev, N.S. Sultonov, N.T. To'xliyev, S.
Chepelь, A.T. Yusupov, B. Yu. Xodiyevlarning ilmiy tadqiqotlarida
keng
yoritilgan.
Mamlakatimiz va xorijiy davlatlar iqtisodchi olimlarining
o'rganilayotgan muammolarga bag'ishlangan ilmiy ishlari, O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridagi muammoga tegishli
fikr va mulohazalari, ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o'quv qo'llanmalar,
ilmiy jurnallarda e'lon qilingan ilmiy maqolalar magistrlik ishining
nazariy va uslubiy asosini tashkil etadi. Unda O'zbekiston
5
Respublikasi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, turli me'yoriy hujjatlar,
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo'mitasi va rasmiy statistik
ma'lumotlaridan, davriy matbuot materiallaridan foydalanildi. Ishni
yozishda statistik metodlar, guruhlash, iqtisodiy va qiyosiy tahlil,
taqqoslash, matematik modellashtirish, ekstropolyatsiya usullaridan
foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati, shundaki
unda tavsiya etilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan O'zbekiston
Respublikasi iqtisodiyotini barqaror o'sish sur'atlariga erishish uchun
chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
materiallaridan oliy o'quv yurtlarida “Makroiqtisodiy tahlil va
iqtisodiy o'sish modellari”, “Makroiqtisodiyot” va “Milliy
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish strategiyasi” o'quv kurslarini
o'qitishda
foydalanish
mumkin.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, muammoning
o'rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va
predmeti,
ilmiy
yangiligi
o'z
aksini
topgan.
Ishning birinchi bobidamakroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish
muammolarini tadqiq etishning nazariy va uslubiy asoslari
o'rganilgan. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasining
mazmun va mohiyatini ochib berishga qaratilgan turli yondashuvlar
ko'rib chiqilgan. Ushbu bobda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy
o'sishga ta'sir etuvchi omillar tizimi tadqiq qilingan. Iqtisodiy o'sish
turli maktablar namoyondalari tomonidan taklif etilgan modellari
orqali ko'rib chiqilgan va ulardan O'zbekiston iqtisodiyotida
foydalanish
yo'nalishlari
o'rganilgan.
Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy
o'sish dinamikasi va mamlakatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar
6
o'rganilgan. Ushbu bobda makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi
ko'rsatkichlar tahlilini amalga oshirishga, hamda iqtisodiyotga jalb
etilayotgan investitsiyalarning iqtisodiy o'sish va makroiqtisodiy
barqarorlikni ta'minlashdagi ahamiyatini ko'rsatib berishga alohida
e'tibor qaratilgan. Bundan tashqari iqtisodiyotga investitsiyalar jalb
etishni takomillashtirish orqali barqaror iqtisodiy o'sishni
rag'batlantirish masalasi ko'rib chiqilgan.
1.BOB. MAKROIQTISODIY BARQARORLIK TUSHUNCHASINING
MOHIYATI VA IQTISODIY O'SISH MUAMMOLARINI TADQIQ
ETISHNING NAZARIY-USLUBIY
ASOSLARI
1.1. Oʻzbekistonda barqaror O'sishi tushunchasi va uning mohiyati
Jamiyatda makroiqtisodiy muvozanatni vujudga keltirish takror ishlab chiqarish
jarayonining asosiy muammolaridan biridir. Kishilik jamiyatining rivojlanishi
jahon miqyosida aholi sonining o'sishi, hozirgi kunga kelib, 7 mlrd. kishidan oshib
ketdi. Unga mos ravishda o'sib borayotgan aholi iste'mol hajmini, turmush
darajasini ta'minlovchi takror ishlab chiqarish jarayoni har doim kengayib borishi
taqozo
etiladi.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida mamlakat makroiqtisodiy
barqarorligini ta'minlash mexanizmini takomillashtirish masalalari muhim
ahamiyat kasb etadi. XXI asr dunyo mamlakatlari insoniyatga tahdid soladigan
jiddiy xavf-xatarlarga duch kelmoqda. Milliy iqtisodiyotlar rivojlanishida
barqarorlikka erishish jahon hamjamiyatining asosiy muammosiga aylanmoqda.
Iqtisodiy tizimning xavfsizligini ta'minlashga qodir bo'lgan tizimni yarata olmagan
millatlar o'zligini yo'qotib qo'yishi yoki tarix sahnasidan umuman tushib ketishi
mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash hukumatning eng ustuvor vazifalaridan
biri sanaladi, shuning uchun uning mohiyati va xususiyatlarini o'rganish
iqtisodiyotning inqirozdan keyingi rivojlanish bosqichida dolzarb bo'lmoqda.
7
Makroiqtisodiy barqarorlikning nazariy-uslubiy asoslarini yoritish quyidagi muhim
masalalarni yechishni talab etadi: makroiqtisodiy beqarorlikni monitoring qilish
metodologiyasini baholash; Umumjahon savdo tashkiloti a'zo davlatlari
iqtisodiyoti muammolariga yechim topishda muqobil uslubiy qarashlar
imkoniyatlarini baholash yo'li orqali makroiqtisodiy barqarorlik kontseptsiyasining
uslubiy asoslarini ishlab chiqish; makroiqtisodiy barqarorlashtirishning
globallashgan iqtisodiyotda mamlakat barqaror o'sishi eng muhim sharoitlaridan
biri sifatida mazmuni va ahamiyati hamda o'rnini asoslash; bozorning dunyo
miqyosida liberallashuvi sharoitida makroiqtisodiy tizimlar barqarorligini
belgilovchi xavflarni aniqlash, shu jumladan institutsional tabiatdagilarni ham va
hokazo.
H ar bir mamlakatning iqtisodiy siyosatlari makroiqtisodiy barqarorlikka erishishni
ko'zlab ishlab chiqiladi. Iqtisodiyot fanida “Makroiqtisodiy barqarorlik”
tushunchasini ta'riflashga bir nechta yondashuvlar mavjud: a) ichki va tashqi
omillar ta'siri ostida shakllangan iqtisodiyot holati; b) takror ishlab chiqarish uchun
qulay sharoitlar yaratish jarayoni; d) milliy iqtisodiyot moliyaviy-pul tizimining
barqarorligi;
e) makroiqtisodiy muvozanat va boshqalar. Iqtisodiy tafakkur tarixida
makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning yo'llarini ko'rsatuvchi ta'limotlar,
nazariyalar
juda
ko'p
bo'lgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish bo'yicha ikki xil
nazariy yondoshuv shakllangan:
yangi
klassik
va keynscha.
Makroiqtisodiy barqarorlik nazariyasining asoschilari siyosiy iqtisodiyot
klassiklari – F. Kene, A. Smit, D. Rikardo, D. Yum, J.B.Sey, D.S.Mill, T.R.
Maltus, J.Sh.L.Sismondi, K.Marks sanaladi. Makroiqtisodiy barqarorlikning
nazariy asoslari barcha bozorlarda baravar barqarorlik g'oyasini himoya qilgan
8
neoklassik nazariyasi namoyondalari asarlarida ham har tomonlama o'rganilgan:
J.Klark, A.Marshall, F. Ejuort, I.Fisher, V.Pareto, L. Valras, K.Viksel, A.Pigu
shular
jumlasidandir.
Yangi klassiklar bozor iqtisodiyotining o'zi makroiqtisodiy barqarorlikni
ta'minlaydi va unga davlatning aralashuvi shart emas, deb hisoblaydilar. Ularning
fikricha, mehnat bozori, narx va yalpi xarajatlarning davlat tomonidan tartibga
solinishi
makroiqtisodiy
barqarorlikka
zarar
yetkazadi.
Keynscha nazariyaning asosiy xulosalaridan biri bu davlatning iqtisodiyotda
muhim barqarorlashtiruvchi rolining lozimligi bo'lib, ko'p hollarda Keynsning
asosiy g'oyasi sifatida qabul qilinadi. Boshqacha aytganda, davlat iqtisodiy
pasayish davrida, ya'ni iqtisodiyotda xususiy talabning yetishmasligi sharoitida o'z
xarajatlarini oshirish hisobiga davriy pasayishga qarshi fiskal siyosatni amalga
oshirish
lozim.
Keynschilar esa, makroiqtisodiy barqarorlikka faqat bozor mexanizmi orqali
erishish mumkinligini rad etadilar. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash
uchun ichki narxlarni muayyan darajada ushlab turish, milliy valyuta qadrini
mustahkamlashga qaratilgan pul-kredit va moliya siyosati tadbirlarini amalga
oshirish, ishlab chiqarishni o'stirish va bandlikni ta'minlash uchun qulay
makroiqtisodiy muhitni barpo etish lozim, deb hisoblaydilar.
Biroq keyinchalik keynscha nazariya borasida bahs-munozaralar ortdi. Bunda
munozaralar ob'ekti sifatida iqtisodiy pasayish davrida davlatning zarurligi, zarur
bo'lsa, qaysi metodlar bilan iqtisodiyotni qo'lab-quvatlashi masalasi ko'tarildi. Bu
bahsda tomonlardan biri davlat o'z xarajatlarini oshirish orqali iqtisodiy pasayishga
javob berishi lozimligini uqtirsa, boshqa tomon iqtisodiy barqarorlik pul massasi
ustidan nazoratni taьminlash orqali erishilishi lozimligini e'tirof etdi va bu oxir-
oqibat monetarizim doktrinasi uchun ibtido bo'lib xizmat qiladi. Ammo bu ikki
turli qarashlarda ham davriy rivojlanishlarning bosh manbai sifatida talabning
tebranishi
e'tirof
etilganligini
ta'kidlash
lozim.
Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, ayniqsa mustaqil milliy iqtisodiyotni qurish
9
va bozor iqtisodiyotiga o'tish hamda ular bilan bog'liq ravishda yuzaga keladigan
tanglikdan chiqib ketish jarayonida oson emasdir. Mamlakatning makroiqtisodiy
barqarorlashtirish chora-tadbirlari ayrim hollarda bozor munosabatlari doirasini
toraytirib qo'yishi mumkin. Pul taklifini qat'iy cheklanishi kichik biznes rivojiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi, korxonalarning to'lov qobiliyatining pasayishiga olib keladi,
ammo, bunday holatlar uzoq davom etmaydi. Makroiqtisodiy barqarorlikka
erishish iqtisodiy o'sishning, iqtisodiy inqirozni bartaraf etishning muhim sharti
hisoblanadi. “Makroiqtisodiy barqarorlik biz uchun quruq maqsad emas, - deydi
prezidentimiz I. Karimov – bu narsa iqtisodiyotni jonlantirish va uning tarkibini
yangilash, investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ish joylarining sonini oshirish,
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish, aholining real
daromadlarini oshirish uchun tegishli shart-sharoit yaratishning hayotiy zaruriy
bosqichi
sifatida
muhimdir”
.
Makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasiga bugungi kun olimlari tomonidan ham
turlicha fikrlar bildirilmoqda. Xususan ukrainalik iqtisodchi olim V.A.
Mutalimovning “ Makroiqtisodiy barqarorlik mamlakat iqtisodiy xavfsizligi
ta'minlashning asosiy maqsadi sifatida” mavzusidagi ilmiy ishida globallashuv va
xalqaro savdo munosabatlarining erkinlashuvi sharoitid a mamlakatning
makroiqtisodiy barqarorligini ta'minlash mexanizmini yaratish zarurligi asoslab
berilgan
.
Unda makroiqtisodiy barqarorlikning mohiyati ochib berilgan va namoyon bo'lish
shakllari ko'rsatilgan. Makroiqtisodiy barqarorlik hamda mamlakat iqtisodiy
xavfsizligini ta'minlashning maqsad va vazifalarini uyg'unligi aniqlangan. Milliy
va xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish
asosida makroiqtisodiy barqarorlikning nazariy va uslubiy asoslari ochib berilgan.
Unda “makroiqtisodiy barqarorlik” tushunchasini ta'riflashga bo'lgan asosiy
yondashuvlar va shuningdek makroiqtisodiy beqarorlikning asosiy omillari tahlil
qilingan.
V.A. Mutalimovning fikricha, makroiqtisodiy barqarorlik-bu iqtisodiyotning ichki
10
va tashqi xavflarga mutlaq va yetarli bardoshliligi va bir vaqtning o'zida eng
muhim ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda barqaror iqtisodiy o'sishni
ta'minlash borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuidir. “Makroiqtisodiy
barqarorlik” kategoriyasining asosiy tarkibiy qismi “barqarorlik” atamasidir
(lotinchadan stabilis). Barqarorlik - bu o'ziga xos bo'lgan tartibga solish vositalari
yordamida uzoq vaqt mobaynida mavjud bo'la oladigan iqtisodiy tizim holatidir.
Makroiqtisodiy barqarorlik deganda iqtisodiy inqirozga barham berish, iqtisodiy
taraqqiyotni ifodalovchi ko'rsatkichlarni muayyan darajada saqlab turish, umuman
olganda iqtisodiyotni sog'lomlashtirish tushuniladi. Ma'lumki, barqarorlik –
ma'lum bir tizimning tashqi ta'sirlar ostida joriy holatini saqlash qobiliyati
hisoblanadi.Makroiqtisodiyotda barqarorlikesa buresurslardan foydalanish va aholi
turmush darajasi o'rtasidagi uzoq muddatli muvozanatning saqlanishidir. Ilmiy
manbalarda ushbu tushunchaning turlicha talqinini uchratish mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiyotning narxlar darajasining barqarorligi va
ishsizlik darajasining pastligi, milliy valyutaning barqarorligi, kapital, shu
jumladan, uzoq davr mobaynida darajasi yuqori bo'lmagan inflyatsiya sharoitida
xorijiy valyutaning erkin harakati jarayonida barqaror iqtisodiy o'sishga erishishni
ta'minlovchi muntazam rivojlanishi; investitsiya va jamg'armalar uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat tomonidan amalga oshiriladi.
B.Berkinov va F. Mamatovalarning fikriga ko'ra, “Makroiqtisodiy barqarorlik
mamlakat iqtisodiy o'sishini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Makroiqtisodiy
barqarorlik inflyatsiyaning past darajada bo'lgan va real almashuv kursi
raqobatlasha oladigan darajada bir maromda bo'lgan holatni anglatadi. Bundan
tashqari byudjet defitsiti va tashqi qarz barqaror narx va almashuv kursiga mos
holda chegarada ushlab turiladi. Qachonki iqtisodiyot eksport narxlarining qat'iy
salbiy ta'siri, jahon banklari foiz stavkalarining tezkorlik bilan o'sib ketishi kabi
tashqi ta'sirlar ostida qolganda, davlatning fiskal va monetar siyosati inflyatsiya va
almashuv kursining tebranishini oldini olish maqsadida tezda bu holatni tartibga
soladi”. Bu ta'rifda makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar-
11
iqtisodiy o'sish, inflyatsiya, milliy valyuta almashinuv kursi, byudjet taqchilligi,
davlatning tashqi qarzi kabilar sanab o'tilgan, balki barqarorlikning yuzaga kelishi
omillari va uni tiklash (ta'minlash) vositalari (fiskal va monetar siyosat) ham qayd
etilgan.
Makroiqtisodiy barqarorlik(macroeconomic stability), bu milliy valyuta almashuv
kursining, soliq stavkalari va bojxona bojlarining va boshqa xo'jalik sohalarining
baholardagi barqarorligidir. Bu ishsizlikning past darajasi va iqtisodiy o'sish
hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik hokimiyatning kuchayishi, jamiyat
hayotining har bir jabhalarida qonunlarning so'zsiz amal qilishi va mamlakat oltin
–
valyuta
zaxirasining
o'sishi
orqali
yuzaga
keladi.
Makroiqtisodiy barqarorlik– ishsizlikning paydo bo'lishi, ishlab chiqarish
kuchlarining to'liq ishlamasligi, inflyatsiya va iqtisodiy samaradorlikning
pasayishiga olib keluvchi iqtisodiy hayotning (iqtisodiy davrlarning) tebranishi
hisoblanadi.
Makroiqtisodiy barqarorlik iqtisodiy o'sish sur'atlarining bir tekis dinamikasi
ta'minlanishida, inflyatsiya sur'atining jilovlanishida, ishsizlik darajasining past
sur'atda ta'minlanib turilishida, uzoq muddat milliy valyutaning almashinuv
kursining pasayishi (devalьvatsiyasi) darajasining past sur'atlariga erishilishida,
davlat byudjeti taqchilligi me'yorlar darajasida bo'lishida namoyon bo'ladi.
“Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida iqtisodiy va moliyaviy barqarorlik
tarkibiy o'zgartirishlar, iqtisodiyotni jonlantirish, so'ngra uni bir maromda,
muvozanatni saqlagan holda rivojlantirishning asosiy sharti sifatida birinchi
darajali ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - bozorni
shakllantirish yo'lidagi qonuniyatli va muqarrar jarayon. U eng avvalo tanglik
hodisalariga barham berishga qaratilgan. Barqarorlashtiruvchi chora-tadbirlarning
samaradorligi biz iqtisodiy tanglik va barqarorlik tushunchasiga qanday ma'no
berishimizga, ularni qanday idrok qilishimizga, qaysi mezonlarga ko'ra
baholashimizga
ko'p
jihatdan
bog'liqdir”
.
Odatda xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakat miqyosida makroiqtisodiy
12
barqarorlikning ta'minlanganlik darajasi quyidagi mezonlar yordamida baholanadi:
- barqaror iqtisodiy o'sish ;
-to'la
ish
bilan
bandlik;
-baquvvat
to'lov
balansi;
-ichki
baholarning
barqarorligi;
-foiz
stavkalarining
barqarorligi;
-valyuta
almashuv
kursining
barqarorligi;
-daromadlarning taqsimlanish
muammosi;
-davlat
tashqi
qarzining
me'yori;
-davlat
byudjet
kamomadining
YaIM
ga
nisbati;
Quyida makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi har bir mezonni xalqaro
talablardan
kelib
chiqqan
holda
baholaymiz.
Iqtisodiy o'sish - aholi jon boshiga mamlakatda yaratilgan YaIM hajmining oldingi
yilga nisbatan o'sishi orqali ifodalanadi. Makroiqtisodiyot nazariyasi va jahon
amaliyoti ko'rsatishicha mamlakatlarni yillik YaIMning o'sish sur'ati 7 % dan kam
bo'lmasa, YaIMning hajmi 10 yilda 2 marta ko'payadi. Aksincha YaIMning yillik
o'sish sur'ati 10 % dan kam bo'lmasa, mamlakat YaIM hajmi 7 yilda 2 marta
ko'payadi.
Iqtisodiy o'sish nuqtai nazaridan mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanish yillarini 3
bosqichga bo'lib o'rganish mumkin: 1991-1995 pasayish yillari bo'lib, bu davrda
mamlakatimiz YaIM yildan yilga pasayib borgan; 1996-2003 barqarorlashtirish
yillari bo'lib, bu bosqichda mamlakatimiz YaIM ishlab chiqarishda pasayish
tendentsiyasiga barham berilib, har yili 4-5 foiz o'sish ta'minlandi; 2004-2014
yillar yuqori o'sish sur'atlari ta'minlangan yillar bo'lib, YaIMning o'sish sur'atlari 8
foizdan
ziyodni
tashkil
qildi.
To'la bandlik deganda mamlakatda yashayotgan barcha aholini ish bilan bandligi
13
nazarda tutilmaydi.Ishsizlik darajasi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan biri
hisoblanib, xalqaro mezonlarga ko'ra ishsizlik darajasining kritik nuqtasi 10 % va
tabiiy ishsizlik darajasi esa 5-6 % atrofida bo'lishi kerak. Mamlakatimizda ham
keyingi yillarda aholini ish bilan bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratib
kelinmoqda. Jumladan, har yili yangi ish o'rinlarini yaratish borasida hukumat
qarorlari asosida dasturlar qabul qilinmoqda va natijada yiliga qariyb 1 mlnga
yaqin yangi ish o'rinlari yaratilishiga erishilmoqda. Ko'rilayotgan chora-tadbirlar
natijasida mamlakatimizda ishsizlikning tabiiy darajasi o'rtacha 4,5-5 foiz atrofida
bo'lmoqda va ushbu ko'rsatkichning me'yoriy darajadan (6 foiz) pastligi
mamlakatimiz
uchun
ijobiy
holatdir.
Baquvvat to'lov balansi - ma'lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi
dunyo o'rtasida bo'ladigan bitimlar statistik qayd qilingan hujjatdir. U
mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo'nda ifodalab pul-kredit, valyuta,
byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish
yo'nalishlarini
tanlash
uchun
indikator
vazifasini
bajaradi.
Ichki baholarning barqarorligi (past darajadagi inflyatsiya) deganda tovar va
xizmatlarga narxlar darajasining oshishi va buning natijasida milliy valyutaning
qadrsizlanishi tushuniladi. Past darajadagi inflyatsiya va uning me'yorlari:
-
Yevropa
Ittifoqi
mamlakatlari
uchun
–
2,0
%;
-
Boshqa
rivojlangan
mamlakatlar
uchun
–
3,0
%;
-
Rivojlanayotgan
mamlakatlar
uchun
–
10
%
gacha.
Keyingi 15 yilda mamlakatimiz tashqi savdosi ijobiy salьdo bilan ijro etilmoqda.
O'zbekistonda oxirgi 10 yilda joriy hisoblar balansi musbat bo'lib, mamlakatimiz
oltin valyuta zaxirasini oshirishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ko'rish
mumkin.
Valyuta almashuv kursining barqarorligi – milliy valyutani jahonning qattiq
valyutalariga (AQSh dollari, yevro, funt-sterling va h.k.) nisbatan almashuv
kursining dinamikasi yordamida baholanadi. Agar davlat ikkita valyuta kursiga ega
bo'lgan bo'lsa, bu kurslar o'rtasidagi farq 20 % dan oshmasligi kerak.Milliy
14
valyutamizning konvertatsiyasi 2003 yildan boshlangan bo'lib, bugungi kunda
uning chet el valyutalariga nisbatan qadri oshib bormoqda. Masalan, 2014 yilda
olib borilgan valyuta siyosati ta'sirida so'mning almashuv kursi Xitoy yuaniga
nisbatan 7,2 foizga, funt sterlingga nisbatan 4,0 foizga, Koreya voniga nisbatan 5,7
foizga va Turkiya lirasiga nisbatan 2,1 foizga pasayib, eksportni rag'batlantirishga
xizmat
qildi.
Makroiqtisodiy muvozanatning yana bir muhim ko'rsatkichi – bu ishlab
chiqarilayotgan milliy daromadning aholi orasida taqsimlanishining odillik
darajasi.Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini
baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng foydalaniladi.
Daromadlarning odil taqsimlanishi ko'rsatikichini aniq va yaqqol Jini koeffitsiyenti
ifodalaydi.
Jini
koeffitsiyenti
0
≤KJ≤1
oraliqda
bo'ladi.
B u ko'rsatkichning mazmuniga ko'ra: Jini koeffitsiyenti 0 ga teng bo'lganda
daromadlar aholi orasida teppa-teng taqsimlanadi, 1 ga teng bo'lganda esa barcha
daromadlar bitta shaxs tasarrufida bo'ladi. Vaholangki, hech qaysi jamiyatda
aholining turli qatlamlari bir xil salohiyatga ega emas ekan, uning 0 teng bo'lishi
mumkin emas. Keyingi yillarda mamlakatimizda ham ushbu ko'rsatkich bo'yicha
ijobiy holatlar ko'zga tashlanmoqda. Misol uchun, O'zbekistonda mustaqillik
yillarida Jini indeksi ko'rsatkichi 0,40 dan 0,296 ga pasaydi. Bu natija, Birlashgan
Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan xalqaro
standartlar nuqtai nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy farovonligi muttasil
o'sib borayotganidan dalolat beradi.
Davlatning tashqi qarzi davlat eksport hajmining 20-30%dan oshmasligi lozim, aks
holatda davlat mazkur qarzni to'lay olish qobiliyatiga ega bo'lmaydi va u uzoq
muddatda to'lov balansi defitsitiga olib keladi. O'zbekistonda davlatning tashqi
15
qarzi YaIMga nisbatan 15-20%dan oshmaydi. Bumustaqilligimizning ilk yillaridan
boshlab ham davlat, ham tijorat banklari, kompaniya va korxonalar miqyosida har
tomonlama puxta o'ylangan chetdan qarz olish siyosatini amalga oshirib
kelayotganimiz
bilan
bog'liqdir.
Davlat byudjetiga baho berishda, odatda, asosiy e'tibor byudjet daromadlari va
xarajatlarining salьdosiga beriladi 1. 2.Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy
o'sishga
ta'siretuvchi
omillar
Ilmiy adabiyotlarda makroiqtisodiy barqarorlikka ta'sir ko'rsatuvchi omillarni
belgilashga bo'lgan turli yondashuvlarni uchratish mumkin. Mutaxassislarning
fikricha, makroiqtisodiy barqarorlikka iqtisodiy, siyosiy, demografik, ilmiy-texnik,
tabiiy va boshqa omillar ta'sir ko'rsatadi. Demak, makroiqtisodiy barqarorlikni
iqtisodiyotning bir-biri bilan o'zaro aloqador bo'lgan va bir-birini taqozo etadigan
omillar ta'sirida shakllangan holati sifatida talqin qilish mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda mehnat resurslarining holati muhim
ahamiyatga ega. YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng
asosiylaridan biri bo'lgan mehnat resurslaridan to'liq foydalanilmaslik ishsizlikda
namoyon bo'ladi. Makroiqtisodiy tahlilda mehnat resurslari emas, balki ishchi
kuchi kategoriyasidan ko'proq foydalaniladi. Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi
deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining
umumiy
soni
tushuniladi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo'lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band
bo'lmagan, lekin ishlashni hohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi
va
uni
quyidagi
formula
bilan
aniqlash
mumkin:
Ishsizlik darajasi = (ishsizlar soni / ishchi kuchi soni) x 100%
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potentsial YaIM hajmini
ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida
saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo'lsa, YaIM uzilishi
16
shuncha ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham potentsial hajmdagi YaIM haqiqiy YaIM
dan katta bo'ladi. Ishsizlik darajasi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan biri
hisoblanib, u nafaqat mamlakatni iqtisodiy jihatdan, balki aholi farovonligi, uning
yashash sifati va umuman olganda aholining ijtimoiy holatini ifoda etuvchi
ko'rsatkichdir.
Makroiqtisodiy barqarorlik, ishsizlik darajasining pasaytirilishi bilan bir qatorda
inflyatsiya sur'atlarining jilovlanishida va uning me'yor darajasida bo'lishiga
erishishda
namoyon
bo'ladi.
Inflyatsiya (lotincha inflation – shishish, bo'rtish, taranglashish) – ma'lum davr
mobaynida mamlakatda baholar o'rtacha (umumiy) darajasining barqaror o'sishi,
pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Umuman olganda, inflyatsiya
pul muomalasi qonunlarining buzilish shakli sifatida makroiqtisodiy
muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. Inflyatsiya
bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning
sur'ati qanchalik yuqori bo'lsa, iqtisodiyotga xavfli ta'siri shunchalik katta bo'ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab
chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda fan-texnika yutuqlaridan keng
foydalanish yirik tarkibiy o'zgarishlarga olib keladi, natijada tarmoqlar va sohalar
bo'yicha ishchi kuchini talab etish va taqsimlashda ham katta o'zgarishlar bo'ladi.
Qishloq xo'jaligi, undiruvchi sanoat hamda an'anaviy materiallar, ayniqsa, qora
metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarishda band bo'lganlar soni keskin ravishda
qisqaradi. Xizmat ko'rsatish sohasi iqtisodiyotning eng dinamik sektoriga aylanib,
uning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi ham, bu sohada band bo'lganlar soni ham
ortib
boradi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda amalga oshirilayotgan tarkibiy
o'zgarishlar orasida fan-texnika taraqqiyotini ta'minlaydigan, o'sishda nisbatan
yuqori sur'atga ega bo'lgan tarmoqlar guruhini tashkil etish birinchi darajali
diqqatga sazovordir. Bu guruhlardagi ishlab chiqarish tarmoqlariga kimyo,
17
neftkimyosi sanoati, atom energetikasi, elektronika, radiotexnika sanoati, sof va
o'ta sof materiallar, EHM lar, raqamli dasturlar bilan boshqariladigan stanoklar,
robotlar, lazerli aloqa vositalari, nazorat qilish va boshqaruvning kompьyuter
tizimlari
va
boshqalar
kiradi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda mehnat unumdorligini oshirish muhim
ahamiyatga ega. Bugungi kunda korxonalardagi mehnat unumdorligi bir qator
iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish orqali namoyon bo'ladi. Jumladan,
mehnat jarayonini tashkil etish, boshqarish, xodimlarni moddiy rag'batlantirish,
ishchi o'rinlarini avtomatlashtirish va h.k. Bu shart-sharoitlarning o'z vaqtida va
to'liq ta'minlanishi pirovardida yaratilayotgan mahsulot va xizmatlar hajmining
o'sishiga
olib
keladi.
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish makroiqtisodiy barqarorlikning
asosini tashkil etadi. Bugungi kunda barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy
o'sish modelida ushbu omilning ishtiroki beqiyosdir. Hozirda jahonning ko'plab
mamlakatlari o'zlarining tovar bo'yicha raqobatbardoshliklarini oshirishni
innovatsiyalardan foydalanish, ilmiy-texnikaviy salohiyatni yuksaltirish orqali
yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga ta'minlamoqda.
Biroq, keyingi yillarda respublikamizda fanga bo'lgan real moliyaviy
ajratmalarning pasayish holati sezilmoqda. Hozirda mamlakatimiz sanoatidagi
innovatsion jihatdan faol korxonalarning soni hamda sanoat mahsuloti umumiy
hajmidagi ilmiy mahsulotning ulushi juda past 1-2 % atrofida bo'lmoqda. Shunga
ko'ra, bugungi kunda fan va ishlab chiqarish sohalari o'rtasidagi integratsion
aloqani yanada kuchaytirish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning o'z faoliyatida
innovatsion ishlanmalardan foydalanishni rag'batlantirish iqtisodiy o'sishni
ta'minlashning
asosiy
yo'llaridan
hisoblanadi.
Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, kelgusida iqtisodiy o'sish uchun zamin
hozirlaydi. Har qanday milliy iqtisodiyot kengaytirilgan takror ishlab chiqarish,
ya'ni o'tgan yilga nisbatan ko'proq mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishni o'z
oldiga maqsad qilib qo'yadi. Yildan yilga aholi sonining ko'payishi, kishilar
18
ehtiyojini kengaytirilgan ishlab chiqarishni shart qilib qo'yuvchi asosiy sabablardan
biri hisoblanadi. Aynan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish dinamikasi iqtisodiy
o'sishning
mohiyatini
tashkil
qiladi.
Iqtisodiy o'sish-muayyan davr mobaynida real YaIM hajmining o'tgan davrdagiga
nisbatan oshishi, to'liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish
darajasini
uzoq
muddatli
ko'payishi
tendentsiyasini
anglatadi.
Iqtisodiy o'sish muayyan davr mobaynida mamlakatda tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish darajasining ijobiy o'zgarishidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiy o'sish bu
milliy iqtisodiyotda muayyan davr mobaynida (odatda bir yil) mahsulotlar ishlab
chiqarish
hajmining
oshishidir.
Prezidentimiz I. Karimov barqaror iqtisodiy o'sish haqida shunday fikr bildiradilar:
Barqaror iqtisodiy o'sish bozor iqtisodiyotiga o'tishning birinchi asoslaridan biridir.
Shuning uchun ham iqtisodiyotni barqarorlashtirish – iqtisodiy islohotlarimizni
amalga oshirishning muhim shartidir. Iqtisodiyot barqaror ishlagandagina bozor
munosabatlariga muvaffaqiyatli o'tish mumkin. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish -
bozorni shakllantirish yo'lidagi qonuniy va muqarrar bosqichdir. Biz iqtisodiyotni
barqarorlashtira borib, bozor munosabatlarini normal rivojlantirish uchun zarur
shart-sharoitlarnivujudga
keltiramiz”.
Iqtisodiy o'sish jami taklifning o'sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va
potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o'sishni aniqlash va
hisoblash mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim ko'rsatkichi - yalpi ichki
mahsulotga bog'liq. Iqtisodiy o'sish muammosini o'rganish natijasida real ishlab
chiqarish tizimi duch keluvchi-cheklangan resurslardan samarali foydalanish
muammosiga
yechim
topiladi.
Iqtisodiy o'sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o'sishi, shuningdek, jon
boshiga to'g'ri keladigan real daromadlarning o'sishini ham anglatadi. Shu sababli
ham
iqtisodiy
o'sish
ikki
xil
usul
bilan
o'lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o'sish real YaIM ni o'tgan davrga nisbatan o'zgarishi
sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamikasini
19
aniqlash
uchun
ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o'sish aholi jon boshiga to'g'ri keladigan real YaIM ning
o'tgan
davrga
nisbatan
o'zgarishi
sifatida
aniqlanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o'sishga ta'minlashga intiladi, chunki iqtisodiy o'sish,
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko'payishiga, ikkinchidan,
resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va
imkoniyatlarning paydo bo'lishiga, to'rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat
nufuzining
oshishiga
olib
keladi.
Iqtisodiy o'sish turli nuqtai nazarlar orqali o'rganilishi sababli, uning intensiv va
ekstensiv turlarini ajratib ko'rsatish mumkin (1.2.1-rasm).Ekstensiv iqtisodiy o'sish
moddiy ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar hajmining oshishi natijasida
kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, ekstensiv iqtisodiy o'sish tabiiy resurslar,
ishchi kuchi va kapital kabi ishlab chiqarish omillarini qo'shimcha jalb qilish va
faqat ularning miqdoriy oshishi hisobiga ro'y beradi. Bunda ularning sifat va
texnikaviy darajasi o'zgarmasdan qoladi.Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki
hissa ko'paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o'rnatilgan
uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi
bo'yicha xuddi shunday yana bir korxona ko'riladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u
sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o'zgarmay koladi.
Intensiv iqtisodiy o'sish esa ilmiy-texnikaviy bazani takomillashtirish va barcha
ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanib mehnat unumdorligini oshirish
orqali ta'minlanadi. Intensiv yo'l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har
bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o'sishida,
mahsulot
sifatining
oshishida
o'z
ifodasini
topadi.
Real hayotda intensiv va ekstensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud
bo'lmaydi, balki muayyan uyg'unlikda, bir-biri bilan qo'shilgan tarzda bo'ladi. Shu
sababli ko'proq ustuvor intensiv va ustuvor ekstensiv iqtisodiy o'sish turlari haqida
so'z
yuritiladi.
Iqtisodiy o'sish bir qancha omillarga bog'liqdir. Iqtisodiy o'sish doimo iqtisodiy va
20
noiqtisodiy omillar ta'siri natijasida kelib chiqadi. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy
o'sish omillari deganda ishlab chiqarishning real hajmini ko'paytirish, o'sish
samaradorligi va sifatini oshirish imkoniyatlarini belgilaydigan hodisalar va
jarayonlar tushuniladi. Iqtisodiy omillarga foydalanilayotgan resurslar miqdorini
oshirish va sifatini takomillashtirish omillari kirsa, noiqtisodiy omillar o'z ichiga
siyosiy, harbiy, geografik, iqlimiy, milliy va madaniy omillarni oladi.
Iqtisodiy o'sishga ta'sir qilish mexanizmiga ko'ra omillar bevosita va bilvosita
omillarga
bo'linadi.
Iqtisodiy o'sishga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi:
-
tabiiy
resurslar
soni
va
sifati;
-
mehnat
resurslari
soni
va
sifati;
-
asosiy
kapital
hajmi;
-
texnologiyalar
va
ishlab
chiqarishni
tashkil
etish;
-
jamiyatda
tadbirkorlik
malakalarining rivojlanish
darajasi;
Ikkinchi guruh omillari jamiyatdagi iqtisodiy o'sish potentsialini yuzaga chiqarish
imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari, ya'ni bilvosita omillar
kiritiladi:
-
bozorning
monopollashuvi
darajasining
pasayishi;
-
iqtisodiyotdagi
soliq
muhiti;
-
kredit-bank
tizimi
samaradorligi;
-
iste'mol,
investitsiya
va
davlat
xarajatlarining
o'sishi;
-
eksport
hajmining
o'sishi;
- iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;
-
daromadlarni
taqsimlashning
shakllangan
tizimi.
Iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi muhim omillardan biri bu – investitsiya me'yori his
oblanadi. Investitsiya me'yori iqtisodiyotning sog'lomligini aks ettiradi va
iqtisodiyotda modernizatsiyalashni va tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishning
asosi hisoblanadi. Modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirayotgan o'tish
iqtisodiyotiga ega va rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiya me'yori va
21
iqtisodiy o'sish sur'atlari o'rtasida korrelyatsion aloqalar, bog'liqliq mavjud.
Masalan, Xitoyda oxirgi 20 yil mobaynida iqtisodiy o'sish sur'atlari barqaror
darajada bo'lishining sababi investitsiya me'yorining 41-45 foiz oralig'ida bo'lishi
hisoblanadi. Tahlillar ko'rsatishicha, investitsiya me'yori o'tish iqtisodiyotiga ega
mamlakatlarda milliy valyutada va joriy baholarda hisoblanadi. Ushbu holat
investitsiya me'yori miqdorining sun'iy ravishda oshishiga olib keladi. Ko'pchilik
mutaxassislar fikricha, o'tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda, xususan Rossiyada,
modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish, iqtisodiyotni innovatsiyaviy
rivojlantirish yo'liga o'tkazish, barqaror iqtisodiy o'sish sur'atiga ega bo'lish uchun
investitsiya me'yori 35-40 foiz atrofida, O'zbekistonda esa, 28-30 foiz atrofida
bo'lishi kerak. Keyingi yillarda mamlakatimizda oqilona va har tomonlama puxta
o'ylab olib borilayotgan investitsiya siyosati natijasida, iqtisodiyotimizga jalb
qilinayotgan investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalar hajmi miqdor va sifat
jihatdan
takomillashib
bormoqda.
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o'sish omillarini o'rganish hamda uning
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli
iqtisodiy o'sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Iqtisodiy o'sish modellari
yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko'payishi taklif omillariga tayangan
holda
tahlil
etish
imkonini
beradi.
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o'sish modellari ham real jarayonlarni
abstrakt va soddalashgan ko'rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda
aks
ettiradi.
Odatda iqtisodiy o'sishning quyidagi nazariyalarini farqlaydilar:
-
iqtisodiy
o'sishning
yangi
keynscha
nazariyalari;
-
iqtisodiy
o'sishning
yangi
klassik
nazariyalari;
-
iqtisodiy
o'sishning
empirik
nazariyalari;
-
endogen
o'sishning
yangi
nazariyalari(1.3.1-rasm).
Ushbu yo'nalishlar doirasida esa iqtisodiy o'sishning turli nazariy modellari yaratila
boshlandi. XX asrning o'rtalarida keynschilikning makroiqtisodiy muvozanat
22
nazariyasi asosida yangi yo'nalish, ya'ni neokeynschilik vujudga keldi. Iqtisodiy
o'sishning dinamik modellarini ishlab chiqqan neokeynschilik vakillari orasida
ingliz iqtisodchisi Roy Xarrod (1900-1978 y.) o'z modelida ishchi kuchi, aholi jon
boshiga daromad va naqd kapital o'sishi o'rtasidagi munosabatlarni tadqiq qildi. U
milliy daromadning kapital sig'imlilik darajasini ifodalovchi “kapital
koeffitsiyenti” tushunchasini yaratdi. R. Xarrod kapital sig'imlilik mezonidan
texnika taraqqiyotining iqtisodiyotga ta'sirini tahlil qilishda foydalandi.
Amerikalik iqtisodchi neokeynschilik yo'nalishi vakili Yevsey Domar (1914-1997
y.) ham R. Xarrod tadqiqotlaridan bexabar ravishda mutanosib iqtisodiy o'sishning
biroz
boshqacharoq
modelini
taklif
etdi.
U J.M. Keynsning investitsiyalar daromadni shakllantirish orqali talabni oshiradi,
degan fikriga qo'shimcha qilib, investitsiyalar bir vaqtning o'zida tovarlar
taklifining oshishiga ham olib keladi, deb ta'kidlaydi. Ye. Domar va R. Xarrod
modellarida iqtisodiy o'sishni rag'batlantiruvchi omil sifatida investitsiyalar
keltiriladi, chunki ular mulьtiplikativ ta'sirga ega va shuning uchun barqaror
o'sishni ta'minlaydi. Ushbu modelda J. Keynsdan farqli o'laroq takror ishlab
chiqarish jarayoni uzoq muddatli davr dinamikasida tadqiq qilingan. Xarrod-
Domar modeli bozor iqtisodiyotining o'z-o'zini boshqarish imkoniyatiga ega bo'la
olmasligini
asoslab
berdi.
Ushbu modelni respublikamiz iqtisodiyotida qo'llaydigan bo'lsak, mustaqillikning
datlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda qator izchil islohotlar olib borilib,
mamlakatda yalpi ichki mahsulotning o'sishiga hamda iqtisodiy rivojlanishga
bevosita ta'sir ko'rsatayotgan investitsiyalarga katta e'tibor berib kelinmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar
bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun
investitsiyalarni jalb qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega. So'nggi vaqtlarda
respublikamizda investitsion muhitni sog'lomlashtiruvchi va mustahkamlovchi
iqtisodiy-siyosiy
vaziyat
tendentsiyasi
hukm
surmoqda.
Iqtisodiy o'sishning yangi klassik ilk nazariyalari 1950-1960 yillarning chegarasida
23
paydo bo'ldi. O'sha davrda iqtisodiy o'sish sur'atlarini foydalanilmayotgan
quvvatlar hisobiga emas, balki yangi texnikalarni joriy qilish, mehnat
unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish
hisobiga jadallashtirish muammosi birinchi o'ringa ko'tarildi. Bu yo'nalish vakillari
(amerikalik iqtisodchi Robert Solou va ingliz iqtisodchisi Jeym Smit va boshqalar)
nazariyasining metodologik asosini ishlab chiqarish omillarining klassik nazariyasi
tashkil etadi. Ma'lumki, bu nazariyada mehnat, kapital va yer ijtimoiy mahsulotni
hosil qilishning mustaqil omillari sifatida talqin etiladi. Shu bilan birga, yangi
klassik nazariyada ishlab chiqarish omillari egalari tomonidan olinayotgan
daromadlar bu omillarning eng ko'p miqdordagi mahsulotlari tomonidan
belgilanishi g'oyasi ilgari surilgan eng yuksak unumdorlik nazariyasiga ham
tayanadi.
Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924 yilda tug'ilgan) o'z modelida
jamg'armalar, mehnat resurslari o'sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi
turmush darajasi va uning dinamikasiga ta'sir qilish mexanizmini aniqladi. R.
Solouning asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o'sish sur'atlari kapital
qo'yilmalar oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog'liq bo'ladi.
Shunday ekan, uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali
foydalanish
iqtisodiy
o'sishning
asosiy
omillari
hisoblanadi.
Dj. Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo'lib, iqtisodiy o'sishni marjinalistik
yondashuvlar orqali tushuntiradi. O'z kontseptsiyasini Dj. Mid “Iqtisodiy
o'sishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) nomli kitobida ifodalagan.
Mehnat va texnik taraqqiyot o'sish sur'atlarini doimiy deb taxmin qilib Dj. Mid
quyidagi xulosaga keldi: iqtisodiy o'sishning barqaror sur'atiga kapital o'sishning
barqaror sur'atlari va uning milliy daromad o'sish sur'atlari bilan tengligi sharoitida
erishiladi. Agar kapital oshishining sur'atlari milliy daromad o'sishi sur'atlaridan
oshsa, unda bu jamg'arish sur'atlarining o'z-o'zidan pasayish sur'atlariga olib
keladi.Dj. Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan foydalanilgan
holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu resurslarning zarur
24
bandligi va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlaydigan daromad va
jamg'armalarning qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi.
Iqtisodiy o'sishning zamonaviy nazariyalari shakllanishiga iqtisodiy o'sishga turli
omillarning ta'sirini o'rganishga yo'naltirilgan empirik tadqiqotlar ulkan hissa
qo'shdi. Bu sohada izlanishlar olib borgan eng yirik tadqiqotchilardan biri Edvar
Denison (1915-1992 y.y.)dir. Amerikalik iqtisodchi inson omili ta'sirini o'lchash
uchun faqat ish kuchi soninigina emas, balki mehnat unumdorligining xodimning
yoshi va jinsi, ma'lumoti va kasbiy tayyorgalik darajasiga bog'liqligini ham
hisobga
olgan.
E. Denisonning fikriga ko'ra, mehnat unumdorligining iqtisodiy o'sishga ta'siri
quyidagi
jarayonlar
natijasida
ro'y
beradi:
- texnologik bilimlarning kengayishi yoki ishlab chiqarishni tashkil etishni
takomillashtirish;
- “boy berilganni qoplash”, ya'ni taraqqiy etgan davlatlar tomonidan qoloq
mamlakatlarga amaliy bilimlarni taqdim etish. Bu qoloq mamlakatlarga
rivojlangan davlatlarning eng maqbul iqtisodiy o'sish darajasiga yaqinlashish
imkonini
beradi;
- ishlab chiqarishning jismoniy omillarini joylashtirishni yaxshilash hamda ularni
eng yuqori samara beradigan tarmoq va mintaqalarda qo'llash;
- iqtisodiyot ko'lamlarini kengaytirish, ayni paytda ishlab chiqarishni ixtisoslashni
rivojlantirish
va
milliy
bozorlarni
rivojlantirish.
Pol Romer (1955 yilda tug'ilgan) va Robert Lukas (1937 yilda tug'ilgan) 1980
yillar oxiri va 1990 yillarning boshlarida Solou modelidan qoniqmagan holda
endogen iqtisodiy o'sish nazariyasini yaratdilar. Bu nazariya texnologik
taraqqiyotni matematik tushuntirishni nazarda tutar edi va o'z ichiga ishchilar
faoliyati samarasini oshiradigan bilim, malaka va qobiliyatni ifodalaydigan inson
kapitali tamoyilini ham olgan edi. Boshqa kapital shakllaridan farqli ravishda inson
kapitalining rentabelligi o'sish tendentsiyasiga ega bo'ladi. Shuning uchun
mamlakatning iqtisodiy o'sishi kapital to'plangan sari sekinlashmaydi va iqtisodiy
25
o'sish sur'atlari kiritilayotgan kapital turiga bog'liq bo'ladi. Inson kapitalini
oshiradigan omillar sifatida esa ta'lim va innovatsiyalar keltiriladi.
Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o'rganadigan bo'lsak, bugungi
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to'liq qo'llanilayotganligini ko'rishning iloji
yo'q deb o'ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o'sishni modellashtirishda
asosiy e'tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat
boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samadorlik
jihatlarini
ustuvor
deb
hisoblashadi.
Bizning fikrimizcha biror davlat o'z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo'lida
ayni bir iqtisodiy o'sish modelini tanlamasdan, o'z mamlakat tabiiy, ijtimoiy hamda
iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urf-odatlari, an'analari va
mentalitetidan kelib chiqqan holda o'z iqtisodiy o'sish modelini ishlab chiqishi
lozimdir. Shundan so'ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi ta'sirlarga
sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo'ylab sodir bo'layotgan
inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo'ladi. Bunga yaqqol
misol sifatida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanishning
“O'zbek
modeli”ni
keltirishimiz
mumkindir.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo'lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng
avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining
yo'lga qo'yilishi, buning ta'sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli
darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko'rsatilayotgan xizmat
turlarining ko'payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so'z bilan aytganda,
iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil
taraqqiyot yo'lining to'g'ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat
strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona
mehnati eng muhim va asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona
maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida jamiyatimizning
doimo hamjihat bo'lib kelayotgani o'ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo'lini bosib
o'tishda naqadar og'ir sinovlardan muvaffaqiyatli o'tishga imkon yaratdi. Birgina
26
misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy ta'sir va oqibatlari
saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda o'zining yangi
“xuruji”ni namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim
mamlakatlar, balki dunyoning deyarli barcha qitьalarida iqtisodiy siyosatning zaif
jihatlarini, ayniqsa, bank-moliya tizimining “mo'rt” bo'g'inlarini oshkor etib qo'ydi.
II.BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKROIQTISODIY
BARQARORLIKNI TAMINLASH VA IQTISODIY O'SISH DINAMIKASI
TAHLILI
2.1. Respublikada makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar
tahlili
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning har bir bosqichida makroiqtisodiy
barqarorlikni va iqtisodiy o'sishni ta'minlash asosiy ustuvor vazifa etib belgilab
kelindi. Ma'lumki, makroiqtisodiy barqarorlik mamlakatning YaIMda namoyon
bo'ladi
va
u
davlatning
iqtisodiy
qudratiga
baho
beradi.
O'zbekistonda
yalpi
ichki
mahsulotning
yillar
davomida
o'sish
dinamikasi,
foizda.
Agar mamlakatimizda YaIMning o'sish sur'atlari 2000-2003 yillarda 3,8-4,2 foiz,
2004-2006 yillarda 7-7,3 foiz, 2007-2008 yillarda esa 9-9,5 foiz darajasida
kuzatilgan bo'lsa, keyingi yillarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mazkur
ko'rsatkichga ham o'z ta'sirini ko'rsatib, o'sish sur'atlarida bir oz pasaygan bo'lsada
dunyodagi kamdan-kam mamlakatlarda kuzatilayotgan yuqori o'sish dinamikasiga
ega.
Mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur'atlarda o'sishi barcha mavjud
imkoniyatlarning safarbar qilinayotganligi hamda o'zini oqlagan islohotlar
strategiyasining izchil davom ettirilayotganligi hisobiga ta'minlanmoqda. Xususan:
27
– xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, mahalliy va xorijiy
investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish
borasida
aniq
chora-tadbirlarning
amalga
oshirilishi;
– sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik
yangilash,
yuqori
texnologiyali
va zamonaviy ishlab chiqarish ob'ektlarini ishga tushirish, ushbu sohada keng
qamrovli investitsion dasturlarning izchillik bilan amalga oshirilishi;
– iste'mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirish, bunda sanoat
kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko'lamining yanada kengaytirilishi;
– banklarning kapitallashuvi, likvidligi va resurs bazasini yanada mustahkamlash
hamda ularning investitsion faolligini yanada oshirishga qaratilgan izchil va aniq
maqsadli
chora-tadbirlarning
amalga
oshirilishi;
–
ijtimoiy
sohani
rivojlantirish,
aholi
bandligi
va
real
daromadlarining
oshishini
ta'minlashga qaratilgan
chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur'atlarda o'sishiga
zamin
yaratmoqda.
Mazkur omillar ta'sirida 2014 yilda mamlakatimizda YaIMning real o'sishi 2013
yilga nisbatan 8,1 foizni tashkil qilib, uning mutlaq hajmi 144,9trln. so'mga teng
bo'ldi.
Ma'lumki, iqtisodiyot davlat tomonidan ma'muriy, iqtisodiy va ijtimoiy usullar
bilan tartibga solinadi. Ma'muriy usullar antimonopol tadbirlar, majburiy
standartlarni o'rnatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va sub'ektlarni
ro'yxatga olish kabilarni o'z ichiga oladi. Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy
ta'minoti, minimal ish haqini o'rnatish, ishsizlik nafaqalarini berish kabilar kiradi.
Iqtisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati
kabi to'g'ridan-to'g'ri usullarni va byudjet-soliq hamda pul-kredit siyosatidan iborat
bevosita
tartibga
solish
usullarini
o'z
ichiga
oladi.
Mamlakatimizda iste'mol narxlari indeksi (inflyatsiya) 2000 yilda 28,2 foizni, 2001
28